Asosiy mazmunga o‘tish

MUSTAQILLIK YILLARIDA FARG‘ONA VODIYSIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLARNING MILLATLARARO MUNOSABATLARDAGI O‘RNI

Babazhanova Diloram BabazhanovnaO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, tarix fanlari doktori2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 298–303

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonning aholi va mehnat resurslariga boyligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadigan va so‘nggi yillarda aholi soni bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan ko‘pmillatli Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar xususida so‘z yuritiladi. Vodiy viloyatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning millatlararo munosabatlardagi o‘rni masalasi yoritib berilgan. Shuningdek, totuvlik va bag‘rikenglikni saqlashga doir davlat siyosatining olib borilishi natijasida turli millatlar o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-odat hamda an‘analar uyg‘unlikda, bir-biridan quvvat olgan holda tobora rivoj topayotganligi bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ НА МЕЖНАЦИОНАЛЬНЫЕ ОТНОШЕНИЯ ЗА ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ

В этой статье речь пойдет о социально-экономических изменениях в многонациональной Ферганской долине, которая отличается от других регионов Узбекистана богатством населения и трудовых ресурсов и в последние годы занимает лидирующие позиции в стране по численности населения. Было подчеркнуто влияние социально-экономических изменений в регионах долины на межнациональные отношения. Также утверждается, что в результате реализации государственной политики по поддержанию согласия и толерантности общечеловеческие ценности и национальные обычаи и традиции разных народов все больше развиваются в гармонии, обладая взаимной силой.

inglizchaTHE IMPACT OF SOCIO-ECONOMIC CHANGES IN THE FERGANA VALLEY ON INTERETHNIC RELATIONS DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE

This article will talk about socio-economic changes in the multinational Fergana Valley, which is distinguished from other regions by the wealth of Uzbekistan in population and labor resources and has occupied the leading position in the country in terms of population in recent years. The impact of socio-economic changes in the Valley regions on interethnic relations has been highlighted. It is also stated that as a result of the implementation of state policy on maintaining harmony and tolerance, universal values and national customs and traditions among different nations are increasingly developing in harmony, with mutual power.

Kalit so‘zlar

  • Farg‘ona vodiysi
  • aholi va mehnat resurslari
  • ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
  • millatlararo munosabatlar
  • totuvlik
  • bag‘rikenglik
  • umuminsoniy qadriyatlar
  • milliy urf-odatlar
  • an‘analar
  • demografik jarayonlar
  • ma‘naviy taraqqiyot
  • millatlararo hamjihatlik
  • millat
  • elat
  • turmush tarzi
  • milliy tarkib
  • ko‘pmillatli

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

MUSTAQILLIK YILLARIDA FARGʻONA VODIYSIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLARNING MILLATLARARO MUNOSABATLARDAGI O‘RNI

ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ НА МЕЖНАЦИОНАЛЬНЫЕ ОТНОШЕНИЯ ЗА ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ

THE IMPACT OF SOCIO-ECONOMIC CHANGES IN THE FERGANA VALLEY ON INTERETHNIC RELATIONS DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE

Babajanova Diloram Babajanovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, tarix fanlari doktori dilorambabajanova52@gmail.com Tel.: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya Ushbu maqolada O‘zbekistonning aholi va mehnat resurslariga boyligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadigan va so‘nggi yillarda aholi soni bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan ko‘pmillatli Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar xususida so‘z yuritiladi. Vodiy viloyatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning millatlararo munosabatlardagi o‘rni masalasi yoritib berilgan. Shuningdek, totuvlik va bag‘rikenglikni saqlashga doir davlat siyosatining olib borilishi natijasida turli millatlar o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-odat hamda an’analar uyg‘unlikda, bir-biridan quvvat olgan holda tobora rivoj topayotganligi bayon etilgan. Аннотация.

