Asosiy mazmunga o‘tish

FIQHNING KELIB CHIQISHI VA SHAKLLANISHI

Asaboev Gayrat Kurbanovich“University of Business and Science” Tarix yo‘nalishi 1-bosqich magistranti2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 392–398

Annotatsiya

Ushbu maqolada fiqxiy masalalarni bugungi axborotlashgan jamiyatda qay darajada dolzarb axamiyatga ega ekanligini aniqlash uchun uni shunchaki, yuzaki tadqiqotlar orqali o‘rganib bo‘lmasligi, balki naqadar mukammal va murakkab tizim ekanligini xisobga olgan xolda uning genezesidan tortib, to zamonaviy axamiyatgacha chuqur izlanish va tadqiqotlarni talan o‘tkazish orqaligina biz yechimni kutayotgan masalalarni ilmiy darajada xal etish bayon qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaПРОИСХОЖДЕНИЕ И ФОРМИРОВАНИЕ ФИКХА

В данной статье объясняется, что для определения актуальной важности юридических вопросов в современном информационном обществе невозможно изучать их только посредством поверхностного исследования, а, принимая во внимание, насколько они совершенны и сложны как система, мы можем решить вопросы, решения которых ждем, только посредством глубоких исследований и разработок, от их генезиса до их современного значения.

inglizchaTHE ORIGIN AND FORMATION OF FIQH

This article explains that in order to determine the current importance of jurisprudential issues in today‘s information society, it is not possible to study them simply through superficial research, but rather, taking into account how perfect and complex a system they are, we can only solve the issues we are waiting for a solution through in-depth research and studies, from their genesis to their modern significance.

Kalit so‘zlar

  • fiqh
  • islom huquqi
  • shakllanish
  • manbalar
  • ilohiyot

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Asaboev G‘ayrat Qurbonovich “University of Business and Science” Tarix yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

Аннотация. Ушбу мақолада fiqxiy masalalarni bugungi axborotlashgan jamiyatda qay darajada dolzarb axamiyatga ega ekanligini aniqlash uchun uni shunchaki, yuzaki tadqiqotlar orqali o‘rganib bo‘lmasligi, balki naqadar mukammal va murakkab tizim ekanligini xisobga olgan xolda uning genezesidan tortib, to zamonaviy axamiyatgacha chuqur izlanish va tadqiqotlarni talan o‘tkazish orqaligina biz yechimni kutayotgan masalalarni ilmiy darajada xal etish баён қилинган. Аннотация. В данной статье объясняется, что для определения актуальной важности юридических вопросов в современном информационном обществе невозможно изучать их только посредством поверхностного исследования, а, принимая во внимание, насколько они совершенны и сложны как система, мы можем решить вопросы, решения которых ждем, только посредством глубоких исследований и разработок, от их генезиса до их современного значения. Abstract. This article explains that in order to determine the current importance of jurisprudential issues in today's information society, it is not possible to study them simply through superficial research, but rather, taking into account how perfect and complex a system they are, we can only solve the issues we are waiting for a solution through in-depth research and studies, from their genesis to their modern significance. Калит сўз ва иборалар. “Qiyosiy xuquqshunoslik”, fiqxni kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari, ilk fiqxiy maktablar, xanafiylik, Payg‘ambar, Saxobai kiromlar, Tobeinlar, ilmiy uslub, tarixiy uslub. Ключевые слова и фразы. «Сравнительное правоведение», происхождение фикха, этапы становления, ранние школы фикха, ханафитский мазхаб, Пророк, сподвижники, последователи, научный метод, исторический метод. Key Words and Phrases. "Comparative jurisprudence", the origin of fiqh, stages of formation, early fiqh schools, Hanafiism, the Prophet, the Companions, the Followers, the scientific method, the historical method.

Mamalakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyatimizning barcha soxalarida bo‘lgani kabi fanning xam turli yo‘nalishlarda xolisona tadqiqot ishlari olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu jumladan, ijtimoiy fan soxalarida, ayniqsa, mazkur soxaning tarkibiy qismi bo‘lgan xuquqshunoslikda xam ilgari, ya’ni sobiq sovet ittifoq davrida ta’qiqlangan yoxud o‘rganilgan taqdirda xam masalaga ilmiy yondashishdan ko‘ra, unga reaksion xuquqiy ta’limot sifatida salbiy bo‘yoq berilgan musulmon xuquqshunosligi mustaqillik tufayli ilmiy jixatdan tadqiq etila boshlandi. Mazkur xuquqiy ta’limot jaxon xuquqshunosligining muxim tarkibiy qismi sifatida baxolansada, mustaqil axamiyatga ega ta’limot o‘laroq, boshqa xuqiqiy ta’limotlardan ajralib turadi. Fikrimizning isboti sifatida 1983 yil Gollandiyaning Gaaga shaxrida “qiyosiy xuquqshunoslik” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro anjuman tomonidan chiqarilgan bayyonommaga ishora qilmoqchimiz. Mazkur anjuman ishtirokchilari, bir ovozda bayyonnomani qabul qilgan xolda, islom xuquqiga katta e’tibor berib, uning mustaqil xuquqiy tizim tizim sifatida boshqa xuquqiy tizimlardan olinmaganligi, xar doim xayot jarayoni bilan xamoxang xarakat qilish imkoniyatiga ega ekanligi, xamisha qonun yaratish soxasida, undan bir xuquqiy manba sifatida foydalanish mumkunligi tasdiqlangan edilar [2. 153]. Shu ma’noda, musulmon xuquqiy tizimi boshqa xuquqiy ta’limotlardan farqli o‘laroq, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga solishda insonning shaxsiy muammolaridan tortib, fuqorolik xuquqi, davlat xuquqi, xalqaro xuquq va shu kabi masalalarda birlamchi manbalar Qur’on va sunnatga tayanib ish ko‘radi. Bunda u shaxsning oddiy xis – tuyg‘ulardan tortib, xuquqning barcha jixatlarini Qur’on va sunnatga mos kelishi yoki kelmasligidan kelib chiqib belgilaydi. Shunday ekan, musulmon Xuquqiy, ya’ni barcha fiqxiy masalalarni bugungi axborotlashgan jamiyatda qay darajada dolzarb axamiyatga ega ekanligini aniqlash uchun uni shunchaki, yuzaki tadqiqotlar orqali o‘rganib bo‘lmasligi, balki naqadar mukammal va murakkab tizim ekanligini xisobga olgan xolda uning genezesidan tortib, to zamonaviy axamiyatgacha chuqur izlanish va tadqiqotlarni talan o‘tkazish orqaligina biz yechimni kutayotgan masalalarni ilmiy darajada xal etish mumkin. Imom Abu Yusuf shaxsiyati va ilmiy -amaliy faoliyatini tadqiq etish, albatta, musulmon xuquqini, xususan fiqxni kelib chiqishi, shakllanishi bosqichlarini shuningdek, ilk fiqxiy maktablarini, jumladan, xanafiylikni chuqur o‘rganishni va uning xar bir jixatlarigsa sinchkovlik bilan nazar solishni taqazo qiladi. Fiqx musulmon davlati bo‘lmish xalifalikning tarix maydoniga kelishi Islomning paydo bo‘lishi bilanoq bir zumda shakllanib qolmagan. VIII-asrning birinchi yarmigacha xalifalikning ijtimoiy meyorlar tizimi, shu jumladan axloqiy qonun qoidalar xam to‘laligicha islomiy talablardan iborat bo‘lmasdan, asosan islomdan ilgariligi vujudga kelgan va yangi tarixiy sharoitga moslashib kelayotgan me’yorlardan iborat edi. Agar arablar tomonidan fatx qilingan yerlardagi ilgarilardan mavjud bo‘lgan xuquqiy meyorlar va odatlar yangidan kirib kelayotgan va o‘zining xuquqiy masalalariga birmuncha e’tiborsizlik qilayotgan islomning talablariga zid kelmayotgan bo‘lsa, ular biron - bir o‘zgarishsiz saqlanib qolavergan.

