Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEKISTON BA KOREYA RESPUBLIKASI MUNOSABATLARI YANGI BOSQICHDA (NAMANGAN VILOYATI MISOLIDA).

Sarimsokov Abdilatip Abdiraximovich1, Mirzamakhmudov Mukhammadjon Tursunpulotovich22025

  1. 1“University of Business and Science” Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi.
  2. 2“University of Business and Science” Tarix mutaxassisligi 1- kurs magistranti.

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 369–372

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, taraqqiyot bosqichlari, yo‘nalishlari hamda bugungu kundagi holati masalasi yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОТНОШЕНИЯ МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И РЕСПУБЛИКОЙ КОРЕЯ НАХОДЯТСЯ НА НОВОМ ЭТАПЕ (НА ПРИМЕРЕ НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ).

В данной статье описаны этапы, направления и современное состояние сотрудничества между Республикой Узбекистан и Республикой Корея.

inglizchaRELATIONS BETWEEN UZBEKISTAN AND THE REPUBLIC OF KOREA AT A NEW STAGE (IN THE EXAMPLE OF NAMANGAN REGION).

This article discusses the establishment, stages of development, directions, and current state of cooperation between the Republic of Uzbekistan and the Republic of Korea.

Kalit so‘zlar

  • Mustaqillik
  • O‘zbekiston
  • respublika
  • Koreya Respublikasi
  • xalqaro hamkorlik
  • aloqa
  • investitsiya
  • loyiha
  • korxona
  • ishlab chiqarish
  • iqtisodiyot
  • Namangan

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

OʻZBEKISTON ВА KOREYA RESPUBLIKASI MUNOSABATLARI YANGI BOSQICHDA (NAMANGAN VILOYATI MISOLIDA).

ОТНОШЕНИЯ МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И РЕСПУБЛИКОЙ КОРЕЯ НАХОДЯТСЯ НА НОВОМ ЭТАПЕ (НА ПРИМЕРЕ НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ).

RELATIONS BETWEEN UZBEKISTAN AND THE REPUBLIC OF KOREA AT A NEW STAGE (IN THE EXAMPLE OF NAMANGAN REGION).

Sarimsokov Abdilatip Abdiraximovich “University of Business and Science” Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi. e-mail: abdulsarimsokov@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan]

Mirzamaxmudov Muxammadjon Tursunpulotovich “University of Business and Science” Tarix mutaxassisligi 1- kurs magistranti. e-mail: nam.mmt83@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, taraqqiyot bosqichlari, yo‘nalishlari hamda bugungu kundagi holati masalasi yoritilgan. Аннотация. В данной статье описаны этапы, направления и современное состояние сотрудничества между Республикой Узбекистан и Республикой Корея. Abstract. This article discusses the establishment, stages of development, directions, and current state of cooperation between the Republic of Uzbekistan and the Republic of Korea. Kalit so‘zlar. Mustaqillik, O‘zbekiston, respublika, Koreya Respublikasi, xalqaro hamkorlik, aloqa, investitsiya, loyiha, korxona, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, Namangan. Ключевые слова. Независимость, Узбекистан, республика, Республика Корея, международное сотрудничество, связь, инвестиции, проект, предприятие, производство, экономика, Наманган. Key words. Independence, Uzbekistan, republic, Republic of Korea, international cooperation, communication, investment, project, enterprise, production, economy, Namangan.

Mustaqillikka erishganidan so‘ng jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylangan O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatda tez sur’atlarda rivojlanayotgan dunyoning barcha davlatlari bilan, jumladan, Koreya Respublikasi bilan ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Koreya Respublikasi 1991- yil 30- dekabrda Osiyo – Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi diplomatik aloqalar 1992- yilning 29- yanvarida oʻrnatilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida har ikki tomon davlat rahbarlari o‘rtasida 17 marta oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazilgan. Mazkur uchrashuvlarda tomonlar siyosiy, savdoiqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishganlar.

O‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida 2006- yilda har ikki davlat o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya imzolangan. 2014- yilda imzolangan Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga imkoniyat yaratdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi samimiy do‘stlik Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak Seul meri bo‘lgan yillari boshlangan edi. 2008- yildagi prezident saylovida g‘alaba qozongan Li Myon Bak, innaguratsiya marosimiga oliy faxriy mehmon sifatida O‘zbekiston rahbarini ham taklif etgan edi. 2009- yilning may oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlarining Toshkentdagi uchrashvi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan [4]. Hozirgi vaqtda Koreya va O‘zbekistonning hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi manfaatli iqtisodiy aloqalar har tomonlama foydalidir. O‘zbekiston ishchi kuchi va resurslarga boy mamlakat, Koreya esa ishlab chiqarish texnologiyalari va qisqa davrda tez sur’atlar bilan rivojlanish tajribasiga ega [3: 23]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 2020- yil 30- oktyabrda Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumidagi nutqida jahondagi mushkul vaziyat va global inqiroz sharoitida aynan shunday ko‘p tomonlama muloqot yangi xatar va tahdidlarga samarali qarshi turish uchun imkoniyat yaratib, mamlakatlarimiz barqarorligi, farovonligi va izchil taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi. 2021- yil 28- yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar borasida alohida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va hamkorlikni har tomonlama kengaytirishni ta’kidlagan edilar. Bunda oliy, kasb-hunar va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy meros ob’yektlarini raqamlashtirish va restavratsiya qilish sohalaridagi hamkorlikning joriy va istiqbolli dasturlari ko‘rib chiqildi. 2005- yilga qadar O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning 28 ta yirik firma va kompaniyalarining vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatayotgani diqqatga sazovordir [2:24]. 2021- yilda janubiy koreyalik tadbirkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 400 million dollargacha investitsiyalar kiritilishi ma’lum qilingan. Shuningdek, har ikki davlat hamkorlik aloqalarining yangi yo‘nalishi, ya’ni yuqori texnologik sohalar – energetika, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika, qayta ishlash sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport va logistika, turizm hamda shu kabi boshqa tarmoqlarda ham qiymati 3,4 milliard AQSh dollardan ortiq bo‘lgan 55 ta yangi loyiha amalga oshirildi. Har ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy – huquqiy asoslariga to‘xtaladigan bo‘lsak, respublikalar o‘rtasida jami 181 ta hujjat imzolangan bo‘lib, ulardan 4 tasi davlatlararo, 53 tasi hukumatlararo, 75 tasi idoralararo va 49 tasi xalqaro shartnoma maqomiga yega bo‘lmagan xalqaro hujjatlardir. 2021- yilning 5- aprelida rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelgan Koreya Milliy assambleyasi spikeri Pak Byon Sok Senat raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdin Ismoilov bilan uchrashuvlar oʻtkazgan. 6- aprel kuni Koreya Respublikasi parlamentining milliy assambleya spikeri Pak Byon Sok boshchiligidagi delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi. Delegatsiya tarkibida Oʻzbekistonga spikerdan tashqari Janubiy Koreya parlamentining davlat boshqaruvi, moliyaviy siyosat, sanoat, savdo, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, ekologiya, sogʻliqni saqlash, mehnat munosabatlari, madaniyat, sport va turizm kabi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha qoʻmitalariga aʼzo 6 nafar deputat ham kelgan edi. Oʻzbekistonda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 80 ga yaqin korxona boʻlib, ular transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, toʻqimachilik kabi sohalarga mansub. Ular avtomobil, xalq isteʼmol mollari, radio elektron maqsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Fargʻona

