FARG‘ONA VODIYSIDA SUV MANBALARIDAN FOYDALANISHNING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Isoridinov Nuriddin Zukhridinovich“University of Business and Science” “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 289–297
Annotatsiya
Mazkur maqolada qadimgi davrdan mustaqillikka qadar Farg‘ona vodiysida suv va suv manbalaridan foydalanishning yutuq va kamchiliklari, sohada olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari kabi masalalar yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaИСТОРИЯ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ВОДОПОЛЬЗОВАНИЯ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ
В данной статье освещаются такие вопросы, как успехи и недостатки использования воды и водных ресурсов в Ферганской долине с древнейших времен до обретения независимости, проводимые реформы и их результаты.
inglizchaHISTORY AND STAGES OF DEVELOPMENT OF WATER USE IN THE FERGHANA VALLEY
This article covers issues such as the achievements and disadvantages of the use of water and water sources in the Fagona Valley from ancient times to independence, reforms in the field and their results.
Kalit so‘zlar
- Farg‘ona vodiysi
- Sirdaryo
- Amudaryo
- Orol dengizi
- qishloq xo‘jaligi
- suv tanqisligi
- suv nasosi
- suv tejash texnologiyasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
FARG`ONA VODIYSIDA SUV MANBALARIDAN FOYDALANISHNING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
ИСТОРИЯ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ВОДОПОЛЬЗОВАНИЯ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ
HISTORY AND STAGES OF DEVELOPMENT OF WATER USE IN THE FERGHANA VALLEY
Isoridinov Nuriddin Zuxridinovich “University of Business and Science” “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi e-mail: isordinovnuriddin@gmail.com Тел: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Mazkur maqolada qadimgi davrdan mustaqillikka qadar Farg‘ona vodiysida suv va suv manbalaridan foydalanishning yutuq va kamchiliklari, sohada olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari kabi masalalar yoritilgan. Annotation. This article covers issues such as the achievements and disadvantages of the use of water and water sources in the Fagona Valley from ancient times to independence, reforms in the field and their results. Аннотация. В данной статье освещаются такие вопросы, как успехи и недостатки использования воды и водных ресурсов в Ферганской долине с древнейших времен до обретения независимости, проводимые реформы и их результаты.
Kalit so‘zlar Farg’ona vodiysi, ChustSirdaryo, Amudaryo, Orol, qishoq xo‘jaligi, suv tanqisligi, suv nasosi, suv tejash texnologiyasi Key words Syr Darya, Amu Darya, Aral Sea, agriculture, water scarcity, water pump, water-saving technology. Ключевые слова. Сырдарья, Амударья, Аральское море, сельское хозяйство, нехватка воды, водяной насос, технологии водосбережения.
Insoniyat sivilizasiyasining qadimgi markazlari shakllanishi va taraqqiyotida dehqonchilik madaniyati muhim rol oʻynagan. Oʻrta Osiyo, xususan, Fargʻona vodiysida tarixiy taraqqiyotning ilk davrlaridayoq aholining asosiy qismi oʻtroq holda yashab, yuksak darajadagi dehqonchilik madaniyatini yaratganligi va bu madaniyatning qator jihatlari ilmiy adabiyotlarda yaxshi yoritilgan. Ulardan ma'lum boʻladiki, agar qadimgi Misr va Mesopotamiyada miloddan avvalgi VII ming yillikda dehqonchilik madaniyati shakllangan boʻlsa, Oʻrta Osiyoning janubiy mintaqalarida miloddan avvalgi VI ming yillikdan boshlab aholi ilk dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullana boshlagan [8, 13]. Oʻrta Osiyoning qulay tabiiy va iqlim sharoiti bu mintaqada insonlarning uzoq oʻtmishdan boshlab dehqonchilik bilan shugʻullanishlariga imkon yaratdi. 1
