Asosiy mazmunga o‘tish

JADIDLAR HARAKATINING ILM-MA‘RIFATGA QO‘SHGAN HISSASI

Abdurasulova Feruza RustamovnaO‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Tayanch doktorant2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1176–1179

Annotatsiya

Ushbu maqolada jadidlar harakatining MarkaziyOsiyo, xususan Turkiston hududida ilm-ma‘rifat rivojiga qo‘shganhissasi tahlil qilinadi. Jadidchilik harakatining shakllanishi, uningijtimoiy va madaniy omillari hamda ta‘lim tizimini modernizatsiyaqilishdagi roli ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, Mahmudxo‘jaBehbudiy, Abdulla Avloniy va Munavvar qori Abdurashidxonov kabijadid ziyolilarining yangi usul maktablarini tashkil etish, darsliklaryaratish, matbuot orqali ma‘rifiy g‘oyalarni targ‘ib qilishdagi faoliyatiko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida jadidchilik harakati Turkistonjamiyatida savodxonlik darajasini oshirish, zamonaviy bilimlarni joriyetish hamda milliy uyg‘onish jarayonini kuchaytirishda muhimahamiyat kasb etgani asoslab beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaВклад движения джадидов в науку и просвещение

В статье анализируется вклад движения джадидовв развитие науки и просвещения в Центральной Азии.Рассматриваются исторические предпосылки возникновенияджадидского движения, его роль в реформировании системыобразования и распространении современных знаний. Особоевнимание уделяется деятельности таких представителейджадидского движения, как Махмудходжа Бехбуди, Абдулла Авлонии Мунаввар Кары Абдурашидханов, которые внесли значительныйвклад в развитие педагогики и просветительской мысли.

inglizchaTHE CONTRIBUTION OF THE JADID MOVEMENT TO SCIENCE AND ENLIGHTENMENT

This article analyzes the contribution of the Jadid movement tothe development of science and enlightenment in Central Asia,particularly in Turkestan. The article examines the historicalbackground of the Jadid movement, its role in reforming the educationalsystem, and the activities of new method schools. The activities ofprominent Jadid intellectuals such as Mahmud Khoja Behbudi, AbdullaAvloni, and Munavvar Qori Abdurashidkhanov are also discussed.

Kalit so‘zlar

  • jadidchilik
  • Turkiston
  • ta‘lim islohoti
  • yangi usul maktablari
  • ma‘rifat
  • pedagogika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Жанрлар ривожида мифнинг, айниқса, фольлкорнинг роли катталигини ўз тадқиқотлари тимсолида исботлаб беради.

JADIDLAR HARAKATINING ILM-MA’RIFATGA QO‘SHGAN HISSASI

Abdurasulova Feruza Rustamovna O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Tayanch doktorant

Annotatsiya. Ushbu maqolada jadidlar harakatining Markaziy Osiyo, xususan Turkiston hududida ilm-ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Jadidchilik harakatining shakllanishi, uning ijtimoiy va madaniy omillari hamda ta’lim tizimini modernizatsiya qilishdagi roli ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Munavvar qori Abdurashidxonov kabi jadid ziyolilarining yangi usul maktablarini tashkil etish, darsliklar yaratish, matbuot orqali ma’rifiy g‘oyalarni targ‘ib qilishdagi faoliyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida jadidchilik harakati Turkiston jamiyatida savodxonlik darajasini oshirish, zamonaviy bilimlarni joriy etish hamda milliy uyg‘onish jarayonini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etgani asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: jadidchilik, Turkiston, ta’lim islohoti, yangi usul maktablari, ma’rifat, pedagogika.

ВКЛАД ДЖАДИДСКОГО ДВИЖЕНИЯ В РАЗВИТИЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. В статье анализируется вклад движения джадидов в развитие науки и просвещения в Центральной Азии. Рассматриваются исторические предпосылки возникновения джадидского движения, его роль в реформировании системы образования и распространении современных знаний. Особое внимание уделяется деятельности таких представителей джадидского движения, как Махмудходжа Бехбуди, Абдулла Авлони и Мунаввар Кары Абдурашидханов, которые внесли значительный вклад в развитие педагогики и просветительской мысли. Ключевые слова: джадидизм, образование, просвещение, Туркестан, педагогика.

