Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA VODIYSI VILOYATLARIDA AHOLI BANDLIGI MASALASI (1991 – 2021-YILLAR)

Salimov Sherzod YunusovichToshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tarix” kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 332–338

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida respublikada amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning axoli bandligiga ta‘siri muhokamaga tortilgan. Unda sanoat korxotalaridagi iqtisodiy inqiroz sabablari va uning oqibatlari, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlarning aholi bandligiga ta‘siri kabi masalalar ochib berilgan. Shuningdek, 1991-2016 va 2017-2021-yillarda aholi bandligi masalasi qiyosiy tahlil qilingan

Boshqa tillarda

ruschaПРОБЛЕМА ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В РЕГИОНАХ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ (1991 – 2021 ГОДЫ)

В данном исследовании обсуждается влияние проводимых в республике экономических реформ на занятость населения в условиях перехода к рыночным отношениям. Раскрываются причины экономического кризиса на промышленных предприятиях и его последствия, а также влияние реформ в сельском хозяйстве на занятость населения. Также был сравнительно проанализирован вопрос занятости населения в 1991-2016 и 2017-2021 годах.

inglizchaTHE ISSUE OF EMPLOYMENT IN THE REGIONS OF THE FERGANA VALLEY (1991 – 2021)

In this study, the effect of the economic reforms implemented in the republic on the employment of the population in the conditions of the transition to market relations is discussed. It reveals the causes of the economic crisis in industrial enterprises and its consequences, as well as the impact of reforms in agriculture on the employment of the population. Also, the issue of population employment in 1991-2016 and 2017-2021 was comparatively analyzed.

Kalit so‘zlar

  • Mehnat bozori
  • aholi bandligi
  • ishsizlik
  • o‘quv markaz
  • tashqi mehnat migrasiyasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

FARG‘ONA VODIYSI VILOYATLARIDA AHOLI BANDLIGI MASALASI (1991 – 2021-YILLAR)

THE ISSUE OF EMPLOYMENT IN THE REGIONS OF THE FERGANA VALLEY (1991 – 2021)

ПРОБЛЕМА ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В РЕГИОНАХ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ (1991 – 2021 ГОДЫ)

Salimov Sherzod Yunusovich Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tarix” kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). e-mail: sh-salimov@mail.ru Tel.: [telefon raqami yashirilgan]

Annotasiya. Ushbu tadqiqotda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida respublikada amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning axoli bandligiga ta'siri muhokamaga tortilgan. Unda sanoat korxotalaridagi iqtisodiy inqiroz sabablari va uning oqibatlari, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlarning aholi bandligiga ta'siri kabi masalalar ochib berilgan. Shuningdek, 1991-2016 va 2017-2021-yillarda aholi bandligi masalasi qiyosiy tahlil qilingan Annotation. In this study, the effect of the economic reforms implemented in the republic on the employment of the population in the conditions of the transition to market relations is discussed. It reveals the causes of the economic crisis in industrial enterprises and its consequences, as well as the impact of reforms in agriculture on the employment of the population. Also, the issue of population employment in 1991-2016 and 2017-2021 was comparatively analyzed. Аннотация. В данном исследовании обсуждается влияние проводимых в республике экономических реформ на занятость населения в условиях перехода к рыночным отношениям. Раскрываются причины экономического кризиса на промышленных предприятиях и его последствия, а также влияние реформ в сельском хозяйстве на занятость населения. Также был сравнительно проанализирован вопрос занятости населения в 1991-2016 и 2017-2021 годах. Kalit so‘zlar. Mehnat bozori, aholi bandligi, ishsizlik, o‘quv markaz, tashqi mehnat migrasiyasi. Key words. Labor market, population employment, unemployment, educational center, external labor migration. Ключевые слова. Рынок труда, занятость населения, безработица, образовательный центр, внешняя трудовая миграция.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining ilk yillaridan boshlab barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lini tanladi. Lekin ko‘zlangan maqsadlar amaliyot bilan zid kela boshladi va kutilgan natijani bermadi. Tom ma'noda mehnat bozori shakllanmadi, natijada u norasmiy sektorga o‘tdi. Ma'lumki, qishloq joylarida agrar soha, shaharlarda esa sanoat korxonalari aholi bandligini ta'minlaydi. Sovet mustamlakachiligi davrida butun o‘lkada bo‘lgani kabi Farg‘ona vodiysi sanoat korxonalarining qariyb 80 foizi [8, – B. 37.] qishloq xo‘jaligi asosan, raxtachilik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Yirik sanoat korxonalari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri "markaz" boshqaruvida bo‘lgan. Masalan, birgina Andijon viloyatidagi 131 ta yirik sanoat korxonasining 22 tasi ittifoq, 64 tasi ittifoq- respublika va atigi 45 tasi respublika idoralariga boshqaruvida bo‘lgan [9, – B. 13.]. Shuningdek, respublikada mavjud bo‘lgan 1,5 mingta sanoat korxonalaridan 900 tasi texnik jixatdan eskirgan edi [9, – B. 37.].

