ROSSIYA IMPERIYASI ZULMIGA QARSHI FARG‘ONA VODIYSIDA KO‘TARILGAN XALQ HARAKATLARI
Khudoyberdiev Olloberdi Gayratjon ogluUniversity of Business and Science Tarix yo‘nalishi talabasi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 208–213
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qo‘qon xonligini Rossiya imperyasi bosib olgandan so‘ng Farg‘ona vodiysida Rossiya imperyasiga qarshi ko‘tarilgan xalq harakatlari yani qo‘zg‘alonlar va bu qo‘zg‘olon kelib chiqishi sabablari, qo‘zg‘olonni borishi va bu qo‘zg‘alonlarning azolining yashash turmush sharoitiga ta‘siri haqida so‘z boradi.
Boshqa tillarda
ruschaВ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ ПРОТИВ ГНЕВ РОССИЙСКОЙ ИМПЕРИИ ПОДНЯТЫЕ НАРОДНЫЕ ДВИЖЕНИЯ
В данной статье рассматриваются народные движения против Российской империи в Ферганской долине после завоевания Кокандского ханства Российской империей, а именно восстания, причины возникновения этого восстания, ход восстания и влияние этих восстаний на условия жизни.
inglizchaIN THE FERGANA VALLEY AGAINST THE ANGER OF THE RUSSIAN EMPIRE RISED PEOPLE‘S MOVEMENTS
This article examines the popular movements against the Russian Empire in the Fergana Valley after the conquest of the Kokand Khanate by the Russian Empire, specifically the uprising, the reasons for this uprising, the course of the uprising, and its impact on living conditions.
Kalit so‘zlar
- Bitim
- Kaufman
- mulla
- garnizon
- lager
- dodhoh
- batalyon
- ro‘ta
- general
- gubernator
- volost
- xalfa
- eshonlik
- to‘ra
- pansod
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ROSSIYA IMPERIYASI ZULMIGA QARSHI FARG‘ONA VODIYSIDA KO‘TARILGAN XALQ HARAKATLARI
IN THE FERGANA VALLEY AGAINST THE ANGER OF THE RUSSIAN EMPIRE RISED PEOPLE'S MOVEMENTS
В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ ПРОТИВ ГНЕВ РОССИЙСКОЙ ИМПЕРИИ ПОДНЯТЫЕ НАРОДНЫЕ ДВИЖЕНИЯ
Xudoyberdiyev Olloberdi G‘ayratjon o‘g‘li University of Business and Science Tarix yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qo‘qon xonligini Rossiya imperyasi bosib olgandan so‘ng Farg‘ona vodiysida Rossiya imperyasiga qarshi ko‘tarilgan xalq harakatlari yani qo‘zg‘alonlar va bu qo‘zg‘olon kelib chiqishi sabablari, qo‘zg‘olonni borishi va bu qo‘zg‘alonlarning azolining yashash turmush sharoitiga ta’siri haqida so‘z boradi. Аннотация. В данной статье рассматриваются народные движения против Российской империи в Ферганской долине после завоевания Кокандского ханства Российской империей, а именно восстания, причины возникновения этого восстания, ход восстания и влияние этих восстаний на условия жизни. Abstract. This article examines the popular movements against the Russian Empire in the Fergana Valley after the conquest of the Kokand Khanate by the Russian Empire, specifically the uprising, the reasons for this uprising, the course of the uprising, and its impact on living conditions. Kalit so‘zlar. Bitim, Kaufman, mulla, garnizon, lager, dodhoh, batalyon, ro‘ta, general, gubernator, volost, xalfa, eshonlik, to‘ra, pansod. Ключевые слова. Соглашение, Кауфман, мулла, гарнизон, лагерь, додхох, батальон, рота, генерал, губернатор, волость, халфа, ишанство, тўра, пансод. Keywords Agreement, Kaufman, mullah, garrison, camp, dodkhoh, battalion, company, general, governor, volost, khalfa, eshonstvo, tura, pansod.
