ZAMONAVIY MAKTABLARDA XALQ TA‘LIMOTI MEROSINI AKS ETTIRISH HAMDA O‘QUVCHILARGA MILLIY TARIX VA MADANIYATNI YETKAZISH, TARIXIY KONTEKSTNI BOYITISH ASOSLARI
Isokjanov Furqat Kadirjon ogluNamangan Davlat Pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 408–412
Annotatsiya
Mazkur maqola Boshlang‘ich ta‘limida Sinfxonalar va o‘quv maydonchalari uchun interaktiv taxtalar, kompyuterlar, audio va video vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari kabi zamonaviy texnika bilan ta‘minlash orqali dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish, maktab binolarining ta‘mirlanganligi, sinfxonalar, kutubxonalar, sport zalari va o‘quv xonalarning qulayligi ta‘lim sifatiga katta ta‘siri. Bino xavfsizligi, yo‘llar, sanitariya va energiya tejamkor tizimlarga e‘tibor berish lozimligi hamda Internetga ulanish, elektron kutubxonalar va onlayn ta‘lim resurslarini yaratish bilan ta‘lim jarayonini raqamlashtirish orqali o‘quvchilarni bilim darajasini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОСНОВА ДЛЯ ОТРАЖЕНИЯ НАСЛЕДИЯ НАРОДНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННЫХ ШКОЛАХ, ПРЕДОСТАВЛЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИСТОРИИ И КУЛЬТУРЫ УЧАЩИМСЯ, А ТАКЖЕ ОБОГАЩЕНИЯ ИСТОРИЧЕСКОГО КОНТЕКСТА
В этой статье обсуждается важность того, чтобы сделать процесс обучения более интересным и эффективным, снабдив классы и учебные пространства современными технологиями, такими как интерактивные доски, компьютеры, аудио- и видеооборудование, лабораторное оборудование. Реновация школьных зданий, комфорт классов, библиотек, спортзалов и учебных комнат оказывают большое влияние на качество образования. Разработаны конкретные рекомендации, направленные на решение проблемы безопасности зданий, дорог, санитарии и энергоэффективных систем, а также на повышение грамотности учащихся посредством цифровизации образовательного процесса посредством подключения к Интернету, создания электронных библиотек и онлайн-образовательных ресурсов.
inglizchaBASIS FOR REFLECTING THE HERITAGE OF FOLK EDUCATION IN MODERN SCHOOLS, PROVIDING NATIONAL HISTORY AND CULTURE TO STUDENTS, AND ENRICHING THE HISTORICAL CONTEXT
This article discusses the importance of making the teaching process more interesting and effective by providing classrooms and learning spaces with modern equipment such as interactive whiteboards, computers, audio and video equipment, and laboratory equipment, and the renovation of school buildings, the comfort of classrooms, libraries, gyms, and study rooms. Specific recommendations have been developed to improve the level of knowledge of students by digitalizing the educational process with Internet access, the creation of electronic libraries, and online educational resources.
Kalit so‘zlar
- Milliy tarix
- pedagogik an‘analar
- zamonaviy dars texnologiyalari
- sifatli ta‘lim
- innovatsion texnologiyalar
- mahalliy ta‘lim
- didaktik mahorat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
ZAMONAVIY MAKTABLARDA XALQ TAʼLIMOTI MEROSINI AKS ETTIRISH HAMDA O‘QUVCHILARGA MILLIY TARIX VA MADANIYATNI YETKAZISH, TARIXIY KONTEKSTNI BOYITISH ASOSLARI
ОСНОВА ДЛЯ ОТРАЖЕНИЯ НАСЛЕДИЯ НАРОДНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННЫХ ШКОЛАХ, ПРЕДОСТАВЛЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИСТОРИИ И КУЛЬТУРЫ УЧАЩИМСЯ, А ТАКЖЕ ОБОГАЩЕНИЯ ИСТОРИЧЕСКОГО КОНТЕКСТА
BASIS FOR REFLECTING THE HERITAGE OF FOLK EDUCATION IN MODERN SCHOOLS, PROVIDING NATIONAL HISTORY AND CULTURE TO STUDENTS, AND ENRICHING THE HISTORICAL CONTEXT
Isoqjanov Furqat Qodirjon o‘g‘li Namangan Davlat Pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi e-mail: furqatisoqjanov22@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya Mazkur maqola Boshlang‘ich ta’limida Sinfxonalar va o‘quv maydonchalari uchun interaktiv taxtalar, kompyuterlar, audio va video vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari kabi zamonaviy texnika bilan ta’minlash orqali dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish, maktab binolarining ta’mirlanganligi, sinfxonalar, kutubxonalar, sport zalari va o‘quv xonalarning qulayligi ta’lim sifatiga katta ta’siri. Bino xavfsizligi, yo‘llar, sanitariya va energiya tejamkor tizimlarga e’tibor berish lozimligi hamda Internetga ulanish, elektron kutubxonalar va onlayn ta’lim resurslarini yaratish bilan ta’lim jarayonini raqamlashtirish orqali o’quvchilarni bilim darajasini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan. Аннотация В этой статье обсуждается важность того, чтобы сделать процесс обучения более интересным и эффективным, снабдив классы и учебные пространства современными технологиями, такими как интерактивные доски, компьютеры, аудио- и видеооборудование, лабораторное оборудование. Реновация школьных зданий, комфорт классов, библиотек, спортзалов и учебных комнат оказывают большое влияние на качество образования. Разработаны конкретные рекомендации, направленные на решение проблемы безопасности зданий, дорог, санитарии и энергоэффективных систем, а также на повышение грамотности учащихся посредством цифровизации образовательного процесса посредством подключения к Интернету, создания электронных библиотек и онлайн-образовательных ресурсов. Abstract. This article discusses the importance of making the teaching process more interesting and effective by providing classrooms and learning spaces with modern equipment such as interactive whiteboards, computers, audio and video equipment, and laboratory equipment, and the renovation of school buildings, the comfort of classrooms, libraries, gyms, and study rooms. Specific recommendations have been developed to improve the level of knowledge of students by digitalizing the educational process with Internet access, the creation of electronic libraries, and online educational resources. Kalit so‘zlar.
