TURKISTONDA BOLALAR KOMISSIYALARINING TASHKIL ETILISHI VA ULARNING FAOLIYATI
Mamadaliyev Shohrukhbek Islambek ogluUniversity of Bussines and Science o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 275–283
Annotatsiya
Ushbu maqola Turkiston viloyatida 20-asr boshlarida, xususan 1917-yildagi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng bolalar qarovsizligi muammosini va unga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi. Rossiyadagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar, urush, ocharchilik va kasalliklar oqibatida ko‘plab bolalar yetim va qarovsiz qoldi. Sovet hukumati tomonidan yetimxona va bolalar mehnat kommunalari tashkil etilib, bolalarni ta‘minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga harakat qilindi. 1918-yilda tashkil etilgan Nuqsonli bolalar bo‘limi va Bolalarni qutqarish Ligasi kabi tashkilotlar 4 milliondan ortiq qarovsiz bolani qamrab oldi. Turkistonda 1918-yildan boshlab ochlarga yordam komissiyalari va Bolalar komissiyasi tashkil etilib, bolalarni joylashtirish va ta‘minlash ishlari olib borildi. Biroq, moliyaviy qiyinchiliklar, infratuzilma yetishmasligi va kasalliklar muammoni yanada og‘irlashtirdi. Maqola bolalar qarovsizligiga qarshi kurashda davlat va jamoatchilik tashabbuslarining samaradorligi va cheklovlarini ko‘rib chiqadi.
Boshqa tillarda
ruschaСОЗДАНИЕ И ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ДЕТСКИХ КОМИССИЙ В ТУРКЕСТАНЕ
В статье рассматриваются проблемы беспризорности детей в Туркестанском крае в начале XX века, особенно после Октябрьской революции 1917 года, а также меры, предпринятые для их решения. В результате экономических, политических и социальных потрясений в России, а также войны, голода и эпидемий, множество детей осталось сиротами и без присмотра. Советская власть организовала детские дома и трудовые коммуны, стремясь обеспечить детей и предоставить им социальную защиту. Такие организации, как Отдел дефективных детей и Лига спасения детей, созданные в 1918 году, охватили более 4 миллионов беспризорных детей. С 1918 года в Туркестане начали работать Комиссии помощи голодающим и Детские комиссии, занимавшиеся размещением и обеспечением детей. Однако финансовые трудности, нехватка инфраструктуры и болезни усугубляли ситуацию. В статье рассматриваются
inglizchaTHE ESTABLISHMENT AND ACTIVITIES OF CHILDREN‘S COMMISSIONS IN TURKESTAN
This article analyzes the problem of child neglect in the Turkestan region in the early 20th century, particularly after the October Revolution of 1917, and the measures taken to address it. Due to economic, political, and social upheavals in Russia—along with war, famine, and disease—many children were left orphaned and unsupervised. The Soviet government established orphanages and children‘s labor communes in an effort to support and protect these children. Organizations such as the Department for Defective Children and the League for the Rescue of Children, founded in 1918, reached over 4 million neglected children. From 1918 onwards, Aid Commissions for the Starving and Children‘s Commissions were set up in Turkestan to manage the placement and care of these children. However, financial difficulties, lack of infrastructure, and widespread disease exacerbated the crisis. The article examines both the effectiveness and limitations of state and public initiatives in combating child neglect.
Kalit so‘zlar
- Turkiston
- bolalar komissiyasi
- 1917-yil
- ijtimoiy himoya
- tarix
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TURKISTONDA BOLALAR KOMISSIYALARINING TASHKIL ETILISHI VA ULARNING FAOLIYATI
THE ESTABLISHMENT AND ACTIVITIES OF CHILDREN'S COMMISSIONS IN TURKESTAN
СОЗДАНИЕ И ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ДЕТСКИХ КОМИССИЙ В ТУРКЕСТАНЕ
Mamadaliyev Shohruxbek Islombek o‘g‘li University of Bussines and Science o‘qituvchisi shohruhbekm92@mail.ru
Ushbu maqola Turkiston viloyatida 20-asr boshlarida, xususan 1917-yildagi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng bolalar qarovsizligi muammosini va unga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi. Rossiyadagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar, urush, ocharchilik va kasalliklar oqibatida ko‘plab bolalar yetim va qarovsiz qoldi. Sovet hukumati tomonidan yetimxona va bolalar mehnat kommunalari tashkil etilib, bolalarni ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga harakat qilindi. 1918-yilda tashkil etilgan Nuqsonli bolalar bo‘limi va Bolalarni qutqarish Ligasi kabi tashkilotlar 4 milliondan ortiq qarovsiz bolani qamrab oldi. Turkistonda 1918-yildan boshlab ochlarga yordam komissiyalari va Bolalar komissiyasi tashkil etilib, bolalarni joylashtirish va ta’minlash ishlari olib borildi. Biroq, moliyaviy qiyinchiliklar, infratuzilma yetishmasligi va kasalliklar muammoni yanada og‘irlashtirdi. Maqola bolalar qarovsizligiga qarshi kurashda davlat va jamoatchilik tashabbuslarining samaradorligi va cheklovlarini ko‘rib chiqadi. Annotation.