В этой статье речь пойдет о социально-экономических изменениях в многонациональной Ферганской долине, которая отличается от других регионов Узбекистана богатством населения и трудовых ресурсов и в последние годы занимает лидирующие позиции в стране по численности населения. Было подчеркнуто влияние социально-экономических изменений в регионах долины на межнациональные отношения. Также утверждается, что в результате реализации государственной политики по поддержанию согласия и толерантности общечеловеческие ценности и национальные обычаи и традиции разных народов все больше развиваются в гармонии, обладая взаимной силой. Abstract.

This article will talk about socio-economic changes in the multinational Fergana Valley, which is distinguished from other regions by the wealth of Uzbekistan in population and labor resources and has occupied the leading position in the country in terms of population in recent years. The impact of socio-economic changes in the Valley regions on interethnic relations has been highlighted. It is also stated that as a result of the implementation of state policy on maintaining harmony and tolerance, universal values and national customs and traditions among different nations are increasingly developing in harmony, with mutual power. Kalit so‘zlar: Farg‘ona vodiysi, aholi va mehnat resurslari, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, millatlararo munosabatlar, totuvlik, bag‘rikenglik, umuminsoniy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, an’analar, demografik jarayonlar, ma’naviy taraqqiyot, millatlararo hamjihatlik, millat, elat, turmush tarzi, milliy tarkib, ko‘pmillatli.Ключевые слова: Ключевые слова. Ферганская долина, население и трудовые ресурсы, социально-экономические изменения, межнационалиные отношения, гармония, толерантность, общечеловеческие ценности, национальные обычаи, традиции, демографические процессы, духовный прогресс, межэтническое согласие, национальность, элат, образ жизни, национальный состав, многонациональность. Keywords: Fergana Valley, population and labor resources, socio-economic changes, interethnic relations, harmony, tolerance, universal values, national customs, traditions, demographic processes, spiritual progress, interethnic harmony, nationality, elat, lifestyle, national composition, multinational.

Mustaqillikka erishilgan dastlabki yillardan boshlab, ko‘pmillatli O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tajribasi, demografik jarayonlardagi holati, rivojlanish xususiyatlari va millatlararo munosabatlar e’tiborga olinib, ish yuritilmoqda. O‘zaro munosabatlar ta’sirida ko‘p millatli xalqimizning turmush tarzi yanada yuksalib borayotgani sabab, Yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi imidji, obro‘-e’tibori kun sayin ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Shuningdek, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishi, o‘z qiziqishi va layoqati bo‘yicha kasb-hunar egallashi, mehnat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu boisdan ham, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etib borishi bilan uzviy ravishda turli millat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ham izchillikda yanada mustahkamlanib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonining “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” nomli V bandida “Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash” masalasi 74-maqsadda keltirilgan bo‘lib, unda “millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash” zarurligi ta’kidlangan[1]. Mamlakatda turli millatlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z madaniyati, shuningdek, urf-odatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston atalmish jannatmakon yurtning, Yangi Konstitutsiyasining 19-moddasida ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar” [2.13.], – deb belgilab qo‘yilganligi, ko‘pmillatli xalqimiz o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash uchun yaratilgan zamindir. Zero, Prezident Sh.Mirziyoyevning “Jamiyatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustakamlashga qaratilgan ishlarimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda” [3.38.], deb to‘g‘ri ta’kidlagan edi.

O‘zbekistonda o‘ziga xos demografik xususiyatlarga ega bo‘lgan hududlardan biri Farg‘ona vodiysidir. “O‘rta Osiyo durdonasi” bo‘lgan mazkur makonda demografik sig‘im o‘ta yuqori. Tarixdan ma’lumki, bu yurtda aholi qadimdan zich joylashib, yashab kelgan. Bugungi kunda aholi va mehnat resurslari soni bo‘yicha vodiy mamlakatda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Farg‘ona vodiysi mamlakat maydonining atigi 4,1 foizini egallagani holda, respublika aholisining 28,5 foizini o‘zida jamlagan[4.37.]. Bu esa vodiy viloyatlarining demografik “yuki” naqadar kattaligidan dalolat beradi.

