ARXIVLARNI MUTAXASSISLAR BILAN TA‘MINLASH VA KADRLAR YETISHMOVCHILIGI MASALALARI (Farg‘ona vodiysi misolida 1917-1945 yy.)
Kholbov Mirzabek Karimjon ogluNamangan davlat universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 252–256
Annotatsiya
Ushbu maqolada Turkiston va O‘zbekiston SSRda arxivlaridagi kadrlar masalalari, farg‘ona vodiysi arxivlari ularning faoliyatidagi kadrlar muammolari, mutaxassislarga bo‘lgan talab, ularni o‘qitish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma‘lumotlar berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОБЕСПЕЧЕНИЕ АРХИВОВ СПЕЦИАЛИСТАМИ И ПРОБЛЕМЫ КАДРОВОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ (На примере Ферганской долины 1917-1945 гг.)
В статье даны сведения о кадровых вопросах в архивах Туркестанской и Узбекской ССР, кадровых проблемах в архивах Ферганской долины, потребности в специалистах и проводимой работе по их подготовке.
inglizchaPROVIDING ARCHIVES WITH SPECIALISTS AND PROBLEMS OF STAFFING (The example of the Fergana Valley 1917-1945)
This article provides information on personnel issues in the archives of the Turkestan and Uzbek SSR, personnel problems in the archives of the Fergana Valley, the demand for specialists, and the work carried out to train them.
Kalit so‘zlar
- arxivchi
- Farg‘ona oblasti davlat arxivi
- Andijon oblasti davlat arxivi
- Namangan oblasti davlat arxivi
- Rossiya arxiv arboblari Ittifoqi
- arxivshunos kadrlar
- katta arxivchi
- ilmiy hodim
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
ARXIVLARNI MUTAXASSISLAR BILAN TA’MINLASH VA KADRLAR YETISHMOVCHILIGI MASALALARI (Farg‘ona vodiysi misolida 1917-1945 yy.)
ОБЕСПЕЧЕНИЕ АРХИВОВ СПЕЦИАЛИСТАМИ И ПРОБЛЕМЫ КАДРОВОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ (На примере Ферганской долины 1917-1945 гг.)
PROVIDING ARCHIVES WITH SPECIALISTS AND PROBLEMS OF STAFFING (The example of the Fergana Valley 1917-1945)
Xolboyev Mirzabek Karimjon o’g’li Namangan davlat universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti o’qituvchisi e-mail: mirzabek7176@gmail.com Tel:[telefon raqami yashirilgan] Annotatsiya: Ushbu maqolada Turkiston va O‘zbekiston SSRda arxivlaridagi kadrlar masalalari, farg’ona vodiysi arxivlari ularning faoliyatidagi kadrlar muammolari, mutaxassislarga bo’lgan talab, ularni o’qitish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Аннотация: В статье даны сведения о кадровых вопросах в архивах Туркестанской и Узбекской ССР, кадровых проблемах в архивах Ферганской долины, потребности в специалистах и проводимой работе по их подготовке. Annotation: This article provides information on personnel issues in the archives of the Turkestan and Uzbek SSR, personnel problems in the archives of the Fergana Valley, the demand for specialists, and the work carried out to train them. Kalit so’zlar: arxivchi, Farg’ona oblasti davlat arxivi, Andijon oblasti davlat arxivi, Namangan oblasti davlat arxivi, Rossiya arxiv arboblari Ittifoqi, arxivshunos kadr, katta arxivchi, ilmiy hodim. Ключевые слова: архивариус, Ферганский областной государственный архив, Андижанский областной государственный архив, Наманганский областной государственный архив, Союз архивистов России, архивариус, старший архивариус, научный сотрудник. Key words: archivist, Fergana Regional State Archive, Andijan Regional State Archive, Namangan Regional State Archive, Russian Union of Archivists, archivist, senior archivist, scientific worker.