This article analyzes the problem of child neglect in the Turkestan region in the early 20th century, particularly after the October Revolution of 1917, and the measures taken to address it. Due to economic, political, and social upheavals in Russia—along with war, famine, and disease—many children were left orphaned and unsupervised. The Soviet government established orphanages and children's labor communes in an effort to support and protect these children. Organizations such as the Department for Defective Children and the League for the Rescue of Children, founded in 1918, reached over 4 million neglected children. From 1918 onwards, Aid Commissions for the Starving and Children's Commissions were set up in Turkestan to manage the placement and care of these children. However, financial difficulties, lack of infrastructure, and widespread disease exacerbated the crisis. The article examines both the effectiveness and limitations of state and public initiatives in combating child neglect. Аннотация.
В статье рассматриваются проблемы беспризорности детей в Туркестанском крае в начале XX века, особенно после Октябрьской революции 1917 года, а также меры, предпринятые для их решения. В результате экономических, политических и социальных потрясений в России, а также войны, голода и эпидемий, множество детей осталось сиротами и без присмотра. Советская власть организовала детские дома и трудовые коммуны, стремясь обеспечить детей и предоставить им социальную защиту. Такие организации, как Отдел дефективных детей и Лига спасения детей, созданные в 1918 году, охватили более 4 миллионов беспризорных детей. С 1918 года в Туркестане начали работать Комиссии помощи голодающим и Детские комиссии, занимавшиеся размещением и обеспечением детей. Однако финансовые трудности, нехватка инфраструктуры и болезни усугубляли ситуацию. В статье рассматриваются эффективность и ограничения государственных и общественных инициатив в борьбе с беспризорностью. Kalit so‘zlar. “Reformatorium”, “Toshsanatoriya”, “Qizil sado”, Butunittifoq Markaziy Ijro Qo‘mitasi, Bolalar komissiyasi, A.S.Sushko. Keywords. "Reformatorium", "Tash Sanatorium", "Qizil Sado", All-Union Central Executive Committee, Children's Commission, A.S. Sushko. Ключевые слова. «Реформаториум», «Ташсанаторий», «Кызыл садо», ВЦИК, Детская комиссия, А.С. Сушко.
Turkistonda XX asr boshlarida bolalar hayotini og‘irlashdi bunga sabab, Rossiyadagi iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar. Bunday jarayonlar aholi qatlamiga o‘zining katta ta’sirini o‘tkazishi. Halqning ijtimoiy farovonligi va mustaqillikka intilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu davrda iqtisodiy zaifliklar va zo‘ravonliklar, miqdoriy ehtiyojlarning joriy etilishini talab etdi. Turkistonda 1917 yil oktyabr to‘ntarishidan so‘ng bolalar qarovsizligi shakllangan. Turli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy muammolar sabab bolalar qarovsiz qolishi, ko‘cha qarovsiz bolalar oqimi oshib borishi davlat ishtirokini talab qilgan. O‘z navbatida 1917 yil 1-dekabrda Dekretida RSFSR bolalari g‘amxo‘rligi davlat zimmasidaligi belgilanib, Jamoat ta’minoti XK, keyinchalik Ijtimoiy ta’minot XK mas’ulligida 1918 yil 14-yanvarda qabul qilingan Dekretga binoan Nuqsonli bolalar Bo‘limi tashkil etilgan[1] va asosiy e’tibor nuqsonli bolalar ta’minoti va ijtimoiy muhofazasiga qaratilgan.
