Asosiy mazmunga o‘tish

1940-1950 YILLARDA O‘ZBEKISTON SSRDA G‘ALLACHILIK MASALALARI (Farg‘ona vodiysi misolida)

Khojamov Muzaffar Rasuljonovich,Namangan davlat chet tillari instituti, Ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 256–259

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston SSRda 1940-1950 yillarda aholining oziq-ovqat ta‘minotini olib borishda g‘alla va don yetishtirish,  bu borada hukumat tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar, uning natijasida g‘alla ta‘minoti, aholini don va un, non ta‘minotini borasidagi muammolar masalalari yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЗЕРНОВОЙ ВОПРОС В УЗБЕКСКОЙ ССР В 1940-1950-Е ГОДЫ (в случае Ферганской долины)

В данной статье освещены зерно и зерноводство в Узбекской ССР в 1940-1950 годах, меры, принятые правительством в этой связи, проблемы, связанные с хлебо снабжением, хлебом и мукой, снабжением населения хлебом

inglizchaGRAIN ISSUES IN THE UZBEK SSR IN THE 1940S-1950 S (On the example of the Fergana Valley)

In the current state of grain and grain production in the Uzbek SSR in 1940-1950, the government adopted the government and the government, problems related to bread, bread and flour, and the nation‘s bread.

Kalit so‘zlar

  • O‘zbekiston SSRda g‘alla ta‘minoti
  • 1940-1950 yillar
  • oziq-ovqat ta‘minotida don va un
  • bug‘doy yetishtirish
  • mavjud muammolar
  • yechim
  • chora-tadbirlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

1940-1950 YILLARDA OʻZBEKISTON SSRDA GʻALLACHILIK MASALALARI (Fargʻona vodiysi misolida)

GRAIN ISSUES IN THE UZBEK SSR IN THE 1940S-1950 S (On the example of the Fergana Valley)

ЗЕРНОВОЙ ВОПРОС В УЗБЕКСКОЙ ССР В 1940-1950-Е ГОДЫ (в случае Ферганской долины)

Khojamov Muzaffar Rasuljonovich, Namangan davlat chet tillari instituti, Ijtimoiy fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o’qituvchisi, Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya. Mazkur maqolada Oʻzbekiston SSRda 1940-1950 yillarda aholining oziq-ovqat ta'minotini olib borishda gʻalla va don yetishtirish, bu borada hukumat tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar, uning natijasida gʻalla ta'minoti, aholini don va un, non ta'minotini borasidagi muammolar masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar. Oʻzbekiston SSRda gʻalla ta'minoti, 1940-1950 yillar, oziq-ovqat ta'minotida don va un , bugʻdoy yetishtirish masalalari, mavjud muammolar, yechim, chora-tadbirlar. Аннотация. В данной статье освещены зерно и зерноводство в Узбекской ССР в 1940-1950 годах, меры, принятые правительством в этой связи, проблемы, связанные с хлебо снабжением, хлебом и мукой, снабжением населения хлебом Ключевые слова. Хлебозаготовки в Узбекской ССР в 1940-1950-е годы, вопросы продовольственного снабжения зерном и мукой, выращивание пшеницы, существующие проблемы, пути решения, меры. Abstract. In the current state of grain and grain production in the Uzbek SSR in 1940-1950, the government adopted the government and the government, problems related to bread, bread and flour, and the nation's bread. Keywords. Grain supply in the Uzbek SSR, 1940-1950s, issues of grain and flour in food supply, wheat cultivation, existing problems, solutions, measures.

Oʻzbekistonda bugʻdoy gʻallachilikning asosiy yoʻnalishlaridan biri xisoblanadi. Oʻzbekiston SSR xukmati tomonidan ishlab chiqilgan favquloddagi rejaga koʻra respublika 1942 yildan boshlab oʻzini oʻzi mustaqil gʻalla bilan toʻliq ta'minlanishi shart edi. Buning natijasida respublika umumiy gʻalla xosilini amaldagi (1941 yil) 5-6 mln sentnerdan kelasi yil uchun (1942 yil) 12-15 mln sentnerga olib chiqishi zarur va kechiktirib boʻlmas masala edi[1:B.127]. Shu oʻrinda aholini non bilan ta'minlashda gʻalla ososiy fundament qishloq xoʻjaligi mahsuloti boʻlib uning ta'minotida respublika non ta'minotida urush boshlagan kezlaridayoq nonning ta'minoti yechimi kechiktirib boʻlmas jiddiy masala ekanini koʻrsata boshladi. Masalan, Farg’ona vodiysining sharqiy viloyatlaridan boʻlgan va aholi salmogʻi yuqori boʻlgan Andijon viloyati gʻallaga boʻlgan talabini olsak, viloyatning gʻallaga (donga) extiyoji 1941 yil avgustdan