Tarixga nazar solsak, Umaviylar sulolasi zamonida xokimyat masalasida dunyoviy va diniy doiralar orasida kelishmovchiliklar, ziddiyatlar bo‘lgan. Buning natijasida xuquqshunoslik masalalrini amaliy xayot talablariga joriy etish birmuncha qiyinlashdi. O‘ziga xos muammolar, to‘siqlar paydo bo‘ldi. Abbosiylar davriga kelib esa bu yo‘nalishida burilish ro‘y beradi. Agar avvalgi xalifalar balki ularni amalda qo‘llash imkoniyati ham tug‘iladi. Endi xuquqshunoslik va ilohiy qonunga muvofiq ravishda tezlik bilan rivojlana boshladi va huquqshunoslikning bunchalik tez rivojiga olib borilgan fatxlari ham sabab bo‘ldi. Fiqixning paydo bo‘lishiga bir tomondan amalda qo‘llanayotgan xuquqiy normalar, turli ijtimoiy talablarni diniy dunyoviy qarashga asoslangan normalar bilan muvoffaqlashtirish sabab bo‘lgan degan fikr ham yo‘q emas. Negaki bunday kuchli tizimning qisqa muddat ichida shakllanib ulgurishi mumkun emas deganlar ham topiladi. Boshqa bir tomondan esa davlat diniy tizimda yangidan vujudga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni islomning diniy - axloqiy ta’limotiga suyangan xolda idora etish zarurati ham bo‘lgan. VIII-IX asrning birinchi yarmida fiqixda tushunchalar bazasi, o‘ziga xos ifoda - til va uslubiyat shakllanadi. Fiqx paydo bo‘lishining ilk davridayoq ikki yo‘nalish maydonga chiqa boshlaydi. Ulardan biri Iroq maktabi bo‘lib, umi yana “mustaqil fikr yuritish tarafdorlari” (asxob-ar-ray) deyishgan. Ikkinchi - Madina maktabini esa “Xadis tarafdorlari” (asxobul-xadis ) deyishgan. Ular orasidagi farq - maktablar o‘z aqidalarini rivojlatirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari xamda ularga meros bo‘lib qolgan xuquqiy ananalar bilan belgilangan. “Fiqx” atamasi etimologik xususiytaiga ko‘ra arabcha so‘z bo‘lib, lug‘atda faxm qilmoq, ya’ni anglamoq va tushunmoq ma’nosida ishlatiladi. Lekin fiqx faxm, anglamoqdan shunisi bilan farqlanadiki, bunda u biror narsani ichki mazmuni va moxiyati tushunib olish ma’nosida qo‘llaniladi. Shu ma’noda, islom tarixida “fiqx’ni birinchi bo‘lib, ilmiy asosda tariflagan shaxs Abu Xanifa No‘mon ibn Sobit xisoblanadi. Uning fikricha,”fiqx ilmi xar bir mukallaf kishining o‘z foydasiga va zarariga bo‘gan narsalar xaqidagi shariat xukumlarini bilib olishdir” [3. 29]. Abu Xanifaning Ushbu ta’rifi shariat ilmlari shakllanib, xar biri muayyan bir yo‘nalish kasb etib, bir -biridan ajralmagan bir davrda aytilgani sababli e’tiqodga tegishli me’yorlar xar qaysisi muayyan bir ilm yo‘nalishi sifatida fiqxdan ajrala boshlab, kalom ilmi va ilmi xloq nomlari bilan fanlarga aylangan. Fiqx esa faqat axkomi far’iya va uni o‘rganish uslubini o‘z ichiga qamrab olgan.Shuning uchun ham keying davr fiqxlarida Abu Xanifa ta’rifiga “amaliy jixatdan so‘zi qo‘shilishini” zarur deb topganlar. Imomi Shofi’iyning ta’rifiga ko‘ra, “fiqx-shariatning amaliy xukumlarini addillai tafsiliyadan (asosiy manbalaridan) chiqarib olishdir” [3. 30]. Umuman olganda, dunyoning eng rivojlangan xuxquqiy tizimlaridan biri bo‘lmish fiqx va uning qonunlari mukammal shaklda tartibga solinib to‘plangan. Shu jixatdan, islom fiqxi birdaniga yuzaga kelib takomil bosqichga ko‘tarilmagan [1. 102]. U, bir diniy - qonuniy tizim sifatida birinchidan iloxiy vaxiy, ya’ni Qur’onga, undan so‘ng payg‘ambar alayxissalom sunnatlariga asoslangan. Ijmo va qiyos Qur’on va sunnatda ochiq-oydin shariat manbalari qatorida zikr etilmagan bo‘lmasa ham, bu ikki tushunchaning rivojlanish oqibatida, islom qonunchligining

