Asosiy mazmunga o‘tish

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI “QIZIL” RANG KONSEPTI ASOSIDA TALABALARNING LINGVOPRAGMATIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Khoshimova Oydina Shukhrat kiziNamangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi;2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 77–82

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qizil” rang konsepti lingvopragmatik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Rang ifodalovchi birliklarning semantik, madaniy va emotsional xususiyatlari qiyosiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, har ikki tilda “qizil” rang bilan bog‘liq leksik birliklar, ularning sinonimik qatori hamda turli nutqiy vaziyatlardagi qo‘llanishi yoritildi. Tadqiqot natijasida ingliz tilida rang ifodalovchi birliklar son jihatdan keng va semantik jihatdan batafsil ekanligi, o‘zbek tilida esa nisbatan kam, ammo obrazli va madaniy jihatdan boyligi aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaРазвитие лингвопластической компетенции учащихся на основе понятия «красный» в английском и узбекском языках.

В данной статье рассматривается концепт “красного” цвета в английском и узбекском языках с лингвопрагматической точки зрения. Анализируются семантические, культурные и эмоциональные особенности цветообозначающих единиц в сравнительном аспекте. Освещаются синонимические ряды, контекстуальное употребление и выразительные значения, связанные с красным цветом в обоих языках. Результаты исследования показывают, что в английском языке система цветообозначений более развернута и семантически детализирована, тогда как в узбекском языке она менее обширна, но богата образными и культурными значениями

inglizchaDEVELOPING STUDENTS‘ LINGUOPRAGMATIC COMPETENCE BASED ON THE CONCEPT OF THE COLOR "RED" IN ENGLISH AND UZBEKISTAN

This article analyzes the concept of the color “red” in English and Uzbek from a linguopragmatic perspective. The semantic, cultural, and emotional characteristics of color-related lexical units are examined comparatively. The study highlights synonymic series, contextual usage, and expressive meanings associated with the color red in both languages. The findings reveal that English possesses a wider range of color expressions with detailed semantic distinctions, whereas Uzbek demonstrates fewer but more culturally rich and figurative representations.

Kalit so‘zlar

  • qizil rang
  • lingvopragmatika
  • rang konsepti
  • semantika
  • qiyosiy tahlil
  • ingliz tili
  • o‘zbek tili
  • madaniyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI “QIZIL” RANG KONSEPTI ASOSIDA TALABALARNING LINGVOPRAGMATIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi; Email:oydinakhoshimova@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “qizil” rang konsepti lingvopragmatik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Rang ifodalovchi birliklarning semantik, madaniy va emotsional xususiyatlari qiyosiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, har ikki tilda “qizil” rang bilan bog‘liq leksik birliklar, ularning sinonimik qatori hamda turli nutqiy vaziyatlardagi qo‘llanishi yoritildi. Tadqiqot natijasida ingliz tilida rang ifodalovchi birliklar son jihatdan keng va semantik jihatdan batafsil ekanligi, o‘zbek tilida esa nisbatan kam, ammo obrazli va madaniy jihatdan boyligi aniqlandi. Kalit so‘zlar:qizil rang, lingvopragmatika, rang konsepti, semantika, qiyosiy tahlil, ingliz tili, o‘zbek tili, madaniyat. Abstract.This article analyzes the concept of the color “red” in English and Uzbek from a linguopragmatic perspective. The semantic, cultural, and emotional characteristics of color-related lexical units are examined comparatively. The study highlights synonymic series, contextual usage, and expressive meanings associated with the color red in both languages. The findings reveal that English possesses a wider range of color expressions with detailed semantic distinctions, whereas Uzbek demonstrates fewer but more culturally rich and figurative representations. Keywords: red, linguopragmatics, color concept, semantics, comparative analysis, English language, Uzbek language, culture. Аннотация. В данной статье рассматривается концепт “красного” цвета в английском и узбекском языках с лингвопрагматической точки зрения. Анализируются семантические, культурные и эмоциональные особенности цветообозначающих единиц в сравнительном аспекте. Освещаются синонимические ряды, контекстуальное употребление и выразительные значения, связанные с красным цветом в обоих языках. Результаты исследования показывают, что в английском языке система цветообозначений более развернута и семантически детализирована, тогда как в узбекском языке она менее обширна, но богата образными и культурными значениями. Ключевые слова: красный цвет, лингвопрагматика, цветовой концепт, семантика, сравнительный анализ, английский язык, узбекский язык, культура.

