Asosiy mazmunga o‘tish

QURBONJON DODXOHNING HAYOTI VA FAOLIYATI

Asatullayeva Zulhumor Lutfullakhan qiziUniversity of Business and Science Tarix yo‘nalishi talabasi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 259–264

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qurbonjon dodxohning hayoti va faoliyati davomida olib borgan ishlari to‘g‘risida qimmatli ma‘lumotlar berilgan. Bundan tashqari qahramon ayol namoyondasi bo‘lmish Qurbonjon dodxohning boshidan kechirgan qiyinchiklari, yoqotishlari, erishgan yutuqlari, qilgan qo‘zg‘olonlari haqida ham atroflica to‘xtalib o‘tilgan. Umuman olganda Qurbonjon dodxohning Vatan uchun olib borgan yurishlari haqida ma‘lumot olish mumkin.

Boshqa tillarda

ruschaЖИЗНЬ И ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КУРБАНДЖОНА ДОДХО

В этой статье жизнь и деятельность Курбанджона Додхоха оставили глубокий след в истории. Одним словом, представлена информация о трудностях, потерях, достижениях и восстаниях, которые пережила Курбанджон додхох, представительница героини. В целом, можно получить информацию о походах Курбанджона Додхоха на родину.

inglizchaTHE LIFE AND WORK OF QURBANJON DODKHOKH

In this article, the life and work of Qurbonjon Dodkhoh left a deep mark on history. In short, information is presented about the hardships, losses, achievements, and uprisings experienced by Qurbonjon dodhoh, a representative of the heroine. In general, one can obtain information about Kurbanjon Dodkhoh‘s campaigns to his homeland.

Kalit so‘zlar

  • Qurbonjon Dodxoh
  • qo‘zg‘olonlar
  • Farg‘ona
  • xalq
  • qahramon
  • Chor Rossiyasi
  • Oloy malikasi
  • hokim
  • Oloy
  • hudud
  • rus
  • voha
  • malika
  • kurash
  • general

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Asatullayeva Zulxumor Lutfullaxon qizi University of Business and Science Tarix yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya Ushbu maqolada Qurbonjon dodxohning hayoti va faoliyati davomida olib borgan ishlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari qahramon ayol namoyondasi bo‘lmish Qurbonjon dodxohning boshidan kechirgan qiyinchiklari, yoqotishlari, erishgan yutuqlari, qilgan qo‘zg‘olonlari haqida ham atroflica to‘xtalib o‘tilgan. Umuman olganda Qurbonjon dodxohning Vatan uchun olib borgan yurishlari haqida ma'lumot olish mumkin. Аннотация В этой статье жизнь и деятельность Курбанджона Додхоха оставили глубокий след в истории. Одним словом, представлена информация о трудностях, потерях, достижениях и восстаниях, которые пережила Курбанджон додхох, представительница героини. В целом, можно получить информацию о походах Курбанджона Додхоха на родину. В этой статье жизнь и деятельность Курбанджона Додхоха оставили глубокий след в истории. Одним словом, представлена информация о трудностях, потерях, достижениях и восстаниях, которые пережила Курбанджон додхох, представительница героини. В целом, можно получить информацию о походах Курбанджона Додхоха на родину. Abstract In this article, the life and work of Qurbonjon Dodkhoh left a deep mark on history. In short, information is presented about the hardships, losses, achievements, and uprisings experienced by Qurbonjon dodhoh, a representative of the heroine. In general, one can obtain information about Kurbanjon Dodkhoh's campaigns to his homeland. Kalit so‘zlar Qurbonjon Dodxoh, qo‘zg‘olonlar, Farg‘ona, xalq, qahramon, Chor Rossiyasi, Oloy malikasi, hokim, Oloy, hudud, rus, voha, malika, kurash, general, qarshi, Dodxoh. Ключевые слова Курбанджон Додхох, восстания, Фергана, народ, герой, Царская Россия, Алайская царица, правитель, Алай, территория, русский, оазис, царица, борьба, генерал, против, Додхох. Key words Qurbonjon Dodxoh, uprisings, Fergana, people, hero, Tsarist Russia, Queen of Alai, ruler, Alai, territory, Russian, oasis, queen, struggle