Bu davrlarda ko‘plab oilalarda ota-nalarning urush, ocharchilik, kasalliklar tufayli halok bo‘ldi. Natijada ko‘plab bolalar yetim qoldi, ko‘chalarda qarovsiz bolalarning ko‘payishi o‘z navbatida nuqsonli bolalardan tashqari sog‘lom, qarovsiz bolalar uchun ham davlat ta’minoti va g‘amxo‘rligi zaruratini keltirib chiqargan.
Sovet hukumati Turkistonda 1917 yildan boshlab bolalarning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rdi bunga ko‘ra, yetimxonalarning tashkil etilishi; bolalar mehnat kommunalarining joriy qilinishi bo‘ldi. Yetimxonalarda – hukumat yetim qolgan bolalar uchun maxsus muassasalar tashkil etdi. bunda bolalarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va turar-joy bilan ta’minlashga harakat qildi. Bolalar mehnat kommunalarida esa bolalarni mehnat qilish orqali tarbiyalanishiga va ijtimoiy hayotga moslashuviga qaratilgan edi. Shu maqsadda, mazkur masalaga ko‘plab davlat organlari mas’ul bo‘lib, 1918 yildan RSFSR Balog‘at yoshiga yetmagan bolalarni himoya qilish komissiyasi mas’ul organga aylandi. Uning asosiy maqsadi – bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy noqulay vaziyatdan muhofaza qilish edi. Komissiya bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoyalashda muhim rol uynandi. Butun mamlakat bo‘ylab qarovsizlik katta muammoga aylanib borishi bilan komissiyaga qo‘shimcha kuch sifatida 1918 yildan Bolalarni qutqarish Ligasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan[2].
RSFSRdagi murakkab vaziyatda ish boshlagan komissiya 4 000 000 dan ortiq qarovsiz va boshpanasiz qolgan bolalarni qamrab oldi. Komissiya asosan Bolalarni davlat ta’minotiga qamrab olish bilan shug‘ullangan. Msalan, Mavjud bolalar soni: - 1917 yil 30 000 ; 1918 yil 75 000; 1919 yil 125 000 ; 1920 yil 400 000 bo‘lgan. Tashkilot shuningdek, 2 000 000 bolaga davlat tomonidan nafaqa, oziq-ovqat va boshqa yordam ko‘rsatilishini ta’minladi[3].
Ushbu komissiyaning faoliyati katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki u ko‘plab bolalarning hayotini yaxshilashga yordam berdi.
Ammo bolalar qarovsizligi haddan ziyod ko‘payishi va faoliyat yetarli bo‘lmaganligi bois 1921 yil 27 yanvarda BMIQ (Butunittifoq Markaziy Ijro Qo‘mitasi) qoshidagi Bolalar hayotini yaxshilash komissiyasi tashkil topgan va bu komissiya asosiy faoliyati barcha davlat organlari hamda tashkilotlarini mazkur masala yo‘lida birlashtirishga qaratilgan[4]. Uning asosiy vazifasi kam ta’minlaganlarga yordam berish;yetim bolalarni ta’minlash; bolalar mehnatini ekspluatatsiyadan himoya qilish; bolalar uchun ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida sharoitlar yaratishdan iborat edi.
Markazdagi bolalar qarovsizligi masalasi bo‘yicha komissiyalar faoliyati hududlarda ham joriy etila boshlagan. 1918 yil 20 noyabrda Turkiston o‘lkasi ochlarga yordam markaziy komissiyasi (O‘OYO MK) Turkistonda mavjud va Volgabo‘yi, Uraloldi hududlaridan (rasman 320 000 kishi) keltirilayotgan aholi vakillari[5], xususan, bolalarga ko‘maklashish maqsadida tuzilgan.
Komissiya 1921 yil 21 iyuldan Turkiston MIQ qoshidagi Ochlarga yordam Markaziy komissiyasi sifatida qayta nomlanib[6], ocharchilik mintaqa vakillarini kutib olish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, shuningdek ocharchilik o‘lkalariga alohida yordam ham ko‘rsatgan.
