Asosiy mazmunga o‘tish

NAMANGAN VILOYATIDA PISA TADQIQOTLARIGA TAYYORGARLIK TARIXI

Ulugbek Kadirjanovich Yuldashev“University of Business and Science”«Ijtimoiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 357–362

Annotatsiya

Ushbu maqolada Namangan viloyatida PISA xalqaro baholash tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, respublika bo‘yicha tashkil etilgan seminarlar, treninglar va tayanch maktablar faoliyatida haqida ham umumiy ma‘lumotlar aks etgan. Maktab ta‘limi sohada xalqaro baholash tadqiqotlarini tashkil etish bo‘yicha rasmiy hujjatlar, arxiv materiallari, davriy matbuot materiallari hamda Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi hisobotlari, rasmiy xatlari va ma‘lumotnomalari asosida tayyorgarlik jarayonlari bayon qilindi.

Boshqa tillarda

ruschaИСТОРИЯ ПОДГОТОВКИ К ИССЛЕДОВАНИЯМ PISA В НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ

В данной статье рассказывается о работе, проделанной в Наманганской области в процессе подготовки к международному оценочному исследованию PISA. Также представлена общая информация о семинарах, тренингах и деятельности базовых школ, организованных по всей республике. Описаны процессы подготовки на основе официальных документов, архивных материалов, материалов периодической печати, а также отчетов, официальных писем и справок Управления дошкольного и школьного образования Наманганской области по организации международных оценочных исследований в сфере школьного образования.

inglizchaHISTORY OF PREPARATION FOR PISA RESEARCH IN NAMANGAN REGION

This article discusses the work carried out in the Namangan region in preparation for the PISA international assessment study. Also, general information about seminars, trainings, and the activities of basic schools organized throughout the republic is reflected. Based on official documents, archival materials, periodical press materials, as well as reports, official letters, and certificates of the Namangan Regional Department of Preschool and School Education, the preparation process for the organization of international assessment studies in the field of school education was described.

Kalit so‘zlar

  • xalqaro baholash tadqiqotlari
  • PISA
  • Namangan viloyati
  • seminarlar
  • treninglar
  • tayanch maktablar
  • qo‘llanmalar
  • bilim
  • ko‘nikmalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

NAMANGAN VILOYATIDA PISA TADQIQOTLARIGA TAYYORGARLIK TARIXI

ИСТОРИЯ ПОДГОТОВКИ К ИССЛЕДОВАНИЯМ PISA В НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ

HISTORY OF PREPARATION FOR PISA RESEARCH IN NAMANGAN REGION

Ulugbek Kadirjanovich Yuldashev “University of Business and Science”«Ijtimoiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi e-mail: ulugbekiuldashev08@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya Ushbu maqolada Namangan viloyatida PISA xalqaro baholash tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, respublika bo‘yicha tashkil etilgan seminarlar, treninglar va tayanch maktablar faoliyatida haqida ham umumiy ma’lumotlar aks etgan. Maktab ta’limi sohada xalqaro baholash tadqiqotlarini tashkil etish bo‘yicha rasmiy hujjatlar, arxiv materiallari, davriy matbuot materiallari hamda Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hisobotlari, rasmiy xatlari va ma’lumotnomalari asosida tayyorgarlik jarayonlari bayon qilindi. Аннотация В данной статье рассказывается о работе, проделанной в Наманганской области в процессе подготовки к международному оценочному исследованию PISA. Также представлена общая информация о семинарах, тренингах и деятельности базовых школ, организованных по всей республике. Описаны процессы подготовки на основе официальных документов, архивных материалов, материалов периодической печати, а также отчетов, официальных писем и справок Управления дошкольного и школьного образования Наманганской области по организации международных оценочных исследований в сфере школьного образования. Abstract This article discusses the work carried out in the Namangan region in preparation for the PISA international assessment study. Also, general information about seminars, trainings, and the activities of basic schools organized throughout the republic is reflected. Based on official documents, archival materials, periodical press materials, as well as reports, official letters, and certificates of the Namangan Regional Department of Preschool and School Education, the preparation process for the organization of international assessment studies in the field of school education was described. Kalit so‘zlar Xalqaro baholash tadqiqotlari, PISA, Namangan viloyati, seminarlar, treninglar, tayanch maktablar, qo‘llanmalar, bilim, ko‘nikmalar Ключевые слова Международные оценочные исследования, PISA, Наманганская область, семинары, тренинги, базовые школы, пособия, знания, навыки Key words International assessment studies, PISA, Namangan region, seminars, trainings, base schools, manuals, knowledge, skills

