Asosiy mazmunga o‘tish

XIX ASR IKKINCHI YARMIDA FARG‘ONA VODISIDA MILLIY OZODLIK UCHUN OLIB BORILGAN KURASHLAR

Gulomova Rukhshona Rustamjon kiziUniversity of Business and Science Tarix yo‘nalishi talabasi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 264–267

Annotatsiya

Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan milliy ozodlik harakatlari va mustamlaka hukumatning zulm-sitamlariga qarshi mahalliy aholini olib borgan kurashlari aks etadi. Bu davrda "soxta xon" nomi bilan mashhur bo‘lgan Po‘latxon va Yetimxon hamda Darveshxon to‘ra va Dukchi Eshonlarning milliy ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tgan.

Boshqa tillarda

ruschaБОРЬБА ЗА НАЦИОНАЛЬНОЕ ОСВОБОЖДЕНИЕ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ ВО ВТОРОЙ ПОЛОВИНЕ XIX ВЕКА

В данной статье отражены национально-освободительные движения, происходившие в Ферганской долине во второй половине XIX века, и борьба местного населения против гнета колониального правительства. В этот период происходили национально-освободительные движения Полат-хана и Йетим-хана, Дарвеш-хана Тора и Дукчи Эшона, известных как «ложные ханы».

inglizchaNATIONAL LIBERATION STRUGGLES IN THE FERGANA VALLEY IN THE SECOND HALF OF THE 19TH CENTURY

This article reflects the national liberation movements that took place in the Ferghana Valley in the second half of the 19th century and the struggles of the local population against the oppression of the colonial government. During this period, the national liberation movements of Polat Khan and Yetim Khan, Darvesh Khan Tora and Dukchi Eshon, known as "false khans", took place.

Kalit so‘zlar

  • Farg‘ona vodiysi
  • Mingtepa
  • Po‘latxon
  • Yetimxon
  • qo‘zg‘olonlar
  • Qo‘qon xonligi
  • Xudoyorxon
  • Marg‘ilon uyezdi
  • Dukchi Eshon
  • Xo‘jand

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

XIX ASR IKKINCHI YARMIDA FARG‘ONA VODISIDA MILLIY OZODLIK UCHUN OLIB BORILGAN KURASHLAR

NATIONAL LIBERATION STRUGGLES IN THE FERGANA VALLEY IN THE SECOND HALF OF THE 19TH CENTURY

БОРЬБА ЗА НАЦИОНАЛЬНОЕ ОСВОБОЖДЕНИЕ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ ВО ВТОРОЙ ПОЛОВИНЕ XIX ВЕКА

G‘ulomova Ruxshona Rustamjon qizi University of Business and Science Tarix yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan milliy ozodlik harakatlari va mustamlaka hukumatning zulm-sitamlariga qarshi mahalliy aholini olib borgan kurashlari aks etadi. Bu davrda "soxta xon" nomi bilan mashhur bo‘lgan Po‘latxon va Yetimxon hamda Darveshxon to‘ra va Dukchi Eshonlarning milliy ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tgan. Abstract This article reflects the national liberation movements that took place in the Ferghana Valley in the second half of the 19th century and the struggles of the local population against the oppression of the colonial government. During this period, the national liberation movements of Polat Khan and Yetim Khan, Darvesh Khan Tora and Dukchi Eshon, known as "false khans", took place. Аннотация В данной статье отражены национально-освободительные движения, происходившие в Ферганской долине во второй половине XIX века, и борьба местного населения против гнета колониального правительства. В этот период происходили национально-освободительные движения Полат-хана и Йетим-хана, Дарвеш-хана Тора и Дукчи Эшона, известных как «ложные ханы». Kalit so‘zlar Farg‘ona vodiysi, Mingtepa, Po‘latxon, Yetimxon, qo‘zg‘olonlar, Qo‘qon xonligi, Xudoyorxon, Marg‘ilon uyezdi, Dukchi Eshon, Xo‘jand. Key words Fergana Valley, Mingtepa, Pulatkhan, Yetimkhan, uprisings, Kokand Khanate, Khudoyorkhan, Margilan Uyezdi, Dukchi Eshon, Khujand. Ключевые слова Ферганская долина, Мингтепа, Пулатхан, Йетимхан, восстания, Кокандское ханство, Худоярхан, Маргиланский уезд, Дукчи Эшон, Худжанд.

XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og‘irlashgan edi. Birinchidan o‘troq aholi va ko‘chmanchi turkiy qabilalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash xonlikning asosiy muammosiga aylandi. Ikkinchidan Rossiya imperiyasining asta-sekinlik bilan xonlik hududlariga bostirib kirishi siyosiy jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab bo‘lgan edi. XIX asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalqning ma’naviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urf-odatlarga zid bo‘lgan qarorlarning qabul qilinishi natijasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati mahalliy aholining

milliy ozodlik harakatlarini boshlanishiga asosiy sabab bo‘ldi. Asosan bu milliy ozodlik harakatlari boshqa hududlarga qaraganda Farg‘ona vodiysida avj olib ketdi. Buning sabablari esa Qo‘qon xonligini Rossiya imperiyasi ixtiyoriga bergan va hukmronligini tan olgan Xudoyorxonga qarshi nafaqat oddiy xalq, balki yirik yer egalari ham kurash olib bordilar. Bundan tashqari imperiya hukumatining zulm-sitamlari mahalliy aholining sabr kosasini to‘ldirgan edi. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik harakatlari keskin tus oladi. Bunda aholi podsho hukumatiga qarshi bir necha bor namoyishlar o‘tkazadi. Bulardan dastlabkisi Farg‘ona vodiysida 1871-1872-yillarda hokimiyat uchun boshlangan kurash, 1874-1876-yillarda keng ko‘lamdagi xalq harakatiga aylanib ketadi. [6; B. 293.]. Bu harakat dastlab Xudoyorxonni taxtdan ag‘darish maqsadida boshlangan edi. Keyinchalik keng tus olib, mustamlaka hukumatga qarshi kurashga aylanib ketadi. Qo‘zg‘olonga Marg‘ilon uyezdidan chiqqan mulla Ishoq Hasan o‘g‘li boshchilik qilib o‘ziga Xudoyorxonning Samarqanddagi qarindoshi Po‘latxon nomini oldi va shu bois tarixga Po‘latxon qo‘zg‘oloni bo‘lib kirdi.[6; B.293.]. Xudoyorxonning qochishi sabab qo‘zg‘olonchilar Andijonni egallab olishadi va Po‘latxon Qo‘qon taxtiga chiqishga muyassar bo‘ladi. [9; B.2.]. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun Rus otryadi harakatga keladi va qo‘zg‘olonchilarni tor-mor keltiradi. Po‘latxon Marg‘ilonda qo‘lga olinadi.1876-yil Qo‘qon xonligi bekor qilindi va uning o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil qilinadi. [2; B.167.]. Ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi milliy ozodlik harakatlari bu bilan barham topmaydi. O‘zbek xalqi kelgindi dushmanga qarshi kurashni davom ettiradilar. Marg‘ilon bekligiga qarashli Mingtepa qishlog‘ida ham mustamlaka zulmiga qarshi ikki marotaba yirik qo‘zg‘olon sodir bo‘ldi. Norozilik harakatlarining birinchisi 1878-yilda Yetimxon boshchiligida, ikkinchisi 1898-yilda Dukchi Eshon rahbarligida amalga oshirildi. Bundan dastlabgisi Yetimxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon bo‘lib, (Yetimxonning asl ismi Ma’mir bo‘lgan) Mingtepa hududida boshlanadi, Mingtepa hozirgi Marhamat tumaniga to‘g‘ri keladi. Mingtepa volosti Andijon uyezdi markazidan 38 km janubiy-sharqda, Marg‘ilon uyezdi markazidan 68 verst sharqda joylashgan. [10; B.2.]. Qo‘zg‘olon 1878-yil 7-martdan 8-martga o‘tar kechasi bir guruh mingtepaliklar imperiya bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olonchilar taxminan 100 kishidan iborat bo‘lgan. Qo‘zg‘olon yetakchisi Yetimxon oq kigizga o‘tqazilib, xon deb e’lon qilinadi. Lekin tez orada ularga qarshi 40 kishidan iborat kazaklar otryadi yuboriladi. Olib borilgan qattiq janglardan so‘ng qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchraydi. Qo‘zg‘olonchilarning 40 nafari o‘zaro jangda halok bo‘ladi, 30 nafari esa yarador bo‘ladi. Qo‘zg‘olon boshlig‘i Yetimxon (Ma’mir) imperiya qo‘shini tomonidan qo‘lga olinadi va Andijon shahrida dorga osiladi. [10; B.3.]. Aholida qo‘zg‘olonda halok bo‘lgan va yaralanganlar bo‘lganligi sababli qo‘rquv paydo bo‘ladi va qayta qo‘zg‘olon ko‘tarilmaydi. Bu qo‘zg‘olon bostirilgach oradan oz muddat o‘tgach yana 1880-yil Xo‘jand va O‘ratepa hududlarida Rahmonquli va Mirkarimboylar tomonidan yana bir qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Xoʻjand (1936-91 yillarda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati markazi, Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻoʻrtasida, Sirdaryo boʻyida