1875-yilning 29-avgusida Kaufman boshliq rus qo‘shinlari Qo‘qon shahriga g‘olib sifatida kirib keladi. Qo‘qon ayonlari Xudoyorxonning o‘g‘li Nasriddinbek boshchiligida Kaufmandan kechirim so‘raydilar. Shu yilning 22-sentabirida Nasriddinbek bilan Kaufman o‘rtasida olib borilgan muzokaralardan so‘ng tengsiz va sharmandali bitim imzolanadi. Bu bitimga ko‘ra Qo‘qon xoni o‘zini Rossiya iperyasining quli deb tan oladi, qo‘shni xonliklar bilan hech qanday aloqalar va munosabatlar qilmaslikga vada beradi. Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi barcha yerlar Rossiya ixtiyoriga o‘tadigon bo‘ladi. Qo‘qon xonligiga qarshi olib borilgan urushda rus armiyasi ko‘rgan oltiyuz ming so‘m hajimdagi zararni to‘lash Qo‘qon xonligi zimasiga yuklatiladi. Ayni chog‘da shartnomada 1876-yil 1-noyabrdan boshlab Qo‘qon xonligi Rossiya xazinasiga har yili 500 ming so‘mdan to‘lab borilishi shart qilib qo‘yiladi. Bu summa besh yil davomida foiz haqini to‘lash hisobidan kuchga kiradigan bo‘ladi [1.179].
Shunday qilib Qo‘qon xoni Xudoyorxonning qochishi, Nasriddinbek bilan Kaufman o‘rtasidagi sharmandali bitimi xalq ommasini qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ldi. Qo‘zgoloni markazi Andijon shaxri bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilarga Po‘latxon ismi bilan yurgan Is’hoq mulla boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olonchilar Bo‘taqara qishlog‘ida Po‘latxoni xon deb e’lon qiladilar. Po‘latxon o‘zi Qo‘qon xoni bo‘lgan Olimxoni nevarasi hisoblanadi. Po‘latxonga qarshi Kaufman otiryad yuboradi. Po‘latxonga qarshi yuborilgan rus qo‘shinini qo‘zg‘alonchilar tormor etadi. 1875- yil 7-oktabrida qo‘zg‘alonchilar xon qo‘shinini tor-mor keltirib Qo‘qonni egalaydilar. Nasriddinxon Xo‘jandga, ruslar huzuriga qochadi. 11-noyabirida Skobelev qomondonligidagi rus askarlari qo‘zg‘alonchilarni Baliqchi yaqinida zarbaga uchratadilar. Terentev bu haqida shunday habar beradi:
“…Baliqchi shahriga yorib kirib, dushman lageri va kuchini egaladilar. Tong otgandan keyin artilleriya kechuvda o‘tib, shaxarga o‘q ota boshladi, shu zahot Skobelev 2-yondosh batalyonga qarshi 2-rota va elikta kazak otliq o‘qchilari bilan hujumga o‘tdi, dushmandi chekinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun butun otliq askarlarni zanbaraklar bilan shaharni orqa tomoniga yubordi. Janga kirgan bo‘linmalar uchta istehkomni buzgandan keyin bozorni ishg‘ol qiladilar va shu yerda tor ko‘chadan kelayotgan qibchoqlarning katta otliq olomoniga duch kelib qoladilar… Dahshatli ur-yiqit ichida merganlarimiz do‘ldek yog‘dirayotgan o‘qga uchgan qibchoqlar bor-yo‘g‘i 20 qadam narida to‘da-to‘da bo‘lib yiqilar, ko‘cha yuzi ularning o‘ligiga to‘lib ketgan edi. Bu daxshatli jahanamdan qutilib chiqanlar nargi yonboshda poylab turgan kazaklarning changaliga tushar edi. Ularni ikki chaqirim joygacha quvib borib, heh qanday raim shavqat qilmay qilichdan o‘tkazishdi. Biz tomondan quyi amaldagi kishi o‘lib, 8 ta yarador (3 tasi og‘ir axvolda) 3 tasi kantuziya olgan edi. Skobelev dushmaning talofatini 2000 kishi deb hisoblaydi” [1.182].
Skobelev yo‘l-yolakay barcha qishloqlarga o‘t qo‘yib yakson qilib olg‘a siljiy bordi. Ayniqsa u Andijon shaxrini kulini ko‘ka sovirdi. Shaharni toplar bilan bombardimon qildirdi va halok bo‘lganlar soni 20000 kishiga yetgan edi.