Olam lingvorangli manzarasi, ya’ni ranglarning tildagi ifodasi, nafaqat lingvistik tadqiqotlar, balki madaniyat va psixologiya sohalarida ham keng muhokama qilinadi. Rang ifodalovchi birliklar ko‘pincha til va madaniyatning ajralmas qismi sifatida, ular xalqning dunyoqarashi va qadriyatlari bilan bog‘liq ravishda tadqiq qilinadi. Nominal ifodalar, xususan, ranglar nomlanishi

millatning nominatsion qadriyatlari, jarayonlari, atrofdagi olamni idrok etish va tushunishga yondashuvlarini ko‘rsatadi. Masalan, “qizil” rang ba’zi xalqlarda kuch va jasoratni, boshqalarda esa xatar va ogohlikni anglatadi. Tilda ranglarning nomlari, shuningdek, boshqa narsalarni nomlashda ranglardan foydalanish an’anaviy ravishda shaxsiy tajriba va madaniyatga asoslanadi.Ingliz va o‘zbek tillarida “qizil/red” rang konsepti ham keng lingvopragmatik imkoniyatlarga ega. Qizil rangning yana bir muhim xususiyati shundaki, u inson ko‘zi tomonidan tez va aniq idrok etiladi. Shu sababli qizil rang ko‘plab madaniy hamda ijtimoiy tizimlarda ogohlantirish yoki xavf belgisi sifatida keng qo‘llanadi. Uning yuqori darajadagi vizual ta’sir kuchi va diqqatni darhol o‘ziga jalb etish xususiyati turli signal, belgi va ogohlantirish tizimlarida aynan shu rangdan foydalanilishiga sabab bo‘lgan. Natijada qizil rang nafaqat estetik yoki ramziy ma’noga ega bo‘lib, balki amaliy jihatdan ham xavf-xatarni bildiruvchi muhim kommunikativ vosita sifatida xizmat qiladi. Ingliz tilida red alert, see red, red flag kabi birliklar xavf, ogohlantirish va kuchli emotsional reaksiyani ifodalaydi. O‘zbek tilida esa qizil yuz, qizil gap, qizil bayroq kabi birliklar turli pragmatik ma’nolarni ifodalaydi. Mazkur bobda qizil rangining turli odatlar, nutqiy vaziyatlardagi qo‘llanish bilan yuzaga keladigan ma’nolarini ko‘rib chiqamiz. Milliy odatlarda qizil rang turli ramzlarni ifodalab keladi: qizil gilam – mehmonga hurmatni ifodalaydi, rasmiy doiralarda sharafli mehmonga qizil gilam poyandoz solinadi. Xitoy tilida “qizil qalbli” iborasi samimiy, qalbi tirik ma’nosini bildiradi. Qizil rang – Polineziyada “sevgi”, Rossiyada esa “go‘zallik”ni ifodalaydi. Qizil rang – ehtiros, nizoo‘ch va dushmanlik, poklovchi olov, qon, buyuklik, qudrat va xukmronlik ramzidir. Sparta va Karfagen askarlari Rim urushida qizil rangli libos kiyganlar[1]. Buyuk Britaniya siyosiy olamida ranglarga taassub 1950-1970- yillar oralig‘ida yangi texnologiyalar va reklamaning paydo bo‘lishi ortidan tashviqotda rangning ahamiyati ortishi tufayli yuzaga keldi, deb tushuntirdi Buyuk Britaniyaning Loughborough universiteti siyosiy aloqalar bo‘yicha professori Dominik Ring[2]. Fransuz inqilobidan so‘ng qizil rang – kurash va qon ramzi sifatida so‘l partiya ma’nosini bildiradi. Har bir xalq madaniyatida ranglar bilan muayyan obrazlar o‘rtasida anglanmagan mosliklar shakllangan bo‘lib, bu holat rangni idrok etishning barcha insonlar uchun nisbatan universal bo‘lishiga qaramay kuzatiladi. Jumladan, “qizil rang” AQShda xavf-xatarni, Fransiyada aristokratiyani, Hindistonda hayot va ijodkorlikni, Yaponiyada g‘azab va jahldorlikni, Xitoyda esa baxt va omadni ifodalaydi[3].