Arxiv ishi yangi zamonaviy soha sifatida kirib kelishi ushbu sohaga mutaxassislarga muhtoj edi. Tarixdan ma’lumki, Milliy kadrlarni turli sohalarga qabul qilinishi sovetlarda juda kech amalga oshirilgan, ularni o‘qitish va tayyorlash tizimi haqida dastlabki yillarda o‘ylab ko‘rilmadi ham. Arxiv ishida barcha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi, kadrlar masalasi ham doimiy ravishda e’tiborda bo‘ldi. Inqilobdan keyin tarixchi va arxivchilar ham arxivlar holati va hujjatlar kelajagidan xavotirda edilar, shuning uchun ular arxivlarni saqlab qolish uchun mustaqil harakat qildilar. Natijada, 1917 martda Petrogradda Rossiya arxiv arboblari Ittifoqi (RAAI) tuzildi. Arxivchilar va tarixchilar kasaba uyushmasi g‘oyasi dengiz arxivi boshlig‘i hamda flot xodimi A. I. Lebedevga tegishli edi. U mart oyining birinchi kunlarida 1917 yil 18 martda
bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan mahalliy arxivlarning taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir kishiga shaxsiy taklifnomalarni yuborgan. Birinchi yig‘ilish rejalashtirilganidek, 1917 yil 18 martda bo‘lib o‘tdi va shu kuni Rossiya arxiv arboblari Ittifoqi (RAAI)ning tashkil etilishi rasman e’lon qilindi [1, C. 13]. RAAI ish tartibi, shuningdek, faoliyatning asosiy yo‘nalishlari Ittifoq Nizomida mustahkamlangan. Xususan, ushbu Nizomda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi: 1) arxiv arboblarini umumiy prinsiplar va ish usullarini birlashtirish; 2) Rossiyada arxiv ishini to‘g‘ri tashkil etishga g‘amxo‘rlik qilish; 3) arxiv arboblarining kasbiy manfaatlarini himoya qilish; 4) hujjatlar va har qanday arxiv materiallarini muhofaza qilish; 5) Arxivshunoslik, arxivlar tavsifi va Ittifoqning maqsadlariga mos keladigan boshqa asarlar nashr etish; 6) oliy o‘quv yurtlarida arxivshunoslik kafedrasi ochilishi [1, C. 14]. Demak, Yevropaning arxiv ishidagi tajribasidan kelib chiqib Rossiya arxivshunos kadrlar tayyorlashni oliy o‘quv yurtlarida tizimli tarzda yo‘lga qo‘yishni belgilab oldi. Bungacha asosiy funksiyaga ega kadrlar chet elda o‘qigan yoki malaka oshirgan. Turkiston hududidagi arxiv kadrlari muammolari bir necha yillar davomida ham hal etilmagan. Milliy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga ham olinmagan. Mahalliy mutaxassislar arxivlarga yaqinlashtirilmagan ham. 1925 yilda RSFSR arxiv muassasalarida 1000 dan ortiq arxivchilar bo‘lib, ularning to‘rtdan uch qismi quyi va o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan. Petrograddagi Arxeologiya instituti qoshida olti oylik nazariy tayyorgarlik va olti oylik arxiv amaliyoti bilan maxsus arxiv kurslari faoliyat ko‘rsata boshladi [2, C. 7]. 1926 yil boshida O‘zSSR ning sakkizta tuman arxiv byurolarida atigi 18 nafar xodim bor edi. Farg‘ona va Andijon tumanlararo arxiv byurosida olti nafar; to‘rtta - Samarqandda; ikki - Xo‘jand va Buxoroda; Zarafshon, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo tuman arxiv byurolarida bittadan xodimlar bor edi halos [3, C. 56]. O‘zbekiston SSR ni arxiv mutaxassislari bilan taminlash zarurati markazdagi kadrlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan tezlashtirilgan o‘quv kurslari orqali dastlabki tushunchalar berib, arxivlarga mutaxassislar yuborila boshlangan. Yuqoridagi holat O‘zbekiston SSR tashkil etilgan paytda ham deyarli o‘zgarmagan. Siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli O‘zbekiston SSRdagi 1925– 1930 yillarda arxiv xodimlari soni qisqartirilgan. Chunki, ushbu yillarda butun SSSR, shuningdek, O‘zSSRda ham industrlashtirish siyosati o‘tkazilib, barcha mablag‘qat’iy tejalgan holda mazkur jarayonga sarflangan edi. Shu sababli, Arxiv boshqarmasida 1924 yildagi 46 xodim o‘rniga 1925–1930 yillarda bor-yo‘g‘i 17 kishi ishlagan xolos. Ushbu holat arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmagan. Arxiv hujjatlarini tartibga solish ishlari va ulardan foydalanishni tashkil etish sur’ati ancha pasaygan. Bu esa sohada anchagina pasayishga sabab bo‘lgan. O‘zSSR Markaziy qo‘mitasi va Farg‘ona oblasti ijroiya qo‘mitasining 1925 yil 30 iyundagi buyrug‘iga ko‘ra, hududlarni tumanlarga bo‘lishda ma’muriy apparat organlarini arxivlar bilan ta’minlash kerakligi belgilandi. Shu munosabat