ikki manbai darajasiga ko‘tarilishi ikkinchi va uchinchi xijriy asrlarida sunniylik xuquqiy maktablarining asoschilari bo‘lmish imomlar ishtixodining natijasi bo‘lgan. Shunday qilib islom fiqxi (ya’ni islom shariati qonunlari majmuasi) o‘zining barcha asosiy manbalariga ega bo‘lganidan keyin xar tomonlama rivojlana boshlangan. Ayni paytda turli xalqlarining shariatga zid bo‘lmagan urf-odatlaridan foydalangan holda o‘z taraqqiyoti pog‘onalariga ko‘tarilgan. Lekin shu narsani nazardan soqit qilmaslik kerakki, musulmon fiqixshunosligini turli o‘lka xalqlari urf-odatlaridan foydalanishi ushbu tizimni nomukammaligidan emas, balki mazkur xuquqiy tizimni barcha zamonlarda barcha insonlar, eletlar va xalqlar birday extiyojini qondirishi bilan birga zamon bilan xamnafas yashovchanligidan dalolat beradi. Musulmon ulamolari shariat xukumlarini ( qonun – qoidalarini) Qur’on va xadisdan kelib chiqib belgilash bo‘yicha ilk ilk kunlardan boshlab keng ko‘lamli faoliyat olib borganlar. Keyinchalik esa, islomiy fiqxning asosiy manbalari buyuk faqix ulamolar tomonidan yakdillik bilan to‘rtta deb tan olingan usulul fiqxda manbalar “adilla” (dalillar) yoki “adillayi tafsiliya”(tafsiliy dalillar) atamalari bilan ifodalanadi. Islom Xuquqi ( fiqxi) birinchi va asosiy manbai Qur’oni karim yigirma uch yil risolat davri (610-632 yillar)da Payg‘ambarimiz Muxammad alayxissalomga Allox tomonidan nozil qilingan. Ushbu birlamchi va asosiy manbadada fiqxiy masalalar keng ko‘lamda yoritib berilgan. Unga ko‘ra, quyidagi soxalarda oyatlar mavjud: -Xaqqulox (almaiy ibodatlar ) bo‘yicha -140 oyat; -shaxsiy xuquq (oila, taloq, vasiyat , va boshqalar)-70-oyat; -muomalot yoki fuqoqrolik xuquqi (oldi-sotdi, ijara, garov, qarz, shirkat va boshqalar) bo‘yicha -70 oyat; -jinoyat va jazo (uqubot bo‘yicha) 30 oyat; -qoziyat ishlari (sud va sud jarayoni, ya’ni guvoxlik va unga bog‘liq masalalar) bo‘yicha 20 oyat bor. Bizning fikrimizcha esa, davlat xuquqi soxasida – 3 oyat, xammasi bo‘lib, Qur’oni karimda -333 ta fiqxiy (xuquqiy) oyatlar mavjud. Qur’onning boshqa iloxiy kitoblardan asosiy farqi shundan iboratki, u faqat aqidaviy manba emas, balki qonun va axloq xamdir. Islom fiqxining ikkinchi asosiy manbai Sunnatdir. U fiqxiy -xuquqiy atama sifatida Payg‘ambar alayxissalomning so‘zlari, fe’llari (amallari) takrirlari, ya’ni tasdiqlari, shuningdek, saxobalarning so‘zlari va amallari majmuidan iboratdir. Shu ma’noda, Sunna islom xuquqining Qur’ondan keying ikkinchi manbai sifatida qonun tuzish saloxiyatiga ega. Payg‘ambar alayxissalom Quronning mukammal va musaffal shorixi sifatida qonun tuzish vakolatiga ega bo‘lgan. Shunga binoan Sunna tashri’ (qonun tuzish) bo‘yicha ikki asosiy soxani qamrab oladi: -Birinchi soxa Qur’onda zikr etilgan xukmlarini yoritib berishga bog‘liq; -ikkinchi soxa Qur’onda ko‘rsatilmagan xukmlarining qonuniy shaklda chiqarishiga bog‘liq bo‘ladi. Islom fiqxining uchinchi manbai ijmo xisoblanadi. U etimalogik xususiyatiga ko‘ra, fiqxiy termin sifatida “ijmo” - odillik sifati va nujtaxidlik malakasiga ega bo‘lgan bir davr olimlarining muayyan xukmlar bo‘yicha kelishuvidan iboratdir [4. 11]. Umumiy ma’noda, ijmo ikko qismga bo‘linadi:

