Asosiy mazmunga o‘tish

KATTA ANDIJON KANALINING EKOLOGIK HOLATI, BIOLOGIK XILMA-XILLIK VA BALIQCHILIK SALOHIYATI

Obidjonova Zumradxon Ikromjon kizi1, Muqimov Muhammad Karim Adxamovich22025

  1. 1Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich magistri
  2. 2Farg‘ona davlat universiteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi,b.f.f.d

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 577–581

Annotatsiya

Ushbu maqolada Katta Andijon kanalining ekologik holati, biologik xilma-xilligi vabaliqchilik salohiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kanal suvining sifat ko‘rsatkichlari,gidrobiologik jarayonlar va tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Kanal suvlariningbarqaror gidrologik rejimi, ozuqa bazasining boyligi hamda ekologik muvozanatning mavjudligibaliqchilikni rivojlantirish uchun muhim tabiiy shart-sharoit yaratadi. Shu bilan birga, antropogen omillarta‘sirida suv sifati va biotoplarning barqarorligi ma‘lum darajada o‘zgarib bormoqda. Maqolada KattaAndijon kanali ekotizimini muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va baliqchiliksalohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ, БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РЫБОЛОВНЫЙ ПРОПУСК БОЛЬШОГО АНДИДЖАНСКОГО КАНАЛА

В данной статье представлен всесторонний анализ экологического состояния, биоразнообразия и рыболовного потенциала Большого Андижанского канала. В ходе исследования были изучены показатели качества воды канала, гидробиологические процессы и возможности использования природных ресурсов. Стабильный гидрологический режим вод канала, богатство питательной базы и наличие экологического баланса создают важные природные условия для развития рыболовства. В то же время, под влиянием антропогенных факторов качество воды и стабильность биотопов в определенной степени изменяются. В статье представлены научные предложения по защите экосистемы Большого Андижанского канала, рациональному использованию водных ресурсов и повышению рыболовного потенциала.

inglizchaECOLOGICAL STATE, BIODIVERSITY, AND FISHING CAPACITY OF THE GREATER ANDIJAN CANAL

This article provides a comprehensive analysis of the ecological state, biodiversity and fishing potential of the Greater Andijan Canal. During the study, the quality indicators of canal water, hydrobiological processes and the possibilities of using natural resources were studied. The stable hydrological regime of canal waters, the richness of the nutrient base and the presence of ecological balance create important natural conditions for the development of fishing. At the same time, under the influence of anthropogenic factors, water quality and the stability of biotopes are changing to a certain extent. The article presents scientific proposals for protecting the ecosystem of the Greater Andijan Canal, rational use of water resources and increasing fishing potential.

Kalit so‘zlar

  • Katta Andijon kanali
  • ekologik holat
  • biologik xilma-xillik
  • baliqchilik salohiyati
  • monitoring
  • barqaror rivojlanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