Jamiyatdagi bu taraqqiyot vatanimiz hududida bir qator omillar ta'sirida oʻziga xos koʻrinishda yuz bergan. Bu yerda dehqonchilikning ibtidoiy shakli neolit davrida boshlangan. Biroq, sugʻorma dehqonchilik ibtidosi miloddan avvalgi II ming yillik boshida qadimgi Baqtriya hududi (Surxondaryo viloyati)da kuzatiladi [7, 10-11]. Oʻzbekiston hududida ham oʻziga xos koʻrinishda yuz bergan. Ilk dehqonchilikning ibtidoiy shakli neolit davrida boshlangan. Biroq, sugʻorma dehqonchilik ibtidosi miloddan avvalgi II ming yillik boshida qadimgi Baqtriya hududi (Surxondaryo viloyati)da kuzatiladi. Аrxeolog olimlar xulosalariga koʻra, Fargʻona vodiysida bu jarayon miloddan avvalgi II ming yillikning oʻrtalaridan boshlangan [4, 210]. Fargʻona vodiysi Markaziy Osiyodagi dehqonchilik oʻlkalaridan biridir. Ma'lumki, aynan dehqonchilik asosida oʻtroq hayot, hunarmandchilik, me'morchilik va shaharsozlik madaniyati vujudga kelgan. Fargʻona vodiysi hududidagi ilk dehqonchilik madaniyatiga oid ma'lumotlarni nafaqat arxeologik hamda yozma materiallardan, balki vodiyni oʻrab turgan togʻlardagi qoyatoshlarga “ibtidoiy rassomlar” tomonidan ishlangan suratlardan ham topishimiz mumkin boʻladi. Masalan, Fargʻona togʻtizmasidagi Saymalitosh va Yangiariqsoy qoyatosh suratlarida bu kabi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Ushbu qoyatosh suratlarida koʻplab ibtidoiy tasvirlar bilan birga omoch qoʻshilgan hoʻkizni etaklagan odam tasviri uchraydi. Deyarli barcha tadqiqotchilar sur'atlardagi tasvirni qoʻsh haydayotgan odam tasviri ekanligini e'tirof etadilar [8, 15]. Fargʻona vodiysining qadimgi davrdagi dehqonchilik tarixini oʻrganishda arxeologik materiallarning ahamiyati katta. Bu oʻrinda shuni ham ta'kidlash joizki, vodiy hududidagi qadimgi dehqonchilik vohalaridan Chust va Dalvarzin manzilgohlari arxeologik jihatdan yaxshi oʻrganilgan boʻlib, aynan mazkur hududlarda olib borilgan qazilma ishlari jarayonida dehqonchilik mashgʻulotiga aloqador boʻlgan, asosan, erga ishlov berishda, hosilni yanchishda foydalanilgan mehnat qurollari va buyumlar topilgan. Chust manzilgohidan tariq oʻsimligining urugʻiga oʻxshash gʻalla urugʻi topilishi ayniqsa diqqatga sazovordir. Bu xususida arxeolog Yu.A.Zadneprovskiy oʻz fikrini bildirar ekan, tariq oʻsimligi Fargʻona vodiysining qadimiy dehqonchiligida oʻziga xos oʻrin tutganni ta'kidlaydi [8, 16]. Mavjud arxeologik yodgorliklardan topilgan buyumlarga qarab shunday xulosa qilish mumkinki, mil.avv. XII-XI asrlarda vodiyda ilk dehqonchilik bilan shugʻullangan aholi madaniyati namunalari paydo boʻladi va fanda birinchi topilgan yodgorlik nomi bilan Chust madaniyati deb yuritildi [9, 116]. Soʻnggi yillarda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalariga asoslanib vodiy hududidagi ilk dehqonchilik madaniyati ildizlarini aniqlashtirish va uni ma'lum bir bosqichlarga boʻlib tadqiq qilish imkoniyati paydo boʻldi. Chunonchi, mutaxassis olimlarning ta'kidlashlariga koʻra, miloddan avvalgi ikki minginchi yillik oʻrtalaridan (aniqrogʻi mil. avvalgi XV – XIV asrlardan) boshlab Fargʻona vodiysida ilk bora (I bosqich) sugʻorma dehqonchilikning eng oddiy koʻrinishlariga asos solingan. Unga koʻra, birinchi navbatda Qoradaryo, Oqboʻra, Kosonsoy va Gʻovasoy kabi soy va daryolarning adir orti qismidagi havzalarning eng qulay va unumdor erlari oʻzlashtirilgan [6, 15].
