Asosiy mazmunga o‘tish

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ETISHTIRILGAN PILLALARNING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI TAXLILI

Rustemovna Oserbayeva Sarbinaz, Jalgasbaevna Madreymova Ziyadaassistent, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (phd) Qoraqolpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti magistrant, Qoraqolpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 188–190

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlari, ularning sifat ko‘rsatkichlari hamda ipak mahsuldorligiga ta‘sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Hududning iqlim sharoiti, tut bargi sifati, ipak qurti duragaylari va boqish texnologiyasining pilla sifatiga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish orqali yuqori sifatli pilla yetishtirish mumkinligi aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaАНАЛИЗ ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СВОЙСТВ КОКОНОВ, ПОЛУЧЕННЫХ В УСЛОВИЯХ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН

В настоящей статье проанализированы технологические свойства коконов, выращенных в условиях Республики Каракалпакстан, их качественные показатели, а также факторы, влияющие на шелковую продуктивность. Изучено влияние климатических условий региона, качества листьев шелковицы, гибридов тутового шелкопряда и технологии выкормки на качество коконов. Согласно результатам исследования, установлено, что при правильной организации агротехнических мероприятий возможно получение высококачественных коконов.

inglizchaANALYSIS OF THE TECHNOLOGICAL CHARACTERISTICS OF COCOONS PRODUCED UNDER THE CONDITIONS OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN

This article analyses the technological properties of cocoons produced under the conditions of the Republic of Karakalpakstan, their quality indicators, and the factors influencing silk productivity. The influence of the climatic conditions of the region, the quality of the mulberry leaf, the silkworm hybrids and the rearing technology on cocoon quality was studied. According to the results of the research, it was established that high-quality cocoons can be produced through the proper organisation of agrotechnical measures.

Kalit so‘zlar

  • pillachilik
  • ipak qurti
  • pilla
  • ipakchanlik
  • texnologik xususiyat
  • duragay
  • qobiq og‘irligi
  • ipak tolasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ETISHTIRILGAN PILLALARNING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI TAXLILI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1053 Oserbayeva Sarbinaz Rustemovna assistent, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (phd) Qoraqolpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Madreymova Ziyada Jalgasbaevna magistrant, Qoraqolpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlari, ularning sifat ko‘rsatkichlari hamda ipak mahsuldorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Hududning iqlim sharoiti, tut bargi sifati, ipak qurti duragaylari va boqish texnologiyasining pilla sifatiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish orqali yuqori sifatli pilla yetishtirish mumkinligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: pillachilik, ipak qurti, pilla, ipakchanlik, texnologik xususiyat, duragay, qobiq og‘irligi, ipak tolasi. KIRISH Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida pillachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tabiiy ipak mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi yuqori sifatli pilla yetishtirishni talab etmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy-iqlim sharoiti bilan boshqa hududlardan farq qiladi. Hududda yoz oylarining issiq va quruq kelishi, havo namligining pastligi hamda ayrim yerlarda tuproq sho‘rlanishining yuqori bo‘lishi ipak qurti parvarishi va pilla sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlarini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Respublikamiz olimlari tomonidan ipak qurti zotlari va duragaylarining biologik hamda xo‘jalik foydali belgilarini takomillashtirish yuzasidan keng qamrovli ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Tadqiqotlarda pilla og‘irligi, qobiq og‘irligi, ipakchanlik darajasi va ipak tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlari seleksiya ishlarining asosiy mezonlari sifatida e’tirof etilgan. Tadqiqotchilar pilla qobig‘i ulushining ortishi xom ipak chiqish miqdorini oshirishi hamda iqtisodiy samaradorlikni yaxshilashini ta’kidlaydilar. [1] lar tut ipak qurti pillalarining kalibri va texnologik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha o‘z tadqiqotlarini olib borganlar va bir xil vaznli turli kalibrga ega pillalarni tahlil qilinganda, ipak tolasining umumiy uzunligi bo‘yicha III-guruh mayda kalibrli pillalar yuqori natijani namoyon etgan (1349 m). Tirik pillarni turli sublimatsiyali rejimlarda yigirib texnologik parametrlarini aniqlash bo‘yicha o‘z tadqiqot ishlarida [2] lar 2200S da 5 daqiqa davomida NaOH suvli eritmasida pillalar bug‘langanda, ipak xomashyosining eng yaxshi yigirilish unumdorligi boshqa variantlardan mos ravishda 2,5% ga yuqori ekanligi aniqlangan. O‘zbekiston sharoitida yaratilgan Ipakchi-1, Ipakchi-2, Musaffo, Marvarid kabi zot va duragaylar yuqori mahsuldorligi hamda texnologik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Ushbu duragaylarda pilla og‘irligi va qobiq ulushining yuqoriligi kuzatilgan bo‘lib, ular respublikaning turli hududlarida muvaffaqiyatli boqib kelinmoqda. Mahalliy duragaylar bilan bir qatorda xorijdan keltirilgan, ayniqsa Xitoy seleksiyasiga mansub duragaylar ham yuqori biologik va texnologik

