Asosiy mazmunga o‘tish

Ipak qurti kapalaklarining reproduktiv ko‘rsatkichlari (Qoraqalpog‘iston sharoitida)

Umbetbaeva Gulayda Baxadir qizi, Abdrimova Gulbaxor ErmatovnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://ror.org/02b42av242026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1312–1318

Annotatsiya

Ushbu maqolada Ipak qurti kapalaklarining Qoraqalpog‘iston sharoitida reproduktiv ko‘rsatkichlari aniqlandi va keng muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston sharoitida eng istiqbolli variantlardan C-10 x C-5 gibridi ekanligi haqida xulosaga kelindi.

Boshqa tillarda

ruschaРепродуктивные показатели бабочек тутового шелкопряда (в условиях Каракалпакстана)

В статье определены и подробно обсуждены репродуктивные показатели бабочек тутового шелкопряда в условиях Каракалпакстана. Сделан вывод, что одним из наиболее перспективных вариантов в условиях Каракалпакстана является гибрид C-10 x C-5.

inglizchaReproductive performance of silkworm moths (under the conditions of Karakalpakstan)

The article determines and discusses in detail the reproductive performance of silkworm moths under the conditions of Karakalpakstan. It is concluded that the C-10 x C-5 hybrid is one of the most promising variants for the conditions of Karakalpakstan.

Kalit so‘zlar

  • Ipak qurti
  • tuxum
  • quyma
  • pilla
  • zot
  • duragay
  • harorat
  • ipak qurti namligi
  • qurtxona
  • biologik ko‘rsatkichlari
  • ipak qurti mahsuldorligi
  • ipak qurti hayotchanligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1312–1318 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Umbetbaeva Gulayda Baxadir qizi, Abdrimova Gulbaxor Ermatovna. Ipak qurti kapalaklarining reproduktiv ko‘rsatkichlari (Qoraqalpog‘iston sharoitida) // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1312– 1318. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910272

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

IPAK QURTI KAPALAKLARINING REPRODUKTIV KO‘RSATKICHLARI (QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA) Umbetbaeva Gulayda Baxadir qizi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston, Uzbekiston Email: g.umbetbaeva@tdaunukus.uz

Abdrimova Gulbaxor Ermatovna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus shaxri.Qoraqalpog‘iston, Uzbekiston Email: gulbakhorabdrimova@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada Ipak qurti kapalaklarining Qoraqalpog‘iston sharoitida reproduktiv ko‘rsatkichlari aniqlandi va keng muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston sharoitida eng istiqbolli variantlardan C-

10 x C-5 gibridi ekanligi haqida xulosaga kelindi. Kalit so‘zlar: Ipak qurti, tuxum, quyma, pilla, zot, duragay, harorat, ipak qurti namligi, qurtxona, biologik ko‘rsatkichlari, pilla, ipak qurti mahsuldorligi, ipak qurti hayotchanligi. Kirish. Ipak qurti – Lepidoptera turkumiga va Bombyx oilasiga mansub bo‘lib, yagona to‘liq xonakilashtirilgan hasharotdir

[12]. Asrlar davomida xonakilashtirish natijasida ipak qurti saqlanib qolgan va hozirgi kungacha yetib kelgan [19]. Ipak qurti, asosan, monofag hasharot bo‘lib, tut barglari bilan oziqlanadi [15, 20]. Uning hayot sikli to‘rtta asosiy rivojlanish bosqichidan iborat: tuxum, lichinka, g‘umbak va kapalak [1]. Odamlar uchun iqtisodiy jihatdan eng muhim bosqich — bu g‘umbaklik, chunki ipak qurti g‘umbakka aylanishidan oldin pilla o‘raydi. Odamlar an’anaviy ravishda bu pillalardan ipak olib, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanganlar [2]. Pilladan olingan ipak tolasi o‘zining nozikligi va nihoyatda mustahkamligi bilan qimmatli hisoblanadi. Bu tola mustahkamligining asosiy siri shundaki, u 75 foiz fibroin va 25 foiz yopishqoq seritsin oqsilidan iborat [3].