Fargʻona vodiysida dehqonchilikning paydo boʻlishi sanasi toʻgʻrisida yagona fikr mavjud emas. Yu.A.Zadneprovskiy dastlab Chust madaniyati sanasini mil.avv. X - VIII asrlar bilan belgilab, keyinchalik ushbu sanani mil.avv. XV asrga qadar qadimiylashtirgan. V.D.Ruzanovning fikriga koʻra, Dalvarzinning tarixi mil.avv. XIV–VII asrlarga toʻgʻri keladi. B.X.Matboboev va G.P.Ivanovning fikrlariga koʻra, ushbu jarayon vodiyda mil.avv. II ming yillikning oxirlarida sodir boʻlgan (aniqrogʻi, mil.avv. XII - X asrlarda). A.A.Anorboevning yozishicha, Chust madaniyatining dastlabki vakillari mil.avv. II ming yillikning oʻrtalarida (aniqrogʻi, mil.avv. XV – XIV asrlarda) “ilk bor sugʻorma dehqonchilikning eng oddiy koʻrinishlariga asos solgan” [9, 118]. Ma'lumki, oʻrta asrlarda iqtisodiyotning asosini tashkil etgan dehqonchilikda er va suvning oʻrni va roli benihoya kattadir. Shu bois erga va suvga boʻlgan talab tobora ortib borgan. Norin bilan Qoradaryo oʻrtasidagi erlarni oʻzlashtirishga katta e'tibor berilgan. Bu hududni mahalliy xalq «Ikki suv orasi» deb atagan [14, 106]. Tarixchi olim Qobiljon Nasritdinov ta'kidlaganidek, Oqboʻra daryosi Andijon shahrini sharqdan aylanib oʻtib, shimoldagi Oqyor jarligi orqali Qoradaryoga tushgan. Bu davrda koʻchmanchi qabilalarning Fargʻona vodiysining suvga serob va sugʻorish uchun qulay boʻlgan hududlarida oʻtroqlashish jarayoni tezlashgan. Bunday vohalar tarkibiga Oqboʻra, Aravon daryolarining etaklari ham kirib, bu hududlarga aholining kelishi natijasida bir qator qishloqlarga asos solingan [12, 27]. Bu haqda «Boburnoma»da shunday yozilgan: «Oqboʻraning har ikkala jonibi bogʻot tushubd ur, tamom bogʻlar rudka mushrifdtur». XV asrda Andijon shahri Oqboʻradan chiqarilgan toʻqqizta ariq orqali suv bilan ta'minlangan. Bu ariqlar quyidagilar: Xokan, Burxon, Shayx, Xoʻtan, Joʻyibozor, Boʻgʻra, Dalvarzin, Oqrobot, Toʻqmoq, Qoʻshariq. Bobur tilga olgan bu ariqlar ichida eng kattasi Xokan arigʻi boʻlib, «ulugʻshoh joʻydur va chuqur oqar, har eridan kechib boʻlmas», deb urgʻu berish oʻsha davrda Andijon shahri atroflaridagi ekin maydonlari va aholining suv ta'minotida qiyinchilik boʻlmaganligidan dalolat beradi [14, 65]. Qoʻqon xoni Norboʻtabek davrida, ya'ni XVIII asrning oxirlarida Andijon erlarini Kampirrovot orqali Qoradaryodan suv keltirib sugʻorishga ehtiyoj tugʻilgani hisobga olinib, Qoradaryoning qadimgi oʻzanlaridan birini qayta qazish orqali suv chiqarilgan. Undan asosiy maqsad, Andijo n shahri va uning atrofidagi hududlarni sugʻorish boʻlganligi uchun u sugʻorma dehqonchilik tarixiga Andijonsoy nomi bilan kirgan. Dastlab Andijonsoydan oqib keladigan suv miqdori juda oz boʻlib, yil sayin ehtiyojga qarab koʻpaytirib borilgan. XIX asrning boshlariga kelib Andijonsoy rosmona holdagi magistral kanalga aylangan [12, 32]. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida mintaqadagi eng yirik suv manbalaridan biri Sirdaryo-Norin va Qoradaryoning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Norin daryosi Tyanshan tog’laridan boshlanib yo’l yo’lakay bir nechta suv tarmog’ini o’z ichiga oladi. U 40 km masofadan so’ng Mingbuloq qishlog’ida Qoradaryo bilan qo’shlib, Sirdaryo nomi bilan atalgan. Undan Uchqo’rg’on, To’ti, Kayka-1, Kayka-2, Xakilobod, Yangiariq, Koraskon, Rustamg’aliq, Qumto’g’on, Zarbob, Davlatobod, Nazaruzdixon, Jidakenin, singari ariqlar chiqarilgan. Qoradaryoning chap va o’ng irmoqlaridan esa Shahrixonsoy, Andijonsoy, Ulug’nor, Chek Nasriddinek, Qo’qon 3