Milliy tarix, pedagogik anʼanalar, zamonaviy dars texnologiyalari, sifatli ta’lim, innovatsion texnologiyalar, mahalliy ta’lim, didaktik mahorat. Ключевые слова. Отечественная история, педагогические традиции, современные технологии обучения, качественное образование, инновационные технологии, локальное образование, дидактическое мастерство. Key words. National history, pedagogical traditions, modern teaching technologies, quality education, innovative technologies, local education, didactic skills.
O‘zbekiston hududi qadimgi davrlardan buyon ilm-fan va taʼlim markazi bo‘lib kelgan. Samarqand va Buxoro singari shaharlar tarixiy madrasalarning markazlari boʻlib, ilmiy va madaniy meros shakllangan. Mazkur tarixiy tajriba hozirgi taʼlim tizimidagi yangilanishlarga va taʼlim sifatini oshirishga taʼsir ko‘rsatadi. Bolalar tarbiyasida va taʼlim tizimida qadimiy xalq taʼlimoti, maʼrifatparvarlik qadriyatlari asos sifatida saqlanib qolmoqda. Zamonaviy maktablarda xalq taʼlimoti merosini aks ettirish hamda o‘quvchilarga milliy tarix va madaniyatni yetkazish, tarixiy kontekstni boyitishi mumkin. Sovet davrida taʼlim tizimi qatʼiy markazlashtirilgan va yirik ilm-fan merosi bilan boyitilgan. Shu davrdan qolgan arxitektura, o‘quv dasturlari va pedagogik metodlar hozirgi kunda ham zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Sovet davrida qurilgan maktab binolari va taʼlim muassasalari O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi davrda modernizatsiyaga muhtoj bo‘lib qoldi. Tarixiy yodgorlik sifatida ko‘riladigan binalar va inshootlarni yangilash jarayoni tarixiy merosni saqlash va zamonaviy talablar orasidagi muvozanatni topishni talab etadi[1.1: 5-b]. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, O‘zbekiston taʼlim tizimini mustahkamlash va xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarga duch keldi. Mustaqillik davrida milliy pedagogik anʼanalarni yangilash va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalari markaziy o‘rinni egalladi. Tarixiy nuqtai nazardan, pedagogik anʼanalar qayta ishlanib, yangi taʼlim metodlari bilan uyg‘unlashtirildi. Raqamli taʼlim, interaktiv taxtalar, laboratoriyalar kabi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish O‘zbekiston tarixidagi taʼlim tizimining rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi va davlatning ilm-fan rivojiga bo‘lgan eʼtiborining davomidir. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, taʼlim tizimidagi muvaffaqiyatli o‘zgarishlar doim davlat va jamiyat hamkorligini talab qilgan. Davlat, mahalliy hokimiyat va taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekiston tarixidagi ilmiy va madaniy rivojlanish tajribasidan ilhomlanadi. Bu hamkorlik O‘zbekistonning qadimiy ilmiy markazlarida ham amalga oshirilgan. Yaxshi malakaga ega o‘qituvchilarni tayyorlash va ularni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar o‘tmishda mavjud bo‘lgan taʼlim tizimi yondashuvlaridan keyingi bosqich sifatida ko‘riladi. Tarixiy nuqtai nazardan, bu holat O‘zbekistonning tarixiy davrlarida ham mujassam bo‘lgan "ustoz-cho‘pon" anʼanalariga parallel keladi[1.2: 7-b].
