NAMANGAN VILOYATIDAGI OLIY O‘QUV YURTLARI TASHKIL TOPISHI.
Ergashev Jaxongir Abdurasul oglu,Is‘hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi stajor-o‘qituvchi.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 362–368
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola Namangan viloyatidagi oliy o‘quv yurtlarining tashkil topishi va rivojlanishini o‘rganadi. Maqolada sovet davrida viloyatda oliy ta‘lim muassasalarining tashkil etilishi, ular orqali mutaxassislar tayyorlash jarayoni, ta‘lim tizimining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi, shuningdek, viloyatdagi ilmiy va madaniy hayotning shakllanishidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Davlat siyosati va ta‘lim tizimi o‘zgarishlarining Namangan viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatiga qanday ta‘sir ko‘rsatganligi, ta‘limda ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlar va mutaxassisliklar muhokama qilinadi. Maqola viloyat ta‘lim tizimining rivojlanishi va oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotdagi o‘rnini tushunishga yordam beradi.
Boshqa tillarda
ruschaСОЗДАНИЕ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ В НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ.
Данная научная статья исследует становление и развитие высших учебных заведений в Наманганской области. В статье рассматриваются процесс создания высших учебных заведений в области в советский период, подготовка специалистов через эти учреждения, вклад образовательной системы в социальное и экономическое развитие, а также роль высших учебных заведений в формировании научной и культурной жизни региона. Обсуждаются изменения государственной политики и образовательной системы, их влияние на деятельность высших учебных заведений Наманганской области, а также приоритетные направления и специальности в образовании. Статья помогает понять роль высших учебных заведений в экономическом, социальном и культурном развитии области и развитии образовательной системы в целом.
inglizchaESTABLISHMENT OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN NAMANGAN REGION.
This scientific article examines the establishment and development of higher educational institutions in Namangan region. The article discusses the process of creating higher education institutions in the region during the Soviet period, the preparation of specialists through these institutions, the contribution of the education system to social and economic development, as well as the role of higher educational institutions in shaping the scientific and cultural life of the region. It also addresses the impact of changes in state policy and the education system on the activities of higher education institutions in Namangan region, as well as the priority directions and specializations in education. The article helps to understand the role of higher educational institutions in the economic, social, and cultural development of the region and the overall development of the education system.
Kalit so‘zlar
- Namangan viloyati
- oliy o‘quv yurtlari
- sovet davri
- ta‘lim tizimi
- mutaxassis tayyorlash
- ilmiy rivojlanish
- madaniy taraqqiyot
- iqtisodiy rivojlanish
- ta‘lim infratuzilmasi
- ta‘lim siyosati
- pedagogika
- universitetlar
- institutlar
- yosh avlodni tarbiyalash
- mutaxassisliklar va kasb tayyorlash
- sovet ta‘lim modeli
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
NAMANGAN VILOYATIDAGI OLIY O’QUV YURTLARI TASHKIL TOPISHI. Ergashev Jaxongir Abdurasul o’g’li, Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi stajor-o'qituvchi. Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola Namangan viloyatidagi oliy o'quv yurtlarining tashkil topishi va rivojlanishini o'rganadi. Maqolada sovet davrida viloyatda oliy ta'lim muassasalarining tashkil etilishi, ular orqali mutaxassislar tayyorlash jarayoni, ta'lim tizimining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga qo'shgan hissasi, shuningdek, viloyatdagi ilmiy va madaniy hayotning shakllanishidagi o'rni ko'rib chiqiladi. Davlat siyosati va ta'lim tizimi o'zgarishlarining Namangan viloyatidagi oliy o'quv yurtlari faoliyatiga qanday ta'sir ko'rsatganligi, ta'limda ko'rsatilgan ustuvor yo'nalishlar va mutaxassisliklar muhokama qilinadi. Maqola viloyat ta'lim tizimining rivojlanishi va oliy o'quv yurtlarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotdagi o'rnini tushunishga yordam beradi. Kalit so'zlar. Namangan viloyati, oliy o'quv yurtlari, sovet davri, ta'lim tizimi, mutaxassis tayyorlash, ilmiy rivojlanish, madaniy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish, ta'lim infrastrukturasi, oliy ta'lim muassasalari, ta'lim siyosati, pedagogika, universitetlar, institutlar, yosh avlodni tarbiyalash, mutaxassisliklar va kasb tayyorlash, sovet ta'lim modeli.
