Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA VODIYSIDA IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLAR VA BOLALARGA KO‘RSATGAN TA‘SIRI (1945-1991 yy)

Bahrom Djamolovich Djalolov.Is‘hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi.2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 236–241

Annotatsiya

Ushbu maqolada sovet hukumatining “bolalarni  komunistik tuzumga sodiqlik” ruhida tarbiyalash hamda bu yolda qarshi bo‘lgan barcha milliy va diniy qadriyatlarni, urf-odatlarni inkor etish va uning oqibatlari ochib beriladi. Sovet ta‘lim  tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda usbu sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar  tarixiy-ilmiy manbalar asosida tanqidiy tahlil qilib beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaСОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПРОЦЕССЫ В ДОЛИНЕ ФЕРГАНА И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ДЕТЕЙ (1945-1991 гг)

В статье раскрывается попытка советской власти воспитывать детей в духе «преданности коммунистическому строю» и отрицание всех национальных и религиозных ценностей, обычаев и традиций, противостоящих этому пути, и ее последствия. На основе исторических и научных источников критически анализируется становление советской системы образования и недостатки в этой области.

inglizchaSOCIO-ECONOMIC PROSESSES IN THE FERGANA VALLEY AND THEIR IMPACT ON CHILDERN (1945-1991)

This article reveals the Soviet government‘s attempt to educate children in the spirit of "loyalty to the communist system" and the denial of all national and religious values, customs and traditions that were opposed to this path, and its consequences. The establishment of the Soviet education system and the shortcomings in this area are critically analyzed based on historical and scientific sources.

Kalit so‘zlar

  • Masjidlar
  • din
  • mafkura
  • ta‘lim tizimi
  • maktab
  • sut oshxonalari
  • davomat
  • haykal
  • orden-medal
  • mehnat jasorati
  • ateistik siyosat
  • bolalar bog‘chasi
  • avtoavariya
  • partiya tashkilotlari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

FARG’ONA VODIYSIDA IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLAR VA BOLALARGA KO‘RSATGAN TA‘SIRI (1945-1991 yy) СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПРОЦЕССЫ В ДОЛИНЕ ФЕРГАНА И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ДЕТЕЙ (1945-1991 гг) SOCIO-ECONOMIC PROSESSES IN THE FERGANA VALLEY AND THEIR IMPACT ON CHILDERN (1945-1991)

Baxrom Djamolovich Djalolov. Is‘hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi. e-mail:baxromdjalolov115@gmail.com telefon: [telefon raqami yashirilgan]

Annotasiya:Ushbu maqolada sovet hukumatining “bolalarni komunistik tuzumga sodiqlik” ruhida tarbiyalash hamda bu yolda qarshi bo’lgan barcha milliy va diniy qadriyatlarni, urf-odatlarni inkor etish va uning oqibatlari ochib beriladi. Sovet ta’lim tizimining yo’lga qo’yilishi hamda usbu sohada yo’l qo’yilgan kamchiliklar tarixiy-ilmiy manbalфr asosida tanqidiy tahlil qilib beriladi. Abstract: This article reveals the Soviet government's attempt to educate children in the spirit of "loyalty to the communist system" and the denial of all national and religious values, customs and traditions that were opposed to this path, and its consequences. The establishment of the Soviet education system and the shortcomings in this area are critically analyzed based on historical and scientific sources. Аннотация:В статье раскрывается попытка советской власти воспитывать детей в духе «преданности коммунистическому строю» и отрицание всех национальных и религиозных ценностей, обычаев и традиций, противостоящих этому пути, и ее последствия. На основе исторических и научных источников критически анализируется становление советской системы образования и недостатки в этой области.

Tayanch so’z-iboralar: Masjidlar, din, mafkura, ta’lim tizimi, maktab, sut oshxonalari, davomat, haykal, orden-medal, mehnat jasorati, ateistik siyosat, bolalar bog’chasi, avtoavariya, partiya tashkilotlari Key words and phrases: Mosques, religion, ideology, education system, school, milk canteens, attendance, statue, order-medal, labor courage, atheistic politics, kindergarten, car accident, party organizations. Ключевые слова и фразы: Мечети, религия, идеология, система образования, школа, молочные столовые, посещаемость, статуя, орден-медаль, трудовое мужество, атеистическая политика, детский сад, автокатастрофа, партийные организации.

