FARG‘ONA VODIYSI VA TOSHKENT JADIDLARI
Nabijanov Umidjon Abdugani ogluUniversity of business and science Tarix yo‘nalishi talabasi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 162–165
Annotatsiya
Ushbu maqolada yurtimizning Farg‘ona vodiysi, ya‘ni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududidan yetishib chiqqan jadidchilik harakati namoyondalarining hayoti, ilmiy faoliyati va jadidchilikda biz uchun qoldirgan meroslari haqida ma‘lumot berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaДЖАДИДЫ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ И ТАШКЕНТА
В данной статье представлена информация о жизни, научной деятельности и наследии, оставленном нам в джадидизме представителями джадидского движения, выросшими в Ферганской долине нашей страны, а именно в Андижанской, Наманганской и Ферганской областях.
inglizchaJADIDS OF THE FERGANA VALLEY AND TASHKENT
This article provides information about the life, scientific activities, and legacy left to us in Jadidism by representatives of the Jadid movement who grew up in the Fergana Valley of our country, namely in the Andijan, Namangan, and Fergana regions.
Kalit so‘zlar
- Turon
- Ismail Gaspirinskiy
- Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat
- Husayn Makayev
- Abdulrauf Shagidullin
- Azim Qodirov
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
JADIDS OF THE FERGANA VALLEY AND TASHKENT
Nabijanov Umidjon Abdug‘ani o‘g‘li University of business and science Tarix yo‘nalishi talabasi umidjonkak@gmail.com [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtimizning Farg‘ona vodiysi, ya’ni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududidan yetishib chiqqan jadidchilik harakati namoyondalarining hayoti, ilmiy faoliyati va jadidchilikda biz uchun qoldirgan meroslari haqida ma’lumot berilgan. Аннотация. В данной статье представлена информация о жизни, научной деятельности и наследии, оставленном нам в джадидизме представителями джадидского движения, выросшими в Ферганской долине нашей страны, а именно в Андижанской, Наманганской и Ферганской областях. Abstract. This article provides information about the life, scientific activities, and legacy left to us in Jadidism by representatives of the Jadid movement who grew up in the Fergana Valley of our country, namely in the Andijan, Namangan, and Fergana regions. Kalit so‘zlar. Turon, Ismail Gaspirinskiy, Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat, Husayn Makayev, Abdulrauf Shagidullin, Azim Qodirov. Ключевые слова. Турон, Исмаил Гаспиринский, Исхокхон Джунайдуллаходжа угли Ибрат, Хусайн Макаев, Абдулрауф Шагидуллин, Азим Кодиров. Keywords. Turon, Ismail Gasprinsky, Is'hoqxon Junaydullaxo'ja o'g'li Ibrat, Husayn Makayev, Abdulrauf Shag'idullin, Azim Qodirov.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma jabhalarida: o‘zlikni anglash, ma’naviy – ma’rifiy qadriyatlarni chuqur idrok etish va xalqqa yetkazish, yoshlarni Vatanga, xalqqa muhabbat ruhida tarbiyalashda ulkan ishlar amalgam oshirildi. Ma’naviy hayotni yuksaltirishda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, dunyoqarashi, tarixiy o‘tmishimizni, milliy qadriyatlarimizni anglash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalar sirasiga aylandi. Jadidlarning ilmiy faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad – bu xalqimizni, yoshlarni bilimli va fikrli kadrlar tayyorlashga harakat qilishgan. Buning uchun dastlab ular o‘zlarining yonidan yangi usul maktablari ochishgan, yangi darsliklar yaratishgan. Keyinchalik esa, maktabda o'quvchilar soni ortganda maktab o‘quvchilarining otaonalari tomonidan to‘lanadigan pullar evaziga maktablar faoliyat yuritgan. Rossiya imperiyasi tomonidan bu maktablar uchun hech qanday yordam berilmagan. Yangi usul maktablari ochilishi ham ularni ancha tashvishga solib qo‘ygan. Yangi usul maktabi dastlab Qrimning Boqchasaroy shahrida 1884-yil ma’rifatparvar
Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan tashkil etilgan va u “usuli savtiya tadrijiya” (“rivojlanuvchi tovush usuli”) maktabi deb atalgan. Mazkur maktab - musulmon maktablarining ta’lim usuli va dasturlarini isloh qilib, bolalarga ona tilida xatsavod o‘rgatgan va yangilik g‘oyalarini ilgari surgan o‘quv yurti hisoblangan. Shundan so‘ng yurtimiz hayotida ham tub o‘zgarishlar amalga oshgan. Gaspirinskiy tomonidan chiqarilgan “Tarjimon” gazetasi yurtimizda jadidchilik harakati namoyondalarini yetishib chiqishiga sabab bo‘lgan. Nafaqat yurtimiz, balki Farg‘ona vodiysida ham jadidchilik harakatlari, yangi usul maktablarini ochilishi, darsliklar yaratilishiga sabab bo‘lgan. Aynan bunga misol qilib shuni aytsak bo‘ladiki, Namangan hududida 1907- yilda yangi usul maktabi tashkil etilib, bevosita mashhur o‘zbek ma’rifatparvari Ishoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat nomi bilan bog‘liq bo‘lgan. To‘raqo‘rg‘onga taklif etilgan Husayin Makaev Ibrat tomonidan tashkil etilgan yangi usul maktabida mahalliy aholi bolalarini o‘qita boshlagan. Yangi usulda tashkil etilgan maktabda uning faoliyati tezda o‘z samarasini berib, mahalliy aholi bolalarining savodi chiqqan. Bu hol uning obro‘sini yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Isoqxon Ibrat Husayin Makaevning faoliyatiga quyidagicha baho beradi: “Qozon tarafindan bir muallim jalb etub, maktab qilib berdim. Maktabning qushodig‘a (tashkil bo‘lganiga) uch oy bo‘lg‘ani yo‘q, yigirmadan ziyoda kichik bolalar, o‘n beshta odamlar “alif nima?” degan savolina “kaltak” deb javob beruvchilar tamom savodi chiqib, har narsani yozadurg‘an bo‘ldilar” deya fikr bildirgan. Husayn Makayev va Abdulrauf Shagidullin birgalikda Namanganda maktab uyushtirib, o‘zbek va tatar bolalarini o‘qitib, ta’lim sohasiga katta hissa qo‘shgan. Namanganlik marifatparvarlar ta’lim berish sohasida yuqori natijalarga erishgan. Bu haqida o‘sha yillarda o‘qituvchilik qilib nafaqaga chiqqan Yo‘ldosh Najmiddinov o‘z esdaliklarida quyidagilarni yozib qoldirgan: “1910-yillarda Namanganda yangi maktab tashkil bo‘ldi. Dastavval Husayn Makayev degan tatar kishi kelib, yangi usuldagi maktab ochganda, shaharda duv-duv gap tarqaydi: Makayev degan tatar kelib, yangi usulda maktab ochib, to‘rt yilda o‘qish va yozishni, hisobni o‘rgatib, mulla qilayotganmish. O‘qigan bolalardan bir so‘m pul olar emish. Bolalarni urmasdan, odobli qilib o‘qitarmish” deya ma’lumotlar keng yoyilgan. 1911-yilga kelib o‘lkada Yangi usul maktablar soni 63 taga, ular o‘qiydigan bolalar 4100 nafarni tashkil еtgan. Andijondagi Azim Qodirov maktabi 3 sinfli bo‘lib, 1-sinfda bolalarga o‘qish va yozish, 2-sinfda tajvid, hisob, 3-sinfda esa ibodati islomiya, sarfi turkiy o‘rgatilgan. 1900-yil may oyida Otabek qozi ishtirokida ushbu maktab o‘quvchilaridan imtihon olingan[1.73]. O‘quvchilar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar. Imtihon ishtirokchilaridan Tojiddinbek Otabekovning yozganidek: “...Eski zamon maktablari birlan usuli jadid maktabini farqi nihoyat darajada ma’lum va ravshan bo‘ldi. Usuli jadid maktabi birlan eski zamon maktablarini bir joyga bormoq uchun otash aroba birlan piyoda odimga misol qilsak ham to‘g‘ridur...”. Abdulla Avloniy – 1878-yil 12-iyulda Toshkentda hunarmand oilada dunyoga kelgan. Dastlab eski maktabda, keyinchalik madrasada tehsil olgan. Uning she’rlari 15 yoshligida matbuotda chop etila boshlangan. “Jadidchilik harakati
namoyondalaridan biri bo‘lgan Abdulla Avloniy 1904-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida jadid maktabini, 1909-yilda “Jamiyati xayriya” uyushmasini tashkil etgan”[2.38]. Abdulla Avloniy (1878-1934) ham jadidchilik harakatining faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib tanildi. U o‘zining zamondosh jadidlari, izdoshlari kabi yangi usul maktablari ochib, ularga o‘zi mudarrislik qildi va darsliklar yozdi. Uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Maktab gulistoni” singari darslik, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plamlari, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilariga darslik sifatida yozilgan “Turkiy guliston yoxud axloq” asari (1913-yil)ham yozilgan. Abdulla Avloniyning Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegiboy degan taxalluslari bo‘lgan. U 1934-yil 24-avgustda Toshkentda vafot etgan. Munavvarqori Abdurashidxonov – 1878-yilda Toshkentning Shayhontohur dahasida Darxon mahallasida dindor ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Otasi Abdurashidxon madrasada mudarris, onasi Xosiyatxon esa mahallaning