Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA MARG‘ILON SHAHRIDAGI TA‘LIM TIZIMI
Madaminov is the son of Ulug‘bek Makhamadjon · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Marg‘ilon shahrida shakllangan ta‘lim tizimi o‘rganiladi. Unda an‘anaviy maktablar va madrasalar faoliyati, yangi usuldagi maktablarning paydo bo‘lishi, ularning ijtimoiy va madaniy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘sha davrdagi ta‘lim muassasalarining tarkibi, darsliklar, o‘qituvchilar tarkibi hamda hukumat siyosatining ta‘limga ta‘siri yoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XIX ASR IKKINCHI YARMIDA FARG‘ONA VODISIDA MILLIY OZODLIK UCHUN OLIB BORILGAN KURASHLAR
Gulomova Rukhshona Rustamjon kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan milliy ozodlik harakatlari va mustamlaka hukumatning zulm-sitamlariga qarshi mahalliy aholini olib borgan kurashlari aks etadi. Bu davrda "soxta xon" nomi bilan mashhur bo‘lgan Po‘latxon va Yetimxon hamda Darveshxon to‘ra va Dukchi Eshonlarning milliy ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QURBONJON DODXOHNING HAYOTI VA FAOLIYATI
Asatullayeva Zulhumor Lutfullakhan qizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Qurbonjon dodxohning hayoti va faoliyati davomida olib borgan ishlari to‘g‘risida qimmatli ma‘lumotlar berilgan. Bundan tashqari qahramon ayol namoyondasi bo‘lmish Qurbonjon dodxohning boshidan kechirgan qiyinchiklari, yoqotishlari, erishgan yutuqlari, qilgan qo‘zg‘olonlari haqida ham atroflica to‘xtalib o‘tilgan. Umuman olganda Qurbonjon dodxohning Vatan uchun olib borgan yurishlari haqida ma‘lumot olish mumkin.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
1940-1950 YILLARDA O‘ZBEKISTON SSRDA G‘ALLACHILIK MASALALARI (Farg‘ona vodiysi misolida)
Khojamov Muzaffar Rasuljonovich, · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada O‘zbekiston SSRda 1940-1950 yillarda aholining oziq-ovqat ta‘minotini olib borishda g‘alla va don yetishtirish, bu borada hukumat tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar, uning natijasida g‘alla ta‘minoti, aholini don va un, non ta‘minotini borasidagi muammolar masalalari yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARXIVLARNI MUTAXASSISLAR BILAN TA‘MINLASH VA KADRLAR YETISHMOVCHILIGI MASALALARI (Farg‘ona vodiysi misolida 1917-1945 yy.)
Kholbov Mirzabek Karimjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Turkiston va O‘zbekiston SSRda arxivlaridagi kadrlar masalalari, farg‘ona vodiysi arxivlari ularning faoliyatidagi kadrlar muammolari, mutaxassislarga bo‘lgan talab, ularni o‘qitish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma‘lumotlar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSIDA O‘RMON XO‘JALIGINI VUJUDGA KELISHI TARIXIDAN
Olimov Jahongir Boriboyevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida zamonaviy ma‘nodagi birinchi o‘rmon xo‘jaligini vujudga kelishi hamda yurtimizda bu borada dastlab amalga oshirilgan ishlar tarixi borasida so‘z yuritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
РОЛЬ ТАТАРСКОЙ ДИАСПОРЫ В КУЛЬТУРНОЙ ЖИЗНИ ТУРКЕСТАНА В НАЧАЛЕ ХХ ВЕКА (НА ПРИМЕРЕ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ)
Jakhongir Shakirovich Yulchibaev · Материалы международной научно-практической конференции по «АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ» · 2025
XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasining madaniy-ma‘rifiy hayotida tatarlar jamoasi muhim o‘rin tutgan. Bu faoliyat Farg‘ona vodiysida alohida ahamiyat kasb etdi, bu yerda tatarlar modernizatsiya g‘oyalarini o‘tkazishdi, ta‘limning targ‘ibotchilari va ijtimoiy jarayonlarning faol ishtirokchilariga aylandilar. Ushbu maqolada butun Rossiya va mintaqaviy o‘zgarishlar fonida tatarlarning ta‘lim, matbuot, diniy fikr, teatr faoliyati va ijtimoiy faolligini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDAN FARG‘ONA VODIYSI O‘RMON XO‘JALIKLARI FAOLIYATIGA NAZAR