1942 yil 1 yanvarigacha vaqtda 33 724 tonnani tashkil etadi. Lekin yegʻib olingan gʻalla jami boʻlib, 7642, 8 tonnani tashkil qildi. Yegʻib olingan viloyatdagi umumiy gʻalla shu yillarda viloyat aholisini don va nonga boʻlgan ehtiyojini atiga 22,6 % ni qondira olgan[2:B.13]. Koʻrish mumkinki don va non masalasi jiddiy muammo boʻldi. Oʻzbekiston SSRning 1941 yildan 1945 yilgacha yani urush boshlangan va yakunlanguncha boʻlgan vaqtdagi don va aholini non bilan ta'minlash zaxirasiga e'tibor qaratadigan boʻlsak, masalan, 1942 yil 1 may xolatiga koʻra, respublikani (Qoraqalpogʻiston va Xozrazimdan tashqari) 10 ming tonna gʻalla zaxirasi mavjud edi. Shu davrda Oʻzbekiston aholisining gʻallaga boʻlgan sakkiz kunlik ehtiyoji 16 ming tonnani tashkil etardi[3:B.28] va buni bir yil davomiga hisoblasak oʻrta xisobda kuniga 2 ming tonna, yiliga esa 730 ming tonna gʻalla aholining don va nonga boʻlgan extiyoji zarur edi. Natijada, Oʻzbekiston SSRda bugʻdoy bilan birga gʻallaning sholi turini ham kegaytirish, hususan, guruch yetishtirish va tayyorlash boʻyicha choratadbirlar ishlab chiqildi. Qishloq xoʻjaligida bugʻdoy yetishtirish salmoqli oʻringa ega boʻlib, guruch yetishtirishda esa Oʻzbekiston Ittifoq hududida eng yuqori oʻrinlarda turadi. Oʻzbekistonda sholichilik boʻyicha ekin maydonlari ulushi butun ittifoqda yetishtiriladigan sholikorlik yerlarining yarmiga teng va SSSRning eng asosiy sholichilik ombori boʻlib hizmat qildi. Urushdan oldingi yillarda bir qator irrgigasiya inshoatlari va tarmoqlarini ishga tushirilishi sholichilikda oʻn minglab yangi yerlarni oʻzlashtirish imkonini berdi. 1941 yil Oʻzbekistonda 83 257 gektar maydonga sholi ekilgan. Urushning boshlanishi oʻz navbatida gʻallaga boʻlgan umumiy ehtiyojni oshirdi. Natijada 1942 yilda 1941 yilga nisbatan sholi maydonlarining oʻsishi qoʻshimcha 20 ming gektarga oʻzgardi[2:B.20]. Sholikorlik maydonlaring oʻzgarishi xosilning oʻsishiga ham ijobiy ta'sir qildi va 1942 yil Oʻzbekistonda sholining xosildorligi oʻrtacha 22,8 sentnerni tashkil etdi[3:B.20]. Respublika boʻyicha eng yuqori xosildorlik koʻrsatgichi Toshkent viloyatida 39,5 sentner, Fargʻona viloyatida 33,0 sentner, Namangan viloyatida 31,4 sentner tashkil qildi. Demak 1940 yilda Respublika boʻyicha 79813 gektarga sholi ekilgan boʻlsa, 1941 yil 83257 gektarga, 1942 yilga kelib 102,5 ming gektar maydonga sholi ekilgan [4:B.3]. Sholi yetishtirish va uning mahsuldorligi doim ham bir hil kechmadi. Chunonchi, 1943 yil sholi ekishlari erta bajarilishiga qaramay xosildorlik gektariga 21,7 sentnerni tashkil etdi va oʻtgan yilaga nisbatan 1,1 sentnerga kam edi [5:B.3]. Bunga sabab sholikorlik ishlari asosan ogʻir mehnatni talab qilardi va unda erkaklarning ishchi kuchi yetishmasligi, asosan ayollar zimmasida qolayotgani va sholi ekish maydonlarida melarativ xolatining yomonlashgani, qishloq xoʻjaligi texnikalarining yetishmasli va deyarli barcha agrotexnika ishlari qoʻl mehnati bilan bajarilishi sabab boʻldi. Sholini oqlash va gruch shaklida tayyor mahsulot qilib, iste'molga yetkazib berishda Respublika guruch zavodlari ham salmoqli ish bajargan. Masalan, 1944 yil SSSR Mahsulot tayyorlash xalq Komissarligining Toshkent viloyat Qorasuv tumanida joylashgan 3-guruch zavodi yilning birinchi kvartal boshida kuniga 2617 tonna sholini oqlab, tayyor guruch yetkazib bergan boʻlsa, kvartal oxiriga kelib bu

