MAKTABLARDA TA‘LIM SIFATI, MODDIY-TEXNIK BAZASIDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR (Namangan viloyati Xalq ta‘limi tizimi misolida)
Mamasaidov Lutfillo Payzullo oglu“University of Business and Science”“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD).2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 325–332
Annotatsiya
Mazkur maqolada 1991-2000-yillarda Namangan viloyati Xalq ta‘limi tizimida amalga oshirilgan islohotlar, maktablarning moddiy-texnik bazasidagi kamchiliklar va yutuqlar yoritib berilgan. Shuningdek, dastlabki yillarda maktablarda ta‘lim berish sifati, maktablarning o‘quv va badiiy adabiyotlar va malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, kuni uzaytirilgan maktablarda o‘quvchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar va maktabdan tashqari fan hamda sport to‘garaklarini olib borilishi oid muammolar va ularni bartaraf etishdagi erishilgan yutuqlar haqida ma‘lumot berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaКАЧЕСТВО ОБРАЗОВАНИЯ В ШКОЛАХ, ДОСТИЖЕНИЯ И ДЕФИЦИТЫ МАТЕРИАЛЬНО-ТЕХНИЧЕСКОЙ БАЗЫ (На примере системы народного образования Наманганской области)
В данной статье освещаются недостатки и преимущества материально-технической базы школ и реформы в сфере Народного образования Наманганской области в 1991-2000 годах. Так же в статье даны сведения о качестве образования, необходимости в учебной, художественной литературе и квалифицированных кадрах, об условиях для учеников в школах продленного дня, организации в них спортивных и предметных кружков.
inglizchaQUALITY OF EDUCATION IN SCHOOLS, ACHIEVEMENTS AND DEFICIENCIES IN MATERIAL AND TECHNICAL BASE (On the example of the Namangan region public education system)
This article highlights the data about reforms made in Namangan region Public education, successes and shortcomings in schools‘ material-technical base. Besides, it also analyzes facts about the quality of education in the initial years, schools‘ need for qualified staff and resources, opportunities created for pupils in schools whose hours were prolonged, problems related to extracurricular activities and how successfully they were tackled.
Kalit so‘zlar
- Ta‘lim
- maktab
- kitob
- kutubxona
- kadr
- ta‘lim-tarbiya
- darslik
- uzluksiz ta‘lim
- milliy dastur
- rekonstruksiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
MAKTABLARDA TA’LIM SIFATI, MODDIY-TEXNIK BAZASIDAGI YUTUQ VA KAMCHILIKLAR (Namangan viloyati Xalq ta’limi tizimi misolida)
КАЧЕСТВО ОБРАЗОВАНИЯ В ШКОЛАХ, ДОСТИЖЕНИЯ И НЕДОСТАТКИ МАТЕРИАЛЬНО-ТЕХНИЧЕСКОЙ БАЗЫ (На примере системы народного образования Наманганской области)
THE QUALITY OF EDUCATION, SUCCESSES AND SHORTCOMINGS IN THE MATERIAL-TACHNICAL BASE OF SCHOOLS (On the Example of the Public Education System of Namangan Region)
Mamasaidov Lutfillo Payzullo o‘g‘li “University of Business and Science”“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi (PhD). e-mail: lutfillomamasaidov2@mail.com [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya Mazkur maqolada 1991-2000-yillarda Namangan viloyati Xalq ta’limi tizimida amalga oshirilgan islohotlar, maktablarning moddiy-texnik bazasidagi kamchiliklar va yutuqlar yoritib berilgan. Shuningdek, dastlabki yillarda maktablarda ta’lim berish sifati, maktablarning o‘quv va badiiy adabiyotlar va malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, kuni uzaytirilgan maktablarda o‘quvchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar va maktabdan tashqari fan hamda sport to‘garaklarini olib borilishi oid muammolar va ularni bartaraf etishdagi erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berilgan. Аннотация. В данной статье освещаются недостатки и преимущества материально-технической базы школ и реформы в сфере Народного образования Наманганской области в 1991-2000 годах. Так же в статье даны сведения о качестве образования, необходимости в учебной, художественной литературе и квалифицированных кадрах, об условиях для учеников в школах продленного дня, организации в них спортивных и предметных кружков. Abstract This article highlights the data about reforms made in Namangan region Public education, successes and shortcomings in schools' material-technical base. Besides, it also analyzes facts about the quality of education in the initial years, schools' need for qualified staff and resources, opportunities created for pupils in schools whose hours were prolonged, problems related to extracurricular activities and how successfully they were tackled.
