FARG‘ONA VILOYATI AYOLLARI MIGRATSIYASIGA OID MULOHAZALAR.
Shaxlo Boxodirjonovna KomilovaToshkent shahar Chilonzor tumani 101-maktab tarix fani o‘qituvchisi Tarix instituti mustaqil izlanuvchisi.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 346–351
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona viloyatida ayollar migratsiyasi jarayonlari, buning oilaviy hayot va gender munosabatlariga ta‘siri Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani ayollari misolida tahliliy bayon qilinadi. Maqolada ayollar migratsiyasi o‘ziga xosligi, asosiy sabablari va omillariga urg‘u berildi.
Boshqa tillarda
ruschaСООБРАЖЕНИЯ О МИГРАЦИИ ЖЕНЩИН ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ.
В данной статье аналитически изложены процессы женской миграции в Ферганской области, а также их влияние на семейную жизнь и гендерные отношения на примере Дангаринского района Ферганской области. В статье уделено внимание особенностям женской миграции, её основным причинам и факторам.
inglizchaCONSIDERATIONS REGARDING THE MIGRATION OF WOMEN FROM THE FERGANA REGION.
This article provides an analytical overview of women‘s migration processes in the Fergana Region, focusing on their impact on family life and gender relations, with the Dangara District serving as a case study. It emphasizes the unique characteristics of women‘s migration, as well as its main causes and contributing factors.
Kalit so‘zlar
- Farg‘ona viloyati
- globallashuv
- ayollar migratsiyasi
- ijtimoiy hayot
- mehnat migratsiyasi
- gender
- ijtimoiy himoya
- Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
- o‘zbek mentaliteti
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
FARG‘ONA VILOYATI AYOLLARI MIGRATSIYASIGA OID MULOHAZALAR. CONSIDERATIONS REGARDING THE MIGRATION OF WOMEN FROM THE FERGANA REGION. СООБРАЖЕНИЯ О МИГРАЦИИ ЖЕНЩИН ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ.
Shaxlo Boxodirjonovna Komilova Toshkent shahar Chilonzor tumani 101-maktab tarix fani o‘qituvchisi Tarix instituti mustaqil izlanuvchisi. e-mail:komilovashaxlo25@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Mazkur maqolada Farg‘ona viloyatida ayollar migratsiyasi jarayonlari, buning oilaviy hayot va gender munosabatlariga ta’siri Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani ayollari misolida tahliliy bayon qilinadi. Maqolada ayollar migratsiyasi o‘ziga xosligi, asosiy sabablari va omillariga urg‘u berildi. Abstract. This article provides an analytical overview of women's migration processes in the Fergana Region, focusing on their impact on family life and gender relations, with the Dangara District serving as a case study. It emphasizes the unique characteristics of women's migration, as well as its main causes and contributing factors. Аннотация В данной статье аналитически изложены процессы женской миграции в Ферганской области, а также их влияние на семейную жизнь и гендерные отношения на примере Дангаринского района Ферганской области. В статье уделено внимание особенностям женской миграции, её основным причинам и факторам. Kalit sozlar. Farg‘ona viloyati, globallashuv, ayollar migratsiyasi, ijtimoiy hayot, mehnat migratsiyasi, gender, ijtimoiy himoya, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,ozbek mentaliteti. Keywords. Fergana Region, globalization, female migration, social life, labor migration, gender, social protection, Agency for External Labor Migration,Uzbek mentality.
Ключевые слова Ферганская область,глобализация, женская миграция,социальная защита, трудовая миграция, гендер, Агентство внешней трудовой миграции, узбекский менталитет.