raqamlashtiriladi, turli davrlar bo‘yicha ma’lumotlar taqqoslanadi, tarixiy xaritalar tahlil qilinadi. Shuningdek, tarixiy voqealarni 3D model ko‘rinishida jonlantirish imkoniyati ham mavjud. Bu o’quvchilar va talabalarda tarixga nisbatan qiziqishni oshiradi. Sun’iy intellekt tarix fanini o‘qitishda bir qator afzalliklarga ega: - SI talabaning individual qobiliyatini aniqlab, unga mos materiallarni taqdim etadi. - Sun’iy intellekt yordamida tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va xaritalarga tezda kirish mumkin. - Talabalar tarixiy davrlarni virtual tarzda o‘rganishlari, tarixiy shaxslar bilan muloqot qilgandek his qilishlari mumkin. - SI bilim oluvchilarning javoblarini avtomatik tahlil qilib, natijani tezda chiqaradi. - . SI katta hajmdagi tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilib, yangi ilmiy xulosalar olishga imkon yaratadi. Sun’iy intellektning imkoniyatlari keng bo‘lishiga qaramay, uni o‘qitish jarayonida qo‘llashda ayrim muammolar ham mavjud: - O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot kamayadi, bu esa fikrlash va bahs madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. - SI tizimlari mavjud ma’lumotlarga asoslanadi, bu esa ayrim tarixiy talqinlarda xatoliklarga olib kelishi mumkin. - Talabalar tayyor javoblarga o‘rganib qolishlari, mustaqil tahlil qobiliyatini yo‘qotishlari ehtimoli mavjud. - SI tizimlari foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘adi, bu esa maxfiylikka doir muammolarni keltirib chiqaradi. - Oliy ta’lim muassasalarida SI texnologiyalarini joriy etish katta xarajatni va mutaxassis kadrlarni talab etadi. Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt oliy ta’limda tarix fanini o‘qitishda muhim ahamiyatga ega. SI yordamida virtual o‘quv muhitlari, avtomatik tarjima va tahlil dasturlari yaratilgan. Bu tizimlar talabalar bilimini chuqurroq baholash imkonini beradi. U o‘quv jarayonini zamonaviylashtiradi, talabalarning o’z mutaxassisliklariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, o‘qituvchining mehnatini yengillashtiradi, dars mashg’ulotining mazmun va mohiyatini tushuntirishni osonlashtiradi. Shu bilan birga, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, inson omilini butunlay yo‘qotish ta’lim sifati pasayishiga olib keladi. SI texnologiyalarini faqat yordamchi sifatida ishlatish maqsadga muvofiqdir.SI texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llamaslik insoniy muloqot, tanqidiy fikrlash va axborot xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga joriy etishda muvozanatni saqlash, inson omilini markazda saqlab qolish lozim. Darhaqiqat, SI texnologiyalarini o‘qituvchi va talaba hamkorligida samarali qo‘llash ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga ko‘taradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. The Education Revolution through Artificial Intelligence. https://www.researchgate.net/publication/385652682_The_Education_Revolution_through_Artificial_Int elligence_Enhancing_Skills_Safeguarding_Rights_and_Facilitating_Human-Machine_Collaboration. [Murojaat qilingan sana:11.11.2025.] 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt. [Murojaat qilingan sana:11.11.2025.] 3. https://camara.org/ai-in-educationfaqs/?gad_source=1&gad_campaignid=21475919018&gbraid=0AAAAAo6cnNaU8ZCd9u4gw_ch_7sqD _EHc&gclid=EAIaIQobChMIla6028LqkAMV3a6DBx2j4SV1EAAYAiAAEgJWzvD_BwE. [Murojaat qilingan sana:11.11.2025.] 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ Sun’iy intellekt texnologiyalari 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 358-son qarori. 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ O’zbekiston – 2030 strategiyasi” to’g’risidagi 158-son farmoni.

KATTA ANDIJON KANALINING EKOLOGIK HOLATI, BIOLOGIK XILMA-XILLIK VA BALIQCHILIK SALOHIYATI

Obidjonova Zumradxon Ikromjon qizi Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich magistri

___________________________________________________________________ 577

Muqimov Muxammad Karim Adxamovich Farg‘ona davlat universiteti zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi,b.f.f.d. (PhD) Email: muqimovmuhammadkarim7@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada Katta Andijon kanalining ekologik holati, biologik xilma-xilligi va baliqchilik salohiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kanal suvining sifat ko‘rsatkichlari, gidrobiologik jarayonlar va tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Kanal suvlarining barqaror gidrologik rejimi, ozuqa bazasining boyligi hamda ekologik muvozanatning mavjudligi baliqchilikni rivojlantirish uchun muhim tabiiy shart-sharoit yaratadi. Shu bilan birga, antropogen omillar ta’sirida suv sifati va biotoplarning barqarorligi ma’lum darajada o‘zgarib bormoqda. Maqolada Katta Andijon kanali ekotizimini muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va baliqchilik salohiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Katta Andijon kanali, ekologik holat, biologik xilma-xillik, baliqchilik salohiyati, monitoring, barqaror rivojlanish.

