Asosiy mazmunga o‘tish

TARIX FANINI O‘QITISHDA SUN‘IY INTELLEKTNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI

Rustamboyeva Gavharoy Khayitali kiziNamangan davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 375–377

Annotatsiya

Ushbu maqolada sun‘iy intellektning ta‘lim tizimiga kirib kelishi, ayniqsa, tarixdarslarini interaktiv, qiziqarli va samarali tashkil etishdagi roli tahlil qilinadi. Maqola ta‘lim tizimida sun‘iyintellektning(SI) ahamiyatini o‘rganadi, uning ijobiy va salbiy jihatlarini atroflicha yoritadi.

Boshqa tillarda

ruschaПоложительные и отрицательные аспекты искусственного интеллекта в преподавании истории.

В данной статье анализируется внедрение искусственного интеллекта в систему образования, в частности, его роль в повышении интерактивности, интереса и эффективности уроков истории. В статье рассматривается значение искусственного интеллекта (ИИ) в системе образования и всесторонне обсуждаются его положительные и отрицательные аспекты.

inglizchaPOSITIVE AND NEGATIVE ASPECTS OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN HISTORY TEACHING

This article analyzes the introduction of artificial intelligence into the education system, especially its role in making history lessons interactive, interesting, and effective. The article explores the importance of artificial intelligence (AI) in the education system, and comprehensively discusses its positive and negative aspects.

Kalit so‘zlar

  • sun‘iy intellekt
  • ta‘lim tizimi
  • raqamlashtirish
  • interaktivlik
  • texnologiya
  • ta‘lim samaradorligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TARIX FANINI O’QITISHDA SUN’IY INTELLEKTNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI

Rustamboyeva Gavharoy Xayitali qizi Namangan davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti Email: gavharoyrustamboyeva03@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellektning ta’lim tizimiga kirib kelishi, ayniqsa, tarix darslarini interaktiv, qiziqarli va samarali tashkil etishdagi roli tahlil qilinadi. Maqola ta’lim tizimida sun’iy intellektning(SI) ahamiyatini o’rganadi, uning ijobiy va salbiy jihatlarini atroflicha yoritadi. Kalit so’zlar: sun’iy intellekt, ta’lim tizimi, raqamlashtirish, interaktivlik, texnologiya, ta’lim samaradorligi.

POSITIVE AND NEGATIVE ASPECTS OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN TEACHING HISTORY

Rustamboyeva Gavharoy Khayitali qizi 1st year master's student of Namangan State Pedagogical Institute Email: gavharoyrustamboyeva03@gmail.com

Annotation: This article discusses the introduction of artificial intelligence into the education system. The article analyzes the role of AI in the education system, especially in making history lessons interactive, interesting and effective. The article examines the importance of artificial intelligence(AI) in the education system, comprehensively covers its positive and negative aspects. Keywords: artificial intelligence, education system, digitalization, interactivity technology, educational effectiveness.

ПОЛОЖИТЕЛЬНЫЕ И ОТРИЦАТЕЛЬНЫЕ АСПЕКЫ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПРЕПАДАВАНИИ ИСТОРИИ

Рустамбоева Гавхарой Хайитали кызы Студентка 1 курса магистратуры Наманганского государственного педагогического института Электронная почта: gavharoyrustamboyeva03@gmail.com

Аннотация: В данной статье рассмотривается внедрение искусственного интеллект (ИИ) в системе образования, особенно в организации интерактивных, интересных и еффективных уроков истории. В статье рассматривается значение искусственного интеллекта(ИИ) в системе образования, всесторонне освещаются его положительные и отрицательные стороны. Ключевые слова: искусственный интеллект, система образования, цифровизация, интерактивность технологии, еффективность образования.

Biz uchun eng katta boylik bu – inson, eng katta sarmoya bu –ta’lim, eng katta qudrat bu – ilm va tafakkurdir. Shavkat Mirziyoyev