Shunday qilib, ipakchilik taxminan 5000 yil oldin Xitoyda paydo bo‘lgan va u yerdan dunyoning boshqa qismlariga tarqalib, bugungi kungacha rivojlanib kelmoqda [16]. Xitoydan ipakchilik asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘li orqali asta-sekin Yevropa mamlakatlariga tarqaldi [17]. Bugungi kunda ipak nafaqat to‘qimachilik ishlab chiqarishda, balki radiotexnika, biotibbiyot va kosmetika kabi ko‘plab sohalarda ham qo‘llaniladi. Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab 917 650 tonna pilla xomashyosi ishlab chiqarilmoqda [11]. Dunyo to‘qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan ipakdan yuqori sifatli mahsulotlarni samarali ishlab chiqarishga intilmoqda.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Professor E.F. Poyarkov pillalarni qizdirish yo‘li bilan tuxum ichidagi kasallik qo‘zg‘atuvchi sporalarni yo‘q qilishning biologik usulini taklif qilgan. Akademik B.L. Astaurov shu maqsad uchun yangi qo‘yilgan tuxumni issiq suvda qizdirishni tavsiya etgan. Lekin bu ikki usul mikroskopda tekshirishdek ko‘p mehnat talab qilmasa-da, kasalliklardan 100 foiz xalos bo‘lish imkonini bermayapti. Qoraqalpog‘iston sharoitida boqilgan ipak qurti zotlarining reproduktiv NUKUS · 2026

ko‘rsatkichlarini aniqlash ustida G.E. Abdrimova, S.R. O‘serbaeva va O.O. Oripov [10] tomonidan ahamiyatli ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan [8, 9]. T.T. Jumanazarov esa ipak qurti mahsuldorligiga navli tut bargi bilan oziqlantirish yuqori natija berishini "Jarariq-5" tut navi misolida isbotlagan [7]. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, S.R. O‘serbaeva Qoraqalpog‘iston sharoitida "G‘o‘zal", "Marhamat" zotlari X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

hamda 300 x 301 liniyalarining mahsuldorlik va reproduktiv ko‘rsatkichlari yuqori ekanligini tasdiqlagan [14]. Tadqiqot usullari va materiallar. 2026-yil iyul, avgust, sentabr oylarida biz tadqiqotimizni Qoraqalpog‘iston Qishloq Xo‘jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti Ipakchilik kafedrasi laboratoriyasida davom ettirdik. Tadqiqot davomida ipak qurti kapalaklarining pushtdorlik ko‘rsatkichlari va urug‘lari bilan ishlar va tadqiqotlar olib bordik. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

1-rasm. Estivatsiyadagi urug‘lar Tadqiqotimiz obyekti sifatida Mahalliy zotlar: C-14, C-13, C-12, C-10, C-5 va 2025-yilda boqilgan va duragay qilib olingan tuxumlar C-10 X C-12 va teskari duragayi C-12 x C-10, Ipakchi-2 va nazorat variant Ipakchi-1 zotlari tayyorlangan edi. Barcha variantlar kapalaklar pilladan chiqdi. Biz kapalaklar reproduktiv salomatligini aniqlash uchun har bir chatishtirilgan shtamm uchun 2 ta qog‘oz qopcha va har biriga 3 tadan kapalak solindi. Hammasi bo‘lib 19 ta shtamm uchun 38 ta qog‘oz qopcha bo‘ldi.