Kalit so‘zlar. Ta’lim, maktab, kitob, kutubxona, kadr, ta’lim-tarbiya, darslik, uzluksiz ta’lim, milliy dastur, rekonstruksiya. Ключевые слова. Образование,школа,книга, библиотека,кадры, воспитание, учебное пособие, непрерывное образование, национальная программа, реконструкция.
Keywords. education, school, book, library, staff, upbringing, textbook, continuous education, national curriculum, reconstruction.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston hududdidagi maktablar faoliyatini yaxshilash va ularda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish ishlaridan ko‘zlangan maqsad shu ediki. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitoblarida Sovet hokimiyati davrida ta’lim sohasi oxirgi yillarga kelib ancha yomonlashgani ya’ni, 1990 yilda respublikada ilm-fan va ta’lim sohasining moddiy-texnik bazasi, kadrlar tarkibi achinarli ahvolga tushib qolganligi haqida fikr bildirgan edi[1. B 22]. Ammo mustaqillikdan so‘ng bunday holatlarni asta sekinlik bilan yaxshilash ishlari boshlanib, maktablar zamonaviy laboratoriya va kompuyuter xonalari, chet tillarini o‘rganish uchun lingofon sinflar xonalari tashkil etilib, maktablar zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishiga sayi harakatlar qilindi. Mustaqillik yillarida Xalq ta’limi tizimida o‘ziga xos qiyinchiliklar bo‘lgan. Masalan, Namagan viloyatida 1991- yil yanvar xolatiga viloyat maktablarda barcha fanlar bo‘yicha 54 ming dona, hususan Namangan shahar maktablarining 1990- yil yilgi holatga ko‘ra, 184 ming dona darsliklar etishmasligi ma’lum bo‘lgan. Shu yili viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i I. Qozoqov ko‘plab maktablarda ayrim fanlardan darsliklar umuman yo‘qligi yoki bir nechta ekanligi hamda ko‘plab maktablarda sinf doskasi va bo‘rning yo‘qligi yoki mavjudlari ham foydalanib bo‘lmasligini takidladi [2. Б. 2]. Ammo, bu muammolar keying yillarda bartaraf etilib maktablarning ahvoli yaxshilana boshlagan. Respublikamiz umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga bilim olish bo‘yicha motivatsiyalar berish ularni kelajakka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borasida 1992-yildan boshlab Xalq ta’lim vazirligi va Ulug‘bek nomli jamg‘arma bilan birgalikda Ulug‘bek nomli stipendiya tashkil etilgan. Sipendiya uchun o‘tkaziladigan tanlovda o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarning ko‘lami, o‘zlashtirish kerak bo‘lgan ichki imkoniyatlari ya’ni, mantiqiy va obrazli tafakkur saviyasi, ijodiy yondosha olish qobilyati va badiy did hususiyatlari hisobga olingan. Tanlovdan jami bo‘lib, 3.794 o‘quvchi o‘tib bu ko‘rsatkich 9-10 sinf o‘quvchilarining umumiy sonining 0.5 foizini tashkil qilgan. Tanlov belgilangan barcha tartib qoidalar asosida Namangan, Jizzah, Samarqand Xalq ta’limi boshqarmalari, hamda Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan samarali tashkil etilgan. Tanlov natijasiga ko‘ra 7 nafar o‘quvchilar Ulug‘bek nomli stipendiya g‘oliblari bo‘lishgan [3. Б. 17-18]. Tanlovda Namanganlik faol qatnashganlar Erqulov Ikrom, Rahmonov Sanjar, Abdullayev Abdumalik, Nasirova Nigora, Toshpo‘latova Iqbola, Turg‘unova Feruza kabi o‘quvchilar aqliy qobilyati rivojlangan deb topilgan [4. Б. 21].
Viloyat maktablarda 1993- yilga kelib ta’lim ko‘tarilib, maktablar o‘rtasida “Yil maktabi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tanlovning 1993- yil yakuniga ko‘ra viloyatning bir qator, maktablar ta’lim-tarbiya masalalarda ilg‘or deb topilgan [5. Б. 1].
Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash maqsadida 1992- yil noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarini tashkil etish va litsenzialashtirish tartibi haqida”gi qaroriga muofiq 1993- yil 11 fevralda Namangan viloyati hokimligining qarori asosida mustaqil ta’lim muassasalari tashkil etildi.
Davlatimiz endigina oyoqqa turayotgan iqtisodiy qiyinchilik davrda maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul va yuqori sinflar uchun imtiyozli chegirmalar asosida ovqatlanish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Masalan, 1992- yil Chust tumani 3-maktabda 300 nafarga yaqin o‘quvchi bepul, 350 nafari esa imtiyozli tartibda ovqatlantirildi, 81 nafari esa uzaytirilgan guruhlarda tarbiyalandi [6. Б. 2]. Tumaning 5, 7, 11- maktablarida o‘quvchilar ovqatlanishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsa-da, ularda qo‘shimcha xonalarning tashkil etilmaganligi, maktablarda vodoprovod suvining yo‘qligi, hamda 4, 5, 7, 11- maktablarda ovqatlanishni tashkil etishda sanitariya-gigiena qoidalari buzilganligi aniqlandi [7. Б. 2].
To‘raqo‘rg‘on tumani maktablarida ham bepul ovqat berish ishlari yaxshi tashkil etilgan bo‘lib, 1991–1992 o‘quv yildada tuman maktablarida tahsil olayotgan I–V sinf o‘quvchilarning barchasi 9 so‘mlik bepul nonushta, 50 foizli imtiyoz bilan VI–XI o‘quvchilarning ovqatlanishlari yo‘lga qo‘yilgan [8. Б. 1].
1993-1994 -o‘quv yilida To‘raqo‘rg‘on tumanida 53 ta maktabda bepul ovqatlanuvchi o‘quvchilar soni smetada 376625 nafar keltirilgan bo‘lsa amalda 376110 nafar ovqatlangan. Buning uchun 1993-1994-o‘quv yilining qishki mavsumiga 12 ming kg kartoshka, 16 ming kg piyoz, 4 ming kg meva mahsulotlari Ovqatlanish kombinati omboriga jamg‘arilgan [9. Б.129-130.].
Davlat tomonidan maktablarda ko‘plab imtiyozlarni tashkil etilishi o‘quvchilarning ta’lim va tarbiya jarayonlarini yaxshilash, ularning bilim olish salohiyatini oshirishga qaratildi. Shu bilan birga maktabni tamomlayotgan o‘quvchilarni ish bilan taminlash yoki boshqa sohalarga yo‘naltirish ham tashkil etilgan.
1995-1996 -o‘quv yilda viloyat maktablarida 36191 nafar IX sinfni, 17043 nafari XI sinflarni bitirgan o‘quvchilar bo‘lsa, bulardan 13437 nafari ishga, 10920 nafari turli o‘qishlarga joylandi, 19589 nafari esa X sinflarga tortildi [10. Б. 1].
Respublikamizda 1994–1995-o‘quv yillarga kelib, bolalar bog‘chalarida xorijiy tillarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib 500 ga yaqin maktablarda ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rgatish va kompuyuter orqali darslarni olib borish ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Shu yilda umumta’lim maktablar tizimida 118 ta yangi litseylar va 77 ta gimnaziyalar tashkil etilib, ularda 41326 ta o‘quvchi ta’lim olgan. Bunda tashqari Oliy va o‘tra maxsus ta’lim vazirligi tasaruffidagi bilim yurtlari qoshida 20 ta litsey va 2 ta gimnaziyalar faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Hamda Xalq ta’limi vazirligining qarori bilan 1993-yilda Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida oilaviy ta’lim to‘g‘risida”gi nizom ishlab chiqilgan [11. Б. 3.]. Mazkur nizomning asosiy maqsadi o‘quvchilarni bilim olish jarayonlarining har qanday bosqichida ota-ona ro‘lini kuchaytirish va shu orqali o‘quvchilar bilim olish darajasini yaxshilash bo‘lgan.
