FAROVON JAMIYAT QURISHDA DUNYOVIY VA DINIY TARBIYANING FALSAFIY OMILLARI.
Dadajonov is the son of Ruzimuhammad Abdusamad.Dadajonov Ro‘zimuhammad Abdusamad o‘g‘li.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 412–416
Annotatsiya
Mazkur maqolada farovon jamiyat qurishda dunyoviy va diniy tarbiyaning falsafiy omillari chuqur tahlil qilinadi. Unda jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy barqarorlik va ma‘naviy kamolot jarayonida tarbiyaning o‘rni, ayniqsa, dunyoviy va diniy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadigan ijtimoiy ong, axloqiy mezonlar va fuqarolik mas‘uliyati kabi tushunchalar falsafiy nuqtayi nazardan yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaФИЛОСОФСКИЕ ФАКТОРЫ СВЕТСКОГО И РЕЛИГИОЗНОГО ВОСПИТАНИЯ В ПОСТРОЕНИИ ПРОЦВЕТАЮЩЕГО ОБЩЕСТВА
В данной статье проводится глубокий философский анализ роли светского и религиозного воспитания в построении процветающего общества. Особое внимание уделяется значению воспитания в процессе общественного развития, социальной стабильности и духовного совершенствования. Рассматриваются такие понятия, как формирование общественного сознания, нравственные нормы и гражданская ответственность на основе гармонии светских и религиозных ценностей.
inglizchaPHILOSOPHICAL FACTORS OF SECULAR AND RELIGIOUS EDUCATION IN BUILDING A PROSPEROUS SOCIETY .
This article provides an in-depth analysis of the philosophical aspects of secular and religious education in building a prosperous society. It highlights the role of education in the processes of societal development, social stability, and spiritual perfection, focusing on the formation of social consciousness, moral standards, and civic responsibility based on the harmony between secular and religious values.
Kalit so‘zlar
- Farovon jamiyat
- Dunyoviy tarbiya
- Diniy tarbiya
- Falsafa
- Falsafiy omillar
- Axloqiy qadriyatlar
- Ma‘naviy tarbiya
- Din va jamiyat
- Ilm va e‘tiqod uyg‘unligi
- Madaniy rivojlanish
- Ma‘rifatparvarlik
- Ijtimoiy barqarorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
FAROVON JAMIYAT QURISHDA DUNYOVIY VA DINIY TARBIYANING FALSAFIY OMILLARI.
PHILOSOPHICAL FACTORS OF SECULAR AND RELIGIOUS EDUCATION IN BUILDING A PROSPEROUS SOCIETY .
ФИЛОСОФСКИЕ ФАКТОРЫ СВЕТСКОГО И РЕЛИГИОЗНОГО ВОСПИТАНИЯ В ПОСТРОЕНИИ ПРОЦВЕТАЮЩЕГО ОБЩЕСТВА
Dadajonov Ro‘zimuhammad Abdusamad o‘g’li. e-mail: ro‘zimuhammaddadajonov22@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Mazkur maqolada farovon jamiyat qurishda dunyoviy va diniy tarbiyaning falsafiy omillari chuqur tahlil qilinadi. Unda jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy kamolot jarayonida tarbiyaning o‘rni, ayniqsa, dunyoviy va diniy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadigan ijtimoiy ong, axloqiy mezonlar va fuqarolik mas’uliyati kabi tushunchalar falsafiy nuqtayi nazardan yoritilgan. Abstract. This article provides an in-depth analysis of the philosophical aspects of secular and religious education in building a prosperous society. It highlights the role of education in the processes of societal development, social stability, and spiritual perfection, focusing on the formation of social consciousness, moral standards, and civic responsibility based on the harmony between secular and religious values. Аннотaтсия. В данной статье проводится глубокий философский анализ роли светского и религиозного воспитания в построении процветающего общества. Особое внимание уделяется значению воспитания в процессе общественного развития, социальной стабильности и духовного совершенствования. Рассматриваются такие понятия, как формирование общественного сознания, нравственные нормы и гражданская ответственность на основе гармонии светских и религиозных ценностей. Kalit so‘zlar. Farovon jamiyat, Dunyoviy tarbiya, Diniy tarbiya Falsafa, Falsafiy omillar, Axloqiy qadriyatlar, Ma'naviy tarbiya, Din va jamiyat, Ilm va e'tiqod uyg'unligi, Madaniy rivojlanish, Ma'rifatparvarlik,Ijtimoiy barqarorlik. Keywords. Prosperous society, Secular education, Religious education, Philosophy, Philosophical factors, Moral values, Spiritual education, Religion and society, Harmony of science and faith, Cultural development. Ключевые слова. Благополучное общество, Светское воспитание, Религиозное воспитание, Философия, Философские факторы, Нравственные ценности, Духовное воспитание, Религия и общество, Единство науки и веры, Культурное развитие, Просветительство.
