Asosiy mazmunga o‘tish

MADANIYAT VA SAN‘AT SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA YOSHLAR TASHKILOTLARINING O‘RNI

Kurbanov Ravshan RaimjonovichTDYU huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi tarix fani o‘qituvchisi 3-darajali yurist O‘zbekiston tarixi- (Tarix) ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 372–379

Annotatsiya

Ushbu maqolada Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda yoshlarni madaniyat va san‘at sohasida qo‘llab-quvvatlash Yoshlarni san‘at sohasida salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatlari Farg‘ona vodiysi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Yoshlar ittifoqi” va Yoshlar ishlari agentligi misolida tahlili yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ МОЛОДЕЖНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ В РЕАЛИЗАЦИИ РЕФОРМ В ОБЛАСТИ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА

В первые годы независимости анализируется поддержка молодежи в сфере культуры и искусства в Узбекистане на примере Ферганской долины, молодежного общественного движения “Камалот”, Молодежного союза и Агентства по делам молодежи.

inglizchaTHE ROLE OF YOUTH ORGANIZATIONS IN IMPLEMENTING REFORMS IN THE FIELD OF CULTURE AND ARTS

This article analyzes the support of youth in the field of culture and art in Uzbekistan in the early years of independence. Opportunities for youth to demonstrate their potential in the field of art are analyzed using the examples of the Fergana Valley, the “Kamolot” youth social movement, the “Youth Union‘ and the Youth Affairs Agency.

Kalit so‘zlar

  • Mustaqillik
  • yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
  • madaniyat
  • teatr
  • yoshlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDAGI ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHDA YOSHLAR TASHKILOTLARINING O‘RNI

РОЛЬ МОЛОДЕЖНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ В РЕАЛИЗАЦИИ РЕФОРМ В ОБЛАСТИ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА

THE ROLE OF YOUTH ORGANIZATIONS IN IMPLEMENTING REFORMS IN THE FIELD OF CULTURE AND ARTS

Kurbanov Ravshan Raimjonovich TDYU huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi tarix fani o‘qituvchisi 3-darajali yurist O‘zbekiston tarixi- (Tarix) ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi E-mail: kurbanovravshan@gmail.com Tel:[telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Ushbu maqolada Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda yoshlarni madaniyat va san’at sohasida qo‘llab-quvvatlash Yoshlarni san’at sohasida salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatlari Farg‘ona vodiysi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Yoshlar ittifoqi” va Yoshlar ishlari agentligi misolida tahlili yoritilgan. Аннотация. В первые годы независимости анализируется поддержка молодежи в сфере культуры и искусства в Узбекистане на примере Ферганской долины, молодежного общественного движения “Камалот”, Молодежного союза и Агентства по делам молодежи. Abstract. This article analyzes the support of youth in the field of culture and art in Uzbekistan in the early years of independence. Opportunities for youth to demonstrate their potential in the field of art are analyzed using the examples of the Fergana Valley, the “Kamolot” youth social movement, the “Youth Union’ and the Youth Affairs Agency. Kalit so‘zlar. Mustaqillik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, teatr , yoshlar. Ключевые слова: Независимость, поддержка молодежи, культура, театр, молодежь. Keywords: Independence, youth support, culture, theater, youth

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin 1991 yil sobiq komsomol tashkilotini isloh qilish natijasida O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini birlashtirish uchun “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tuzildi. Tashkilot yoshlarni o‘z plenumi va konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilishga urinishi, qarorlarda yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlari to‘la aks etmaganligi natijasida 1996 yilda “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tugatildi. 1996–2000 yillardagi “Kamolot” jamg‘armasi boshqaruvi majlislari bayonnomalari va qarorlarida “Yoshlar muammolari instituti” ochilgani, “Kamolot va qonun” korxonalari keng qamrovli faoliyat olib borganligi ko‘rsatib o‘tilgan [22].