Texnik jixatdan eskirgan, bir yoqlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat korxonalari faoliyati bozor munosabatlari sharoitida yo‘l qo‘yilgan iqtisodiy xatolar sababli faoliyatini batamom tugatdi va ishsizlar soni ortib borgan.. Masalan, birgina Farg‘ona viloyatida joylashgan Marg‘ilon "Atlas" firmasida 9029 nafar (1990-yil) [19], "Marg‘ilon ipak kombinati"da 11503 nafar (1996-yil) [20], Qo‘qon tektilmash zavodida 2200 nafar (1993-yil) [18] ishchi ishlagan bo‘lib, o‘tkazilgan "iqtisodiy islohotlar" sababli ushbu yirik ish beruvchilarning aksariyati o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Bu kabi xolatlarning takrorlanishi aholi orasida ishsizlikning keskin ortib borishiga sabab bo‘ldi. Mustaqillik arafasida birgina Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1,5 million atrofida doimiy ish bilan ta'minlanmagan aholi bo‘lgan [9, – B. 129]. 1991-1995-yillarda shahar aholisining bandlik darajasi pasayib borgan bo‘lsa, bu qishloqda aksincha bo‘ldi [10, – B. 47.]. Shaharlarda joylashgan sanoat korxonalarining inqirozi va shahar aholisining migrasiyasi bu jarayonga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.