va Namangan shaharlarida ham shunday korxonalar barpo etiladi. Shuningdek, Koreya Respublikasining 19 ta kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasida oʻz vakolatxonasini ochgan. Ikki mamlakat parlamentlari muntazam uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda, bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Munisipal darajada yaqin aloqalar o‘rnatiligan bo‘lib, ushbu doirada Toshkent va Seul, Farg‘ona va Yongin, Namangan va Songnam, Samarqand va Kyongju, Toshkent viloyati va Kyonsan-Pukto hamkorlik kelishuvlari mavjud [6: 710]. Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasining viloyatlarida ham ko‘plab loyihalarni ishga tushirmoqda. Shu jumladan, oxirgi vaqtlarda janubiy koreyaliklarning Namangan viloyatida ham ishga tushirmoqchi bo‘lgan loyihalarida viloyatning transport va savdo infratuzilmasini yanada rivojlanishi rejalashtirilgan. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Janubiy Koreyaning “Ecofarm Global Co” kompaniyasi rahbari Lim Sang Hva bilan kompaniya tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikki yirik loyihani muhokama qildi. Hokimlik axborot xizmatining xabar berishicha, birinchi loyiha Namangan – Toshkent yo‘nalishida zamonaviy Karvonsaroy, savdo markazi, restoran, dam olish maskani va avtoturargoh barpo etishni o‘z ichiga oladi. Loyiha Chust tumanidagi “Farg‘ona halqa avtomobil yo‘li A-373” hududida 7 gektar maydonda amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 5 million dollar bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. Markaz yiliga 100 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va natijada 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyiha 2025- yilning to‘rtinchi choragida ishga tushishi kutilmoqda. Ikkinchi loyiha esa zamonaviy logistika markazi va temir yo‘l terminali qurishdan iborat. Bu loyiha Namangan viloyati Chust tumanidagi “Namangan erkin iqtisodiy zonasi”da 10 gektar maydonda joylashadi. Loyiha qiymati 50 million dollar bo‘lib, past haroratli omborxonalar va yo‘lovchilar uchun temir yo‘l terminali barpo etiladi. Bu markaz yiliga 100,0 ming tonna mahsulotni saqlash quvvatiga ega va 100 ta ish o‘rni yaratiladi. Loyihaning birinchi bosqichi 2025- yilning to‘rtinchi choragida, ikkinchi bosqichi esa 2026- yilning to‘rtinchi choragida ishga tushadi. “Ikki loyiha ham Namangan viloyatining transport va savdo infratuzilmasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi” [5], deyiladi axborot xizmati xabarida. O‘zbekiston va Janubiy Koreya kelgusi 3 yilda o‘ta muhim minerallar, yarimo‘tkazgichlar, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, shaharsozlik, xavfsiz energetika sohalarida, jami 7 ta yo‘nalishdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi. 2025- yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb nomlash taklifi kiritilgan. Muzokaralar jarayonida kelgusi 3 yil uchun O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston rahbari buni “Ikki mamlakatning yuqori texnologiyali va innovasion hamkorligining yangi davri” deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqdi. Shu munosabat bilan hukumatlarga O‘zbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xab yaratish bo‘yicha strategik dasturni tayyorlash topshirildi. Ayni paytda strategiyaning tub yo‘nalishlari sifatida bir qator ustuvor sohalarda hamkorlik qilish taklif etildi. - o‘ta muhim mineral resurslar sohasidagi hamkorlik. Bu resurs bazasini chuqur qayta ishlagan holda qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirini yaratishni nazarda tutadi. - Koreya Respublikasi an’anaviy ravishda global yetakchilardan biri hisoblangan yarimo‘tkazgichlar sohasida strategik hamkorlik. Bu borada mamlakatda mintaqada birinchi yaxlit ilmiy-ishlab chiqarish klasterini barpo etish rejalashtirilgan. - kimyo sanoatida keng ko‘lamli hamkorlik. “Yashil” vodorod va ammiak ishlab chiqarish, shuningdek, tayyor rezin-texnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar tayyorlangan.