1995–1996- o‘quv yiliga kelib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qishloq joylarida joylashgan xunar texnika bilim yurtlarining 105 tasi xunar litseylariga, 54 tasi esa “Biznes maktab” lariga aylantirilib o‘z faoliyatini boshlaganlar [12. Б. 45]. Mazkur o‘quv yilidan yutimizda yetti tilda darsliklar chop etilgan bo‘lib, “O‘qituvchi” nashiryoti tomonidan 1995-yilda maktablar kutubxona jamg‘armasini to‘ldirish maqsadida 77 nomda 26 mln 241000 nusxada o‘zbek va rus tillarida darsliklar nashr ettirish rejalashtirilgan bo‘lsa, bu darsliklarning 72 nomdagi 22 million nusxada darsliklar nashr etib, ulardan 62 nomdagi darsliklar to‘liq miqdorda chop etilmagan.
Shuningdek, “O‘zkitob” omboriga yetib kelgan 63 nomdagi darliklarning 1 mln 804 ming 196 ta nusxasi viloyatlarga yuborilgan. Bulardan, 56 nomdagi 1mln 440 ming 614 ta nusxasi maktablarga yetib borgan. Bunga sabab “O‘qituvchi” nashiryoti tomonidan rejalashtirilgan 12 nomdagi 3731000 nusxadagi darsliklar Rossiyaning “Charli” firmasi tomonidan chop etilgan. Ushbu darsliklarning 9 nomdagisi Respublikamizga to‘liq yetib kelmagan. Darsliklarning yetib kelmasligiga sabab darsliklarning harid qilinishiga mo‘ljallangan pullarni o‘z vaqtida ajratilmaganligi bo‘lgan [13. Б. 46].
Manashu davrda O‘zbekistonda “O‘qituvchi” nashriyotidan tashqari “Bilim” (Qoraqalpoq), “Просвешние” (rus), “Maorif” (tojik), “Rauai” (qozoq), “Mekteb” (qirg‘iz), “Mairif” (turkman) tillarida darliklar chop etilgan bo‘lib bu darsliklar umumiy hisobda 423 nomdagi 30 mln 773 ming 40 nusxa chop etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan 106 nomdagi 20 mln 150 ming 880 ta nusxada chop etilgan, mazkur darsliklarnig faqatgina 16 mln 872 ming 465 ta nusxasi belgilangan joylarga yetib borgan [14. Б. 59].
Namangan viloyati umumta’lim maktablariga 1995–1996-o‘quv yillarida o‘quv darsliklariga 77-nomdagi 1 mln 876 ming 300 ta darsliklar uchun ehtiyoj mavjud bo‘lgan bo‘lsa, Respublika kutubxona jamg‘armasidan Namangan viloyatga 57 nomdagi 1 mln 337 ming 364 ta darsliklar yuborilgan, ammo viloyatga 46 nomdagi 1 mln 24 ming 136 ta darsliklar yetib kelgan [15. Б. 58]. E’tibor berib qaralgada Namangan viloyatiga 11 turdagi 313 ming 238 nusxadagi o‘quv darsliklari yetib kelmagan.
Yuqoridagi darsliklar bo‘yicha muammolarning asosiy sabablari davlatimiz bu davlarda iqtisodiy qiyinchilikni boshidan o‘tkazayotgani va darsliklar chop etish bo‘yicha otaliq tashkilotlar yoki homiylarning kamligi anashu davrning ta’lim sohasidagi eng ko‘zga ko‘rinarli muammosi edi.
Lekin, davlatimiz tomonidan 1995-yillarda umumta’lim maktablarini moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadi shu yilda 30 dan ortiq turli ko‘rinishdagi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilangan. Natijada 1995-yilda 22.2 mln so‘mlik o‘quv anjomlari, tuli geografik kartalar, jadvallar, alibomlar, bukletlar, gramplastinkalar, gerbariylar, o‘yinchoq va o‘yin vositalari, fizika, kimyo va biologiya fanlari oid o‘quv-labaratoriya anjomlari va boshqa sotib olini tarqatilgan. Bu holat 1994-yilga nisbatan 10 barobar ko‘p hisoblanadi [16. Б. 11]. 1995-yil 25 iyulda Xalq ta’limi vazirligining “Orginal ko‘rgazmali qurollarni yaratish bo‘yicha” buyuriqga asosan shu yilda 50 mln so‘m mablag‘lar ajratiladi [17. Б. 16-17].
