JADIDLARNING TA‘LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARI
Begmatov Khairullo KhabibullayevichUniversity of Business and Science Tarix mutaxassisligi magistranti.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 170–174
Annotatsiya
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi davrida Turkiston o‘lkasida faoliyat ko‘rsatgan madrasa, masjid, qorixona singari ta‘lim muassasalari faoliyati hamda jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usul maktablaridagi ta‘limning ahamiyati haqida ma‘lumot berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ РЕФОРМЫ ДЖАДИДОВ
В статье представлена информация о деятельности образовательных учреждений, таких как медресе, мечети и карихана, действовавших в Туркестане во времена Российской империи, а также о важности образования в школах нового образца, созданных джадидами.
inglizchaEDUCATIONAL REFORMS OF THE JADIDS
This article provides information about the activities of educational institutions such as madrasas, mosques, and qarikhanas that operated in Turkestan during the Russian Empire, as well as the importance of education in new-style schools established by the Jadids.
Kalit so‘zlar
- Jadidlar
- Rossiya imperiyasi
- Turkiston
- madrasa
- masjid
- ta‘limning ahamiyati
- yangi usul maktablari
- tarixni anglash
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
JADIDLARNING TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARI
Begmatov Xayrullo Xabibullayevich University of Business and Science Tarix mutaxassisligi magistranti. e-mail: xayrullobegmatov87@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi davrida Turkiston o‘lkasida faoliyat ko‘rsatgan madrasa, masjid, qorixona singari ta’lim muassasalari faoliyati hamda jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usul maktablaridagi ta’limning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. Аннотация В статье представлена информация о деятельности образовательных учреждений, таких как медресе, мечети и карихана, действовавших в Туркестане во времена Российской империи, а также о важности образования в школах нового образца, созданных джадидами. Annotation This article provides information about the activities of educational institutions such as madrasas, mosques, and qarikhanas that operated in Turkestan during the Russian Empire, as well as the importance of education in new-style schools established by the Jadids. Kalit so‘zlar. Jadidlar, Rossiya imperiyasi, Turkiston, madrasa, masjid, ta’limning ahamiyati, yangi usul maktablari, tarixni anglash. Ключевые слова. джадиды, Российская империя, Туркестан, медресе, мечеть, значение образования, новометодные школы, понимание истории. Keywords. Jadids, Russian Empire, Turkestan, madrasa, mosque, importance of education, new method schools, understanding of history.
Tarix bu hayot madrasasi, o‘tmishning ko‘zgusi va kelajakning ustozi. O‘tmishga tarix orqali nazar tashlaymiz. Har bir davrning o‘z qahramonlari bor. Yutuqlari va kamchiliklari bor. Yutuqlaridan foydalanish va yo‘l qoyilgan kamchiliklardan oqilona xulosa chiqarish, oqil jamiyatning, unda yashayotgan insonlarning burchi hisoblanadi. O‘zbek xalqi o‘zining boy va shonli tarixiga ega. Uni holis o‘rganish, hamda millat yoshlarining qalbiga singdirish, bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada tarixchi olimlar, jamiyatning ziyoli qatlam vakillari tomonidan bir qator ilmiy ishlar, izlanishlar olib borilmoqda. Natijada o‘z tariximiz, dinimiz va milliy qadriyatlarimiz haqida yangidan yangi ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdamiz. Mustaqillikdan so‘ng Turkiston ozodligi uchun kurashgan juda ko‘plab jadid ziyolilarimizning nomlari qayta tiklandi. Asarlari chop etilib, ular haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida Jumladan: “Umuman, biz jadidchilik harakati,
ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”, degan edi. Shuningdek, 2020-yilning 8-oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirsini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5598-son Farmoyishi elon qilindi (1) Farmonning ijrosini taminlash maqsadida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Buxoro shahrida “Jadidlar merosi davlat muziyi tashkil etildi”. Jadidlar kim? Jadidchilik yoki jadidizm atamasi “Arabcha: jadid – yangi” XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston, Kavkaz, Tatariston va Qrim ziyolilari hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakat (1). O‘z xalqining mard o‘g‘lonlari, o‘z davrining asl qahramonlari. XiX-asrning ohiri, XXasrning boshlarida Turkiston hududida og‘ir bir ijtimoiy inqiroz hukm surar edi. Bir tomondan qotib qolgan konservatizm vaziyatni isloh qilishni istamas edi. Ikkinchi tomondan esa milliy va diniy qadriyatlarimizni, o‘zligimizni yo‘qotishni istovchi Rossiya Impiriyasi edi. Tabiiyki ular o‘zligimizni saqlashga parvarish qilishga imkoniyat bermasdi. Mana shunday og‘ir bir davrda jadidlar maydonga chiqdi. Ularning bosh maqsadi jamiyatni isloh qilish, zamonaviy davlat qurish, Ilm ma’tifat, adabiyot, ayniqsa, ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratish edi. Ular bor e’tiborini, qo‘llaridan kelgan barcha imkoniyatlarini millatning tafakkurini o‘zgartirishga qaratgan edi. Jadidlar tom ma’noda Turkistonda salohiyatli tizimli faoliyat olib bordi. Jadidlar o‘zligimizdan voz kechmagan holda, ayni damda o‘zliklarimiz asosida yangi, zamonaviy islohotlarni amalga oshirishga intilgan edi. Lekin bu intilish Turkiston axolisi uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lmasin, o‘z davrida Rossiya imperiyasi uchun tahlikali va hatarli edi. Jadid bobolarimizning tarixini o‘rganish bizga nima beradi? Avvalo ona vatan mustaqilligini qadriga yetish, vatan mustaqilligini asrab-avaylash, vatanparvarlik ilm-marifat bilan, vatanga sadoqat esa, unga muhabbat, birlik bilan bo‘lishi lozimligini o‘rgatadi. Bu tuyg‘ularni shakllantirish uchun avvalo inson yoshligidan barkamol qilib tarbiyalangan bo‘lishi lozim. O‘z davrida jadidlar ko‘targan muammolar, ayni damda bugungi kundagi muammolar bilan hamohangdir. Ular millatning mustaqilligi, taraqqiyotini bilimli yoshlar qo‘lida deb bilganlar. Buning uchun eng avvalo ta’lim tizimini isloh qilish, diniy bilimlar bilan bir qatorda, dunyoviy bilimlarni ham o‘zlashtirish, zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlarini qo‘lga kiritish lozimligini teran anglaganlar. Chindan ham Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olishida yuqorida keltirilgan omillarning yetishmasligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Natijasida Turkiston hududida joylashgan uchta xonlik o‘z erkidan, mustaqilligidan mahrum bo‘ldi. Bir paytlar dunyoni o‘ziga qaratgan, ilmma’rifat maskani bo‘lgan, “Qubbatul islom” nomini olgan zamin, zamonaviy ilmlarning yetishmasligi, mansabparastlik va birlikning yo‘qligi natajasida mustamlaka hududga aylantirildi. Bu voqealar qalbida vatan tuyg‘usi bor millat ziyolilarini, jadidlarni chuqur qayg‘uga soldi. Turkistonda dastlabki jadid guruhlari XIX asr ohiri, XX asrning boshlarida vujutga keldi. Jadidlarning taniqli vakillari
milliy ziyolilarning o‘zagini tashkil etgan kishilar edi. Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Sadriddin Ayniy, Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Zaki Validiy, Toshpo‘lat Norbo‘tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalar shular jumlasidandir. Taraqqiyotning negizi ilmda ekanligini anglab yetgan ziyolilar, jamiyatdagi mavjud muammolarning yagona yechimi ma’rifat ekanligini bilganlar. Shuning uchun bor imkoniyatlarini yangi usul maktablarini ochish, axolining xat savodini chiqarish va millat yoshlariga zamonaviy ilm-ma’rifat sirlarini o‘rgatishga qaratganlar. Rossiya imperiyasi bosqiniga qadar o‘lkada eski maktab, masjid, qorixona va madrasalar keng tarqalgan edi. Rossiya imperiyasi mamurlari maktab va madrasalar faoliyatini isloh qilish mustamlakachilik manfaatlariga zid ekanligini allaqachon tushunib yetgan edi. Imperiya rahbarlarining tub joy aholisiga bo‘lgan munosabati masalasida asosiy e’tibor ularni ilm-ma’rifatdan chetda ushlab turishga qaratilgan. Turkiston general -gubernatori, K. P. fon Kaufman (1867 – 1882) o‘lkada milliy maorifga nisbatan ruslashtirish siyosatini qo‘llab quvvatladi. U maktablardan ham ko‘ra ko‘proq madrasalar xavfli deb bilgan. Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, Farg‘ona viloyati hududida 1898-yilda 182 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularda 10391 ta talaba ta’lim olgan. General-gubernator madrasalar faoliyatiga quyidagicha beho beradi: “Madrasalar musulmon diniy zodagonlari kuchi va imtiyozlarini muhofaza qiluvchi muassasalar sifatidagi muhim siyosiy vazifadan tashqari, bugungi kunda ham musulmon targ‘ibotining markazi va o‘chog‘i sifatida asosiy rolni bajarib kelmoqda”[6]. Natijada masjid, madrasa va ta’lim dargohlarining moddiy – moliyaviy ta’minoti uchun zarur bo‘lgan vaqf mulklarini tortib ola boshladi. Bu holat Turkiston o‘lkasida ilm - ma’rifat, ziyo