Qizil rang konsepti ingliz va o‘zbek tillarida rangni ifodalovchi leksik birlik bo‘libgina qolmay, madaniy, emotsional va ramziy mazmunga ega murakkab fenomen sifatida namoyon bo‘ladi. Har ikki tilda bu rangni ifodalovchi birliklar faqat asosiy rang nomi bilan cheklanmay, balki rangning intensivligi, turli tuslari hamda emotsionalekspressiv xususiyatlarini aks ettiruvchi sinonimik qatorda birlashadi. Shu bois qizil rangning semantik talqini ingliz va o‘zbek tillarida miqdoriy va sifat jihatdan farqlanadi, va uning til tizimidagi ifodasi tillararo qiyosiy tahlil uchun muhim lingvistik material hisoblanadi. Zamonaviy rus tilining izohli lug‘atlarida “qizil - красный” sifatining asosiy ma’nolari an’anaviy tarzda saqlanib qolgan. Mazkur so‘z quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: “qon rangi, pishgan qulupnay mevalari va yorqin ko‘knori guli rangi”, “xalq nutqi va poeziyada yaxshi, yorqin, nurli narsalarni ifodalash uchun ishlatilishi”, “eng qimmatli zotlar va navlarni belgilash”[4], shuningdek, “inqilobiy faoliyatga, sovet sotsialistik tuzumiga va Qizil Armiya bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi”[5]. Ingliz tilida qizil rangni ifodalovchi birliklar guruhi nisbatan keng va semantik jihatdan boydir. Tahlil qilingan til materiallariga ko‘ra, “red” rang ifodalovchi sifatining sinonimik qatori 16 ta faol ishlatiladigan birlikni o‘z ichiga oladi. Ushbu qatorda: red – (qizil), crimson – (qirmizi), rubicund – (qizil, qirmizi, yuz haqida), rosy – (qizg‘ish pushti), claret – (to‘q qizil), scarlet – (alvon rang), ruddy – (qip-qizil, qirmizi), carmine – (to‘q qizil), cherry-red – (och qizil / gilos rang), chestnut – (qizg‘ish kashtan), dark red – (to‘q qizil), brick red – (g‘isht rang/to‘q qizil), maroon – (to‘q qizil), reddish – (qizg‘ish rang), fire-red – (olov rang), vermillion – (to‘q yorqin qizil), burgundy – (bardoviy) kabi nomlar mavjud bo‘lib, ular rangning nozik semantik farqlarini va turli konnotativ ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. O‘zbek tilida esa qizil rang konsepti lingvistik va semantik jihatdan boy va ko‘p qirrali leksik birliklar orqali ifodalanadi. Amaldagi lug‘aviy va matn materiallariga ko‘ra, qizil rang va uning turli tuslarini bildiruvchi birliklar 12 ta sinonimik rang ifodalivchi leksik birliklar aniqlanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi. Asosiy qizil sinonimlar: qizil – qirmizi – al – alvon. Poetik va obrazli variantlar: qip-qizil – bordo – gilosrang – olcharang – anorrang – qonrang – yoqutrang – surx. Asosiy sinonimlar rang spektrining markaziy qismiga kirib, ingliz tilidagi qizil rang birliklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslash uchun ishlatiladi. Poetik va obrazli variantlar esa rangning semantik boyligi va emotsional-ekspressiv ohanglarini ta’minlaydi. Shu tarzda, o‘zbek tilidagi qizil rang birliklari son jihatdan nisbatan cheklangan, lekin madaniy va poetik jihatdan boy ma’nolarni ifodalaydi. Qiyosiy tahlil

shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilida qizil rang konsepti miqdoriy jihatdan keng va semantik jihatdan batafsil farqlangan, o‘zbek tilida esa u nisbatan kam sonli, ammo milliy-madaniy va obrazli mazmunga boy holda namoyon bo‘ladi. Mazkur farq har ikki tilning leksik-semantik tizimi hamda rangni konseptuallashtirishdagi o‘ziga xos yondashuvlari bilan izohlanadi. Rang ifodalovchi birliklar tizimining tarixiy rivojida asosiy rang nomining markazlashuvi kuzatiladi. Xususan, rus tilida “красный”, o‘zbek tilida “qizil”, ingliz tilida esa “red” rang atamalari vaqt o‘tishi bilan mavhum va neytral rang ifodalovchi birlik sifatida mustahkamlanib, mazkur rangni bildiruvchi boshqa leksik birliklar esa semantik va uslubiy jihatdan torayib, ma’lum kontekstual sohalarga ixtisoslashgan. XVIII asrga kelib “qizil” sifati rangni ifodalovchi mavhum va neytral birlik sifatida to‘liq shakllanadi, natijada ushbu rangni bildiruvchi boshqa leksik birliklar unga nisbatan ikkilamchi mavqega o‘tadi yoki ayrim hollarda butunlay iste’moldan chiqib ketadi[6]. Natijada ayrim rang nomlari kitobiy uslubga, ekspressiv ifodaga, tabiat manzaralari yoki inson qiyofasini tasvirlash doirasiga xoslangan. Bu holat rang nomlarining leksik-semantik tizimida markaz-periferiya munosabatlarining shakllanishi bilan izohlanadi. Xulosa qilib aytganda, qizil rangni ifodalovchi leksemaning tildagi qo‘llanishini yoritib beruvchi misollar alohida ilmiy qiziqish kasb etadi. Ushbu rangning qo‘llanishini ko‘rsatishda manba sifatida nafaqat maqollar, balki badiiy adabiyot namunalari, publitsistik matnlar hamda ilmiy tadqiqot ishlari ham foydalaniladi[7].

Iqtiboslar dinamikasi

ReLibrary iqtiboslari

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Kim iqtibos qilgan1

ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.

  1. TRAINING OF FUTURE EFL TEACHERS ON CLOUD-BASED PLATFORMS

    Mamadjanova Zukhra Bakhromdjanovna · “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman · 2026

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. https://dilkashradio.com/podcast/1894
  2. https://hudud24.uz/news/nima-uchun-britaniia-konservatorlari- kuk-leiboristlari-kizil-rangni-tanlashgan
  3. Апресян Ю.Д. “Новый большой англо-русский словарь” В 3-х т. – М.: Русский язык, 2000. – 371 с.
  4. Толковый словарь русского языка: В 4-х т. / под ред. Д.Н. Ушакова. – М., 1996. – Т. 2. – С. 300.
  5. Sayyora Oblokulova, Zuhra Mamajanova, Sharopova Gulnoza, Sharobiddin Alimov, Munira Voxobova,Umida Abirova, Gulruh Majidova, Abubakir Choriyev, The Impact of Epigenetics on Language Processing and The Neural Mechanisms of Reading Comprehension. E-ISSN:1676-5680 Copyright 2002-2025 | Genetics and Molecular Research. 2026
  6. Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23.
  7. Ожегов С.И., Шведова Н.Ю. “Толковый словарь русского языка”. – М., 1989. – С. 253.
  8. Megala Rajendrana, Vaishnavi Srinivasanb, Ajit Ilangovanb, Anand Binod Singhc, Mamadjanova Zukhra Bakhromdjanovna. Multidisciplinary Review. Exploring anxiety among english learners: A comprehensive literature review. REVIEW ARTICLE Published Online: March 22, 2025 https://doi.org/10.31893/multirev.202527010.31893/multirev.2025270
  9. Zakirovich, D. Z. (2025). INTEGRATIVE LANGUAGE TEACHING TO STUDENTS OF CHEMISTRY FACULTY. PROSPECTS OF TEACHING ENGLISH FOR PROFESSIONAL PURPOSES IN NON–PHILOLOGICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS: PROBLEMS AND SOLUTIONS, 383-389.
  10. Антоненко П.П. “Сравнение семантики прилагательных в русском и английском языках” – М., 2000. – С. 267.
  11. Dehqanova, G. A., & Polvanova, M. F. (2022). National-cultural specificity of phraseological units in english and uzbek languages. research and education, 1(4).
  12. Чэнь Цзядэй. “Национально-культурная специфика красного цвета в русском и китайском языках: лексикографический аспект”: магистерская диссертация. – 2016. – С. 34.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011637
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/715
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
77–82
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25