Qolaversa, 1991-1995-yillarda qishloq aholisiga qo‘shimcha 550 ming gektar er maydoni ajratib berilishi qishloq aholisinig bandligini ta'minlashga hizmat qilgan. Masalan, birgina Andijon viloyatida 1990-yil jami band aholining qishloq xo‘jaligidagi ulushi 46,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1998-yilda esa 54,7 foizga etgan [10, – B. 86.]. Qishloq xo‘jaligida olib borilgan islohotlar natijasida ham ishsizlik darajasi ortib borgan. Chunki sovet tuzumdan meros bo‘lib qolgan jamoa xo‘jaliklarida samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lish bilan birga, jamoa xo‘jaliklari yashirin ishsizlikning "uyasi" bo‘lgan [4, – B. 51.]. Sohada o‘tkazilgan islohotlar natijasida bu muammo jamiyatda oshkora tus ola boshlagan. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab aholi bandligini taminlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e'tibor berila boshlandi. Jumladan, tadbirkorlikning xuquqiy asoslari yaratildi, birgina Farg‘ona viloyatida "biznes Fond" tomonidan 2000-yilgacha 22 ta xususiy korxona va 2 ta fermer xo‘jaliklariga 23 mln. so‘m kredit ajratigan [17]. 2000- 2011-yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari soni qariyb 2,6 barobar ortdi [10, – B. 55]. Lekin bozor mexanizmlarining to‘liq ishlamasligi tadbirkorlik subektlari faoliyatiga salbiy ta'sir o‘tkazganligini alohida ta'kidlab o‘tish lozim. 1996-yil respublikada 1357 ta qo‘shma korxona bo‘lib, ularning 29 foizigina bevosita ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan [17]. Yuritilgan valyuta siyosati, tadbirkorlik subektlari ustidan o‘tkazilgan asossiz tekshiruv kabi holatlar ularning faoliyatiga salbiy ta'sir eta boshlagan. Ma'lum bo‘lishicha, sud-huquq va bankdan tashqari 5 ta vazirlik va idoralar, 17 ta idoralararo tashkilotlar, 34 ta nazorat taftish idoralari bo‘lib, ularning 2,1 mingta taftishchisi bo‘lgan [17]. Farg‘ona viloyatidagi "Uzsalaman" qo‘shma korxonasi ustidan 1996-yilda 9 marta tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lib, tekshiruv ishlari 69 kun davom etgan. Ahamiyatli jihati tekshiruvlarning 4 tasi noqonuniy amalga oshirilgan [17]. Birinchi ma'muriyat davrida bu illatlar ko‘p bora tilga olinib, tanqid qilinishiga qaramasdan, bu kabi holatlar davomli bo‘ldi. Rasmiy ma'lumotlarda keltirilgan ishsizlik darajasi Real voqelikni aks ettirmagan. Bu ko‘rsatkich 2000-2006-yillarda 0,3 foizni, 2007-2017-yillarda esa 5,1 foizni tashkil qilgan [16]. Vaholangki, ishsizlik darajasi rivojlangan mamlakatlarning ko‘rsatkichi bizdagidan ancha yuqori edi. Xususan, 2007-yilda ishsizlik darajasi Germaniyada 8,7 foizni, Turkiyada 8,9 foizni tashkil etgan [21, 22]. 1-diogramma Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida ishsizlik darajasining o‘zgarib borishi

Yuqoridagi Diogrammadan ko‘rish mumkin-ki, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ishsizlik darajasi respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lib, Andijon viloyatida 5,6 foiz, Namangan viloyatida 5,5 foiz, Farg‘ona viloyatida esa 5,4 foizni tashkil etgan. Bu esa aholisi zich bo‘lgan vodiy viloyatlarida ijtimoiy-ichtisodiy vaziyat ancha og‘ir kechganligini anglatadi. Shuningdek, birinchi ma'muriyat davrida nafaqat ishsizlikdagi yuqori daraja tan olinmadi, balki yangi ish o‘rinlari tashkil etishda raqamlar ortidan quvildi. Xususan, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra 2008- yilda 666,6 ming, 2015-yilda esa bir millionga yaqin yangi ish o‘rni "yaratilgan". 2-diogramma Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 2008-2015-yillarda yaratilgan ish o‘rinlari (ming kishi)

Yuqoridagi diogrammada ko‘rsatilgan ish o‘rinlarining asosiy qismi Surxondaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Andijon, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida tashkil etilgan [2, – B. 56-57.]. Xususan, 2010-yildagi davlat dasturi bo‘yicha Farg‘ona viloyatida 71,9 ming, Andijon viloyatida 69,7 ming, Namangan viloyatida 57,6 ming ish o‘rinlari tashkil etilgan [12]. 2009-yilning o‘zida birgina Farg‘ona viloyatida rasmiy qayd etilgan 30 mingga yaqin mehnat migrantlarining mavjudligi [5] yuqorida yaratilgan ish o‘rinlarining xaqiqatdan yiroq ekanligini ko‘rsatadi. 2017-yildan boshlab amalga oshirilgan islohotlarda sohada mavjud bo‘lgan muammolarga holisona yondashuv ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi.

