Asosiy mazmunga o‘tish
ReLibrary

Jurnallar uchun

Jurnal ReLibrary katalogiga uch yo‘l bilan ulanadi: OAI-PMH orqali JATS formatida — to‘liq metadata bilan; OAI-PMH orqali standart oai_dc da — asosiy metadata bilan (affiliatsiya va ORCID’siz); OAI bo‘lmasa — qo‘lda kiritish yoki OJS native XML importi. OAI yo‘lida yig‘ish (harvesting) har kuni avtomatik. Hech bir yo‘lda PDF fayl saqlanmaydi — har yozuv jurnal saytidagi maqola sahifasiga havola qiladi.

Hozir ulangan manbalar

Manbalar: 4 · ommaviy yozuvlar: 3986 · Oxirgi kundalik yig‘ish: 2026-10-18

Ulash — olti qadam

  1. Oferta

    Ariza oferta bilan birga yuboriladi: rozilik oferta versiyasi va matn xeshi bilan saqlanadi va keyin o‘zgartirilmaydi. Oferta uch tilda; qaysi til ustun turishini superadmin tahrirni kuchga kiritganda belgilaydi. Yangi tahrir kuchga kirsa, ulangan jurnal unga panelda alohida rozilik beradi. Amaldagi versiya: 2026-09-07.

    Oferta matnini o‘qish

  2. Ulanish yo‘llari

    OAI-PMH yig‘ish

    Jurnalning OAI-PMH manbasidan yozuvlar ikki darajada yig‘iladi. To‘liq daraja — JATS: oai_openaire_jats (OJS’dagi «OpenAIRE» plagini) yoki jats (OJS’dagi «JATS» plagini). Undan har tildagi sarlavha va annotatsiya o‘z til belgisi bilan, familiya va ismga ajratilgan mualliflar, ORCID va ish joyi (affiliatsiya) olinadi. Asosiy daraja — har bir OJS beradigan standart oai_dc: sarlavha, annotatsiya va kalit so‘zlar har tilda, mualliflar, nashr sanasi, DOI, litsenziya, son va sahifalar hamda PDF havolasi o‘qiladi, lekin affiliatsiya ham, ORCID ham kelmaydi — sifat skori pastroq bo‘ladi va mualliflar tashkilotlarga bog‘lanmaydi. Qaysi formatni olishni tekshiruv manbaning o‘zi e’lon qilgan ro‘yxatdan (ListMetadataFormats) tanlaydi: JATS bo‘lsa — har doim JATS. Ikkala darajada ham to‘liq matn va adabiyotlar ro‘yxati ochiq PDF’dan, DOI bo‘lsa Crossref’dan ham olinadi. Keyingi yig‘ishlar arxivni boshidan o‘qimaydi: oxirgi yig‘ishdan keyin qo‘shilgan va o‘zgargan yozuvlargina olinadi. Har yozuv ReLibrary ID oladi, jurnalning DOI’si va maqola havolasi esa o‘zgarishsiz qoladi.

    • oai_openaire_jats
    • jats
    • oai_dc

    Nega JATS afzal. oai_dc — OAI-PMH protokolining majburiy, ammo eng sodda formati: ORCID va affiliatsiya unda umuman uzatilmaydi, muallif ismi esa ko‘pincha familiya va ismga ajratilmagan bo‘ladi. Shuning uchun oai_dc bilan ulangan jurnalning mualliflari tashkilotlar va ORCID profillariga bog‘lanmaydi, yozuvlarning sifat skori esa pastroq chiqadi. Jurnal OJS’da «OpenAIRE» yoki «JATS» plaginini yoqsa, superadmin formatni JATS ga o‘tkazadi va keyingi yig‘ishdan boshlab to‘liq metadata olinadi. Konferensiya to‘plamlari faqat JATS bilan ulanadi: oai_dc da son identifikatori yo‘q, konferensiya sonlarini esa bir-biridan faqat u orqali ajratib bo‘ladi.

    Har yozuvda litsenziya ko‘rsatilgani muhim: litsenziyasi noma’lum yozuvda to‘liq matn ochilmaydi, faqat metadata va havola qoladi. PDF yuborish shart emas va qabul ham qilinmaydi — fayl jurnal serverida qoladi; to‘liq matn va adabiyotlar ro‘yxati ochiq PDF havolasidan ajratib olinadi, fayl esa o‘chiriladi.