1876-yil 9-yanvarda Skobelev vayronaga aylangan Andijonga kirib keldi. Po‘latxon qolgan-qutgan kuchlari bilan Uchqo‘rg‘onga chekinishga ulguragan. 1876-yil 28-yanvar o‘tar kechasi Skobelev yuborgan jazo qo‘shini Uchqo‘rg‘ondi egalab barcha himoyachilarni o‘diradilar, Po‘latxon esa bu yerdan qochishga ulgiradi. Ko‘p otmay Marg‘ilonda qo‘lga olinadi. Bu qo‘zg‘oloni bostirishda qizg‘izlardan bo‘lgan Shabdon Jontoyev ruslarga o‘z yigitlari bilan yordam beradi.
K.P.Kaufman Qo‘qonda ko‘tarilgan xalq xarkatini bostirish bahonasida Qo‘qon xonligini mustaqil davlat sifatida faoliyati tugaydi. 1876-yilning 19- fevralida Qo‘qon xonligi bekor qilinib va orniga Farg‘ona viloyati tashkil topdi. Unga jazo qoshini boshlig‘i general Skobelev harbiy gubernatori etib tayinlandi. Po‘ladxon qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchrashi, xonlik to‘la Rossiyaga qaram bo‘lib qoldi.
Chor Rossiyasiga qarshi kurash markazi endi Oloy tog‘lari hududiga ko‘chadi. Bu yerda jasur turk malikasi qirg‘iz ayoli Qurbonjon dodxoh o‘z o‘g‘ilari
– Abdullabek, Mahmudbek, Hasanbek, Botirbek va Qamchibeklar bilan son va qurolanish bo‘yicha tengsiz chor qo‘shinlariga qarshi afsonaviy qahramonliklar ko‘rsatadi. Lekin kuch-qudrat, harbiy va zamonaviy qurol aslahalarning borligi, askarlarning tartibli va reja asosida harakatlari kabi bir qancha omilar ruslarni ustunligini taminlagan.Qurbonjon dodxoh buni yaxshi tushunar edi shu sabali ortiq qon tokishni keragi yoqligini bilib sulhga rozi bo‘ladi. Skobelev tinchlik tuzish uchun Qurbonjon dodxoh xuzuriga mayor Ivonovni yuborgan edi. Qurbonjon mayorni yaxshi kutib oladi, uni maqsadini tinglaydi va unvonini so‘raydi. -Men – mayorman – deydi Ivonov. -Men – esa generalman, - deydi bosiqlik bilan Qurbonjon dodxoh. Shundan so‘ng Skobelev bevosita o‘zi muzokara olib boradi. Oxir oqibat sulh tuziladi, Qurbonjon dodxoh xalqni va o‘gilarini qozg‘alondan qaytaradi ammo katta o‘g‘li Abdullabek buni istamaydi va kurashni davom etiradi. U Makkaga haj safariga ketayotib yo‘lda vafot etadi. Shu bilan 1877-yil yanvar oyida Farg‘ona vodiysida tinchlik o‘rnatilgani haqida telegrama yuborildi. Bu bilan Farg‘ona vodiysida Rassiya zulmiga qarshi xalq harakatlari to‘xtab qolgani yoq[1.186]..
1885-yilda Farg‘ona vodiysida mustamlakachi hukumat qarshi umumxalq qo‘zg‘aloniga tayorgalik ko‘rildi. Vodiyning bir qator joylarida qo‘zg‘alonga tayorgalik ko‘rish masalalari yashirin yig‘ilishlarda ko‘rilayotganidan mustamlakachi ma’murlar xabar topgan edi. Shunday yig‘ilishlardan biri 1885-yil 16-agustida Asaka qishlog‘ida Mullaxo‘ja Nazirmirza uyuda bo‘lib o‘tdi. Vodiyning turli joylaridan kelgan 20 dan ortiq nufuzli kishilar qatnashgan bu yig‘ilishda yurtni chet el bosqinchilaridan ozod qilish, o‘lkada milliy davlatni tiklash uchun mustamlakachilarga qarshi birlashib kurash olib borish vazifasini ilgari surdi. Yig‘ilishda qo‘zg‘alon rejasi, uni o‘tkazish vaqti, qo‘zg‘alonga rahbarlik qiladigan shaxs kabi masalalar hal etildi. Qo‘zg‘alonchilarga raxabarlik qilishga Darveshxon Eshon To‘ra ko‘rsatildi. Bunga sabab bu vaqitda aholining norozilik harakatida faol ishtirok etib el-yurtga ancha tanilib qolgan edi. U Andijon uyezdi Qo‘rg‘ontepa volostiga qarashli Chekto‘ra qishlog‘i fuqarosi, qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan paytida 45 yoshda edi.