Ayollar migratsiyasi bu ayollarning ish topish imkoniyati mavjud bo‘lgan mintaqa va mamlakatlarga ko‘chish jarayonidir. Yangi ming yillikda zamonaviy hodisa sifatida ayollar migratsiyasi butun dunyoda juda faol tarqalmoqda. Ayollar migratsiyasi jarayonlari global migratsiyaning bir qismiga aylanib ulgurdi. Kam rivojlangan mamlakatlar va mintaqalardan kelgan ayollar birinchi navbatda tirikchilik izlab rivojlangan mintaqalar va davlatlarga bormoqdalar. Ayollar mehnat migratsiyasining ortishi birinchi navbatda global iqtisodiy o‘zgarishlar va integratsiyalashuv bilan bog‘liq. Og‘ir jismoniy mehnat talab qilmaydigan sohalarning, xususan xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishi va bandlik tarkibining transformatsiyalashuvi kabi jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar ayollar mehnat migratsiyasining rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev 2020-yil 17-avgustda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan videoselektr ko‘rinishida yig‘ilish o‘tkazdi. Ta’kidlash joizki, ushbu masala O‘zbekiston tarixida birinchi marta bunday formatda muhokama qilingan[1,2021]. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev faoliyatining dastlabki yillarida mamlakatda xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ishlarga, ayollar muammolariga alohida e’tibor qaratadigan tizim shakllanishi uchun bir qator qarorlar va farmonlar imzolagan. “Oila tashvishlaridan ortib, erkaklar bilan tengma-teng ishlayotgan, o‘zining tashabbuslarini, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun tunu-kun mehnat qilayotgan va barchaga o‘rnak bo‘layotgan xotin-qizlarimiz joylarda juda ko‘plab topiladi” deydi Sh. Mirziyoyev. Shuningdek, ayollar uchun munosib sharoit va imkoniyat yaratish, ularning muammolarini davlat siyosati darajasida hal qilish yo‘nalishlarini ham ta’kidlab o‘tgan. Xorijda ishlayotgan 480 mingga yaqin o‘zbek ayollari va ularning farzandlariga oid ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha bir qator vazifalar va yo‘nalishlarni belgilab berdi[2,2017]. O‘zbek ayollari orasida ishlash maqsadida bo‘lsin yoki boshqa sabablar bilan chetga chiqish, ya’ni ayollar migratsiyasi mutlaqo begona holat hisoblanar edi. Bunday holatlar oldin kuzatilmas, ayollar begona ko‘zlardan saqlanar edi. O‘zbek oilalarida erkak kishining chetda migrant bo‘lib ishlab pul yuborib ro‘zg‘or tebratishiga ko‘pchilik o‘rgangan. Ayniqsa qishloq hududlarda yigitlar maktabni tamomlab biror horijiy davlatga ketib ishlashi odatiy holga aylangan. Hozirgi globallashuv sharoyitida ayollar ham erkaklar singari tirikchilik kuyida chetga ishlash uchun ketishmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yildan keyin 272 million xalqaro migrant ro‘yxatga olingan bo‘lsa, shuning 47,9 foizini (130 million) ayollar tashkil etgan. Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlaridan muhojirlarning 49,4 foizi ayollardir[3,2008]. Ayollar orasida mehnat migrantlarining ko‘payishi yoki kamayishi mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Kam daromadli davlatlardan tobora
ko‘proq ayollar oila boqish, pul ishlab topish uchun chetga ishlash uchun chiqadi. Hozirda O‘zbekiston viloyatlarida migratsiya jarayonlari ayollar uchun boshqa davlatda ish topish imkoniyati hisoblanadi[4,33Б]. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil statistik ma’lumotlar bo‘yicha chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston fuqarolari soni o‘rtacha 2,4 million kishini tashkil qilmoqda. Shundan 568,5 ming nafari ayollar (24,1%)[4,2018]. Bu borada ayniqsa vodiy viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Hozirda Andijon viloyatidan 48 ming, Namangan viloyatidan 11 ming, Farg‘ona viloyatidan 30 ming ayollar migratsiyada. Sabablar esa aniqki, ish o‘rinlarining yetishmasligi, daromadni oshirish istagi va boshqa iqtisodiy asoslarga ega. Iqtisodiy muammolar oilalardagi muhitga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanining bir qator