KORRUPSIYANING IJTIMOIY HODISA SIFATIDAGI TUSHUNCHASI VA MOHIYATINI ANIQLASH MUAMMOLARI, HAMDA UNING GENEZISI (KELIB CHIQISHI)
Kipchokov Xomidjon Gulomovich“University of Business and Science” «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 403–408
Annotatsiya
Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmun-mohiyatini aniqlashdagi murakkabliklar hamda tarixiy shakllanish jarayonlari tahlil etilgan. Korrupsiyaning huquqiy, etik va ijtimoiy jihatdan turlicha talqin qilinishi bu hodisaning ko‘p qirrali va murakkabligini ko‘rsatadi. Shuningdek, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tengsizlik, adolasizlik va hokimiyat vakolatlarining suiiste‘mol qilinishi korrupsiyaning asosiy omillari sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada korrupsiyaning genezisi – ya‘ni uning tarixiy ildizlari, madaniy va iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq shakllanishi xolis tahlil qilinib, ushbu hodisaga qarshi samarali kurashish uchun chuqur ijtimoiy-anglash zarurligi asoslab berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПРОБЛЕМЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ПОНЯТИЯ И СУЩНОСТИ КОРРУПЦИИ, КАК СОЦИАЛЬНОГО ЯВЛЕНИЯ И ЕГО ГЕНЕЗИСА (ВОЗНИКНОВЕНИЯ)
В стате анализируются научно-теоретические основы понятия коррупсии как сосиалного явления, сложности определения его содержания и сущности, просессы исторического становления. Различные толкования коррупсии в правовом, этическом и сосиалном плане демонстрируют многогранност и сложност этого явления. Также основными факторами коррупсии считалис моралные сенности, сосиалное неравенства, несправедливост и злоупотребление властю в обществе. В стате объективно анализируется генезис коррупсии, то ест его исторические корни, формирование во взаимосвязи с културными и экономическими условиями, а также обосновывается необходимост глубокого сосиологического осмысления для эффективной борбы с этим явлением.
inglizchaPROBLEMS OF DEFINING THE CONCEPT AND ESSENCE OF CORRUPTION AS A SOCIAL PHENOMENON AND ITS GENESIS
The article analyzes the sciyentific and theoretical foundations of the concyept of corruption as a social phenomenon, the complexity of determining its content and essencye, and the procyesses of historical formation. Various interpretations of corruption in legal, ethical, and social terms demonstrate the versatility and complexity of this phenomenon. Moral valuyes, social inequality, injusticye and abuse of powyer in sociyety wyere also considered the main factors of corruption. The article objectively analyzes the genesis of corruption, that is, its historical roots, its formation in relation to cultural and economic conditions, and also substantiates the neyed for a deyep sociological understanding to effectively combat this phenomenon.
Kalit so‘zlar
- korrupsiya
- ijtimoiy hodisa
- genezis
- adolasizlik
- axloqiy buzilish
- huquqiy ong
- ijtimoiy munosabatlar
- ishonch inqirozi
- ijtimoiy tengsizlik
- qadriyatlar inqirozi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
KORRUPSIYANING IJTIMOIY HODISA SIFATIDAГИ TUSHUNCHASI VA MOHIYATINI ANIQLASH MUAMMOLARI, HAMDA UNING GENEZISI (KELIB CHIQISHI)
ПРОБЛЕМЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ПОНЯТИЯ И СУЩНОСТИ КОРРУПЦИИ, КАК СОЦИАЛЬНОГО ЯВЛЕНИЯ И ЕГО ГЕНЕЗИСА (ВОЗНИКНОВЕНИЯ)