Xususan, prezident Sh.M.Mirziyoev o‘tgan davrda "yaratilgan" ish o‘rinlari haqida to‘xtalar ekan: "buni manaman degan davlatlar ham qila olmasligini" – ta'kidlab o‘tdi [7]. Shuningdek, mustaqillik tarixida ilk marotaba kambag‘allik masalasi ko‘tarildi hamda mamlakat umumiy aholisining 12-15 foizi kambag‘al ekanligi qa'kidlab o‘tildi [14]. 2017-2021-yillarda qabul qilingan bandlik dasturlarining o‘ziga xos hususiyati shundaki, bandlikni ta'minlashda tashqi mehnat migrasiyasidan samarali foydalanishga e'tibor qaratildi. Shu maqsadda xavfsiz, tartibli va qonuniy tashqi mehnat migrasiyasini davlat tomonidan tartibga solishga alohida urg‘u berila boshlandi. Bu esa, ishsiz va band bo‘lmagan aholini qisqa muddatlarda mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, kasbga yo‘naltirish masalalarini kun tartibiga olib chiqdi. Shu maqsadda 2018-yilda dastlab 2 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi, 2019-yilda esa Toshkent shahrida "ishga marhamat" monomarkazi o‘z faoliyati yo‘lga qo‘yildi [11]. Aholini ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish, xorijga vaqtinchalik ishga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish masalalari yuqoridagi markazlarning asosiy vazifalari etib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11 avgustdagi PQ-4804- son qaroriga [15] asosan "ishga marhamat" monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarinig soni yanada ko‘paytirildi. 2018-yilda kasb-hunarga o‘qitish markazlari soni 2 ta, bo‘lgan bo‘lsa 2020-yilga kelib ularning soni 30 taga etkazildi. "Ishga marhamat" monomarkazlari soni esa 2021-yilda 15 taga etdi. Umumiy hisobda ko‘radigan bo‘lsak, respublikadagi jami kasb- hunarga o‘qitish markazlari soni 2021-yilga kelib 684 taga etdi [11] va ushbu markazlar band bo‘lmagan aholini bandligini ta'minlashda zamonaviy yondoshuv bo‘ldi. Shu o‘rinda, "xalqqa baliq emas, qarmoq berishimiz kerak" [13] degan g‘oya mamlakatdagi ishsizlik, bandlik va kambag‘allik muammolarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi. 2020- yilda qurilish sohasida malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari tashkil etilga boshlangan. Shunday markazlardan biri Marg‘ilon arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi kasb-xunar markazi bo‘lib, unda 18 yoshdan 45 yoshgacha fuqarolar 14 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qishlari yo‘lga qo‘yilgan. Kasb zrganuvchilar uchun 100 o‘rinlik yotoqxona tashkil etilgan bo‘lib, 3 mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan. Bandlik boshqarmasi tomonidan ishsiz deb topilgan kasb o‘rganuvchilari belgilangan tartibda ijtimoiy yordam to‘lash yo‘lga qo‘yilgan [6]. yuqoridagi sharoitlarning yaratilishi kam ta'minlangan aholi vakillarining o‘z professionalligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi deyish mumkin. 2020-yil apreldan – 2021- yilning mart oyiga qadar respublikada mavjud bo‘lgan qurilish sohasida malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga respublika bo‘yicha jami 7516 kishi jalb etilgan bo‘lib, ularning 25,4 foizi Farg‘ona vodiysi viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 1-jadval Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlarini tugatgan fuqarolar va ularni ishga joylashtirish holati bo‘yicha ma'lumot

T/r Hududlar 2020-yil apreldan – 2021-yil martgacha nomi Tugatdi Ishga joylashtirish ko‘rsatkichi Ishsizlar

Xorijda O‘zimizda Sonda Foizda Sonda Foizda Sonda Foizda 2 Andijon 645 184 29 236 36 225 35 viloyati 2 Namangan 640 313 50 232 36 95 14 viloyati 3 Farg‘ona 631 197 32 177 28 257 40 viloyati Respublika 7516 2130 28 2414 32 2972 40 bo‘yicha:

