Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEKISTON HAVO TRANSPORTI TIZIMIDA MUTAXASSIS-KADRLAR FAOLIYATI.

Umarali Xabibulla o‘g‘li Gulmatov“University of Business and Science”“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi.2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 352–357

Annotatsiya

Mazkur maqola mustaqillik yillarida O‘zbekiston havo transporti tizimida olib borilgan kadrlar siyosati masalalari muhokama qilingan. Sovet tuzumidan saqlanib qolgan ayrim muammo va kamchiliklarning soha rivojiga to‘siq bo‘lishi, ularning bartaraf etish yo‘lida amalga oshiriligan islohotlar va natijalar to‘g‘risida tanqidiy fikrlar keltirib o‘tilgan

Boshqa tillarda

ruschaДЕЯТЕЛЬНОСТЬ СПЕЦИАЛИСТОВ И КАДРОВ В СИСТЕМЕ ВОЗДУШНОГО ТРАНСПОРТА УЗБЕКИСТАНА.

В данной статье рассматриваются вопросы кадровой политики в системе воздушного транспорта Узбекистана в годы независимости. Приводятся критические замечания о проблемах и недостатках, унаследованных от советской системы, которые стали препятствием для развития отрасли, а также о реформах, направленных на их устранение, и достигнутых результатах.

inglizchaTHE ACTIVITY OF SPECIALIST PERSONNEL IN THE AVIATION TRANSPORT SYSTEM OF UZBEKISTAN.

This article discusses the issues of personnel policy in the aviation transport system of Uzbekistan during the years of independence. It presents critical views on the obstacles to the development of the industry caused by some problems and shortcomings inherited from the Soviet regime, as well as the reforms implemented to overcome them and the results achieved.

Kalit so‘zlar

  • Havo transporti
  • aeroport
  • samolyot
  • uchuvchi
  • bort kuzatuvchisi
  • styuardessa
  • mutaxassis-kadr
  • xalqaro hamkorlik
  • maxsus kiyim-bosh

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

O‘ZBEKISTON HAVO TRANSPORTI TIZIMIDA MUTAXASSISKADRLAR FAOLIYATI.

THE ACTIVITY OF SPECIALIST PERSONNEL IN THE AVIATION TRANSPORT SYSTEM OF UZBEKISTAN.

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ СПЕЦИАЛИСТОВ И КАДРОВ В СИСТЕМЕ ВОЗДУШНОГО ТРАНСПОРТА УЗБЕКИСТАНА.

Umarali Xabibulla o‘g‘li Gulmatov “University of Business and Science”“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi. e-mail: umarali.gulmatov@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Mazkur maqola mustaqillik yillarida O‘zbekiston havo transporti tizimida olib borilgan kadrlar siyosati masalalari muhokama qilingan. Sovet tuzumidan saqlanib qolgan ayrim muammo va kamchiliklarning soha rivojiga to‘siq bo‘lishi, ularning bartaraf etish yo‘lida amalga oshiriligan islohotlar va natijalar to‘g‘risida tanqidiy fikrlar keltirib o‘tilgan Abstract. This article discusses the issues of personnel policy in the aviation transport system of Uzbekistan during the years of independence. It presents critical views on the obstacles to the development of the industry caused by some problems and shortcomings inherited from the Soviet regime, as well as the reforms implemented to overcome them and the results achieved. Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы кадровой политики в системе воздушного транспорта Узбекистана в годы независимости. Приводятся критические замечания о проблемах и недостатках, унаследованных от советской системы, которые стали препятствием для развития отрасли, а также о реформах, направленных на их устранение, и достигнутых результатах. Kalit so‘zlar. Havo transporti, aeroport, samolyot, uchuvchi, bort kuzatuvchisi, styuardessa, mutaxassiskadr, xalqaro hamkorlik, maxsus kiyim-bosh. Keywords. Aviation, airport, airplane, pilot, flight attendant, stewardess, specialist personnel, international cooperation, uniform. Ключевые слова. Воздушный транспорт, аэропорт, самолет, пилот, бортпроводник, стюардесса, специалист-кадр, международное сотрудничество, униформа.

Mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab mamlakatda transport tizimi salohiyatini yanada rivojlantirish, jahon hamjamiyatida sogʻlom raqobat taklif qila olish hamda xalqqa sifatli transport xizmatini taqdim qilish uchun sohani malakali kadrlar bilan taʼminlashga eʼtibor qaratila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi

Birinchi prezidenti I.A.Karimov kadrlar masalasiga toʻxtalar ekan: “Biz oldimizga qanday vazifa qoʻymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tugʻilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolagʻasiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatning kelajagi oʻrnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bogʻliq”, [11, 140] - deb taʼkidlagan edi. Transport sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha islohotlarning dastlabki bosqichi alohida yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash faoliyati bilan xarakterlanadi. Jumladan, havo transporti sohasida malakali kadrlar va yuqori toifali mutaxassislarni tayyorlash faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, 1992-yilda “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” MAK tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanganida aviakomaniyaning xodimlari soni xizmat koʻrsatuvchilardan tashqari 120 kishidan oshmasligi belgilandi. Milliy aviakompaniyaning bosh direktori va uning 4 nafar oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etildi. MAKning xorijiy vakolatxonalari rahbar xodimlari kompaniya kengashi tomonidan tasdiqlanadigan boʻldi[3]. Mazkur qarordan koʻzlangan maqsad parvozlar sifatli va xavfsiz boʻlishini taʼminlash, havo transportiga boʻlgan aholi ehtiyojlarini qondirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirishdan iborat edi. 1992-yilda Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasi va Qozogʻistonning Aqtoʻbe shahrida joylashgan Uchuvchilar aviatsiya bilim yurti oʻrtasida kadrlar tayyorlash masalasida bitim imzolandi[5, 223] va shu asosda bir qator oʻzbekistonlik yoshlar bu yerda oʻz malakalarini oshirib qaytdilar. Bundan tashqari, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Rossiyaning Ulyanovsk Oliy aviatsiya maktabi, Ukrainaning Kirovograd shahridagi Davlat parvoz Akademiyasi, Kiyev Xalqaro universiteti kabi xorijiy taʼlim muassasalari bilan manfaatli aloqalar oʻrnatgan. Natijada mamlakatda uchuvchilar, muhandislar va navigatorlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish masalasi hal qilingan edi. Qolaversa, respublika hududidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat aviatsiya instituti, Toshkent radiotexnika kolleji, Toshkent aviatsiya kollejida turli mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim berilgan[6, 372-373]. Biroq respublikada aviatsiya sohasiga kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti mavjud emasligi bu borada qator muammolarni keltirib chiqarayotganligi sababli 1995-yilda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻquv markazi, Toshkent davlat texnika universitetining samolyotsozlik fakulteti hamda Kiyev fuqaro aviatsiyasi xalqaro universitetining Toshkent filiali asosida Toshkent davlat aviatsiya instituti tashkil qilindi[8]. Mazkur taʼlim maskani havo transporti va kosmik sohalar uchun malakali mutaxassislar tayyorlagan. Institut faoliyatining dastlabki yillarida bakalavr bosqichida 5 ta hamda magistratura bosqichida bir nechta kadrlar tayyorlangan. 2003-yilga kelib fakultetlar soni bakalavr bosqichida 9 ta, magistratura bosqichida 9 tani tashkil qilib, mazkur oʻquv yilida 1 ming 800 nafar