Farg‘ona vodiysi qadimdan aholi va yer-suv munosabatlari bir-biriga chambarchas bog‘liq holda murakkab tuzilgan joylashish tizimi shakllantirilgan. Vodiyda yer resurslari cheklangan, o‘zlashtiriladigan yerlar deyarli qolmagan. Shu bilan birga, aholining milliy tarkibi juda murakkab tuzilgan. Boisi, ko‘plab millat vakillari qadimdan yonma-yon, do‘stona hayot kechirib kelgan, ularni yaqin qarindoshlik rishtalari bog‘lab turadi. Aholining jipslashuv (qo‘shilib ketishi) jarayoni uzoq davrlarni o‘z ichiga oladi. Tub millat vakillari – o‘zbeklar, qirg‘izlar, tojiklar, qoraqalpoqlar, uyg‘urlar, qozoqlar, arablar asrlar davomida milliy chegaralarsiz yashab kelgan. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olgach, rus va rusiyzabon aholi – ruslar, ukrainlar, tatarlar, beloruslar, armanlar va boshqa millat vakillari ham kirib keldi. XX asr o‘rtalaridan millatlar geografiyasi yanada kengaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida dastlab koreyslar, keyinchalik mesxeti turklari, qrim tatarlari, nemislar, ozarbayjonlar, yaponlar migratsiyasi tashkil etildi. Aholining milliy tarkibi demografik jarayonlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu esa o‘z navbatida millatlararo munosabatlarda o‘z aksini topdi. Aholi soni tabiiy o‘sish bilan birgalikda, mexanik o‘sish (migratsiya) hisobiga ham tez o‘sdi. Shu o‘rinda, ayrim millat vakillari, ya’ni rus va rusiyzabon aholining qishloqlarga nisbatan shaharlarda ko‘proq istiqomat qilishi bilan ajralib turganligini kuzatish mumkin.

Farg‘ona vodiysi aholi va mehnat resurslariga boyligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadi va so‘nggi yillarda aholi va mehnat resurslari soni bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. 1991 yilda Farg‘ona vodiysida 5555,4 ming nafar aholi yashagan [5.25-26.]. Darhaqiqat, O‘zbekiston bo‘yicha salkam uch million aholi bo‘lgan hududlardan biri Samarqand viloyati bo‘lsa, yana biri Farg‘ona viloyati edi, yuqori darajada o‘zlashtirilgan Andijon va Namangan viloyatlarida aholi ikki milliondan ortgan. Farg‘ona viloyatidagi aholisi Sirdaryo viloyati aholisidan to‘rt barobar, Navoiy viloyati aholisidan 3,5 barobar ko‘p tarkib topgan. Andijon hamda Namangan viloyatlari aholisi esa Sirdaryo viloyati aholisidan uch marta, Navoiy viloyati aholisidan 2,7 marta, Jizzax viloyatining aholisidan ikki marotaba ko‘p bo‘lgan [6.58.].

Respublikada maydoni eng kichik bo‘lgan Andijon viloyatida 1991 yilda 1mln.789,0 aholi istiqomat qilgan [7.26.]. 1997 yilda 2 mln.86900 yoki mamlakat aholisining 9,0 foizi istiqomat qilgan [8]. Shundan, 70,0 foiz aholi yoki 1453,6 mingtasi qishloqlarda, 30,0 foizi yoki 633,3 mingtasi shaharlarda istiqomat qilgan. Bu davrda aholi zichligi Andijon viloyatida 1-o‘rinda bo‘lib, 1 kv.km.ga 491 kishi to‘g‘ri kelgan. Har yili o‘rtacha 57 mingga yaqin o‘g‘il va qizlar tug‘ilib, ularning 38 mingtasi qishloq joylariga to‘g‘ri kelgan. Aholining yillik o‘rtacha o‘sishi 45 ming kishini tashkil etgan.2016 yilda Andijon viloyati aholisi soni 3mln.945,2 nafarga yetdi [9.60.].