1997- yilga kelib, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” qabul qilinishi asosida mamlakatimida ta’lim tizimi rivojlandi va shu yildan birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari berish boshlandi.
Masalan, Namangan tumaniga 1998–1999- o‘quv yilda maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 4210 nafar o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘asi sumka, darsliklar va 12 turdagi o‘quv qurollari bepul topshirilgan. Bundan tashqari, 2–3 sinflar uchun o‘quv darsliklari topshirilgan va yetmagan darsliklar esa ota-onalari tomonidan sotib olib berildi. O‘quvchilar orasida ijtimoiy yordamga muhtoj yoki ko‘p farzandli oilalarning farzandlariga darsliklar bepul tarqatildi [18. Б. 2].
Darsliklarning pulli bo‘lish tartibi 1998- yil 5 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 1998–1999- o‘quv yildadan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktabda darsliklar pulli shaklga o‘tdi. Bu davrda viloyatda hududlarida kitob sotuvchi do‘konlar yo‘q edi. Tumanlarda kitob do‘konlarining mavjud emasligi, tufayli tuman xalq ta’limi bo‘limi darsliklarni olib kelib, barcha maktablarda sotishni yo‘lga qo‘yganligi, har bir darslik o‘rtacha bahosi 100–150 so‘m atrofida bo‘lganligini ta’kidlanadi [19. Б. 2].
Bundan tashqari, Namangan tumani xalq ta’lim bo‘lim esa 1998–1999- o‘quv yilda o‘quvchilar uchun darsliklar masalasini hal etishda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi homiyligida 30503 dona darslik kitoblar olib kelib, sotuvga chiqarildi. Tuman maktablarining birinchi sinfga qabul qilinayotgan o‘quvchilari uchun Prezident sovg‘asi sifatida 24 nomdagi darsliklar maktablarga sovg‘a sifatida etkazib berildi [20. Б. 2].
Maktablarga davlat tomonidan berilayotgan e’tiborga javoban viloyat yoshlari Respublika fan olimpiadalarida munosib qatnashib, faxrli o‘rinlarni egalladilar. Birgina 1997- yili Respublika fan olimpiadasida viloyatning 19 nafar yoshlarning 9 nafari faxrli o‘rinlarga ega bo‘lib. Viloyat Respublikada birinchi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldir. Shu yili viloyatdagi maktablarning 1249 nafar o‘quvchilari o‘z bilimlarini ochiq namoyon etdi [21. Б. 1].
Hamda, 1996-1997-o‘quv yilida Respublika Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun bo‘lgan test jarayonlarida viloyatimizdagi abiturentlar o‘zbek tili, biologiya, tarix, ximiya, geografiya, fanlaridan boshqa viloyatlarga nisbatan yaxshi ko‘rsatkichga erishganlar [22. Б. 5.]. Keying yillarda esa bu ko‘rsatkich oldingi yillarga nisbatan yuqori darajaga ko‘tarilgan. 1999 yilda viloyatdan 19 nafar o‘quvchilar Respublika fan olimpiadasida qatnashgan bo‘lsa, bularning 7 nafari oliygohlarga imtixonsiz kirish huquqiga ega bo‘lganlar. Hamda viloyatimiz maktablarida ta’lim oluvchi 35 % o‘quvchilari fanlar kuchaytirilgan sinflarda ta’lim olishlari 1998 yilda 2658 nafar 1999 yilda esa 2962 nafar [23. Б. 141] 2001 yilda 4796 nafar [24. Б. 6] o‘quvchilarni oliygohlarda ta’laba bo‘lish imkoniyatini yuzaga keltirgan. Umuman olganda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va DTS qabul qilinishi umumta’lim maktablari tizimining rivojlanishga sabab bo‘lgan. Dastlabki yillarda ta’lim sifati oshirishning eng muhim jihatlarida biri kadrlar masalasi hisoblanib, 1995-yilda viloyatda 27011 nafar pedagog xodimlar mavjud bo‘lib, shulardan 71.2 % (19238) oliy ma’lumotli bo‘lgan, bu holat 1996 yilida 28337 pedagog xodimlarning 20041 tasi (70.7 %) oliy, 1129 tasi to‘liqsiz oliy, 6658 tasi o‘rta-maxsus, 509 tasi esa umumiy o‘rta ma’lumotli o‘qituvchilar bo‘lgan [25. Б. 1]. 