-ijmoul-umma (ummat ijmoi ), ya’ni musulmon jamoasing kelishuvi: -ijmoul-aimma (Imomlar-olimlar ijmoi), ya’ni ummat imomlari bo‘lmish fiqx ilmining buyuk ulamolari kelishuvi. Umuman olganda, ijmoga oid ko‘plab xadislar vorid bo‘lgan. Bunga Payg‘ambar alayxissalomning quyidagi xadislarini keltirish mumkin. Xazrat Ali karmalloxu vajxaxu Rasullox (s.a.v)dan: “Qur’oni karim va xadisi sharifda xukmi bo‘lmagan biron ish sodir bo‘lsa, nima qilamiz?” deb so‘raganlarida Rasullulox (s.a.v) “Mo‘minlardan bo‘lgan olimlarni to‘plaganlar-da, o‘zaro maslaxat qilinglar, bunday ishda bir kishining fikri bilan xukm chiqarmanglar” - deydilar. Shu va shunga o‘xshash xadislar ijmonning sha’riy asosga ega ekanligi bilan xamoxang xarakat qilish imkoniyatiga egaligini ko‘rsatadi. Islom xuquqining to‘rtinchi manbayi qiyosdir. Qiyosning istiloxiy ma’nosi solishtirish va taqqoslash bo‘lib, xuquqiy atama sifatida xukmi vorid bo‘lmagan masalani Qur’on va xadisda shu masalaga o‘xshash bo‘lgan va xukmi kelgan narsaga qiyoslab xukm chiqarish. Masalan, Qur’onda xamr xarom qilingan.”Xamr” deganda esa, o‘sha vaqtda vaqtda uzum, arpa, asal, xurmo kabi narsalarni achitish yo‘li bilan olinadigan mast qiluvshi ichimlik tushunilgan. Ulamolar shunga qiyoslab, ulardan boshqa narsalardan tayyorlangan mast qiluvchi ichimliklarni ham xarom deb hukm qilishgan. Demak, qiyos-hukmi aytilmagan narsaning shar’iy hukmi mavjud narsa bilan hukm olish illatida (sababida) bir bo‘lmoqligi va shunga o‘xshatilmoqligidir. Ushbu zikr qilingan fiqxning to‘rtta asaosiy manbasidan tashqari faqixlar suyanadigan yana ba’zi manbalar ham borki, bu borada usuli fiqx kitoblarida batafsil ma’lumotlar berilgan. Tadqiqotimizning qamrovi bunga imkon bermaganligi sababidan qisqacha to‘xtalib o‘tdik xolos. Islom fiqixning kelib chiqishi va shakllanishi to‘grisida so‘z ketganda shuni ta’kidlash joizki, fiqxning etimalogik xususiyatlari, uning asosiy manbalari haqida yuqorida ko‘rsatib o‘tishga harakat qildik. Endi uni davriligi nuqtai-nazardan taxlil etadigan bo‘lsak, fiqxning shakllanish jarayonini quyidagicha davriylashtirish mumkun: - Payg‘ambar alayxissalom davrlaridagi fiqx; - Saxobai kiromlar (r.a) davridagi fiqx; - Tobeinlar va ulardan keyingilar (r.a) davridagi fiqx. Shu yo‘sinda ikki - uch asr islom fiqxi rivoj topib, o‘z takomil darajasiga yetgan. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash kerakki, mazkur davriylashtirish fiqxni ilmiy tadqiq etish borasidagi yagona usul deb bo‘lmaydi. Qolaversa, zamonamizning mashxur ulamolari tomonidan islom fiqxini o‘rganish yuzasidan turli-tuman ilmiy uslublarni taklif etmoqdalar. Ularning fikricha, islom qonunchiligi va uning asosiy qismi bo‘lmish bo‘lmish islom fiqxi (xuquqi)ni quyigicha uslublardan o‘rganish mumkun: -ilmiy uslub - bunga ko‘ra, fiqxning tub moxiyatiga yetib borish uchun uning asosiy manbalari, islom xuquqi metadalogiyasi, fiqxiy maktablarning yuzaga kelishining omillari, fiqxiy hukumlarning falsafiy tomonlarini ochib berish bilan birga fiqxiy nazaryalarning amaliy xayot bilan uyg‘unlashuvi ko‘rsatib o‘tiladi;