joylashgan. Oʻratepa viloyati (1945-47-yillarda Leninobod) Tyan-Shan va HisorOlay tizmalarida joylashgan. Xo‘jand va O‘ratepa tumanlaridagi aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon qilinadi. Buning oqibatida sabr kosasi to‘lgan aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar boshchiligida uyezd boshlig‘ining mahkamasiga borib, adolatsiz soliqni bekor qilishni talab qildi. [2; B.259.]. Lekin qo‘zg‘olonchilar mirshablar tomonidan hibsga olinadi va harakatlari esa besamar bo‘ladi. Namanganda esa talonchilik, vaqtidan avval ko‘p bora soliqlar undirilishi va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882-yilning boshlarida aholi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqadi. Bunda namoyishchilar uyezd boshlig‘ining uyini o‘rab oladilar. Uyezd ma’murlari harbiy bo‘linmani yordamga chaqirib, namoyishchilarni qattiq jazolaydi va buning natijasida aholi yanada jabr ko‘radi. Keyinchalik esa Andijon aholisi yurtni chet el bosqinchilaridan ozod qilish, o‘lkada milliy davlatni tiklash uchun mustamlakachilarga qarshi puxta tayyorlana boshlaydi. Qo‘zg‘olonga rahbarlik qilishga Darvishxon Eshon To‘ra ko‘rsatiladi. U Andijon uyezdi Qo‘rg‘ontepa volostiga qarashli Chekto‘ra qishlog‘i fuqarosi, qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan paytda 45 yoshda bo‘lib, Andijon va Qo‘qon uyezdlarida ancha katta yer mulkka ega bo‘lgan. [8; B. 210.]. U qisqa vaqt ichida O‘sh, Andijon uyezdlari volost va qishloqlarida ko‘plab aholini qo‘zg‘olonga jalb eta oladi. Darvishxon boshliq qo‘zg‘olonchilar yangi Marg‘ilon shahrini Andijon va Qo‘qon bilan bog‘lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi. Dаrvishxon boshchiligidаgi qo`zg`olonchilаr ko`lаmi toborа kengаyib boradi. Аsаkа, Qo`rg`ontepа, Shahrixon, Oltinko`l, Jаlolquduq, O`sh uezdining Novqаt, Tutlik qishloqlаri, Oqbo`yrа volosti, Mаrg`ilon kаbi joylаr ham qo`zg`olon girdobigа tortilgаndi. [7; B.141.]. Buni bostirish uchun mustamlakachi hukumat viloyatni turli joylariga, jumladan Andijon, O‘sh va Marg‘ilon uyezdlariga harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo‘ladi. [8; B.210.]. Qo‘zg‘olonchilar 1885-yilning Avgust oyida uyezd mirshablari bilan to‘qnashadi va natijada Darveshxon chekinadi. Lekin hukumat bu bilan qo‘zg‘olonni bostira olmaydi. 1886-yil Fevral oyida ma’murlar tomonidan qo‘zg‘olon yetakchilari qamoqqa olinadi va qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostiriladi. [4; B.394.]. Mustamlakachi chor mа`murlаrini dahshat vа vаhimаgа solgаn xalq qo`zg`olonlаridаn biri 1898 yildа Аndijondа bo`ladi. Bu qo`zg`olongа Аndijondаgi poytug`lik Eshon Sultonxon To`rаning muridi, “Dukchi Eshon” nomi bilаn mashhur bo`lgаn 42 yasharlik Muhammаd Аli Hаlfа Mаdаli Eshon boshchilik qiladi. [7; B.146.]. Bu qo‘zg‘olon avvalgi qo‘zg‘olonlarga qaraganda juda ham ommalashib katta namoshishga aylanib ketadi. Bunda MuhammadAlixon vodiyda avvalgi xonlik tuzumini tiklashni niyat qialdi. Bundan tashqari namoyishning asosiy sabablari etib diniy qadriyatlarni oyoq osti qilinishi, mahalliy aholi zulm va zoʻravonlikdan azob chekishi, xalq noroziligining kuchayib ketganligini ko‘rsatib o‘tiladi. Muhammаd Аli Hаlfа Sobir o`g`li Dukchi Eshon xonadonidа kengash bo`lib, undа minggа yaqin odаm qatnashadi. Shu kengashda Eshonning o`n to`rt yoshli jiyani Аbdulаziz (Musulmonqul) xon qilib ko`tаrilаjаgi, qo`zg`olon qachon boshlаnishi аytiladi. [7; B.146.]. 1898 yil 17-may kuni MuhammadAli o‘z odamlari orqali atrofdagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo‘zg‘olon boshlash vaqti