Jumladan, OYO MK 1921 yil oktyabrda 10 000 000 rubl pul, 2 000 pud (1 pud – 16.8 kg) g‘alla Boshqirdistonga yordam sifatida ajratilgan. Shu tarzda faoliyatini davom ettirgan komissiya tarkibida 3 nafar xodim bilan 1921 yil oktyabr oyida Bolalar Komissiyasi (BK) tashkil etilgan va keltirilayotgan bolalarni qabul qilish, joylashtirish ishlari bilan shug‘ullangan. Ko‘plab bolalar va boshqa muhtoj aholi uchun boshpana va zaruriy yordam tashkil etildi. Komissiya ilk faoliyatida ko‘plab ijobiy natijalarga erishib, 1921 yil 5 noyabr holatiga BK Toshkentga – 445, Avliyo otaga (hozirgi Jambil) – 350, Samarqandga – 500, O‘shga – 100, Bayramaliga (hozirgi Murg‘ob) – 100, Jizzaxga – 87 nafar bola joylashtirgan va oilalarga 8 923 bolani tarbiyaga topshirishga erishgan[7].
Turkistonga Rossiyaning markaziy o‘lkalaridan minglab ochlar qatorida bolalarning keltirilishi nafaqat keltirilgan bolalar, balki, ocharchilikdan aziyat chekayotgan mahalliy xalqlar bolalarini ham ijtimoiy ahvolini og‘irlashtirgan. Ocharchilik boshlanganda Rossiyaning ochlik hukm surayotgan hududlaridan 12 mingga yaqin bola olib kelingan bo‘lib, ularni oilalarga joylashtirish, turar joy bilan ta’minlash masalasi hal qilinmagan, ko‘plari qarovsiz qolib ketgan[8]. qarovsiz bolalarning ko‘plab kirib kelishi, mavjud bolalar muassasalarining sig‘imi bilan qamrab olishni imkoni ko‘rsatmaydi. Natijada, muassasalar to‘lib-toshgani sababli, bolalar milisiya tomonidan komissiya yoki Maorif XK ga yo‘naltiriladi. Shunga qaramay, ko‘p holatlarda aniq choralar ko‘rilmay qolindi, bu esa bolalarning sarson bo‘lishiga olib keldi. Bu muammolar bolalar tarbiyasining buzilishiga, hatto ota-onasi mavjud bo‘lgan bolalarning nazoratsiz ko‘chalarda yurishiga olib keldi, ularning buzg‘unchi guruhlar ta’siriga tushib qolish ehtimolini oshirgan. Mahalliy hukumatning ko‘rgan choralariga qaramay, Turkistonning o‘zida ham ocharchilikni avj olishi vaziyatni juda og‘irlashtirib yuborgan edi. Mahalliy aholining o‘zi ham yordamga muhtoj bo‘lib qolgandi. Ocharchilik chekingan viloyatlarga bolalarni qaytarish uchun esa, faqat ota-onalar arizasi bo‘lgan taqdirda ruxsat berilgan, bunday ariza bilan murojaat qilgan ota-onalar esa juda oz bo‘lgan. Turkistonda esa ularni ta’minlash imkonsiz edi.
Asosiy faoliyati Ocharchilik bolalariga yordamlashish bo‘lib tashkil etilgan BK 1922 yil aprelda Volgabo‘yi bolalari kelishi kamayishi sabab faoliyati to‘xtatilib, Maorif XK (Xalq Komissarligi) tasarrufiga o‘tkazilgan. Natijada, komissiya faoliyati e’tibordan chetda qolib, ko‘plab muammolarni boshdan o‘tkazgan. 1922 yil sentyabrda Komissiya raisi Kadushkin faoliyatidan norozi a’zolar Turkiston MIQga murojaat qilgach, mavjud muammolar o‘rganilib, 1922 yil 5 oktyabrda Turkiston MIQ Bolalar komissiyasi Ochlarga yordam Markaziy Komissiyasiga qayta topshirilib, Evakuatsiya markazi rahbari A.S.Sushko rais etib tayinlangan va 1924 yil 3 iyungacha faoliyat yuritgan[9].