bilan yangi tashkil etilgan tuman arxiv byurosi shtat tarkibiga xodimlari kiritilishi shartligi qayd etildi. Yangi tumanlashtirilgan arxiv organlarining sxemasi quyidagicha ifodalanganligini ko‘rish mumkin: Hududiy byuro shtatida bo‘lgan oblast arxiv byurosi tarkibiga quyidagilar kirgan: 1) Oblast byurosi boshlig‘i, u ayni paytda O‘zbekiston Kompartiyasi Bosh arxiv boshqarmasi Komissari, u arxivdagi siyosiy bo‘limni boshqaradi. 2) inspektor-instruktor; 3) katta arxivchi, ilmiy xodim; 4) kichik arxivchi, 5) qo‘riqchi. Yangi tashkil etilgan tuman arxiv byurosi xodimlari quyidagilardan iborat bo‘lgan: 1) menejer, shuningdek arxivchi; 2) arxivchi-inspektor; 3) qo‘riqchilardan iborat bo‘lgan [5]. Dastlabki yillarda arxiv xodimlari ko‘p bo‘lmagan. Buning sababi iqtisodiy va strukturaviy ish bilan bog‘liq bo‘lgan. 1928 yilda Moskva davlat universitetining etnologiya fakultetining tarixiyarxeologiya bo‘limida arxiv ishi bo‘yicha mutaxassislarni to‘rt yillik o‘qitish muddatini nazarda tutgan arxivshunoslik yo‘nalishi tashkil etildi. Ammo arxiv xodimlarini amaliyotdan ajralgan holda tayyorlash ijobiy natija bera olmadi. 1930 yil 3 sentabrda Moskvada Pokrovskiy tashabbusi bilan SSSR Arxiv ishi Markaziy boshqarmasi huzurida arxivshunos kadrlar tayyorlash uchun arxivshunoslik instituti tashkil etildi. O‘qish davomiyligi ikki yil etib belgilangan. Arxiv muassasalari tarmog‘i bo‘ylab abiturientlar uchun joylar taqsimlandi. 1934 yilda Tarix-arxiv institutiga aylantirilishi munosabati bilan u to‘rt yillik o‘qish davomiyligi bilan belgilandi. Bu mutlaqo yangi ta’lim muassasasi edi. U boshidanoq arxiv masalalari bo‘yicha tadqiqot markaziga ham aylandi [2, C. 12]. Mazkur oliygoh SSSR hududi bo‘yicha arxivshunos kadrlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi maskanga aylangan. O‘zbekiston SSR arxivlari uchun ham mutaxassislarni tayyorlab bergan. Farg‘ona vodiysi arxiv tashkilotlari XX asrning 30 yillarda kadrlar tarkibi bilan ham ancha mustahkamlandi va 1929-1941 yillar oralig‘ida ularning soni ortib borishi kuzatildi. Ammo, II jahon urushining boshlanishi sohaga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Shuningdek, arxiv xodimlarining malakasini oshirishga ham e’tibor berildi. Xususan, 1932-1941 yillarda Moskva davlat Tarix-arxiv instituti qoshidagi malaka oshirish kursiga Respublikadan 18 kishi yuborilgan, ular orasida vodiy arxivchilari ham bor edi. Toshkentda Markaziy arxiv boshqarmasi qoshidagi malaka oshirish kursida shahar, tuman va oblast arxivlari xodimlari doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borishgan. 1941 yilgi hisobotga ko‘ra, NKVD oblast arxiv boshqarmasi boshlig‘i Babaevning tuman arxivlarini tashkil etish masalasi bo‘yicha ma’lumoti quyidagicha mazmunda bo‘ldi: “SHuni hisobga olish kerakki, tumandagi arxiv ishlamay qolgan va uni qayta tiklash uchun malakali xodim kerak. Hozirgi vaqtda mahalliy byudjet bo‘yicha arxivchi uchun ish haqi oyiga 115 rublni tashkil etadi,