Ikkinchi jahon urushidan so’ng, sovet hukumati O’zbekistonda sovet mustamlakachiligi tuzmining “shaxsga shig’inish” va zo’ravonlikka asoslangan jamiyatini qurishni yanada mustahkamlash va kuchaytirish siyosatini olib borgan edi. Respublikada milliy an’analar, qadriyarlar kamsitilib, diniy va miliy qarashlar inkor etish harakatlari kuchaydi. Bu jamiyatning barcha sohalariga va oz salbiy ta’sirini ko’rsatib, og’ir ma’anaviy inqirozni kuchayishiga olib keldi. Holbuki, ikkinchi jahon urushi yillarida german fashizmiga qarshi olib borilgan harbiy harakatlarda ancha qiyinchiklarga va talafotlarga uchragan Stalin

rahbarligidagi sovet hukumati “g‘alaba qozonish” yo‘lida har narsadan umidvor bo’lib, chora tadbirlar izlay boshladi. O’z siyosatida dinga qarshi kurash olib borgan bolsheviklar partiyasi, 1943 yilga kelib “dindan najot va madad” izlab, 1943 yil O’zbekistondan bir necha ulamolarni imperiya poytaxti Moskvaga, Stalin huzuriga taklif etishdi. Olib borilgan bu uchrashuv asnosida, O‘zbekistonda dinga erkinlik berish va e’tiqodni er Bu uchrashuvda Namanganning yirik ulamosi, Ismoil Maxdum ham qatnashib, Stalin kin amalga oshirish huquqini qo’lga kiritishdi hamda mususlmonlar diniy idorasini tashkil etish va masjidlar ochishga ruxsat olishga muvaffaq bo’lingan edi[1]. Naijada hamma joyda bo’lgani kabi, Farg’ona vodiysida ham masjidlar o’z faoliyatini boshlab, dinga erkinlik berilishi, mahalliy xalqda esa e’tiqodni erkin amalga oshriish imko-niyati paydo bo’ldi. 1945 yilda bahoriga kelib, SSSRning dushman ustidan g‘alaba qozonishi aniq bo’lib qol-gach, islom diniga bemalol e’tiqod qish imkoniyatini bergan sovet hukumati, ikkiyuzla-machilik siyosati sari yuz tutib, musulmonlarga emas, balki ular et’iqodini amalga oshiruvchi jome masjidlarga qarshi kurash boshladi. Masalan, Respublika musulmonlar diniy idorasi, diniy ishlar kengashining Namangan-dagi vakil Musaxanov (ismi ko’rsatilmagan-B.Dj) Namangan shahar ijrioya komitetiga yuborgan maktubida, bu haqda o’z etirozlarini aytib, “Biz sizlarga tasdiq qilinmagan masjid-arni berkitib, qarovsiz qolmasligi uchun tashkilotlarga berilishini taʼkidlab, bir necha maro-taba ham yozdik. Shunga koʼra, siz tomondan macjidlar berkitilib, ayrim shahar, tumanlarda band qilinmagan macjid binolari kolxoz xodimlari tamonidan Ministrlar Soveti qarorisiz, soʼroqsiz masjidlarni ayrim joylarda buzish davom etmoqda. Shuning uchun soʼraymizki, dalolatnoma tuzmasdan, hukumat bilan kelishmasdan macjidlarni buzilishiga yoʼl qoʼymas-lik uchun kolxoz xodimlari ustidan nazorat qilib turishingizni, shuning bilan birga, 1945 yil masjidlarni hisobga olish toʼgʼrisidgai biz tomondan yuborilgan formani tezroq to‘lg‘azib yubortirishingizni soʼrayman” deb yozganligi[2] buning yaqqol namunasidir. Musaxanovning ushbu maktubiga ko’ra, joylardagi masjidlar taqdiri kolxozlar va mahal-liy tashkilotlar ixtiyoriga berilgan, ular o’z maqsadlari yo’lida bu inshootlardan bemalol foy-dalanishi mumkinligi, biroq buzib tashlamasliklari, mabodo shunday holatlarda ikki tomon-lama dalolatnoma tuzilgan holda, amalga oshirilishi kerakligi haqida gap borganligini ko‘rish mumkin. Biroq Musaxanovning yuqoriga yuborgan e’tirozli maktubi nech qanday naf bermagan-ligi uchun, endi bevosita mahaliy tashkilotlar rahbarlariga murojjat qilib, 1945 yil 12 aprelda barcha mahalliy tashkilotlarga №0-20-sonli maxsus xatini jo’natib, unda ayrim rayonlardagi macjid binolarini ayrim shaxslarning buyruqlariga asosan buzish davom etayotganligi, shun-ga koʼra shaxsan kolxoz mudirlariga macjid binolari Respublika musulmonlar diniy idora-sining viloyatdagi diniy ishlar kengashidan rozilik olmay, soʼroqqsiz buzilmasligi soʼraldi[3]. Respublika musulmonlar diniy idorasi masjidlarni himoya qilgan holda, sovet hukumati-ning dinga qarshi kurash siyosatidan kelib chiqib, chora-tadbirlaini ishab