Yuqoridagi jadvaldan qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlarini tugatgan fuqarolar va ularni ishga joylashtirish holati tahlil qilinganida respublika bo‘yicha 28 foiz bitiruvchi bandligi tashqi mehnat migrasiyasi hisobiga ta'minlanganligini ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkich ayniqsa vodiy viloyatlarida yuqori bo‘lib, Andijon viloyatida 29 foiz, Farg‘ona viloyatida 32 foiz, Namangan viloyatida esa 50 foizni tashkil etgan. E'tiborli jihati shundaki, respublika bo‘yicha o‘quv markazlarini tamomlagan 40 foiz malakali mutaxassislarning bandligi ta'minlanmagan. Sirdaryo (56 foiz), Jizzax (60 foiz), Qashqadaryo va Surxondaryo viloyat (46 foiz)larida bu ko‘rsatkich respublika darajasidan yuqori bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich Namangan viloyatida eng past ko‘rsatkichda bo‘lib, 14 foizni tashkil qilgan [11]. Buning asosiy sababi bitiruvchilar bandligi tashqi mehnat migrasiyasi hisobiga ta'minlangani bilan bog‘liq. Bundan tashqari chet ellik ish beruvchilar va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitish markazlari ham tashkil etildi. Ularning 4 tasi Yaponiya, 2 tasi BAA, 2 tasi Germaniya va 1 tasi Shveytsariya bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Ushbu markazlarda 2020-yilda 236 nafar, 2021-yilda esa 1644 nafar fuqarolar jalb qilingan [11]. Bunday o‘quv markazini tamomlagan fuqarolar bandligi asosan tashqi mehnat migrasiyasi hisobiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi natijasida http://ish.mehnat.uz/ sayti ishlab chiqilgan bo‘lib, bu fuqarolarning munosib ish topishlarida keng imkoniyat va qulayliklarni yaratib berdi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqoridagi o‘quv markazlarlarini tugatgan fuqarolar bandligi asosan, tashqi mehnat migrasiyasi hisobiga ta'minlangan. Xususan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bu ko‘rsatkich 36 foizi tashkil etgan holda, 33 foizining bandligi milliy mehnat bozori hisobiga ta'minlangan. Olib borilgan tadqiqot yuzasidan quyidagilarni xulosa qilish mumkin: birinchidan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq sovet davlati manfaatlariga xizmat qilgan bir tomonlama ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan sanoat korxonalari faoliyatining tulatilishi o‘lkaning shahar hududlarida ishsizlar sonining ortishiga olib keldi; ikkinchidan, respublikaning birinchi ma'muriyati davrida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tom ma'nodagi bozor munosabatlarini shakllantira olmadi ya'ni o‘zini oqlamadi. Natijada davlatning ijtimoiy- iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi omillar sun'iy oshirib ko‘rsatildi va bu muammolarning yanada ortib borishiga olib keldi; uchinchidan, 2017-yildan amalga oshirilgan islohotlarda tizimdagi muammolar ochiqlanib uni bartaraf etish choralari ko‘rila boshlandi xususan, aholi bandligini ta'minlashda xavfsiz, tartibli va qonuniy tashqi mehnat migrasiyasiga etibor kuchaytirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI (REFERENCES)

1. Абдураҳманов Қ.Х. ва бошқалар. Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси. – Тошкент: ТДИУ, 2013.

2. Абулқосимов H.П., Ашурова М.Х. Меҳнат ресурслари ва улардан унумли фойдаланиш йўллари // Иқтисод ва молия. – 2015. – № 11.

3. Бобожонова Д.Б. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатларнинг ижтимоий-иқтисодий жиҳатлари (70-80 йилларнинг ўрталари): дисс. ... т.ф.д. Тошкент, 1998.

4. Зуфарова Г.М. Бозор муносабатларига ўтиш шароитларида меҳнат ресурсларини иш билан таъминлаш ва социал ҳимоялаш (Андижон вилояти мисолида): дисс. ... и.ф.н. Тошкент, 2001.

5. Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Фарғона вилояти бош бошқармаси томонидан берилган маълумот, 2023 йил.