Olimov Jahangir Boriboevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
O‘zbekistonda insonning tabiatdan foydalanish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Suv bo‘ylarida to‘qay o‘rmonlari mavjud bo‘lgan. To‘qay o‘rmonlarida yashovchi hayvonlar va o‘simliklar dunyosi ularni boqqan. O‘rmonlar va ulardagi o‘simliklar dunyosiga yaqin bo‘lib yashash odamlarni o‘troq tarzdagi hayotga o‘rgatgan. Ushbu maqolada O‘rta Osiyo va yurtimizda XIX asr oxiri XX asr boshlaridan mavjud o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati tahlil qiling.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSIDA IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLAR VA BOLALARGA KO‘RSATGAN TA‘SIRI (1945-1991 yy)
Bahrom Djamolovich Djalolov. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada sovet hukumatining “bolalarni komunistik tuzumga sodiqlik” ruhida tarbiyalash hamda bu yolda qarshi bo‘lgan barcha milliy va diniy qadriyatlarni, urf-odatlarni inkor etish va uning oqibatlari ochib beriladi. Sovet ta‘lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda usbu sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tarixiy-ilmiy manbalar asosida tanqidiy tahlil qilib beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
HYGIENE AND HEALTH EDUCATION IN THE USSR 1930-1941
Nuritdinov Azizkhon Usmanovich · Materials of the International Scientific and Practical Conference on “RELEVANT PROBLEMS OF THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY” · 2025
Ushbu maqolada 1930-1941 yillardagi sobiq Ittifoqdagi, xususan, O‘zbekistonda gigiena, sanitariya va epidemiologiya holati har tomonlama tahlil qilingan. Unda gigienist shifokorlarning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, tozalikni ta‘minlash borasidagi faoliyati arxiv materiallari va ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganiladi. Tadqiqot kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sanitariya-epidemiologiya ishlarini yoritadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘SH SHAHRIDA SHAHAR DUMASIGA SAYLOVLARNING O‘TKAZILISHI
Boltaboev Yodgorjon · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Maqolada O‘sh shahrida 1917 yilda Shahar Dumasining tashkil etilishi uchun tayyorgarlik jarayonlari, saylov oldi targ‘ibot - tashviqot ishlari va saylovlarning o‘tkazilishi, Shahar Dumasining tashkil etilishi va ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faoliyati yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TURKISTON (QO‘QON) MUXTORIYATI: OZODLIK VA DEMOKRATIYA YO‘LIDAGI ILK QADAM.
Turgunbayeva Muazzam Azamjon kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu ilmiy maqola Turkiston (Qo‘qon) Muxtoriyati: Ozodlik va Demokratiya Yo‘lidagi Ilk Qadam mavzusiga bag‘ishlanadi. Maqolada Qo‘qon Muxtoriyatining tashkil topishi, uning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlari, shuningdek, milliy ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi birinchi qadamlari tahlil qilinadi. Muxtoriyatning qisqa muddatli faoliyati davomida amalga oshirilgan islohotlar va xalqlar o‘rtasidagi milliy birlashish jarayonlari haqida batafsil ma‘lumotlar beriladi. Maqolada shuningdek, Muxtoriyatning tugatilishiga olib kelgan siyosiy va harbiy sabablar ham o‘rganiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ПРОБЛЕМЫ ВОСТОКА И СТАНОВЛЕНИЯ ТУРЕЦКОГО ГОСУДАРСТВА (VIII-XX вв.)
