Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHUST SHAHRI TARIXI, GEOGRAFIK JOYLASHUVI, MADANIYATI VA HUNARMANDCHILIGI, IJTIMOIY VA IQTISODIY HAYOTI
Namozov Ilgorbek Khatamjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining arxeologik yodgorliklaridan biri hisoblangan qadimiy Chust shahri haqida arxeologik, tarixiy, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ma‘lumotlar tahlil qilinadi. Chustning bronza davridan boshlab to hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari, arxeologik topilmalar asosida uning o‘ziga xosliklari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, shaharning hunarmandchilik, dehqonchilik va shaharlik madaniyatidagi ahamiyati yoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
НАЦИОНАЛЬНАЯ ОДЕЖДА – ЗЕРКАЛО ДУХОВНОСТИ
Yusupov Azamjon Abdulladjanovich, Aliyeva Muxlisabonu Bahodirjon qizi · Материалы международной научно-практической конференции по «АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ» · 2025
Maqola xalqimizning turmush tarzini ifodalovchi madaniy an‘analarga juda boy hisoblangan o‘zbek milliy libosiga bag‘ishlangan. Hozirgi vaqtda, bizning davrimizda shaharlarda milliy libosdagi odamlarni uchratish odatiy hol emas, bugungi kunda u an‘anaviy bayram tadbirlarida kiyiladi, ammo qishloq joylarda u hali ham kundalik va dam olish kunlari kiyimining bir qismi bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XIX ASRNING IKKINCHI YARMIDA BUXORO AMIRLIGIDA YASHAGAN TOJIK, ARAB, O‘ZBEK URUG‘LARI
Safarov Tolib Todjievich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligi hududida istiqomqt qilgan tojik, arab hamda o‘zbek urug‘larining qisqacha umumiy tavsifi hamda ushbu etnoslar va ular bilan bog‘liq etno-siyosiy jarayonlar haqida fikr-mulohaza yuritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
К ИСТОРИОГРАФИИ ТЕМЫ О СУЩНОСТИ ТЕРМИНА «САРТ»
Lukashova N.M., Yusupov Z.U. · Материалы международной научно-практической конференции по «АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ» · 2025
Maqolada rus va sovet tarixshunosligi materiallariga asoslanib, “sart” ta‘rifi tavsiflanadi, chunki u Rossiya imperiyasining bosib olinishi davrida va undan keyingi davrda O‘rta Osiyo mintaqalari tub aholisining etnik rivojlanishi tadqiqotchilariga taqdim etilgan. Maqola mualliflari ushbu atama bo‘yicha turli xil qarashlarni va ushbu muammo bo‘yicha o‘rnatilgan nuqtai nazarning yo‘qligini ifodalaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEK XONLIKLARI AHOLISINING ETNIK TARKIBI
Abdullayev Ulugbek Saydanovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada XVI–XIX asrlarda O‘rta Osiyo xonliklarida kechgan etnik jarayonlar, ularning mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy voqealarga ta‘siri, mahalliy o‘troq turkiy tilli etnoslar, nisbatan kamchilikni tashkil qiluvchi forsiyzabon hamda boshqa tillarda so‘zlashuvchi etnik guruhlarning xonliklar hayotida tutgan o‘rniga doir ma‘lumotlar yoritib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSIDA TEMIRGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYALARI TARIXI
Makhmudov Abdukakkhor Burkhonjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida qadimdan temirga ishlov berish texnologiyalari tarixi hususida ma‘lumotlar keltirilgan. Temirga ishlov berish texnologiyalari “Chust madaniyati”, Qorabuloq va Munchoqtepa arxeologik yodgorligi, Axsikent temirchilik markazlari misolida o‘rganilgan. Shuningdek Axsikent metallurg-temirchi ustalarining yuqori sifatli tigel po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida fikrlar berib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ФОРМИРОВАНИЕ ГОРОДСКИХ И СЕЛЬСКИХ ПОСЕЛЕНИЙ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ
Tursunov Buston Rakhmonovich, Jurabaeva Midzhgona · Материалы международной научно-практической конференции по «АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ» · 2025
Arxeologik ma‘lumotlar, yozma manbalar va tarixiy adabiyotlarni taqqoslash asosida Sirdaryo havzasidagi aholi punktlarining genezisi va urbanizatsiya jarayoni tahlil qilinadi. Chust va Qayroqqum madaniyatlari haqida qisqacha ma‘lumot berilgan bo‘lib, unda ularning qo‘shni viloyatlar bilan o‘zaro aloqasi, vodiyda ilk dehqonchilik vohasi – aholi punktlari: Eylatana, Dalverzin, Chinband-tepa, Xontepaning paydo bo‘lishi ko‘rsatilgan. Qadim zamonlardan qolgan aholi punktlari haqidagi dastlabki yozma ma‘lumotlar zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da ko‘p uchraydi, unda qadimgi Xo‘jand shahri tilga olinadi. Keyinchalik ilk shahar-davlatlarni tashkil etgan va ularning birlashishi natijasida O‘rta Osiyoda ilk davlatlar vujudga kelgan ittifoqlar haqida ham ma‘lumotlar mavjud. Ahmoniylar davrida aholi punktlari soni ortdi. Vodiyning g‘arbiy qismi oriylar avlodlari tomonidan tuzilgan birinchi global imperiya tarkibiga kirdi. Bunjikat va Xo‘jand oralig‘ida erksevar mahalliy aholining yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurashida yettita shahar tilga olinadi. Ellinizm davrida va Farg‘ona—Davonda davlatning tashkil topishi bilan vodiyda shaharlar soni sezilarli darajada ko‘paydi. Bu davrdagi aholi punktlarini chuqur o‘rgangan A. M. Bernshtam ko‘pchilik yangi aholi punktlari eskilari o‘rnida paydo bo‘lganligini qayd etgan. Qadimgi va o‘rta asrlarning so‘nggi bosqichlari — xitoy, pahlaviy, turkiy, arab, fors-tojik tillariga oid yozma manbalarda Sirdaryo havzasidagi urbanizatsiya jarayoni haqida ma‘lumotlar berilgan. Ushbu manbalar tufayli havzadagi urbanizatsiya jarayonini kuzatish mumkin.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XIII ASR BOSHLARIDA AXSIKENT SHAHRINING MUDOFAA DEVORI: QURILISH USULLARI VA AHAMIYATI.
Arslanov Bahadir · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari qatoriga kirgan Axsiqent (Axsikat) shahrining ichki shahristonini o‘rab olgan mudofaa devori tahlil qilinadi. Tadqiqotda qadimgi davrlardan XIII asrning birinchi choragigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida shaharning qudratli mudofaa inshootlari rivojlanish jarayonlari, har bir bosqichdagi devorlarning me‘moriy xususiyatlari, qurilish texnologiyalari va qo‘llanilgan materiallar haqidagi ma‘lumotlar taqdim etilgan. Shuningdek, turli davrlarda mudofaa devorlarini qurishga ta‘sir ko‘rsatgan iqtisodiy, siyosiy va harbiy omillar ham tahlil qilinadi. Asosiy e‘tibor XIII asrning birinchi choragida qurilgan ichki shahriston devorini barpo etish sabablari, uning konstruktiv yechimlari, siyosiy va harbiy ahamiyatiga qaratilgan. Maqolada XVIII–XIX-sonli obyektlarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida aniqlangan ushbu mudofaa devorining me‘moriy xususiyatlari yoritib beriladi. Bundan tashqari, devorning saqlanish darajasi va davriy mansubligini aniqlashga yordam beruvchi arxeologik topilmalar, xususan, keramika buyumlari haqidagi ma‘lumotlar ham keltirilgan. Shahar rivojiga devorlar qurilishining ta‘siri, ularning aholining xavfsizligini ta‘minlashdagi roli hamda o‘sha davr shaharsozlik jarayonlari bilan bog‘liqligi ham tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI ARXEOLOGIYASI VA ZAMONAVIY USULLAR.