K.P.Kaufman Qo‘qonda ko‘tarilgan xalq harakatini bostirish bahonasida Qo‘qon xonligini mustaqil davlat sifatida tugatadi. 1876-yilning 19-fevralida Qo‘qon xonligi bekor qilindi va uning o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil qilinadi. Turkiston xalqining jallodi, Farg‘ona vodiysida vahshiylarcha faoliyat ko‘rsatgan jazo ekspeditsiyasining boshlig‘i general Skobelev Farg‘ona viloyatining harbiy gubernatori etib tayinlandi. O‘zbek xalqi mustaqillik uchun kurashining Po‘latxon rahbarligidagi qo‘zg‘oloni mag‘lubiyati bilan uchala o‘zbek xonligi ham rus podsholigiga qaram bo‘lib qoladi. Ammo bu, Farg‘ona vodiysida chor Rossiya bosqinchilariga qarshi kurash barham topadi degani emas edi. Chunki erk, ozodlik va mustaqillik kurashida boy tarixga ega o‘zbeklar, qirg‘izlar va tojiklar bosqini va kelgindi battol dushmanga qarshi kurashni davom ettirdilar. Chor Rossiyasi bosqiniga qarshi kurash markazi endi Oloy tog‘lari hududlariga ko‘chadi. Bu yerda To‘maris ulug‘an’analarining davomchisi jasur turk malikasi qirg‘iz ayoli Qurbonjon dodxoh o‘z o‘g‘illari bilan son va qurollanish bo‘yicha tengsiz chor askarlariga qarshi kurashda afsonaviy qahramonliklar ko‘rsatadi. [6; B.167.].

Qurbonjon dodxoh ayol holiga qaramasdan Turkiston xalqlarining jallodi maqtanchoq va alchoq Chor generali Skobelevni u bilan sulh muzokaralari boshlashga majbur qiladi. Chunki Skobelev nopisandlik bilan tinchlik bitimini tuzish uchun Qurbonjon dodxoh oldiga mayor Ionovni yuborgan edi. Qurbonjon dodxoh uni qabul qilmadi va mavqeyi o‘zi bilan teng bo‘lgan qo‘mondon bilan muzokara boshlashga rozi ekanligini ma’lum qiladi. Natijada general Skobelevning o‘zi u bilan muzokaralar olib boradi, chunki uning boshqa iloji yo‘q edi. Bu general ustidan Qurbonjon dodxohning qo‘lga kiritgan katta g‘alabasi edi. [6; B.168.].

Oloy tog‘larida yashovchi qirg‘izlar ruslarga bo‘sunishdi istamadi va partizanlik urushini boshladi. Bu urushda boshqa urushlardan farqli o‘laroq erkak kishi emas aksincha hammamizga tanish o‘sha mashhur Oloy malikasi, Janub qirolichasi, millat onasi nomi bilan tanilgan biz bilgan Qurbonjon dodxoh boshchilik qiladi. Qurbonjon dodxohning hayot yo‘li haqida ko‘p ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan. U Qo‘qon xonligidagi Mungush qabilasidagi oddiy oilada tavvalud topadi. 1832-yilda u Qo‘qon xonligi dodxohi Olimbekka turmushga chiqadi. Qurmanjon besh o‘g‘illik bo‘ladi. Ular Abdullabek, Mamitbek, Asanbek, Botirbek va Qamichbek ismli o‘g‘illari bo‘ladi. Qurmanjon Mamatbay qizi shu yili dodxoh unvoniga ega bo‘ladi. Dodxoh unvoni - xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini bayon etish xuquqlarga ega mansab, saroy unvoni hisoblanadi. Uning ismidagi dodxoh nomi uning unvonidan kelib chiqqan hisoblanadi. [3; B.385.].

