FARG‘ONA VODIYSI HUDUDLARI EKOLOGIYASINI SOG‘LOMLASHTIRISH MASALASI (TARIXIY TAXLIL)
Norkuziyev Dadakhon RakhmonjonovichNamangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi PhD.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 318–325
Annotatsiya
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi shahar va qishloqlarida ekologiyasining holati hamda uning sog‘lomlashtirish jihatlari haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПРОБЛЕМА УЛУЧШЕНИЯ ЭКОЛОГИИ РЕГИОНОВ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ (ИСТОРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ)
В данной статье рассматривается состояние экологии в городах и селах Ферганской долины в годы независимости, а также аспекты ее улучшения.
inglizchaTHE PROBLEM OF ENVIRONMENTAL HEALTH IN THE FERGANA VALLEY (HISTORICAL ANALYSIS)
This article focuses on the state of ecology in the cities and villages of the Fergana Valley during the years of independence, as well as aspects of its improvement.
Kalit so‘zlar
- Ekologik muammo
- atmosfera
- azot kislotasi
- maishiy chiqindi
- sanoat
- maxsus uskuna
- sanitariya
- atrof-muhit
- ekologik toza
- agregat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
FARG‘ONA VODIYSI HUDUDLARI EKOLOGIYASINI SOG‘LOMLASHTIRISH MASALASI (TARIXIY TAXLIL)
ПРОБЛЕМА УЛУЧШЕНИЯ ЭКОЛОГИИ РЕГИОНОВ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ (ИСТОРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ)
THE PROBLEM OF ENVIRONMENTAL HEALTH IN THE FERGANA VALLEY (HISTORICAL ANALYSIS)
Norkuziyev Dadaxon Raxmonjonovich Namangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi PhD. e-mail: norkuziyevdadaxon@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Аnnotatsiya. Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi shahar va qishloqlarida ekologiyasining holati hamda uning sog‘lomlashtirish jihatlari haqida to‘xtalib o‘tilgan. Аннотация. В данной статье рассматривается состояние экологии в городах и селах Ферганской долины в годы независимости, а также аспекты ее улучшения. Annotation. This article focuses on the state of ecology in the cities and villages of the Fergana Valley during the years of independence, as well as aspects of its improvement. Kalit so‘zlar. Ekologik muammo, atmosfera, azot kislotasi, maishiy chiqindi, sanoat, maxsus uskuna, sanitariya, atrof-muhit, ekologik toza, agregat. Keywords. Ecological problem, atmosphere, nitric acid, household waste, industry, special equipment, sanitation, environment, environmentally friendly, aggregate. Ключевые слова. Экологическая проблема, атмосфера, азотная кислота, бытовые отходы, промышленность, спецтехника, санитария, окружающая среда, экологически чистый, заполнитель.
O‘zbekistonda ekologik muammolar o‘ziga xos tarzda nomoyon bo‘lmoqda. Xususan, sanoat rivojlanish darajasi so‘nggi yillardagi taraqqiyoti mos ravishda atmosferaga zararli moddalarning chiqarish, iflos suv qoldiqlarining oqishi ham ortib bormoqda. Bundаy ekоlоgik hоlаtni Chirchiq, Оhаngаrоn, Аngren, Оlmаliq, Fаrg‘оnа, Mаrg‘ilаn, Nаvоiy, Аndijоn, Аsаkа, Qo‘qоn, Quvаsоy, Nаmаngаn vа bоshqа shаhаrlаridа ko‘plаb uchrаmоqdа. Chunki, ushbu shaharlarda ishlab chiqarish tarmoqlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda
1996-yilda Andijon viloyatida joylashgan Asaka-1 va Asaka-2 paxta tozalash zavodlari aholi o‘ta zich bo‘lgan shaharning ekologik holatiga salbiy ta’sir etib, aholining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi[1]. Shu sababli, viloyat mutasaddilari ikkala paxta tozalash zavodi o‘rniga Asaka shahridan tashqarida joylashgan O‘qchi paxta tayyorlov punkti hududida 30 ming tonna paxta xom ashyosini qayta ishlay oladigan zamonaviy yangi paxta tozalash zavodi qurilishida yordam so‘rab murojaat qilganlar. Bu esa birinchi navbatda, aynan aholi salomatligini o‘ylab qilingan ishlardan deyishi mumkin. Mustaqillik yillarida Farg‘ona viloyatida ham yirik sanoat korxonalarida chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish, korxonalar tomomnidan atrof-muhit, atmosferani ifloslanishini kamaytirish borasida uzoqni ko‘zlagan, yirik loyihalar amalga oshirila boshlandi. Bu esa, ham iqtisodiy, ham ekologik samara bermoqda. Masalan, Quvasoy sement kombinatida Amerika Xalqaro rivojlanish agentligi bilan kelishilgan loyihalar asosida gazoanalizatorlar o‘rnatilishi tufayli atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdori 7,4 ming tonnadan 4,8 ming tonnagacha kamaydi. Shuningdek, “O‘zneftniqaytaishlash” davlat ishlab chiqarish birlashmasida gazoanalizatorlarni tatbiq etish evaziga atmosferaga chiqarilayotgan uglevodorodlar miqdorini 16,5 tonnaga kamayishiga erishildi va 284,5 ming so‘m iqtisodiy samara olindi. Shuningdek, korxona oqova suvlarida fenol moddasini kamaytirish borasida ham samarali ishlar olib borilgan. “Azot” birlashmasida chet el firmalari bilan hamkorlikda kuchsiz azot kislotasi va selitra ishlab chiqarishning ekologik samarali texnologiyasi joriy qilindi. Sun’iy tolalar zavodida esa poliamid ishlab chiqarish bo‘yichа yirik lоyihаlаrni аmаlgа оshirishgа kirishildi[2]. XX asrning 80-yillaridan boshlab Toshloq tumani yer osti suvlari neft qoldiqlari bilan ifloslangani e’tiborga olgan holda, Farg‘ona viloyatida ekologik holatni yaxshilash va aholi salomatligini saqlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-sentyabrdagi “Ekologiya va salomatlik” qarori hamda shunga asosan Farg‘ona viloyati hokimining 1993-yil 1-noyabridagi qarorlarni amalga oshirish maqsadida Toshloq tumanida yuzaga kelgan murakkab ekologik vaziyatni va aholi salomatligini yaxshilash bo‘yicha 1996–2000-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar Dasturi tuziladi. Buning natijasida, 1997-yilning o‘zida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida yer ostida chirib ketgan quvurlar kovlanib olib, yer ustiga yangi quvurlar qurilib, ishga tushirildi[3]. 1999-yilda Farg‘ona shahri va Toshloq tumanida ichimlik suvini tozalash yuzasidan tayyorlangan 10 mln. dollar qiymatga ega bo‘lgan maxsus loyiha “Ekosan” xalqaro jamg‘armasida Osiyo Rivojlanish banki, Shveysariyaning “Ozoniya” firmasi va viloyat hokimligi rahbarlari ishtirokida muhokama etilgan bo‘lsa-da, keyinchalik ushbu masala ochiqligicha qoldirildi[4]. 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidа”gi O‘zbekistоn Respublikаsi Qоnunining ijrоsi yuzаsidаn Аndijоn viloyatida qаtоr ishlаr аmаlgа оshirildi. Xususan, Qoradaryoning “Suvni muhofaza qilish zonasi” muhofaza yerlаri belgilаnib, sаlbiy tа’sir ko‘rsаtuvchi 16 tа ekоlоgik xаvfli оbyektdаn 12 tаsi xаvfsiz hududga ko‘chirildi[5]. Shuningdek, 2001-yil