Mazkur tayinlov amalga oshirilishidan ko‘p o‘tmay, 1922 yil 10 oktyabrda Komissiya davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar sabab “Turkiston MIQ bolalar hayotini yaxshilash komissiyasi” tarzida, 1924 yil 13 dekabrda mazkur qarorga o‘zgartirish kiritilib, O‘zSSR MIQ qoshida qayta tashkil qilingan. Milliy-hududiy chegaralanish natijasida 1925 yil 29 sentyabrdagi 116 son Nizomga muvofiq Bolalar markaziy komissiya O‘zSSR MIQ qoshida qayta tashkil etilib, “O‘zbekiston Leninchi yoshlar komunistik ittifoqi Markaziy komissiyasi”, “Qizil xoch rus jamiyati”, “Qo‘shchi jamiyati” faoliyatini birlashtirib borishi belgilangan[10].
1923 yilning apreliga qadar Toshkent va uning atrofida 1100 o‘rinli 11 ta bolalar, o‘smirlar, nogiron bolalar internatlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, Poltoratsk (hozirgi Ashxabod), Kattaqo‘rg‘on, Qo‘qon, Olmaota, Pishpak (Bishkek) shaharlarida 215 o‘rinli qabul qilish-taqsimlash maskanlari tashkil etilgan. Lekin, bu ocharchilik xavf solgan va qarovsiz qolgan bolalar umumiy sonining 10%ini ham qamrab ololmasdi[11]. Bundan tashqari, ana shunday muassasalarda ham bolalarning to‘yib ovqat yemagan, kiyim (ich kiyim, issiq kiyim, oyoq kiyim), yotoq joy uchun jihozlar yetishmasligi kuzatiladi.
Mahalliy Ijroqo‘mlar tomonidan komissiyani qayta tashkil etish masalasi O‘zSSRning 1925 yil 15 oktyabridagi 40-son Qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yish shartligi belgilanib, 1926 yilda 6 ta viloyat, 12 ta uyezd va 2 ta tuman bolalar komissiyasi tashkil etilgan. Mazkur komissiyalarga mablag‘ajratish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash va hokazolar mahalliy Ijroqo‘mlar zimmasida qoldirilishi, ularning faoliyati turli darajada (ta’lim sohasini rivojlantirish, san’at va madaniyatni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy ta’minot) tashkil etilishiga sabab bo‘lgan[12]. 1922 yilda komissiyaga Markaz tomonidan deyarli umuman yordam, mablag‘ajratilmasdan, mablag‘topish asosiy faoliyatiga aylanib qolgan.
Ana shunday holatda Xalq komissarlar Kengashi yig‘ilishida nuqsonli bolalar maktabi uchun kerakli jihozlar smetasi muhokama qilingan, lekin, zururiy mahsulotlarning 1/3 qismi olib berilishiga qaror qilinadi, shunda ham agar moliyaviy manbasi bor bo‘lsa olib berilishi ko‘zda tutilgan. Bolalar vrachi Akodus yig‘ilishda o‘zi borgan internatlardagi holat bo‘yicha illustratsiyalarni taqdim qilib, zangila (milk kasalligi), kamqonlik, bezgak, sil kabi kasalliklar avj olayotganini qayd etadi. Bunday sharoitda bolalar to‘yib ovqatlanish va yaxshiroq joy topish maqsadida internatlardan ommaviy qochib ketish holatlari ko‘payib, asosan kunlar isishi ro‘y bergan. Xususan, 1923 yil bahorida “Reformatorium” nomi bilan ataluvchi internatdan 30 ta bola qochib ketgan[13]. Internatlarda bolalar kasalliklari qarshi kurashish qiyin bo‘lgan, chunki internatlarda sanitar holat juda yomon, gigiyenik vositalarniku umuman ishlatishmagan. Bolalar shifoxonasi to‘lib ketganidan, kasal bolalar internatlarga qaytarib yuborilar, internatdagi izolyator deb nomlangan xonalarga joylashtirilardi. Odatda bolalar turmaydigan, isitilmaydigan xonalar izolyasiyalarga aylantirilgan. Bir qancha muassasalar qatori Reformatoriumda ham bezgak keng tarqalgan. Sog‘liqni saqlash xalq komissarligi dori-darmon vositalarini juda kam yetkazib berishi vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. Internatlar xodimlar kam bo‘lib, oyliklarning to‘lanmasligi, borlarining ham ishdan ketib qolishlariga sabab bo‘lgan[14].