kelganligini e'lon qiladi. [ 2; B.264.]. Shundan so‘ng qo‘zg‘olon ochiqchasiga avj olib ketadi. Namoyishchilar Dukchi Eshon boshchiligida harakatni boshlashadi. Dastlab harbiy ma’murlar tomon yo‘l oladi. Аndijon shahridа joylashgan harbiy gаrnizongа hujum qilib, 23 o`rus аskаrini o`ldirdilаr, 24 tаsini yarаdor qiladilаr, 30 tаchа miltiqni o`ljа oladilаr. [7; B.147.]. Bu holatdan habar topgan podsho hukumati zudlik bilan chora ko‘rishga va bostirishga harakat qiladi. Dastlab namoyishchilar hukumatga qarshi harbiy qurollarsiz ham qarshilik ko‘rsatradi. Lekin harbiy qurol-aslahalar bo‘lmaganligi sabali chekinishga majbur bo‘ladi. So‘ng katta harbiy kuchlar uch soat ichida Andijonga yetib kelib, Yangi shaharda duch kelgan mahalliy aholini o‘qqa tutadilar. [2; B.264.]. Bu qo‘zgolon ko‘plab namoyishchilarni qamrab olgan edi. Shu sababli bostirish uchun ham katta harbiy kuch chaqiriladi. Dastlab qo‘zg‘olonchilar egallab olgan hududdagi barchani o‘qqa tutish natijasida bostiriladi. Qo‘zg‘olon bostirilgach, ikki ming kishi hibsga olindi. [2; B.264.]. Qo‘zg‘olon yetakchilari esa sudsiz osib o‘ldiriladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ushbu qo‘zg‘olonlar Rossiya imperiyasi bosqinining dastlabki yillarida bo‘lib o‘tgan vodiy aholisining mustaqillik uchun bo‘lgan harakatlarining yorqin namunalari hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan qo‘zg‘olonchilarning qilgan ishlari asosan vatan uchun xalqi uchun ko‘rsatgan qahramonliklari bizga hamda kelasi avlod yoshlariga iham ibrat bo‘la oladi. XIX asr ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi hududida bo‘lib o‘tgan milliy ozodlik harakatlari bizga o‘z mamlakatimizni sevish, uni bosqinchilar qo‘liga topshirib qo‘ymaslik hamda zulm-sitamlarga qarshi chiqish kabi ezgu g‘oyalarni beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент, Шарқ. 2000.
  2. A. Sharopov. O‘zbekiston tarixidan universal qo‘llanma, Toshkent, Akademnashr, 2021
  3. Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. Тошкент- Ўзбекистон. 2012.
  4. Ergashev.Q, Hamidov.H .O‘zekiston tarixi: o‘quv qo‘llanma. T.:G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2015.
  5. Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova. O‘zbekiston tarixi. Darslik. –T.: 2005.
  6. O‘zbekiston yangi tarixi, X. Sodiqov, R, Shamsutdinov, Toshkent, Sharq, 2000
  7. Shamsutdinov.R Vatan tarixi. Toshkent, Sharq. 2016.
  8. Shamsutdinov.R, Mo‘minov.H. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, Sharq. 2013.
  9. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Po%CA%BBlatxon
  10. https://ojs.rmasav.com/index.php/ojs/article/download/1707/artc_4_1_2/1

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011120
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/91
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
264–267
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25