-Tarixiy uslub - bunga ko‘ra islom fiqxining yuzaga kelishi, rivojlanishi bosqichlari, turli mazxablarning vujudga kelishining ijobiy va subektiv omillari tarixiy manba va xujjatlarga asoslanib o‘rganiladi; -Qiyosiy uslub - ushbu metoddan maqsad, islom fiqxining boshqa xuquqiy tizimlar solishtirilib o‘rganib, bir - biridan ta’sirlangani yoki bir - biriga ta’sir o‘tkazgani, shuningdek, o‘xshash va farqli tomonlarni ochib berishdir; -Dogmatik uslub-mazkur uslub asosida islom fiqxiy ta’limoti ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlardan ayro xolda ajratib olinib o‘rganiladi. Ushbu metod islom fiqxining talqin va tadbiq qilishning eng salbiy ko‘rinishi hisoblanadi. Umuman olganda, islom fiqxining ilmiy-amaliy nuqtai-nazaridan taxlil va tadqiq etish bugungi xuquqiy, demokratik davlat va fuqorolik jamiyati qurish jarayonida katta amaliy ahamiyatga ega. Negaki, islom xuquqiy ta’limoti milliy davlatchiligimizning xuquqiy asoslarini shakllanishida yaqin o‘tmishimizgacha o‘ziga xos o‘rin tutib kelgan. Shuningdek, islom dini va fiqxini rivojlantirishda, targ‘ib va tashviq qilishda yurtimizda yetishib chiqqan buyuk faqix allomalarimiz o‘z ilmiy asarlari bilan xuquqiy merosimiz xazinasiga ulkan xissa qo‘shib ketganlar. Shu ma’noda ta’kidlash mumkunki, islomiy me’yorlar va fiqxiy tartib normalari xalqimizning xayotiga shu qadar singib ketganki, xalqimizning milliy ruxiyatini islomiy urf-odat va xissiyotlarsiz tasavvur qilish mumkun emas. Shuning uchun islom xuquqi, ayniqsa buyuk faqixlarimiz yaratgan xuquqiy asarlar biz uchun umuman bugungi xuquqiy demokratik davlat va fuqorolik jamiyati qurish jarayonida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun, shuningdek mamlakatimizda qonunchilik tizimini rivojlantirish borasida tuganmas xazina xisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Журжи Зайдон. Ислом маданияти тарихи. III – жилд. Теҳрон. 1916.
  2. Саидов А. Жузжоний А. Шарқ цивилизацияси: инсон ва ҳуқуқ (ўтмиш ва хозирги замон). Т.: “Адолат”. 2005.
  3. Ислом фиқҳи энциклопедияси. I – жилд. Истанбул. 1950.
  4. Қодиров Зоҳиджон Отахон ўғли. Имоми Аъзам: ҳаёт йўли ва фиқҳ усуллари. Т.: “Мовароуннахр”. 1999.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011139
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/113
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
392–398
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25