Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARI KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI

    Urmonjonov Azizbek Muhammadjon oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    ushbu ilmiy maqolada raqamli transformatsiya sharoitida pedagogika yo‘nalishitalabalari kreativ fikrlash kompetensiyasini shakllantirishning innovatsion metodikasi tahlil qilinadi.Maqolada interfaol, loyihaviy va raqamli metodlar yordamida talabalarda lingvistik, tahliliy va tanqidiyfikrlash kompetensiyalarini uyg‘un rivojlantirish, amaliy loyihaviy faoliyat orqali kreativ yechimlarniishlab chiqish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, innovatsion pedagogik yondashuvlar o‘quv jarayonidatalabalarning motivatsiyasi, ishtirok faolligi va mustaqil fikrlash darajasini oshirishga qaratilganligi ilmiyasos bilan ko‘rsatildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary46
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KULOLCHILIK ASARLARIDA XALQ AMALIY SAN‘ATI VA ZAMONAVIY SAN‘AT UYG‘UNLIGI

    Dominjonov Komoliddin Faxriddin o‘g‘li, Akbarova Marjona Bahodirjon qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada kulolchilik san‘atining tarixiy ildizlari, uning xalq amaliy san‘ati tarkibidagi o‘rni hamda zamonaviy san‘at bilan uyg‘unlashuv jarayonlari tahlil qilinadi. Muallif kulolchilik asarlarida an‘anaviy naqsh, shakl va texnikalarning saqlanishi bilan birga, zamonaviy san‘atga xos innovatsion yondashuvlar, yangi materiallar va badiiy ifoda vositalarining qo‘llanilishini yoritadi. Shuningdek, kulolchilik san‘atining bugungi rivojlanish bosqichi, unga ta‘sir etuvchi omillar hamda mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida xalq amaliy san‘ati va zamonaviy san‘at uyg‘unligi kulolchilikni yangi bosqichga olib chiqayotgani asoslab beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary21
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KULOLCHILIK BUYUMLARI ORQALI O‘ZBEKISTONNING MADANIY MEROSINI IFODALASH

    Dominjonov Komoliddin Faxriddin o‘g‘li, Saydullayeva Dilafruz Qo‘chqorali qizi · ART PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY PARADIGMALARI, RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami · 2026

    Mazkur maqolada O‘zbekiston kulolchilik san‘ati orqali milliy madaniy merosning ifodalanishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kulolchilik buyumlarining tarixiy shakllanishi, hududiy uslublari, naqsh va ranglarning ramziy ma‘nolari hamda ularning jamiyat hayotidagi o‘rni o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kulolchilik buyumlari xalqning estetik qarashlari, urfodatlari va qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim madaniy fenomen hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary19
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ORGANIKALÍQ HÁM MINERAL TÓGINLERDIŃ ǴAWASHANÍŃ ÓSIWI HÁM RAWAJLANÍWÍNA TÁSIRI

    Zinatdinov is the son of Kamalatdiyin Mnajatdin, Esbergenov Uzaqbergen · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Usı maqalada mineral hám organikalıq tóginlerdiń ǵawashanıń ósiwi hám rawajlanıwına tásiri úyrenildi. Izertlewler nátiyjesinde, organikalıq hám mineral tóginlerdi súrim astına hám vegetatsiya dáwirlerlerinde qollanılǵanda, olardıń ǵawashanıń ósiwi hám rawajlanıwı ushın unamlı tásir etkenligi anıqlandı. Nátiyjede, ósimliklerdiń tek ǵana ósiwi hám rawajlanıwın unamlı tásir etip qalmastan, bálkim zúráátlilikti turaqlı asırıwda da zárúr agrotexnologiyalıq iláj sıpatında usınıs etiledi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary4
    • OpenAlex4
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ETISHTIRILGAN PILLALARNING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI TAXLILI

    O. Rustemovna, M. Jalgasbaevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlari, ularning sifat ko‘rsatkichlari hamda ipak mahsuldorligiga ta‘sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Hududning iqlim sharoiti, tut bargi sifati, ipak qurti duragaylari va boqish texnologiyasining pilla sifatiga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish orqali yuqori sifatli pilla yetishtirish mumkinligi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary2
    • OpenAlex2
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSIQAGA JO‘R BO‘LISH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

    Akhmedov Bakhodirkhon Sayfiddinovich, Sadriddinova Khurshida Kamoliddin qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hali musiqiy tajribaga ega bo‘lmaganliklari sababli,ularga musiqani tushuntirishdan ko‘ra, uni harakat orqali his etish osonroq kechadi. Shu bois o‘qituvchio‘quvchilarga musiqaning xarakteriga mos ravishda qarsak chalish, oyoq urish, aylanish, yurish yoki raqsgaxos oddiy harakatlarni bajarishni o‘rgatadi. Bu harakatlar orqali bola musiqaning ritmini tanib oladi va uniichki his bilan anglay boshlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex1
    • Crossref1