otin oyisi bo‘lgan. Dastlabki ta’limni ota-onasidan, mahalladagi maktabdan, keyin esa Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasasida o‘qishni davom ettirgan. U 1903-yilda jadid maktabi ochgan va dars bergan. Aynan bu maktablar uchun qo‘llanmalar ham yaratgan. Jadidlar yangi usul maktablarida o‘quvchilarga faqat chet-eldan keltirilgan o‘quv adabiyotlaridan tashqari o‘zlari tomonidan ham o‘quv qo‘llanma va darsliklar chop etilgan. Bulardan Munavvarqori Abdurashidxonov “Adibi avval” (1907), “Adib us-soniy” (1907), “Usuli hisob”, “Tarixi qavm turk”, “Tajvid” (1911), “Havoyiji diniya”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi islomiya” (1912), “Yer yuzi” (1916-1917) darsliklari muhim hisoblangan[3.18]. U jadidchilik maktabidagi faoliyatidan tashqari 1917-1924-yillarda “Sho‘royi islom, Ittihod va taraqqiyot, Milliy ittihod” tashkilotining ideologi va rahbari bo‘lib ishlagan[4.115]. 1929-yilda millatchilikda ayblanib qamoqqa olingan va 1931- yilda otib tashlangan. Uni qabri Moskvadagi Vagankavo qabristonida joylashgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy (6-mart, 1889-yil, Qoʻqon, Qoʻqon uyezdi, Fargʻona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 18-mart, 1929-yil, Shohimardon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek sovet adabiyotining taniqli namoyandasi, shoir, yozuvchi, pedagog, teatr va jamoat arbobi. Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi (1926-yil). Birinchi oʻzbek dramaturgi va zamonaviy oʻzbek musiqa shakllarining asoschisi. U Gʻafur Gʻulom, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va Mahmudxoʻja Behbudiylar bilan bir qatorda zamonaviy oʻzbek adabiyoti ilk rivojining yetakchi namoyandalaridan biri sifatida koʻriladi. Hamza óz ijodini 1905–1906-yillarda boshlagan. Uning asarlari, odatda, ayollar huquqlari, ijtimoiy tengsizlik va xurofotning tarqalishi kabi ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan. Niyoziy Shohimardonda vafot etgan[5.212- 219]. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usul maktablari xalqimizning ziyoli bo‘lishi yo‘lida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Yangi usul maktablaridagi o‘qituvchilarning ko‘pchiligi madrasalarda tahsil olgan bo‘lib, ba’zilari esa huddi shunday maktablarni tamomlagan kishilar edilar. Darslar o‘quv jadvali asosida, senzura ko‘rigidan o‘tgan darsliklar bo‘yicha olib borilgan. Maktablarda o‘quvchilar soni 50 tadan 145 tagacha etgan. Barcha maktablarda har oyiga o‘qish
uchun 50 tiyindan 1 so‘m 50 tiyingacha haq olingan. Kambag‘al oilalarning bolalari esa ba’zan to‘lovdan ozod etilganlar. Yangi usul maktablarda quyidagilarga e’tibor qaratilgan edi: 1. Sinfda bolalar 30 dan oshmasligi; 2. Martda yoz va qishda bolalarni maktabga qabul qilish; 3. Muallimda 3-4 sinf bo‘lishi; 4. Dars 5 soatdan oshmasligi, har darsdan so‘ng 10 daqiqa tanaffus; 5. Juma va bayram kunlari dam olinishi, yozda ta’til bo‘lishi; 6. Dars zerikarli bo‘lmasligi, bolalarni urish, so‘kish mumkin emas. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Farg‘ona vodiysi va Toshkentdan yetishib chiqqan jadidchilik namoyandalari Turkiston xalqining milliy uyg‘onishi, ma’rifatparvarligi va ozodlikka intilishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldilar. Ularning ibratli hayoti va faoliyati bugungi kunda ham yosh avlod uchun milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ularning merosini o‘rganish va qadrlash mustaqil O‘zbekistonning kelajagi uchun zarurdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Қосимов Б. Маслакдошлар (Бехбудий, Ажэий, Фитрат). –Т.: Шарк, 1994.
- Quvonova F. Jadid adabiyoti namoyondalari. Toshkent. “Yoshlar matbuoti”. 2023.
- Ахмедов С. Йулбошчи. Мунаввар қори Абдурашидхонов. Танланган асарлар. –Т.: “Маънавият”, 2003.
- Xolnazarova Sh, Xolnazarova F, Xolnazarov N. Tarixiy shaxslar hayotidan lavhalar. “Farg‘ona nashriyoti”. 2014.
- Malcolmson, Scott. Empire's Edge: Travels in South-Eastern Europe, Turkey and Central Asia. Verso, 1995.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011106
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/76
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 162–165
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25