PROBLEMS OF DEFINING THE CONCEPT AND ESSENCE OF CORRUPTION AS A SOCIAL PHENOMENON AND ITS GENESIS Kipchokov Xomidjon Gulomovich “University of Business and Science” «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). e-mail: kipchakovxamidjon@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Ushbu maqolada korrupsiya tushunchasining ijtimoiy hodisa sifatida ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmun-mohiyatini aniqlashdagi murakkabliklar hamda tarixiy shakllanish jarayonlari tahlil etilgan. Korrupsiyaning huquqiy, etik va ijtimoiy jihatdan turlicha talqin qilinishi bu hodisaning ko‘p qirrali va murakkabligini ko‘rsatadi. Shuningdek, jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tengsizlik, adolasizlik va hokimiyat vakolatlarining suiiste’mol qilinishi korrupsiyaning asosiy omillari sifatida ko‘rib chiqilgan. Maqolada korrupsiyaning genezisi – ya’ni uning tarixiy ildizlari, madaniy va iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq shakllanishi xolis tahlil qilinib, ushbu hodisaga qarshi samarali kurashish uchun chuqur ijtimoiy-anglash zarurligi asoslab berilgan. Abstract. The article analyzes the sciyentific and theoretical foundations of the concyept of corruption as a social phenomenon, the complexity of determining its content and essencye, and the procyesses of historical formation. Various interpretations of corruption in legal, ethical, and social terms demonstrate the versatility and complexity of this phenomenon. Moral valuyes, social inequality, injusticye and abuse of powyer in sociyety wyere also considered the main factors of corruption. The article objectively analyzes the genesis of corruption, that is, its historical roots, its formation in relation to cultural and economic conditions, and also substantiates the neyed for a deyep sociological understanding to effectively combat this phenomenon. Аннотация. В стате анализируются научно-теоретические основы понятия коррупсии как сосиалного явления, сложности определения его содержания и сущности, просессы исторического становления. Различные толкования коррупсии в правовом, этическом и сосиалном плане демонстрируют многогранност и сложност этого явления. Также основными факторами коррупсии считалис моралные сенности, сосиалное неравенства, несправедливост и злоупотребление властю в обществе. В стате объективно анализируется генезис коррупсии, то ест его исторические корни, формирование во взаимосвязи с културными и экономическими условиями, а также обосновывается необходимост глубокого сосиологического осмысления для эффективной борбы с этим явлением. Kalit so‘zlar. korrupsiya, ijtimoiy hodisa, genezis, adolasizlik, axloqiy buzilish, huquqiy ong, ijtimoiy munosabatlar, ishonch inqirozi, ijtimoiy tengsizlik, qadriyatlar inqirozi.
Keywords. corruption, social phenomenon, Genesis, injusticye, moral decay, legal consciousness, social relations, crisis of trust, social inequality, crisis of valuyes. Ключевые слова. коррупсия, сосиалное явление, генезис, несправедливост, моралные искажения, правосознание, общественные отношения, кризис доверия, сосиалное неравенство, кризис сенностей.