Qurbonjon dodxoh jasoratli ayol edi. Uning eri xon Mallaxonni taxtdan tushirib o‘rniga Shomurodni o‘tkazishda ishtirok etgan Olimbek, 1863-yili go‘zal kanizagi sharobiga solgan zahari tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Tul qolgan Qurbonjon dodxoh yurtiga qaytib ‘‘Oloy malikasi’’ nomi bilan dovrug‘taratadi. [4; B.294.]. Qurbonjonning oʻzi nafaqat Oloy xalqining hurmatiga sazovor boʻlgan, balki Qo‘qon xoni Xudoyor Oloy qirgʻizlarini oʻziga boʻysunuvchi deb eʼlon qilib, ularga soliqlar qoʻyganida, Oloy malikasi bunga nafaqat qarshi chiqdi, balki Xudoyorxonning koʻchmanchilarga soliq solishdan bosh tortishgan, oʻzini Oloyning yangi hukmdori deb eʼtirof etishga va Oloy hududini oʻz qoʻliga oʻrnashib olishga muvaffaq boʻladi. Oʻzining takabburligi bilan tanilgan xon oʻz qarorgohida Qurbonjon dodxohni eng oliyjanob bek sifatida kutib olishga majbur boʻladi. Oʻrta Osiyo va butun musulmon Sharqida birinchi marta ayol kishi sharafiga rasmiy ziyofat uyushtirildi. Oloy hukmdorini Buxoro amiri Muzaffarxon jasur va dovyurakligi bois Qurbonjonga dodxoh unvonini bergan va unga „Dodxoh“ unvonini bergan ikkinchi hukmdor bo'lgan. Oʻsha davrda Qurbonjon dodxoh musulmon davlatining boshida turgan ayollarning kichik toifasiga kirdi. Amir yordamida Qoʻqon taxtini qayta egallagan Xudoyorxon Qurbonjon dodxoxni Oloy vodiysining hokimi qilib tayinlaydi (1865). Uning katta oʻgʻli Abdullabek esa Oʻsh hokimi qilib tayinlangan. Qurbonjon dodxoh bilan Qashqardagi Yettishahar uygʻur davlati hukmdori Yoqubbek oʻrtasida yaxshi munosabatlar oʻrnatilgan. Qurbonjon dodxohning bosh qarorgohi Gulcha qishlogʻida joylashgan edi. Turkistonni kezib, Oloyga qirgʻiz chavandozlari hamrohligida borgan rus olimi A. P. Fedchenko taʼkidlaganidek, Qurbonjon „juda katta obroʻga ega, bizning chavandozlar bu haqida faqat katta hurmat bilan gapirgan“. Qoʻqon xonlari ham Oloy hukmdoriga ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda boʻlib, uning isyonkor qirgʻiz xalqi ustidan hokimiyatni saqlab qolish qobiliyatini yuqori baholaganlar. [10; B.5] Qurbonjon dodxoh qoʻzgʻoloni — chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1875-76). Bu qoʻzgʻolonga Oloy vohasi hokimi, Oloy malikasi sifatida mashhur boʻlgan Qurbonjon dodxoh boshchilik qilgan "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni ommaviy tus olgach, Qurbonjon dodxoh oʻz oʻgʻillari bilan qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻtgan.