qishlog’i, Sazi, Xayrobod, ariqlari tortilgan. Ulardan tashqari tog’lardan to’ppa to’g’ri qishloqlar va shaharlarga oqib keluvchi Kagarsoy, Bozor Qo’rg’onsoy, Esipastsoy, Podshooata, So’x, Uchqo’rg’onsoy, Shohimardonsoy, Isfara, Oqbo’ri, Arvohsoy va Qirg’izota ariqlari bo’lgan [1, 330]. XX asrning boshlarida Farg’ona vodiysidagi 36 ta sug’orish tarmoqlari mavjud edi. Uni janubi-sharqiy tomondagi Isfara, So’x, Sari Qo’rg’on, Avgon, Vox, Qora, qurjin, va Oqqo’rg’on, singari tarmoqlari asosan Qo’qon uyezdini suv bilan ta’minlab turgan [1, 230]. XIX asr Qo‘qon xonligida, xususan, Farg‘ona vodiysining sug‘orilishi tarixida yangi davrni boshlab berdiki, aynan shu davrdan boshlab, vodiyda yirik sug‘orish inshootlari, ariqlar, kanallar, to‘g‘onlar qurila boshlangan. Masalan, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan bo‘lgan Norin va Qoradaryolardan suv oladigan Shahrixonsoy kanali, Namangan Yangi arig‘i, Chinobod arig‘i, Ulug‘nor, Andijonsoy kanali, Oltiariq, Mutagan arig‘i va boshqa sug‘orish tarmoqlarining ko‘payishi, sug‘oriladigan dalalarning sezilarli darajada kengayishi hamda dehqonchilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan [1, 293]. 1917-yil oktyabr oyidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng siyosiy hokimiyat tepasiga kelgan sovet hukumatiga ulardan avvalgi mustamlakachi imperiya hukumatining Farg‘ona vodiysidagi 40 yildan ortiq hukmronligi davridan juda ham nochor qishloq xo‘jaligi va eng primitiv irrigatsiya sistemalari meros bo‘lib qolgan edi. Buning ustiga, Farg‘ona vodiysida mustabid sovet rejimiga qarshi qurolli kurash davrida xalq xo‘jaligiga, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligiga va uning sun’iy sug‘orish tarmoqlariga juda katta zarar yetkazildi. Natijada, o‘lka iqtisodining eng muhim sohasi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish urushdan ilgariga nisbatan uchdan ikki qismga qisqarib ketdi [14, 32]. 1921-yilga kelib, Farg‘ona vodiysida ekin maydoni 1914-yilga nisbatan 63 foizga qisqardi, paxta hosildorligi esa gektar boshiga 13,7 sentnerdan, 4,2 sentnerga tushib qoldi. Qishloq xo‘jaligining bunchalik katta zarar ko‘rganligiga asosiy sabab irrigatsiya inshootlari va suv taqsimotining buzilishi edi. Chunki bu davrda vodiyda mavjud bo‘lgan yirik suv sistemalari—Kampirrovot to‘g‘oni, Isfayramsoydagi Polomon suv taqsimlagichi, Namangandagi Yangiariq kanalining bosh inshooti, Ulug‘nahr sistemasi va boshqa qator kanallar, ariq, to‘g‘onlar harbiy harakatlar tufayli butunlay yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Sovet hokimiyati 1918-yil aprel oyida markaziy hukumatni iqtisodiy bohrondan olib chiqishning muhim omillaridan biri, yengil sanoatni Turkiston o‘lkasidan keltiriladigan xom ashyo paxta ekanligini anglagan holda, o‘lkaning barcha joylarida yer-suv qo‘mitalarini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu markaziy hukumatning o‘lka yer-suv boyliklarini o‘z qo‘liga kiritish borasidagi ilk o‘tkazgan tadbiri bo‘ldi. 1918-yil 17-mayda esa imperiya mustamlakasi davrida rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmay qolgan Turkiston o‘lka sining sug‘orish ishlariga va bu ishlarni tashkil qilishga 50 mln so‘m ajratish haqida dekret e’lon qilinib, unga ko‘ra, Farg‘ona vodiysining Uchqo‘rg‘on cho‘lida 10 ming desyatina yangi yerni
o‘zlashtirish va viloyatdagi 20 ming desyatina yerni sug‘oradigan mahalliy suv inshootlarini tartibga solish kuzda tutilgan edi [2, 29]. 