qishloqlarida kuzatuvlar olib borganimizda shu narsa aniq bo‘ldiki, sabablar bir-biriga juda yaqin. Intervyularimiz natijalariga ko‘ra, ayollar avvalo oiladagi yetishmovchiliklar, farzandlar uchun munosib sharoyit yaratish, doimiy ish o‘rinlarining yo‘qligi, qarzdorlik, oilaviy kelishmovchiliklar, o‘z uy-joyining yo‘qligi, qarindoshlarining davolanishi uchun mablag‘ga muhtojlik, ba’zi holatlarda turmush o‘rtog‘ining ro‘zg‘or yukini ayoli zimmasiga tashlab qo‘yganligi sabab ayollar chetga ishlashga ketmoqdalar[5,2022]. Ayollar migratsiyasi jarayonlari kengayishda davom etmoqda, chunki: birinchidan, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida aholi qarib, qariyalar ko‘proq g‘amxo‘rlikka muhtoj; ikkinchidan, ayrim mamlakatlarda aholi farovonligi oshib bormoqda, uy xo‘jaliklari uy bekasi, enaga, oshpaz va hokazolarni yollash imkoniyatiga ega[6,596-600]. Migratsiyaga o‘zi ketishga qaror qilgan ayollar asosan bola parvarishi uchun ketishadi. Bolalarni boqish, yaxshi ta’lim berish, ba’zilari bolalarini chiroyli kiyintirish va boshqa sabablar bilan chetga ketib daromad topishni istaydilar. Boshqa ayollar esa farzandlari otasi bilan ulg‘ayib, yaxshi sharoitda yashashlari va yaxshi maktablarda o‘qishlari uchun migratsiya qilishdan xursand bo‘lishadi. Ba’zi ayollar farzandlarini yaqin qarindoshlari qaramog‘ida qoldirib,erlari bilan birga ishlashga borishni tanlashadi. Chunki bolalar bilan borib ishlash bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Farg‘ona viloyati tumanlarida erkaklar uyda farzandlari bilan qolib ayollari ishlash uchun Rossiyaga ketgan holatlar ham talaygina. Bunday holatlar atrofdagilar tomonidan qoralanadi. Kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatadiki, bunday ayollar asosan borib qarindoshlari yoki tanish-bilishlarga qo‘shilishadi. Garchi ketishni istamasalarda oiladagi iqtisodiy ahvolning og‘irligi, turmush o‘rtog‘ining tayinli ishi bo‘lmaganligi sabab ular ketishga majbur bo‘lishadi. Bunday ayollar oiladagi yagona boquvchi hisoblanadi. Lekin bu ayollarni atrof-muhitda qoralash kayfiyati mavjud. Indiana Universiteti (AQSH) Antropologiya fakulteti doktoranti, Inson huquqlari markazi (Dushanbe) xodimi Malika Bahovadinova migratsiyaning feminizatsiyasi mavzusini o‘rganib chiqdi va migratsiya jarayonida ayollar duch keladigan qiyinchiliklar
va imkoniyatlarni tahlil qilgan. Uning fikricha, migratsiya statistikasi manbasidan qat’iy nazar taxminan bo‘ladi. Songgi ma’lumotlarga qaralsa, Tojikistondan Rossiyaga migratsiya oqimida ayollar ulushi taxminan 17 foizni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich migratsiyadagi ayollar ulushi allaqachon sezilarli oshganini bildiradi va u yana ortib borishi mumkin. Bu ko‘rsatkich qo‘shni davlatlar Qirg‘izistonda 39 foizni, O‘zbekistonda esa 19 foizdan ortiqni tashkil etadi.[7,2018] Migratsiyadagi ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq muammolarga uchraydi. Qiyinchiliklar birinchi navbatda ularning faoliyatlari bilan bog‘liq. Ayollar asosan xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lishadi va shu faoliyat bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Mehnat huquqlari nuqtai-nazaridan ayollar ko‘pincha xususiy uy xo‘jaliklarida ishlaydigan “ko‘rinmas ishchi kuchi”ga aylanadi. Bu zo‘ravonlik va bunday ishchi kuchi ekspluatatsiyasini keltirib chiqaradi. Dunyoning ko‘plab mintaqalarida bo‘lgani kabi, Markaziy Osiyo davlatlaridan borgan ko‘plab migrantlar ko‘plab muammolarga duch kelishadi. Ular juda qiyin sharoitlarda ishlashga majbur bo‘ladi. Dam olish va harakat erkinligidan mahrum bOlishadi. Ko‘p holatlarda pasportlari olib qo‘yiladi. Ish xaqi ham past darajada yoki kechikib to‘lanadi. Tadqiqotimiz davomida ko‘plab shunday muammolarga duchor bo‘lgan ayollar bilan suhbatlashdik. Ular aksariyat holatlarda deportatsiya bo‘lishdan qo‘rqib har xil kamsitilishlarga sabr-toqat bilan chidaydilar. Chunki ayrim oilalarning asosiy daromadi mana shu migrant ayollar yuborayotgan