ECOLOGICAL CONDITION, BIOLOGICAL DIVERSITY, AND FISHERY POTENTIAL OF THE GREAT ANDIJAN CANAL

Obidjonova Zumradxon Ikromjon kizi 1st year master of Fergana State University Mukimov Mukhammad Karim Adxamovich Senior lecturer of the Department of Zoology and General Biology of Fergana State University, Ph.D. Email: muqimovmuhammadkarim7@gmail.com

Abstract. This article presents a comprehensive analysis of the ecological condition, biological diversity, and fishery potential of the Great Andijan Canal. The study examined water quality indicators, hydrobiological processes, and opportunities for sustainable use of natural resources. The canal’s stable hydrological regime, rich natural food base, and maintained ecological balance create favorable conditions for the development of fisheries. At the same time, anthropogenic influences have led to certain changes in water quality and habitat stability. The paper provides scientific recommendations for conserving the canal ecosystem, rational water resource management, and enhancing fishery potential in the region. Keywords: Great Andijan Canal, ecological condition, biological diversity, fishery potential, monitoring, sustainable development.

ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ, БИОЛОГИЧЕСКОЕ РАЗНООБРАЗИЕ И РЫБОХОЗЯЙСТВЕННЫЙ ПОТЕНЦИАЛ БОЛЬШОГО АНДИЖАНСКОГО КАНАЛА

Обиджонова Зумрадхан Икромжоновна Магистр 1 курса Ферганского государственного университета Мукимов Мухаммад Карим Адхамович Старший преподаватель кафедры зоологии и общей биологии Ферганского государственного университета, к.б.н. Email: muqimovmuhammadkarim7@gmail.com

Аннотация. В статье проводится комплексный анализ экологического состояния, биологического разнообразия и рыбохозяйственного потенциала Большого Андижанского канала. В ходе исследования изучены качественные показатели воды, гидробиологические процессы и возможности рационального использования природных ресурсов. Стабильный гидрологический режим канала, богатая кормовая база и наличие экологического равновесия создают благоприятные условия для развития рыбного хозяйства. Вместе с тем отмечается влияние антропогенных факторов, вызывающих изменение качества воды и сокращение устойчивости биотопов. В статье приведены научные рекомендации по сохранению экосистемы канала, рациональному использованию водных ресурсов и повышению рыбохозяйственного потенциала. Ключевые слова: Большой Андижанский канал, экологическое состояние, биологическое разнообразие, рыбохозяйственный потенциал, мониторинг, устойчивое развитие.

___________________________________________________________________ 578

Katta Andijon kanali - Farg‘ona vodiysi suv xo‘jaligi tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, mintaqaning ekologik barqarorligi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida beqiyos ahamiyatga ega. Kanal 1966-yilda qurilishi boshlangan bo‘lib, dastlab “Markaziy Farg‘ona kanali” nomi bilan tanilgan. 1970-yilda to‘liq foydalanishga topshirilgach, u Buzrukxo‘ja Usmonxo‘jaev nomidagi Katta Andijon kanali deb atalgan. Ushbu yirik sug‘orish inshooti Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hududlari orqali o‘tadi va umumiy uzunligi 109,1 kilometrni tashkil etadi. Kanalning boshlanish nuqtasi Uchqo‘rg‘on shahri yaqinida joylashgan Norin daryosidan boshlanib, Markaziy Farg‘ona vodiysi bo‘ylab Bag‘dod tumani chegarasigacha cho‘ziladi [1]. Katta Andijon kanali suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish hamda yangi yer maydonlarini o‘zlashtirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Kanalning suv sarfi boshlang‘ich qismida 300 m³/s (amaliy ko‘rsatkich 200 m³/s) ni tashkil etadi. U yordamida jami 140,6 ming gektar maydon sug‘oriladi, shu jumladan Namangan viloyatining Uychi va Namangan tumanlari, Andijon viloyatining Baliqchi, Ulug‘nor, Shahrixon va Asaka tumanlari hamda Farg‘ona viloyatining Ohunboboyev, Uchko‘prik, Bag‘dod va Rishton tumanlaridagi ekin maydonlari suv bilan ta’minlanadi[1]. Katta Andijon kanali Norin daryosidan boshlanib 27,500 km uzoqlikda Qoradaryoga yetib boradi va daryoning ostidan maxsus yo‘l bilan olib o‘tib ketiladi. Kanal tizimi tarkibida 700 dan ortiq texnik inshootlar - ko‘priklar, dukerlar, akveduklar, suv rostlagichlar mavjud bo‘lib, ular suv taqsimotining barqarorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, Qoradaryo ustidan o‘tuvchi Chinobod dukeri inshootning muhim texnik yechimlaridan biri hisoblanadi. Tez oqimli qismlarida beton qoplamaning qo‘llanilishi kanalning barqaror ishlashiga xizmat qiladi. Mazkur kanalning tashkil etilishi Farg‘ona vodiysi ekotizimida suv aylanishining muhim halqasini yaratdi. Biroq, so‘nggi yillarda suv resurslarining kamayishi, antropogen ta’sirlarning ortishi va gidroekologik omillar tufayli kanal ekotizimida turli biologik muammolar, xususan, suv organizmlarining turlar tarkibi va ekologik muvozanatdagi o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shu boisdan Katta Andijon kanalining ekologik holatini, gidrobiologik jarayonlarini hamda ixtiofaunasi tarkibini o‘rganish hozirgi davrda dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi.

