Asosiy mazmunga o‘tish

ANTIK DAVR FARG‘ONA VODIYSIDAGI HIMOYA INSHOOTLARINING QIYOSIY TAHLILLARI

Eshov Bakhodir JorayevichQarshi davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi t.f.d. professor2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 28–32

Annotatsiya

Ushbu maqola Farg‘ona vodiysidagi himoya inshootlarining kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЗАЩИТНЫХ СООРУЖЕНИЙ ДРЕВНОСТИ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ

В статье на основе научных источников и литературы сравниваются происхождение, этапы развития и анализируются защитные сооружения Ферганской долины.

inglizchaCOMPARATIVE ANALYSIS OF PROTECTIVE STRUCTURES IN THE FERGANA VALLEY OF ANTIQUITY

The article compares the origin, stages of development and analyzes the protective structures of the Fergana Valley based on scientific sources and literature.

Kalit so‘zlar

  • Antik davr
  • Shurabashot davri
  • Marhamat davri
  • Mingtepa
  • Sarvontepa
  • Kulunchak
  • Xo‘jambog‘tepa
  • Miqtiqo‘rg‘on
  • Mirzaolimtepa
  • Bilovurtepa
  • Arktepa
  • Oroltepa
  • shinaklar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ANTIK DAVR FARGʻONA VODIYSIDAGI HIMOYA INSHOOTLARINING QIYOSIY TAHLILLARI

COMPARATIVE ANALYSIS OF PROTECTIVE STRUCTURES IN THE FERGANA VALLEY OF ANTIQUITY

СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЗАЩИТНЫХ СООРУЖЕНИЙ ДРЕВНОСТИ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ

Eshov Baxodir Joʻrayevich Qarshi davlat universiteti “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi t.f.d. professor https://doi.org/10.5281/zenodo.16870114

Annotatsiya Ushbu maqola Fargʻona vodiysidagi himoya inshootlarining kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari va tahlillari ilmiy manbalar va adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil etilgan. Abstract. The article compares the origin, stages of development and analyzes the protective structures of the Fergana Valley based on scientific sources and literature. Аннотация В статье на основе научных источников и литературы сравниваются происхождение, этапы развития и анализируются защитные сооружения Ферганской долины. Kalit soʻz: Antik davr, Shurabashot davri, Marhamat davri, Mingtepa, Sarvontepa, Kulunchak, Xoʻjambogʻtepa, Miqtiqoʻrgʻon, Mirzaolimtepa, Bilovurtepa, Arktepa, Oroltepa, shinaklar. Key words: Antiquity period, Shurabashot period, Merhamat period, Mingtepa, Sarvontepa, Kulanchak, Khodjambogtepa, Miktikurgan, Mirzaolimtepa, Bilovurtepa, Arktepa, Oroltepa, Shinaki. Ключевое слово: Период античности, период Шурабашот, период Мерхамат, Мингтепа, Сарвонтепа, Куланчак, Ходжамбогтепа, Миктикурган, Мирзаолимтепа, Биловуртепа, Арктепа, Оролтепа, шинаки.

Antik davr Fargʻona vodiysida mil. avv. IV-I asrlar Shurabashot davri va milodiy I-IV asrlar Marhamat davrlari ajratilgan [1,106-112]. Hozirgi kunga kelib Shurabashot davri yodgorliklari himoya inshootlarida qator tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar Shurabashot, Mingtepa, Sarvontepa koʻhna shaharlari, Kulunchak, Xoʻjambogʻtepa kabi qoʻrgʻonlar himoya inshootlari haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Mingtepa koʻhna shahri Andijon viloyati, Marhamat shahrining sharqiy chekkasida joylashgan boʻlib, 38 gektar maydonni egallagan. Ushbu koʻhna shahar antik davr Fargʻona vodiysi boshqa yodgorliklardan maydoni, toʻgʻri burchakni rejasi va mustahkam himoyalanganligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, koʻhna shahar toʻgʻri burchakli minoralari, 5 metr qalinlikdagi mustahkam poydevor ustida qurilgan qaʼlasi boʻlgan qalin devor bilan oʻrab olingan [2, 64-66]. Ammo, dastlabki tadqiqotlar davomida koʻhna shahar himoya devorlarining bosqichma-bosqich rivojlanishi, koʻhna shahardagi boshqa himoya inshootlarining paydo boʻlishi masalalari ochiq qolganligi sababli keyingi tadqiqotlarga ehtiyoj sezilgan.