NUKUS · 2026 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

2-rasm. Tuxum sanash va uning og‘irligini o‘lchash jarayoni Tadqiqot ishlarida quyidagilardan foydalanildi: tut ipak qurti rivojlanishining barcha bosqichlarida an’anaviy selektsion tanlash usulidan, zotlarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha tabaqalash usulidan va selektsion oila va individlarning o‘zgaruvchanligini o‘rganishdan. Tadqiqot ishlari jinsi bo‘yicha nishonlangan tut ipak qurtlarini tanlash, ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va geterozis xususiyatini to‘liq namoyon etishi uchun, 100% toza duragaylar tayyorlashga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijasi va uning muhokamasi. Ipak qurtining so‘nggi rivojlanish « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

davri hisoblangan kapalak, o‘zining naslini qoldirib, keyin nobud bo‘ladi. Kapalaklik davridagi asosiy faoliyat nasl qoldirish, juftlashish, tuxumlarni urug‘lantirish va tuxum qo‘yishdan iborat. Bu vaqtda ham xuddi avvalgi bosqichlar kabi kapalakka mo‘tadil harorat va namlik kerak bo‘ladi, aks holda kapalak o‘zining tana harorati bo‘lmaganligi uchun juftlasha olmaydi, to‘liq otalanmaydi va embrional rivojlanish buziladi. Shuning uchun naslchilik va urug‘chilik korxonalarida kapalaklar bilan ishlash vaqtida xona haroratini va namligini me’yorida ushlash talab etiladi. 3.1-jadval. Bitta O‘rtach qo‘ymad Bitta a bir qo‘ymadagi Bitta Pusht agi dona Bir dona tuxumlar qo‘ymani dorlik kapalakl kapalak tuxumning Shtammlar soni ng daraja ar soni qo‘yga og‘irligi og‘irligi si % n mg mg da Jami sog‘ tuxum soni C-14 x Ipakchi-2 3 1600 1550 533,3 3100 1,94 96,87 C-14 x Ip-2 2 1373 1355 686,5 2174 1,58 98,6 C-14 x Ip-2 3 2428 2356 809,3 2400 0,9 97,03 O‘rtacha 2,66 1800 1753 676,3 2558 1,47 97,5 C-14 x Ip-1 3 2120 2100 700 3100 1,46 99,05 O‘rtacha N=1 3 2120 2100 700 3100 1,46 99,05 Ip-2 x C-10 3 2000 1989 666,7 3600 1,8 99,45 Ip-2 x C-10 1 820 812 820 1061 1,2 99,02

O‘rtacha 2 1410 1400 743,3 2330 1,5 99,2 ,5 Ip-2 x C-12 3 1247 1209 415,6 3200 2,5 96,9 Ip-2 x C-12 1 760 750 760 1886 2,4 98,6 O‘rtacha 2 1003 979, 587,5 2543 2,45 97,75 NUKUS · 2026

Ip-1 x C-10 3 2080 2039 693 3668 1,7 98,02 Ip-1 x C-10 1 791 784 791 1966,7 2,4 99,11 Ip-1 x C-10 2 1220 1200 610 2490 2,0 99 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

O‘rtacha 2 1363 1341 698 2708 6,1 98,7 ,6 C-12 x Ip-1 3 1700 1683 566 1900 1,1 99,1 O‘rtacha N=1 3 1700 1683 566 1900 1,1 99,1 Ip-1 x C-12 3 2600 2587 866,6 2400 0,9 99,5 O‘rtacha N=1 3 2600 2587 866,6 2400 0,9 99,5 Ip-2 x C-13 2 841 830 420,2 1938 2,3 98,6 Ip-2 x C-13 2 1150 1138 575 1978 1,7 99,1 « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

