Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FAROVON JAMIYAT QURISHDA DUNYOVIY VA DINIY TARBIYANING FALSAFIY OMILLARI.
Dadajonov is the son of Ruzimuhammad Abdusamad. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada farovon jamiyat qurishda dunyoviy va diniy tarbiyaning falsafiy omillari chuqur tahlil qilinadi. Unda jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy barqarorlik va ma‘naviy kamolot jarayonida tarbiyaning o‘rni, ayniqsa, dunyoviy va diniy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadigan ijtimoiy ong, axloqiy mezonlar va fuqarolik mas‘uliyati kabi tushunchalar falsafiy nuqtayi nazardan yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZAMONAVIY MAKTABLARDA XALQ TA‘LIMOTI MEROSINI AKS ETTIRISH HAMDA O‘QUVCHILARGA MILLIY TARIX VA MADANIYATNI YETKAZISH, TARIXIY KONTEKSTNI BOYITISH ASOSLARI
Isokjanov Furqat Kadirjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqola Boshlang‘ich ta‘limida Sinfxonalar va o‘quv maydonchalari uchun interaktiv taxtalar, kompyuterlar, audio va video vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari kabi zamonaviy texnika bilan ta‘minlash orqali dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish, maktab binolarining ta‘mirlanganligi, sinfxonalar, kutubxonalar, sport zalari va o‘quv xonalarning qulayligi ta‘lim sifatiga katta ta‘siri. Bino xavfsizligi, yo‘llar, sanitariya va energiya tejamkor tizimlarga e‘tibor berish lozimligi hamda Internetga ulanish, elektron kutubxonalar va onlayn ta‘lim resurslarini yaratish bilan ta‘lim jarayonini raqamlashtirish orqali o‘quvchilarni bilim darajasini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KORRUPSIYANING IJTIMOIY HODISA SIFATIDAGI TUSHUNCHASI VA MOHIYATINI ANIQLASH MUAMMOLARI, HAMDA UNING GENEZISI (KELIB CHIQISHI)
Kipchokov Xomidjon Gulomovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmun-mohiyatini aniqlashdagi murakkabliklar hamda tarixiy shakllanish jarayonlari tahlil etilgan. Korrupsiyaning huquqiy, etik va ijtimoiy jihatdan turlicha talqin qilinishi bu hodisaning ko‘p qirrali va murakkabligini ko‘rsatadi. Shuningdek, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tengsizlik, adolasizlik va hokimiyat vakolatlarining suiiste‘mol qilinishi korrupsiyaning asosiy omillari sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada korrupsiyaning genezisi – ya‘ni uning tarixiy ildizlari, madaniy va iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq shakllanishi xolis tahlil qilinib, ushbu hodisaga qarshi samarali kurashish uchun chuqur ijtimoiy-anglash zarurligi asoslab berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FIQHNING KELIB CHIQISHI VA SHAKLLANISHI
Asaboev Gayrat Kurbanovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada fiqxiy masalalarni bugungi axborotlashgan jamiyatda qay darajada dolzarb axamiyatga ega ekanligini aniqlash uchun uni shunchaki, yuzaki tadqiqotlar orqali o‘rganib bo‘lmasligi, balki naqadar mukammal va murakkab tizim ekanligini xisobga olgan xolda uning genezesidan tortib, to zamonaviy axamiyatgacha chuqur izlanish va tadqiqotlarni talan o‘tkazish orqaligina biz yechimni kutayotgan masalalarni ilmiy darajada xal etish bayon qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TARIX FANLARINI O‘QITISHDA TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA TALABALARDA O‘YLASH, FIKRLASH VA DUNYOQARASHNI KENGAYTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
Akhrorova Umida Khamidullayevna · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola tarix fanlarini o‘qitishda tizimli yondashuv asosida talabalarda to‘g‘ri o‘ylash, fikrlash va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, pedagog faoliyati davomida ma‘ruza, seminar va amaliy mashg‘ulot jarayonlarida tizimli yondashuvning metodlari, mezonlari va usullaridan unumli foydalanish orqali talabalarni fang abo‘lgan qiziqishi va o‘zlashtirishi bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish jarayonlarini nazariy jihatdan yoritib berishga qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MADANIYAT VA SAN‘AT SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA YOSHLAR TASHKILOTLARINING O‘RNI
Kurbanov Ravshan Raimjonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda yoshlarni madaniyat va san‘at sohasida qo‘llab-quvvatlash Yoshlarni san‘at sohasida salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatlari Farg‘ona vodiysi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Yoshlar ittifoqi” va Yoshlar ishlari agentligi misolida tahlili yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTON BA KOREYA RESPUBLIKASI MUNOSABATLARI YANGI BOSQICHDA (NAMANGAN VILOYATI MISOLIDA).