Yangi tadqiqotlar koʻhna shaharning himoya devorlarida olib borildi[3,101- 104]. Ushbu tadqiqotlar natijasida Mingtepa koʻhna shahrining himoya devorlari qoʻyidagi uchta davrda mustahkamlanib borganligi kuzatilgan:

Birinchi davr-mil. avv.III-I asrlar. Bu davrda enliligi 2,5 metr va toʻgʻri burchakli minoralari boʻlgan himoya devori bunyod etiladi. Minoralarning ichki tomondan oʻlchami 10,5x5,5 metr. Minoralar va devor paxsadan qurilgan boʻlib, ularda oʻq otish shinaklari mavjud [4].

Ikkinchi davr-milodiy I-II asrlar. Himoya devorlari va minoralar kuchaytiriladi, yaʼni, devorning qalinligi 4 metrgacha balandligi 4,2 metrga boradi. Minoralar atrofi xom gʻisht terib, oʻrab olinganligi bois eni 18 metrga kengayadi. Ehtimol, minora xonalari ham mavjud boʻlgan.

Uchinchi davr-milodiy III-IV asrlar. Himoya devorlari yon tomonida xom gʻisht terilib, ichki va tashqi tomondan kengayib qalinligi 7,3 metrga boradi. Devorlarda kamondan oʻq otish shinaklari koʻpaytirilib, minora xonalari qisqaradi.

Mingtepa koʻhna shahri himoya inshootlarining oʻziga xosligi shundaki, har uchchala davrda himoya devorlarida ichki kamondan oʻq otish yoʻlaklari (koridor) mavjud emas edi. Xuddi shunday holatni shimoliy-sharqiy Fargʻonaning Karkidon vohasidagi Miqtiqoʻrgʻon koʻhna shahrida himoya devorlari (qalinligi 10 metrgacha)da ham kuzatish mumkin [5,39-48].

Shaharga kiraverishdagi hudud hamda shahar ichining, himoya devorlarining koʻplab qalalar bilan oʻrab olinganligi Mingtepaning kuchli himoyalangan koʻhna shahar boʻlganligini dalillaydi. Xuddi shunga oʻxshash oʻtroq aholining kuchli himoya tizimi Parfiya koʻhna shaharlarida ham oʻrganilgan [6].

Vodiydagi yana bir antik davrga oid yodgorlik Sarvontepa hisoblanadi. Ushbu yodgorlik Andijon shahrining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, 6 metr balandlikdagi tepalikdan iborat. Sarvontepa ilk marta B. Abdulgʻoziyeva tomonidan oʻrganilgan boʻlib, “milodiy I-VIII asrlar” bilan sanalangan. Qazishmalar natijasida ushbu yodgorlik ikkita qurilish davrida qurilgan, 3 metr qalinlikdagi devorlar bilan oʻrab olinganligi aniqlangan. Devorlar 1,5 metr shibbalangan tuproq poydevor asosda qurilgan [7, 21].

Mustaqillik yillarida Andijon shahrining yoshini aniqlash maqsadida Sarvontepada tadqiqotlar qayta tiklandi. Dastlabki ishlar Eylaton madaniyatiga oid materiallar yoyilgan madaniy qatlamlarni aniqlashdan boshlanib, keyinroq poydevor asoslarining yanada qadimgiroq qatlamlarini aniqlashga harakat qilingan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida umumiy maydoni 15 gektardan iborat boʻlgan Sarvontepa qalali manzilgoh boʻlib, mil. avv. I ming yillik oxirlaridan milodiy I ming yillik oʻrtalarigacha mavjud boʻlgan. Yodgorlikda kuchli himoya inshootlarining mavjudligi Sarvontepa vohaga kirishdagi malum himoya vazifasini bajarganligi[8,24] haqidagi xulosalarga asos boʻlib xizmat qilgan.