O‘zbekiston tarixining taʼlimga oid boy merosi va tajribasi zamonaviy taʼlim tizimini shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Mavjud dastur va loyihalar: Tuzilmaviy yangilanish bilan tarixiy anʼanalarni hisobga olgan holda material-texnika bazasini yaxshilash, Pedagogik anʼanalar va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarga milliy g‘urur, so‘zlashuv va kelajak uchun zarur kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltiriladi. Bunday yondashuv O‘zbekistonning boy tarixiy tajribasi bilan zamonaviy pedagogik va texnologik yutuqlarni uyg‘unlashtirishi hamda taʼlim sifatini oshirishi, shuningdek, kelajak avlodlarga mustahkam bilim va qadriyatlarni yetkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim sifati bolalarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Shu bois, maktablarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va malakali pedagog kadrlarni tayyorlash ustuvor yo‘nalishlar bo‘lib, ularni amalga oshirish ta’lim tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Maktab binolari qulay, xavfsiz va zamonaviy talablariga mos holda ta’minlanishi kerak. Shuningdek, darslik xonalaridagi o‘rindiqlar, stol-sellafonlar va boshqa mebellar ergonomik va bolalarga qulay bo‘lishi lozim[4.1: 96-97-b]. Zamonaviy dars texnologiyalari – interaktiv doskalar, kompyuterlar, loyihorlar, audio-video tizimlar va laboratoriyalar – ta’lim jarayonini yanada samarali qiladi. Raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish, onlayn platformalar va elektron darsliklarni joriy etish talabalarning bilim olish jarayonini qiziqarli va interfaol qiladi. Zamonaviy kutubxonalar va boy o‘quv materiallari, shuningdek, internetga ulanish imkoniyati ta’lim sifati va bolalarning mustaqil o‘qish odatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Pedagoglar uchun muntazam treninglar, seminarlar, vebinarlar va kurslar tashkil etish ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar bilan tanishishlariga yordam beradi. Bu jarayon orqali ularning didaktik uslublari yangilanib, darslarni interaktiv va samarali o‘tkazishga erishiladi. Universitetlar va pedagogika markazlari zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim dasturlarini ishlab chiqishi lozim. Bu dasturlar nazariy bilimlar bilan birga amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, real sinf vaziyatlarida qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. O‘qituvchilararo amaliy tajriba almashinuvi, hamkorlik sharoitlarida loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro va mahalliy ta’lim loyihalarida ishtirok etish orqali ularning didaktik mahorati va professional rivojlanishi ta’minlanadi. Xulosa shundan iboratki yaxshi malakaga ega o‘qituvchilarni tan olish, rag‘batlantirish tizimini joriy etish ularning ishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi va yosh pedagoglarni bu sohada faoliyat yuritishga undaydi. Moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, sifatli pedagog kadrlar tayyorlash ham birgalikda amalga oshirilishi zarur. Bu jarayon davlat, mahalliy hokimiyat va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni talab qiladi. Natijada, bolalar sifatli ta’lim oladigan, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan va motivatsion o‘quv jarayonida o‘qitiladigan tizimga ega bo‘ladi, bu esa ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratadi.
Boshlang‘ich ta’lim muassasalarining sifatini oshirishda ikkita muhim yo‘nalishga e’tibor qaratish zarur: moddiy-texnika bazasini yaxshilash va pedagog kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Sinfxonalar va o‘quv maydonchalari uchun interaktiv taxtalar, kompyuterlar, audio va video vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari kabi zamonaviy texnika bilan ta’minlash orqali dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish mumkin. Maktab binolarining ta’mirlanganligi, sinfxonalar, kutubxonalar, sport zalari va o‘quv xonalarning qulayligi ta’lim sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bino xavfsizligi, yo‘llar, sanitariya va energiya tejamkor tizimlarga e’tibor berish lozim. Internetga ulanish, elektron kutubxonalar va onlayn ta’lim resurslarini yaratish bilan ta’lim jarayonini raqamlashtirish. Bu o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash imkonini berib, ularni kelajak kasblariga tayyorlaydi[8.1: 19-b].
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qо‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020 y., 06/20/5938/0187-son; 03.04.2020 y., 06/20/5978/0393-son.
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 3-son Qarori.
- О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi “О‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 228-son Qarori.
- О‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan xalqaro konvensiyalar normalarining qо‘llanilishi. Amaliy seminar materiallari tо‘plami. –Toshkent, 2020.
- О‘razaliyeva G. Gender va ayollar huquqiy madaniyati. Monografiya. –T., 2009.
- О‘razaliyeva G. Oila va gender tengligi / Reproduktiv madaniyat va ma’naviyat muammolari. –T., 2002.
- О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi О‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini о‘rganish va keng jamoatchilik о‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qо‘llanma. –Toshkent, 2019.
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqini о‘rganish bо‘yicha Ilmiy-ommabop risola. –T.: “Ma’naviyat” NMIU, 2017.
- Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari // Yangi saylangan О‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qо‘shma majlisidagi nutqidan kelib chiqib infografika shaklida risola. –Toshkent, Taraqqiyot stregiyasi markazi, 2001.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011141
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/115
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 408–412
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25