- mashinasozlikda kooperatsiyani chuqurlashtirish. Joriy yil bahorida Jizzax viloyatida KIA avtomobillarini yig‘ish liniyasini ishga tushirildi. Kelgusi yilda yiliga 60 mingdan ortiq sedan ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan. - “Aqlli” qishloq xo‘jaligini yaratishga texnologiyalarni jalb qilish, shu jumladan, agrar tarmoqni raqamlashtirish, “aqlli” va “yashil” texnologiyalarni joriy etish. Mamlakat hududlarida qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va bog‘dorchilik majmualarini barpo etish yuzasidan kelishuvlarga erishilgan. - infratuzilmani modernizasiya qilish va shaharsozlik dasturi. Koreya banklari va kompaniyalarining transport infratuzilmasini modernizasiya qilish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida turar joy va tijorat ob’yektlarini loyihalashtirish va qurishga qiziqishi yuqori ekani ta’kidlandi. - zamonaviy va xavfsiz energetika. “Yashil” energetika va energiya samaradorligini oshirish sohasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish uchun tomonlar energetika vazirlari darajasida strategik muloqotni qayta tiklashga va uning navbatdagi yig‘ilishini yaqin orada O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi. Koreya Eksimbanki va EDCF jamg‘armasi bilan shyeriklik muvaffaqiyatli bo‘layotgani qayd etildi, ular bilan qo‘shma loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshgan [8]. Umuman olganda, diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon Koreya Respublikasi barcha yo‘nalishlarda, xususan amalga oshirilayotgan iqtisodiyijtimoiy o‘zgarishlarda, xalqaro masalalalarda O‘zbekistonning sinalgan, ishonchli strategik hamkoriga aylandi. O‘z navbatida O‘zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy jabhalarda keng aloqalarni yo‘lga qo‘yish Koreya tomoni manfaatlariga ham to‘la mos keladi. Bundan kelib chiqqan holda tomonlar yaqin va uzoq istiqbolda ikki tomonlama aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga harakat qiladilar.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES) 1. Мирзиёев Ш.М Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисидаги Фармони. – Тошкент: “Адолат”, 2017. 2. Abdusattorova F.A. O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari hamkorligi tarixiga oid mulohazalar // Yangi O‘zbekiston pedagoglari axborotnomasi. 2023. № 10. 3. Li Dji Yun. Koreya va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorlik shartnomasi // Jamiyat va boshqaruv. 2009. № 1. 23- b. 4. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik natijalari. https://review.uz/uz/post/ozbekiston-va-koreya-respublikasi-ortasidagi-hamkorlik-natijalari 5. Жанубий Корея компанияси Намангандаги икки йирик лойиҳани ишга туширади 20 октябр 2024. https://yuz.uz/news/janubiy-koreya-kompanisi-namangandagi-ikkiyirik-loyihani-ishga-tushiradi 6. Маматов Д.О. Ўзбекистон ва Жанубий Корея: ўзаро ҳамкорлик алоқалари ва истиқболлари // Academic Research in Educational Sciences Volume. 3 | Issue 4 | 2022. ISSN: 2181-1385. Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12. DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-707-711. 7. Сун Дон Ги. Ўзбекистон Республикаси ва жанубий Корея иқтисодий ва маданий алоқалар ҳамда истиқболли режалар. Дис.тарих фанлари номзоди. – Тошкент, 2000. 8. Ўзбекистон ва Корея 7 та йўналишда стратегик ҳамкорлик қилмоқчи https://www.gazeta.uz/uz/2024/06/14/coopeartion/

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Мирзиёев Ш.М Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисидаги Фармони. – Тошкент: “Адолат”, 2017.
  2. Abdusattorova F.A. O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari hamkorligi tarixiga oid mulohazalar // Yangi O‘zbekiston pedagoglari axborotnomasi. 2023. № 10.
  3. Li Dji Yun. Koreya va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorlik shartnomasi // Jamiyat va boshqaruv. 2009. № 1. 23- b.
  4. O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik natijalari. https://review.uz/uz/post/ozbekiston-va-koreya-respublikasi-ortasidagi-hamkorlik-natijalari
  5. Жанубий Корея компанияси Намангандаги икки йирик лойиҳани ишга туширади 20 октябр 2024. https://yuz.uz/news/janubiy-koreya-kompanisi-namangandagi-ikki-yirik-loyihani-ishga-tushiradi
  6. Маматов Д.О. Ўзбекистон ва Жанубий Корея: ўзаро ҳамкорлик алоқалари ва истиқболлари // Academic Research in Educational Sciences Volume. 3 | Issue 4 | 2022. ISSN: 2181-1385. Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12. DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-707-711.10.24412/2181-1385-2022-4-707-711
  7. Сун Дон Ги. Ўзбекистон Республикаси ва жанубий Корея иқтисодий ва маданий алоқалар ҳамда истиқболли режалар. Дис.тарих фанлари номзоди. – Тошкент, 2000.
  8. Ўзбекистон ва Корея 7 та йўналишда стратегик ҳамкорлик қилмоқчи https://www.gazeta.uz/uz/2024/06/14/coopeartion/

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011135
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/108
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
369–372
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25