Fargʻona vodiysining antik davr himoya inshootlari haqida gap ketganda takidlash lozimki, koʻhna shaharlarning tarixiy rejasi har doim ham toʻgʻri burchakli boʻlmasdan ular atrofi minoralar bilan kuchaytirilgan mudofa devorlari bilan oʻrab olingan.

Antik davrga oid uch qismdan iborat boʻlgan Shoʻrabashot koʻhna shahri 70 gektar maydonni egallagan. Koʻhna shahar himoya devorlarining ochilishi devorlarining shibbilangan tuproqdan qad koʻtarish ananalari Shoʻrabashotda ham davom etganligini koʻrsatadi. Aftidan, bu devorlar xom gʻisht yoki paxsa bilan oʻralib, mustahkamlangan. Bu devorlarni tadqiq etgan N. G. Gorbunova Shoʻrabashot koʻhna shahar himoya tizimida minoralar boʻlmagan, deya xulosa chiqargan. Ammo, himoya devorlarining bunday qurilishi Shoʻrabashot davrining ilk bosqichiga oid boʻlishi mumkin. Chunki mil. avv.II asrdan boshlab qurilish texnikasi oʻzgarib borgan [9, 61].

Takidlash lozimki, Mingtepa koʻhna shahri ham Shoʻrabashot davrida bunyod etilgan. Koʻhna shahar toʻgʻri burchakli rejaviy tuzilishiga ega boʻlib, toʻgʻri burchakli minoralari boʻlgan paxsadan qad koʻtargan. Aynan Shoʻrabashot davrida ichkarida hovlisi boʻlgan mustahkamlangan qoʻrgʻonlar bunyod etiladi. Xoʻjambogʻtepa va Mirzaolimtepa yodgorliklari aynan mana shunday qoʻrgʻonlar sirasiga kiradi. Koʻp xonali uylardan iborat Mirzaolimtepa qoʻrgʻoni 5 metr balandlikdagi poydevor ustiga qad koʻtarib, 2 metr qalinlikdagi paxsa devor bilan oʻrab olingan [10].

Shoʻrabashot davrining ilk bosqichida ham himoya devorlari ayrim manzilgohlarda paxsadan qad koʻtarganligi qayd etilgan. Misol uchun mil. avv. V-II-asrlarga oid Qulunchak qishloq manzilgohining 0,5 gektar maydoni paxsadan qurilgan devor bilan oʻrab olingan [11,11-17].

Taʼkidlash joizki, Fargʻona vodiysining Marhamat davri (antik davr) himoya inshootlarining barcha asosiy: kuchli himoyalangan qala; oʻq otish yoʻlaklari va minoralari boʻlgan mustahkam himoya devorlari; devorlardagi shinaklar; tashqi devor oldidagi xandaqlar; koʻhna shahardan togʻlarga qadar zanjirsimon choʻzilgan xabar beruvchi (ogohlantiruvchi) kabi belgilarga ega boʻlganligi bilan ajralib turadi. Bu davr yodgorliklari orasida Bilovurtepa va Arktepa koʻhna shaharlari hamda Oroltepa qalalari yaxshi oʻrganilgan.

Bilovurtepa, Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani Turabod qishlogʻida, Oqbura daryosining chap qirgʻogʻida joylashgan. Koʻhna shahar shimoli-gʻarbiy qismida trapetsiya shaklidagi qalasi boʻlgan 1 gektar maydonda saqlanib qolgan. Koʻhna shaharning tashqi devorida bir-biridan malum masofada joylashgan toʻrtta minora mavjud. Minoralar himoya devorlari chizigʻidan chiqmagan. Devorlardagi oʻxshash minoralar Xorazmdagi Qoʻyqirilgan qala koʻhna shahri minoralarida uchraydi [1248-53].