mоbаynidа аtrоf-muhit musаffоligi yo‘lidа Аndijоn shаhrining o‘zidа dаvlаt byudjeti hisоbidаn 127 million so‘mlik ishlar bajarildi. Jumladan, atmosferaning muhofazasi uchun 47,0 million so‘m, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish uchun 27,3 million so‘m, o‘simlik dunyosi muhofazasi uchun 52,7 million so‘m sarflandi. Buning hisobidan 17 ta sanoat, qurilish va avtokorxonalarning isitish qozonxonalari ta’mirlandi, yer osti suv quduqlari tartibga keltirildi va Andijon shahrining 27 ta markaziy ko‘chalariga manzarali daraxtlar ekildi. Atmosferaga 1098 tonna zararli moddalar chiqarilishining va 1272 ming kubometr suv behuda oqib ketishining oldi olindi[6]. 2008-yildan to 2009-yil yanvar oyiga qadar birgina Andijon shahrining o‘zida maishiy chiqindilar to‘kiladigan 29 ta nuqta qurilishi uchun 110 milion so‘m mablag‘ajratildi. Maishiy chiqindilarni to‘kish nuqtalariga 110 ta konteyner o‘rnatildi. Shaharning o‘zida 350 tonnadan ortiq chiqindi tashib ketilganligining o‘zi ham shahar ekologiyasini asrash yo‘lidagi qilinayotgan ishlarning uzviy davomi deyish mumkin[7]. Ma’lumki, hozirgi kunga kelib, xalq xo‘jaligining barcha sohalari ulkan siljishlarga erishib bormoqda. Yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi o‘z navbatida ushbu mexanizmlarni aholi va atrof-muhitga zarar ko‘rsatmasdan ishlatilishi bugunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Farg‘ona vodiysining hozirgi rivojlanayotgan sanoat shahar va tumanlari O‘zbekistonda havosi eng iflos shaharlar qatoriga kiradi. Buning asosiy sabablari birinchidan vodiyning baland tog‘lar bilan o‘ralganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Farg‘ona vodiysi shaharlarida sanoat majmualarining zich joylashganligidir. Bundan tashqari, aholi zichligi va o‘rmonlarning kamligi ushbu jarayonlarning murakkabligini yanada oshirmoqda. Rivоjlаngаn dаvlаtlаrdа qаttiq mаishiy chiqindilаrgа bo‘lgаn munоsаbаt tаhlillаri shuni ko‘rsаtаdiki, mаzkur sоhаdа chiqindilаrni ko‘mish pоligоnlаrining kаmayish tendensiyalаri kuzаtilmоqdа. Shuningdek, chiqindilаrning аsоsiy qismi ikkilаmchi resurs sifаtidа qаytа ishlаshi jаrаyoni uchun fоydаlаnilаdi. XX asrning ikkinchi yаrmidаn bаshlаb, maishiy chiqindilar hajmining o‘sishi оfatli аlоmаtlаrni egallаdi. Dunyoning deyarli hаmmа dаvlаtlаridа qаttiq mаishiy chiqindilаr аhоli jоn bоshiga hаr 10 yildа 10 fоizgаchа оshmоqdа[8]. 2011-yilning oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi va viloyat faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda viloyat markazini tubdаn qаytа qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi haqida atroflicha to‘xtalgan edi. Ushbu yig‘ilishda bildirilgan fikrmulohazalar, amaliy takliflar asosida Farg‘оnа shаhrining bоsh rejаsini аmаlgа оshirish, 2012–2015-yillаrdа ijtimоiy trаnspоrt–kоmmunаl infrаtuzilmа оbyektlаrini qurish vа rekоnstruksiya qilish bo‘yichа maxsus dаstur qаbul qilingаn. Ushbu dastur ijrosi yuzasidan barcha manbalar xisobidan 1 trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘sarflash ko‘zda tutilganini o‘zi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lami naqadar katta ekanini ko‘rsatib turibdi. Dastur ijrosini amalga oshirish va Farg‘ona shahrini ekologik toza hududga aylantirish borasida zudlik bilan keng ishlar amalga oshirildi. Jumladan, shahardagi Farg‘ona yog‘-moy, Farg‘ona furan birikmalari zavodlari, issiqlik manbai korxonalari shahar tashqarisiga ko‘chirildi.