1925-1926-yillarda Namangan viloyatida Podshootasoy irrigatsiya tizimi, Yangiariq, Norin va boshqa sug‘orish tizimlarini tubdan qayta tiklash ishlari amalga oshirildi [2, 30]. XX asrning 30-yillarning boshlarida sovet hokimiyatining qishloq xo`jaligini qayta qurish noqobi ostida vodiydagi irrigatsiya qurilishi sohasida o`z oldiga o`lkani tabiiy boyliklarini qo`lga kiritishni maqsad qilib qo`ygan siyosatni amalga oshirish borasidagi ilk chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu davrda buzilib yotgan, butunlay isdan chiqqan sug`orish tarmoqlari kanallar va ariqlar qayat qurilib, ta`mirlarnib ishga tushirildi. Yangi kanali va Rozenbax arig`ida bosh to`g`onlar qurildi. Kosonsoy, G`ovasoy, Chortoqsoy, Podshootasoyda ta`mirlash ishlari bajarildi. Amalga oshirilgan ishlar Farg`ona vodiysida ekin maydonlarnin kengaytirshga imkon yaratdi. Masalan, Namanganda 1915-yilda 82 ming gektar yer sug`orishda foydalanilgan bo`lsa, 1934-yilda 129 ming gektar yer sugo`rilib, dehqonchilkda ishlatildi. Bu yerlarning qariyb 65,5 ming gektariga o`zlashtirilgan yildan boshlab paxta eikilgan [11, 14]. 1931–1940 йилларда Андижон ҳудудида Асака, Найман, Қўшкўприк, Улуғнор каналларида сув оқими ва таъминотини яхшилаш ишлари амалга оширилди. Шаҳрихонсойда регулятор, Тентаксай, Чортоқсой, Оқбўра, Савай дюккерлар орқали сув таъминотини яхшилашга ва уни тўғри тақсимлашга эътибор қаратилди. 1940 йили энг катта Кампировот тўғони қурилиши Андижон вилоятида сув чиқариш ва сув олиш иншоотларидан фойдаланиш имкониятини берди [14, 317]. 1941 – 1945-yillarda Namangan viloyatida irrigatsiya qurilishlari davom etdi. 1942-yilda qurilgan Kosonsoy va Chust tumanlari hududlaridagi uzunligi 40 km. dan iborat Chust kanali 4,4 ming gektar, 1944-yilda qurilgan 5,5 km. dan iborat Yuqori Uchqo‘rg‘on kanali esa 1,6 ming gektar yangi yerlarni sug‘orish imkonini berdi. O‘rta To‘qay suv omborida 1950-yil 100 mln. kubometr suv to‘plandi. SHuningdek, 1949-yilda Chust kanali, 1947 – 1949-yillarda Oxunboboev nomli kanal, 1950-yilda Podshootasoy irrigatsiya tizimidagi Xodikent kanallarining kengaytirilishi natijasida ekin maydonlari 7,0 foizga ko‘paydi, lalmikor yerlardagi ekin maydonlari esa 4 marta ko‘paydi [2, 31]. Urushdan keyingi yillarda sovet ma'murlari respublikada paxta ekin maydonlarini kengaytirishga astoydil harakat qildi. Jumladan, 1946 – 1950 yillarda paxta maydoni 815,6 ming ga dan 1098,1 ming ga ga, yalpi hosili esa 1118 ming tonnadan 2226 ming tonnaga koʻpaydi. Shu davrdan boshlab respublika qishloq xoʻjaligida paxta yakkahokimligi siyosati yanada kuchaydi. Markaz paxta etishtirish uchun qulay tabiiy sharoit va imkoniyatga ega Fargʻona vodiysiga ayricha e'tibor qaratdi. Jumladan, sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1952-yil 2- sentyabrdagi «Paxtachilikni kelgusida rivojlantirish uchun OʻzSSRning Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi erlarni sugʻorish va oʻzlashtirish toʻgʻrisida»gi qarorining qabul qilinishi fikrimizni toʻla isbotlaydi. Qarorda yaqin 4-5 yil ichida, ya'ni 1953 yildan boshlab Markaziy Fargʻonada 65 ming ga qoʻriq erni (shu bilan birga irrigasiya tarmogʻida mavjud boʻlgan 15 ming ga qarovsiz 5
qoldirilgan erlarni) oʻzlashtirish masalasi koʻrib chiqildi. Mazkur qarordan kelib chiqib vodiydagi barcha sugʻorish ishlari paxta yakkahokimligiga toʻla ma'noda boʻysundirildi. Shu davrdan boshlab oʻlka hududida koʻplab irrigasiya inshootlari qurildi ѐki mavjudlari yangilandi [5]. Markaziy Fargʻonada yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish uchun 1953–1963- yillar davomida amalda 40425,8 ming rubl sarflandi [3, 493]. 50-yillarning o‘rtalariga qadar Farg‘ona va Namangan viloyatlari orqali o‘tuvchi Oxunboboyev nomli kanali qurildi. 1954-yili Namangan viloyatida Kosonsoy suv ombori ishga tushirildi [1, 409]. 60-yillardan boshlab Fargʻona vodiysidagi boʻz va qoʻriq erlarni oʻzlashtirish boshlangan. Oʻtgan davr ichida sahro va qumtepa joylarida zamonaviy aholi yashaydigan qishloqlar, yangi xoʻjaliklar paydo boʻldi. Boʻz va Ulugʻnor tumanlari tashkil etildi. 