THE CONTRIBUTION OF THE JADID MOVEMENT TO THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION

This article analyzes the contribution of the Jadid movement to the development of science and enlightenment in Central Asia, particularly in Turkestan. The article examines the historical background of the Jadid movement, its role in reforming the educational system, and the activities of new method schools. The activities of prominent Jadid intellectuals such as Mahmud Khoja Behbudi, Abdulla Avloni, and Munavvar Qori Abdurashidkhanov are also discussed. Keywords: Jadidism, education reform, enlightenment, Turkestan, pedagogy.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo hududida yuzaga kelgan jadidchilik harakati mintaqa tarixida muhim ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayon sifatida namoyon bo‘ldi. Bu harakat o‘z davrining ilg‘or ziyolilari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatni, ilm-fanni rivojlantirish, ma’rifat va zamonaviy bilimlar asosida yoshlarga ilm berishdan iborat edi. Jadidlarlar jamiyatni rivojlantirishda ta’lim tizimini yangilash, o‘qitish uslubini o‘zgartirish, ta’limga yangicha yondashish muhim deb bildilar va shu davrning ziyolilari, olimlari ilm yo‘lida birlashdilar. Bu davrda mavjud maktab va madrasalarda ta’lim asosan diniy bilimlarga chuqur e’tibor qaratilib, qolgan fanlar deyarli e’tibordan chetda qolgan edi. Jadidlar shu sababli jamiyat tanazzulga yuz tutmoqda, davrdan orqada qolmoqda deb hisoblab, xalqni rivojlantirishga harakat qildilar va o‘zlari yaratgan yangi dastur va metodikani, darsliklarni taqdim qilganlar. Jadidchilik harakatining shakllanishi. Jadidchilik harakatining vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri musulmon jamiyatining ijtimoiy va madaniy rivojlanish ehtiyojlari edi. “Jаdid” аtаmаsining o‘zi аtаmа sifаtidа аynаn XIX аsr oxiridа ilk bor Turkiston ziyolilаr hаyotigа kirib kеldi. “Jаdid“ аtаmаsi (“jаdid” – “yаngi“ dеmаkdir ) Turkistongа B. Qosimov fikrigа ko’rа, 1884-yil birinchi bor istе’molgа kiritilgаn vа “Tаrjumon” gаzеtаsi orqаli Shаrq-u G‘аrbning judа ko‘p o‘lkаlаridа yoyilа boshlаgаn bo‘lsа-dа, bizgа 90-yillаrdа kirib kеldi. “Jаdid” аtаmаsi vа jаdidchilik hаrаkati еsа “jаdidlаr otаsi” dеyа nom olgаn Ismoil Gаspirаli nomi bilаn bog‘liqdir U musulmon xalqlarining taraqqiyoti zamonaviy bilim va ta’lim orqali amalga oshishi mumkinligini ta’kidlagan. Ismoil Gаspirаli tomonidan ilgari surilgan “usul-i jadid”, ya’ni yangi usuldagi ta’lim tizimi qisqa vaqt ichida Turkiston o‘lkasida ham keng tarqaldi. Bu usul o‘quvchilarga tez va samarali savod chiqarishni o‘rgatishga qaratilgan bo‘lib, fonetik metod asosida tashkil etilgan. Turkiston hududida jadidchilik harakati XX asr boshlarida yanada kuchaydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar

qori Abdurashidxonov kabi ziyolilar bu harakatning yetakchi namoyandalari bo‘ldilar. Ular ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, yangi maktablar ochish, darsliklar yaratish va matbuotni rivojlantirish orqali jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildilar. Jadidlar faoliyati faqat ta’lim bilan cheklanib qolmagan. Ular jamiyatni modernizatsiya qilish, milliy ongni uyg‘otish va madaniy taraqqiyotni rivojlantirish kabi vazifalarni muhim deb hisoblaganlar. Ta’lim tizimini isloh qilish. Jadidlarning faoliyat yo‘nalishlaridan birinchisi ta’lim tizimini isloh qilish bo‘lgan. An’anaviy maktablarda o‘qitish usuli asosan matnlarni yodlashga asoslangan bo‘lib, unda o‘quvchilar mustaqil fikrlashga kam o‘rgatilardi. Jadidlar esa yangi pedagogik metodlarni joriy etish taklifini berganlar. Ular bildirgan taklif yangicha ta’lim tizimi bo‘lib yoshlarni keng fikrlashga, ular ongini oshirishga qaratilgan edi, milliylik bilan birgalikda zamonaviylik birbiriga mutanosib qilib yaratilgan edi. Bu yangicha tizim ota-onalarga ham ma’qul kelib, jadid maktablariga katta qiziqish bildirdiganlar. “Usul-i jadid” maktablarida o‘qitish tizimi ancha samarali bo‘lib, unda o‘quvchilarga qisqa vaqt ichida savod chiqarish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, ular o‘qitayotgan darsliklar matematika, geografiya, tarix, tabiiy fanlar va chet tillari kabi fanlarni ham o‘z ichiga olgan. Bu maktablarning ochilishi xalq orasida savodxonlik darajasining o‘sishiga sabab bo‘lib, xalq ichida tezlikda ommalashayotgan edi. Jadidlar ta’lim orqali jamiyatni modernizatsiya qilish mumkin deb hisoblaganlar. Ular ta’lim orqali fan-texnikani rivojlantirish, sanoatlashgan davlat va jamiyatni yaratish mumkin deb bildilar. Shuningdek, jadidlar o‘quv jarayonida darsliklarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaganlar. Shu sababli ular yangi darsliklar yaratishga katta e’tibor qaratganlar. Matbuot va madaniyat. Jadidlar ilm-ma’rifatni keng ommaga yoyish uchun matbuotdan ham faol foydalanganlar. Gazeta va jurnallar orqali maqolalar chop etib, xalqni ma’naviyatini yuksaltirishga, bilimini oshirishga xizmat qildilar. Masalan, Mahmudxo‘ja Behbudiy “Samarkand” gazetasi va “Oyina” jurnalini nashr etgan. Bu nashrlar orqali u jamiyatdagi muammolarni yoritgan hamda xalqni ilm va ma’rifatga chorlagan. Abdulla Avloniy ham jadidchilik harakatining faol namoyandalaridan biri bo‘lib, u pedagog, yozuvchi va jamoat arbobi sifatida tanilgan. Avloniy tomonidan yozilgan darsliklar va pedagogik asarlar yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etgan. Jadidlar teatr san’atini ham ma’rifiy vosita sifatida ishlatganlar. Behbudiy tomonidan yozilgan dramalar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yoritish va xalqni o‘ylashga undashga xizmat qilgan.

Jadidchilik harakati Markaziy Osiyoda milliy uyg‘onish jarayonining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Jadidlar ilm-fan va ta’limni rivojlantirish orqali jamiyatni taraqqiy ettirish, tarixdan qolgan boy ilmiy merosimizni yanada boyitib yosh avlodga yetkazib berishni oliy maqsad deb bildilar. Ularning faoliyati natijasida yangi usul maktablari tashkil etildi, milliy matbuot rivojlandi va zamonaviy pedagogik g‘oyalar keng tarqaldi. Jadidlar jamiyatda yangi ziyolilar qatlamining shakllanishiga ham katta hissa qo‘shdilar. Shuningdek, jadidlar milliy madaniyat va tilni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratganlar. Ular milliy o‘zlikni anglash va madaniy taraqqiyot g‘oyalarini ilgari surganlar. Xulosa qilib aytganda, jadidchilik harakati Markaziy Osiyo tarixida muhim ma’rifiy harakat sifatida o‘rin tutadi. Jadidlar ta’lim tizimini isloh qilish, yangi usul maktablarini tashkil etish, darsliklar yaratish va matbuotni rivojlantirish orqali ilm-ma’rifat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganlar. Ularning faoliyati natijasida jamiyatda savodxonlik darajasi oshdi, zamonaviy fanlar rivojlandi va milliy uyg‘onish jarayoni kuchaydi. Jadidlarning ilmiy va ma’rifiy merosi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Shu sababli jadidchilik harakati nafaqat tarixiy hodisa, balki bugungi kunda ham ilm-fan va ta’lim sohasida o‘rganilishi zarur bo‘lgan muhim mavzulardan biridir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Turdiyеv B.S. Jаdidchilik - mа’rifаtpаrvаrlik hаrаkаti. Dаrslik: Oliy ta’limning bakalavriyat talabalari uchun – T.,2023. - B.26
  2. Kaldybekovich B.K. Jadidism as an Educational System and a Political Movement in Turkestan.
  3. Khalid, Adeeb. Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR. Cornell University Press, 2015.p.112
  4. Abzhalov S.U.,K.K.Bazarbayev, Zh.Y.Nurmatov, T.K.Abdrassilov. An Analysis of Contribution of Jadid Movement in Modernisation and Reform of Education in Central Asia. AXBOROT MUHITIDA O‘QITUVCHILARNING KUZATUVCHANLIK VA TAXLILIY FIKR YURITISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Tojiboyeva Shohistaxon Komiljonovna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Fakultetlararo chet tili kafedrasi dotsenti v.b., Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd),

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011881
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/990
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1176–1179
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25