СОЗДАНИЕ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ В НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ. Аннотация. Данная научная статья исследует становление и развитие высших учебных заведений в Наманганской области. В статье рассматриваются процесс создания высших учебных заведений в области в советский период, подготовка специалистов через эти учреждения, вклад образовательной системы в социальное и экономическое развитие, а также роль высших учебных заведений в формировании научной и культурной жизни региона. Обсуждаются изменения государственной политики и образовательной системы, их влияние на деятельность высших учебных заведений Наманганской области, а также приоритетные направления и специальности в образовании. Статья помогает понять роль высших учебных заведений в экономическом, социальном и культурном развитии области и развитии образовательной системы в целом. Ключевые слова: Наманганская область, высшие учебные заведения, советский период, система образования, подготовка специалистов, научное развитие, культурное развитие, экономическое развитие, образовательная инфраструктура, высшие учебные заведения, образовательная политика, педагогика, университеты, институты, воспитание молодого поколения, специальности и профессиональная подготовка, советская модель образования.
ESTABLISHMENT OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN NAMANGAN REGION. Abstract. This scientific article examines the establishment and development of higher educational institutions in Namangan region. The article discusses the process of creating higher education institutions in the region during the Soviet period, the preparation of specialists through these institutions, the contribution of the education system to social and economic development, as well as the role of higher educational institutions in shaping the scientific and cultural life of the region. It also addresses the impact of changes in state policy and the education system on the activities of higher education institutions in Namangan region, as well as the priority directions and specializations in education. The article helps to understand the role of higher educational institutions in the economic, social, and cultural development of the region and the overall development of the education system. Keywords: Namangan region, higher educational institutions, Soviet period, education system, specialist training, scientific development, cultural development, economic development, educational infrastructure, higher education institutions, education policy, pedagogy, universities, institutes, youth education, specializations and vocational training, Soviet education model.
Hayotimiz mazmuni mustaqillik tufayli kundan-kunga boyib bormoqda. Hukumatimiz tomonidan mustaqillik yillarida Ta’lim tog’risida bir necha qaror va farmonlar qabul qilib, buyuk kelajak sari dadil qadam tashlamoqda. Endilikda mamlakatimiz ta’lim tizimida aniq va ravshan, ilmiy asoslangan davlat siyosati mavjud. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va hukumatimizning sog‘lom va barkamol, komil insonlarni tarbiyalab yetishtirishga qaratilgan siyosatidan ruhlanib, fidokorona mehnat qilayotgan Namangan davlat universiteti Farg‘ona vodiysida joylashgan eng yirik oliy ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi. O‘quv dargohining tashkil etilishi muhim taraqqiyot bosqichlariga ega. 1941-yil 6-martda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoniga muvofiq, Namangan viloyati tashkil etildi [1. – B. 20]. Bu tadbir viloyatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishini ko‘zda tutar edi. Shu munosabat bilan xalq ta’limi tarmoqlarini kengaytirish, ularni malakali pedagogik kadrlar bilan mustahkamlash eng muhim masalalardan biriga aylandi. Ayni shu davrga kelib, Ikkinchi jahon urushi davom etayotgan bir paytda, boshqa sohalar kabi maktab o‘qituvchilarining katta qismi urushga safarbar etilgan edi. Natijada, maktablarda o‘qituvchilar soni kamayib ketdi. Shunday vaziyatda hukumat maktablarni o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlashga alohida ahamiyat berib, Namanganda muallimlar tayyorlaydigan oliygoh ochishga qaror qildi.
Namangan markazidagi 5-maktab uchun qurilgan binoga urush vaqtida pedagogika bilim yurti ko‘chib kelgan bo‘lib, 1942-yilda ana shu yerda Andijon o‘qituvchilar bilim yurti tarmog‘i tashkil etilgan [2. – B.3]. Bu tarmoqqa Andijon o‘qituvchilar instituti hisobidan tehnikum direktori M. Yoqubov rahbarlik qildi. Dastlab uchta fakultet: O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, hamda Fizika-matematika fakultetlari ochilib, ularga 72 talaba qabul qilingan [3. – B. 4]. 1944-yilda ana shu tarmoq mustaqil Namangan o‘qituvchilar institutiga aylantirildi [4. –B. 3].