Mablag‘topish maqsadida 1922 yil noyabr oyining o‘zida “Bolalarga yordam haftaligi” o‘tkazib, undan tushgan 450 000 rublni bolalar muassasalariga yordam sifatida ko‘rsatgan va afsuski bolalar qarovsizligi masalasi bilan rejaga muvofiq shug‘ullana olmagan[15]. Komissiya 1921 yil 21 iyuldan Turkiston MIQ qoshidagi Ochlarga yordam Markaziy komissiyasi sifatida qayta nomlanib, ocharchilik mintaqa vakillarini kutib olish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, shuningdek ocharchilik o‘lkalariga alohida yordam ham ko‘rsatgan.
Bolalar komissiyasi esa Bolalarga yordam jamiyati faoliyatini jonlantirish uchun jamoatchilik, tadbirkorlarni jalb qilish bilan shug‘ullangan. Jumladan, 1924 yil Samarqand Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi Bolalar komissiyasi hamda tadbirkorlar Abramov va Kulangiyevlar bir oyda jamiyatga 500 nafardan 1 000 nafargacha a’zo to‘plab, a’zolik badalini 3-10 rubl atrofida belgilab, 3 000-5 000 rubl tushum majburiyatidagi bir yillik shartnoma imzolashgan[16].
Jamiyat bu mablag‘ga tijorat korxonalari tuzib, sof foydaning yarmi jamiyat xarajatlariga, agar daromad yaxshi bo‘lsa tadbirkorlarga 150 rubl maosh, qolgani zahiraga, daromad yomon bo‘lsa tadbirkorlar maoshsiz ishlashi belgilangan[17].
Komissiya moddiy asosini yaxshilash maqsadida Butunittifoq MIQning 1924 yil 22 sentyabrdagi 32-son bayonnomasi bilan qarovsiz bolalarga yordam ko‘rsatish uchun RSFSRning “Lenin nomidagi fond tashkil etish to‘g‘risida Qarori” qabul qilingan. Fond mablag‘i 10 000 000 rubl RSFSR davlat mablag‘lari hisobidan, qolgan 10 000 000 rubl esa MIQ qoshidagi Lenin fondiga ma’muriy hududiy birliklar turli yig‘imlarining 35 foizini yo‘naltirish orqali jami 20 000 000 rubl etib belgilangan. Fondning asosiy maqsadi Qarovsiz bolalarni kommunistik g‘oyalarga munosib tarbiyalash bo‘lib, 1924 yilda tuzilgan Fondni O‘zSSRda tuzish komissiyasi 1927 yil aprelda tuzilganligi uning O‘zSSRda faoliyatini cheklab qo‘ygan[18].
Ammo Komissiya turli tadbir va dasturlar orqali mablag‘topib, o‘z tashabbusi bilan 1922-1923 yil qishda Farg‘ona vodiysi Ocharchilik mintaqa bolalariga 5 360 rubl, 20 608 arshin manufaktura, 4 225 kiyim bosh, 1 631 juft oyoq kiyim taqdim etib, 1923 yil may-oktyabr oylari Volgabo‘yi va Qirg‘iziston ocharchilik o‘lkalari 3 200 nafar bolalarini kiyim bosh, bilet, 2-3 haftalik oziq-ovqat, tibbiy vosita, kuzatuvchi shifokor bilan ta’minlab, reyevakuatsiya qilgan. 1923 yil avgustida Komissiya viloyat, uyezd bo‘limlari tuzilib, faoliyati kengaytirilishi bilan Markaziy Bolalar Komissiyasi (MBK) bolalar masalasi bo‘yicha markaziy organga aylanib borgan. Buni Maorif XKdan 1925 yil 7 martda qochoq bolalardan Cherkaskiy uyezdidan 1921 yil 10 yoshida yuborilgan 14 yoshli Rahmonqul Ayvuzov, 1922 yil Chelyabinskdan Vologodskka yuborilgan 12 yoshli Zinida Tirinalar 149 bo‘yicha ma’lumot so‘raganidan ham anglash mumkin[19]. Markazdagi bolalar qarovsizligi masalasi bo‘yicha komissiyalar faoliyati hududlarda ham joriy etila boshlagan. 1918 yil 20 noyabrda Turkiston o‘lkasi ochlarga yordam markaziy komissiyasi (O‘OYO MK) Turkistonda mavjud va Volgabo‘yi, Uraloldi hududlaridan (rasman 320 000 kishi) keltirilayotgan aholi vakillari, xususan, bolalarga ko‘maklashish maqsadida tuzilgan[20].
