FARG‘ONA VODIYSIDA O‘RMON XO‘JALIGINI VUJUDGA KELISHI TARIXIDAN
Olimov Jahongir BoriboyevichQo‘qon universiteti o‘qituvchisi, PhD.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 249–252
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida zamonaviy ma‘nodagi birinchi o‘rmon xo‘jaligini vujudga kelishi hamda yurtimizda bu borada dastlab amalga oshirilgan ishlar tarixi borasida so‘z yuritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaИЗ ИСТОРИИ СОЗДАНИЯ ЛЕСНОГО ХОЗЯЙСТВА В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ
В данной статье рассказывается об истории первого лесничества в Узбекистане и первой деятельности в этой области.
inglizchaFROM THE HISTORY OF THE CREATION OF FORESTRY IN THE FERGANA VALLEY
This article tells about the history of the first forestry in Uzbekistan and the first activities in this area.
Kalit so‘zlar
- o‘rmon
- o‘rmon xo‘jaliklari
- Davlat o‘rmon fondi
- Kvint Kursiy Ruf
- Turkiston tog‘ tizmasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FARG’ONA VODIYSIDA OʻRMON XOʻJALIGINI VUJUDGA KELISHI TARIXIDAN
ИЗ ИСТОРИИ СОЗДАНИЯ ЛЕСНОГО ХОЗЯЙСТВА В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ
FROM THE HISTORY OF THE CREATION OF FORESTRY IN THE FERGANA VALLEY
Olimov Jahongir Boʻriboyevich Qoʻqon universiteti oʻqituvchisi, PhD. olimovjahongir1982@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston hududida zamonaviy maʼnodagi birinchi oʻrmon xoʻjaligini vujudga kelishi hamda yurtimizda bu borada dastlab amalga oshirilgan ishlar tarixi borasida soʻz yuritilgan. Kalit soʻz va iboralar: Oʻrmon, oʻrmon xoʻjaliklari, Davlat oʻrmon fondi, Kvint Kursiy Ruf, Turkiston togʻtizmasi. Аннотация: В данной статье рассказывается об истории первого лесничества в Узбекистане и первой деятельности в этой области. Ключевые слова и фразы: Лес, лесное хозяйство, Государственный лесной фонд, Квинт Курций Руф, Туркестанский хребет. Annotation: This article tells about the history of the first forestry in Uzbekistan and the first activities in this area. Key words and phrases: Forest, forestry, State Forest Fund, Quintus Curtius Ruf, Turkestan Range.
Tarixga nazar tashlanadigan boʻlsa, Oʻzbekistonda insonning tabiatdan foydalanish davri uzoq ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Arxeologlarning taʼkidlashiga koʻra, quyi Amudaryoning oʻzlashtirilishi eramizdan oldingi IV–III ming yilliklarga borib taqaladi[1]. Bu davrlarda ibtidoiy odamlar, asosan, Amudaryoning eski deltasida yashab, suv hayvonlarni ovlab hayot kechirishgan. Suv boʻylaridagi oʻrmonlar va ularda yashovchi hayvonlar va oʻsimliklar dunyosi ularning asosiy ozuqaviy manbalaridan biri boʻlgan[2]. Shuningdek, toʻqay oʻrmonlari uy qurish uchun kerakli material bilan odamlarni taʼminlagan. Shuning uchun aholi bu oʻrmonlardan uzoqqa ketmasdan yashashga harakat qilganlar. Oʻrmonlar va ulardagi oʻsimliklar dunyosiga yaqin boʻlib yashash odamlarni oʻtroq tarzdagi hayotga ham oʻrgatgan [3]. Aslini olganda, Oʻrta Osiyoda oʻrmonlar keng tarqalmagan. Hududning 6,7 foizigna oʻrmonlar bilan qoplangan. Bir qator tarixiy manbalardagi maʼlumotlarga koʻra, qadimgi davrlarda Oʻrta Osiyoda oʻrmonlar va oʻsimliklar ancha katta maydonlarni egallagan ekan. Masalan, Aleksandr Makedonskiy tarixini yozgan Kvint Kursiy Ruf Zarafshon vodiysini tasvirlashi mobaynida bu yerlarda koʻplab oʻrmonlar mavjud boʻlganligini qayd etadi. U yana Panjikentga yaqin yerlarda oʻtib boʻlmas oʻrmonlar borligini ham yozgan [4]. Tarixga nazar tashlanadigan boʻlsa, Oʻzbekistonda insonning tabiatdan foydalanish davri uzoq ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Arxeologlarning
taʼkidlashiga koʻra, quyi Amudaryoning oʻzlashtirilishi eramizdan oldingi IV–III ming yilliklarga borib taqaladi[1]. Bu davrlarda ibtidoiy odamlar, asosan, Amudaryoning eski deltasida yashab, suv hayvonlarni ovlab hayot kechirishgan. Suv boʻylaridagi oʻrmonlar va ularda yashovchi hayvonlar va oʻsimliklar dunyosi ularning asosiy ozuqaviy manbalaridan biri boʻlgan[2]. Shuningdek, toʻqay oʻrmonlari uy qurish uchun kerakli material bilan odamlarni taʼminlagan. Shuning uchun aholi bu oʻrmonlardan uzoqqa ketmasdan yashashga harakat qilganlar. Oʻrmonlar va ulardagi oʻsimliklar dunyosiga yaqin boʻlib yashash odamlarni oʻtroq tarzdagi hayotga ham oʻrgatgan [3]. Aslini olganda, Oʻrta Osiyoda oʻrmonlar keng tarqalmagan. Hududning 6,7 foizigna oʻrmonlar bilan qoplangan. Bir qator tarixiy manbalardagi maʼlumotlarga koʻra, qadimgi davrlarda Oʻrta Osiyoda oʻrmonlar va oʻsimliklar ancha katta maydonlarni egallagan ekan. Masalan, Aleksandr Makedonskiy tarixini yozgan Kvint Kursiy Ruf Zarafshon vodiysini tasvirlashi mobaynida bu yerlarda koʻplab oʻrmonlar mavjud boʻlganligini qayd etadi. U yana Panjikentga yaqin yerlarda oʻtib boʻlmas oʻrmonlar borligini ham yozgan [4] Faqatgina XIX asr oxirlaridan boshlab Oʻrta Osiyoda asta-sekin oʻrmon xoʻjaliklari paydo boʻla boshladi. Masalan, 1897-yili Amudaryo oʻrmon xoʻjaligi vujudga kelgan. Amudaryoning quyi oqimida oʻrmonchilik ishlarini olib borish 1909-yildan boshlangan. Shu yilgacha oʻrmonlarning maydonlari va ularni hisobga olish ishlari olib borilmagan edi. Shu davrdan boshlab oʻrmonlarni hisob-kitob qilish yoʻlga qoʻyila boshlandi. Shunday boʻlsa-da, Oʻzbekiston hududida oʻrmon xoʻjaligiga XIX asrning ikkinchi yarmida asos solinganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Oʻzbekiston hududida zamonaviy maʼnodagi birinchi oʻrmon xoʻjaligi 1873-yili hozirgi Boʻstonliq tumani hududida tashkil etilgan. 1875-yilda Turkiston togʻtizmasining Molguzar tarmogʻi yonbagʻrida Zomin oʻrmon dam olish maskani tashkil qilingan. 1890-yilda Amudaryo boʻlimida oʻrmon boʻlimi (lesnichestvo) tashkil qilingan. Turkiston oʻlkasida oʻrmon bilan bogʻliq qidiruv-tekshiruv ishlari 1889–1894- yillarda maxsus tashkilotlar yordamida amalga oshirilgan boʻlib, natijada oʻrmonlarning ayovsiz yoʻq qilingani aniqlangan. 1895-yilda Turkiston va Molguzar togʻli hududlarida Zomin oʻrmon xoʻjaligi tashkil qilingan. 1897-yilda esa, oʻrmonlarni himoya qilish va saqlash maqsadida “Oʻrmonlarni saqlash haqida” Nizom qabul qilingan [6]. 1912-yili Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida toʻqay oʻrmonlari tashkil qilindi. Bundan koʻrinadiki, oʻsha davrlardan boshlab oʻrmonlarni saqlab qolish masalasi bilan jiddiy shugʻullanilgan. Turkiston oʻlkasini boshqarish bilan bogʻliq oʻsha davrga oid qonun hujjatlari orasida oʻrmonlarni saqlashga qaratilganlari ham bor edi. Masalan: yovvoyi oʻrmonlar ham, boʻsh yerlar ham davlat mulki deb hisoblangan, xalqlar yashayotgan yerlar ularga doimiy foydalanish uchun berilgan. Yoki Rossiya imperiyasi maʼmurlari saksovulzorlarni qoʻriqlash masalasini ilgari surib, ulardagi saksovullarni yoʻq boʻlib ketishiga qarshi turgan. Lekin shunga qaramay, aholi saksovullardan oʻz ehtiyojlari yoʻlida doimiy ravishda foydalanib kelgan. Jumladan, hukumatning taqiqlashiga qaramay, saksovullarni kesish va bozorda sotish holatlari koʻp uchrab turgan.