O‘rtacha 2 995, 984 497,6 1958 2 98,85 C-10 x Ip-2 3 1870 1850 623,3 2400 1,2 98,9 C-10 x Ip-2 3 2130 2108 710 2776 1,3 99,2 O‘rtacha 3 2000 1979 666,6 2588 1,25 99,05 C-10 x C-12 3 1976 1916 658,6 3045 1,5 96,9 ,7 O‘rtacha N=1 3 1976 1916 658,6 3045 1,5 96,9 ,7 C-10 x Ip-1 1 597 592 597 1067,6 1,7 99,1 C-10 x Ip-1 3 1536 1500 512 2980 1,9 97,6 O‘rtacha 2 1066 1046 554,5 2023 1,8 98,35 ,5 Ip-1 x C-12 1 606 600 606 789 1,3 99,0 Ip-1 x C-12 3 2600 2577 866,6 3006 1,1 99,1 O‘rtacha 2 1603 1588 736,3 1897 1,2 99,05 ,5 C-14 x C-10 2 1238 1220 619 2634,6 2,1 98,5 O‘rtacha N=1 2 1238 1220 619 2634,6 2,1 98,5 C-10 x C-5 2 1087 1085 543,5 2159 1,98 99,8 C-10 x C-5 3 2865 2858 955 2673 0,93 99,7

O‘rtacha 2,5 1976 1971 749,2 2416 1,45 99,75 ,5 Ip-1 x Ip-2 2 1556 1547 778 3000 1,92 99,4 Ip-1 x Ip-2 1 816 813 816 1976 2,4 99,6 O‘rtacha 1,5 1186 1180 797 2488 2,16 99,5 NUKUS · 2026

Ip-2 x C-14 2 787 759 393,5 1925 2,4 96,4 Ip-2 x C-14 3 1878 1869 626 2168 1,1 99,5 O‘rtacha 2,5 1332 1314 509,7 2046 1,75 97,9 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

C-10 x C-12 x Ip- 2 819 810 819 2100 2,5 98,9 C-10 x C-12 x C- 1 395 370 395 1166,4 2,9 93,6 O‘rtacha 1,5 607 590 607 1633 2,6 96,2 C-10 x C-14 2 1300 1286 650 2349 1,8 98,9 C-10 x C-14 2 1077 1058 538,5 2367 2,1 98,2 O‘rtacha 2 1188 1172 594,2 2358 1,9 98,55 ,5 « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Jadval ma’lumotlari tahlili oldidan quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Ya’ni ipak qurti pushtdorlik ko‘rsatkichlari uni parvarishlash sharoitlariga, ozuqa turi va sifatiga uzviy bog‘liqdir. Bunda yirik, o‘rta, mayda pillali zotlar ushbu omillarga turlicha javob reaksiyasini beradi. Tajriba davomida ushbu holatlarga bevosita duch kelindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida parvarishlab olingan 2026-yilgi ma’lumotlar ushbu holatda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Quyidagi jadvalda o‘rtacha hisoblangan raqamlardan kelib chiqib pushtdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich C-10 x C-5 99,75 %, Ipakchi-1 x Ipakchi-2 99,5%, Ipakchi-1 x C-12 99,5%, C-14 x Ipakchi-1 99,05 %, C- 10 x Ipakchi-2 -99,05 % ekanligi ma’lum bo‘ldi. Eng past pushtdorlikka ega shtamm esa C-10 x C-12 x C-10 96,2 % foizga ega bo‘ldi. O‘rtacha ko‘rsatkich bo‘yicha eng ko‘p tuxum qo‘ygan shtamm C-10 x C-5 -1976 dona tuxum qo‘ygan. Shular orasidan bir dona kapalak qo‘ygan tuxum soni Ipakchi-1 Ipakchi-2 797 dona tuxum qo‘ygan. Keyingi o‘rinda Ipakchi-1 x C-12 -736,3 dona tuxum qo‘ygan, C-10 × C-5 -749,2 dona, C-14 × Ipakchi-1 700 dona. Qo‘ymadagi tuxumlarning umumiy og‘irligi bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkich C-10 x Ip-1 -20708 mg ga teng bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarda C-10 x C-5 2416mg, C-14 x C-10 2634,6 mg, C-10 x Ipakchi-2 – 2588 mg, Ipakchi-1 x C-12- 1879 mg ekanligi aniqlandi. Tuxumlar og‘irligi bo‘yicha eng past qiymat C-10 x C-12 x C-10 – 1633 mg ga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bir dona tuxum og‘irligi bo‘yicha o‘rtacha eng yuqori qiymat C-10 x C-12 x C-10 -2,7 mg, Ipakchi-2 x C-12 2,45 mg, Ipakchi-1 x Ipakchi-2 -2,16 mg, C- 14 x C-10 -2,1 mg, Ipakchi-2 x C-13 2 mg, C-10 x C-14 1,9 mg, C-10 x Ipakchi-1 - 1,8 mg, Ip-2 x C-14 - 1,75 mg va eng past qiymatga egasi C-10 x C-5 -1,45 mg ko‘rsatkichni ko‘rsatishdi.