chiqishga, bu borada ha o’zini ko’rsatishga ham majbur bo’lgan edi. Masalan, 1945 yil 17 aprelda Naman-gan shahar ijroiya komiteti raisi Karimovga yuborilgan maktubda, Namangan shahridagi islom dinini targ’ib qilih bilan bog’liq holatlar kuzaitlganligi haiqda xabab beradi. Jumladan, maktubda “olingan maʼlumotlarga qaraganda, sizning shahringizda ayrim shaxslar tomonidan qizil choyxona va bozor joylarida odamlarni dinga daʼvat qilib, diniy sheʼr va vaʼzlar aytuvchi shaxslarni bor ekanligi, binobarin bular toʼgʼrisida shahar, rayon maorif va boshqa tashkilotlar orqali yuqorida koʼrsatilgan shaxslarni va diniy tashviqot ishlari bilan shugʼullangan kishilarga yoʼl qoʼyilmasligini talab qilgan holda, bu borada amalga oshirilgan chora-tadbirlar va qilingan ishlar haqida viloyatdagi diniy ishlar kengashini xabardor qilib turish soʼralgan” edi.[4]. Sovet hukumati respublikadagi barcha joylarda dinga qarshi kurash bilan bilan birgalikda o’z go’yalarini va mafkurasini yoyoshga, ayniqsa, bolalarni mafkuraviy tarbiyalash hamda ularni “sosialastik tuzum g’oyalariga sodiqlik” ruhida tarbiyalash maqsadi yo’lidan bordi. Ushbu maqsadlar yo’lida tuum dohiylariga haykal o‘rnatish odatga aylandi, jumladan birgina Namangan viloyati hududida 1939-1969 yillarda Karl Marksning 7 ta, Leninning 90 ta haykali o‘rnatildi[5]. Tahlil qilib chiqadigan bo’sak, birgina Namangan oblastining o’zida chorak asr davo-mida 90 ta Leninning haykali o’rnatilganligi, shunu korsatadiki, SSSR davlati birgina Leninga (qolgan arboblarni qo’shib hisoblaganda buni hisobiga yetish qiyin-B. Dj) haykal o’rnatish bo’yicha dunyodagi barcha mamlakatlarni ortda qoldirib, 1980 yillarga kelib, bu sohada birin-chi o’ringa chiqib olganligini ko’rish mumkin hamda buning uchun mamlakat buydjetidan millionlab so’m pul sarflanganligi bu davlatning “mafkuraviy masalada chuqur ketganligi”ni ko’rish mumkin. Tarixchilar tahliliga ko’ra, covet davlati o’z xalqiga orden-medal taqish bo’yicha va sovet xaliqning ko’chalarda, tadbirlarda orden-medallarni doimiy taqib yurishi bo’yicha barcha xalqlarni ortda qoldirishgani, jumladan, covet fuqarosi o‘z qilgan mehnatiga moddiy manfaatdorlikdan ko’ra, qilgan ishiga orden-medal bilan taqdirlanishi “muhim ahamiyat kasb etgan”. Chet eldan kelgan sayyohlar Toshkent kochalarida ko’ksi to’la, (kamida 6-7 dan) medal-lar bilan to’lgan nuroniy o‘zbeklarni ko’rib hayron qolishganligini aytishgan[6]. Bu sohada ham, sovet davlatiga hech qaysi davlat yeta olmagan va bu rekordni hech qaysi davlat hozirga qadar yangilay olgan emas, buning uchun sovet hukumati bolalariga maktabda o’qishni boshlagan paytdayoq, dastlab oktyabryat, poiner va komsomol sifatida znachoklarni taqdim qilish, qilingan mehnatni ordenmedallar bilan taqdirlash va buning uchun “hukumatga minnatdorchilik bildirish” kayfiyatini shakllantirdi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun birinchi o’rinda sovet ta’lim tizimi va uning tarkibidagi maktablar faoliyatni kuchaytirish va bolalarni ta’limga qamrab olish orqali o’z manfaatlari yo’lida tarbiyalash rejasi ishlab chiqildi, biroq maktablarga o’quchilarni qamrab olish hamda ularni talim-tarbiya berish