Bolalar qarovsizligi juda yirik muammoga aylanishi sabab 1923 yil Komissiya faoliyatiga yordamlashish maqsadida o‘zbekistonliklar 36 000 rubl pul, 35 454 kiyim-bosh, 1 671 juft oyoq kiyim, 19 517 pud oziq-ovqat, 350 pud parhez mahsulotlar yig‘ib topshirgani bolalar masalasiga o‘zbekistonliklarning qanchalik jonkuyarligi namunasi edi. O‘z navbatida Komissiya jalb qilingan moddiy boyliklarni bolalar hayotini yaxshilashga sarflab, 1923 yil 29 iyulda Toshkentdagi Quyosh bilan davolovchi muassasa qoshida 60 nafar bolaga tuxum, non, sutdan iborat nonushta, kasalmand va sil bolalar uyiga 100 000 rubl yordam bergan[21].
Shu o‘rinda Bolalar komissiyasi moliyaviy yetishmovchiliklarga qaramay, 1922 yil oktyabrdan 1924 yil iyungacha faoliyat yuritib, juda ko‘p mablag‘va zaruriy xom-ashyolar bilan ta’minlagan: 107 478,69 rubl mablag‘; 19 998 pud oziq-ovqat; 277 pud parhez mahsulotlari; 4 839 juft oyoq kiyim; 30 346 dona kiyim kechak; 38 884 arshin gazmol shuningdek, 4 960 bola reyevakuatsiya qilingan, 1 023 bola bolalar uyiga joylashtirilgan[22]. Biroq, komissiyaning amalga oshirgan ishlari ko‘p hollarda samarasiz bo‘lgan. 1923 yil yozida Rossiyaga yuborilgan 4 500 bolaning 350 nafari (8%) nuqsonli bo‘lgan. 50% bolalar yuborilgan joylarning yaxshi bo‘lishi umidida, manzilga borganda nufuzi bo‘lmagan joyda qolishgan va Turkistonga qaytishni xohlagan[23]. Bu o‘z navbatida ajratilgan mablag‘larning besamar ketganidan dalolat beradi.Bu holat, qarindoshi va manzili noma’lum bolalar reyevakuatsiyasini ta’qiqlashga olib keldi.
Bolalarni reyevakuatsiya qilish bilan birga ularni ishga joylashtirish bo‘yicha ham Komissiya ko‘plab ishlar bajargan bo‘lib, 1923 yil 500 nafar bolani internatlarga joylashtirib, “Toshsanatoriya” va “Qizil sado” fabrikalarida 400 bolaga qabulxona tashkil etgan va u yerda bolalar uchun shart-sharoitlar yaratib berilgan. Mavjud imkoniyat va shart-sharoit murakkabligi sabab 150 nafar bola ko‘chada jinoyatga moyil, tarbiyasi yomon holatda qolavergan. MBK mavjud mablag‘i qarovsiz bolalarga sarflanishi sabab qishda ahvol yanada og‘irlashgan. Shu davrda Sovet hukumatining Turkistonda “Bolalar jamoatchiligi huquqlari” ga doir nizomi joriy etildi[24]. Unga ko‘ra quyidagilardan foydalanadi: - viloyat, tuman, shahar va tuman bo‘limlarini tashkil etish;
- bolalarga yordam berishda sovet jamoatchiligini chuqurlashtirish va tarqatish uchun keng og‘zaki va yozma tashviqot olib borish; - adabiyot, ommabop va ilmiy davriy nashrlar, varaqalar, plakatlar, fotosuratlar, lito grafik nashrlar va boshqalarni nashr etish; - xayriya spektakllari, konsertlar, kechalar, xalq sayrlarini tashkil etish, lotereyalar, xayriya bozorlari, ko‘rgazmalar, ma’ruzalar, namoyishlar, ekskursiyalar va musobaqa kurslarni tashkil etish; - ijaraga olish, ekspluatatsiya qilishni tashkil qilish, tegishli ruxsat bilan tegishli hokimiyat organlari orqali davlat organlarini tashkil etish yoki ular bilan kelishuv asosida. Bolalar Uylari. Yasli, ona va bola uylari. Internatlar. Umumiy hayot, qo‘l mehnati maktablari, dam olish koloniyalari, sanatoriylar va boshqa bolalar muassasalari; -ilmiy biologiyada bolalarning hayotini o‘rganish uchun ilmiy va ekspert komissiyalarini tashkil etish kabilar[25]. 