1-rasm. Katta Andijon kanalining geografik joylashuvi (Boshlanish nuqtasi 41°06'43.6"N 72°04'03.4"E, tugash nuqtasi 40°28'05.3"N 71°17'47.9"E). Ekologik jihatdan, Katta Andijon kanali suv manbalari tizimiga xos bo‘lgan bir nechta muammolarga duch kelmoqda. Ulardan eng asosiysi - antropogen ifloslanish, gidrodinamik o‘zgarishlar va gidrobiotsenozlarning degradatsiyasidir. Sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlaridan keladigan oqava suvlar kanal suvining sifatini pasaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, suv organizmlarining, jumladan, baliqlar va ularning ozuqa zanjiridagi turlarining tarkibiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kanalda suv oqimi rejimining o‘zgaruvchanligi - ya’ni mavsumiy ravishda suv sathi ko‘tarilishi yoki kamayishi - bentos va plankton jamoalarining barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. FAO (2019) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning sug‘orish kanallarida suvning biologik iste’mol kislorod ko‘rsatkichini (BOD) 3–5 mg/l darajagacha yuqorilashishi mumkin.

___________________________________________________________________ 579

Ekotizimdagi bu o‘zgarishlar baliqlar populyatsiyasining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, Pseudorasbora parva, Hemiculter leucisculus kabi kichik o‘lchamli turlar ifloslangan yoki past oqimli hududlarda ustunlikka ega bo‘lib dominantlik qilmoqda. Bu holat tabiiy muvozanatning buzilishi, yirik sport usulida ovlanuvchi baliq turlarining kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, kanalning ayrim qismlarida qurilish chiqindilari, plastik materiallar va qishloq xo‘jaligi pestitsidlarining to‘planishi kuzatiladi. Pestitsidlar suv orqali oziqa zanjiriga kirib, baliqlarning gormon muvozanatini buzadi, ularning reproduktiv faolligini kamaytiradi [2]. Shu sababli, Katta Andijon kanalining ekologik holatini baholash, ifloslanish manbalarini nazorat qilish va biologik monitoring tizimini joriy etish mintaqaning bioxilma-xilligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Katta Andijon kanali Farg‘ona vodiysidagi eng yirik gidrotexnik inshootlardan biri bo‘lib, uning asosiy vazifasi sug‘orish suvini yetkazib berishdan iborat. Shu bilan birga, kanal suvlarida tabiiy ekotizim shakllanib, unda turli baliq turlari yashashi uchun qulay sharoit vujudga kelgan. So‘nggi yillarda olib borilgan kuzatishlar kanal suvlarida xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan hamda ov ahamiyatiga ega bo‘lmagan baliq turlari uchun optimal sharoit mavjudligini ko‘rsatmoqda [3]. Kanalning baliqchilik salohiyatini belgilovchi eng muhim omillardan biri - bu suvning fizikkimyoviy tarkibi va gidrologik holatidir. Katta Andijon kanalidagi suvning harorati o‘rtacha 16–24 °C atrofida bo‘lib, bu ko‘pchilik Cyprinidae (karpsimonlar) oilasiga mansub turlar uchun optimal hisoblanadi. Suvning doimiy oqimda bo‘lishi kislorod miqdorini yetarli darajada saqlab turadi, bu esa baliqlarning o‘sishi va ko‘payish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kanal bo‘yidagi suv o‘tlari, fitoplankton va bentos organizmlarining ko‘pligi esa baliqlar