6. Марғилон архитектура ва қурилиш техникумидан олинган маълумот, 2022 йил.

7. Президент илк бор парламентга Мурожаатнома тақдим этди. Электрон манбаа: https://president.uz/uz/lists/view/1370 (Мурожаат вақти: 24.01.2021).

8. Рахматуллаев Ш. 1980 йиллар охири – 1990 йиллар бошларида Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий ривожланиш муаммолари. // Ўзбекистон энг янги тарихининг долзарб масалалари. – 2019. – № 1 (4).

9. Рахматуллаев Ш. Фарғона водийси шаҳарларида иқтисодий трансформация жараёнлари (1991-1996 йиллар). – Тошкент: “Нишон ношир”, 2017.

10. Статистик тўплам. 1990-2011 й.й. – Тошкент: “Ўзбекистон” 2013.

11. Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги жорий архиви. Ташкилотнинг 2003-2023 йиллардаги йиллик хисобот хужжатлари.

12. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг 03.12.2010 йилдаги “2011 йилда иш ўринлари ташкил этиш ва аҳоли бандлигини таъминлаш дастури тўғрисида” 119-II-сон қарори. Электрон банбаа: https://lex.uz/docs/2948661 (Мурожаат вақти: 12.07.2022).

13. Ўзбекистон Республикаси Презденти Ш.Мирзиёев раислигида ўтказилган тадбиркорликни ривожлантириш ва касбга тайёрлаш орқали камбағалликни қисқартиришга қаратилган чора-тадбирлар бўйича видеоселектор. 2020 йил 27 феврал. Электронбанбаа: https://president.uz/uz/lists/view/3408 (Мурожаат вақти:28.05.2023).

14. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожатномаси / “Халқ сўзи” газетаси, 25 январ, 2020 йил.

15. Ўзбекистон Республикаси президентининг 11.08.2020 йилдаги “Камбағал ва ишсиз фуқароларни тадбиркорликка жалб қилиш, уларнинг меҳнат фаоллигини ошириш ва касб-ҳунарга ўқитишга қаратилган ҳамда аҳоли бандлигини таъминлашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ги ПҚ-4804-сон қарори. Электрон манбаа: https://lex.uz/docs/4945748 (Мурожаат вақти: 28.05.2023). 16. Ўзбекистон Республикаси Статистика агентлигининг маълумотлари. Электрон банбаа: https://api.stat.uz/api/v1.0/data/ishsizlik-darajasitogrisidamalumot? lang=uz&format=xlsx (Мурожаат вақти: 10.11.2023). 17. Ўзбекистон Фанлар академияси Тарих институти жорий архиви. И.Абдухамидовнинг иш дафтари. 18. ФВДА. 2282-фонд, 1-рўйхат, 64-йиғмажилд, 27-варақ. 19. ФВДА. 2479-фонд, 1-рўйхат, 224-йиғмажилд, 24-варақ. 20. ФВДА. 2593-фонд, 1-рўйхат, 135-йиғмажилд, 9-варақ. 21. Электрон манбаа: https://www.macrotrends.net/countries/DEU/germany/ unemploymentrate (Мурожаат вақти: 15.05.2023) 22. Электрон манбаа: https://www.macrotrends.net/countries/TUR/turkey /unemployment-rate (Мурожаат вақти: 15.05.2023) 23. Abdukhamidov, I. (2021, June). Processes of population migration in Fergana region. In Конференции.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar23 ta adabiyot