Insoniyat tarixiga nazar solsak, odamlar har doim o’z xohish va maqsadlarini amalga oshirish uchun harakatda bo’lishgan. Turmush sharoitlarini yaxshilashga , qulaylashtirishga harakat qilishgan. Miloddan avvalgi davrlarda ham odamlar ov qilish va tirikchilik hamda turmush sharoitini yaxshilash, ko’proq ozuqa topish maqsadida mehnat qurollarini muntazam yangilash hamda yaxshi samarali mehnat quroliga o’zgartirishga harakat qilishgan. Dastlabki vositalardan tortib, g’ildirak, metall sanoati, bosmaxona, bug’dvigateli kabi texnologiya ham ijtimoiy rivojlanishning asosiy omili bo’lib kelgan. [1. – B.14.] Davrlar o’tib, inson aql-zakovati tufayli zamonaviy texnologiyalar yaratildi. Inson tafakkurining mahsuli bo’lgan sun’iy intellekt(SI) ham barcha sohalarga mustahkam kirib borayotgani va turli kasblar, sohalarni o’zgartirayotgani kabi ta’lim sohasini ham chetlab o’tmagan. Sun’iy intellektning yaratilish tarixini o’rganadigan bo’lsak, 1956-yilgi Dartmut yozgi tadqiqot loyihasi SIning tadqiqot sohasi sifatida kelib chiqishi hisoblanadi, u yangi tadqiqot yo’nalishlarini o’rganish uchun yetakchi olimlarni birlashtirgan. Shu yili sun’iy intellektga fan sohasi sifatida asos solingan.[2] XX asr o’rtalaridan beri sun’iy intellekt bo’yicha tadqiqotlar qilinib kelinsa-da, unga nisbatan ommaviy qiziqish 2012-yilda chuqur o’rganish boshqa sun’iy intellekt metodlaridan ustunligini namoyon etgan va 2017-yilda transformer arxitekturasida erishilgan yutuqlar ortidan keskin oshgan. 2020-yillar boshlarida mazkur soha gurkirab rivojlanib, ko’plab shirkatlar, universitetlar va laboratoriyalar sun’iy intellekt sohasida sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Sun’iy intellekt insonning fikrlash, tushunish, qaror qabul qilish, o‘rganish kabi aqliy faoliyatini taqlid qiluvchi dasturiy tizimdir. Sun’iy intellekt yoki sun’iy idrok – inson intellektiga taqlid qilishga qodir bo’lgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi hisoblanadi. U dastlab, sanoat, axborot texnologiyalari va tibbiyot sohalarida ishlatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ta’lim jarayoniga ham keng kirib keldi. Sun’iy intellekt yordamida talabalarning bilim darajasini aniqlash, o‘quv materiallarini avtomatik tahlil qilish va o‘qitish jarayonini individuallashtirish mumkin. Bu texnologiya ta’limning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari jamiyatning turli sohalarida, xususan ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt inson tafakkuriga xos bo‘lgan tahlil qilish, xulosa chiqarish, mantiqiy fikrlash kabi jarayonlarni texnik vositalar orqali amalga oshirish imkonini beradi.[3] O’quv jarayonlarida SI texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘qituvchiga yordam berish, ta’lim jarayonini interaktiv, qiziqarli va zamonaviy qilishga xizmat qiladi.SI ta’limga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan generativ sun’iy intellekt kabi ilg’or raqamli kontentni yaratdi. Masalan, onlayn qidiruv tizimlari foydalanuvchiga taqdim etish uchun sun’iy intellektdan foydalanadilar. Ta’lim amaliyotidagi bu tez o’zgarish texnologiyaning hayotimizga chuqur ta’sirini aks ettirdi. Ta’limga sun’iy intellektni integratsiyalash o’rganishni individuallashtirish, topshiriqlarni avtomatlashtirish va ko’proq interaktiv hamda moslashuvchan o’quv muhitlarini yaratish kabi yangi imkoniyatlarini olib keldi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt ta’lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun bebaho vosita bo’lib, o’qituvchilar hamda talabalarga o’zlarining aniq ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’lim resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Ko‘plab rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniyada sun’iy intellekt ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylangan. Hozirigi shiddat bilan rivojlanayotgan axborot texnogiyalari asrida jahonning rivojlangan davlatlari kabi yurtimizda ham sun’iy intellektdan samarali foydalanish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratildi. Masalan, davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilgan qarorga ko’ra, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab 15 ta oliy taʼlim muassasasida sunʼiy intellekt texnologiyalarining iqtisodiyot tarmoqlari hamda davlat boshqaruvi tizimida amaliy qoʻllanishi boʻyicha kurslar va fanlar joriy etildi. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishida kadrlar tayyorlash uchun 12 ta oliy taʼlim muassasasiga 572 nafar talaba (510 nafar bakalavr, 62 nafar magistratura) oʻqishga qabul qilindi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish istagini bildirgan yoshlar yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga yuborildi.[4. – B. 4.] Bundan tashqari 2030-yilga kelib, “ Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish, har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash rejalashtirildi.[5] Darhaqiqat, ta’lim jarayonida, ayniqsa, tarix darslarini tashkil etishda bilim oluvchilar uchun ma’lumotlar juda ko‘p va murakkab bo‘lganligi sababli, ularni o‘rganish va tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanish samarali natijalar beradi. Masalan, SI yordamida ma’lumotlar avtomatik tarzda