Viloyatda birinchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan mazkur institutda I.N. Nazarov (1942–1944-y.), R. Burnashev (1944–1948-y.), M. Bobojonov (1948– 1950-y.), A. Magazinik (1950–1951-y.), S. Qoraboyev (1951–1952-y.), M. Egamberdiyev (1952–1953-y.) va Xolmuhammedov (1953–1954-y.) kabi pedagoglar faoliyat yuritgan [5. – B. 4].
1945–1946-o‘quv yilidan boshlab institutda talabalar va o‘qituvchilar soni ortib bordi. O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tabiiy fanlar va pedagogika mustaqil kafedralari tashkil etilib, ularda 227 nafar talabaga 19 nafar o‘qituvchi ta’lim berar edi. 1954–1955-o‘quv yilida ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar soni 8 nafarga yetdi [6. – B. 4].
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng maktab va maorif ishlariga e’tibor kuchaydi, ularning tarmoqlari kengaytirildi. Maktablarda 8–10-sinflar soni ko‘payib, oliy ma’lumotli o‘qituvchilarga ehtiyoj oshdi. Shu munosabat bilan Namangan o‘qituvchilar instituti SSSR Ministrlar Sovetining 1955-yil 8-maydagi 2867-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Ministrlar Sovetining 1955-yil 17-maydagi A-112- sonli qarori asosida 1955–1956-o‘quv yilidan boshlab ikki yillik o‘qituvchilar instituti Namangan davlat pedagogika institutiga aylantirildi [7. – B. 5].
Institutga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Z.F. Mirtursunov (1955–1961- y.), fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent F.G‘. G‘aybullayev (1961–1971-y.), fizika-matematika fanlari nomzodi, professor M. Mamatov (1971–1993-y.) rektorlik qilganlar [8. – B. 4]. 1955-yilda institutda uch nafar dotsent, 19 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar oddiy o‘qituvchi faoliyat olib borgan.
1959–1960-o‘quv yillarida institutda beshta fakultet va sakkizta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 62 nafar o‘qituvchi (shundan 8 nafari fan nomzodi) ishlagan.
1960-yilda institutga 600 o‘rinli, to‘rt qavatli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Institutning kengayishi bilan bir vaqtda tashkil etilgan sirtqi bo‘lim ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1960–1973-yillar davomida institutni 7602 nafar talaba tamomlagan bo‘lsa, ulardan 4025 nafari sirtqi ta’lim olgan. Institutda ilk bor T.X. Homidova doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi [9. – B. 9]. 1963–1964-o‘quv yilida fizika-matematika fakultetida umumiy texnika va mehnat bo‘limi tashkil etildi.
1967-yilga kelib institutda chet tillar (1961-yilda tashkil etilgan. Dastlab U. Saxov, Y. Abdumo‘minov, I. Boruxov, V.I. Qodirova, M. Kamolitdinov, Y. Madaminov, M. Shamsiddinov kabi mutaxassislar ta’lim bergan), jismoniy tarbiya va sport (1967-yil sentabr oyida boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va metodikasi fakulteti negizida tashkil etilgan, dekan Y. Uzoqov) hamda geografiya-biologiya fakultetlari tashkil etildi. Oliy ta’lim muassasasi o‘sha davrda namunali oliy o‘quv va ilmiy markazlardan biri sifatida e’tirof etilgan.
1992-yilda institutda 8 ta fakultet va 32 ta kafedra faoliyat yuritgan. 400 dan ortiq professor-o‘qituvchi talabalarga turli fanlar bo‘yicha bilim bergan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, oliy ta’lim sohasida ham qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi farmoniga binoan, yarim asrlik tarixga ega oliy ta’lim muassasasi negizida Namangan davlat universiteti tashkil etildi (respublika bo‘yicha 8 ta pedagogik institut universitet maqomiga ega bo‘ldi) [10. 15-aprel]. Bu o‘zgarish oliygohning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda tahsil olayotgan 6,5 mingga yaqin talaba zimmasiga katta mas’uliyat yukladi.
1960–1970-yillarda mamlakatda, xususan Farg‘ona vodiysida yangi sanoat korxonalari tez sur’atlar bilan qurila boshladi. Shu sababli mazkur korxonalarni muhandis-kadrlar bilan ta’minlash masalasi dolzarb bo‘ldi. O‘sha davrda respublikada yagona bo‘lgan Toshkent politexnika instituti joylarda o‘z filiallarini tashkil eta boshladi.