tarqatuvchi ta’lim maskanlarining faoliyatini pasayishiga olib keldi. Turkistonning deyarli barcha hududlarida ilgor fikrli ziyolilar XIX asrning ohiri XX asrning boshlariga kelib, ozodlik va taraqqiyotga ta’lim tizimini isloh qilish bilan erishish mumkinligini anglab yetdilar. Natijada o‘lkaning barcha hududlarida jadidlar tomonidan yangi usul maktablari joriy qilina boshladi. Yangi usul maktablari xususiy tashabbus bilan yuzaga keldi. Tez orada mahalliy aholining muhabbatini qozondi. Bu vaqtda Rossiya imperiyasi tomonidan rustuzem maktablari ham joriy qilingan edi. Ota-onalar farzandlarini rus-tuzem maktablarida bepul o‘qitishdan ko‘ra, ko‘proq yangi usul maktablarida pul to‘lab o‘qitishni afzal ko‘rdilar (2). Yangi usul maktablarda bolalarga diniy fanlar bilan bir qatorda adabiyot, matematika, geografiya, tarix, fizika, kimyo fanlari ham o‘rgatilgan. Jadidlar tomonidan o‘quvchilar uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yaratilgan. Jumladan Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Munavvar Qorining “Adibi avval”, Abdulla Avloniyning “Birinchi Muallim”, shular jumlasidandir. Dars jarayonlarida o‘quvchilar ongiga ma’rifat, milliy o‘zlikni anglash, yangicha fikrlash, zamon bilan hamnafas yashash g‘oyalari singdirilgan. 1917-yil fevral inqilobi boshlariga kelib, Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonda 4 mingdan ortiq bola o‘qiydigan 100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shulardan 39 tasi Sirdatyo, 30 tasi Farg‘ona, 18 tasi Ettisuv, 5 tasi Samarqand viloyatlarida joylaashgan (3). Ularning berchasi xususiy mablag‘lar hisobidan faoliyat olib borgan. O‘qish pullik bo‘lib,
oyiga 50 tiyindan 3 so‘mgacha bo‘lgan. To‘g‘ri, dastlab o‘quv dasturlari bir biridan qisman farq qilgan, lekin yangi usul maktablarining maqsadi bir bo‘lgan. Rossiya imperiyasi Rus tuzem maktablarini ochish orqali, Turkiston hududida rus tilini ommalashtirishga harakat qilgan. Jadidlar o‘z ona tilini saqlab qilish, umuman til mustaqilligi muammosida ham bir hil fikrda edilar. Jumladan Ashurali Zohiriy: “Qachonki bir millat tilini yo‘qotsa, ul vaqt dinini va millatini ham yo‘qotur”, degan bo‘lsa, Abdulla Avloniy: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oinai hayoti tili va adabiyotidur” (4), degan edi. Rossiya imperiyasi jadidlar faoliyatini imperiyaning siyosatiga zid ekanligi va kelajakdagi faoliyatiga jiddiy xavf ekanligini juda yaxshi anglagan. Natijada puxta o‘ylangan reja asosida jadidlar faoliyatiga chek qo‘ydi. Toskentning shahidlar maydoni jadid bobolarimiz qatl qilingan joy hisoblanadi. Bugun O‘zbekiston xalqi, millati va davlatining oldida turgan eng muhim bo‘lgan vazifalardan biri o‘z tariximizni anglash, vatan ozodligi, millat ravnaqi uchun kurash olib borgan ajdodlarimizning nomlarini ulug‘lash, xizmatlarini munosib qadrlashdir. Xulosa qilib aytganda tarixni bilish o‘zlikni anglashga yordam beradi. Biz kimmiz, bizning do‘stlarimiz kim, dushmanlarimiz kim degan savollarga javob beradi. Ziyolilar, tarixchilar milliy ongimizning memorlari bo‘lmishi lozim. Qodiriy tili bilan aytganda: “Moziyga qarab ish qilish juda ham ko‘plab savollarga javob beradi”.Jadidlar faoliyatini bilishimiz bugungi milliy zehniyatimizga siyosiy qarashlarimizga va mustaqillik ulug‘ne’mat ekanligini anglab yetishimizga yordam beradi.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Ahmedov S., Rajabov Q. “Jadidchilik” // O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirsini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5598-son Farmoyishi 3. A’zamxo‘jayev S. Turkiston muxtoriyati. – T.: Ma'naviyat, 2000. 4. O‘z RMDA, F.I-1, op, 1,d. 955, 1230 5. Abdulla Avloniy. O‘son millat. Istiqlol fidoyilari seriyasi. – Toshkent: Sharq, 1993. 6. Tarix shohidligi va saboqlari. – Т.: “Sharq”, 2001.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Ahmedov S., Rajabov Q. “Jadidchilik” // O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirsini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5598-son Farmoyishi
- A’zamxo‘jayev S. Turkiston muxtoriyati. – T.: Ma'naviyat, 2000.
- O‘z RMDA, F.I-1, op, 1,d. 955, 1230
- Abdulla Avloniy. O‘ son millat. Istiqlol fidoyilari seriyasi. – Toshkent: Sharq, 1993.
- Tarix shohidligi va saboqlari. – Т.: “Sharq”, 2001.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011107
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/77
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 170–174
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25