Darveshxon boshliq qo‘zg‘olonchilar yangi Marg‘ilon shahrini Andijon va Qo‘qon bilan bog‘lovchi aloq simlarini uzub tashlaydi. Qo‘zg‘alon tobora kengayib boradi. Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Shahrixon, Oltinko‘l, Jalolquduq, Novqat, Oqbo‘yra volosti va Marg‘ilon kabi joylar ham qo‘zg‘olon girdobiga tortilgan edi. Vodiy bo‘ylab avj olayotgan Darveshxon raxbarlik qo‘zg‘oloni bostirish Andijon uyezdi boshlig‘i kapitan Bryanovga topshirilgandi. Uning ixtiyoriga O‘sh uyezdining boshlig‘i poldpalkovnik Deybner, uning yordamchisi kapitan Glishanovskiylar boshchiligidagi harbiy kuchlar yuborildi.
Qo‘zg‘olonchilar bilan Bryanov boshchiligidagi harbiy kuchlar birinchi bor 17-avgust kuni kechqurun to‘qnashadi. Qo‘zg‘olonchilar kutilmagan hujumdan har tomonga chekinishga majbur bo‘aldilar. Shundan so‘ng Darveshxon Namangan tog‘lari tomonida o‘z atrofiga 800 ga yaqin odam to‘plashga erishadi[2.102].
Rus qo‘shinlari qo‘zg‘olondi shavqatsizlarcha bostirdilar. Qo‘zg‘olonchilar shunchalik ko‘p qamoqa olindiki, hatto ularni qamashga joy masalasi muammo bo‘lib qoldi. Darveshxon 1886-yil 22-fevralda Samarqand viloyatining Sutxona qishlog‘li yaqinida qo‘lga olinadi, lekin u Jizzax yaqinida qochib qutilib ketadi. Darveshxondi akasi Iskandarning bergan ma’lumotiga ko‘ra 1889-yili Afg‘onistonda vafot etgan. Uning boshchilik qo‘zg‘olon garchan bostirilgan bo‘lsada, biroq u bundan kegingi milliy ozodlik harakatlariga zamin hozirladi.
Mustamlakachi chor ma’murlarini daxshat va vahimaga solagan xalq qo‘zg‘alonlaridan biri 1898-yilda Andijonda bo‘lib o‘tgan “Andijon qo‘zg‘oloni” yoki Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni. Bu qo‘zg‘olinga Andijondagi poytug‘lik Eshon Sultonxon To‘raning muridi, “Dukchi Eshon” nomi bilan mashur bo‘lgan 42 yoshli Muhammad Ali Xalfa Madali Eshon boshchilik qiladi. Muhammad Ali Xalfa 1856-yil Farg‘ona shaxridan 25 chaqrim janubiy-g‘arbdagi Chimyon qishlog‘ida tug‘ilgan. U 10 yoshida Qo‘qon xonligida hurmati bo‘lgan Sultoxon to‘ra xizmatiga kiradi. 1882-yilda Sultonxon vafot etadi, vafot etishidan oldin shogirdi Muhammadaliga “eshonlik” to‘risida xati irshodni yozib imzo qo‘yib muhirlab beradi. 1886- yilda 30 yoshida Muhammadali Makkai Mukarramaga borib kelgach o‘zini Eshon deb e’lon qiladi.