Bugungi globallashuv va ma’naviy raqobat sharoitida farovon jamiyat qurish masalasi nafaqat iqtisodiy va siyosiy rivojlanishga, balki insonning ma’naviy va axloqiy yetukligiga ham bevosita bog‘liqdir [1, 24-25]. Inson kapitalini rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, dunyoviy va diniy
tarbiyaning uyg‘unligi, milliy ong va axloqiy me’yorlarni mustahkamlashda muhim falsafiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ma'naviyati yuksak xalqni hech qanday kuch mag‘lub eta olmaydi” — bu fikr bevosita ma’naviy tarbiya va ijtimoiy uyg‘unlikning qanday ulkan ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi [2, 54-55]. Dunyoviy tarbiya insonni ilmfan, tafakkur va zamonaviy bilimlar asosida kamol toptirsa, diniy tarbiya uni axloq, adolat va halollik kabi ezgu qadriyatlar asosida shakllantiradi. Bu ikki yo‘nalishning uyg‘unligi orqali barkamol avlod, barqaror jamiyat va adolatli davlat poydevori yaratiladi. Ushbu maqolada farovon jamiyat qurishda dunyoviy va diniy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi, ularning falsafiy ildizlari va zamonaviy ijtimoiy hayotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya jarayonida shakllanadigan axloqiy fazilatlar, fuqarolik mas’uliyati va jamiyatdagi o‘zaro ishonch muhitining roli keng yoritiladi. Har bir jamiyat o‘zining farovonligini ta’minlash yo‘lida ko‘plab omillarga tayanadi [3, 65-67]. Ularning ichida tarbiya – ayniqsa, dunyoviy va diniy tarbiya – alohida o‘rin egallaydi. Tarbiya bu – jamiyat hayotining ijtimoiy, madaniy va axloqiy asoslarini shakllantiruvchi kuchdir. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixiy jarayonida tarbiya, ayniqsa falsafiy jihatdan qaralganda, jamiyatdagi barqarorlik, totuvlik va farovonlikning poydevorini tashkil etib kelgan. Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida bu ikki tarbiya yo‘nalishini uyg‘unlashtirish, ularning ijtimoiy funksiyalarini anglash va falsafiy tahlil qilish – farovon jamiyat barpo etishning muhim bosqichlaridandir. Maqolada dunyoviy va diniy tarbiyaning mohiyati, ularning jamiyatdagi o‘rni, falsafiy asoslari va farovon jamiyatga ta’siri tahlil qilinadi [3, 112-115]. Tarbiya – bu insonni ongli ravishda shakllantirish, ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga moslashuvchan qilish jarayonidir. Tarbiya orqali insonning dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy pozitsiyasi shakllanadi. Dunyoqarash esa insonning borliq haqidagi umumiy tushunchalari, e’tiqodlari va qarashlaridan iborat bo‘lib, u bevosita tarbiyaning ta’siri ostida rivojlanadi. Falsafa nuqtayi nazaridan olganda, tarbiya – bu insonning ruhiy va ijtimoiy jihatdan mukammallikka intilishidagi vositadir. Har qanday jamiyat o‘z tarixiy, madaniy, diniy va siyosiy sharoitlariga asoslangan holda tarbiya tizimini shakllantiradi. Shu boisdan, tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismidir [4, 54-56]. Dunyoviy tarbiyaning mohiyati va maqsadlari dunyoviy tarbiya – bu insonni ilmiy, huquqiy, ijtimoiy va madaniy tamoyillar asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiya tizimidir. U insonni erkin fikrlashga, tanqidiy tahlil qilishga, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga o‘rgatadi. Dunyoviy tarbiya insonni davlat qonunlariga, fuqarolik burchlariga, tenglik va adolat tamoyillariga sodiq bo‘lishga undaydi. Bu tarbiya yo‘nalishi, ayniqsa, zamonaviy demokratik jamiyatlarda muhim ahamiyatga ega. Unda ilm-fan, texnologiya, ijtimoiy adolat va inson huquqlari kabi qadriyatlar markazda turadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Milliy taraqqiyot strategiyasi”da ham aynan dunyoviy tarbiyaning afzalliklariga alohida urg‘u berilgan [5, 93-95]. Diniy tarbiyaning mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Diniy tarbiya esa insonni ma’naviy poklikka, axloqiy tozalikka va ruhiy mukammallikka yetaklaydi. U