ushbu maoshga esa hech bir xodim ishlashni istamaydi. Shuning uchun Oliy tashkiliy qo‘mitadan O‘zSSR Andijon oblasti bo‘yicha Kengashi tuman arxivi rahbarining ish haqini ijro etuvchi qo‘mitaning xizmat ko‘rsatiladigan bo‘limlarining oylik byudjeti mablag‘lari hisobidan oyiga 225 rubl etib belgilash kerak [6]. Zero, arxiv ishi sohasidagi rivojlanish kadrlarga bog‘liq ekanligini unutmaslik zarur”. Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan avval arxivlarda kadrlar masalasi bo‘yicha ayrim muammolar mavjud edi. Ko‘plab xodimlarning urushga safarbar etilishi natijasida arxivdagi ishlar ma’lum vaqt mobaynida nazoratsiz qoldirildi. Urush davrida hujjatlarning keskin ko‘payishi arxivdagi ishlarni bir muddat ortga surilishiga sabab bo‘ldi. Lekin, shunga qaramay, mazkur sohaning mutaxassislari ushbu ezgu ishlarning ijobiy tomonga o‘zgarishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Arxiv tashkilotlarini kadrlar bilan ta’minlashda bir qator qonun va farmonlar qabul qilindi. Xususan, O‘zSSR Xalq Komissarlari Kengashining 1943 yil 18 fevraldagi 145-sonli qaroriga asosan, davlat arxivlari tarmog‘ini tashkil etish va ularni qobiliyatli, ishonchli ishchilar bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi belgilandi [7]. Jahon urushi yillarida SSSR Markaziy Davlat arxivi xodimlari jamoalari Sovet hokimiyati va Qizil armiya organlariga yordam ko‘rsatishda faol ishtirok etdilar. Arxivchilar chaqiruv punktlari va gospitallarda ma’ruzalar qilib, mamlakatning qahramonona o‘tmishini aks ettiruvchi hujjatlarni targ‘ib qilishdi [4, C. 23]. 1943 yil 22-26 iyul kunlarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zSSR NKVD arxiv organlari etakchi va ilmiy xodimlari yig‘ilishida davlat arxivi oblast bo‘limlari faoliyatini muhokama qilindi. Ushbu muhokamada, NKVD, muassasalar va boshqa kolxoz tashkilotlari faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni aniqlash ko‘zda tutildi. Asosiy masalalardan biri davlat arxiv organlarining shtatlari xodimlar bilan ta’minlanmaganligi edi. Tuman davlat arxivlari hali hamma joyda arxiv materiallarni saqlash uchun qulay binolar bilan ta’minlanmaganligi qayd etildi [8]. Xulosa o‘rnida arxivshunos kadrlarini tayyorlash masalasi O‘zbekiston SSRda dolzarb masalalardan biri hisoblangan. Yana bir asosiy muammolardan biri sifatida arxivshunoslik ta’lim tizimidagi ahvolni keltirish mumkin. Arxivlar o‘zida malakali va ishchan xodimlarni to‘play olmadi. Arxivlarda ish tashkillashtirish, ularni boshqarish va nazorat qilishda kamchiliklar kuzatildi. Shuningdek, arxivlarning turli organlarga bo‘ysundirilishini ham mavjud kamchiliklar qatoriga qo‘shish o‘rinli.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Цеменкова С. И. История архивов России: ХХ – начало ХХI века: Учеб. пособие. – Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 2019. – 200 c.
- Харченко О. А. Государственные и ведомственные архивы. Учебное пособие – Астрахань :Астраханский государственный университет, 2012. – 119 с.
- Тилеукулов Г. С. Архивное дело в Узбекистане (1918–1980-е гг.): опыт и проблемы: Автореф. дисс…канд.ист.наук. – Ташкент, 1995. – 161 c.
- Кошлова Ольга Николаевна. Центральные государственные архивы СССР в годы великой отечественной войны. 1941 - 1945 гг. – Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата исторических наук. – Москва, 1991. 26 с.
- Farg’ona viloyati davlat arxivi. 4-fond. 1-ro’yxat. 17-ish. 37-varaq.
- Andijon viloyati davlat arxivi. 476-fond, 1-ro’yxat, 4-ish, 6-varaq.
- Namangan viloyati davlat arxivi. 273- fond, 1-ro’yxat, 13-ish, 5-varaq.
- Namangan viloyati davlat arxivi. 273-fond, 1-ro’yxat, 13-ish, 7-varaq.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011117
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/88
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 252–256
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25