uchun tabiiy ozuqa bazasini tashkil etadi. Ayniqsa, yoz oylarida zooplanktonlarning ko‘pligi yosh baliqlarni boqish uchun qulay sharoit yaratadi. Katta Andijon kanalining suv hajmi va doimiy oqimi uni sun’iy baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ham istiqbolli obyektga aylantiradi. Kanalning ayrim tarmoqlarida baliq pitomniklari yoki yarim tabiiy inkubatsiya uchastkalari tashkil etish orqali karp (Cyprinus carpio), Oq do‘ngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix), oq Amur (Ctenopharyngodon idella) kabi xo‘jalik turlarini ko‘paytirish mumkin[4]. Shuningdek, kanal suvlarining bevosita tabiiy havza sanalmish Norin daryosiga bevosita bog‘liq ekanligi baliqlarning tabiiy migratsiyasiga imkon beradi. Bu esa genetik xilma-xillikni saqlash va populyatsiyalarni tabiiy yangilab turish imkoniyatini beradi. Biroq, Katta Andijon kanalining baliqchilik imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun bir qator ekologik chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur. Jumladan: qishloq xo‘jaligi oqava suvlari va pestitsidlarning kanalga tushishini cheklash, gidrotexnik to‘siqlarda baliq o‘tish yo‘laklarini (fish-pass) tashkil etish, kanal bo‘yida biofiltr zonalar barpo etish orqali suv sifatini tabiiy tiklash, monitoring asosida har yili baliqlar soni va turlar tarkibini nazorat qilish. Shuningdek, mahalliy baliqchilik xo‘jaliklari uchun ushbu kanal suvlaridan foydalanish imkoniyatlarini iqtisodiy-ekoenergetik jihatdan baholash ham zarur [5]. Katta Andijon kanali tabiiy va antropogen omillar uyg‘unlashgan murakkab ekotizim bo‘lib, unda baliqchilikni rivojlantirish uchun katta tabiiy salohiyat mavjud. Suvning yaxshi sifati, ozuqa bazasining boyligi, tabiiy daryo tarmoqlari bilan bog‘liqligi va gidrotexnik infratuzilmaning mavjudligi bu hududni iqtisodiy jihatdan foydali baliq yetishtirish zonasi sifatida shakllantirish imkonini beradi. Kelgusida Katta Andijon kanalida ekologik monitoring, tabiiy ko‘payishni qo‘llab-quvvatlash va sun’iy baliqchilik tizimlarini joriy etish orqali nafaqat ichki bozorda, balki eksport salohiyatida ham muhim yutuqlarga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat Ilmiy Nashriyoti, 2002. – 12 jild. 2. Левин, Б.А. (2008). Фауна рыб Средней Азии и Казакҳстана: систематика и экология. Москва: Наука. 3. Muqimov M.A. Farg‘ona vodiysi suv havzalarining invaziv baliqlari (tur tarkibi, morfologiyasi va biologiyasi). Avtoreferat. Farg‘ona, 2024. 4. Kamilov, G. and Z.U. Urchinov, 1995, Fish and fisheries in Uzbekistan under the impact of irrigated agriculture.. p. 10-41 In T. Petr (ed.) Inland fisheries under the impact of irrigated agriculture:Central Asia. FAO Fisheries Circular No. 894.

___________________________________________________________________ 580

5. FAO. (2020). The State of World Fisheries and Aquaculture 2020: Sustainability in action. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations.

ICHKI NUTQ – IJTIMOIY NUTQNING AKS SADOSI

Raxmonova Marjona Jinaydullo qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil izlanuvchisi. mrsrakhmonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan].