Viloyatda sanoat korxonalari chiqindilari va oqovalarini tozalash inshootlari qurilishi va ta’miriga katta etibor berildi[9]. Andijon viloyati “Nazorat bo‘yicha” qo‘mitasining faoliyati viloyat sanoat korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan sаmаrаli fоydаlаnish bоrаsidаgi ishlarni yanada faollashtirishga xizmat qildi. Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan va tabiiy resurslardan foydalanadigan sanoat korxonalarining asosiy qismi hisobga olindi. Viloyat qo‘mitasi topshirig‘iga ko‘ra, viloyat sanoat korxonalarida bir qator yirik ekologik tadbirlar amalga oshirildi, ayrim ekologik zararli obyektlar faoliyati to‘xtatildi yoki cheklandi. Bunday korxonalarga Andijon tajriba, tajriba-mexanika, gidroliz, Komsomolobod (hozirgi Ulug‘nor) paxta tozalash zavodlari, Izboskan tumanidagi terini qayta ishlash sexi kabilarni keltirish mumkin[10]. Andijon viloyati qo‘mitasi tashabbusi bilan sohada аtrоf-muhitni muhоfаzа qilish hаmdа tаbiаtdаn fоydаlаnish ishlаrini tаkоmillаshtirishgа qaratilgan qator ekologik dasturlar tayyorlanib, hokimlikning tegishli qarorlari qabul qilindi. Sanoat korxonalari tomonidan ekologiya qonunchiligi talablari bajarilishini nazorat qilish viloyat qo‘mitasining tashkiliy faoliyati viloyat atrof-muhit va tabiiy resurslariga texnogen ta’sirni kamaytirishga xizmat qildi. 2001-yilda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa va Asaka don mahsulotlari hissadorlik jamiyatlarida chang ushlovchi zamonaviy jihozlar o‘rnatilgandan so‘ng atmosferani bulg‘ash keskin kamaydi. “Anteks” hissadorlik jamiyati zamonaviy qozonxonaga ega bo‘ldi va tabiatga deyarli zarar etkazmay qo‘ydi. “O‘zDEU avto” qo‘shma korxonasi uchun Polvontoshda qattiq chiqindilarni saqlash poligoni korxonadagi zararli chiqindilarni atrof-muhitga, insonga zarar yetkazmaydigan holda ko‘mish imkonini berdi. 2000–2001-yillarda Andijon viloyatida suv manbalari va yer zahiralaridan xo‘jasizlarcha foydalanib kelgan 11 ta korxona faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Shuningdek, 19 ta korxona va tashkilotga katta da’vo jarimalari qo‘llanilgan. Viloyat atmosferasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bir nechta zavodlar faoliyatiga ham huquqiy baho berilganligini ko‘rish mumkin[11]. O‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2011-yil 15-nоyabrdаgi “Fаrg‘оnа shаhrining bоsh rejаsini аmаlgа оshirish, 2012–2015-yillаrdа ijtimоiy vа transpоrtkоmmunаl infratuzilmаsi оbyektlаrini qurish hаmdа rekоnstruksiya qilish chоrаtаdbirlаri to‘g‘risida”gi qаrоri аsоsidа оlib bоrilayotgаn bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari natijasida Farg‘ona eng obod, eng ko‘rkam manzillardan biriga aylandi. Davlat dasturlari asosida “Furan birikmalari kimyo zavodi”, “Yog‘- moy” aksiyadorlik jamiyati, “Energo markazi”, paxta tozalash, Gaz apparatlari zavodi kabi korxonalarning shahar tashqarisiga ko‘chirilishi natijasida shahar atmosferasi havosiga 786,2 tonna zararli moddalarning tashlanishi oldi olindi. Go‘zal bog‘u xiyobonlarga 902 536 ta manzarali, mevali daraxtlar, anvoyi gullar ekilgani atrof-muhit musaffoligiga xizmat qilmoqda. 2012-yilda shahar atmosfera havosiga avtotransport vositalaridan 19,5 ming tonna zararli moddalar tashlangan bo‘lsа, 2013-yildа ushbu miqdоrning 5,2 ming tоnnаgа kamaygan[12]. Ayni paytda ekobarqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolardan yana biri bu noqonuniy chiqindixonalar faoliyatidir. Bu borada keyingi yillarda bir qator
tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Andijon viloyatidagi sanitariya va tozalash, obodonlashtirish tashkilotlari qo‘shimcha ravishda qariyb 3 milliard 900 million so‘mlik maxsus uskuna va transport vositalari bilan ta’minlandi. Shuningdek, 6 milliard 500 million so‘mdan ortiq mablag‘sarflanib, viloyatdagi chiqindi poligonlari tartibga solindi[13]. 2016-yilda Farg‘ona viloyatida 45 ta maxsus texnikalar sotib olindi. Aholi hududlariga chiqindilarni tartibli joylashtirish borasida 647 ta chiqindi yig‘ish punktlari qurilib, ularni 238 ta konteynerlar bilan jihozlandi. Bundan tashqari, 6 ta markaziy chiqindixonalar devor bilan o‘raldi[14]. Bundan tashqari, viloyatda 2021- yil hisobiga ko‘ra, 13 ta chiqindini qayta ishlovchi korxonalar faoliyat ko‘rsatib 15031 tonna maishiy chiqindilar qayta ishlangan. Ushbu korxonalarda asosan, rezina, plastmassa, qog‘oz va shisha kabi chiqindilardan sanoatda va xo‘jalikda foydalanish uchun mahsulot ishlab chiqaradi[15]. 2018-yil 5-sentyabrdan boshlab Andijonda chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan klaster ko‘rinishidagi “Eco clean trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyat bashladi. Aytish joizki, vodiyda yagona korxona aholisi zich Andijon viloyati uchun juda muhim muammoni hal qilishga kirishdi. Birgina, Andijon shahrida kuniga 700 tonnadan ziyod maishiy chiqindilar hosil bo‘lishini inobatga olinsa, masalaning dolzarbligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qolaversa, Paxtaobod tumanidagi yaqin-yaqinga qadar faoliyat ko‘rsatgan chiqindilar poligoni to‘lib qolganligi bois yopildi. Bir vaqtlar Kulla adirliklaridagi yana bir poligonidan foydalanish ham to‘xtatilgan[16]. Maishiy chiqindilarni to‘plash hamda tashib chiqishda xonadonlar qamrovi darajasi Namangan viloyati bo‘yicha 2019-yilda 48 foizni tashkil qilmoqda va bu borada 2018-yilga nisbatan 11 foizga o‘sishga erishildi. Chiqindilаrni tаshib ketish bo‘yichа аsоsiy mаs’ul bo‘lgаn kоrxоnа – “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan 500 ga yaqin ishchi va 137 ta maxsus texnika yordamida viloyatning 300 dan ziyod mahallasida yashovchi 900 ming nafarga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Korxona tomonidan 2019-yil mobaynida 210 ming tonnadan ortiq chiqindi maxsus poligonlarga olib chiqib zararsizlantirildi[17]. Namangan viloyatida 12 ta chiqindi poligoni mavjud bo‘lib, ulardagi chiqindilarning 20 foizigina qayta ishlanmoqda. Bugungi kunda chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 23 ta kichik korxonaning umumiy quvvati bundan ortiq imkoniyatga ega emas. Bu ko‘rsatkichni oshirish, ya’ni viloyatda chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishida yirik korxonalar barpo etish maqsadida bir qator xorijiy davlatlar, xususan Xitoy va Belgiya davlatlari bilan hamkorlikdagi loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda[18]. Buning natijasi o‘laroq yaqin yillar ichida chiqindilarni qayta ishlash tizimi asosiy tarmoqqa aylanadi. Bundan tashqari, ekotizimning holatini yaxshilash va insonlar sog‘ligi uchun atrof-muhit sifatini yaxshilash bo‘yicha davlatning 2016-yilda Investitsiya Dasturiga muvofiq, “Namangan viloyatining Pop tumanidagi 23-sonli uran koni hududida ekologik holatni sog‘lomlashtirish” tadbirlari ijrosini ta’minlash borasida davlat byudjetidan jami 2,2 mlrd. so‘m mablag‘sarflandi[19]. Bugungi kunda mamlakat miqyosida ham kundalik transport vositasi sifatida velosipeddan foydalanishni joriy qilish atrof tabiiy muhit musaffoligini ta’minlashda