talaba tahsil oldi. 2004-yilga kelib, umumiy tayyorlangan mutaxassislar soni 3 mingdan oshdi[13, 261]. Toshkent davlat aviatsiya instituti 2008-yilda oʻz faoliyatini tugatganligi bois, shu davrdan boshlab Aviatsiya institutining bir qator fakultetlari Toshkent davlat texnika universiteti ixtiyoriga oʻtdi. 2020-yilga kelib, Transport universitetining tashkil etilishi natijasida Aviatsiya transporti muhandisligi va Aerokosmik texnologiyalar fakultetlari mazkur universitet ixtiyoriga oʻtkaziladi. Ushbu aviatsiya yoʻnalishlarida bugungi kunga kelib, 40 mingdan ziyod mutaxassislar tayyorlangan[2]. Bitiruvchilar asosan, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “Chirchiq aviatsiya taʼmirlash zavodi” davlat korxonasi, “Uzaeronavigatsiya” markazi davlat korxonalariga mutaxassis sifatida qabul qilinadi. Hozirda uchuvchi kasbini egallash uchun 25 yoshdan katta boʻlmagan yoshlar taʼlim olishga qabul qilinadi. 18 yoshidan havo kemasini kursant sifatida boshqarish, 21 yoshdan yoʻlovchilarni yoki yuklarni tashish uchun parvoz qilishi mumkin. Aviakompaniyaning eng yosh uchuvchisi 22 yosh hisoblanadi, aviakompaniyadagi samolyot qoʻmondoni 60 yoshgacha, ikkinchi uchuvchi esa 65 yoshgacha uchishi mumkin. Boshqa aviakompaniyalarda yoshning yuqori chegarasi – 65 va 70 yosh etib belgilangan[1, 30]. Bundan kelib chiqadiki, aviakompaniya kadrlari orasida yosh chegarasi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, yosh boʻyicha orttirilgan tajribalar parvoz ishlarida uchrab turadigan favqulodda vaziyatlarda katta foyda beradi. Bugungi kunda oʻz faoliyatini olib borayotgan “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Oʻquv mashgʻulot markazi” MChJ ham oʻzining koʻp yillik faoliyati natijasida havo transportida kadrlar tayyorlash masalasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. 1997-yilda tashkil topgan ushbu markaz faoliyati bugungi kunda ham davom etmoqda[4, 22]. Markazda dastlabki yillarda asosan bort kuzatuvchilarni tayyorlash ishlari amalga oshirilgan. 2019-yilga kelib respublikadagi barcha aviakompaniyalar, aeroportlar uchun dastlabki tayyorgarlikdagi uchuvchilar, bort kuzatuvchilari, havo harakatini kuzatish dispetcherlari, mexanik-muhandislar kabi kadrlarni tayyorlash vazifasini bajara boshladi. Markaz Markaziy Osiyodagi yagona muassasa ekanligi bilan ajralib turadi. Sogʻligʻida muammosi boʻlmagan, vazn va boʻy oʻlchovlariga javob bergan talabgorlar suhbat asosida oʻquv mashgʻulotlariga qabul qilinadi. Mazkur “Oʻquv mashgʻulot markazi”ni tamomlab imtihonlardan oʻtgan oʻquvchilar Oʻzbekiston hududidagi havo transporti sohalarida faoliyat borish imkoniyatiga ega boʻladilar. Aviatsiya sohasini malakali kadrlar bilan taʼminlashda qator kamchiliklar ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, mustaqillikning dastlabki yillarida boshqa sohalar kabi aviatsiya tizimida ham milliy kadrlarning salmogʻi juda ham kam edi. Negaki mustaqillikning dastlabki yillarida milliy rahbar kadrlarni tayyorlashga yetarli