Maʼlumotlarda keltirilishicha, 1911-yili choʻl oʻrmonlarida 634 kishi oʻrmonlarni qoʻriqlash uchun tayinlangan boʻlsa-da, 1914-yilgi hisobotlarda oʻrmonlarni saqlash bilan bogʻliq qoidalar 616-marta buzilganligi qayd etilgan. Bu borada tarixiy hujjatlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 1911-yili Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan oʻrmon egalarining syezdida Turkiston oʻlkasi yer boshqarmasi va davlat mulki boshqaruvchisi knyaz Mosalskiy togʻoʻrmonlarining qisqarishi xaqida: “...oldingi davrlarda Turkistondagi togʻoʻrmonlari ancha katta boʻlgan. Ular vodiylar hatto odamlar yashaydigan joylargacha tarqalgan edi”, – deya taʼkidlaydi. Lekin asrlar davomida aholining taʼsiri bu oʻrmonlarining keskin kamayishiga sababchi boʻlgan. Togʻoʻrmonlarinig bunday yoʻq qilinishi tabiiy balansni buzishidan tashqari, tabiiy ofatlarga ham olib kelishi mumkin edi. Mana shunday sharoitda butun Turkiston hayotini yaxshilashga yordam beruvchi togʻoʻrmonlarini muhofaza qilish oʻrmon xoʻjaligining asosiy vazifasi boʻlishi lozim edi[7]. Shunisi qiziqki, aholining oʻzi ham oʻrmonlarni saqlab qolish va qoʻriqlashdan manfaatdor boʻlgan. Chunki oʻrmonlar ular uchun daromad manbai, yashash uchun vosita boʻlib xizmat qilgan. 1911-yildan boshlab Turkiston oʻrmon xoʻjaligida yangi davr boshlangan. Bunda oʻrmonlardan kelgan foyda davlat hisobiga oʻtkazilgan. Oqibatda, oʻrmondan olingan oʻtinlar narxi oshib ketgan. Oʻrmonda chorva mollarini boqish uchun ham turli koʻrinishdagi narxlar belgilangan. Bu aholining noroziligiga sabab boʻlgan. Chor xuqumatining urinishlari katta va kutilgan natijalarga olib kelmaganligi sababli Turkiston general-gubernatori Kuropatkin 1917-yil 17- yanvarda Turkiston oʻlkasi hududiga tegishli boʻlgan oʻrmon bilan bogʻliq buyruq chiqargan. Bu buyruqda aholining oʻrmonlardan foydalanishiga erkinlik berilgan. Shunday qilib, Turkiston oʻlkasidagi oʻrmon xoʻjaligi bilan bogʻliq davlat ishlari muayyan chora-tadbirlar bilan yakunlangan. Xulosa qilib aytganda, insonlarning tabiatda mavjud boʻlgan daraxtlardan foydalanish tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. Oʻrta Osiyoda yashagan qadimgi ajdodlarimiz ham bundan ming yillar avval tabiiy oʻrmonlarda mavjud boʻlgan xomashyolardan oʻz ehtiyojlari yoʻlida foydalanib kelganlar. МАNBALAR VA ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Ягодин В.Н. Население Южного Приаралья в рабовладельческую эпоху. История Каракалпакской АССР (с древнейших времен до наших дней). – Ташкент, 1986. – С. 21-32. 2. Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до на¬ших дней. – Ташкент, 1957. – С. 48. 3. Байраммурад А. Тугайные леса Амударьи и повышение их защитных функций. Автореф. дисс. канд. геог. наук. – Алма-Ата, 1987. – С. 20. 4. Квинт Курций Руф. История Александра Македонского // История Узбекистана в источниках. Составитель Б.В.Лунин. – Ташкент: Фан, 1984. – С. 127 5. Руи Гонсалес де Клавихо. Буюк Амир Темур тарихи // Амир Темур Европа элчилари нигоҳида. – Toshkent: G’ofur G’ulom, 2007. – 109-113 bet 6.ЎзМА, И-1-fond, 11-ro’yxat, 803-ish, 13-varoq
7. Лим В.П. Охрана живой природы на территории Узбекистана Дисс. докт. биолог, наук. – Ташкент, 2002. – С.19.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Ягодин В.Н. Население Южного Приаралья в рабовладельческую эпоху. История Каракалпакской АССР (с древнейших времен до наших дней). – Ташкент, 1986. – С. 21-32.
- Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до на¬ших дней. – Ташкент, 1957. – С. 48.
- Байраммурад А. Тугайные леса Амударьи и повышение их защитных функций. Автореф. дисс. канд. геог. наук. – Алма-Ата, 1987. – С. 20.
- Квинт Курций Руф. История Александра Македонского // История Узбекистана в источниках. Составитель Б.В.Лунин. – Ташкент: Фан, 1984. – С. 127
- Руи Гонсалес де Клавихо. Буюк Амир Темур тарихи // Амир Темур Европа элчилари нигоҳида. – Toshkent: G’ofur G’ulom, 2007. – 109-113 bet
- 6.ЎзМА, И-1-fond, 11-ro’yxat, 803-ish, 13-varoq
- Лим В.П. Охрана живой природы на территории Узбекистана Дисс. докт. биолог, наук. – Ташкент, 2002. – С.19
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011116
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/87
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 249–252
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25