va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib bomoqda. 2017-yilning 23-sentyabr kuni O‘zbekiston ekologik harakati, Yevrоpаdа Xаvfsizlik vа Hаmkоrlik Tаshkilоti O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Namangan viloyati hokimligi hamkorligida Namangan shahrida barpo etilgan “Veloyo‘lak”ning ochilishiga bag‘ishlangan “Shahrimizni birgalikda obod qilaylik” shiori ostida “Velomarafon” aksiyasi[20] tashkil etildi. Shuningdek, Andijon shahridagi 7 ta markaziy ko‘chalarda velosipedchilar uchun umumiy 28,6 km. uzunlikdagi yo‘lakchalar tashkil qilindi[21]. Ushbu veloyo‘lak O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan amalga oshirilayotgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi “Ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasiga ko‘maklashish - faza II” loyihasi doirasida barpo etildi[22]. Veloyo‘lakni tashkil etishdan asosiy maqsad atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga hissa qo‘shish, ekologik toza transport vositasi bo‘lgan velotransportdan foydalanishni keng targ‘ib qilish, velotransportni оmmаlаshtirish, uning infrаstrukturаsini rivоjlаntirish, yoshlаrni spоrtgа, sоg‘lоm turmush tarzigа keng jаlb qilgаn hоldа ularning bo‘sh vаqtlаrini mаzmunli tаshkil etishdаn ibоrаt. Namangan shahri ichimlik suv ta’minotini yaxshilash obyekti 2016–2021- yillarda qurilishi rejalashtirilgan. Obyektning umumiy qiymati 73 mln. dollar chet el investitsiyasi hisobidan va 65 mln. dollar miqdorida investitsiya mablag‘lari ajratildi. Ushbu obyekt hisobidan Namangan shahridagi xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan 55,2 km ichimlik suv quvurlarini rekonstruksiya qilish va 10 ta suv inshootlaridagi jismonan va ma’nan eskirgan 94 ta nasos agregatlarini modernizatsiya qilindi[23]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 13-sentyabridagi “Namangan viloyati Namangan shahri va Pop tumani aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilаn tа’minlаsh chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi Qаrоrigа muvоfiq, “Nаmаngаn shаhаr kаnаlizаtsiya tizimlаrini rekоnstruksiya qilish vа kengаytirish” lоyihаsigа 2018–2021-yillаrda 240 mlrd. so‘m dаvlat byudjeti mаblаg‘idаn ajratish belgilandi[24]. Bundаn tashqаri, 2021-yildаn bоshlаb 22-sentyabr kuni “Avtomоbilsiz kun” sifatidа e’lоn qilindi[25]. Ushbu tadbirni o‘tkаzishdаn maqsad, aholi orasida semizlik, vazn ortishini kamaytirish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash bilan bir qatorda shahar va qishloqlar ekologiyasini asrash kabi vazifalarni ham qamrab oldi. Xulosa qilib shuni qayd etish joizki, O‘zbekistonda ekologik muammolar o‘ziga xos tarzda nomoyon bo‘lmoqda va mavjud ahvolni yaxshilash choratadbirlari ko‘rilmoqda. Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tаlаbi bilаn Farg‘ona vodiysi shaharlarining markazida faoliyat ko‘rsatgan kimyo korxonalarining faoliyati to‘xtatildi yoki atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan sohaga yo‘naltirildi. Bundan tashqari, davlat byudjeti hisobidan atrof-muhit muhofazasi uchun mablag‘lar ajratilib, hududlarda chiqindilarni tashlash nuqtalari qurilib, maxsus texnika va konteynrlar bilan ta’minlanib, chiqindilarni qayta ishlash klasterlari barpo etildi.