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AXBOROT MUHITIDA O‘QITUVCHILARNING KUZATUVCHANLIK VA TAXLILIY FIKR YURITISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

    Tojiboyeva Shohistaxon Komiljonovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Mazkur tezis “Axborot muhitida o‘qituvchilarningkuzatuvchanlik va tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishmetodikasi” mavzusiga bag‘ishlanadi. Avvalo, kuzatuvchanlik va tahliliyfikr tushunchalari, ularning zamonaviy pedagogikada tutgan o‘rni,ayniqsa, raqamli axborot muhitida qanday kompetentliklar zarurligi,shu xususda turli olimlarning nazariyalari (ilgari e‘lon qilinganmaqolalarda keltirilmagan yangi olimlar) tahlil qilinadi. Shuningdek,ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha interfaol va metodikyondashuvlar, baholash mezonlari, raqamli texnologiyalar bilanuyg‘unlashgan mashg‘ulotlar, kutiladigan natijalar bo‘yicha ilmiymantiqiy mulohazalar yuritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    EXTREME TOURISM: TRENDS, PSYCHOLOGICAL MOTIVATIONS, RISK MANAGEMENT, AND GLOBAL DEVELOPMENT PERSPECTIVES

    Abdumannonova Ruxshona · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ekstremal turizm — baland tog‘larga chiqish, bazaga sakrash, chuqur dengizga sho‘ng‘ish va qutb ekspeditsiyalari kabi faoliyatlarni o‘z ichiga olgan — global turizm sanoatining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biriga aylandi. Ushbu maqolada ekstremal turizm bo‘yicha mavjud adabiyotlarning keng qamrovli sharhi keltirilgan bo‘lib, uning ta‘rifiy chegaralari, tipologiyalari, psixologik asoslari, xavfni baholash tizimi, tartibga solish muammolari va iqtisodiy ahamiyati o‘rganiladi. 2010 va 2024 yillar oralig‘ida nashr etilgan 87 ta ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilgan tadqiqotlar ma‘lumotlariga tayanib, biz ishtirokni rag‘batlantiruvchi to‘rtta asosiy motivatsion klasterni aniqlaymiz: sensatsiya izlash, o‘zini namoyon qilish, ijtimoiy identifikatsiya va qochish. Biz tartibga solish muhiti va xavfsizlik natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash uchun 42 mamlakatdan olingan hodisalar ma‘lumotlarini batafsil tahlil qilamiz. Bizning topilmalarimiz shuni ko‘rsatadiki, tuzilgan xavfsizlik sertifikatlash talablari va majburiy qo‘llanma protokollariga ega bo‘lgan joylar tartibga solinmagan joylarga nisbatan o‘lim darajasi ancha past (p <0,01). Maqola ekstremal turizm yo‘nalishlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha siyosat tavsiyalari bilan yakunlanadi va kelajakdagi tadqiqotlarni, xususan, iqlim o‘zgarishining kirish mumkin bo‘lgan ekstremal muhitlarga ta‘siri borasida zarur bo‘lgan muhim kamchiliklarni ta‘kidlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    HE EFFECTIVENESS OF BLENDED LEARNING IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING

    Yangiboyeva Zarnigor · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqola ingliz tilini o‘qitishda aralash ta‘lim(blended learning) samaradorligiga bag‘ishlangan. Aralash ta‘lim an‘anaviy yuzma-yuz darslarni raqamli va onlayn ta‘lim vositalari bilanbirlashtiradi, bu esa moslashuvchan va interaktiv o‘quv muhitiniyaratadi. Tadqiqotda ushbu yondashuvning talabalarning tilko‘nikmalariga, ularning motivatsiyasiga va umumiy o‘quv natijalarigaqanday ta‘sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Ayniqsa, texnologiyalarniintegratsiya qilish, mustaqil o‘rganish imkoniyatlari hamdahamkorlikdagi faoliyatlarga alohida e‘tibor qaratilgan bo‘lib, ular o‘qish,yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordamberadi. Maqolada shuningdek ingliz tili darslarida aralash ta‘limni joriyetishning afzalliklari va muammolari ham muhokama qilinadi. Tadqiqotnatijalari shuni ko‘rsatadiki, agar aralash ta‘lim puxta rejalashtirilsa vao‘qitish jarayoniga samarali integratsiya qilinsa, u talabalarning darsgajalb qilinishini va tilni bilish darajasini sezilarli darajada oshirishimumkin