Jumayev Abror Muzaffarovich, Otakulova Parinoz Ilyos kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining arxeologiyasi va uning tadqiqot natijalari muhokama qilingan. Ushbu hududning arxeologik yodgorliklari, savdo yo‘llari, qadimiy shaharlar, nekropollar va yozuvlar kabi muhim topilmalar haqida so‘z borgan. Maqolada Farg‘ona vodiysining tarixiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, zamonaviy arxeologik tadqiqotlar, yangi metodlar va texnologiyalar, xususan LIDAR, dronlar, 3D format va geofizik usullardan foydalanishga alohida e‘tibor qaratilgan. Maqola arxeologiya va etnologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ularning foydalanish sohalari haqida ma‘lumot beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI – DUNYO NIGOHIDA (KO‘HNA AXSIKENT TIMSOLIDA)
Abduvohidova Rukhshona Doniyorbek qizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada “O‘zbekiston gavhari” deya e‘tirof etilgan Farg‘ona vodiysining arxeologik yodgorliklari, xususan, Axsikent yodgorligi, unda olib borgan arxeologik tadqiqotlar va uning natijalari haqida ma‘lumot beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSIDA KULOLCHILIK, SHAHARSOZLIK VA ME‘MORCHILIK( AXSIKENT YODGORLIGI MISOLIDA)
Shakhnoza Mukhammadjonovna Khayitova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada qadim Farg‘ona vodiysi va undagi shahar Axsikent ,shaharda hunarmandchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan kulolchilik tarixi,tuproqqa ishlov berish, kulollar tomonidan qanday buyumlar tayyorlanganligi, tayyorlanish jarayoni va ushbu buyumlarning bir biridan yasalish va davr nuqtai nazaridan farqli va o‘xshash tomonlari, hamda Axsikentda shaharsozlik,me‘morchilik, temirchilik va bugungi kun tadqiqotlari va natijalar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI
Abduhamidov Doniyorbek · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada qadimiy va hamisha navqiron, “O‘rta Osiyo durdonasi” bo‘lgan Farg‘ona vodiysining bronza, temir va antik davrlarga oid yodgorliklari to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSIDAGI DALVARZIN YODGORLIGI HIMOYA INSHOOTINING O‘RGANILISHI TAHLILLARI
Normatov Sherzod Mirzayevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola Farg‘ona vodiysidagi Dalvarzin manzilgohining o‘rganilishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARINING DAVLATCHILIK TARIXIDAGI O‘RNI (CHUST YODGORLIGI MISOLIDA)
Beknazarov Borillo Erkinboyevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi va vodiydagi arxeolgik yodgorliklar, ulardan qazish ishlari davomida topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari, xususan, Chust yodgorligi, bu madaniyatga tegishli hunarmandlar ustaxonalari qoldiqlari,turarjooylar qoldiqlari,Chustda hunarmandchilik va kulolchilik rivoji, mudofaa devorlari qoldiqlari va me‘morchilik, binokorlik haqidagi ma‘lumotlar jamlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SO NGGI BRONZA VA ILK TEMIR DAVRI FARG ONA VODIYSIDAGI CHUST VA EYLATON YODGORLIKLARI HIMOYA INSHOOTLARINING O RGANILISHI TAHLILLARI
Normatov Sherzod Mirzayevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola Farg‘ona vodiysining so‘nggi bronza va ilk temir davri himoya inshootlari Chust va Eylaton manzilgohlarining barpo qilinishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QIRQXUJRA (CHILXUJRA) – ARXEOLOGIYA YODGORLIGIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOTLAR.
Nasriddinov Shukrullo Nazrullaevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqola Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Qirqxujra yodgorligida olib borilgan arxeologiya tadqiqotlari tarixiga bag‘ishlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ANTIK DAVR FARG‘ONA VODIYSIDAGI HIMOYA INSHOOTLARINING QIYOSIY TAHLILLARI
Eshov Bakhodir Jorayevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola Farg‘ona vodiysidagi himoya inshootlarining kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSINING G‘OVASOY VOHASIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR
Bekmirzayev Islamjon Ibrahim oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan G‘ovasoy vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotlar davomida vohaning o‘rta qismida joylashgan va so‘nggi bronza hamda ilk temir davrlariga oid Bibiona (Chust madaniyatiga mansub) yodgorligida amalga oshirilgan qazishmalar asosida muhim ilmiy xulosalar ilgari surilgan. Mazkur yodgorlikdan aniqlangan arxeologik materiallar – jumladan, qadimgi sopol buyumlar, metallurgiya faoliyatiga oid izlar, xo‘jalik va turar-joy inshootlari – G‘ovasoy vohasida antropogen landshaftning shakllanish jarayonlarini aniqlash va baholashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ANTIK DAVR FARG‘ONA VODIYSIDAGI HIMOYA INSHOOTLARINING QIYOSIY TAHLILLARI
Eshov Baxodir Jo‘rayevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqola Farg‘ona vodiysidagi himoya inshootlarining kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AXSIKENT ARXEOLOGIYA PARKI (NATIJALAR VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR)
Anarbayev Abdulhamidjon · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Namangan viloyati To‘rqo‘rg‘on tumanida joylashgan Axsikent arxeologiya yodgorligi asosida tashkil etilayotgan Axsikent arxeologiya parkini bunyod etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish va tadqiqot ishlari bo‘yicha natijalar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ilmiy mulohazalar yuritilgan.