raqamlashtiriladi, turli davrlar bo‘yicha ma’lumotlar taqqoslanadi, tarixiy xaritalar tahlil qilinadi. Shuningdek, tarixiy voqealarni 3D model ko‘rinishida jonlantirish imkoniyati ham mavjud. Bu o’quvchilar va talabalarda tarixga nisbatan qiziqishni oshiradi. Sun’iy intellekt tarix fanini o‘qitishda bir qator afzalliklarga ega: - SI talabaning individual qobiliyatini aniqlab, unga mos materiallarni taqdim etadi. - Sun’iy intellekt yordamida tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va xaritalarga tezda kirish mumkin. - Talabalar tarixiy davrlarni virtual tarzda o‘rganishlari, tarixiy shaxslar bilan muloqot qilgandek his qilishlari mumkin. - SI bilim oluvchilarning javoblarini avtomatik tahlil qilib, natijani tezda chiqaradi. - . SI katta hajmdagi tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilib, yangi ilmiy xulosalar olishga imkon yaratadi. Sun’iy intellektning imkoniyatlari keng bo‘lishiga qaramay, uni o‘qitish jarayonida qo‘llashda ayrim muammolar ham mavjud: - O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot kamayadi, bu esa fikrlash va bahs madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. - SI tizimlari mavjud ma’lumotlarga asoslanadi, bu esa ayrim tarixiy talqinlarda xatoliklarga olib kelishi mumkin. - Talabalar tayyor javoblarga o‘rganib qolishlari, mustaqil tahlil qobiliyatini yo‘qotishlari ehtimoli mavjud. - SI tizimlari foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘adi, bu esa maxfiylikka doir muammolarni keltirib chiqaradi. - Oliy ta’lim muassasalarida SI texnologiyalarini joriy etish katta xarajatni va mutaxassis kadrlarni talab etadi. Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt oliy ta’limda tarix fanini o‘qitishda muhim ahamiyatga ega. SI yordamida virtual o‘quv muhitlari, avtomatik tarjima va tahlil dasturlari yaratilgan. Bu tizimlar talabalar bilimini chuqurroq baholash imkonini beradi. U o‘quv jarayonini zamonaviylashtiradi, talabalarning o’z mutaxassisliklariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, o‘qituvchining mehnatini yengillashtiradi, dars mashg’ulotining mazmun va mohiyatini tushuntirishni osonlashtiradi. Shu bilan birga, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, inson omilini butunlay yo‘qotish ta’lim sifati pasayishiga olib keladi. SI texnologiyalarini faqat yordamchi sifatida ishlatish maqsadga muvofiqdir.SI texnologiyalarini to‘g‘ri qo‘llamaslik insoniy muloqot, tanqidiy fikrlash va axborot xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga joriy etishda muvozanatni saqlash, inson omilini markazda saqlab qolish lozim. Darhaqiqat, SI texnologiyalarini o‘qituvchi va talaba hamkorligida samarali qo‘llash ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga ko‘taradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. The Education Revolution through Artificial Intelligence. https://www.researchgate.net/publication/385652682_The_Education_Revolution_through_Artificial_Int elligence_Enhancing_Skills_Safeguarding_Rights_and_Facilitating_Human-Machine_Collaboration. [Murojaat qilingan sana:11.11.2025.]
  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt. [Murojaat qilingan sana:11.11.2025.]
  3. https://camara.org/ai-in-education- faqs/?gad_source=1&gad_campaignid=21475919018&gbraid=0AAAAAo6cnNaU8ZCd9u4gw_ch_7sqD _EHc&gclid=EAIaIQobChMIla6028LqkAMV3a6DBx2j4SV1EAAYAiAAEgJWzvD_BwE. [Murojaat qilingan sana:11.11.2025.]
  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ Sun’iy intellekt texnologiyalari 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 358-son qarori.
  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ O’zbekiston – 2030 strategiyasi” to’g’risidagi 158-son farmoni. KATTA ANDIJON KANALINING EKOLOGIK HOLATI, BIOLOGIK XILMA-XILLIK VA BALIQCHILIK SALOHIYATI Obidjonova Zumradxon Ikromjon qizi Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich magistri

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011428
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/436
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
375–377
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25