Chor Rossiyasining xalqqa qarshi mustamalakachilik, zo‘rlik va adolatsiz siyosati Muhammadali xalfaning xalq kurashiga raxbarlik bosh sababidir. Qo‘zg‘olon boshlanishidan bir yil oldin Muhammadali turk sultoniga maktib yozadi. Bu maktubda ruslar Qo‘qon xonligini bosib olgandan so‘ng aholi o‘rtasida ichkilikbozlik, shariat qoidalaridan chekinish ro‘y berganligi, buzuqlik, nashaxo‘rlik avjiga chiqa boshlaganini yozgan. Eshon turk sultonida xalqning shriat qonun-qoidalari boyicha turmush chechirishi uchun sharoit yaratishni oq podishodan talab qilishini so‘raydi. Maktubini so‘ngida shunday deydi “Rus hukumatining shariatni nazar-pisant qilmaganligi Allohning qaxrini ketirmasmikin, deb qorqaman”.
Qo‘zg‘olon boshlanishidan bir necha kun oldin Eshon huzuriga mahaliy mansabdorlar kelib, Eshon tayorlagan qasamyotga yoki murojatnomaga o‘z muhirlarini bosishdi. Jami bo‘lib bu qasamyotga 12 kishi o‘z muhrini bosgan.
14-may kuni kechqurun Muhammadali xalfa uyida kengash bo‘lib, unda Farg‘onaning turli bo‘limlaridan kelgan kishilar qatnashdi. Kengash Eshon tuzgan rejaga binoan vodiydagi uch shaxar – Andijon, Marg‘ilon, O‘shdagi harbiy lagerlarga bir kunda hujim qilish kerak edi. Unga ko‘ra Margilondagi harbiy lagerga Inoyatxon To‘ra, O‘shdagi xarbiy lagerga Umarbek dodhoh, Andijondagi harbiy lagerga esa Muhammadali eshin hujim qilishi kerak edi. Bu hujum tugasa Qo‘qondi ham olib, vodiyda xonlik tuzumi tiklanardi. So‘ngra mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va Chimkentdan ham haydab chiqarilar edi. 16-may kungi kengashda esa Eshondi jiyani 14 yoshli Abdulaziz xon qilib ko‘tarilishi qo‘zg‘olon qachon boshlanishi aytiladi.
17-may kuni Tojik qishloqdagi masjidga juda ko‘p odam to‘planadi. Masjida Muhammadali Eshon xalqga maruza qilib xalqni jihot qilishga chorlaydi. Xufton nomoziga esa ko‘pchilik odamlar qurolanib keladi. Qurolangan odamlarning kamchiligi qilich miltiq bilan qurolangan edi, qolganlar esa so‘yil, cho‘qmoq, ketmonsop, payshaxa bilan qurolangan edi. To‘plangan odamlar olti yuzcha edi, yo‘l yo‘lakay ularga odamlar qo‘shilib qo‘zg‘olonchilar soni 2000 ga yetadi. Lekin ularni hammasi otliq emas edi. Shu boisdan otliqlar piyodalarni mingashtirib olishadi, qolganlar esa piyoda yoki aravalarda yo‘lga tushadilar. Olamon ikki bayroq ostida birlashgan edi, birinchi bayroqqa Mulla Ziyovudin boshchilik qilayotgan edi, ikkinchi bayroqa esa ko‘k ton va oq salla o‘ragan otliq Dukchi Eshon boshchilik qilar edi. Dukchi Eshon boshchilik qo‘zg‘olonchilar Andijon shahrida joylashgan harbiy garnizonga hujim qilib, 23 rus askarini o‘ldiradilar, 24 tasini yarodor qiladilar, 30 tacha miltiq qo‘lga kiritilgan, yarim soat qattiq jangdan so‘ng harbiy tayyorgaligi va qurol yarog‘i pas bo‘lgan qozg‘olonchilar 11 nafar o‘lgan va 8 nafar yaralangan safdoshlarini qoldirib ortga chekinadilar. Marg‘ilon va O‘sh garnizonlariga hujum amalga oshmay qoladi. Chunki ruslar bundan habar topib mudofa uchun zarur choralarni ko‘rib qo‘ygan edi. Bu qo‘zg‘olon tez orada butun Farg‘ona vodiysiga yoyiladi. Quva, Asaka, Shahrixon, Aravon, O‘sh, Marg‘ilon, Namangan, Sirdaryo va boshqa hududlarda xalq xarakatlari boshlanib ketadi. Publitsist jurnalist Alinazar Egamnazorovning “Siz bilgan Dukchi Eshon” maqolasida shunday yozadi: Qo‘zg‘oloni faqat Andijon, O‘sh, Marg‘ilon axolisi emas balki Namangan va Yetisuv axolisa ham qo‘lab quvatladi. Avliyootadagi harakatga Shodibek halfa isimli Eshon raxbarlik qiladi. U 100 ga yaqin tarfdorlari bilan dovon yo‘li qordan tozalangach Andijonga yo‘lga chiqadi[3. 246].