Korrupsiya — bu nafaqat huquqiy yoki siyosiy muammo, balki chuqur ijtimoiy ildizlarga ega hodisadir. Bugungi kunda u davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, huquqiy tizim va hatto jamiyatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida qaralmoqda. Korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunish va aniqlash uni samarali bartaraf etishning zaruriy shartidir. Shu sababli bu hodisani ijtimoiy nuqtayi nazardan o‘rganish, uning vujudga kelish sabablari, tarixiy ildizlari va zamonaviy ko‘rinishlarini aniqlash dolzarb masalalardan biridir. 1. Korrupsiya tushunchasini aniqlashdagi muammolar: Korrupsiya tushunchasiga berilgan ta’riflar ko‘plab ilmiy maktablar va yondashuvlarga qarab farq qiladi. Uning aniq va yagona ta’rifi yo‘q. Misol uchun: Huquqiy yondashuv: Korrupsiya — bu mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat uchun noqonuniy foydalanish. Ijtimoiy yondashuv: Korrupsiya — bu jamiyatda ijtimoiy adolasizlik, tengsizlik va ishonchsizlikni kuchaytiruvchi ijtimoiy og‘ish. Etik yondashuv: Bu — jamiyatning axloqiy normalariga zid ravishda amalga oshiriladigan amaliyot bo‘lib, ijtimoiy ishonchni yemiradi. Bu turli yondashuvlar korrupsiyaning murakkab va ko‘p qirrali hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, turli mamlakatlarda korrupsiyaga nisbatan madaniy qarashlar ham farq qiladi, bu esa uni aniqlash va unga qarshi kurashishda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 2. Korrupsiyaning ijtimoiy mohiyati: Korrupsiya — bu davlat hokimiyati va fuqarolar o‘rtasidagi ishonch inqirozini bildiruvchi holatdir. U quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: Munosabatlar buzilishi: Davlat xizmatlari adolatli va teng asosda emas, balki norasmiy (shaxsiy) manfaat asosida taqsimlanadi. Ijtimoiy adolasizlik: Aholi o‘rtasida norozilik, huquqiy va iqtisodiy tengsizlik kuchayadi. Axloqiy buzilish: Halollik, mas’uliyat, sadoqat kabi qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Shunday qilib, korrupsiya jamiyatda normal ijtimoiy munosabatlar tizimini buzadi va ishonch muhitini yemiradi. 3. Korrupsiyaning genezisi (kelib chiqishi): Korrupsiya qadimdan mavjud bo‘lib, insoniyat tarixining turli bosqichlarida turlicha shakllarda namoyon bo‘lgan. Uning kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: Tarixiy omillar: Ko‘p hollarda korrupsiya jamiyatda kuchli ijtimoiy tabaqalanish, markazlashgan hokimiyat va qonun ustuvorligining pastligi natijasida shakllangan.
Iqtisodiy omillar: Resurslarning adolasiz taqsimoti, kambag‘allik, ish o‘rinlarining tanqisligi korrupsiyani rivojlantiruvchi muhit yaratgan. Madaniy omillar: Kliyentelizm, tanish-bilishchilik, "sovg‘a" an’anasi kabi omillar ham korrupsiyani oqlovchi ijtimoiy normalar sifatida qabul qilingan.
Zamonaviy davrda esa korrupsiya ko‘proq byurokratik tizimda, davlat xarajatlarida va biznes-hokimiyat aloqalarida o‘z aksini topmoqda.
“Liderlar bor, va yetakchilik qiluvchilar bor. Liderlar — hokimiyat yoki ta’sir kuchiga ega bo‘lgan lavozim egalaridir. Yetakchilik qiluvchilar esa bizni ilhomlantiradilar.
Shaxs bo‘ladimi yoki tashkilot — biz yetakchilik qiluvchilarga ergashamiz, chunki majbur bo‘lganimiz uchun emas, balki o‘zimiz xohlaganimiz uchun. Biz ularga ular uchun emas, balki o‘zimiz uchun ergashamiz”[1…]. Xolllarda liderlarning axloqiylikka urg‘u xarakatlari ham, yoki axloqsiz xarakatlari ham ergashuvchilarga ko‘chishini ko‘rishimiz mumkin. Bu insonlarni axloqiy buzilishiga olib keladi. Natijada lider korrupsion yo‘l bilan boyigan bo‘lsa ergashuvchini ham korrupsiyaga moyilligi uyg‘onadi.
Korrupsiyani tushunishga yondashuvlarning xilma-xilligi Korrupsiya — bu murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib, uni turli fanlar, maktablar va tadqiqotchilar turlicha talqin qiladilar. Shu sababli korrupsiyani tushunishga bir nechta asosiy yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular hodisaning turli jihatlarini yoritib beradi.