Biroq, jamg‘arma yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy ishlarni olib borgani bilan ham o‘zining maqsadlarini to‘la bajara olmadi. 2001 yil 25-aprelda O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Ta’sis qurultoyda harakatning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 2001 yilda Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, 12 ta viloyat, 199 ta tuman (shahar) bo‘limlari Kengashlari, 17 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlari faoliyat ko‘rsatdi va 7 mln. 200 ming nafardan ortiq 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 4 mln. 600 ming nafardan ortig‘i yoki 64 foizi harakatga a’zo bo‘lib kirgan. 2016 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 4 millionga yaqin a’zosi bor bo‘lib, bu mamlakatdagi 10 milliondan ziyod yigit-qizlarning 40 foizini tashkil etdi. 2001 yil 23-mayda tashkil etilgan “Kamalak” Bolalar tashkiloti ham O‘zbekistondagi eng nufuzli bolalar tashkiloti sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2001 yilda “Kamalak” bolalar tashkiloti 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarni birlashtirgan bo‘lib 4,2 mln.dan ortiq bolalar tashkilotga a’zo bo‘lib kirgan bo‘lsa, 2007 yilda Respublikada 10–14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar soni 3039943 nafarni tashkil etib, “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari soni 4624877 nafarini tashkil etdi (7–10 yoshgachalar - 1599212, 10–14 yoshgachalar - 3025665), 2008 yil oxirida 10–14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar soni - 3761145 nafarini tashkil etdi. Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan bolalarni maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi to‘garaklarga biriktirilganligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. To‘garaklarga jalb etilganlar soni – 543346 nafar, Bolalar tashkiloti tomonidan jalb etilganlar – 157707 nafarni tashkil etgan. Bolalar tashkiloti o‘z faoliyatini tarbiyaning o‘ziga xos yondashuv va usullaridan foydalangan holda, bolalarning qalbi va ongiga harakatning asosiy maqsadmuddaolarini singdirishga qaratgan[13-21]. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2001–2016 yillar davomida Respublika miqyosidagi yirik yoshlar tashkiloti sifatida shakllanib, o‘zining atrofida millionlab sog‘lom fikrli yoshlarni birlashtirdi. Harakatning bevosita yordami bilan yoshlarning turli muammolarini yechish, ularning manfaatlarini himoya qilish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan Respublika miqyosidagi o‘nlab ko‘rik tanlovlar, konferensiyalar, seminarlar, sport musobaqalari tashkil etildi. Harakat tomonidan milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadi bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Bundan tashqari, yoshlar muammosini o‘rganishda “Kamolot” YoIH tomonidan anchagina xayrli ishlar amalga oshirildi, jumladan, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davrda yoshlar orasiga chuqurroq kirib borishni, chekka hududlardagi yoshlar bilan ishlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lib, yoshlarning ma’lum bir qismini o‘z atrofida birlashtirishga, o‘z Dasturi va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni imkon darajasida bajarishga harakat qilib keldi. O‘tgan davr mobaynida mohiyat e’tibori bilan yoshlarning haqiqiy tayanchi va suyanchi bo‘lishi zarur

bo‘lgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida jiddiy kamchilik va nuqsonlar ko‘zga tashlandi[23-27]. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi[4]. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi[2-7]. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish uchun 2017-yil 5-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-qavvatlash toʻgirisida” farmoni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi[209-216]. 2017 yilda sohada amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagani ham yaqqol namoyon bo`lib qoldi. Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi[3-4]. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati davomida “Adabiyotga e’tibor - ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Men sevib o‘qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlari, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallari, “Biz Vatanga tayanchmiz”, “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” shiorlari ostidagi aksiyalar, “Adabiyot va san’at - shaxs ma’naviyatini boyitish, yuksaltirish omili” mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokidagi uchrashuvlar, respublikaning chekka hududlarida xalq rassomlari, xalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor xalqim bilan muloqot – ijodim ilhomi” mavzusida master-klasslar va ijodiy uchrashuvlar, “Eng buyuk jasorat - ma’naviy jasoratdir” mavzusida davra suhbatlarini doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda[1-5]. 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va

fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. 2017-yil 16-avgustda “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish tо‘g‘risida” Prezident qarorining imzolanishi mamlakatimiz madaniyati va san’ati tarixida alohida ahamiyatga ega bо‘ldi. 2017-yil 16-oktabrda “О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasini tashkil etish tо‘risida”, 2017-yil 18- oktabrda “О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiytexnik bazasini mustahkamlash tо‘g‘risida”, 2018-yil 27-iyunda “О‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” Prezident Farmonlari imzolandi[1-2]. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2020-2025 yillardagi faoliyati taxlil qilinsa, agentlik tomonidan hududlar va tuman (shahar)lardagi 9452 ta mahallada yoshlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi va 9,2 mln yoshning “Yoshlar balansi” yangidan shakllantirildi. Yoshlarning individual muammosini hal qilish, qiziqishi va iqtidorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Respublika komissiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati nazorati ostida tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan: Yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni hal etish maqsadida 208 ta tuman (shahar)da mahalliy sektor rahbarlari tomonidan mahalladagi va xorijdagi yoshlar bilan 1432 ta uchrashuv o‘tkazilib, uchrashuvlar davomida 27 ming 597 nafar yoshning 2 ming 743 ta muammo va takliflari o’rganildi. Shundan, 1 ming 736 tasi joyida bartaraf etilib, 1 ming 7 tasi manzilli tadbirlar rejasiga kiritildi[1-2]. 2020-2025 yillar davomida Respublikaning barcha hududlarida, saylgohlar, madaniyat va istirohat bog‘larida rassomlar ko‘rgazmalari, “Mushoira”, “Ibrat”, “Zakovat” intellektual o‘yinlarш, turli viktorinalar, “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivallari, 200 dan ortiq yirik gala-konsertlar o‘tkazildi[1-4]. O‘zbekistonda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar orasida eng katta shuhrat qozongani mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida o‘tkazilayotgan 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ni keltirish mumkin. 2022 yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarida respublikada g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlarning yashash mahallalarida jami 623 ta sport maydonchalari qurib berilganini alohida ta’kidlash joiz. Jumladan, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari mahallalariga ham 150 dan ortiq sport maydonchalari qurib berildi[1-5]. 2023 yil yakuni bo‘yicha mazkur tadbirlarda 11,9 million nafar yoshlar ishtirok etdi. Ushbu olimpiadaning 5 ta yo‘nalishda o‘tkazilayotgan respublikamizning eng chekka qishloq va ovullaridagi qobiliyati, iste’dodini yetarlicha namoyon eta olmayotgan yoshlar uchun juda katta imkoniyat eshigini ochib berdi. Masalan olimpiada doirasida “Yoshlar ovozi” respublika tanlovi g‘olibi Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan, an’anaviy ijrochilik yo‘nalishi g‘olibi Xushnudjon Solijonov Italiyaga 10 kunga xalqaro tajribalarni o‘rganish maqsadida yuborildi[1-4].