koʻrsatgichni 100 tonna guruch tayyorlab, iste'mol uchun yetkazib berdi [6:B.3].Sentyabr oyiga kelib zavod qayta ta'mirlanib qayta ochilgach, bir kunda aholi iste'moli uchun 40-43 tonna guruch tayyolab, yetkazib berdi. Sholikorlik yerlarini kengaytirish hisobiga 1944 yilga kelib ekish rejasi 25 may xolatiga 53,5 % ga bajarildi va bu koʻrsatgich 1943 yil aynan davriga 76,6 % ga bajarilgan edi [7:B.4]. Bunga sabab aksariyat hududlarda suv ta'minotining paxtachilik tarmoqlari uchun sarflanishi boʻldi. Natijada mavjud ekilgan sholikorlik yerlari ham begona oʻt bosishi va suvsizlik natijasida zarar koʻrdi [8:B.34]. 1950 yilga kelib Oʻzbekiston boʻyicha sholi yetishtirish gektaridan oʻrta hisobda 16 sentnerni tashkil qildi va yalpi xosil 570 ming senrni tashkil etdi. Masalan, Xorazm viloyati Gurlan tumani “Stalin” nomli kolxoz gektaridan 55-70 sentnerdan, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani “Polyanaya Zvezda” kolxozi 40-45 sentnerdan, Andijon viloyati “Stalin” nomli kolxozi 45 sentnerdan sholi yetishtirib, iste'molda guruch taminotini ta'minlashda asosiy xoʻjaliklar boʻldi. 1953-1958 yillarda Respublika boʻyicha jami boʻlib 3,5 mlrd pud [9:B.319] gʻalla yetishtirildi [10:B.142]. Mamlakatda oziq-ovqat ta'minoti olib borishda bugʻdoy va sholidan tashqari yana makkajoʻxori ham ekish yetakchi oʻrinlarni egalladi. Makkajoʻxori ikki maqsadda yetishtirilar edi. Birinchi navbatda makkajoʻxori uni tayyolash boʻlib, nafaqat sanoat usulida, balkim mahalliy oholining kundalik turmush tarzida asosiy oziq-ovqat turlaridan biri boʻlgan. Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, Sovet Ittifoqi respublikalari ichida O’zbekiston hususan Farg’ona vodiysi XX asrning 1940-1950 yillarida ham asosiy paxtachilik hududi bo’lib qolaverdi. Bu esa mavjud aholini ga’lla va g’alla mahsulotlari bilan ta’minlashda mavjud muammoni yanada chigallashtirdi. Natijada respublikada nonga va unga bo’lgan talab yil sayin o’sib bordi, ammo kamaymadi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1. Ризаев.Г. Аграрная политка советской власти в Узбекистане. 1917- 1965 гг. –Ташкент.Узбекистан.1967.-С.127. 2. Пўлатов И. Улуғ ватан уруши ғалабасига Ўзбекистон меҳнаткашларининг қўшган ҳиссалари. Тошкент: Ўзбекистон.1967й.-Б.13. 3. Бабажанов.Х. Иккинчи жахон уриши йилларида Ўзбекистонда озиқовқат сиёсатининг амалга оширилиши. Монография. – Тошкент: “Академнашр”, 2022. 4. Ўз МА, Р-90-фонд, 6- рўйхат, 5530-иш, 1-3варақ 5. Ўз МА, Р-90-фонд, 6- рўйхат, 5530-иш, 1-3варақ 6. Қизил Ўзбекистон. 1944 йил 20март. – № 63. – Б. 3. 7. Қизил Ўзбекистон. 1944 йил 7 октиябр. – № 199. – Б. 4. 8. Ўз МА, Р-1619-фонд, 10- рўйхат, 743-иш, 34 варақ 9. Ўз МА, Р-1619-фонд, 10- рўйхат, 743-иш, 34 варақ 10. Пуд – русча.бир пуд-16,38 кг тенг оғирлик ўлчов бирлиги.бир тонна-сал кам 63пуд. Қаранг: Ўзбек тилининг изохли луғати. Тўртинчи жилд. – Тошкент.: ЎзМЭ,. 2007. – Б.319.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Ризаев.Г. Аграрная политка советской власти в Узбекистане. 1917-1965 гг. –Ташкент.Узбекистан.1967.-С.127.
  2. Пўлатов И. Улуғ ватан уруши ғалабасига Ўзбекистон меҳнаткашларининг қўшган ҳиссалари. Тошкент: Ўзбекистон.1967й.-Б.13.
  3. Бабажанов.Х. Иккинчи жахон уриши йилларида Ўзбекистонда озиқ-овқат сиёсатининг амалга оширилиши. Монография. – Тошкент: “Академнашр”, 2022.
  4. Ўз МА, Р-90-фонд, 6- рўйхат, 5530-иш, 1-3варақ
  5. Ўз МА, Р-90-фонд, 6- рўйхат, 5530-иш, 1-3варақ
  6. Қизил Ўзбекистон. 1944 йил 20март. – № 63. – Б. 3.
  7. Қизил Ўзбекистон. 1944 йил 7 октиябр. – № 199. – Б. 4.
  8. Ўз МА, Р-1619-фонд, 10- рўйхат, 743-иш, 34 варақ
  9. Ўз МА, Р-1619-фонд, 10- рўйхат, 743-иш, 34 варақ
  10. Пуд – русча.бир пуд-16,38 кг тенг оғирлик ўлчов бирлиги.бир тонна-сал кам 63пуд. Қаранг: Ўзбек тилининг изохли луғати. Тўртинчи жилд. – Тошкент.: ЎзМЭ,. 2007. – Б.319.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011118
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/89
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
256–259
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25