AXBOROT MUHITIDA O‘QITUVCHILARNING KUZATUVCHANLIK VA TAXLILIY FIKR YURITISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Tojiboyeva Shohistaxon KomiljonovnaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Fakultetlararo chet tili kafedrasi dotsenti v.b., Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd),2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1179–1183
Annotatsiya
Mazkur tezis “Axborot muhitida o‘qituvchilarningkuzatuvchanlik va tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishmetodikasi” mavzusiga bag‘ishlanadi. Avvalo, kuzatuvchanlik va tahliliyfikr tushunchalari, ularning zamonaviy pedagogikada tutgan o‘rni,ayniqsa, raqamli axborot muhitida qanday kompetentliklar zarurligi,shu xususda turli olimlarning nazariyalari (ilgari e‘lon qilinganmaqolalarda keltirilmagan yangi olimlar) tahlil qilinadi. Shuningdek,ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha interfaol va metodikyondashuvlar, baholash mezonlari, raqamli texnologiyalar bilanuyg‘unlashgan mashg‘ulotlar, kutiladigan natijalar bo‘yicha ilmiymantiqiy mulohazalar yuritiladi.
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОДОЛОГИЯ ФОРМИРОВАНИЯ НАВЫКОВ НАБЛЮДЕНИЯ И АНАЛИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧИТЕЛЕЙ В ИНФОРМАЦИОННОЙ СРЕДЕ
Данная диссертация посвящена теме «Методология формирования у учителей навыков наблюдения и аналитического мышления в информационной среде». Прежде всего, анализируются понятия наблюдения и аналитического мышления, их роль в современной педагогике, в частности, какие компетенции необходимы в цифровой информационной среде, а также теории различных ученых в этой области (новые ученые, не упомянутые в ранее опубликованных статьях). Также научно и логически рассматриваются интерактивные и методологические подходы к формированию этих навыков, критерии оценки, упражнения, адаптированные к цифровым технологиям, и ожидаемые результаты.
inglizchaMETHODOLOGY FOR FORMING TEACHERS‘ OBSERVATION AND ANALYTICAL THINKING SKILLS IN THE INFORMATION ENVIRONMENT
This thesis is devoted to the topic “Methodology of forming teachers‘ observation and analytical thinking skills in the information environment”. First of all, the concepts of observation and analytical thinking, their role in modern pedagogy, in particular, what competencies are needed in the digital information environment, and the theories of various scientists in this regard (new scientists not mentioned in previously published articles) are analyzed. Also, interactive and methodological approaches to the formation of these skills, assessment criteria, exercises adapted to digital technologies, and expected results are scientifically and logically considered.
Kalit so‘zlar
- Tahliliy fikr yuritish
- metodika
- pedagogik mahorat
- ta‘lim jarayoni
- didaktik usullar
- innovatsion yondashuvlar
- munozara
- amaliyot
- kompetentlik
- raqamli texnologiyalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
AXBOROT MUHITIDA O‘QITUVCHILARNING KUZATUVCHANLIK VA TAXLILIY FIKR YURITISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Tojiboyeva Shohistaxon Komiljonovna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Fakultetlararo chet tili kafedrasi dotsenti v.b., Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd),
Annotatsiya: Mazkur tezis “Axborot muhitida o‘qituvchilarning kuzatuvchanlik va tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi” mavzusiga bag‘ishlanadi. Avvalo, kuzatuvchanlik va tahliliy fikr tushunchalari, ularning zamonaviy pedagogikada tutgan o‘rni, ayniqsa, raqamli axborot muhitida qanday kompetentliklar zarurligi, shu xususda turli olimlarning nazariyalari (ilgari e’lon qilingan maqolalarda keltirilmagan yangi olimlar) tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha interfaol va metodik yondashuvlar, baholash mezonlari, raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan mashg‘ulotlar, kutiladigan natijalar bo‘yicha ilmiymantiqiy mulohazalar yuritiladi. Kalit so‘zlar: Tahliliy fikr yuritish, metodika, pedagogik mahorat, ta’lim jarayoni, didaktik usullar, innovatsion yondashuvlar, munozara, amaliyot, kompetentlik, raqamli texnologiyalar.