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INNOVATIVE STRATEGIES FOR DEVELOPING SPEAKING SKILLS IN ENGLISH LANGUAGE LEARNERS

    Xoshimova Odina Shuxrat qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganuvchilardagapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zamonaviy va innovatsionstrategiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida vazifalarga asoslanganmashg‘ulotlarni bajarish, raqamli vositalardan foydalanish, rolli o‘yinlarhamda hamkorlikka asoslangan metodlar o‘rganildi. Natijalar shuniko‘rsatdiki, ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning nutq ravonligi, ishonchiva kommunikativ kompetensiyasini sezilarli darajada oshiradi.Shuningdek, ular o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishinikuchaytiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GIBRID TA‘LIM SHAROITIDA TA‘LIM JARAYONINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI

    Tolibjanova Iqboloy Tokhirjon qizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Mazkur maqolada gibrid ta‘lim sharoitida ta‘limjarayonini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishning nazariyva metodik jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘lim tizimida axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ta‘lim jarayoniniraqamlashtirish hamda innovatsion pedagogik yondashuvlarni qo‘llashmasalalari yoritilgan. Shuningdek, gibrid ta‘lim modelining ta‘limsamaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ENHANCING VOCABULARY ACQUISITION THROUGH MOBILE APPLICATIONS

    Azamjanova Latofat Botirjon qizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Kuchli lug‘at tilni bilishning asosiy asosini tashkil etadi va ingliz tilini o‘zlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, yangi tilni o‘rganishni boshlagan shaxslar, birinchi navbatda, o‘z lug‘at boyligini muhim birinchi qadam sifatida kengaytirishga harakat qilishadi. So‘nggi yillarda texnologiyaning jadal rivojlanishi ta‘limga, xususan, ingliz tilini o‘rganish va o‘qitish jarayoniga sezilarli ta‘sir ko‘rsatdi. Ushbu aqlli ilovalar ilg‘or texnologiyalardan foydalanganligi sababli, mobil ilovalar yordamida lug‘at boyligini oshirishning ko‘plab usullari mavjud. Ular ma‘lum vaqt oralig‘ida yangi so‘zlarni uzluksiz takrorlash uchun oraliq takrorlash tizimlaridan foydalangan holda mobil yordamchi til o‘rganish muhitini yaratadilar. Audio, video, tasvir va tovushlar kabi multimedia materiallari unumdorlikni ikki baravar oshiradi va uzoq muddatli xotirani saqlashga olib keladi. O‘yinlashtirish usuli o‘quvchilarni o‘qish paytida qiziqishning yo‘qolishining oldini olish orqali ularni har kuni mashq qilishga undaydi va rag‘batlantiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    THE ROLE OF ENGLISH LANGUAGE IN THE DIGITAL WORLD

    Yakubova Muhlisaxon Gulomjon kizi, Shakhlo Muminjonova Muzaffar kizi · “INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION” Republican Scientific and Practical Conference · 2026

    Zamonaviy raqamli davrda ingliz tili internet,texnologiyalar va global biznesda hukmron aloqa tiliga aylandi. Ijtimoiytarmoqlardan tortib onlayn ta‘lim, dasturiy ta‘minot ishlab chiqish vaelektron tijoratgacha bo‘lgan sohalarda ingliz tili butun dunyo bo‘ylabodamlarni birlashtiruvchi universal vosita sifatida xizmat qiladi. Ushbumaqolada ingliz tilining raqamli dunyodagi ahamiyati, uning bilimalmashinuvi, texnologik innovatsiyalar va global hamkorlikka ta‘siriko‘rib chiqiladi. Shuningdek, boshqa tillar sohiblari duch keladiganmuammolar va raqamli savodxonlikning tobora ortib borayotganahamiyati yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI “QIZIL” RANG KONSEPTI ASOSIDA TALABALARNING LINGVOPRAGMATIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

    Khoshimova Oydina Shukhrat kizi · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

    Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qizil” rang konsepti lingvopragmatik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Rang ifodalovchi birliklarning semantik, madaniy va emotsional xususiyatlari qiyosiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, har ikki tilda “qizil” rang bilan bog‘liq leksik birliklar, ularning sinonimik qatori hamda turli nutqiy vaziyatlardagi qo‘llanishi yoritildi. Tadqiqot natijasida ingliz tilida rang ifodalovchi birliklar son jihatdan keng va semantik jihatdan batafsil ekanligi, o‘zbek tilida esa nisbatan kam, ammo obrazli va madaniy jihatdan boyligi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA MOSHNING “DURDONA” NAVINING EKISH MUDDATLARI VA OZIQLANTIRISHNING HOSILDORLIK HAMDA TUPROQ UNUMDORLIGIGA TA‘SIRI