1876-yil mart oyida Turkiston general gubernatori K.P. Kaufman Oloy vohasiga yangi hududlarni bosib olish va xalq qoʻzgʻolonlarini shafqatsiz bostirish bilan nom chiqargan general M.D. Skobelevni yuborib, qoʻzgʻolonchilardan 3 kunlik muddat ichida boʻysunish va har bir oʻtov soliq toʻlashini talab qilgan. Chorvador qirgʻizlar va oʻzbeklar bosqinchilarga itoat qilmay, ularga qarshi Qurbonjon dodxoh boshchiligida kurashga otlangan. Skobelev rahbarligidagi Rossiya qoʻshini 1876-yil 21 martda Oʻshga keladi. Skobelev aylanma yoʻl orqali hujumga oʻtib, qoʻzgʻolonchilarni Soʻfiqoʻrgʻongacha surib tashlagan. Abdullabek qolgan yigitlari bilan Qizilort dovoni tomonga chekinib, Pomir togʻlariga chiqib ketgan. Kaufman buyrugʻi bilan 1876-yil yozida Olay vohasiga jazo otryadi joʻnatilgan. Skobelev boshchiligidagi qoʻshin 15 - iyulda Oloyga 3 tomonlama - Oʻsh, Uchqoʻrgʻon va Gulchadan yoʻlga chiqishgan. Abdullabek 2 ming kishilik qoʻshini bilan Oʻshdan 40 chaqirim naridagi Shoti degan joyda pistirma qoʻyib, chor qoʻshinlarini Oloyga oʻtkazmaslikka harakat qilgan. Polkovnik Vitgenshteyn va qirgʻiz Shabdon Jontoy oʻgʻli boshchiligidagi qismlar bilan Abdullabek qoʻshini oʻrtasida ayovsiz janglar boʻlgan. 31- iyulda qirgʻizlarning bir necha biyi Skobelevga taslim boʻlgan. Vitgenshteyn qoʻshini 1876-yil avgustda Abdullabek yigitlari ortidan quvib, Pomirga kirib borgan. 8 sentabrda Soʻxga yaqin Aylanma degan joyda har 2 qoʻshin oʻrtasida soʻnggi toʻqnashuv boʻlib, unda Abdullabek boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar yengiladi. Abdullabek ukalari va safdoshlari bilan Qorakoʻldan Choʻngsuv darasiga oʻtib, soʻngra Tuyuqsuv darasi orqali Qashqar va Shugʻnon tarafga, keyinchalik Afgʻonistonga oʻtib ketgan. Abdullabek oʻsha yiliyoq Makkaga haj safariga joʻnab, yoʻlda vafot etgan (uning jasadi keyinchalik Gulchaga olib kelinib, dafn etilgan).

Fargʻona viloyati harbiy gubernatori Skobelev Oʻsh uyezdi hokimi P.P.Ionov vositachiligida Qurbonjon dodxoh bilan muzokaralar olib borgan. Skobelev bilan Qurbonjon dodxoh Oloyda shaxsan uchrashishgan va oʻrtada sulh tuzilib, chor hukumatiga koʻrsatayotgan qurolli qarshilik toʻxtatilgan (1876-yil oxiri). Qurbonjon dodxohning oʻgʻillari Mahmudbek, Hasanbek, Botirbek Kobuldagi quvgʻinlikdan chaqirilib, ularga Oloy vohasida yangi tuzilgan boʻlislarga boshchilik qilish topshirilgan.