insonni Allohga bo‘lgan muhabbat, insonparvarlik, halollik, sabr-toqat, hurmat va ehtirom kabi oliy qadriyatlarga asoslangan yashash tarziga yo‘naltiradi. Diniy tarbiyada qalb tarbiyasi, niyat pokligi va iymon butunligiga katta ahamiyat beriladi. Islom dini – O‘zbekiston xalqi tarixida asosiy ahloqiy-me’yoriy tizim bo‘lib, unda tarbiyaning har bir bosqichi Qur’on va hadislar asosida belgilanadi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) “Men go‘zal axloqni to‘ldirish uchun yuborildim” deganlaridek, diniy tarbiyaning eng muhim maqsadi – insonni axloqan mukammal qilishdir [5, 145-146]. Falsafiy yondashuv: inson, jamiyat va axloq. Falsafa – insonning borliqdagi o‘rnini, mohiyatini va maqsadini anglashga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy tizimdir. Tarbiya esa falsafaning amaliy ko‘rinishidir. Inson falsafasi, jamiyat falsafasi va axloq falsafasi – bularning barchasi tarbiya bilan chambarchas bog‘liq. Tarbiya orqali inson o‘zining kimligini, qanday yashash kerakligini, jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglaydi. Falsafiy jihatdan qaraganda, farovonlik bu – moddiy boylikdan ko‘ra ko‘proq ma’naviy barkamollikdir. Dunyoviy va diniy tarbiya birgalikda ishlaganda, insonda to‘laqonli ma’naviy-axloqiy tizim shakllanadi. Bu esa o‘z navbatida jamiyat barqarorligi, ijtimoiy birdamlik va farovonlikni ta’minlaydi. Farovon jamiyat tushunchasi va uning asoslari. Farovon jamiyat deganda nafaqat iqtisodiy barqarorlikka erishgan, balki ijtimoiy adolat, axloqiy yuksaklik va ma’naviy uyg‘unlik qaror topgan jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha chuqur falsafiy mohiyatga ega bo‘lib, jamiyat a’zolarining ichki dunyosi, o‘zaro munosabatlari va ijtimoiy tizimdagi faolligi bilan bog‘liq. Farovon jamiyat quyidagi omillarga tayangan holda shakllanadi: Adolatli va samarali boshqaruv tizimi, Ilmiy-texnik taraqqiyot va ta’limning rivoji, Axloqiy qadriyatlarning ustuvorligi, Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, Ijtimoiy himoya va teng imkoniyatlar tizimi. Tarbiya bu omillarning barchasiga zamin yaratadi. Aynan tarbiya orqali jamiyatda axloqiy me’yorlar mustahkamlanadi, qonunlarga itoat, fuqarolik mas’uliyati va insonparvarlik rivojlanadi.Dunyoviy va diniy tarbiyaning uyg‘unligi Dunyoviy va diniy tarbiya bir-birini inkor qiluvchi emas, balki to‘ldiruvchi tizimlardir. Ularning uyg‘unligi – jamiyatning muvozanatli rivojlanishiga xizmat qiladi. Dunyoviy tarbiya insonni ilmga, ijtimoiy faoliyatga, qonunchilik va erkin fikrlashga o‘rgatsa, diniy tarbiya esa unga axloqiy mezonlarni, ma’naviy mezonlarni, pok niyat va halollikni o‘rgatadi. Ushbu ikki tizim uyg‘unlashganda, inson mukammal shaxsga aylanishi mumkin [6, 41-44]. Bu esa jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, huquqiy ong va ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlaydi. Islom dini ham, zamonaviy dunyoviy qarashlar ham bilimga, axloqqa va mehnatsevarlikka chaqiradi. O‘zbekiston tajribasida bu uyg‘unlik amaliyotda o‘z ifodasini topmoqda. Masalan, maktablarda ilmiy bilim berish bilan bir qatorda, “Ma’naviyat soati”, “Axloq saboqlari” kabi mashg‘ulotlar orqali diniy-ma’naviy tarbiya ham shakllantirilmoqda. O‘zbekistonda tarbiya siyosati: Konstitutsiya va qonuniy asoslar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qator qonun hujjatlarida tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2023-yilda yangilangan Konstitutsiyada “Inson sha’ni va qadriyati ustuvor” degan tamoyil ilgari surilgan bo‘lib, bu