1924 yil 1-yarmida Turkiston SSR XII s’ezdida bir qator xususiy tijorat muassasalari moliyaviy islohoti tufayli MBK imtiyozlari bekor qilingan. Shunday bo‘lsada, Toshkentda 100 kishilik sanatoriyakoloniya, Chimyonda 30 kishilik sil bolalar sanatoriya tashkil etib, sog‘lom va kasal bolalar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib kelgan[26]. Xulosa qilib aytganda, Komissiya tomonidan amalga oshirilgan amaliy choralar, jumladan, davlat tomonidan moliyaviy yordam, oziq-ovqat va nafaqalar, 1917-1920 yillarda millionlab bolalarning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1920-yillarda bolalar qarovsizligiga qarshi kurashishda Milliy bolalar komissiyasi (MBK) tomonidan ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilgan. Davlat va jamiyat qo‘shma harakatlari orqali bolalar uchun internatlar, sanatoriyalar va ish joylari tashkil etilgan. Biroq, yetarli mablag‘va resurslar yetishmasligi sabab, bolalarning sog‘liq, oziq-ovqat va sanitargigiyenik sharoitlarini yaxshilashda qiyinchiliklar uchragan.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar26 ta adabiyot
- Директивы ВКП (б) и Постановления Советская правительства о народном образовании (1917-1947). – Москва: Литература, 1947.
- Зензинов В. Безпризорные. – Париж: Современный Записки, 1929.
- Софинов П. Очерки истории ВЧК (1917–1922 гг.). – Москва: Политической литературы, 1960.
- Софинов П. Очерки истории ВЧК (1917–1922 гг.). – Москва: Политической литературы, 1960.
- Расулов А.Н. Туркистон ва Волгабўйи, Уралолди халқлари ўртасидаги муносабатлар (1917 – 1924 йиллар). – Тошкент: Университет, 2005. Монография.
- Қ.Ражабов, Ўзбекистон XX асрда биринчи жилд, “Фан” нашриёти. Т-2024.
- ЎзМА, Р.25-фонд, 1-рўйхат, 682-иш, 600-варақ.
- ЎзМА, Р.34-фонд, 1-рўйхат, 479-иш, 80-варақ.
- ЎзМА, Р.86-фонд, 1-рўйхат, 4399-иш, 2-варақ.
- ЎзМА, Р.837-фонд, 1-рўйхат, 15-иш, 96-варақ
- ЎзМА, Р.86-фонд, 1-рўйхат, 2581-иш, 55-варақ.
- ЎзМА, Р.86-фонд, 1-рўйхат, 3585-иш, 44-варақ.
- ЎзМА, Р.17-фонд, 1-рўйхат, 17-иш, 88-варақ.
- ЎзМА, Р.17-фонд, 1-рўйхат, 368-иш, 37-варақ.
- ЎзМА, Р.17-фонд, 1-рўйхат, 93-иш, 127-варақ.
- Ф.Усманов дисссертация иши / Ўзбекистонда болалар қаровсизлиги масалалари / Чирчиқ. 2022й.
- ЎзМА, Р.86-фонд, 1-рўйхат, 2589-иш, 83-варақ
- ЎзМА, Р.837-фонд, 5-рўйхат, 497-иш, 22-варақ.
- ЎзМА, Р.34-фонд, 1-рўйхат, 2452-иш, 9-варақ.
- Қ.Ражабов, Ўзбекистон XX асрда биринчи жилд, “Фан” нашриёти. Т-2024.
- ЎзМА, Р.17-фонд, 1-рўйхат, 368-иш, 37-варақ.
- ЎзМА, Р.86-фонд, 1-рўйхат, 2581-иш, 43-варақ.
- ЎзМА, Р.17-фонд, 1-рўйхат, 368-иш, 154-варақ.
- Устав. Туркестанского Советского “Общества помощи детям” (ОПД) Ташкент., 1924
- Устав. Туркестанского Советского “Общества помощи детям” (ОПД) Ташкент., 1924
- ЎзМА, Р.25-фонд, 1-рўйхат, 1848-иш, 2-варақ
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011122
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/93
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 275–283
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25