mablag‘lar hisoblanadi. Ya’ni ular oiladagi yagona boquvchi hisoblanadi. Bugungi tadqiqotlarga ko‘ra, migrant ayollarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Kattaroq guruhga erlari va bolalari bilan ishlash uchun yoki birga yashash uchun ketayotgan ayollarni kiritish mumkin. Kichik guruhga esa asosan ma’lumotga ega bo‘lmagan, beva, kam malakali, ajrashgan yosh ayollarni kiritish mumkin. Bunday ayollar mustaqil ravishda migratsiya qiladi va ko‘pincha og‘ir va kam haq to‘lanadigan ishlarni bajarib daromad topadilar. Dala tadqiqotlarimiz davomida Rossiyaga borib ishlab kelgan ayollarga “Nima uchun boshqa davlatga borib ishlashni ma’qul ko‘rdingiz?” degan savol bilan murojaat qildik. Respondentimiz 38 yoshli ayol asli kasbi o‘qituvchilik ekani oilaviy iqtisodiy qiyinchiliklar sabab turmush o‘rtog‘i bilan Rossiyaga borib ishlashga majbur bo‘lganini gapirib berdi. Ikki nafar farzandini qaynonasi va onasiga qoldirib ketgan. Gap shundaki, oila katta qarzga botib qolgan va er-xotin pul topib shu muammoni hal etish uchun Rossiyaga ishlashga borgan.[8,2022] Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Demak faqat ishsiz va biror tayinli kasbi bo‘lmagan ayollar emas, balki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan ayollar ham iqtisodiy yetishmovchiliklar sabab chetga chiqib ishlashga majbur bo‘lishadi. Kuzatuvlarimiz davomida migratsiyadan qaytgan ayollar bilan suhbatlashdik. Axborotchilarimizga “Qanday muammolar sizni xorijga borib ishlashga majbur qilgan?” degan savol bilan murojaat qildik. Berilgan javoblarning ko‘p foizini oilasini boqish asosan yolg‘iz ayollarda, moddiy ahvolini yaxshilash maqsadi tashkil qilgan va eng ko‘p
holatlarda oila birligi sababidan majbur bo‘lganliklarini ma’lum qilishgan. Yolg‘iz migratsiyada bo‘lgan ayollar bilan suhbatlashganda asosan oila ehtiyojlari, farzandlarini boqish uchun ishlashga ketishganini ta’kidlashadi. Dang‘ara tumanidagi ayollarining migratsiyasiga ham aynan daromad topish uchun intilish sabab bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari o‘zlari va oilalari uchun yaxshi sharoyit yaratish uchun xam migratsiya qilishmoqda. Asosiy omillardan yana biri shaxsiy munosabatlar, jumladan oilani birlashtirish, nikohni saqlab qolish uchun xam migratsiya ishtirokchisiga aylanishadi. Aynan shu omil Dang‘ara ayollari migratsiyasi sabablari ichida yetakchilik qiladi.Chunki aksariyat erkaklar hozirda migratsiyada mehnat muhojiri sifatida ishlamoqdalar. Bu muhojirlarda doim ham uyga kelib turish imkoni yo‘q. Shuning uchun ayollar bolalari bilan birga ko‘chib ketadi yoki farzandlarni yaqinlariga qoldirib ketishga majbur bo‘ladi. Bunday holatlarni asosan 25-35 yoshlardagi ayollarda kuzatish mumkin. O‘zbekiston fuqarolarining xorijda kasbiy faoliyat ko‘rsatish huquqi O‘zbekiston Respublikasining aholi bandligi to‘g‘risidagi Qonunida (1992-yil fevral) e’lon qilingan va mustahkamlangan. Mehnatning migratsiya jarayonlari sohasida tashkiliy-huquqiy negiz yaratilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 14 iyulda “Ishchi kuchlarini chetdan keltirish va chetga chiqarish masalalarini boshqarish to‘g‘risidagi” 353- sonli Qaroridan boshlangan[9,2019]. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qaroriga muofiq mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda va chet el fuqarolarining Ozbekiston Respublikasida ish bilan ta’minlash masalalarini hal etish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligi, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi qoshidagi fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish regional byurosi zimmasiga yuklatilgan. Tadqiqotlarimiz davomida mana shu agentlikning Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan aynan Dahg‘ara tumanida tashkil etilgan tadbirida ishtirok etdik. Tadbir maqsadi chetga chiqib ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga maslahatlar berish va boradigan davlatlarida qonuniy ish taklif qilishdan iborat bo‘ldi. E’tiborli jihati tadbir qatnashuvchilarining yarmidan ko‘pini turli yoshdagi ayollar tashkil etdi. Ko‘pchiliklari bilan suhbatlashganimizda ular 10, 11 yildan buyon Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan ayollar ekanligiga guvoh bo‘ldik. 2018-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-3839-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʼrib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 725-son qarori, “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi (2020-yil 20-oktyabr), “Xususiy bandlik agentliklari