2018-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 27889 tasi (84,1%) tashkil etgan [26. Б. 1]. Yuqoridagi ma’lumotlarni o‘zaro tahli qilganimizda 1996-yilda to 2018-yilgacha bo‘lgan davrda oliy ma’lumotli o‘qituvchilar soni 14 % foizga oshgan lekin, bu ko‘rsatkich anashu davr uchun yetarli darajada bo‘lmagan, bunga sabablar aholi sonining yil sayin oshib borishi, Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining kamligi yoki o‘qituvchilarning mehnat nafaqasiga chiqishlari hamda Oliy ma’lumotli erkak o‘qituvchilarning ko‘p qismi anashu davrda harbiy yoki HMQO o‘z ish faoliyatlarini davom ettirishlari ham viloyatdagi o‘qituvchilar sonini oshmasligiga sabab bo‘lgan. Sodda qilib aytganda o‘quvchilar soniga nisbatan o‘qituvchilar soni yetarli bo‘lmagan. Masalan, 1997-1998-o‘quv yilida viloyatimidagi umumta’lim maktrablariga 6 yoshli bolalarning qabul qilinishi, 9-sinf bitiruvchilarini to‘liq o‘qishlarini davom ettirishlari munosabati bilan viloyatimiz bo‘yicha 1695 nafar pedagog o‘qituvchiga ehtiyoj sezilgan. Ayniqsa boshlang‘ich ta’limga (1020 ta), chet tillariga (139 ta), o‘zbek tili va adabiyotiga (96 ta), matematika (84 ta), tarix va huquq faniga (74 ta), kimyo (59 ta) kadrlar zarurati mavjud bo‘lgan. Kadrlar yetishmovchiligi ayniqsa Namamgan shahri, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida yuqori bo‘lgan [27. Б. 3- 4.]. 1996-yilda umumta’lim maktablarida sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha salmog‘li ishlar amalga oshirilgan. Masalan, xalq ta’limi tizimiga qarashli bolalar va o‘smirlar sport maktablarning sport bo‘limlari uchun 3000 ta fudbol to‘pi, 1140 ta fudbo‘l kiyimlari komplekti, 1520 ta sport kostyumlari sotib olib tarqatilgan.
Namangan viloyatida 32 ta bolalar uchun mo‘ljallangan fudbo‘l maydonlari mavjud bo‘lib, respublika miqiyosida esa 9545 maktablarning 8859 tasida, yoki 92.82% da fudbo‘l maydonlari mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari 442 ta kasb-xunar maktablarining 322 tasida fudbol maydonlari mavjub bo‘lgan bu esa o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga katta tasir o‘rkazgan. Shuningdek Namangan viloyatida boshqa viloyatlar singari fudbolni chuqur o‘rgatiladigan 7 ta maxsus sinflar ochilgan [28. Б. 83- 84]. Ammo keying davrlarda sport sohasini rivojlantirishda masalasi ancha susaygan. Misol uchun, 1999 yil holatiga viloyatimizdagi maktablari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida 57 ta fudbol maydonlarining yo‘qligi, yoki Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on tumanlarining umumiy 180 ta maktabning 100 tasida sport zallari bo‘lmagan [29. Б. 138]. Bu holat esa havoning sovuq kunlarida bolalar uchun noqulayliklarni keltirib chiqishiga hamda sog‘liqning yomonlashishiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilib aytganimizda har davrning o‘ziga xos kamchiliklari va muammolari bo‘lishi ehtimoliy holatdir. Ammo shunday bo‘lsada ta’lim sohasini rivojlantirishdagi davlatimiz va xalqimizning fidokorona mehnatlari keying yillarda o‘z samarasini berib, Respublikamizdagi umumta’lim maktablari yangi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, ularda ta’lim va tarbiya hamda ta’lim berish sifati yuqori darajada ko‘tarildi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar33 ta adabiyot
- Karimov I. A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012. – B. 22. (Karimov I.A. Uzbekistan is about to gain its independence. - Tashkent: Uzbekistan, 2012. - P.22.)
- Ёш авлод тарбияси ҳақида ўйлар // Наманган ҳақиқати. – 1991. – № 3. – Б.
- (Thoughts about the upbringing of young generation // Namangan's truth. - 1991. - #3. - P.2.)