1979-yilda Kosonsoy ko‘chasidagi yangi binoda Toshkent politexnika institutining Namangan filiali tashkil etildi. Filial direktori vazifasiga i.f.n., dotsent T.M. Mallaboyev (1979–1981-y.) tayinlandi. Filial faoliyatini shakllantirishda dotsent A. Akbarov (kafedra mudiri) va Hamidxon Soliyev (dekan) faol qatnashdilar. Dastlab pedagogika fanlari nomzodi Sh. Abdurahmonov, texnika fanlari nomzodi, dotsent F. G‘afforov, pedagoglar T. Ko‘kiboyev va Z.V. Kravchenko kabi ilmiy kadrlar bu yerda ish boshladilar va filialning dastlabki faoliyatini yo‘lga qo‘yishga katta hissa qo‘shdilar [11. 30-dekabr].
O‘sha yili institut 200 nafar talabani (qishloq xo‘jaligi qurilishi, gidrotexnik inshootlari qurilishi va gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash mutaxassisliklari bo‘yicha) qabul qildi. 1982-yilda filialga professor A.A. Karimov direktor etib tayinlandi. Uning rahbarligida mexanizatsiyalash yo‘nalishidagi ixtisosliklarning nufuzi ortdi. Filial 30 dan ortiq paxta terish, ko‘sak terish va ko‘sak chuvish mashinalari, kombayn, ekskavator, buldozer, traktor, tirkama, avtomobil kabi jami 80 ga yaqin texnik vositalarga ega bo‘ldi.
Filialning tashkil etilishi va bosqichma-bosqich rivojlanishida ko‘plab ustozlar qatori A. Akbarovning ham xizmatlari alohida ahamiyatga ega. A. Akbarov mudirlik qilgan “Umumtexnika fanlari” kafedrasida 48 nafar professor-o‘qituvchi va 20 dan ortiq texnik xodim faoliyat yuritgan. Kafedra tomonidan talabalar uchun 27 fandan ta’lim berilgan [12. 30-dekabr].
Ta’kidlash joizki, hozirgi Namangan muhandislik-pedagogika institutida faoliyat ko‘rsatayotgan 25 ga yaqin kafedra ana shu “Umumtexnika” kafedrasi negizida shakllangan. 1985-yilda Do‘stlik shoh ko‘chasida filialning o‘quv binolaridan biri foydalanishga topshirildi. Yangi direktor etib tayinlangan T.E. Ergashev (1984–2005-y.) filialning mustaqil institutga aylanishi va bugungi darajaga yetishida katta hissa qo‘shdi. O‘quv binolari va talabalar turar-joyi foydalanishga topshirilib, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samarali yo‘lga qo‘yilgan bir paytda, Moskvaning ko‘rsatmasi bilan Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatish haqida buyruq chiqarildi. Filialning 30–40% professor-o‘qituvchilari boshqa ta’lim muassasalariga o‘tib, faoliyatlarini davom ettirdilar.
Filial direktori professor T. Ergashev va dotsent A. Akbarovning tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyati o‘sha davrda to‘la namoyon bo‘ldi. Ilmiy kengash chaqirilib, unda dotsent A. Akbarov direktor vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. U prorektor P. Danchenko va kafedra mudiri J. Muhammedov bilan birgalikda Moskvaga yo‘l oldi. Maqsad – tegishli vazirliklar va markaziy idoralarga murojaat qilib, Namangandagi bilim yurti faoliyatining ahamiyatini isbotlash va shu orqali ilm maskanini saqlab qolish edi.
Dotsent A. Akbarov 3–4 oy davomida o‘quv yurti faoliyatini bir me’yorda boshqarishga harakat qildi. Sverdlovsk muhandislik-pedagogika instituti tomonidan Namanganga professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya yuborildi. Delegatsiya institutning moddiy-texnik bazasi, ilmiy salohiyati hamda muhandis kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni atroflicha o‘rgandi va oliygoh faoliyatini davom ettirish zarur degan xulosa berdi (2–3-ilovaga qarang). Shundan so‘ng 1985-yildan boshlab, Toshkent sanoat-texnologiya instituti filiali sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagunga qadar, ilm maskanini Sverdlovsk muhandislik-pedagogika institutining Namangan filialiga aylantirish haqida Moskva tomonidan rasmiy buyruq berildi. Ushbu jarayon juda mashaqqatli kechganini alohida ta’kidlash lozim. Institut tarixini uch davrga bo‘lish mumkin:
1. Tashkil topish davri (1979–1981-yillar).
3. Kamolot davri (1991-yildan boshlab), ya’ni mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrdan hozirgi kungacha.