Korrupsiyani ijtimoiy hodisa sifatida tushunish va mohiyatiga doir masala keng ko‘lamli fikrlarning mavjudligi bilan ajralib turadi, bu esa ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan belgilanadi. Ob’ektiv omillar, o‘z navbatida, muhokama qilinayotgan hodisaning murakkabligi va xilma-xilligi bilan bog‘liq. Sub’ektiv omillar esa shundan iboratki, korrupsiya fenomenini umumiy tahlil qilish zaruriyati, insoniyat sivilizatsiyasining murakkab va kompleks "artefaktlarini" o‘rganishni taqozo qiladi, buning ichiga huquqiy tartibga solish va davlat boshqaruvi kabi mustaqil fenomenlar kiradi. Korrupsiyani o‘rganish inson faoliyatidir. Shuni inobatga olish kerakki, tadqiqotchilar bir-biridan farq qiladi, ularning maqsadlari, vazifalari, imkoniyatlari va qobiliyatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Biroq, bu holat, haqiqatda, ob’ektiv huquqiy haqiqatni o‘rganish maqsadlari, vazifalari va prinsiplarini inkor etmaydi, chunki ularning maqsadi, albatta, haqiqiy bilimlarni aniqlashdir. Aynan shu sababli, ilmiy amaliyotda ilm-fan ideallarini amalda qo‘llash maqsadida, biz korrupsiyani o‘rganish va unga qarshi kurashish bilan shug‘ullanuvchi barcha olimlarning tadqiqotlari samaradorligini belgilaydigan holatlarni ko‘rib chiqish va "aniqlashtirish"ni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Ilmiy nuqtai nazardan, mavjud bo‘lgan fikrlar xilma-xilligini ko‘rsatishning standart usuli, ko‘rib chiqilayotgan tushunchaning mavjud ta’riflarini keltirishni talab qiladi.
1. Huquqiy yondashuv Korrupsiyaning huquqiy yondashuvi asosida korrupsiyaning ta’rifi va unga qarshi kurashish mexanizmlari aniq qonuniy normalar va tartiblar asosida amalga oshiriladi. Bu yondashuvda, korrupsiya — bu davlat resurslarini noqonuniy ravishda shaxsiy manfaatlar yo‘lida ishlatish, ya’ni huquqiy qoidalar buzilishidir. Uzoq yillardan beri korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilmoqda, jumladan, jinoiy javobgarlik, davlat organlari tomonidan monitoring va audit tizimlarining kuchaytirilishi. Shu nuqtai nazardan, Robert Klark (Robert Clark) va Xayek kabi olimlar korrupsiyani huquqiy ijtimoiy tizimdan ajralgan, ammo uni mukammallashtirish va huquqni himoya qilish orqali bartaraf etish mumkin deb hisoblaydilar.
2. Iqtisodiy yondashuv Iqtisodiy yondashuv korrupsiyani iqtisodiy manfaatlar, resurslarni nohaq taqsimlash va bozor mexanizmlarining buzilishi nuqtai nazaridan ko‘radi. Bu yondashuvda, korrupsiya bozor iqtisodiyotining samaradorligini pasaytiruvchi omil sifatida talqin etiladi. Gary Beckerning (1993) iqtisodiy nazariyasiga ko‘ra, korrupsiya "iqtisodiy inqiroz"ga olib keladi, chunki u resurslarning samarali taqsimlanishiga halaqit beradi. Beckerning fikriga ko‘ra, korrupsiyaning iqtisodiy sabablari bozor sharoitida ishtirokchilarning iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanish orqali sodir bo‘ladi.
3. Siyosiy yondashuv Siyosiy yondashuv korrupsiyani davlat boshqaruvining zaifligi va hokimiyatning noaniq taqsimoti bilan bog‘laydi. John Keanening (2009) fikriga ko‘ra, zamonaviy demokratik tizimlarda ko‘pincha siyosiy hokimiyat va biznes aloqalarining kuchayishi korrupsiyani kuchaytiradi, chunki bu holatda siyosatchilar va korxona rahbarlari o‘z manfaatlarini amalga oshirish uchun o‘zaro kelishuvga boradilar. Siyosiy tizimda adolatni ta’minlash va qonun ustuvorligini ta’minlash korrupsiyani kamaytirishda muhim omil hisoblanadi.
4. Ijtimoiy va madaniy yondashuv Ijtimoiy va madaniy yondashuvda korrupsiya ijtimoiy normallar va madaniyatga bog‘langan hodisa sifatida ko‘riladi. Piyerre Bourdiyeu (1991) bu yondashuvni ijtimoiy va madaniy kapital doirasida tushuntiradi, ya’ni korrupsiya jamiyatdagi an’analar, ish uslublari va qadriyatlar asosida shakllanadi. U jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar orqali korrupsiyaning normalizatsiyasiga olib kelishi mumkin. Bourdiyeu fikriga ko‘ra, jamiyatning yuqori tabaqalari o‘zlarining resurslarini boshqalar ustidan ustun qo‘yish orqali o‘z manfaatlarini himoya qilishadi, bu esa korrupsiya rivojlanishiga olib keladi.
5. Etik va axloqiy yondashuv Axloqiy yondashuv korrupsiyani insoniyatning etika va axloqiy qadriyatlariga zid bo‘lgan amaliyot sifatida ko‘rib chiqadi. Alasdair MacIntyre (1981) tomonidan taqdim etilgan "virtuye ethics" (fazilatlar etikasi) nuqtai nazariga ko‘ra, korrupsiya jamiyatda axloqiy me’yorlarning pasayishi va halollik prinsiplarining inkor qilinishiga sabab bo‘ladi. Bu yondashuvda, ijtimoiy ongni oshirish, axloqiy ta’limotlarni kuchaytirish va xalqaro miqyosda etika standartlarini joriy qilish korrupsiyaga qarshi samarali vosita sifatida ko‘riladi.
Bu yondashuvlar korrupsiyaning turli jihatlarini va uning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyatini aniqlashga yordam beradi. Har bir yondashuvning o‘ziga xos kuchli va zaif tomonlari mavjud, ammo ulardan foydalanish korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashgan yondashuvni talab qiladi.
Jahon bankining davlatning zamonaviy dunyodagi roli haqida bo‘lgan hisobotida korrupsiya quyidagicha ta’riflanadi: "Davlat hokimiyatidan shaxsiy manfaat uchun suiiste’mol qilish"[2. 251].
Shu tariqa, huquqiy ensiklopediyada "korrupsiya" atamasi quyidagicha ta’riflanadi: "Siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoyat faoliyati, bunda mansabdor shaxslar ularga ishonib topshirilgan huquq va hokimiyat vakolatlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanadilar"[3. 286.].
Ilm-fanda mavjud bo‘lgan fikrlar xilma-xilligini ko‘rsatishning standart usuli, ko‘rib chiqilayotgan tushunchaning mavjud ta’riflarini keltirishni talab zarur. Korrupsiya davlat xizmatchilarining o‘z vakolatlaridan foydalanib noqonuniy moddiy extiyojlarini qondirish ekanligini takidlash mumkin.
Korrupsiya quyidagi ko‘rinishdagi jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Birinchidan; insonlarda kreativlikni sustlashtirib yangilikka bo‘lgan intilishni yo‘q qiladi.
Ikkinchidan; boshqaruvga, jamiyatga va to‘g‘ri yo‘l bilan yuqorilashga ishonchni yo‘qolishiga olib keladi.
Uchunchidan; xarakatlarini ijobiy natijaga korrupsiyasiz erisha olmasligiga ishonch paydo bo‘lishi, natijada samaradorlikka e’tibor qaratmay yuzaki bajarib tezroq tasdiqni olishga intiladi.
Yuqoridagi oqibatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini anglab yetishimiz lozim bo‘ladi.
N. F. Kuznetsova korrupsiyani «davlat apparati va nodavlat tuzilmalarining xizmatchilarini pora olishda ifodalangan ijtimoiy xavfli hodisa»[4. 107.] deb ta’riflaydi.
A. I. Kirpichnikov esa korrupsiyani «hokimiyatning koroziyasi deb ta’riflaydi. Pora olish metalni zanglatgani kabi, korrupsiya davlat apparatini vayron qiladi va jamiyatning axloqiy asoslarini yemiradi. Korrupsiya darajasi — bu jamiyatning o‘ziga xos termometridir, uning axloqiy holati va davlat apparatining o‘z manfaatlari emas, balki jamiyat manfaatlari yo‘lida masalalarni hal qilish qobiliyati ko‘rsatkichi. Metall uchun korroziya charchoqligi chidamlilik chegarasining pasayishi kabi, jamiyat uchun korrupsiyaga charchash uning qarshilik ko‘rsatish qobiliyatining pasayishini anglatadi»[5. 75.].
Korrupsiyaning tasviriy taqqoslari ham mavjud, masalan: «Korrupsiya — bu hokimiyatning yemirilishi, davlat (yoki mahalliy) xizmatchilari va boshqa davlat funksiyalarini bajarishga vakolatlangan shaxslar o‘zlarining xizmatdagi holati, statusi va mansabidan shaxsiy boylik orttirish yoki guruh manfaatlari yo‘lida foydalanadigan ijtimoiy hodisa» [6. 88.].
K.V. Konovalov o‘z navbatida, «korrupsiya» tushunchasiga yondashuvlar ijtimoiy fanlarning ayrim sohalarida farq qiladi deb hisoblaydi. Agar sosiologik nuqtai nazardan, korrupsiya ikki nuqtai nazardan qaraladi va ta’riflanadi: Shaxsiyning deviant xulq-atvorining shakli, bu ma’lum bir motivatsiya bilan bog‘liq, ayniqsa, jamoat hisobiga shaxsiy manfaat olish bilan; Maxsus ijtimoiy institut, barcha boshqa tizimlarga, shu jumladan siyosiy institutlarga kiradigan va jamoatning amaldagi me’yorlari va axloqiga nisbatan destruktiv tizimni o‘z ichiga olgan ijtimoiy aloqalar tizimi [7. 232- 236].
Siyosatshunoslik esa, korrupsiyani, birinchi navbatda, jamiyatning siyosiy tashkilotini buzuvchi omil sifatida aniqlashga moyil. Siyosatshunoslikda korrupsiyani o‘rganish ushbu fenomenning siyosiy munosabatlar tizimi, hokimiyat, siyosiy institutlar va jarayonlar bilan sabab-oqibat aloqalarini aniqlashni nazarda tutadi. Korrupsiyaning boshqa jinoyat shakllari, ayniqsa, tashkil etilgan jinoyat va iqtisodiy jinoyatlar, shu jumladan, pullarni yuvish bilan bog‘liq aloqalari korrupsiyani transmilliy hodisaga aylantirib yubordi, bu esa butun dunyo jamiyatlarini va iqtisodiyotlarini o‘z ichiga oladi.
Mavjud bo‘lgan ko‘plab ilmiy yondashuvlarni tahlil qilgan holda umumlashtirsak, ilmiy adabiyotda korrupsiyani o‘rganishning turli yondashuvlari mavjud bo‘lib, bu esa ushbu hodisaning hamma uchun qoniqarli bo‘lgan yagona ta’rifining mavjud emasligiga olib keladi. Biroq, tarixan, korrupsiyaning birinchi ta’riflari aynan huquq sohasiga tegishli. Huquqiy nuqtai nazardan korrupsiya ta’riflarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, umumiy nuqta sifatida barcha ta’riflar xizmatdagi holatni shaxsiy manfaatlar uchun suiiste’mol qilishga, ya’ni vakolatga ega bo‘lgan shaxslar o‘z vakolatlarini ularning asosiy maqsadlariga erishish uchun emas, balki shaxsiy yoki guruh manfaatlari uchun ishlatishlariga olib keladi. Bunday holat, ayniqsa, davlat boshqaruvi tizimida hokimiyat institutlari uchun xosdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Copyright © Simon Sinek, 2009 All rights reserved
- Отчет Всемирного банка о мировом развитии / под общ. ред. Д. Тушунова. ; пер. с англ. Н. Сухова. М. : Прайм-Тасс, 1997.
- Юридическая энциклопедия. 2-е изд. перераб. М. : Зерцало, 2003.
- Криминология / под ред. Н. Ф. Кузнецовой, Г.М. Миньковского. М. : МГУ, 1994.
- Кирпичников А. Это модное слово «коррупция» // Российская провинция. Набережные Челны, 1995. № 5.
- Волженкин Б. В. Коррупция как социальное явление // Чистые руки. 1999. № 1.
- Коновалов К.В. Подходы к понятию «коррупция» как к историческому явлению // В сборнике: Развитие политических институтов и процессов: зарубежный и отечественный опыт. Материалы VIII Всероссийской научно-практической конференции. Редколлегия: И.А. Ветренко (отв. ред.), А.М. Балацкий, И.К. Жуков [и др.]. 2017. С. 232-236.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011140
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/114
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 403–408
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25