Xulosa va tavsiyalar. Xulosa qilib shuni aytamizki, Qoraqalpog‘iston sharoitida eng istiqbolli variantlardan C-10 x C-5 gibridi hisoblanadi. C-10 x C-5 pushtdorlik darajasi bo‘yicha 99,75 % boshqa variantlardan eng yuqori natijaga ega, shu bilan birga, qo‘ymadagi tuxumlar soni o‘rtacha 1976 dona, bir dona kapalakning tuxum qo‘yishi 749,2 va qo‘yma tuxumlarining o‘rtacha og‘irligi 2416 mg ni tashkil NUKUS · 2026

etgan. Eng past pushtdorlik ko‘rsatkichi esa C-10 x C-12 x C-10 gibridida - 96,2% bo‘lgan. Shu gibridda o‘rtacha tuxum soni ham 607 dona, qo‘yma tuxumlarining og‘irligi 1633 mg bo‘lib, jadvaldagi variantlar orasida nisbatan past ko‘rsatkichlarni namoyon qilgan. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar20 ta adabiyot

  1. Agustarini, R.; Andadari, L.; Minarningsih; Dewi, R. Conservation and Breeding of Natural Silkworm (Bombyx mori L.) in Indonesia. Int. Conf. For. Conserv. Manag. ICFCM 2019, 2020, 533.
  2. Ashraf, H.; Qamar, A. Silkworm Bombyx mori as a Model Organism: A Review. Physiol. Entomol. 2023, 48, 107–121.
  3. Czaplicki, Z.; Gliscinska, Z.; Machnowski, W. Natural Silk – An Unusual Fibre: Origin, Processing and World Production. Fibres Text. East. Eur. 2021, 29, 22–28.
  4. de la Pena, P. N. O.; Lao, A. G. D.; Bautista, Ma. A. M. Global Profiling of Genes Expressed in the Silk Glands of Philippine-Reared Mulberry Silkworms (Bombyx mori). Insects, 2022, 13. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
  5. Dee Tan, I. Y.; Bautista, Ma. A. M. Bacterial Survey in the Guts of Domestic Silkworms, Bombyx mori L. Insects, 2022, 13.
  6. Ismatullaeva, D. A.; Boltaev, M. O‘ Tut ipak qurti tuxumlariga kompleks preparatlar bilan ishlov berishni ahamiyati. «Yangi O‘zbekiston ipakchiligida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va pilla xom ashyosi sifatini oshirishning istiqbollari», Toshkent, 2022, 218–223- betlar.
  7. Jumanazarov, T. T. Qoraqalpog‘iston sharoitiga mos tut navlari bargning kimyoviy tarkibini ipak qurtining hayotchanligi va pilla mahsuldorligi ko‘rsatkichlariga korrelyativ bo‘g‘liqligini aniqlash. Zenodo, 2025, doi:10.5281/ZENODO.14904814.10.5281/zenodo.14904814
  8. Khudjamatov, S.; Tuychiyev, J.; Oserbaeva, S. Correlation between the Larval Period of Silkworm Bombyx mori L. and Egg Production. BIO Web Conf. 2025, 194, 01052, doi:10.1051/bioconf/202519401052.10.1051/bioconf/202519401052
  9. Larkina, E. A.; A.B.Y. Tut ipak qurti partenoklonlaridan sanoat duragaylarini yaratishda foydalanish. Zenodo, 2025, doi:10.5281/ZENODO.15384239.10.5281/zenodo.15384239
  10. Mambetova, R. P.; Oripov, O. O. Tut ipak qurtining mahsuldorligini oshirishda xorij zotlaridan foydalanish. Zenodo, 2025, doi:10.5281/ZENODO.15311681.10.5281/zenodo.15311681