Andijon viloyatida 5 ta shahar: Andijon, Asaka, Xonobod, Shahrixon, Qorasuv; 14 ta tuman: Andijon, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo‘z, Jalolquduq, Izboskan, Ulug‘nor, Marhamat, Oltiko‘l, Paxtaobod, Xo‘jaobod, Shahrixon va Qo‘rg‘ontepa joylashgan.

Namangan viloyatining aholisi 1991yilda 1mln.551,8 nafarga teng bo‘lgan. 1997 yilda esa, 1 mln.822,1 nafarga teng bo‘lgan. 2004 yilda 2 mln. 042.508 nafarni tashkil etgan. 2016 yilda Namangan viloyati aholisi soni 2 mln. 652,4 nafarga yetdi [10.26]. Namangan viloyatida Namangan shahri va 11 ta, jumladan, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari joylashgan [11].

Farg‘ona viloyati aholisi 1991 yilda 2 mln.214,6 nafarga teng bo‘lgan. 2005 yilda 2 mln.840,9 nafarga yetgan va 2016 yilga kelib esa, 3 mln.564,8nafarni tashkil etgan [12.33].

Mustaqil O‘zbekiston mintaqalari, xususan Farg‘ona vodiysi ijtimoiy-iqtisodiyhayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar aholi turmush tarzi va umuman demografik jarayonlargaham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Boshqa davlatlardan farqli xususiyati ham ushbu jarayonlarda ko‘proq namoyon bo‘ldi, ya’ni aholi sonining o‘sish sur’ati hamda tug‘ilish va o‘limning kamayishi, aholi zichligi va joylashuvining o‘zgarishi, yosh va jins tarkibidagi mutanosiblik, o‘rtacha umr ko‘rish darajasining ortishi, nikoh va ajralishning sekinlashuvi, mehnatga layoqatlilar salmog‘iningortishi, migratsiyajarayonining faollashuvi bilan izohlanadi.

Boshqa mintaqalardagi singari Farg‘ona vodiysi shahar va qishloqlari aholisi 1996 yildayoq o‘zlarini iqtisodiy jihatdan tiklab, ijtimoiy farovonlik va barqarorlikka erishdi. Aholi turmush darajasi yaxshilana bordi, daromadlar ko‘rsatkichi ortdi, unda moddiy jihatdan ahvolning ijobiy tomonga o‘zgarishi, tumush darajasi yuksalishi o‘n yildan so‘ng, ya’ni 2005 yildan turmush darajasi yuksalgan, barqaror demografik o‘sishga erishganligi bilan ko‘zga tashlandi.

Ma’lumki, Farg‘ona vodiysi aholi va mehnat resurslariga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Vodiyda aholi va mehnat resurslari sonining ko‘pligi ulardan samarali foydalanish muammosini keltirib chiqargan. Aholini ish bilan ta’minlash eng dolzarb va murakkab masalalardan biri bo‘lgan va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. Farg‘ona vodiysi O‘zbekiston shaharlari tarmog‘iga nisbatan rivojlangan mintaqalardan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda mintaqa shaharlarida 5084,7 ming kishi yashagan. Mintaqaga respublika jami shahar aholisining salkam 32,3 foizi to‘g‘ri keladi[13.36]. Kuzatilayotgan Farg‘ona vodiysida mustaqillik yillarida erishilgan eng katta boylik, o‘zbek xalqining tinch va osuda hayoti, jamiyatdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi oliyjanob fazilatlar milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un bo‘lib yashash tamoyili tobora mustahkamlanib bormoqda [14].

2016 yilga kelib, Farg‘ona vodiysida 100 ga yaqin turli millat vakillari yashagan bo‘lsa, ular orasida tub millat vakillari mutlaq yetakchilik qiladi. Jumladan, o‘zbek millatiga mansub aholi 8,0 mln.ga yaqin bo‘lib, ularning ulushi 90,2 foizga teng bo‘lgan.