Aida Bayishevna Duyshonbaeva, Nurmatova Jyldyz Irgashovna · Материалы международной научно-практической конференции по «АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ» · 2025
Maqolada Sharqda chuqurlashib borayotgan inqiroz sharoitida Turkiya qanday qilib eng barqaror davlatlardan biri bo‘lib qolayotgani ko‘rib chiqiladi. Ayni paytda mamlakat ichida ikki oqim: diniy-siyosiy konservatizm va islom modernizmi o‘rtasidagi kurashni aks ettiruvchi murakkab siyosiy jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Turkiya prezidentining ijtimoiy-siyosiy hayot va tashqi siyosatni liberallashtirishga qaratilgan siyosatiga G‘arb qadriyatlarining kirib kelishi va islom institutlarining roli zaiflashishi va shunga mos ravishda jamiyat va hokimiyat tizimidagi yetakchilik mavqeini yo‘qotishidan qo‘rqqan islomiy radikallar faol to‘sqinlik qilmoqda.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ROSSIYA IMPERIYASI ZULMIGA QARSHI FARG‘ONA VODIYSIDA KO‘TARILGAN XALQ HARAKATLARI
Khudoyberdiev Olloberdi Gayratjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Qo‘qon xonligini Rossiya imperyasi bosib olgandan so‘ng Farg‘ona vodiysida Rossiya imperyasiga qarshi ko‘tarilgan xalq harakatlari yani qo‘zg‘alonlar va bu qo‘zg‘olon kelib chiqishi sabablari, qo‘zg‘olonni borishi va bu qo‘zg‘alonlarning azolining yashash turmush sharoitiga ta‘siri haqida so‘z boradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
JADIDLARNING TA‘LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARI
Begmatov Khairullo Khabibullayevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi davrida Turkiston o‘lkasida faoliyat ko‘rsatgan madrasa, masjid, qorixona singari ta‘lim muassasalari faoliyati hamda jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usul maktablaridagi ta‘limning ahamiyati haqida ma‘lumot berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI VA TOSHKENT JADIDLARI
Nabijanov Umidjon Abdugani oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada yurtimizning Farg‘ona vodiysi, ya‘ni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududidan yetishib chiqqan jadidchilik harakati namoyondalarining hayoti, ilmiy faoliyati va jadidchilikda biz uchun qoldirgan meroslari haqida ma‘lumot berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NAMANGAN VILOYATIDAGI OLIY O‘QUV YURTLARI TASHKIL TOPISHI.
Ergashev Jaxongir Abdurasul oglu, · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu ilmiy maqola Namangan viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarining tashkil topishi va rivojlanishini o‘rganadi. Maqolada sovet davrida viloyatda oliy ta‘lim muassasalarining tashkil etilishi, ular orqali mutaxassislar tayyorlash jarayoni, ta‘lim tizimining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi, shuningdek, viloyatdagi ilmiy va madaniy hayotning shakllanishidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Davlat siyosati va ta‘lim tizimi o‘zgarishlarining Namangan viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatiga qanday ta‘sir ko‘rsatganligi, ta‘limda ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlar va mutaxassisliklar muhokama qilinadi. Maqola viloyat ta‘lim tizimining rivojlanishi va oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotdagi o‘rnini tushunishga yordam beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI HUDUDLARI EKOLOGIYASINI SOG‘LOMLASHTIRISH MASALASI (TARIXIY TAXLIL)
Norkuziyev Dadakhon Rakhmonjonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi shahar va qishloqlarida ekologiyasining holati hamda uning sog‘lomlashtirish jihatlari haqida to‘xtalib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTON TARIXINI O‘RGANISHDAGI MADANIY MEROS OBYEKTLARINING O‘RNI (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)
Rasulov Ma‘murjon Foziljonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada O‘zbekiston tarixini o‘rganishda madaniy meros obyektlarining o‘rni Farg‘ona viloyati misolida tadqiq etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SOVET TUZUMI DAVRIDA QATAG‘ON ORGANLARI
Anvar Abdullaev, R. Khusainov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur makolada qatag‘on organlari ichida xalqni ayovsiz terror qilgan inqilobiy tribunallar, Oliy inqilobiy tribunal va uning qoshida tashkil etilgan favkulodda tergov komissiyalari alohida rol o‘ynagan. 1918 yil 18 noyabrda Turkiston markaziy ijroiy qo‘mitasining inqilobiy tribunali tashkil etilgan va ular qoshida tergov komissiyasi va ayblovchilar xay‘ati tashkil etilgan.