1962 yildan Sharof Rashidovning shaxsan tashabbusi bilan oʻsha vaqtdagi sobiq Ittifoq rahbarlarini qiyinchilik bilan roziligini olib, Andijon suv ombori qurilishi boshlandi. Bu gigant sun'iy havza 6 ming gektardan koʻp maydonni egallagan va 1 milliard 750 million kuba metr suv saqlaydigan va qurgʻoqchilik paytida 44 ming gektar yangi erlarni oʻzlashtirish, 400 ming eski ekin maydonlarini suv bilan ta'minlash imkonini berardi. Shu joydan Kampirovot va Jalolobod magistral kanallari boshlanadi. Ular dalalarga namlik keltirib 100 ming tonna paxta, 75 ming tonna sabzavot, 150 ming tonna mevacheva yaratish imkonini beradi. Bu inshoot tufayli paxta har gektaridan hosildorlik oʻrtacha 4 sentnerga ortishi koʻzlangan. Bu ulkan qurilish 1982 yilda nihoyasiga etdi. Andijon suv ombori balandligi 121 metr, uzunligi 140 metr boʻlgan betonli katta kontrforsli toʻgʻon hosil qilindi. Suv sigʻimi 1,9 milliard m3. Gidrouzel tarkibiga toʻgʻon, suv oʻtkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Ana shu sovetlar davridagi Katta Fargʻona kanali va Andijon suv ombori qurilishida minglab, oʻn minglab andijonliklar mehnat qilib, nafaqat Andijon viloyatini, balki butun vodiyni, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta xissa qoʻshdilar. Bu bilan har bir andijonlik faxrlansa arziydi [14, 318]. Markaziy Farg‘ona qo‘riq yerlarini o‘zlashtirish maqsadida katta hajmda irrigatsiya inshootlari qurildi. 70-yillarda Farg‘ona vodiysini suv bilan ta'minlashni yaxshilash, cho‘llarni o‘zlashtirish uchun sersuv Norin daryosidan suv oladigan Katta Andijon, Katta Namangan kanallari va sig‘imi 2 mlrd kub metr keladigan eng yirik Andijon suv ombori qurildi [1, 42]. 1971–1980-yillarda Andijon oblastida 28 nasos stansiyasi qurilib foydalanishga topshirildi [3, 495]. Andijon oblastida 1950–1990-yillarda sugʻoriladigan maydonlarning oʻsishi va ularda foydalaniladigan suv miqdori yildan-yilga ortib bordi. Oblastda sugʻoriladigan maydonlar 1950-yilda 217 ming gektar, 1960-yilda 245,1 ming gektar, 1970-yilda 265,5 ming gektar, 1980-yilda 282,1 ming gektar, 1990-yilda 289 ming gektarga teng boʻldi [3, 494]. Sho`rolar davrida Namangan viloyatdagi asosiy sug‘orish tarmog‘i - Shimoliy Farg‘ona kanalining suv o‘tkazish quvvatini oshirishga ham alohida e’tibor berildi. Shu maqsadda kanalning 120 km. uzunligidagi o‘zani kengaytirildi, hamda chuqurlashtirildi. Sug‘orish tarmoqlari, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesib o‘tgan joylardagi gidrotexnik inshootlar qayta qurildi. Natijada, esa 30,0 6
ming gektar paxta maydonida suv ta’minotini yaxshilandi. Shu bilan birga Shimoliy Farg‘ona kanali suvi mashinalar orqali kamsuv hududlarga chiqarib beriladi. Mahalliy suv manbalarini katta bo‘lmagan suv omborlariga oqizish tartibga solindi. Yer osti suvlaridan rejali foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Viloyatning suv kam bo‘lgan hududlari, ayniqsa, Kosonsoy, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida eski sug‘orish tarmoqlari qayta qurildi. Ularning 419 km.dan iborat qismi betonlashtirildi. Natijada suvning yerga singib ketishini keskin kamaytirish evaziga foydalanish koeffitsienti 0,80 ga yetkazildi, dalalarga suv ta’minotini 30,0 foizga oshirish imkoniyati tug‘ildi. Viloyatda jami quvvati sekundiga 5 kubometr bo‘lgan 357 ta artezian qudug‘i qazildi [2, 33]. Shoʻrolar hukmronligi davrida Fargʻona vodiysida Qayroqqum, Andijon, Soʻx suv omborlari qurilishi bilan vodiyning moʻ'tadil ikdimi oʻzgara boshladi. Yer osti suvlarining koʻtarilish jarayoni tezlashdi. Chunki shoʻrolar davrida suv omborlari daryolarning oʻzanlariga bunyod etilgan boʻlib, ularning suvdan foydalanish koefisenti juda ham past hisoblanadi. Bu holat quyidagilar bilan iztoushnadi. Suv omborlarining suvida ekin hamda tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur boʻlgan