ko‘rsatkichlarga ega ekanligi aniqlangan. Xitoy duragaylari yirik pillaliligi, qobiq og‘irligining yuqoriligi va ipakchanlik darajasining katta bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ayrim tadqiqotlarda ushbu duragaylarning pilla og‘irligi mahalliy duragaylarga nisbatan yuqori ekanligi qayd etilgan. Shu bilan birga, ularning mahsuldorligi va sifat ko‘rsatkichlari hududning ekologik hamda iqlim sharoitlariga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkinligi ta’kidlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi keskin kontinental iqlimga ega hudud hisoblanadi. Yoz oylarida havo haroratining yuqori bo‘lishi, namlikning pastligi va ayrim hududlarda tuproq sho‘rlanishining mavjudligi ipak qurti rivojlanishi hamda pilla hosil bo‘lish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Olimlarning fikricha, bunday sharoitlarda ipak qurtlarini sifatli tut bargi bilan oziqlantirish va optimal mikroiqlim yaratish yuqori sifatli pilla olishning muhim omillaridan hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlarini tahlil qilish hamda pilla sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash. Tadqiqot materiallari va usullari Tadqiqot davomida hududda keng boqilayotgan ipak qurti duragaylari pillalari o‘rganildi. Pillalarning: umumiy og‘irligi; qobiq og‘irligi; ipakchanlik darajasi; qobiq qalinligi; pishiqligi; ipak tolasi uzluksizligi kabi ko‘rsatkichlari laboratoriya usullarida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili Qoraqalpog‘iston Respublikasining quruq va issiq iqlim sharoiti pillaning ayrim texnologik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir qiladi. Tut bargi sifati ham pilla ko‘rsatkichlariga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Oziq moddalarga boy barglar bilan boqilgan qurtlarda pilla og‘irligi yuqori, qobiq qalinligi yaxshi, ipakchanlik darajasi yuqori bo‘ldi. Tahlillar davomida ayrim duragaylarda ipakchanlik 20–24 % atrofida ekanligi aniqlandi. Bu esa hudud sharoitida ham yuqori sifatli pilla yetishtirish mumkinligini ko‘rsatadi. Pillaning texnologik sifati ko‘p jihatdan qobiqning fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq. Qobiq qalin va pishiq bo‘lgan pillalarda ipak tolasi uzluksizligi yuqori bo‘lib, qayta ishlash jarayonida ipak chiqishi ko‘payadi. Bundan tashqari, pillalarni o‘z vaqtida quritish va saqlash texnologiyalariga amal qilinmaganda sifat ko‘rsatkichlari pasayishi kuzatildi. Ayniqsa, namlikning keskin kamayishi ipak tolalarining mo‘rtlashishiga olib keladi. Ko‘rsatkich Xitoy duragayi Ipakchi-1x Ipakchi-2 O‘rtacha pilla og‘irligi, g 2,00 1,9 Qobiq og‘irligi, g 0,46 0,42 Ipakchanlik, % 23 22,7 Nuqsonli pilla, % 3,5 4,2 Tadqiqot ishlarimiz davomida, Xitoy duragayida pilla og‘irligi va qobiq og‘irligi mahalliy Ipakchi-1 × Ipakchi-2 duragayiga nisbatan yuqoriroq bo‘ldi. Xitoy duragayida ipakchanlik 23,0 % ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich Ipakchi-1 × Ipakchi-2 duragayidan 0,3 % yuqori ekanligi aniqlandi. Natijalar Xitoy duragayining Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yuqori texnologik sifatga ega pilla hosil qilish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. XULOSA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlari hududning tabiiy-iqlim omillariga bog‘liq holda shakllanadi. To‘g‘ri agrotexnik tadbirlarni qo‘llash, yuqori mahsuldor duragaylardan foydalanish hamda sifatli oziqlantirish orqali yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga ega pillalar olish mumkin. Kelgusida hudud sharoitiga mos ipak qurti zot va duragaylarini yaratish, zamonaviy boqish texnologiyalarini keng joriy etish pillachilik samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi

Iqtiboslar dinamikasi

ReLibrary iqtiboslari

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Kim iqtibos qilgan2

ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.

  1. Ipak qurti kapalaklarining reproduktiv ko‘rsatkichlari (Qoraqalpog‘iston sharoitida)

    Umbetbaeva Gulayda Baxadir qizi, Abdrimova Gulbaxor Ermatovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

  2. Qoraqalpog‘istonning ekstremal iqlim zonalarida mahalliy ipak qurti zotlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari

    UMBETBAEVA Gulayda Baxadir qizi, ABDRIMOVA Gulbaxor Ermatovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

Adabiyotlar2 ta adabiyot

  1. Nasirillaev B.U., Djumaeva D. Tut ipak qurti pillalarining kalibri va texnologik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. //Zooveterinariya. – Toshkent, 2015. -№2.40-41-b.
  2. Корабельников А., Абдурахманова М. Исследование технологических параметров размотки коконов при различных режимах сублимации живых коконов. // Academic Research in Educational Sciences, 2021. С.587-592.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012225
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1053
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
188–190
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06