    Qo‘lda kiritish

    Jurnalda OAI-PMH bo‘lmasa, yozuvlar panelda qo‘lda kiritiladi. Har yozuvga maqolaning jurnal saytidagi sahifasi dalil bo‘ladi; PDF faqat ochiq havola sifatida qabul qilinadi — to‘liq matn va adabiyotlar ro‘yxati undan ajratib olinadi, fayl o‘chiriladi. Iqtiboslar OAI orqali kelgan yozuvlardagi kabi hisoblanadi. Litsenziya jurnal pasportidagiga mos bo‘lishi kerak.

    Hozircha bu yozuvlarni ReLibrary jamoasi kiritadi. Jurnal xodimlari uchun bu yo‘l qo‘lda kiritishni qamragan oferta tahriri kuchga kirgach va jurnal unga rozilik bergach ochiladi; ularning har bir yozuvi va o‘zgartirishi superadmin tasdig‘idan keyin saytda ko‘rinadi.

    OAI da yo‘q eski sonlar

    Jurnalning OAI manbasida bo‘lmagan eski sonlar OJS’ning «Native XML» eksporti orqali olinadi: jurnal sonni OJS’dan native XML faylga eksport qiladi, ReLibrary jamoasi uni import qiladi. Import qilingan yozuv OAI orqali kelgan yozuv bilan aynan bir xil sifat tekshiruvidan o‘tadi.

    OAI bo‘lmasa yoki JATS qo‘shmoqchi bo‘lsangiz — jurnal dasturchisi uchun texnik ilova

  3. Avtomatik tekshiruv

    Superadmin ariza sahifasida tekshiruvni ishga tushiradi: Identify, manba beradigan metadata formatlari, to‘plam va namuna yozuvlar hamda sayt egaligi fayli. Natija uch yo‘ldan qaysi biri ochiqligini aytadi: ro‘yxatda JATS bo‘lsa — to‘liq daraja; JATS bo‘lmasa, standart oai_dc — asosiy daraja (affiliatsiya va ORCID kelmaydi); OAI ishlamasa — qo‘lda kiritish yoki OJS native XML importi. Jurnal keyinroq JATS plaginini yoqsa, superadmin formatni qayta tanlaydi. Bir tekshiruv — ko‘pi bilan uchta so‘rov; ichki tarmoqqa ishora qiluvchi manzilga so‘rov yuborilmaydi. Tasdiqlangan jurnal haftada bir marta avtomatik qayta tekshiriladi.

    Sayt egaligi fayli (tavsiya etiladi, tasdiqni to‘smaydi):/.well-known/relibrary.txtrelibrary-verify=…

  4. Superadmin tasdig‘i

    Tasdiqlangach jurnal ariza bergan nashriyot tashkilotiga bog‘lanadi va OAI yig‘ish yoqiladi. Jurnalning boshqa xodimlariga jurnal admini rolini superadmin rollar bo‘limi orqali biriktiradi — rol avtomatik berilmaydi. Jurnal admini panelda kiritgan yoki o‘zgartirgan har bir yozuv, son va import ham superadmin tasdig‘idan keyin saytda ko‘rinadi.

  5. Kundalik yig‘ish (harvesting)

    Yangi va o‘zgargan yozuvlar jurnalning OAI-PMH manbasidan har kuni avtomatik yig‘iladi (harvesting); to‘liq matn va adabiyotlar ro‘yxati ajratiladi, iqtiboslar qayta hisoblanadi. Ishlov bosqichlari quyidagi tartibda bajariladi; har birining natijasi jurnal admini panelida ko‘rinadi.

    1. 1.Jurnallarni qayta tekshirish (OAI va sayt)
    2. 2.Yig‘ish (OAI)
    3. 3.OAK yo‘nalishlari
    4. 4.Son yillari (manba bo‘yicha)
    5. 5.Muqovalar
    6. 6.DOI to‘ldirish
    7. 7.Dublikatlarni aniqlash
    8. 8.To‘liq matn ajratish
    9. 9.Havolalar sog‘ligi
    10. 10.Crossref adabiyotlari va iqtibos soni
    11. 11.Iqtiboslarni moslash
    12. 12.Jurnal RL CCI (korpus iqtibos ko‘rsatkichi)
    13. 13.Konferensiya ko‘rsatkichi (RL CCI-C)
    14. 14.Crossref tekshiruvi
    15. 15.OpenAlex iqtiboslari
    16. 16.Registrlar va nishonlar
    17. 17.Sifat surati
    18. 18.Eksport tayyorligi
    19. 19.Jurnal texnik holati (Scholar tayyorligi)
    20. 20.To‘lov buyurtmalari muddati
    21. 21.Affiliatsiya klasterlari
    22. 22.Saqlangan qidiruvlar bo‘yicha xatlar
    23. 23.To‘liq matn tanasini tozalash
    24. 24.Yillik statistika eslatmasi
  6. Jurnal pasporti nimani ko‘rsatadi