O‘zbekiston hukumati ta’lim sohasida uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlar asosida sifatli ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish hamda olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishiga o‘rgatish kabi muhim masalalarga e’tibor qaratmoqda. Maktab ta’limi tizimida shu vaqtga qadar, asosan, yodlashga yo‘naltirilgan o‘qitish tartibi mavjud edi. O‘zbekistonda endilikda maktab o‘quvchilarining olgan bilimlarini hayotiy vaziyatda qo‘llay olish, tanqidiy fikrlash, kreativlik kabi xususiyatlarini shakllantirishga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu masaladagi mavjud muammolarni o‘rganish va xalqaro tajriba asosida yechimlar topish maqsadida O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining turli xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirokini yo‘lga qo‘yishga qaror qilindi. 2018-yil 8- dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 997-sonli qarori bilan boshlangʻich 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash uchun (PIRLS), 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash uchun (TIMSS), 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun (PISA), rahbar hamda pedagog kadrlarning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʻqituvchilarning ish sharoitlarini oʻrganish uchun (TALIS) dasturlari boʻyicha ishlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan [1;111]. Ushbu xalqaro tadqiqotlar orasida PISA tadqiqoti O‘zbekiston uchun ham muhim ahamiyat kasb etib, ushbu tadqiqotda O‘zbekiston ilk bor 2022-yilda ishtirok etdi. PISA tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekiston uchun bir qator imkoniyatlar yaratib beradi. Xususan, tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratishga ham imkon beradi [2]. PISA va boshqa xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish O‘zbekiston uchun ta’limda xalqaro tajribani o‘rganish va joriy etishga ham sharoit yaratadi. PISA tadqiqotlarida ilk bor ishtirok etadigan O‘zbekiston tayyorgarlik masalasiga jiddiy e’tibor qaratdi. Respublika bo‘yicha 2018-yil dekabrdayoq tizimli ravishda tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi. Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi”da xalqaro tadqiqotlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining tajribasini o‘rganish maqsadida 2018-yil dekabr oyidayoq ushbu davlatlarga xizmat safarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi [3]. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishda, birinchi navbatda, MDH davlatlaridan Rossiya Federatsiya va Qozog‘iston Respublikasi tajribasiga tayanishga qaror qilgani bu davlatlarda ham sovet davridan meros qolgan ta’limning umumiy xususiyatlari mavjudligi bilan izohlanadi. Respublika bo‘yicha ko‘plab konferensiya va seminarlar tashkil etilib, PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori – Milliy

loyiha menejeri A.Ismoilov PISA 2021 tadqiqotlariga tayyorgarlik bilan bog‘liq tashkil etilgan seminarda boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning yordami va qo‘llab-quvvatlashi haqida ham ta’kidlab o‘tdi. Masalan, Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi PISA uchun yangi mamlakatlar,shu jumladan, O‘zbekiston uchun qo‘shimcha metodik va konsultativ ko‘mak berish, PISA tadqiqotlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash, so‘rovlarni amalga oshirish, imkoniyatlarni tahlil qilish, salohiyatni oshirish va loyihani amalga oshirish rejalari, milliy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish, milliy sifat nazorati va dasturlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) tomonidan biriktirildi hamda ushbu tashkilot bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi [4]. Bu O‘zbekistonning PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik davomida hamkorlik geografiyasini kengaytirib borganiga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, PISA tadqiqotlarini tashkil etadigan IHTT tomonidan e’tibor qaratilganini ham ko‘rsatadi. PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik jarayonida maktab ta’limida mavjud muammolarni o‘rganish va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbayev Xalq ta’limi vazirligidagi videselektor yig‘ilishda o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib mavjud muammolarga to‘xtalib o‘tdi. U 2019-yildan Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan umumta’lim maktablarining milliy reytingi yuritila boshlashiga to‘xtalib o‘tib, mavjud muammolarni ta’kidladi. Bular qatorida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik masalasi, amalda milliy reyting tizimining ta’lim sifatini xolisona baholash imkoniyati, o‘quvchilarning maktabda olgan bilimini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmasi shakllanmaganligi, ta’lim sifatini ta’minlash uchun maktablarning moddiy texnika bazasi va o‘quv-labaratoriy jihozlari yetarli emasligi, o‘qituvchilarning salohiyati va muntazam o‘z ustida ishlamayotganligi kabi muammolarga jiddiy e’tibor qaratildi [5]. Maktab ta’limida mavjud muammolarni hal qilish ta’lim sifatini yaxshilash va xalqaro tadqiqotlarda yaxshi natijalar qayd etish imkonini berardi. Shuning uchun ham bu masalalarga jiddiy e’tibor qaratildi. Xalqaro tadqiqotlar, shu jumladan, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik masalasi respublika bo‘yicha barcha viloyatlarda tayyorgarlik ko‘rilgani bilan ajralib turadi. Xususan, Namangan viloyatida ham Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbarligida ushbu tadqiqotga tayyorgarlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 997-sonli qarori ijrosini ta’minlash uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2018-yil 18-dekabrda 316-sonli buyruq chiqarilib, unda viloyatlardagi xalq ta’limi boshqarmalariga topshiriqlar berilgan edi. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlashga qaratilgan Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2018-yil 24-dekabrdagi 226-sonli buyrug‘ida viloyatda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik uchun ishchi guruh tarkibi va yo‘l xaritasi tasdiqlandi [6]. Ishchi guruh tarkibi tasdiqlangach, viloyat bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan 2019-yil 16-mart kuni tashkil etilgan xalqaro tadqiqotlarda