Annotatsiya. Bugungi kunda tilshunoslik fanining eng muammoli sohalaridan biri psixolingvistika yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu maqolada ham insondagi ichki nutq jarayoni psixolingvistik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot ishida ichki nutqning tashqi nutq uchun asos vazifasini bajarishi, ichki nutqning shakllanish bosqichlari hamda egosentrik nutqdan farqlari haqida fikr yuritilgan. Berilgan ma’lumotlar badiiy matnlardan olingan parchalar orqali dalillangan. Bir qator olimlarning tajriba va fikrlari tahlil ostiga olinadi. Shu bilan birga ichki nutqning funksiyalari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: ichki nutq, egosentrik nutq, ijtimoiy nutq, psixolingvistika, tafakkur, interoretsepsiya va b. INNER SPEECH – AN ECHO OF SOCIAL SPEECH

Rakhmonova Marjona Zinaydullo qizi is an independent researcher at the Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi. mrsrakhmonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan].

Abstract. Today, one of the most problematic areas of linguistics is the direction of psycholinguistics. This article also analyzes the process of inner speech in humans from a psycholinguistic perspective. The research paper discusses the role of inner speech as the basis for outer speech, the stages of formation of inner speech, and its differences from egocentric speech. The information provided is substantiated by excerpts from literary texts. The experience and ideas of a number of scientists are analyzed. At the same time, the functions of inner speech are also discussed. Keywords: inner speech, egocentric speech, social speech, psycholinguistics, thinking, interoception, etc. ВНУТРЕННЯЯ РЕЧЬ – ОТГЛОК СОЦИАЛЬНОЙ РЕЧИ

Рахмонова Маржона Жинайдулло кизи — независимый исследователь Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои. mrsrakhmonova@gmail.com [telefon raqami yashirilgan].

Аннотация. Психолингвистика является одним из наиболее проблемных направлений лингвистики на сегодняшний день. В данной статье также анализируется процесс внутренней речи человека с психолингвистической точки зрения. В работе рассматривается роль внутренней речи как основы внешней речи, этапы её формирования и её отличия от эгоцентрической речи. Представленная информация подкреплена фрагментами из художественных текстов. Анализируется опыт и идеи ряда учёных. При этом также рассматриваются функции внутренней речи. Ключевые слова: внутренняя речь, эгоцентрическая речь, социальная речь, психолингвистика, мышление, интероцепция и др.

Ichki nutq rus tilshunosligida dastlab, Vigotskiy, Blonskiy, Ananyev hamda Sokolovlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishi sifatida o‘rganilgan. Ular ichki nutqni tashqi nutqning hosilasi sifatida paydo bo‘ladigan nutq ko‘rinishi, yozma va og‘zaki nutqni yaxshiroq o‘zlashtirish uchun so‘z va jumlalarni idrok etish orqali takrorlashdan hosil bo‘ladigan jarayon ekanligini uqtiradilar. Olimlar ichki nutqni til va tafakkurning chambarchas bog‘langan murakkab jarayonlaridan ekanligini ham aytib o‘tadilar. Yana shuni ham

___________________________________________________________________ 581

Iqtiboslar dinamikasi

ReLibrary iqtiboslari

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Kim iqtibos qilgan1

ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.

  1. TARIX FANINI O‘QITISHDA SUN‘IY INTELLEKTNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI

    Rustamboyeva Gavharoy Khayitali kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat Ilmiy
  2. Nashriyoti, 2002. – 12 jild.
  3. Левин, Б.А. (2008). Фауна рыб Средней Азии и Казакҳстана: систематика и экология.
  4. Москва: Наука.
  5. Muqimov M.A. Farg‘ona vodiysi suv havzalarining invaziv baliqlari (tur tarkibi, morfologiyasi va biologiyasi). Avtoreferat. Farg‘ona, 2024.
  6. Kamilov, G. and Z.U. Urchinov, 1995, Fish and fisheries in Uzbekistan under the impact of irrigated agriculture.. p. 10-41 In T. Petr (ed.) Inland fisheries under the impact of irrigated agriculture:Central Asia. FAO Fisheries Circular No. 894.5. FAO. (2020). The State of World Fisheries and Aquaculture 2020: Sustainability in action. Rome:
  7. Food and Agriculture Organization of the United Nations

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011429
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/437
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
577–581
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25