Namangan va Andijondan ularga qarshi yo‘ga chiqan harbiylar oradan besh kun o‘tib, Shodibek xalfa va 23 nafar sherigini qo‘lga oladi. Namanganda harbiylar yashirin ravishda tog‘so‘qmoqlarini kezib 29 nafar qo‘zg‘olonchini, shular qatori 4 nafar boshliqlarini ushlashdi. Andijondagi qo‘zg‘olondan habar topgan Nikolay II qo‘zg‘olonchilardan shavqatsiz o‘ch olishni buyuradi. Bu ishga rahbar etib Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori Korolkov tayinlanadi. Qo‘zg‘olon natijasida Farg’ona vodiysida daxshatli qatag‘on uyushtiriladi. Birinchi navbatda qo‘zg‘olon rahbari Muhammadali Eshon va 5 nafar yaqin safdoshlari bilan birga 1898-yil 12- iyunida Andijon shahri markazida 8 ming aholi ko‘z o‘ngida osib o‘ldiriladi. Keyin esa 18 nafar qo‘zg‘olonchilar osib o‘ldirilishga hukum qiladi, 344 nafari 20 yilgacha mudatga, 3 nafari umurbod muddatga, 8 nafari turli muddatlarga qamoq jazosiga hukum qilinadi. 18 kishi Sibirga surgun qilinadi, jami 388 kishi jazolandi. Qo‘zg‘olon markazi bo‘lgan Mingtepa, Qashg‘ar va Tojik qishloq 3 kun to‘plardan o‘qa tutilib kultepaga aylantiriladi. Qo‘zg‘olonni asosiy qismini dehqonal va hunarmandlar tashkil topgan, yana 2 nafar dodhoh, 7 nafar ponsod, 40 nafar mulla va 2 nafar mudaris ham qatnashgan.
Andijon qo‘zg‘oloni XIX asr oxiridagi eng kuchli ozodlik kurashi edi. Ammo puxta tayorgalik ko‘rilmaganligi, harbiy imkoniyatlar zaifligi, keng doirani uyushmaganligi tufayli mag‘lubiyatga uchradi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, bu yerda yozib o‘tilgan qo‘zg‘alonlarning tarixiy ahamiyati shundaki, bu qo‘zg‘olonlar mazlum xalqni siyosiy ongini va kurashish tajribasini o‘sishida muhim ro‘l oynadi. Garchan bu qo‘zg‘olonlarni barchasi mag‘lubiyat bilan tugagan bo‘lsada, lekin o‘zbek xalqining mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurashlarining eng yorqin na’munalar bo‘lib qoldi. Mustaqilikdan so‘ng esa Dukchi Eshon, Qurbonjon dodhoh, Po‘latxon kabi xalq ozodligi uchun kurashgan insonlarni nomlari ulug‘landi, bunga yoqol dalil sifatida Andijon shaxrining Mirpo‘stin va Navoiy ko‘chalari orasidagi ko‘chaga “Dukchi Eshon” nomi berilganini korish mumkun.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Shamsidinov R, Karimov Sh, Ubaydullayev O‘. Vatan tarixi (ikkinchi kitob). “Sharq”. –T. 2010. –B. 368.
- Aralov Johongir Ne’matillo o‘g‘li. “Darveshxon bochiligidagi qo‘zg‘alon” Journal of new century innovations jurnali. 2023. –B. 32
- O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, birinchi jild. –T. 2000. –B. 246.
- www.uz.wikipedia.org internet sayti.
- https://oyina.uz/uz/article/1678 internet sayti.
- https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Po%CA%BBlatxon internet sayti.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011108
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/78
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 208–213
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25