ishtirok etish bilan bog‘liq seminarda ushbu tadqiqotlarning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Xususan, PISA tadqiqoti muayyan maktab o‘quv dasturlarining ustunligini o‘rganish o‘rniga, o‘quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash va muloqot qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi [7]. Bunday seminarlarni tashkil etish orqali xalqaro tadqiqotlarning maqsadlari haqida ma’lumotlar berish tayyorgarlik jarayonini to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi. PISA tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonida maktablarda tashkil etilgan tajriba sinovlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 2020-yilda Respublika miqyosida 84 ta maktablar PISA dasturi doirasida tajriba sinov sifatida ishtirok etishi belgilab berilgan bo‘lsa, shundan Namangan viloyatidan 5 ta maktab tanlab olindi (1-jadval).

1-jadval. Namangan viloyatidan PISA tajriba-sinovida qatnashgan maktablar

№ Tuman (shahar) nomi Maktab nomi 1 To‘raqo‘rg‘on tumani 16-maktab 2 Mingbuloq tumani 6-maktab 3 Chust tumani 41-maktab 4 Namangan shahri 7-maktab 5 Namangan shahri 49-maktab

PISA dasturi doirasida tajriba sinov Respublika Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yilning 27-aprelidan 30-apreligacha bo‘lgan muddat oralig‘ida o‘tkazildi. Namangan shahridagi 7-maktab karantinda bo‘lganligi sababli 12-may kuni o‘tkazildi [8]. Viloyat miqyosida 5 ta maktabda tajriba sinov o‘tkazilishi haqiqiy sinovga tayyorgarlik ko‘rish vositasi bo‘lib xizmat qildi. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari haqida dastlabki taassurotlar olish imkonini berdi. Namangan viloyati bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik uchun markaz vazifasini bajaradigan tayanch maktablar belgilab olinib, ularda baholash tadqiqotlariga ixtisoslangan fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus treninglar ham tashkil etildi. 2021-yil 14-oktabrdagi Namangan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlariga yuborgan rasmiy xatida tayanch maktablar uchun tavsiyaviy xarakterdagi o‘quv dasturi ishlab chiqilgani haqida yetkazildi. Unga ko‘ra, Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida Respublika ta’lim markazi hamda A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan tayanch maktablar uchun treninglar o‘quv dasturi” ishlab chiqilgan. Ushbu dastur xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun tashkil etilgan tayanch maktablar bazasida o‘qish, matematik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, kreativ fikrlash kabi yo‘nalishlarda seminar, trening va o‘quv mashg‘ulotlarini samarali va tizimli tashkil etishda metodik jihatdan qo‘llabquvvatlashga qaratilgan [9]. Ushbu misol respublika bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga tizimli ravishda tayyorgarlik ko‘rilganini bildiradi. O‘zbekistonning PISA tadqiqotida 2021-yil ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Lekin pandemiya natijasida sinovlar 2022-yil aprel-may oylariga ko‘chirildi [10;27]. PISA Boshqaruv Kengashi pandemiya natijasidagi qiyinchiliklar tufayli PISAning 8-baholash tadqiqoti 2022-yilga ko‘chirilganini ta’kidlagan [11;40]. 2023-yilda e’lon qilingan xalqaro baholash tadqiqoti natijalari O‘zbekistonni juda past natijalar qayd etganini ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, har uchala yo‘nalish (matematika, o‘qish savodxonligi va tabiiy fanlar) bo‘yicha oxirgi o‘rinlarni qayd etib, o‘rtacha ko‘rsatkichlardan past natijalar qayd etgan [12]. Ushbu past natijalar maktab ta’limida mavjud muammolarni ko‘rsatib, keyingi tadqiqotlarda yaxshiroq ishtirok etish uchun kamchiliklarni bartaraf etishga undaydi. Namangan viloyatida ham xalqaro baholash tadqiqotining keyingi bosqichlariga tayyorgarlik davom ettirilishi, avvalgi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlash ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги жорий архиви. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг асосий фаолият бўйича буйруқлари. Декабрь. № 1000- 1019. 2018 йил. 2. Тиллаев Р. Халқ таълими тизимида таълим сифатини баҳолаш соҳасидаги халқаро тадқиқотларга тайёргарлик кўриш ва ташкил этиш. Методик қўлланма. – Наманган, 2020. 3. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 8 декабрьдаги 997-сонли “Халқ таълими тизимида таълим сифатини баҳолаш соҳасидаги халқаро тадқиқотларни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорига 1-илова. 4. Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази директори – Миллий лойиҳа менежери А.Исмаиловнинг “Таълим сифатини баҳолаш бўйича PISA 2021 халқаро тадқиқотларида Ўзбекистон Республикасининг иштирок этишига тайёргарлик кўриш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги республика семинаридаги маърузаси. 5. Таълим сифатини назорат қилиш Давлат инспекцияси бошлиғи У.Ташкенбаевнинг “Умумтаълим муассасалари рейтингини аниқлашни самарали ташкил этиш ҳамда PISA халқаро тадқиқотларида Ўзбекистон Республикасининг иштирок этишига тайёргарлик кўриш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 2019 йил 30 январьда Халқ таълими вазирлигида қилган маърузаси. 6. Наманган вилоят халқ таълими бошқармаси бошлиғининг 24.12.2018 даги 226-сонли “Халқ таълими тизимида таълим сифатини баҳолаш соҳасидаги халқаро тадқиқотларни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги буйруғи.