FOYDALANILGAN MANBAA VA ADABIYOTLAR. (REFERENCES)
1. Andijon VDA, 734-fond, 1-ro‘yxat, 549-yig‘ma jild, 22-varaq. 2. Экологик тафаккурни шакллантирайлик. “Экологик хавфсизлик – барқарор тараққиёт кафолати” мавзусидаги илмий-амалий конференциясидан // Фарғона ҳақиқати, 1997 йил 2 декабрь. 3. Абдуқодиров А. Инсон саломатлиги назоратда // Фарғона ҳақиқати, 1997 йил 29 ноябрь. 4. Исломов М. Экология ва саломатлик кунлари // Фарғона ҳақиқати, 1999 йил 21 октябрь. 5. Саидов Н. Қорадарёни асрайлик // Andijonnoma, 2009-yil 23-sentabr. 6. Йўлдошев А. Фаолиятимиз мезони // Andijonnoma, 2002 йил 5 июнь. 7. Ибоев М. Чиқинди назорати // Andijonnoma, 2009-yil 10-yanvar. 8. O‘zR EAMMQDQJA. Ўзбекистон Республикаси атроф-муҳит муҳофазаси ва табиий ресурслардан фойдаланишнинг ҳолати тўғрисида миллий маъруза (1988-2007)… – Б. 87. 9. Ўрмонов С.М., Маматқулова С., Умарова Г., Жураева Г. Фарғона вилояти экологияси ва сув хавзаларининг физик - кимёвий таҳлили / Фарғона водийсида табиатдан фойдаланиш ва муҳофаза қилишнинг долзарб муаммолари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари I-қисм. –Наманган, 2014. – Б. 128. 10. O‘z MA, M.114-fond, 1-ro‘yxat, 139-yig‘ma jild, 74–75-varaqlar. 11. Ибоев М. Муқддас бурчимиз // Andijonnoma, 2001-yil 2-iyun. 12. O‘zR PAA FVB, 2048-fond, 30-ro‘yxat, 36-yig‘ma jild, 2-varaq orqasi. 13. Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзод Шавкат Мирзиёевнинг Андижон вилояти сайловчилар вакиллари билан учрашувдаги нутқи // Andijonnoma, 2016-yil 5-noyabr. 14. O‘zR PAA FVB,, 2048-fond, 47-ro‘yxat, 9-yig‘ma jild, 80-varaq. 15. Farg‘ona viloyat EAMMBJA. Boshqarma tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot – Farg‘ona, 2021. – Б. 8. 16. Холдоров С., Тўхтаназаров М. Ҳам даромад, ҳам покизалик. Маиший чиқиндилар фойда келтиради // Andijonnoma, 2018-yil 10-oktabr. 17. Namangan viloyat EAMMBJA. Boshqarma tomonidan 2019-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot – Namangan, 2020. – B. 8. 18. O‘sha manba… – B. 9. 19. Ўзбекистон Республикаси Табиатни муҳофаза қилиш қўмитасининг 2016 йилдаги фаолияти юзасидан ҳисоботи. / Экология ҳабарномаси – Тошкент, 2017. – №3. – Б. 10. 20. O‘zEHJA. Ekoharakatning Matbuot xizmati ma’lumoti. – Toshkent, 12.10.2022. 21. Икки ғилдиракли “ҳамроҳ” экологияга ва саломатликка фойда келтиради, тирбандликнинг олдини олади // Andijonnoma, 2018-yil 23-iyun. 22. O‘zEHJA. Экоҳаракатнинг Матбуот хизмати маълумоти. – Тошкент, 12.03.2021. 23. Namangan viloyat EAMMBJA. Вилоят сув заҳираларини муҳофаза
қилиш ва ундан фойдаланиш инспекциясининг 2016 йилдаги ҳисоботи. - Наманган, 2015. – Б. 11. 24. Namangan viloyat EAMMBJA. Вилоят сув заҳираларини муҳофаза қилиш ва ундан фойдаланиш инспекциясининг 2019 йилдаги ҳисоботи. - Наманган, 2020. – Б. 5. 25. 2021 йилдан бошлаб 22 сентябрь куни “Автомобилсиз кун” сифатида эълон қилинди https://www.gazeta.uz/uz/2020/12/02/qaror/ Murojaat etilgan sana: 10.12.2021-yil.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar25 ta adabiyot
- Andijon VDA, 734-fond, 1-ro‘yxat, 549-yig‘ma jild, 22-varaq.