    Jurnalga alohida pasport sahifasi ochiladi: ISSN, litsenziya, davriylik, integratsiyalar holati va oxirgi yig‘ish sanasi. Har maqola server tomonda render qilinadigan sahifa, meta teglar va sitemap yozuvini oladi. Metadata sifat skori qaysi maydon yetishmayotganini ko‘rsatadi — bu metadata to‘liqligi, ilmiy sifat bahosi emas. Har sahifada jurnal saytidagi maqolaga havola turadi; ochiq litsenziyali maqolaning to‘liq matni ReLibrary’da HTML ko‘rinishida ham o‘qiladi.

    • ISSN
    • Litsenziya
    • OAI manzili
    • Oxirgi sinxronizatsiya
    • Metadata sifati
    • Integratsiyalar
    • Indekslangan (Dalil)
    • Sonlar
    • Muqova

Jurnal dasturchisi uchun

Jurnalda OAI-PMH manzili bo‘lsa, dasturchiga deyarli ish yo‘q: OJS oai_dc ni o‘zi beradi (asosiy daraja), to‘liq daraja uchun esa «OpenAIRE» yoki «JATS» plaginini yoqish kifoya. OAI bo‘lmasa ikkita ish bor va ular bir-birini almashtirmaydi — maqola sahifasiga meta teglar qo‘yish (odatda yarim kunlik ish) yoki OAI manzilini yozish (bir necha kunlik ish; JATS bersa — to‘liq, faqat oai_dc bersa — asosiy daraja).

Halol aytamiz: biz maqola sahifasini metama’lumot uchun o‘qimaymiz, ya’ni meta teglar bizga maqola bermaydi — avtomatik yig‘ishning yagona yo‘li OAI-PMH (JATS yoki oai_dc). Shunda ham teglarni birinchi navbatda so‘raymiz: ular Google Scholar’ning o‘z talabi va qo‘lda kiritishni bir necha barobar tezlashtiradi.

Maqola sahifasidagi meta teglar

Teglar maqolaning HTML sahifasi head qismida turadi va server tomonda chiqadi: JavaScript ishlagandan keyin paydo bo‘lgan teg na bizga, na Scholar’ga ko‘rinadi. Quyidagi beshlik — bizning metadata sifat skorimizning majburiy maydonlari; birortasi yetishsa yozuv to‘liqsiz deb belgilanadi.

Qolganlari bo‘lsa yozuv to‘liq bo‘ladi. Muallif ma’lumotining tartibi muhim: ish joyi va ORCID o‘zidan oldingi muallifga tegishli deb o‘qiladi — muallif, uning ish joyi, uning ORCID i, keyin ikkinchi muallif.

To‘ldirilgan namuna o‘ylab topilmagan — u bizning o‘z jurnalimizning haqiqiy maqola sahifasidan olingan, ya’ni sahifani ochib solishtirib ko‘rish mumkin.

<meta name="citation_journal_title" content="Research Focus International Scientific Journal">
<meta name="citation_issn" content="2181-3833">
<meta name="citation_title" content="O‘zbekistonning janubiy hududlarida meva kuyalari faunasi">
<meta name="citation_author" content="Bobir Ashirovich XAMIDOV">
<meta name="citation_author_institution" content="O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston">
<meta name="citation_publication_date" content="2026/09/05">
<meta name="citation_volume" content="5">
<meta name="citation_issue" content="8">
<meta name="citation_firstpage" content="40">
<meta name="citation_lastpage" content="45">
<meta name="citation_doi" content="10.66073/refocus.v5i8.0806">
<meta name="citation_language" content="uz">
<meta name="citation_abstract_html_url" content="https://refocus.uz/index.php/rf/article/view/2627">
<meta name="citation_pdf_url" content="https://refocus.uz/index.php/rf/article/view/2627/full.pdf">