  11. Nasirillayev, B.; Yalgashev, K.; Abdukadirov, M. Determination of Silkworm (Bombyx mori L.) Larvae Viability at the Egg Stage. SABRAO J. Breed. Genet. 2025, 57, 161–170.
  12. Qin, X.; Jiang, L.; Zhao, P.; Lin, Y.; Zhang, Y.; Xia, Q. Domestication Gene Mlx and Its Partner Mondo Are Involved in Controlling the Larval Body Size and Cocoon Shell Weight of Bombyx mori. Int. J. Mol. Sci. 2024, 25, 3427, doi:10.3390/ijms25063427.10.3390/ijms25063427
  13. Ruiz, X.; Almanza, M. Implications of Genetic Diversity in the Improvement of Silkworm Bombyx mori L. Chil. J. Agric. Res. 2018, 78, 569–579.
  14. Rustemovna, O. S.; Jalgasbaevna, M. Z. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirilgan pillalarning texnologik xususiyatlari tahlili. Res. Focus, 2026, 1, 188–190, doi:10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1053.10.66073/refocus-conf/qaxai/1053
  15. Sarkar, T.; Mogili, T.; Sivaprasad, V. Improvement of Abiotic Stress Adaptive Traits in Mulberry (Morus spp.): An Update on Biotechnological Interventions. 3 Biotech, 2017, 7, 214.
  16. Sun, Q.; Guo, Y.; Wang, L.; Jia, L.; Wei, P.; Ma, S. CRISPR-Mediated Silkworm: The Oncoming Agricultural Revolutions and a Rising Model Organism. Genes, 2026, 17, 230.
  17. Wang, G.; Chen, Q.; Yang, Y.; Duan, Y.; Yang, Y. Correction: Exchanges of Economic Plants along the Land Silk Road. BMC Plant Biol. 2023, 23, 71, doi:10.1186/s12870-023-04080-7.10.1186/s12870-023-04080-7
  18. Zanatta, D. B.; Bravo, J. P.; Barbosa, J. F.; Munhoz, R. E. F.; Fernandez, M. A. Evaluation of Economically Important Traits from Sixteen Parental Strains of the Silkworm NUKUS · 2026 Bombyx mori L. (Lepidoptera: Bombycidae). Neotrop. Entomol. 2009, 38, 327–331, doi:10.1590/S1519-566X2009000300005.10.1590/s1519-566x2009000300005
  19. Zhou, Q.-Z.; Fu, P.; Li, S.-S.; Zhang, C.-J.; Yu, Q.-Y.; Qiu, C.-Z.; Zhang, H.-B.; Zhang, Z. A Comparison of Co-Expression Networks in Silk Gland Reveals the Causes of Silk Yield Increase During Silkworm Domestication. Front. Genet. 2020, 11, 225, X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA doi:10.3389/fgene.2020.00225.10.3389/fgene.2020.00225
  20. Zulfiqar, S.; Hussain, M.; Aftab, K.; Malik, M. F.; Khursheed, R.; Liaqat, S.; Kanwal, M. Comparative Performance of Three Silkworm Races Fed on Local Mulberry against Biological and Commercial Parameters. Pak. J. Zool. 2022, 54, 2865–2869. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014455
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910272
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1312–1318
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31