Hozirgi kunda Andijon viloyati aholisi milliy tarkibida o‘zbeklar salmog‘i 92,6 foizni tashkil etgani holda, aholi milliy tarkibida o‘zbeklarning salmog‘i eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi. Bungacha ham aholi milliy tarkibida o‘zbeklar salmog‘i yuqori bo‘lib kelgan, lekin bu kabi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan. Rus millat vakillari bilan bir qatorda ukrain, byelorus, moldavan, gruzin, ozarbayjon kabi bir qator boshqa millat vakillarida ham salmoq jihatdan kamayish kuzatiladi.

Andijon viloyatida hozirgi kunda eng kam sonli millat vakillari estonlar, latishlar va litvaliklar tashkil etib, estonlar soni 2013 yilda 2 kishi, latishlar 2 kishi va litvaliklar 19 kishini tashkil etishgan. 2014 yildan bu millat vakillari viloyatda umuman istiqomat qilmagan.

Farg‘ona viloyatida 84 ta turli millat vakillari do‘st va inoq hayot kechirayotgan bo‘lsa, ularning barchasi teng huquq va teng imkoniyatlarga ega ekanliklarini yaxshi bilishadi.

Namangan viloyatda 2001 yilning 1 iyun holatiga 89 millat va elatdan iborat bo‘lib, 2001,6 ming fuqaro istiqomat qilgan. Umumiy aholining 1,743709 nafari yoki 87,0 foizini o‘zbek millatiga mansub aholi tashkil kilgan [15].

Umuman olganda, Farg‘ona vodiysida turli millat vakillari yashagan bo‘lsa, ular o‘rtasida hamjihatlik, o‘zaro munosabatlarida ahillik hukmronlik qiladi. Ta’kidlanganidek, har qanday ko‘p millatli mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanishi ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy-siyosiy asoslar hamda axloqiy mezonlar bilan bir qatorda ko‘p jihatdan mamlakatdagi turli millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasida totuvlik hamda mustahkam tinchlikka bog‘liq. Etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Mazkur qo‘mita o‘z faoliyati doirasida jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini izchil hamda samarali amalga oshirib, 150 ta milliy madaniy markaz bilan hamkorlik qilmoqda [16.174]. Ular o‘ziga xos madaniyati, tili, urf-odat va an’analarini, xalq hunarmandchiligini rivojlantirib, turli madaniyatlarning bir-birini o‘zaro boyitishga, har birimizda ko‘pmillatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Millatlararo hamjihatlik,barqarorlikning saqlanib qolishi va baynalmilal birlik O‘zbekistonda jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub islohotlar o‘tkazish uchun mustahkam shart-sharoit yaratmoqda.Ushbu islohotlarning odamlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi masalaning muhim jihatidir. Bugungi kunda insoniy munosabatlarning qaror topgan me’yorlarini baholashda tanqidiy nuqtai nazardan yangicha o‘zaro munosabatlar vujudga kelmoqda. Bunday mushtaraklikning ortishi, xususan, turli millat va elatlar o‘rtasida barqaror totuvlik aloqalari o‘rnatilganligi sababli ham milliy va umuminsoniy munosabatlarning imkoniyati tobora kengayib bormoqda.

Xulosa qilib aytiladigan bo‘lsa, O‘zbekistonning aholi va mehnat resurslariga boyligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadigan va so‘nggi yillarda aholi va mehnat resurslari soni bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan ko‘pmillatli Farg‘ona vodiysida millatlararo munosabatlar, totuvlik va bag‘rikenglikni saqlashga doir davlat siyosatining olib borilishi natijasida umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-odat hamda an’analar uyg‘unlikda, bir-biridan quvvat olgan holda tobora mustahkamlanib bormoqda.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni// https://lex.uz/docs/5841063 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. – B.24. 3. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda/Sh.Mirziyoyev. – Toshkent:O‘qituvchi MU MCHJ, 2021.–B.38.