Ko‘p uchraydigan xatolar

Minimal OAI-PMH profili

Shu so‘rovlar javob bersa yetarli; to‘plam bo‘lmasa, ListSets ning noSetHierarchy xatosi ham to‘g‘ri javob. Identify javobida protokol versiyasi 2.0 bo‘lishi, baseURL manzilning o‘ziga teng bo‘lishi, sana aniqligi va o‘chirilgan yozuv siyosati ko‘rsatilishi kerak; siyosat «no» bo‘lsa, jurnal saytdan olib tashlagan maqola haqida biz hech qachon bilib olmaymiz.

oai_dc — protokolning majburiy formati; JATS bo‘lmasa, yozuvlar undan asosiy darajada yig‘iladi. Yozuv to‘liqroq chiqishi uchun uch narsa muhim. Litsenziya havolasi dc:rights da tursin (OJS: Settings → Distribution → License) — havolasiz yozuvda to‘liq matn ochilmaydi. Maqolaning tili ko‘rsatilsin: yozuvning asosiy tili shundan aniqlanadi. Muallifning familiyasi va ismi alohida maydonlarga kiritilsin — aks holda ism bo‘linmay keladi. Affiliatsiya va ORCID oai_dc da baribir uzatilmaydi: ular uchun JATS kerak (oai_openaire_jats yoki jats).

Sahifa hajmi 100 yozuv atrofida bo‘lsa qulay, kattarog‘i ham bo‘ladi. Oxirgi sahifada resumptionToken bo‘sh qaytadi. Token yuborilganda biz boshqa hech qanday parametr yubormaymiz — protokol shuni talab qiladi, ya’ni token so‘rovning hamma shartini o‘zi eslab qolishi kerak. Token kamida bir necha daqiqa yashasin va yurish o‘rtasida natijani o‘zgartirmasin; from va until ishlashi kerak, aks holda har yig‘ishda butun arxiv tortiladi.

Yozuv identifikatori bir marta beriladi va hech qachon o‘zgarmaydi — bizning dublikat tekshiruvimiz, maqola manzilimiz va OAI identifikatorimiz shunga bog‘lanadi. Datestamp esa yozuv har o‘zgarganda siljishi kerak, bazani to‘g‘ridan-to‘g‘ri SQL bilan tuzatganda ham: aks holda tuzatish bizga yetib kelmaydi.

Loglarda bizni qanday ko‘rasiz

Har so‘rovda domen va aloqa manzili ko‘rsatilgan. So‘rovlar orasida kamida 0,7 soniya; bitta manba bir vaqtda faqat bitta yurishda bo‘ladi; kutish muddati 45 soniya, xatoda ko‘pi bilan to‘rt marta qayta urinish. Ulanishdan oldingi tekshiruv — ko‘pi bilan uchta so‘rov; tasdiqlanmagan jurnalga avtomatik so‘rov umuman ketmaydi.

ReLibrary/0.1 (+https://relibrary.uz; harvester; mailto:info@relibrary.uz)
ReLibrary/1.0 (+https://relibrary.uz; journal onboarding check)
ReLibraryLinkBot/1.0 (link health check bot; +https://relibrary.uz/contact/)

Biz jurnalning robots.txt faylini o‘qimaymiz. Buning o‘rniga faqat jurnalning o‘zi tasdiqlagan manzillarga murojaat qilamiz va so‘rov sonini yuqoridagi chegaralar bilan o‘zimiz cheklaymiz. Yurishni to‘xtatish kerak bo‘lsa yozing — manbani panelda o‘chiramiz.

Jurnal kontentida hech narsa o‘zgarmaydi: sahifa dizayni, maqola manzillari, PDF fayllar, DOI lar va tizim sozlamalari o‘z holida qoladi. Qo‘shiladigan narsa — head dagi bir necha qator yoki bitta yangi manzil.

Nima qilinmaydi

Jurnal arizasini yuborishAriza shakli shaxsiy kabinetda ochiladi: e-pochtasi tasdiqlangan istalgan hisob yubora oladi. Arizani ReLibrary superadmini ko‘rib chiqadi; jurnal admini roli avtomatik berilmaydi — faqat tasdiqdan keyin, alohida qaror bilan.Aloqa