Sarimsokov Abdilatip Abdiraximovich, Mirzamakhmudov Mukhammadjon Tursunpulotovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, taraqqiyot bosqichlari, yo‘nalishlari hamda bugungu kundagi holati masalasi yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NAMANGAN VILOYATIDA PISA TADQIQOTLARIGA TAYYORGARLIK TARIXI
Ulugbek Kadirjanovich Yuldashev · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Namangan viloyatida PISA xalqaro baholash tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, respublika bo‘yicha tashkil etilgan seminarlar, treninglar va tayanch maktablar faoliyatida haqida ham umumiy ma‘lumotlar aks etgan. Maktab ta‘limi sohada xalqaro baholash tadqiqotlarini tashkil etish bo‘yicha rasmiy hujjatlar, arxiv materiallari, davriy matbuot materiallari hamda Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi hisobotlari, rasmiy xatlari va ma‘lumotnomalari asosida tayyorgarlik jarayonlari bayon qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTON HAVO TRANSPORTI TIZIMIDA MUTAXASSIS-KADRLAR FAOLIYATI.
Umarali Xabibulla o‘g‘li Gulmatov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqola mustaqillik yillarida O‘zbekiston havo transporti tizimida olib borilgan kadrlar siyosati masalalari muhokama qilingan. Sovet tuzumidan saqlanib qolgan ayrim muammo va kamchiliklarning soha rivojiga to‘siq bo‘lishi, ularning bartaraf etish yo‘lida amalga oshiriligan islohotlar va natijalar to‘g‘risida tanqidiy fikrlar keltirib o‘tilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VILOYATI AYOLLARI MIGRATSIYASIGA OID MULOHAZALAR.
Shaxlo Boxodirjonovna Komilova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Farg‘ona viloyatida ayollar migratsiyasi jarayonlari, buning oilaviy hayot va gender munosabatlariga ta‘siri Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani ayollari misolida tahliliy bayon qilinadi. Maqolada ayollar migratsiyasi o‘ziga xosligi, asosiy sabablari va omillariga urg‘u berildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK TUSHUNCHASINING MAZMUN VA MOHIYATI, UNING IJTIMOIY-FALSAFIY AHAMIYATI
Juraev Alisher Tulkinboyevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada davlat-xususiy sheriklik tushunchasining mazmun va mohiyati, uning ijtimoiy-falsafiy ahamiyati, hamda uning O‘zbekistondagi rivojlanish tendensiyasi xususida so‘z yuritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI VILOYATLARIDA AHOLI BANDLIGI MASALASI (1991 – 2021-YILLAR)
Salimov Sherzod Yunusovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu tadqiqotda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida respublikada amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning axoli bandligiga ta‘siri muhokamaga tortilgan. Unda sanoat korxotalaridagi iqtisodiy inqiroz sabablari va uning oqibatlari, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlarning aholi bandligiga ta‘siri kabi masalalar ochib berilgan. Shuningdek, 1991-2016 va 2017-2021-yillarda aholi bandligi masalasi qiyosiy tahlil qilingan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAKTABLARDA TA‘LIM SIFATI, MODDIY-TEXNIK BAZASIDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR (Namangan viloyati Xalq ta‘limi tizimi misolida)
Mamasaidov Lutfillo Payzullo oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada 1991-2000-yillarda Namangan viloyati Xalq ta‘limi tizimida amalga oshirilgan islohotlar, maktablarning moddiy-texnik bazasidagi kamchiliklar va yutuqlar yoritib berilgan. Shuningdek, dastlabki yillarda maktablarda ta‘lim berish sifati, maktablarning o‘quv va badiiy adabiyotlar va malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, kuni uzaytirilgan maktablarda o‘quvchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar va maktabdan tashqari fan hamda sport to‘garaklarini olib borilishi oid muammolar va ularni bartaraf etishdagi erishilgan yutuqlar haqida ma‘lumot berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI VILOYATLARIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASH MASALALARI
Abdujabbar Nurmatov Nematjonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada bugungi kunda dunyo miqyosida tobora global muammolardan biriga aylanib borayotgan oziq-ovqat xavfsizligini taminlash masalalari. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash borasida olib borilayotgan islohotlar jarayoni tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YOSHLAR TADBIRKORLIGINI TASHKIL ETISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARNING O‘RNI
Mirzakhalov Sardorbek Jamoliddinovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada, mustaqillak yillarida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tarixi yoritilgan. Bunda asosan partiyalarning “Yoshlar qanoti” bo‘limlarinig arxiv hisobotlari tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DIGITAL HUMANITIES AND HISTORICAL GIS IN CENTRAL EURASIAN STUDIES: NEW APPROACHES TO THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY
Akira Ueda · Materials of the International Scientific and Practical Conference on “RELEVANT PROBLEMS OF THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY” · 2025
Raqamli gumanitar fanlar metodologiyalarini qo‘llash butun dunyo bo‘ylab tarixiy tadqiqotlarni o‘zgartirdi. Ushbu hisobotda Geografik Axborot Tizimlarini (GIS) Farg‘ona vodiysining so‘nggi imperiya va ilk sovet davridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixiga tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha taqdim etiladi. Ilgari Yaponiya stipendiyasiga, xususan, professor Hisao Komatsu tashabbusi bilan boshlangan “Farg‘ona loyihasi”ga asoslangan ushbu tadqiqot Sharqiy Osiyo raqamli gumanitar fanlaridagi kengroq tendentsiyalarni aks ettiradi. Maqsad ikki xil: Sharqiy Osiyodagi tarixiy GIS ilovalari evolyutsiyasini taqdim etish va bu usullar Markaziy Yevroosiyo tarixiy tadqiqotlari imkoniyatlarini qanday kengaytirayotganini namoyish qilish.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MUSTAQILLIK YILLARIDA FARG‘ONA VODIYSIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLARNING MILLATLARARO MUNOSABATLARDAGI O‘RNI
Babazhanova Diloram Babazhanovna · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekistonning aholi va mehnat resurslariga boyligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadigan va so‘nggi yillarda aholi soni bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan ko‘pmillatli Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar xususida so‘z yuritiladi. Vodiy viloyatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning millatlararo munosabatlardagi o‘rni masalasi yoritib berilgan. Shuningdek, totuvlik va bag‘rikenglikni saqlashga doir davlat siyosatining olib borilishi natijasida turli millatlar o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-odat hamda an‘analar uyg‘unlikda, bir-biridan quvvat olgan holda tobora rivoj topayotganligi bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSIDA SUV MANBALARIDAN FOYDALANISHNING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Isoridinov Nuriddin Zukhridinovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada qadimgi davrdan mustaqillikka qadar Farg‘ona vodiysida suv va suv manbalaridan foydalanishning yutuq va kamchiliklari, sohada olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari kabi masalalar yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
СОСТОЯНИЕ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ 1980-Х ГГ: ПРОБЛЕМЫ И ПРОТИВОРЕЧИЯ
Rakhmatullaev Shavkatjon Mukhammadalievich · Материалы международной научно-практической конференции по «АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ» · 2025
Ushbu maqolada 1980-yillardagi Farg‘ona vodiysi sanoatining ahvoli, ya‘ni Sovet iqtisodiyotidagi tizimli inqirozning kuchayishi bilan ajralib turadi. Muallif boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi, haddan tashqari markazlashuv, tarmoq nomutanosibligi, iqtisodiy rivojlanishning ekstensiv modelidan kelib chiqadigan asosiy ziddiyat va muammolarni tahlil qiladi. Hududlarni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlariga, jumladan, paxta yetishtirishda monomadaniy ixtisoslashuv, doimiy yetishmovchilik, mehnat unumdorligining pastligi, innovatsion faollikning sustligiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Maqolada aniq misollar yordamida xo‘jalik yuritishning samarasiz oqibatlari, masalan, resurslarni isrof qilish, mahsulot sifati pastligi, iqtisodiy yo‘qotishlar ko‘rsatilgan. Tadqiqotda so‘nggi sovet davrida Farg‘ona vodiysida sanoat rivojlanishi qarama-qarshi va beqaror bo‘lib, SSSRning markazlashgan iqtisodiy modelining kengroq inqirozini aks ettiradi, degan xulosaga keladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TURKISTONDA BOLALAR KOMISSIYALARINING TASHKIL ETILISHI VA ULARNING FAOLIYATI
Mamadaliyev Shohrukhbek Islambek oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola Turkiston viloyatida 20-asr boshlarida, xususan 1917-yildagi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng bolalar qarovsizligi muammosini va unga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi. Rossiyadagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar, urush, ocharchilik va kasalliklar oqibatida ko‘plab bolalar yetim va qarovsiz qoldi. Sovet hukumati tomonidan yetimxona va bolalar mehnat kommunalari tashkil etilib, bolalarni ta‘minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga harakat qilindi. 1918-yilda tashkil etilgan Nuqsonli bolalar bo‘limi va Bolalarni qutqarish Ligasi kabi tashkilotlar 4 milliondan ortiq qarovsiz bolani qamrab oldi. Turkistonda 1918-yildan boshlab ochlarga yordam komissiyalari va Bolalar komissiyasi tashkil etilib, bolalarni joylashtirish va ta‘minlash ishlari olib borildi. Biroq, moliyaviy qiyinchiliklar, infratuzilma yetishmasligi va kasalliklar muammoni yanada og‘irlashtirdi. Maqola bolalar qarovsizligiga qarshi kurashda davlat va jamoatchilik tashabbuslarining samaradorligi va cheklovlarini ko‘rib chiqadi.