eʼtibor berilmadi. Buning oqibatida esa aviakompaniya rahbar lavozimlari orasida 25,2 foiz miqdorda mahalliy millat vakillari tashkil etdi. Bundan tashqari, oʻz davrida V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi xodimlarining 90 foizdan ortigʻi rus millatiga mansub boʻlganligi milliy kadrlarga yetarlicha eʼtibor berilmaganidan dalolat beradi. Sohada faoliyat olib boruvchi kadrlarning oʻrtacha yoshi 45 yoshni tashkil etgan. Bu esa, malaka oshirish jarayoniga asosan katta yoshli kadrlar yuborilishi bilan izohlanadi. Shu boisdan ham malakali yosh mutaxassislar tayyorlash tizimini yaxshilashga alohida eʼtibor berila boshlandi. Xususan, Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan Fuqaro aviatsiyasi muhandislari institutining xorijiy kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti bilan yaqindan hamkorlik qilindi[7,200]. Mazkur taʼlim muassasasida tahsil olishda ishchilarning ish haqi hamda beriladigan mukofot pullarining saqlab qolinishi oʻz davrida aviatorlarning bilim olishida katta imkoniyat boʻldi. Aviatsiya sohasida kadrlar tayyorlash borasidagi oʻzaro hamkorlik tizimini ham yoʻlga qoʻyish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi. Tan olish kerakki, dastlabki davrda mazkur sohadagi faoliyat koʻngildagidek emas edi. Shuning uchun ham yuqori natijaviy islohotlarni amalga oshirish maqsadida xalqaro hamkorliklarga keng yoʻl ochildi. Jumladan, Transport universiteti va Fransiyaning Tuluzadagi fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAK) oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari oʻrnatildi[9]. Unga koʻra, “2+2” tizimi orqali taʼlim olib boriladi. Qolaversa, yaqin kelajakda Fransiya maktabining Oʻzbekistonda ham tashkil etilishi sohada taʼlim olayotganlar uchun ulkan imkoniyat hisoblanib, mazkur muassasani bitirib maxsus ATR litsenziyasiga ega boʻlgan talabalar kelgusida uchuvchi boʻlib ishlash huquqiga ega boʻladilar. Bundan tashqari, Italiyaning La Sapiensa universiteti bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatildi[10, 3]. Kelishuvga binoan, asosiy eʼtibor aviakosmik masalalarga qaratildi, yaʼni sunʼiy yoʻldosh, dron, raketa hamda boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borishga kelishildi. Sohani rivojlantirishda ichki tartib-qoidalarning asosini tashkil etuvchi xodimlarning kiyim-bosh masalasi xam alohida eʼtibor talab qiladi. Mazkur masala borasida qator islohotlar amalga oshirildi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK rahbariyatining 1993-yil 12-dekabrdagi buyrugʻiga koʻra, rahbariyat va shaxsiy tarkibi forma kiyish qoidalari qabul qilingan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududida forma kiyimlari kiyish yil fasllariga mos holda oʻzgartirilish sanalari 20- aprel (yozgi) va 10-oktabr (qishki) kunlari etib belgilangan. MAK shaxsiy tarkibi tomonidan forma kiyimini oʻzgartirish bir hafta muddatni tashkil etadi. (13-ilova) “Uzbekistan Airways” 2020-yil 14-fevraldan boshlab, uchuvchilar va bortkuzatuvchilarning yangi formasini taqdim etdi. Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan. Loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Matolarni tanlash va asosiy toʻplamning birinchi partiyasini tikish