Oliy ta’lim muassasasi shu kungacha og‘ir, ammo sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Unda faoliyat yuritgan barcha – oddiy xodimdan tortib rektorgacha – bir jamoa bo‘lib mehnat qildi va yuksak natijalarga erishdi.
Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarining eng yosh, navqiron va istiqbolli ilm dargohlaridan biri hisoblangan Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutiga
(hozirgi NamMTI) asos solinganiga ham shu kunlarda 42 yildan ortiq vaqt bo‘ldi [13. – B. 255]. NamMTI – mustaqillik va istiqlol ila shakllangan, rivojlanish yo‘lidan
borayotgan zamonaviy ilm-ma’rifat maskani. O‘tgan tarixan qisqa, ammo sermazmun va sharafli faoliyat davrida u murakkab, ayni paytda mazmunli yo‘lni bosib o‘tdi. Mazkur oliygohdan to‘rt mingdan ziyod malakali mutaxassislar tayyorlandi.
Respublikamizga, shuningdek, mustaqilligiga erishgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlariga va undan kengroq hududlardagi xalq xo‘jaligi tarmoqlariga kadrlar yetishtirib bergan bu oliy dargoh o‘ziga xos o‘rin va mavqega ega. U mamlakatimiz fani va texnikasi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, institut o‘tgan vaqt davomida Xalqlar Do‘stligi ordeniga sazovor bo‘lgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti negizida dastlab o‘quv-maslahat punkti sifatida shakllandi va rivojlanib bordi. Bunda institut professor-o‘qituvchilarining otaliq instituti – yetakchi mutaxassis olimlar bilan doimiy hamkorligi muhim omil bo‘ldi. O‘quv-maslahat punkti, umumtexnika fakulteti, filial va nihoyat mustaqil oliygoh sifatida faoliyat yuritayotgan Namangan muhandislik-texnologiya instituti tarixi bevosita Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining shonli yo‘li bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ma’lumki, mazkur institutga 1968-yilda asos solingan (o‘quv-maslahat punkti sifatida) [14. – B. 3]. XX asrning 60-yillari oxirida Namanganda va butun Farg‘ona vodiysida to‘qimachilik va yengil sanoatni jadal rivojlantirish hamda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi dolzarb edi. Shu ehtiyoj asosida yirik institut filialining ochilishi o‘sha davrda muhim ijtimoiy va madaniy voqea bo‘ldi.
Dastlab o‘quv-maslahat punkti sifatida ochilgan bu ilm dargohida talabalar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qishardi. O‘quv-maslahat punktiga texnika fanlari nomzodi (t.f.n.), dots. X.G. Soliyev rahbarlik qildi. Ilk tashkil topgan bu ilm maskani Namangan shahrining markazida joylashgan bo‘lib, uning faqat 2 ta o‘quv auditoriyasi mavjud edi [15. – B. 5]. 1977-yilga kelib, o‘quv-maslahat shahobchasi umumtexnika fakultetiga aylantirildi. Shu davr ichida Namangan shoyi va kastyumbop gazlamalar kombinati (hozirgi Namangan tekstil ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati) otalig‘idagi 2-kichik tumanda yangi qurilgan o‘quv binosiga ko‘chib o‘tdi. Bu to‘rt qavatli binoda o‘quv-tajriba ishlarini nisbatan keng va mazmunliroq tashkil etish imkoniyati yaratildi. Fakultetga fizika-matematika fanlari nomzodi, dots. X.S. Husanov dekan etib tayinlandi. Uning sayi-harakatlari bilan ilm dargohida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Talabalar soni 500 kishiga yetdi. Ularga ta’lim bergan professor-o‘qituvchilardan 6 kishi fan nomzodlari va katta o‘qituvchilardir.