bevosita tarbiyaning falsafiy asosiga taalluqlidir. Ta’lim va tarbiya sohasida quyidagi huquqiy hujjatlar muhim o‘rin tutadi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahriri), “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish” konsepsiyasi, “Diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun, “Yoshlar siyosati” va “Ma’naviyat va ma’rifat” dasturlari [6, 99-101]. Bu hujjatlarda dunyoviylik va diniy qadriyatlarning uyg‘un asosda qo‘llanilishi, yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalash vazifasi belgilangan. Amaliy misollar va ijtimoiy tajribalar. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida tarbiyaviy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi jumladan: Maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat darslari” yo‘lga qo‘yildi, “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi”, “Islom sivilizatsiyasi markazi” kabi diniy-ma’naviy muassasalar faoliyat yuritmoqda, Internetdagi zararli axborotlarga qarshi targ‘ibot ishlari kuchaytirildi, Yoshlarni Vatanga sadoqat, halollik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha “Yoshlar daftari”, “Mehr daftari” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.Bu amaliy tajribalar diniy va dunyoviy tarbiya uyg‘unligini real hayotga tatbiq etayotganini ko‘rsatadi [7, 32- 34].Farovon jamiyat – bu nafaqat moddiy jihatdan boy, balki ma’naviy jihatdan uyg‘un jamiyatdir. Bunday jamiyatni shakllantirishda tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, dunyoviy va diniy tarbiyaning uyg‘unligi – inson shaxsining mukammalligini, jamiyatning barqarorligini ta’minlaydi. Farovon jamiyat qurish — bu nafaqat iqtisodiy yutuqlar, balki har bir fuqaroning ma’naviy yetukligi, axloqiy mas’uliyati va fuqarolik ongiga tayangan murakkab jarayondir. Bu yo‘lda dunyoviy va diniy tarbiyaning uyg‘unligi hal qiluvchi falsafiy asos sifatida namoyon bo‘ladi. Dunyoviy tarbiya insonni zamonaviy bilim, tafakkur va ijtimoiy faoliyatga tayyorlasa, diniy tarbiya unga halollik, poklik, sabr-toqat va adolat kabi muqaddas qadriyatlarni singdiradi. Mazkur ikki yo‘nalish bir-birini to‘ldirib, jamiyatda barqarorlik, totuvlik va taraqqiyot muhitini shakllantiradi [8, 21-25]. Demak, farovonlikka erishish uchun nafaqat moddiy asoslar, balki kuchli ma’naviy-axloqiy tayanch zarur. Shu jihatdan qaralganda, tarbiyaning falsafiy mazmunini anglash va uni amaliy hayotga tatbiq etish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
- G‘ofurov N. va boshq. Falsafa (darslik). – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”, 2020.
- Yusupov A.A. Falsafa asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2019.
- Qur’on al-Karim. – Tarjimasi va tafsiri: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. – Toshkent: Hilol nashriyoti, 2014.
- Abdug‘aniyev M. Ma’naviyat va ma’rifat asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2021.
- Al-Farobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Fan, 1993.
- Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.
- Abdullayev Q.X. Diniy erkinlik va dunyoviylik: O‘zbekiston tajribasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. Jamiyat va ma’naviyat. – Toshkent: Ma’naviyat, 2012.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011142
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/116
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 412–416
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25