4. Qodirov R. Farg‘ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari. – Toshkent: Navro‘z, 2016. – B.37. 5. Yusupova S. O‘zbekistonda demografik jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri (1991-2016 yy., Farg‘ona vodiysi misolida). Diss... tarix fanlari nomz. - Toshkent, 2019.–B.25-26. 6. Численност населения Узбекистана. Госкомстат Узбекистана. –Ташкент, 2007. – С.58. 7. Yusupova S. O‘zbekistonda demografik jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri (1991-2016 yy., Farg‘ona vodiysi misolida). Diss... tarix fanlari nomzodi. - Toshkent, 2019. – B.26. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezident devoni arxivi Andijon viloyati bo‘limi (bundan keyin O‘zR PDA AVB), 4141-fond, 11-ro‘yxat, 116-jild, 3-varaq. 9. Социалное развитие и уровен жизни в Узбекистане.Статистический сборник. – Ташкент, 2017. – Б. 60. 10. Yusupova S. O‘zbekistonda demografik jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri (1991-2016 yy., Farg‘ona vodiysi misolida). Diss... tarix fanlari nomzodi. - Toshkent, 2019. – B.26. 11. O‘zR PDA 975-fond, 30-ro‘yxat, 539-jild, 2-varaq. 12. Социалное развитие и уровен жизни в Узбекистане. Статистический сборник. – Ташкент, 2017. – Б.33. 13. Qodirov R.B. Farg‘ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari. –Toshkent:”Navro‘z”, 2016. – B.36. 14. FPDA 2048-fond, 27-ro‘yxat, 46-ish, 8-varaq. 15. FVDA, 1220-fond, 1- ro‘yxat, 7-ish, 15-varaq. 16. Oqil Salimov. Yangi O‘zbekiston davlati.–Toshkent:Ma’naviyat, 2023.–B.174.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar16 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni// https://lex.uz/docs/5841063
  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. – B.24.
  3. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda/Sh.Mirziyoyev. – Toshkent:O‘qituvchi MU MCHJ, 2021.–B.38.
  4. Qodirov R. Farg‘ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari. – Toshkent: Navro‘z, 2016. – B.37.
  5. Yusupova S. O‘zbekistonda demografik jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri (1991-2016 yy., Farg‘ona vodiysi misolida). Diss... tarix fanlari nomz. - Toshkent, 2019.–B.25-26.
  6. Численност населения Узбекистана. Госкомстат Узбекистана. –Ташкент, 2007. –С.58.
  7. Yusupova S. O‘zbekistonda demografik jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri (1991-2016 yy., Farg‘ona vodiysi misolida). Diss... tarix fanlari nomzodi. - Toshkent, 2019. – B.26.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Prezident devoni arxivi Andijon viloyati bo‘limi (bundan keyin O‘zR PDA AVB), 4141-fond, 11-ro‘yxat, 116-jild, 3-varaq.
  9. Социалное развитие и уровен жизни в Узбекистане.Статистический сборник. – Ташкент, 2017. – Б. 60.
  10. Yusupova S. O‘zbekistonda demografik jarayonlar va ularning millatlararo munosabatlarga ta’siri (1991-2016 yy., Farg‘ona vodiysi misolida). Diss... tarix fanlari nomzodi. - Toshkent, 2019. – B.26.
  11. O‘zR PDA 975-fond, 30-ro‘yxat, 539-jild, 2-varaq.
  12. Социалное развитие и уровен жизни в Узбекистане. Статистический сборник. – Ташкент, 2017. – Б.33.
  13. Qodirov R.B. Farg‘ona mintaqasi aholisi va mehnat resurslari. –Toshkent:”Navro‘z”, 2016. – B.36.
  14. FPDA 2048-fond, 27-ro‘yxat, 46-ish, 8-varaq.
  15. FVDA, 1220-fond, 1- ro‘yxat, 7-ish, 15-varaq.
  16. Oqil Salimov. Yangi O‘zbekiston davlati.–Toshkent:Ma’naviyat, 2023.–B.174.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011125
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/96
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
298–303
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25