- MDA M-26 фонд. 1-рўйхат.7-иш. Б.17-18. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 7, P.17-18)
- MDA M-26 фонд. 1-рўйхат.7-иш. Б. 21. (The Central State Archive, Fund M- 26, list 1, work 7, P.21)
- Намунали илмгоҳлар // Мураббий. – 1993. – №3. – Б. 1.( Respectful schools//Instructor - 1992. - #3. P.1.)
- Қаюмов А. Эътироф этиш ўринли // Чуст ҳақиқати. – 1992. – № 60. – Б. 2. (Qayumov A. It is worth praising // Chust's truth. - 1992. #60. - P.2.)
- Умаров А. Ўқувчилар овқатланиши қандай ташкилланмокда // Чуст ҳақиқати. – 1992. – № 54. – Б. 2. (Umarov A. How well is the pupils' nutrition organized // ....)
- Ўқувчилар овқатланишида тартиб бўлсин // Машъал. – 1993. – № 10. – Б.
- (There should be a discipline in pupils' eating.// Flame...)
- НВДА 645-фонд. 1-рўйхат. 43-иш. Б.129-130. (Namangan region State Archive, Fund 645, list 1, work 43, P.129-130. )
- Убайдуллаев Ҳ. Вилоят халқ таълими: Чуқур ислоҳотлар йўлида // Мураббий. – 1997. – №19. – Б. 1.
- MDA M-26 фонд. 1-рўйхат. 139-иш. Б. 3. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 139, P.3)
- MDA M-26 фонд. 1-рўйхат. 399-иш. Б. 45. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 399, P.45)
- МДА M-26 фонд. 1-рўйхат. 399-иш. Б. 46. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 399, P.46)
- МДА M-26 фонд. 1-рўйхат. 399-иш. Б. 59. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 399, P.59)
- МДА M-26 фонд. 1-рўйхат. 399-иш. Б. 58. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 399, P.58)
- МДА M-26 фонд. 1-рўйхат. 519-иш. Б. 11. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 519, P.11)
- МДА M-26 фонд. 1-рўйхат. 519-иш. Б. 16-17. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 519, P.16-17)
- Қўчқоров Ю. Фарзандингиз мактабга тайёрми // Истиқлол. – 1998. – №
- – Б. 2. Quchkorov Y. Is your child ready to go to school? // Independence...)
- Номозов О. Дарсликлар пулли бўладими // Поп тонги. – 1998. – № 23. – Б. 2. (Namozov O. Will the tectbooks be chargeable? // The dawn of Pop...)
- Ҳасанов Т. Давр талаблари асосида // Истиқлол. – 1998. – № 57. – Б. 2. (Hasanov T. On the basis of the period's demands// Independence…)
- Ғофуров М. Халқ таълимида “Чақнаш” // Мураббий. – 1997. – № 10. – Б.
- (G'ofurov M. "Flushing" in the public education// Instructor...)
- НВДА 645-фонд. 1-рўйхат. 136-иш. Б. 5. (Namangan region State Archive, Fund 645, list 1, work 136, P.5.)
- НВДА 645-фонд. 1-рўйхат. 217-иш. Б. 141. (Namangan region State Archive, Fund 645, list 1, work 217, P.141.)
- НВДА 645-фонд. 1-рўйхат. 294-иш. Б. 6. (Namangan region State Archive, Fund 645, list 1, work 294, P.6.)
- НВДА 645-фонд. 1-рўйхат. 162-иш. Б. 1. (Namangan region State Archive, Fund 645, list 1, work 162, P.1.)
- Вилоят халқ таълими бошқармасининг 2018 йилдаги ҳисоботлари. – Б. 1. (Reports of the region's public education department in 2018)
- НВДА 645-фонд. 1-рўйхат. 177-иш. Б. 3-4. (Namangan region State Archive, Fund 645, list 1, work 177, P.3-4.)
- МДА M-26 фонд. 1-рўйхат. 518-иш. Б. 83-84. (The Central State Archive, Fund M-26, list 1, work 518, P.83-84)
- НВДА 645-фонд. 1-рўйхат. 217-иш. Б. 138. (Namangan region State Archive, Fund 645, list 1, work 217, P.138.)
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011129
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/100
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 325–332
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25