toʼgʼrisida”gi Qarorlari 2020 -yil 15-sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4829-son qarori migratsiya jarayonlarini tartibga solishga xizmat qiladi[10,2019]. Ushbu qarorlar samarasi ularoq, O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan mehnat migrantlari soni 2020-yilda 508 688 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 126 422 nafarini ayollar, 2021-yil birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 32 888 nafarni shundan 9 279 nafarini ayollarni tashkil etmoqda. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan mehnat migrantlarini 337 910 nafari ishga joylashtirilgan bo‘lib, shundan 65 103 nafarini ayollar tashkil etadi. 2021-yil birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 17 587 nafarni shundan 3 655 nafarini ayollar tashkil tashkil etmoqda[11,2022]. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ayollar migratsiyasi global va mintaqaviy ijtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlar jarayonida muhim omilga aylanmoqda. Ayollar ko‘p hollarda iqtisodiy mustaqillikka erishish, oilaviy farovonlikni ta’minlash yoki ijtimoiy bosimlardan qochish maqsadida migratsiyani tanlaydi. Shu bilan birga, ular ko‘plab muammolarga, jumladan, mehnat ekspluatatsiyasi, ijtimoiy himoya yetishmasligi va gender tengsizligiga duch keladilar. Shu bois ayollar migratsiyasiga oid siyosatlar gender yondashuvini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarur. Migratsiyadagi ayollar roli va ularga ko‘rsatiladigan yordamni kuchaytirish, nafaqat ularning hayot sifatini yaxshilaydi, balki migratsiya jarayonining ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ta’minlaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev. Sh.M.ning 26.02.2021-yil Xotin-qizlarga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha vazifalarga bag‘ishlangan videoselektrdagi nutqidan.https://gazeta.uz https://president.uz/oz/lists/view/4186
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasi. – Toshkent, 2017.
- Абдуразакова Н. Г Женская трудовая миграция в контексте глобализации. Автореферат Казань – 2008
- Пармонов Ф.Халқаро миграцион жараёнлар. Жамият ва бошқарув. 2009-йил 4-сон,33Б.
- Dala yozuvlari. Farg‘ona viloyati, Dang‘ara shaharchasi. 2022-yil
- Пескова Д.Р. Абреу Бастос О.П. Причины, риски и последствия распространения женской трудовой миграции: исследование на региональном уровне. Fundamental Research №11, 2014 стр. 596 – 600
- Abduraxmonova G.Q. Muxitdinov E.M Aholini ish bilan bandligini oshirishda tashqi mehnat migratsiyasining ahamiyati.“ Iqtisodiyot va innovatsiyon texnologiyalar” ilmiy electron jurnali. Iyul-avgust 4/ 2018-yil
- Dala yozuvlari:Farg‘ona viloyati,Dang‘ara tumani Bog‘ish qishlog‘i,Murabbiylar mahallasi.16.01.2022.
- R.Murtazayeva. Millatlararo munosabatlar va tolerantlik.Darslik.Toshkent “MUMTOZ SOZ” 2019 C-282
- Mуртазаева.Р.Ҳ.Глобаллашув шароитида аҳоли миграциясининг феминизациялашуви. “Хотин-қизлар ижтимоий-сиёсий фаоллигини ошириш мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг муҳим омили” мавзусида Республика илмий-амалий анжумани мақолалар тўплами.26-февраль 2019-йил
- @Fayllar.org. Internet materiallari 11.02.2022
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011132
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/104
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 346–351
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25