1981-yilda umumtexnika fakulteti Toshkentdagi bosh institutning filialiga aylantirildi. Bu vaqtda talabalar soni jami 750 kishiga yetdi. Filialga t.f.n. X.T. Ahmadxo‘jayev direktor bo‘lib tayinlandi. Unga asosan to‘quvchilik va yigiruvchilik mutaxassisliklari bo‘yicha yoshlar qabul qilindi. 1984-yilda kechki va sirtqi bo‘limlarda “to‘quvchilik, paxta va kimyoviy tolalarni yigirish”, “to‘qimachilik mashina va aparatlari” mutaxassisliklari bo‘yicha dastlabki diplom ishlari Namanganda himoya qilindi.
Bunday diplom himoyalari 1987-yildan boshlab kunduzgi bo‘lim bitiruvchi talabalari tomonidan ham amalga oshirilgan. O‘sha vaqtda muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha 390 kishi kunduzgi, 700 kishi kechki, sirtqi bo‘limlarda esa 560 kishi ta’lim olgan.
1988-yilga kelib, filial 3-kichik tumanda joylashgan yangi binoga ko‘chib o‘tdi. O‘sha yildan boshlab iqtisod fanlari nomzodi, dots. X.N. Nabiyev direktor etib tayinlandi.
1990-yildan “to‘qimachilik sanoati iqtisodiyoti va uni boshqarish” mutaxassisligi birinchi marta 25 ta talabani qabul qilgan. Shu davrdan boshlab iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berildi. Keyinchalik, 30 talaba shu mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek va rus guruhlariga qabul qilindi.
Xulosa qilib aytganda, sovet davrida Namangan viloyatidagi oliy o'quv yurtlari o'zining o'ziga xos tarixi bilan ajralib turadi. 1920-yillardan boshlab, viloyatda ta'lim tizimi rivojlanib, oliy ta'lim muassasalari tashkil qilindi. Dastlabki yillarda, asosan, tarbiya va madaniyat sohalariga qaratilgan mutaxassislar tayyorlash uchun oliy o'quv yurtlari faoliyat ko'rsata boshladi. Sovet davri davomida, bu yurtlarda ko'plab malakali mutaxassislar yetishtirildi, viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta hissa qo'shildi. Namangan viloyatidagi oliy o'quv yurtlarining asosiy maqsadi sovet tizimi talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash, texnika va ishlab chiqarish sohalarida yangi avlodni shakllantirish edi. Shu bilan birga, ilm-fan va texnologiya sohasidagi yutuqlar va taraqqiyotlar ham oliy ta'lim muassasalarining rivojlanishiga turtki bo'ldi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar15 ta adabiyot
- Haydarov Z.U. Namangan viloyati: o’tmish va bugun (1917-2013 yy). – Namangan. 2014. – B. 20.
- Наманган олий билимгоҳи /А. Раҳимов ва бошқ. Муҳарир А. Мадумаров. – Наманган: Ибрат, 1992. – Б. 3.
- Носиров О.Истеъдод гулшани. – Фарғона: Фарғона,1999. – Б.4.
- Наманган олий билимгоҳи … – Б. 3.
- Раҳимов А., Юсупов Н. Наманган давлат университети олимлари. – Наманган: Наманган, 2002. – Б.4.
- Наманган олий билимгоҳи /А. Раҳимов ва бошқ. Муҳарир А. Мадумаров. 1992. – Б. 4.
- Наманган олий билимгоҳи…. – Б. 5.
- Раҳимов А., Юсупов Н. Кўрсатилган китоб. – Б.4.
- Наманган олий билимгоҳи ... – Б. 9.
- Raximov N. Istiqlol va fan taraqqiyoti // Namangan haqiqati. 1995-yil 15-aprel.
- Дармонов. Ё.Курашчан фидойи инсон толеи // Олтин даврим. 2007. 30 декабр.
- Дармонов. Ё.Курашчан фидойи инсон толеи// Олтин даврим. 2007. 30 декабр.
- O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 6-tom. – Toshkent., 2003. – B. 255.
- Муқаддас даргоҳ / Х.Т. Аҳмадхўжаев ва бошқ. Муҳаррир Ҳ.Н. Набиев. – Наманган. Ибрат, 2000. – Б. 3.
- Муқаддас даргоҳ / Х.Т. Аҳмадхўжаев ва бошқ. Муҳаррир Ҳ.Н. Набиев. – Б. 5.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011105
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/74
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 362–368
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25