Kirish. Hozirgi raqamli davrda axborot manbalari jadal sur’atlarda ko‘payib, o‘quvchilarga, shuningdek, o‘qituvchilarga ham yangidan-yangi imkoniyatlar, shu bilan birga xavflar ham taqdim etmoqda. O‘qituvchining vazifasi – nafaqat an’anaviy dars jarayonlarini boshqarish, balki butun ta’lim jarayonida o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish, ijodiy yondashuv, tanqidiy tahlil, manipulyatsion omillarga qarshi hushyorlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Kuzatuvchanlik va tahliliy fikr yuritish (*analitik*) qobiliyati shu jarayonda ajralmas ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘qituvchining o‘zi uchun ham pishiq kompetentlik sifatida yuzaga chiqadi. Bo‘lajak ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy muhitda, xususan, raqamli axborot oqimlari oldida o‘qituvchilar bu ko‘nikmalarni rivojlantirmasdan innovatsion ta’lim metodlarini samarali yo‘lga qo‘yishi qiyin bo‘ladi. Kuzatuvchanlik – shaxsning muhitdagi hodisalarni, xabarlarni, turli ma’lumotlarni, o‘quvchilarning xulq-atvori, didaktik jarayonning nozik jihatlarini diqqat bilan kuzatish, bevosita mulohaza qilish, tafsilotlarni e’tiborsiz qoldirmasdan tahlil etish qobiliyatidir. Argyris kuzatuvchanlikni “odamning me’yordan ortiq izchillik bilan muhitni sinchiklab ko‘rishi, aniqlashtirishi, taxmin va dalillar orqali o‘z qarashlarini shakllantirib borishi” sifatida tasniflaydi. Unga ko‘ra, kuzatuvchanlik o‘qituvchining didaktik faoliyatida ijtimoiy-psixologik jarayonlar, o‘quvchilarning har xil reaksiya va muammolarini erta payqash, dars mazmunidagi manipulyatsion ifodalarni ilg‘ashda katta ahamiyatga ega[1]. O‘qituvchi kuzatuvchanlik malakasiga ega bo‘lsa, dars jarayonida o‘quvchilarning nozik qiziqish jihatlarini sezadi, axborot muhitida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan feyk xabar yoki manipulyatsiya unsurlarini erta farqlab, ularni tahliliy fikr bilan rad etish, dalil-isbot qidirish, savol berish, xulosaga kelish metodlarini ham yo‘lga qo‘yadi.
Tahliliy fikr – shaxsning har qanday masala yoki xabarga nisbatan mantiqiy sintez, dalil keltirish, qarama-qarshi nuqtayi nazarlarni solishtirish, zarur hollarda turli manbalarga murojaat qilish, hissiy reaksiya o‘rniga dalillarning izchilligi va asoslanganligiga e’tibor qaratish kabi aqliy operatsiyalar majmuidir. Giroux tahliliy fikrni “mavjud vaziyatga tanqidiy yondashish, jamiyatdagi turli omillarning o‘zaro aloqa va oqibatlarini ko‘rish, xulosa qilishda hissiy-ijtimoiy bosimlardan xoli bo‘la olish” deb izohlaydi[2]. Bunda tahliliy fikr bo‘lajak o‘qituvchining axborot muhitida kelib chiqadigan noaniq xabarlar, ilmiy yoki ommaviy maqolalar, ijtimoiy tarmoq postlari, siyosiy-ijtimoiy axborotlar oldida mantiqiy tekshirish, dalil-isbotni qidirish, manipulyatsion ifodalar, stereotiplar, hissiy reaksiya, hissiy turtki kabi elementlarni sinchiklab ko‘rib chiqish, tub ma’no va mohiyatni ilg‘ash orqali xulosa berish ko‘nikmasini ifodalaydi. Kuzatuvchanlik va tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi. Metodikaning nazariy poydevori. Chet tili o‘qituvchi yoki umuman pedagog uchun “kuzatuvchanlik + tahliliy fikr” - bir-birini to‘ldiradigan intellektual xususiyatlar. Chris Argyris “doubleloop learning” konsepsiyasida aytganidek, pedagog o‘zi ham o‘qitish jarayonida “kuzatish, fikr yuritish, xulosani qayta ko‘rib chiqish, o‘rgangan narsasini amaliyotga tatbiq qilish” bosqichlarini o‘tkazishi kerak. Bunda analitik yondashuv, manipulyatsiyaga berilmaslik, doimiy savol-javob yoyilmasi metodikaning asosini tashkil etadi[3]. Giroux esa o‘qituvchini “jamiyatdagi intellektual” deya atab, u o‘quvchilarga nafaqat fanni o‘rgatib, balki ularning jamiyatga munosabatida tanqidiy nazar bilan qarashini rag‘batlantirishi kerakligini urg‘ulaydi. Shu bois o‘qituvchining kuzatuvchanligi (sinf muhitini, o‘quvchining potentsial manipulyatsiyalarga qarshi immunitet darajasini payqashi) va analitik tafakkuri (har qanday xabar, matn, dars topshirig‘ida asosli/dalilga tayanadigan yondashuvni ilgari surishi) – muhim metodik[4]. Metodik jarayon. Bosqichlar: Motivatsiya va muammoli vaziyat: O‘qituvchi axborot muhitidagi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, reklama, blogpost, ijtimoiy tarmoq xabaridan parcha yoki keysni oldindan tayyorlaydi. O‘quvchilarga “Bu xabarning manbasi kim, ishonchlimi, manipulyatsion ohang bormi?” kabi savollarni tashlaydi. Kuzatuvchanlikni faollashtirish: Ko‘rish, eshitish, kontekstual aniqlik, xabarning lingvistik tahlili, hissiy so‘zlarni payqash, ohang, subyektiv dalillarni farqlash – shu jarayon uchun aniq mashqlar beriladi. O‘qituvchi “Har bir so‘zning kontekstini, manbasini, grammatik yoki uslubiy bo‘rttirishini payqash”ni ta’kidlaydi. Tahliliy fikr: Yig‘ilgan dalil, kuzatuv natijalari, turli manbalar, qarama-qarshi nuqtayi nazar, shubhali ifodalar, manipulyatsiyaga xos
unsurlarni sinchiklab ko‘rib, “Kimga foyda, nimani asoslab, dalillar bormi?” kabi savollar bilan muammoli xulosaga kelinadi. Bahs-munozara yoki rolli o‘yin: Bo‘linish, guruhda muhokama qilish, tayyorlangan dalillarni birlashtirish. Kimdir “Buni manipulyatsion ifoda” deya ko‘rsatadi, boshqasi “Dalil ishonchli manbaga suyanadi” deya rad etadi, yakunda xolis fikr kelib chiqadi. Refleksiya: Mashg‘ulot tugagach, har bir ishtirokchi “Kuzatuv jarayonida nimalarni payqadik?” “Qanday dalillar eng mustahkam bo‘ldi?” “Qanday hissiy so‘zlardan ehtiyot bo‘lish kerak?” kabi o‘zini-o‘zi baholash, takomillashtirish bo‘yicha izchillik yuritadi. O‘qituvchilarning kuzatuvchanlik va tahliliy fikrini shakllantirishda qo‘llaniladigan interfaol usullar Debate (bahs-munozara) usuli. Cross debate metodini o‘qituvchilarda tanqidiy fikr, kuzatuvchanlik, tezkor dalil topish, manipulyatsiyani fosh etish, savol berish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi eng samarali vositalardan biri deb e’tirof etadi. O‘qituvchi ikki jamoaga bo‘lib, muammoli mavzuda bahs tashkil etadi, har bir jamoa dalillarni keltirib, qarshi taraf savollariga javob berishi zarur bo‘ladi[5]. Shu jarayon bo‘yicha: Kuzatuvchanlik: Har bir jamoa opponentning zaif dalil, manipulyatsion gap yoki aniq statistika keltirmagan joyini payqashga harakat qiladi; Analitik fikr: “Manba qayerdan?” “Kim foyda ko‘radi?” “Hissiy bo‘rttirish bormi?” kabi muhim savollar bilan xulosa qilinadi. Keys-stadi. Senge keys usulini “o‘qituvchilarning real hayotiy muammo yoki stsenariyni birga tahlil qilishi, shunda kuzatuvchanlik ham, analitik fikr ham bir vaqtda ishga tushishini” ta’minlovchi eng amaliy metodlardan biri sifatida tilga oladi. O‘qituvchi biror axborot xabari (manipulyatsion blog, ijtimoiy tarmoq post), siyosiy nutq parchasi, ta’lim siyosati bo‘yicha sharh kabilarni keys sifatida taqdim etib, o‘quvchilarga “nima uchun manipulyatsion bo‘lishi mumkin?” “Qanday dalil topish kerak?” kabi savollarni qo‘yar ekan, shaxsiy kuzatuv va analitik tahlil muhitini yaratayotgan bo‘ladi. Xulosa. “Axborot muhitida o‘qituvchilarning kuzatuvchanlik va tahliliy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi” – bu XXIasr ta’lim strategiyasining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. O‘qituvchining kuzatuvchanlik fazilati jamiyat, sinf, turli ijtimoiysiyosiy jarayonlardagi nozik signallarni tez ilg‘ash, o‘quvchilarni manipulyatsiyaga qarshi tayyorlash, tahliliy fikr bilan darsni to‘g‘ri loyihalash imkonini beradi. Metodika esa o‘qituvchilarga muammoli masalalar (keys-stadi), debate (bahs-munozara), rolli o‘yin, brainstorming, “Fishbone” analizi kabi interfaol usullarni qo‘llashni tavsiya etadi. Baholash jarayonida aniq mezonlar: savol berish sifati, dalil topish, qarama-qarshi fikrni e’tiborga olish, xulosa pishiq-puxtaligi,