    Aleuova Aysuliu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining agroiqlim sharoitida moshning “Durdona” navini yetishtirishda ekish muddatlari hamda oziqlantirish tizimining hosildorlik va tuproq unumdorligiga ta‘siri o‘rganiladi. Avvalo, mosh ekinining biologik xususiyatlari, vegetatsiya davri va agrotexnik talablari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shundan so‘ng turli ekish muddatlari va mineral o‘g‘it me‘yorlari qo‘llanilganda o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorlik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Shu bilan birga, mosh ekinining tuproqni biologik azot bilan boyitish xususiyati ham baholanadi. Natijada Qoraqalpog‘iston sharoitida moshning “Durdona” navini samarali yetishtirish uchun ilmiy asoslangan agrotexnologik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KUNJUT(SESAMUM INDICUM.L) NAV VA NAMUNALARINING DON HOSILDORLIK KO‘RSATKICHIGA 1000 DONA DON VAZNINI TA‘SIRI

    Norov Ilxom Chori ogli., Amanova Makhfurat Eshmurodovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026

    Ushbu ilmiy tadqiqot ishida kunjut (Sesamum indicum.L) ning 100 ta nav va namunalarining 1000 dona don vaznini va don hosildorligi andoza navlar bilan taqqoslangan holda o‘rganildi. Ilmiy tadqiqotda tanlab olingan namunalarning 1000 dona don vazni va don hosildorligi o‘zaro bog‘liqligi keltirilgan. Maqolada 1000 dona don vazni xamda don hosildorligi yuqori bo‘lgan namunalarni tanlash ishlari amalga oshirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AQLIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

    Avazkhanov Shohnazar Gulnazarzoda, Hamroeva Gulbodom Mehronshokhovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy qobiliyatini rivojlantirish usullari orasidao‘yinlardan foydalanish, savol‐javob orqali faol ishtirokni ta‘minlash, vazifalarni bajarishga undash,ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil izlanish va taqqoslashga o‘rgatish, ijodiy mashg‘ulotlaro‘tkazish va har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish kabi usullar mavjud. Bu usullarbolalarda mantiqiy fikrlash, xotira, etibor va ijodkorlikni o‘stirishga yordam beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BOSHLANG‘ICH SINFLARDA GEOMETRIK SHAKL TUSHUNCHASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI VA BOSQICHLARI

    Inoyatov Shukurillo Turgunboyevich, Ergasheva Ukhlaroy Shukurillo qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika ta‘limida geometrik shakllarhaqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantirishning samarali usullari va bosqichlari tahlil qilingan.O‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish, shakllarni amaliy faoliyat orqali anglash, ularningxossalarini solishtirish va umumlashtirish asosida bilimlarni mustahkamlashning metodik yo‘llariyoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TA‘LIMNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI

    Ernazarova Gulnora Oblaqulovna, Rahmetova Hilola Rashid qizi, Bozorova Marjona Hamid qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada ta‘limiy qadriyatlar asosida pedagog kadrlarni tayyorlashningilmiy tahlili, pedagogik aksiologiyaning muhim jihatlari, pedagogik aksiologiyaning ta‘limdagiahamiyatining omillarga bog‘liqligi, pedagogik qadriyatlarni o‘rganish yo‘nalishlari, aksiologikyondashuvlar asosida maxsus fanlarni tashkil etish, bo‘lajak o‘qutuvchilarda shaxsiy qadriyatlar, insoniyfazilatlar, axloqiy qarashlarni hayotiy ko‘nikmalar sifatida rivojlantirish mexanizmlari, metodik tizimi,amaliy ishlanmalar ahamiyati yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KATTA ANDIJON KANALINING EKOLOGIK HOLATI, BIOLOGIK XILMA-XILLIK VA BALIQCHILIK SALOHIYATI

    Obidjonova Zumradxon Ikromjon kizi, Muqimov Muhammad Karim Adxamovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada Katta Andijon kanalining ekologik holati, biologik xilma-xilligi vabaliqchilik salohiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kanal suvining sifat ko‘rsatkichlari,gidrobiologik jarayonlar va tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Kanal suvlariningbarqaror gidrologik rejimi, ozuqa bazasining boyligi hamda ekologik muvozanatning mavjudligibaliqchilikni rivojlantirish uchun muhim tabiiy shart-sharoit yaratadi. Shu bilan birga, antropogen omillarta‘sirida suv sifati va biotoplarning barqarorligi ma‘lum darajada o‘zgarib bormoqda. Maqolada KattaAndijon kanali ekotizimini muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va baliqchiliksalohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary1
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya