YOSHLAR TADBIRKORLIGINI TASHKIL ETISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARNING O‘RNI
Mirzakhalov Sardorbek JamoliddinovichIs‘hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri PhD, Dotsent2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 307–311
Annotatsiya
Ushbu maqolada, mustaqillak yillarida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tarixi yoritilgan. Bunda asosan partiyalarning “Yoshlar qanoti” bo‘limlarinig arxiv hisobotlari tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ НЕГОСУДАРСТВЕННЫХ НЕКОММЕРЧЕСКИХ ОРГАНИЗАЦИЙ В РАЗВИТИИ МОЛОДЕЖНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
В этой статье освещается краткая история некоммерческих организации в годы независимости проделанной организациями работы по организации молодежного предпринимательства. При этом в основном были проанализированы архивные отчеты отделов «молодежного крыла» партий, а также выработаны необходимые рекомендации.
inglizchaTHE ROLE OF NON-GOVERNMENTAL AND NON-PROFIT ORGANIZATIONS IN THE DEVELOPMENT OF YOUTH ENTREPRENEURSHIP
This article highlights a brief history of non-profit organizations in the years of independence, the work done by organizations to organize youth entrepreneurship. At the same time, the archival reports of the departments of the "youth wing" of the parties were mainly analyzed, and the necessary recommendations were developed.
Kalit so‘zlar
- Yoshlar tadbirkorligi
- partiya
- jamg‘arma
- innovatsion g‘oya
- daromad
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
YOSHLAR TADBIRKORLIGINI TASHKIL ETISHDA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARNING O‘RNI
РОЛЬ НЕГОСУДАРСТВЕННЫХ НЕКОММЕРЧЕСКИХ ОРГАНИЗАЦИЙ В РАЗВИТИИ МОЛОДЕЖНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
THE ROLE OF NON-GOVERNMENTAL AND NON-PROFIT ORGANIZATIONS IN THE DEVELOPMENT OF YOUTH ENTREPRENEURSHIP
Mirzaxalov Sardorbek Jamoliddinovich Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri PhD, Dotsent e-mail: butsefal-991@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Ushbu maqolada, mustaqillak yillarida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tarixi yoritilgan. Bunda asosan partiyalarning “Yoshlar qanoti” bo‘limlarinig arxiv hisobotlari tahlil qilinib, kerakli tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. Аннотация В этой статье освещается краткая история некоммерческих организации в годы независимости проделанной организациями работы по организации молодежного предпринимательства. При этом в основном были проанализированы архивные отчеты отделов «молодежного крыла» партий, а также выработаны необходимые рекомендации. Abstract This article highlights a brief history of non-profit organizations in the years of independence, the work done by organizations to organize youth entrepreneurship. At the same time, the archival reports of the departments of the "youth wing" of the parties were mainly analyzed, and the necessary recommendations were developed. Kalit so‘zlar. Yoshlar tadbirkorligi, partiya, jamg‘arma, innovatsion g‘oya, daromad. Ключевые слова молодежное предпринимательство, партия, фонд, инновационная идея, доход. Keywords youth entrepreneurship, party, foundation, innovative idea, income.
Yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyatining yildan-yilga rivojlanib borishi, ularning jamiyat taraqqiyotia muhim kuchga aylangani, hech shubhasiz mustaqillik yillarida bu sohada olib borilgan davlat siyosati nafaqat yurtimizdagi koʻp sonli yoshlar hayotida, balki mamlakat taraqqiyotida ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻlganining yorqin dalilidir. Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu sohadagi vazifalar, istiqbolli davlat dasturlarini amalga oshirishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat-notijorat tashkilotlarining ham oʻrni katta. Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunida “Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan oʻzini-oʻzi boshqarish tashkilotidir”1, – deb taʼrif berilgan. Qonunga koʻra, nodavlat notijorat tashkiloti (keyingi oʻrinda NNT deb yuritiladi – dissertant) jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini, turli demokratik va insoniylik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy-madaniy hamda maʼrifiy maqsadlarga erishish, qolaversa, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladi. NNT fuqarolarning ixtiyoriy birlushuvi bilan tuziladi, daromad olish ularning asosiy faoliyati boʻlmasligi kerak. Agarda qonunda belgilanganidek, pullik xizmat koʻrsatsa, u holda daromadni oʻzining faoliyatini takomillashtirishga sarflashi nazarda tutilgan2. Shu oʻrinda yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda koʻmaklashish, rivojlantirish va ragʻbatlantirish maqsadida bevosita va bilvosita tashkil etilgan NNTlarni tahlil qilish jarayonida ularni oʻz faoliyati va funksiyasiga koʻra ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruhga NNT faoliyatining bir tarmogʻi yoshlar bilan ishlash boʻlsa, ikkinchi guruhga butun bir muassasaning faoliyati faqatgina yoshlarga qaratildi. Masalan, birinchi guruhga kiruvchi, Oʻzbekiston siyosiy partiyalari. Oʻzbekiston da 5 ta, yaʼni Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi va Ekologik partiyalar mavjud boʻlib, ularning har birida yoshlar qanoti faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasidagi siyosiy partiyalar yoshlar qanotlari 2003-2009-yillar oraligʻidagi muddatda shakllandi. - “Adolat” sotsial demokratik partiyasining “Yosh adolatchilar” deb nomlanuvchi qanoti 2003-yilda chiqarilgan Respublika konferensiyasida tuzildi 3 . Bu partiyaning boshqaruv Nizomiga koʻra, “Yosh adolatchilar” faoliyati yoshlarda huquqiy ongni oʻstirish, qonun qoidalarga amal qilish va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni oʻz ichiga oladi. - OʻzLiDeP tarixi bir guruh tadbirkorlar va fermerlar 2003-yil 4-5-oktyabrda partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishi bilan boshlandi. 2003-yil 15-noyabrda esa partiyaning birinchi taʼsis syezdi oʻtkazildi va unda partiya dasturi qabul qilindi. 2004-yil 23-yanvarda partiyaning “Yoshlar qanoti” tashkil etildi 4 . OʻzLiDeP “Yoshlar qanoti”ning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: yangilik yaratishga chanqoq, el-yurt ravnaqi va vatan manfaatlari uchun fidoyi boʻlgan, zamon ruhini teran ilgʻaydigan, ishbilarmon yoshlarni, malakali yosh kadrlarni oʻz atrofida birlashtirish; yoshlar hayotiga partiyaning dasturiy maqsadi va vazifalarini tatbiq etib borish;
1 Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʼgʼrisida”. OʼRQ.763-son. 14.04.1999. // Lex.uz qidiruv tizimi. Murojaat qilingan sana: 29.03.2021. 2 Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʼgʼrisida”. OʼRQ.763-son. 14.04.1999. // Lex.uz qidiruv tizimi. Murojaat qilingan sana: 29.03.2021. 3 Oʻzbekiston “Аdolat” SDP maʼlumotnomasi. 4 OʼzLiDeP Namangan viloyati boʼlimi joriy arxiv maʼlumotlari. Maʼlumotlar Partiyaning Namangan viloyati boʼlimi tomonidan 12.07.2020 yilda elektron koʼrinishda taqdim etilgan.
yoshlarning jamiyat hayotida harakatchanligini oshirish; yoshlarning ijtimoiy-iqtisoiy hayotidagi huquqiy manfaatlarini himoya qilish; istedodli yoshlarning salohiyatini toʻliq yuzaga chiqarishga koʻmaklashish; yoshlarni jamiyatda hayotida munosib joy olishi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish5. Shu oʻrinda eslatib oʻtish joiz, har bir hududiy, tuman va shahar partiya Kengashlarida “Yoshlar qanoti”ning joylarda 112 dan ortiq klublarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bundan tashqari yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishiga koʻmaklashish maqsadida “Diplom bilan biznesga”, “Yosh tadbirkor muammolarini oʻrganish”, “Yosh mulkdor – yurt tayanchi” hamda “Yosh fermer” loyihalari joriy etilgan boʻlib, ularda 3,5 milion yoshlar ishtirok etdi. Loyihalar doirasida 20 mingdan ortiq yoshlarga 46 mlrd. 500 mln soʻm miqdorida kredirlar olishga amaliy yordam koʻrsatildi, shu yoʻl orqali 50 mingdan ortiq ish oʻrinlari yaratildi6. 2011-yildan boshlab yoshlarni tadbirkorlik sohasiga qiziqishini ortirish, ularni ushbu sohadagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida partiyaning “Yoshlar qanoti” dasturi doirasida “Ishbilarmon oʻquvchi” maxsus stipendiyasi taʼsis etildi. Stipendiya tanlovi oʻquvchilarni tadbirkorlik va ishbilarmonlik koʻnikmalarini qay darajada oʻzlashtirganligi, zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari hamda internet xizmatidan foydalanish borasidagi bilimlari, qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish borasida ishlab chiqqan innovatsion loyihalari asosidagi mezonlar boʻyicha tanlab olinadi. Tanlovning viloyat bosqichida eng yuqori oʻrin olgan 5 nafar oʻquvchiga “Agrobank” va “Sanoatqurilishbank” tomonidan yil davomida har oy maxsus belgilangan miqdorda stipendiya toʻlab borilgan. Ushbu loyiha yoshlarga motivatsiya berib, tadbirkorlikka oid bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, sohaga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni sinchiklab oʻrganishda ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratishni nazarda tutdi. Natijada, koʻplab oʻquvchi yoshlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik savodxonligi oshdi7. - Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining 2006-yil 16-martdagi qarori bilan “Istiqbol” yoshlar qanoti tuzildi. Ushbu oʻz faoliyati davomida, yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etishga, vatanparvarlik tadbirlarini tashkillash va yoshlarni yagona shior ostida birlashtirishga chaqiruvlaridan iborat 8. - “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Yoshlar kanali” 2008-yil 18-dekabrdagi faollar yigʻilida tashkil etildi OʻMTDP “Yoshlar qanoti” oʻz oldiga yoshlarda vatanparvarlik, milliy ruh tuygʻularini tarbiyalash bilan bir qatorda, ular orasidagi ishsizlikni milliy hunarmandchilikni rivojlantirish orqali bartaraf etish, bu
5 OʼzLiDeP Namangan viloyati boʼlimi joriy arxiv maʼlumotlari. Maʼlumotlar Partiyaning Namangan viloyati boʼlimi tomonidan 12.07.2020 yilda elektron shaklda taqdim etilgan. 6 OʼzLiDeP Namangan viloyati boʼlimi joriy arxiv maʼlumotlari. Maʼlumotlar Partiyaning Namangan viloyati boʼlimi tomonidan 12.07.2020 yilda elektron shaklda taqdim etilgan. 7 Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон либерал демократик партияси “Ёшлар қаноти” “ишбилармон ўқувчи” стипендияси учун кўрик-танлов ўтказилishини маълум қилади // Туркистон, 2011. 12 март. 8 Сиёсий кучларнинг сўл қаноти // Жамият, 2007. 8 март.
yoʻlda vazirlik idoralari, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlik qilishni maqsad qilgan. 320014 partiya aʼzolaridan 157188 nafarini yoshlar tashkil etadi 9. Partiya safida 30 yoshgacha (OʻzLiDePda 34 yoshgacha) boʻlgan aʼzolari OʻzLiDePda – 49,9 foizni, “Milliy tiklanish” DPda – 53,6 foizni, XDPda – 31,9 foizni, Adolat SDPda -40,4 foizni tashkil etadi10. Oʻz tuzilmasi va funksiyasiga koʻra, OʻzLiDeP mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bois, uning faoliyatida yoshlar tadbirkorligni qoʻllab-quvvatlashga koʻproq eʼtibor berildi. 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini taʼminlash hamda oʻz tadbirkorligini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarning ekspertlar va investorlarga oʻz biznes loyihalari taqdimotini namoyish etish, ularga mutaxassislar tomonidan tegishli maslahatlar berilishi hamda eksport sohasidagi ilgʻor tadbirkorlar natijasini oʻrganish va amaliy tavsiyalar olish imkoniyatini yaratish maqsadida “Start up invest”, “Start up exsport” va “Start up innovation” loyihalari tashkil etildi 11 . Ushbu loyihalarni koʻlamini kengaytirish maqsadida esa Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi oʻrtasida mamlakatni 2019-2020-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga amalga oshirayotgan tashriflariga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida oʻzaro hamkorlikda yangi istiqbolli innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan Memorandum imzolandi12. Ushbu hujjatga koʻra, ikki tashkilotlar hamkorligida turli yoʻnalishdagi tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Xususan, hududlarni zamonaviy rivojlantirish maqsadida yangi innovatsion gʻoya va takliflarni ishlab chiqish maqsadida joylarda keng jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar, yoshlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari hududlardagi mavjud erkin iqtisodiy sanoat zonalari, kichik sanoat zonalari hamda texnoparklarda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, ilgʻor innovatsion texnologiyalar asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli, import oʻrnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan tajribali tadbirkorlar bilan faoliyatlarini boshlamoqchi boʻlgan loyiha tashabbuskorlari oʻrtasida “Startup innovation”, “Startup invest” va “Startup export” loyihalari boʻyicha mahorat darslari oʻtkazish ham nazarda tutilgan 13. Shuningdek, oʻzaro hamkorlikda yangi istiqbolli innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlab olinib, unga koʻra qator targʻibot 9 “Yoshlar qanoti” // mt.uz/yoshlar-qanoti 10 “Yoshlar qanoti” // mt.uz/yoshlar-qanoti 11 OʼzLiDeP Namangan viloyati boʼlimi joriy arxiv maʼlumotlari. Maʼlumotlar Partiyaning Namangan viloyati boʼlimi tomonidan 12.07.2020 yilda elektron shaklda taqdim etilgan. 12 Innovatsion rivojlantirish vazirligi va O‘zLiDeP oʼrtasida Memorandum imzolandi // Oʻzbekiston Respublikasi Innovatson rivojlantirish vazirligi rasmiy veb-sahifasi, Kirish rejimi: mininnovation.uz /uz/news/ murajaat qilingan sana: 2021.03.29 13 Innovatsion rivojlantirish vazirligi va O‘zLiDeP oʼrtasida Memorandum imzolandi // Oʻzbekiston Respublikasi Innovatson rivojlantirish vazirligi rasmiy veb-sahifasi, Kirish rejimi: mininnovation.uz /uz/news/ murajaat qilingan sana: 2021.03.29
ishlari oʻtkazilishi ham maqsad qilingan. Ushbu loyihalarni keng targʻib etish va amalga oshirish yoshlar tadbirkorligini rivojlantiradi. OʻzLiDeP tomonidan yosh tadbirkorlar joylarda duch kelayotgan muammolarga amaliy yordamlar ham berib kelindi. Buning natijasida yosh tadbirkorlarni qiynayotgan bir qator muammolar, xususan, yer ajratish, bino ajratish, kredit, subsidiya, soliq va boshqa imtiyozlarni olishda doimiy yordam koʻrsatildi (3.1.1. – ilova). Yosh tadbirkorlar faoliyatida eng koʻp uchragan muammolar kredit olish masalasida boʻlib, Respublika boʻyicha 2016-2021-yillarda 5870 ta muammo joyida ijobiy hal etilgan. Shundan, Andijon viloyatida 2192 ta, Namangan viloyatida 2420 ta, Fargʻona viloyatida 34 tasi toʻgʻri keladi
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʼgʼrisida”. OʼRQ.763-son. 14.04.1999. // Lex.uz qidiruv tizimi. Murojaat qilingan sana: 29.03.2021
- OʼzLiDeP Namangan viloyati boʼlimi joriy arxiv maʼlumotlari. Maʼlumotlar Partiyaning Namangan viloyati boʼlimi tomonidan 12.07.2020 yilda elektron koʼrinishda taqdim etilgan.
- “Yoshlar qanoti” // mt.uz/yoshlar-qanoti
- Сиёсий кучларнинг сўл қаноти // Жамият, 2007. 8 март.
- Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон либерал демократик партияси “Ёшлар қаноти” “ишбилармон ўқувчи” стипендияси учун кўрик-танлов ўтказилishини маълум қилади // Туркистон, 2011. 12 март.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011127
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/98
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 307–311
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25