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan 2017-yildan beri oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovi yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini ortishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda boshqa vazirlik, jamoatchilik vakillarining mamlakat yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovlarini ijobiy baholagan holda, ushbu tanlovlarni o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi[5-58]. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2020-2025 yillar davomida olib borilgan muhim tadbirlardan biri ham “Yosh kitobxon” respublika tanlovining uchta yosh toifasi (10-14, 15-19 va 20-30 yosh) bo’yicha bo‘lib, unda 2021 yilda o‘tkazilgan tanlovda 300 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Har bir hududdan 3 ta yosh toifasi bo‘yicha bir nafardan, jami 42 nafar g‘olib respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 2021 yil o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovining yakuniga ko‘ra 10-14 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘ringa Farg‘ona viloyatidan Muhammadfozil Ismoilov munosib topildi. 15-19 yoshlilar o‘rtasida 2-o‘rinni Andijon viloyatidan kelgan Dilnavoz Hayitahmatova munosib topildi. 20-30 yoshli ishtirokchilar orasida 1-o‘ringa andijonlik Fotima Mamtaliyeva munosib topildi. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblarga 1-o‘ringa “Spark” avtomashinasi, 2-o‘ringa 30 million so‘mdan, 3-o‘ringa esa 15 million so‘mdan pul mukofoti topshirilgan. 2023 yilda o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovida yoshlar qamrovi soni 805 ming nafarni, 2022 yilga nisbatan 25,7 foizga oshgan. O‘tgan mavsumda 20-30 yosh toifasida Namangan viloyati Chortoq tumanidan Zamira Abdullayeva g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi “Spark” avtomobillari bilan taqdirlandi[1-6]. 2024 yilda o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovi orqali 912 mingdan ortiq, “Mutolaa” loyihasi orqali 1,4 mln yoshlar qamrab olindi. “Yosh kitobxon” respublika tanlovida Andijon viloyatidan Ilhomjon Isroiljonov 268 ball bilan ikkinchi o‘rinni olib, 50 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi[1-22]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro tadbirlarda bildirgan taklif va tashabbuslarining ijrosini yuqori saviyada ta’minlash maqsadida 2024 yil 26-30 iyun kunlari ilk marotaba “Butunjahon yoshlar festivali” o‘tkazildi. Festival doirasida 15 ta xalqaro tadbir, 40 dan ortiq ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar, loyihalar, 100 dan ortiq tanlov va musobaqalar o‘tkazildi, ushbu tadbirlarda 92 ta davlatdan 700 nafardan ortiq xorijiy delegatlar, 14 ta hudud va 208 ta tuman(shahar)dan tashrif buyurgan 1 mln nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, Yoshlar ijod saroyi hududida ilm-fan, kasb-hunar, tadbirkorlik, hunarmandchilik, IT, vatanparvarlik va besh tashabbus olimpiadasi yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan 4 ta yirik pavilon va 11 ta maydondan iborat “Yoshlar shaharchasi”