1893-yili o‘g‘illaridan biri Qamichbekning uyiga rus bosqinchilari tintuv o‘tkazishga keladi. Sababi, ruslarga yetkazilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u Afg‘onistondan Qashg‘ar orqali yuborilgan qandaydir yuk qabul qilib olgan. Ammo bu paytda Qamichbek uyida yo‘q edi va bojxonachi uning ayolini tahqirlaydi. Bunga chidolmagan Qamichbekning navkari Oqbolbon bojxona xodimi va ikki qo‘riqchisini o‘ldiradi. Oxir oqibatda Qamichbek va akasi Mamitbek, shuningdek, Oqbolbon bilan birga umumiy 21 kishi hibsga olinadi. Ularga kontrabanda ayblovi qo‘yiladi. Qurbonjon dodxoh darxol Marg‘ilon shahriga yo‘l oladi va general-gubernatordan o‘g‘illari va nevaralarini kechirishini so‘raydi. Ammo faqatgina o‘g‘li Mamitbek, jiyani Arslonbek, nevarasi Mirzapoyasini o‘limdan qutqarib qoladi. Ularga chiqarilgan jazo Irkutsk guberniyasiga surgun bilan almashtiriladi. Dodxohning sevimli farzandi Qamichbek 1895-yil 3-mart kuni O‘sh shahri markazidagi maydonda dorga osiladi. Qurmanjon jarayonni o‘z ko‘zlari bilan kuzatib turgan edi. Rivoyat qilishlaricha, birinchi urinishda arqon uzilib ketadi. Dodxoh qatilni to‘xtatishni so‘raydi. Ammo unga quloq solishmaydi. Qurbonjon o‘g‘liga qarata shunday deydi: "O‘limga tik qara!"O‘g‘lining vafoti Qurbonjonga qattiq ta’sir qiladi. Uzoq yildan buyon xizmat qilib kelgan tuzum jonday jigarlarining boshini yegan edi. U barcha jamoat ishlarini yeg‘ishtirib, O‘sh yaqinidagi bir qishloqqa borib joylashadi. Bu yerda 1907-yilgacha yashaydi va 1-fevral kuni 97 yoshida olamdan ko‘z yumadi. U suyukli o‘g‘li Qamichbek yoniga dafn qilinadi.[9;B.3.].

Xullosa qilib shuni aytishim mumkinki, Qurbonjon dodxoh tarixda chuqur iz qoldirgan To‘maris kabi kuchli ayol bo‘lganligi, farzandlari, xalqi uchun ko‘plab ishlar qilganligi hammamizga o‘rnak bo‘la oladi. Qurbonjon dodxohni xotirasiga atab Qirg‘iziston jamoat joylariga uning nomlari berilgan va badiiy filmlar ham suratga olingan. Qurbonjon dodxoh yashagan davrda erkak kishilar ham hukumatga qarshi chiqa olmaydigan bir paytda bu ayol o‘zining mard va jasurligi bilan, Skobelev ismli generalga ayol boshi bilan qarshi chiqa oladi. Uning bu harakatlari tahsinga sazovordir. Qurbonjon dodxohning qilgan ishlari tahsinga sazovor lekin bu ayolning shuncha mashaqqatlarni yengib o‘tib hamma narsani boshidan o‘tkazib hammasiga chidab kelganligi va oxirida farzandiga kuyib farzand dog‘i tufayli cho‘kib qolganligi va bu dunyodan ko‘z yumganligi juda achinarli. Hozirgi kunda ham To‘maris, Qurbonjon dodxoh kabi ayollar mamlakatimizda juda ham ko‘p. Qurbonjon dodxohning ibratli, jasoratli va sinovli hayot yo‘li bugungi kun kishilari uchun o‘rnak bo‘lishi shubhasiz. O‘ylaymanki Qurbonjon dodxoh hayoti uning qilgan ishlari va qo‘zg‘olonlari vatan uchun farzandlari uchun xalqi uchun ko‘rsatgan qahramonliklari kelasi avlod yoshlariga ibrat bo‘la oladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент, Шарқ. 2000.
  2. Bababekov X.N., Народные движения в Кокандском ханстве и их социально-экономические и политические предпосилки. – Т., 1990; Народние движения Средней Азии в ХХ веке (По материалам Кыргизстана). Бишкек-Ош, 1998.
  3. Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. Тошкент- Ўзбекистон. 2012.
  4. Ergashev Q., Hamidov H. O‘zekiston tarixi: o‘quv qo‘llanma. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2015.
  5. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O‘zbekiston tarixi. Darslik. – T.: 2005.
  6. Shamsutdinov R. Vatan tarixi. Toshkent, Sharq. 2016.
  7. Shamsutdinov R., Mo‘minov H. O‘zbekiston tarixi. Toshkent, Sharq. 2013.
  8. O'zbekiston yangi tarixi. Toshkent, Sharq, 2000
  9. https://oyina.uz/uz/article/1678.
  10. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qurbonjon_dodxoh.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011119
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/90
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
259–264
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25