  1. Абдураҳманов Қ.Х. ва бошқалар. Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси. – Тошкент: ТДИУ, 2013.
  2. Абулқосимов H.П., Ашурова М.Х. Меҳнат ресурслари ва улардан унумли фойдаланиш йўллари // Иқтисод ва молия. – 2015. – № 11.
  3. Бобожонова Д.Б. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатларнинг ижтимоий-иқтисодий жиҳатлари (70-80 йилларнинг ўрталари): дисс. ... т.ф.д. Тошкент, 1998.
  4. Зуфарова Г.М. Бозор муносабатларига ўтиш шароитларида меҳнат ресурсларини иш билан таъминлаш ва социал ҳимоялаш (Андижон вилояти мисолида): дисс. ... и.ф.н. Тошкент, 2001.
  5. Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Фарғона вилояти бош бошқармаси томонидан берилган маълумот, 2023 йил.
  6. Марғилон архитектура ва қурилиш техникумидан олинган маълумот, 2022 йил.
  7. Президент илк бор парламентга Мурожаатнома тақдим этди. Электрон манбаа: https://president.uz/uz/lists/view/1370 (Мурожаат вақти: 24.01.2021).
  8. Рахматуллаев Ш. 1980 йиллар охири – 1990 йиллар бошларида Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий ривожланиш муаммолари. // Ўзбекистон энг янги тарихининг долзарб масалалари. – 2019. – № 1 (4).
  9. Рахматуллаев Ш. Фарғона водийси шаҳарларида иқтисодий трансформация жараёнлари (1991-1996 йиллар). – Тошкент: “Нишон ношир”, 2017.
  10. Статистик тўплам. 1990-2011 й.й. – Тошкент: “Ўзбекистон” 2013.
  11. Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги жорий архиви. Ташкилотнинг 2003-2023 йиллардаги йиллик хисобот хужжатлари.
  12. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг 03.12.2010 йилдаги “2011 йилда иш ўринлари ташкил этиш ва аҳоли бандлигини таъминлаш дастури тўғрисида” 119-II-сон қарори. Электрон банбаа: https://lex.uz/docs/2948661 (Мурожаат вақти: 12.07.2022).
  13. Ўзбекистон Республикаси Презденти Ш.Мирзиёев раислигида ўтказилган тадбиркорликни ривожлантириш ва касбга тайёрлаш орқали камбағалликни қисқартиришга қаратилган чора-тадбирлар бўйича видеоселектор. 2020 йил 27 феврал. Электронбанбаа: https://president.uz/uz/lists/view/3408 (Мурожаат вақти:28.05.2023).
  14. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожатномаси / “Халқ сўзи” газетаси, 25 январ, 2020 йил.
  15. Ўзбекистон Республикаси президентининг 11.08.2020 йилдаги “Камбағал ва ишсиз фуқароларни тадбиркорликка жалб қилиш, уларнинг меҳнат фаоллигини ошириш ва касб-ҳунарга ўқитишга қаратилган ҳамда аҳоли бандлигини таъминлашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ги ПҚ-4804-сон қарори. Электрон манбаа: https://lex.uz/docs/4945748 (Мурожаат вақти: 28.05.2023).
  16. Ўзбекистон Республикаси Статистика агентлигининг маълумотлари. Электрон банбаа: https://api.stat.uz/api/v1.0/data/ishsizlik-darajasi-togrisidamalumot? lang=uz&format=xlsx (Мурожаат вақти: 10.11.2023).
  17. Ўзбекистон Фанлар академияси Тарих институти жорий архиви. И.Абдухамидовнинг иш дафтари.
  18. ФВДА. 2282-фонд, 1-рўйхат, 64-йиғмажилд, 27-варақ.
  19. ФВДА. 2479-фонд, 1-рўйхат, 224-йиғмажилд, 24-варақ.
  20. ФВДА. 2593-фонд, 1-рўйхат, 135-йиғмажилд, 9-варақ.
  21. Электрон манбаа: https://www.macrotrends.net/countries/DEU/germany/ unemploymentrate (Мурожаат вақти: 15.05.2023)
  22. Электрон манбаа: https://www.macrotrends.net/countries/TUR/turkey /unemployment-rate (Мурожаат вақти: 15.05.2023)
  23. Abdukhamidov, I. (2021, June). Processes of population migration in Fergana region. In Конференции.10.47100/conferences.v1i1.1273

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011130
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/101
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
332–338
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25