Turkiyaning “Dress Best Uniforms” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, ular Airlines (partial), Fly Dubai, Albaniya Airlines, Flyas aviakompaniyalari bilan ish olib borganlar. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston milliy transport tizimini yaratish va uni takomillashtirish borasida soʻz borar ekan, tabiiyki, sohada davlat tilining oʻrni masalasiga alohida eʼtibor qaratish zarur. Nafaqat 1990-yillarda, balki keyingi davrda ham transport tizimi boshqaruv sohasidagi koʻplab meʼyoriy hujjatlar rus tilida yuritib kelindi. Bunga asosiy sabab qilib aksariyat kadrlar rusiyzabon taʼlim olganliklarini koʻrsatish mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillarida birgina Toshkent aeroportining oʻzida 3,5 mingdan ortiq xodim faoliyat olib borar, ilgarilari xodimlarni ishga olish chogʻida ularning oʻzbek tilini bilish darajasiga eʼtibor qaratilmas, chunki sovet tuzumi davrida til bilan bogʻliq mafkuraviy siyosat shunday olib borilgan edi. Keyinchalik sohada bu holatga alohida eʼtibor berilib, davlat tilining maqomini mustahkamlashga harakat qilindi. Jumladan, 1994-yilga kelib, 3,5 mingdan ortiq xodimning 800 tasi davlat tilini oʻrganish boʻyicha maxsus kurslarda tahsil oldi. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi oʻzining maʼmuriy idora va korxonalarida davlat tilini oʻrganish va amalda qoʻllash maqsadida aviakompaniya qoshida sharq tillarini oʻrgatish markazini tashkil etdi. Xususan, mazkur faoliyat natijasida Toshkent aeroporti ishchi va xizmatchilarining davlat tilini oʻrganishi uchun uch bosqichdan iborat 6 oylik kurslar tashkil qilindi. Bundan tashqari, markaz tomonidan aviatsiya xodimlari uchun ish yuritishda qoʻl keladigan oʻzbek tili darsligi 1500 nusxada nashr etildi. Bort kuzatuvchilarining xizmatini yanada osonlashtirish maqsadida maʼlumotlar va iboralar toʻplami 600 nusxada chop etilib tarqatildi[12, 4]. Natijada oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi yana bir pogʻona yuqoriga koʻtarildi. Dastlabki yillarda sohadagi oʻzbek kadrlari salmogʻining pastligini asosiy texnik va transport vositalarining ishchi tili oʻzga tillarda ekanligi bilan izohlash mumkin. 1990-yillar hamda 2000-yillarda mamlakatga keltirilgan transport vositalari asosan, Yevropa hamda sharqiy Osiyodan keltirilgani bois ularning ishchi tili rus, ispan, koreys hamda yapon tillarida boʻlgan. Bugungi kunga kelib esa, ingliz va xitoy tillari asosiy transport tiliga aylangan. Transport tizimida boshqaruvning oʻzbek tilida yuritilmagani faqatgina mazkur tarmoqning aybi boʻlmay, boshqa sohalarda rus tili asosiy ish yurituvchi til sifatida qoʻllanganligini koʻrish mumkin. Bu esa, uzoq muddat davomida “sovetcha” mafkuraning taʼsiri yoʻqolmaganligi bilan izohlanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustaqillikning dastlabki yillarida havo transporti sohasida mavjud boʻlgan kadrlar tayyorlash sohasidagi bir qator muammolarga qaramasdan, bugungi kungacha boʻlgan davrda oʻtkazilgan va davom etayotgan islohotlar natijasida mazkur yoʻnalishda mavjud muammolarga yechim

topildi va ularni hal etishning zamonaviy usullari qoʻllanildi. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yanada takomillashtirish maqsadida sohaga kerakli boʻladigan ilgʻor texnologiyalar, zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanildi. Natijada, jahon hamjamiyatidagi transport sohasida kuchli raqobatga bardosh bera oladigan yetuk, malakali kadrlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. Kadrlar tayyorlash masalasi // Uzbekistan airways. – 2016. – № 1.
  2. Kadrlar tayyorlash masalasi. Toshkent Transport universiteti / https://tstu.uz / 05.05.2022.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi toʻgʻrisida 44-sonli qaror. 1992-yil 2-fevral. https://lex.uz/uz/
  4. OʻzMA, M-90-jamgʻarma. 1-roʻyxat. 12-yigʻmajild.
  5. OʻzMA, M-90-jamgʻarma. 1-roʻyxat. 2-yigʻmajild.
  6. OʻzMA, M-90-jamgʻarma. 1-roʻyxat. 218-yigʻmajild.
  7. OʻzMA, M-90-jamgʻarma. 1-roʻyxat. 3-yigʻmajild.
  8. Toshkent davlat aviatsiya institutini tashkil qilish toʻgʻrisida. PF-1160-son. 1995-yil 31-may. https://lex.uz/uz/docs/-181948
  9. Toshkent davlat transport universiteti Fransiya taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. Transport vazirligi / www.mintrans.uz / 18.09.2023.
  10. Абдураҳмонов О. Бир эмас, икки эмас, уч қадам олдинда юришимиз керак / Халқ сўзи, 2021 йил 14 январь.
  11. Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. –Тошкент: Ўзбекистон, 1997.
  12. Пулатов А. “Ўзбекистон ҳаво йўллари” авиакомпанияси: “Самода ўзбекча гаплашармиз” / Ўзбекистон овози, 1994 йил 13 декабрь.
  13. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 1-жилд. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2006.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011133
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/105
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
352–357
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25