tashkil etildi. Ushbu shaharchada yoshlar uchun tashkil etilgan 50 dan ortiq turli interfaol o‘yinlar, viktorinalar, mahorat darslari, ko‘rgazmalar, mushoiralar, tanlov va musobaqalarda 5 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etib, 500 ga yaqin munosib yoshlar rag‘batlantirildi[1-4]. 2024 yil 28-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etilib, unda barcha hududlar va tuman (shahar) studiyalaridan jami 65 ming nafar yoshlar ishtirok etdi. 2024 yil 30- iyun – “Yoshlar kuni” bayrami hamda “Butunjahon yoshlar festivali”ning yopilish marosimi munosabati bilan Toshkent shahridagi “Humo Arena” muz saroyida 10 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirokida gala-konsert o‘tkazildi[3]. 2020-2025 yillar davomida “Besh tashabbus olimpiadasi”ga 5 ta muhim tashabbusdagi birinchi yo‘nalishi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida aprel-may oylarida “Yoshlar ovozi” hamda aprel-iyun oylarida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovlari o‘tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, yangi shirali ovoz egalarini kashf etishga xizmat qilayotgan “Yoshlar ovozi” tanlovi ham muhim ahamiyatga bo`lmoqda. “Bo‘zatov FEST” - “Yoshlar ovozi” tanlovida 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 238 ming nafardan ortiq o‘g‘il-qiz uch yosh toifasida o‘z iste’dodini namoyish etmoda. Gʻoliblarga uchta o‘rin bo‘yicha 50, 30, 20 million so‘mdan pul mukofoti topshiriladi. Bundan tashqari, respublika bosqichida ishtirok etgan barcha (g‘oliblardan tashqari) ishtirokchilar kafolatlangan 10 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. 2025 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Mutolaa” loyihasi, “Ibrat Farzandlari” loyihasi, “USTOZ AI” loyihasi, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi, “Kelajak kasblari”, “WikiStipendiya” loyihasi, “Qizlar akademiyasi” loyihasi, Top 100 Uni, “Besh tashabbus olimpiadasi”, Modul 5 kabi loyixalar amalga oshirib kelinmoqda[1-3].

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR. (REFERENCES)

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2017- yil 16-avgustdagi PQ-3218-son Qarori. // https://lex.uz/docs/-3311277 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5- iyulda “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” qabul qilingan farmoni. // Xalq so‘zi, 2017 yil 5 iyul. https://lex.uz/mact/-3255680 3. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2020- 2025 yillardagi faoliyati yuzasidan hisobot. 4. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2021 yil yakuni yuzasidan hisobot. 5. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2022 yil yakuni yuzasidan hisobot.

6. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2023 yil yakuni yuzasidan hisobot. 7. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2024 yil yakuni yuzasidan agentlik hay’ati majlisining bayoni. https://apiportal.gov.uz/uploads/1e34e849-b053-3edf-80bf-7682e3ff7246_media_.pdf 8. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2024 yil yakuni yuzasidan hisobot. 9. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi joriy arxivi ma’lumotlari. 2017-yil yakuniy hisobotlari. 10. “Ёшлар муаммолари ва уларнинг ечими” мавзуидаги Республика илмий-амалий конференцияси. Илмий мақолалар тўплами. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. 11. ЎзР “Камолот” ЁИҲ ЖА. “Камолот” ЁИҲнинг 2001–2008 йиллар давомидаги фаолияти тўғрисидаги ҳисоботи. – Б. 13-21. 12. ЎзР “Камолот” ЁИҲ ЖА. “Камолот” ЁИҲнинг 2001–2008 йиллар давомидаги фаолияти юзасидан ҳисоботи. – Б. 23-27. 13. O‘z.MA. М-13- fond, 1- royxat, 1- yig‘ma jild, 22- varaq.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3218-son Qarori. // https://lex.uz/docs/-3311277
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyulda “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” qabul qilingan farmoni. // Xalq so‘zi, 2017 yil 5 iyul. https://lex.uz/mact/-3255680
  3. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2020-2025 yillardagi faoliyati yuzasidan hisobot.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2021 yil yakuni yuzasidan hisobot.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2022 yil yakuni yuzasidan hisobot.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2023 yil yakuni yuzasidan hisobot.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2024 yil yakuni yuzasidan agentlik hay’ati majlisining bayoni. https://api-portal.gov.uz/uploads/1e34e849-b053-3edf-80bf-7682e3ff7246_media_.pdf
  8. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining joriy arxivi. 2024 yil yakuni yuzasidan hisobot.
  9. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi joriy arxivi ma’lumotlari. 2017-yil yakuniy hisobotlari.
  10. “Ёшлар муаммолари ва уларнинг ечими” мавзуидаги Республика илмий-амалий конференцияси. Илмий мақолалар тўплами. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006.
  11. ЎзР “Камолот” ЁИҲ ЖА. “Камолот” ЁИҲнинг 2001–2008 йиллар давомидаги фаолияти тўғрисидаги ҳисоботи. – Б. 13-21.
  12. ЎзР “Камолот” ЁИҲ ЖА. “Камолот” ЁИҲнинг 2001–2008 йиллар давомидаги фаолияти юзасидан ҳисоботи. – Б. 23-27.10.1097/01.cot.0000315016.54745.3d
  13. O‘z.MA. М-13- fond, 1- royxat, 1- yig‘ma jild, 22- varaq.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011136
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/109
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
372–379
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25