turli minerallarga boy tabiiy loyqa boʻlmaydi. Chunki daryo suvlari suv omborlarda toʻplanib, loyqa suv ombor tubiga choʻkadi. Omborning harorati past, tiniq suvi bir tomondan sugʻoriladigan erlarning erroziyasini kuchaytiradi. Ikkinchi tomondan esa bu suv hosil pishib etilishining kechikishiga olib keladi. Vodiy sugʻorma dehqonchiligiga juda katta salbiy ta'sir koʻrsatayotgan suv inshooti bu Kayroqqum suv omboridir. Chunki ushbu suv ombori Sirdaryoning oʻzanida vodiyni tabiiy daryolar suvi chiquvchi darvozasida barpo etilgan boʻlib, u daryoning hamda er osti suvlari yoʻlida sun'iy toʻsiq hisoblanadi. Bu esa vodiyda sugʻorma dehqonchilikdan ortiqcha tashlama suvlarning suv ombor hududiga kelib toʻplanishiga va oʻz navbatida vodiy miqyosida er osti suvlarining koʻtarilishiga sabab boʻlmoqda [10, 138]. 1985-yilga kelib suv omborlari soni yana ham ko‘paydi. Ularning ta'siri ostida daryolarning suvi tarkibida tuz va zaharli moddalar ko‘payib ketdi. Natijada yerlarning sho‘rlanishi milliy fojia sifatida har tomonlama xavf sola boshladi. Namangan yerlarining 48 foizi, Andijon yerlarining 23 foizi kuchli sho‘rlandi. Respublikamizda 1,5 mln gektardan ortiq yerlar sho‘rlangan edi [1, 435]. 1989-yilda Oʻzbekiston qishloq aholisining 5 foizi kanalizasiya va salkam 50 foizi normal ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi, xolos [14, 340]. Sobiq Ittifoqning soʻnggi davriga kelib butun Oʻzbekistonda boʻlgani kabi aholi oʻta zich joylashgan Andijon viloyatida ham bir qator ijtimoiy masalalar koʻnda lang boʻlib turardi. Shulardan biri er va suv tanqisligi edi. Chunki viloyatning umumiy er maydoni Oʻzbekiston hududining bor-yoʻgʻi 0,9 foizini tashkil etgan holda, bu erda mamlakatimiz aholisining 10 foizi istiqomat qilgan. 1989 yildan boshlab Andijonda muhtoj oilalarga 8 sotixdan er uchastkalari berish boshlandi. Oʻzbekiston xali Ittifoq tarkibida ekanligidayoq, shu vaqtgacha mamlakatimizning xomashyo resurslaridan tekin foydalanib kelingan Moskvaga ijtimoiy masalalarni xal etish boʻyicha jiddiy talablar qoʻyila boshlandi. Shulardan biri Andijon shahri aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi edi. 7
Oradan hech qancha vaqt oʻtmay Sverdlovskdan diametri 1,5 metrga teng metall quvurlar keltirila boshlandi. Natijada Xonobod-Andijon suv tarmogʻi barpo etilib, aholi eng arzon va eng sifatli boʻlgan toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi [14, 380]. Yuqorida keltirilgan tarixiy ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, Far’ona vodiysi aholisi uzoq sug’orma dehqonchilik madaniyatiga ega. O’zining ming yillar davomida sug’orish a’nanalariga ega. Yirik daryo va soylarning mavjudligi suv bilan bog’liq madaniyatning shakllanishiga va sodda texnikalar foydalanilganligi ma’lum. Suvni milliy qadriyatimizda e’zozlash va uni isrof qilmaslik masalasi Rossiya imperiyasi va sovet davriga kelib o‘z ahamiyatin yo‘qotgan hamda bu bilan bo’g’liq qarashlar inobatga olinmadi. Natijada yerlarni sho’rlashish, sizob suvlarining ko’tarilishi hamda ekologik holatining og’irlashuvi kabi muammolarning ko’ndalang bo’lishiga olib keldi. Sun’iy suv ishootlarining qurilishi hududning demografik vaziyati inobatga olinmadi va ekin maydonlarining qisqarishiga va aksincha qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilishi suv manbaalaridan samarasiz foydalanishga olib keldi. Natijada, yerlarning sho‘rlanishi, sizob suvlarning ko‘tarilishi kabi ekologik muammolarning ortishiga sabab bo‘ldi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar14 ta adabiyot
- Nazirov B.S., Yaqubova D.T O‘zbekistonda yer-suv munosabatlari tarixi (qadimgi davrdan hozirgi kunga qadar). –Termiz. Bekshox print servis. 2023. –B. 329-330.
- Sharofiddinov M.M. Namanganda sovet mustamlakachiligi davrida irrigatsiya tizimi va sug‘orish inshootlari. // Research Focus. –2023. №11. –B. 33. https://refocus.uz/index.php/1/article/view/592
- Turgunov A. Andijon oblastida irrigatsiya-melioratsiya ishlari (1941–1991-yillar) // Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue. –2024. –№10. B. 493.
- Аshirov A.A, Karimov U.D. O‘zbek xalqining ekin-tikinchilik marosimlarida diniy va milliy qadriyatlar simbiozi // Ma`mun Sceince. -2024. -№2. –B 210.
- Абдуллаев Б. ХХ асрнинг 50-90 йилларида фарғона водийсида мавжуд сув омборлари ва ирригация иншоотлари https://cyberleninka.ru/article/n/hh-asrning-50-90-yillarida-far-ona-vodiysida-mavzhud-suv-omborlari-va-irrigatsiya-inshootlari/viewer
- Анарбаев А.А. Ўзбекистонда илк суғорма деҳқончиликнинг шаклланиши ва антропоген ландшафтни ташкил топиши //Я.Ғуломов номидаги республика илмий семинарларининг “Ўзбекистон ҳудудида деҳқончилик маданиятининг тарихий илдизлари ва замонавий жараёнлар” мавзусидаги 37- йиғилиш материаллари. – Тошкент, 2006. – 9 – 15- б.
- Анорбоев А. Ўзбекистонда илк давлатчилик ва унинг ўрганилиш тарихидаги баъзи бир муаммолар // O‘zbekiston tarixi. – 2004. – №4. – 10 – 11- б
- Исоқов З. Фарғона Водийси анъанавий деҳқончилик маданияти (хўжалик-маданий анъаналар: тавсифи ва таҳлили). –Т.: Yangi nashr 2011. –Б.13.
- Мўминов Б. Фарғона водийсида Чуст маданиятининг келиб чиқиш масаласи. // Innovate academy. Yosh olimlar ilmiy amaliy konferensiyasi. -2024. -№11. – Б.116. https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/30661
- Насриддинов Қ. Фарғона водийси суғорма деҳқончилигининг ўзига хос жиҳатлари. / Андижон Давлат университетининг 75 йиллигига бағишланган “Истиқпол ва миллий тарих” мавзуидаги илмий-амалий конференция (2006 йил 28-29 декабр) материаллари. -Андижон., Andijon nashriyot-matbaa. 2007. –Б 138.
- Насритдинов Қобилжон. Фарғона водийси деҳқончилигидаги милерация муаммолари: тарихи ва таҳлили. (XX асрнинг биринчи ярми) // Ўтмишга назар. –2019. –№22. B. 14.
- Насритдинов Қобилжон. Фарғона водийсининг суғорилиш тарихи. «Янги аср авлоди», Тошкент, 2009, 27-бет
- Ўзбекистон ССР тарихи. III том. –Т.: 1967. – Б. 32
- Шамсутдинов Р.Т., Исҳоқов А.А. Андижон тарихидан лавҳалар. –Т.: Шарқ, 2013. –Б 106.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011124
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/95
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 289–297
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25