jarayonlarda, sovet hukumati turli muammolarga duch kela boshladi, masalan, bolalarni maktabga toritsh va davomatni to‘g‘rilash oson kechmadi. Jumladan, 1956 yil Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi maktablarda o’quhcilarni davomati keskin tushib ketganligi tanqid qilindi, jumladan, tuman markazidagi 8-sonli mak-tabda davomat 50-55 foizni, Koroskon qishloq sovetidagi 6-sonli maktabda 70-75 foizni tash-kil etgani, minglab bolalarni o’qishga kelmasliklari aniqlandi[7]. Biroq vaziyat og’irligiga qaramay, Chortoq tumani 1958-1959 oquv yilida 7 yillik ta’limga o’tishni yakunladi[8]. Joylada maktablar va ularda o’quvchilar soni yildan yilga oshib bordi, Namangan vilo-yati ta’lim tizimida tahsil oluvchi o’quvchlarning soni yuqori bo’lib, viloyat maktablarida 1960-1961 yillarda 115,7 ming, 1965-1966 o’quv yilida 178,9 ming, 1975-1976 o’quv yilida 294,2 ming, 1980-1981 o’quv yilida 718,2 ming, 1985-1986 o’quv yilida 343,2 ming, 1990-1991 o’quv yilida 318,7 ming o’quvchi ta’lim oldi [9]. Nafaqat Namanganda, balki Farg‘ona viloyatida ham qiyinchiliklarga qaramay, ta’lim tizimida muvaffaqiyatga erishildi, faqat 1966-1967 yillarning o’zida Farg‘onada 1884 o‘rinli ikkita maktab qurildi, shuningdek, 1967-1968 o‘quv yilida Farg’ona shahridagi 25 ta maktab-internatda 23 ming o‘quvchi, 1976- 1977 o‘quv yilida 29 ming o‘quvchi ta’lim oldi[10]. Bolalarni maktabga jab qilihs bilan birga maktablarda boshqa muammolar ham mavjud edi va buni hal etishda sovet hukumatiga uzoq yillar kerak boldi, masalan, bolalarni maktablarda ovqatlantirish, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash dolzarb masalaga aylandi, bir-gina Namangan oblasti maktablarida 374 ta bufet va 200 ta oshxona bo’lib, ularda 16 ming 840 o’rin bo’lgan[11]. Ayrim maktablarni bolalarni ta’lim olishlari uchun hech qanday talabga javob bermasliklari va shorit umuman bo’lmaganligi ham kuzatildi, xususan, 1974 yilda Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon rayonidagi 76-sonli maktab uchun qurilgan qoʻshimcha bino bitka-zilib, foydalanishga topshirilgandan soʻng, oʻtkazilgan sanitariya tekshiruvida maktab havo-sidan zaharli ximikatlar topilib, oʻquvchi va oʻqituvchilar orasida engil zaharlanish alomatlari kuzatilib, oqibatda maktab binosi eski zaharli ximikatlar saqlaydigan ombor oʻrniga quril-ganligi ma'lum boʻlib, mart oyida tuman rahbariyati chiqargan qaroriga muvofiq, bino foydalanishdan toʻxtildi[12]. Joylarda bolalarni himoyalash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llabquvvatlash tadbirlarini amalga oshirish borasida mahalliy tashkilot rahbarlari ham o’zaro tashabbus ko’rsatdilar, jumladan, Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Karl Marks nomli jamoa xoʻjaligida maktab oʻquvchilariga ham qator imtiyozlar yaratilib, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga davlat tomonidan berilayotgan mablagʻga har bir oʻquvchi hisobiga 5 tiyindan qoʻshib berilganlgi, a'lo baolarga oʻqigan 6,7,8 sinf oʻquvchilari uchun 5-10 soʻmdan, 4 va 5 baholarga oʻqigan 9, 10, 11 sinf oʻquvchilariga 10 soʻmdan pul berish yo’lga qo’yildi, shunigdek, oilaviy ahvolini hisobga olib, ayrim maktab oʻquvchilarini kiyim-kechak bilan ta'minlash uchun xoʻjalik hiso-bidan 3 ming soʻm miqdorida pul ajratildi [13]. Sovet hukumati bolalarni barcha sohalarda mafkuraviy tarbiyalashga qanchalik harakat qilmasin, bu o‘zini oqlamadi, milliy qadriyalat inkor etilgan