- Экологик тафаккурни шакллантирайлик. “Экологик хавфсизлик – барқарор тараққиёт кафолати” мавзусидаги илмий-амалий конференциясидан // Фарғона ҳақиқати, 1997 йил 2 декабрь.
- Абдуқодиров А. Инсон саломатлиги назоратда // Фарғона ҳақиқати, 1997 йил 29 ноябрь.
- Исломов М. Экология ва саломатлик кунлари // Фарғона ҳақиқати, 1999 йил 21 октябрь.
- Саидов Н. Қорадарёни асрайлик // Andijonnoma, 2009-yil 23-sentabr.
- Йўлдошев А. Фаолиятимиз мезони // Andijonnoma, 2002 йил 5 июнь.
- Ибоев М. Чиқинди назорати // Andijonnoma, 2009-yil 10-yanvar.
- O‘zR EAMMQDQJA. Ўзбекистон Республикаси атроф-муҳит муҳофазаси ва табиий ресурслардан фойдаланишнинг ҳолати тўғрисида миллий маъруза (1988-2007)… – Б. 87.
- Ўрмонов С.М., Маматқулова С., Умарова Г., Жураева Г. Фарғона вилояти экологияси ва сув хавзаларининг физик - кимёвий таҳлили / Фарғона водийсида табиатдан фойдаланиш ва муҳофаза қилишнинг долзарб муаммолари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари I-қисм. –Наманган, 2014. – Б. 128.
- O‘z MA, M.114-fond, 1-ro‘yxat, 139-yig‘ma jild, 74–75-varaqlar.
- Ибоев М. Муқддас бурчимиз // Andijonnoma, 2001-yil 2-iyun.
- O‘zR PAA FVB, 2048-fond, 30-ro‘yxat, 36-yig‘ma jild, 2-varaq orqasi.
- Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзод Шавкат Мирзиёевнинг Андижон вилояти сайловчилар вакиллари билан учрашувдаги нутқи // Andijonnoma, 2016-yil 5-noyabr.
- O‘zR PAA FVB,, 2048-fond, 47-ro‘yxat, 9-yig‘ma jild, 80-varaq.
- Farg‘ona viloyat EAMMBJA. Boshqarma tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot – Farg‘ona, 2021. – Б. 8.
- Холдоров С., Тўхтаназаров М. Ҳам даромад, ҳам покизалик. Маиший чиқиндилар фойда келтиради // Andijonnoma, 2018-yil 10-oktabr.
- Namangan viloyat EAMMBJA. Boshqarma tomonidan 2019-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot – Namangan, 2020. – B. 8.
- O‘sha manba… – B. 9.
- Ўзбекистон Республикаси Табиатни муҳофаза қилиш қўмитасининг 2016 йилдаги фаолияти юзасидан ҳисоботи. / Экология ҳабарномаси – Тошкент, 2017. – №3. – Б. 10.
- O‘zEHJA. Ekoharakatning Matbuot xizmati ma’lumoti. – Toshkent, 12.10.2022.
- Икки ғилдиракли “ҳамроҳ” экологияга ва саломатликка фойда келтиради, тирбандликнинг олдини олади // Andijonnoma, 2018-yil 23-iyun.
- O‘zEHJA. Экоҳаракатнинг Матбуот хизмати маълумоти. – Тошкент, 12.03.2021.
- Namangan viloyat EAMMBJA. Вилоят сув заҳираларини муҳофаза қилиш ва ундан фойдаланиш инспекциясининг 2016 йилдаги ҳисоботи. - Наманган, 2015. – Б. 11.
- Namangan viloyat EAMMBJA. Вилоят сув заҳираларини муҳофаза қилиш ва ундан фойдаланиш инспекциясининг 2019 йилдаги ҳисоботи. - Наманган, 2020. – Б. 5.
- 2021 йилдан бошлаб 22 сентябрь куни “Автомобилсиз кун” сифатида эълон қилинди https://www.gazeta.uz/uz/2020/12/02/qaror/ Murojaat etilgan sana: 10.12.2021-yil.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011104
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/73
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 318–325
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25