7. “Халқаро баҳолаш дастурларида муваффақиятли иштирок этиш – таълим сифатини оширишнинг муҳим омили” мавзусидаги семинар прессрелизи. Тошкент, 2019. 8. Наманган вилоят халқ таълими бошқармаси. “Халқаро тадқиқотларини ўтказиш учун танланган умумий ўрта таълим муассасаларида ўқувчилар билимини баҳолашни юқори савияда ташқил этиш бўйича амалга оширилган ишлар тўғрисида”ги маълумотнома. 2021 йил. 9. Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 14.10.2021 dagi Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlariga rasmiy xati. 10. Ташибекова М. Бошланғич синфларда STEAM – таълим технологиясидан фойдаланиш методикаси (Табиий фанлар мисолида). Педагогика фан. фал. док. (PhD) … дис. – Наманган, 2022. 11. PISA 2022 Results (Volume II): Learning During – and From – Disruption. – Paris: OECD Publishing, 2023. 12. Ma’rifat. 2024-yil 28-fevral.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги жорий архиви. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг асосий фаолият бўйича буйруқлари. Декабрь. № 1000-1019. 2018 йил.
  2. Тиллаев Р. Халқ таълими тизимида таълим сифатини баҳолаш соҳасидаги халқаро тадқиқотларга тайёргарлик кўриш ва ташкил этиш. Методик қўлланма. – Наманган, 2020.
  3. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 8 декабрьдаги 997-сонли “Халқ таълими тизимида таълим сифатини баҳолаш соҳасидаги халқаро тадқиқотларни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорига 1-илова.
  4. Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази директори – Миллий лойиҳа менежери А.Исмаиловнинг “Таълим сифатини баҳолаш бўйича PISA 2021 халқаро тадқиқотларида Ўзбекистон Республикасининг иштирок этишига тайёргарлик кўриш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги республика семинаридаги маърузаси.
  5. Таълим сифатини назорат қилиш Давлат инспекцияси бошлиғи У.Ташкенбаевнинг “Умумтаълим муассасалари рейтингини аниқлашни самарали ташкил этиш ҳамда PISA халқаро тадқиқотларида Ўзбекистон Республикасининг иштирок этишига тайёргарлик кўриш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 2019 йил 30 январьда Халқ таълими вазирлигида қилган маърузаси.
  6. Наманган вилоят халқ таълими бошқармаси бошлиғининг 24.12.2018 даги 226-сонли “Халқ таълими тизимида таълим сифатини баҳолаш соҳасидаги халқаро тадқиқотларни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги буйруғи.
  7. “Халқаро баҳолаш дастурларида муваффақиятли иштирок этиш – таълим сифатини оширишнинг муҳим омили” мавзусидаги семинар пресс-релизи. Тошкент, 2019.
  8. Наманган вилоят халқ таълими бошқармаси. “Халқаро тадқиқотларини ўтказиш учун танланган умумий ўрта таълим муассасаларида ўқувчилар билимини баҳолашни юқори савияда ташқил этиш бўйича амалга оширилган ишлар тўғрисида”ги маълумотнома. 2021 йил.
  9. Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 14.10.2021 dagi Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlariga rasmiy xati.
  10. Ташибекова М. Бошланғич синфларда STEAM – таълим технологиясидан фойдаланиш методикаси (Табиий фанлар мисолида). Педагогика фан. фал. док. (PhD) … дис. – Наманган, 2022.
  11. PISA 2022 Results (Volume II): Learning During – and From – Disruption. – Paris: OECD Publishing, 2023.
  12. Ma’rifat. 2024-yil 28-fevral.10.9734/bpi/anums/v7/7598e

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011134
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/107
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
357–362
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25