hamda sovet mustamlakachiligi tuzumi manfaatlariga bo’ysundirilgan ta’lim tizimi va undagi mavjud muammolarni hal etishga sovet hukumati ojizlik qildi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev aytganlaridek.:”Maktab oq’tuvchilarning asosiy vazifasi bir chetda qolib, ularni o’zariga mutloqo aloqasi bo’lmagan ishlarga jalb etish chuqur ildiz olganligi” ta’lim tizimida chuqur ma‘naviy inqirozga olib keldi”[14]. O‘z istiqloliga erishgan O’zbekiston Respublikasiga sovet mustamlakachiligi tuzumi va uning oqibatlarini bartaraf etishdek og‘ir meros qoldi va milliy ta’lim tizimini yaratishga mu-vaffaq bo‘ldi.

1. “Zamonamiz ulamolari”. Toshkent.:Imom Buxoriy xalqaro jamg’armasi. 2001. –B. 29. 2. Namangan viloyat davlat arxivi. 13-fond, 1-roʼyxat, 982-ish, 20-varaq 3. NVDА. 13-fond, 1-roʼyxat, 982-ish, 23-varaq. 4. NVDА. 13-fond, 1-roʼyxat, 982-ish, 22-varaq. 5. NVDA, 275-fond, 6-ro’yxat, 2291-ish, 65-varaq. 6. Yovuz Bulant Boqiylar. “Turkiston, Turkiston”. Toshkent.:”Trust and support”. 2023. –B. 190. 7. NVDA, 275-fond, 1-ro’yxat, 1333-ish, 5-vara q. 8. “Chortoq tumani tarixi”. Toshkent.:”Universitet”. 1996. –B. 144. 9. Abdullayev. O. “Namangan viloyati”. Namangan.:1995. –B. 136. 10. Рахимов. М. “История Ферганы”. Ташкент.:”Фан”. 1984. –Б. 109. 11. NVDA, 275-fond, 6-ro’yxat, 2181-ishб 83-varaq. 12. NVDA, 275-fond, 6-ro’yxat, 2597-ish, 194-varaq. 13. “Sovet O‘zbekistoni”. 1991 yil 7 fevral. 14. Mirziyoyev.SH. “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik”. 5-jild. Toshkent.:”O‘zbekiston”. 2023. –B. 74.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. “Zamonamiz ulamolari”. Toshkent.:Imom Buxoriy xalqaro jamg’armasi. 2001. –B. 29.
  2. Namangan viloyat davlat arxivi. 13-fond, 1-roʼyxat, 982-ish, 20-varaq
  3. NVDА. 13-fond, 1-roʼyxat, 982-ish, 23-varaq.
  4. NVDА. 13-fond, 1-roʼyxat, 982-ish, 22-varaq.
  5. NVDA, 275-fond, 6-ro’yxat, 2291-ish, 65-varaq.
  6. Yovuz Bulant Boqiylar. “Turkiston, Turkiston”. Toshkent.:”Trust and support”. 2023. –B. 190.
  7. NVDA, 275-fond, 1-ro’yxat, 1333-ish, 5-vara q.
  8. “Chortoq tumani tarixi”. Toshkent.:”Universitet”. 1996. –B. 144.
  9. Abdullayev. O. “Namangan viloyati”. Namangan.:1995. –B. 136.
  10. Рахимов. М. “История Ферганы”. Ташкент.:”Фан”. 1984. –Б. 109.
  11. NVDA, 275-fond, 6-ro’yxat, 2181-ishб 83-varaq.
  12. NVDA, 275-fond, 6-ro’yxat, 2597-ish, 194-varaq.
  13. “Sovet O‘zbekistoni”. 1991 yil 7 fevral.
  14. Mirziyoyev.SH. “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik”. 5-jild. Toshkent.:”O‘zbekiston”. 2023. –B. 74.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011113
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/84
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
236–241
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25