manipulyatsiyaga berilmaslik kabilar e’tiborda bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar, onlayn forumlar, portfolio usullari ham kuzatuvchanlik va analitik tafakkurni amaliy isbotlashda muhim. Natijada, shunday metodika asosida tayyorlangan o‘qituvchilar kelgusida sinfdagi o‘quvchilarga ham “shunchaki ma’lumot uzatish” bilan emas, balki “critically informed” yondashish, axborot xurujlari oldida hushyor bo‘lish, hissiy manipulyatsiyalarni payqash, hissiy reaksiya o‘rniga dalilga tayangan holda xulosa qilish, jamiyat hayotida ijodiy va izchil fikr bilan qatnashish ko‘nikmalarini singdirishlari mumkin bo‘ladi. Shu boisdan, ushbu metodika kelajak ta’limi, o‘qituvchining professional tayyorgarligi, yosh avlodda mustahkam aqliy immunitetni shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Buss, David M., et al. "Tactics of manipulation." Journal of personality and social psychology 52.6 (1987): 1219. 2. Abduxoliqova, Sh A. "Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tahliliy fikrlashga tayyorlashda interfaol metodlardan foydalanish." Innovative Development in Educational Activities 4.1 (2025): 282-286. 3. Turg‘unov, S.T., "Padagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari." O'zbekiston Respublikasi O'zPFITI» nashriyoti (2014). 4. ILXOMOV, Umrbek. "Sotsial mobillik yoshlar intellektual salohiyatning omili sifatida." News of the NUUz 1.1.2. 1 (2024): 110-114. 5. Russo, Anna Margherita. "La Corte Suprema canadese nel ‘judicial dialogue process’: l’uso della comparazione nel contesto di cross fertilization giurisprudenziale." Civitas Europa 20.1 (2008): 285-306.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Kim iqtibos qilgan1
ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.
- JADIDLAR HARAKATINING ILM-MA‘RIFATGA QO‘SHGAN HISSASI
Abdurasulova Feruza Rustamovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Buss, David M., et al. "Tactics of manipulation." Journal of personality and social psychology 52.6 (1987): 1219.10.1037/0022-3514.52.6.1219
- Abduxoliqova, Sh A. "Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tahliliy fikrlashga tayyorlashda interfaol metodlardan foydalanish." Innovative
- Development in Educational Activities 4.1 (2025): 282-286.
- Turg‘unov, S.T., "Padagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari."
- O'zbekiston Respublikasi O'zPFITI» nashriyoti (2014).
- ILXOMOV, Umrbek. "Sotsial mobillik yoshlar intellektual salohiyatning omili sifatida." News of the NUUz 1.1.2. 1 (2024): 110-114.10.69617/uzmu.v1i1.2.1.1149
- Russo, Anna Margherita. "La Corte Suprema canadese nel
- ‘judicial dialogue process’: l’uso della comparazione nel contesto di cross fertilization giurisprudenziale." Civitas Europa 20.1 (2008): 285-306.10.3406/civit.2008.1266
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011882
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/991
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1179–1183
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-15 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25