Bilovurtepadagi minoralarning bunday joylashuvi undagi arkni oʻrab turgan ikki qatorli devor bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Ichki va tashqi devorlar1 metr qalinlikda boʻlib, devorlar oraligʻida yoʻlak qoldirilgan. Himoya devorlarining ichida beshta katta-kichik xonalar boʻlib, ularning eng kattasi 50 kv.m.ga boradi. Bino ichiga kirish uchun devorning shimoliy tomonida darvozasi mavjud boʻlgan [13, 90-94].

Milodiy I-IV asrlarga kelib, Marhamat bosqichi davrida arklar yanada rivojlanadi. Mingtepa arkining himoya tizimida oʻzgarishlar boʻlib, burchaklarida minoralari boʻlgan oʻq otish yoʻlaklari aniqlangan. Taʼkidlash lozimki, Antik davr Xorazm, Sugʻd, Baqtriya arklari ham himoyalanish va mamuriy markazlardan tashqari, sigʻinish (diniy) himoyalanish va mamuriy markazlar vazifalarini ham bajarganlar [14,124]. Ammo, Fargʻona vodiysi arklarining diniy markazlar vazifasini ham bajarganligi deyarli kuzatilmagan. Faqatgina Bilovurtepa arki ikkinchi davri rejaviy tuzilishida diniy inshoot mavjudligi haqida taxminlar mavjud [15,94] xolos. Xullas, antik davr Fargʻona vodiysi mudofaa inshootlarini mavjud manbalar asosida oʻrganish, bu jarayonni Oʻrta Osiyoning boshqa tarixiy-madaniy viloyatlari mudofaa tizimi bilan qisman qiyosiy tahlil etish shuni koʻrsatadiki, Fargʻona mudofaa tizimi evolyutsiyasi oʻziga xos boʻlsada, boshqa hududlardagi shu jarayonlar bilan oʻxshashlik topadi. Taʼkidlash lozimki, antik davr vodiyning himoya tizimi rivojida ikkita anʼana- devorlar qurilishidagi anʼanaviylik hamda ilgarigi tajribalarni tez oʻzlashtirish holatlari yaqqol kuzatiladi. Vaqt oʻtishi bilan harbiy qurollanish, urush olib borish strategiyasi va usullarining oʻzgarib borishi bilan koʻhna shahar va qalʼalardagi mudofaa tizimi ham takomillashib boradiki, bu jarayon nafaqat Fargʻona vodiysi, balki qadimgi Oʻrta Osiyoning barcha tarixiy-madaniy viloyatlari uchun ham xosdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. Горбунова Н.Г. Поселения Ферганы первых веков нашей эры // СА. М., 1977. №3.
  2. Заднепровский Ю. А., Матбабаев Б.Х. Городище Мархамат// ИМКУ. Ташкент. 1991. Вып. 25.
  3. Матбабаев Б.Х., Абдуллаев Б.М. Исследование на западной оборонительной стены городиша Мингтепа // Археологические исследование в Узбекистане-2001 год. Ташкент. 2002.
  4. Матбобоев Б.Х. Қадимги Фарғона мудофаа иншоотлариниг ривожланиш босқичлари // ОНУз.- Тошкент, 1997.
  5. Горбунова Н.Г. Памятники Керкидонской группы в Южной Фергане // АСГЭ.-М., 1987.-Вып. 28.
  6. Кошеленко Г. А. Парфиянская фортификация // СА. №2. 1963.
  7. Абулгазиева Б. Восточная Фергана в древности и раннем средневековье // Автореф. дисс. канд. ист. наук. Самарканд: ИА АН РУз. 1988.
  8. Абдуллаев Б. М. Возникновение и этапь развития фортификации Ферганы в древности и средневековье (кон. II тыс.дон.э.-нач. II тыс. ы. э) // Автореф. дисс. канд. ист. наук. Самарканд. 2007.
  9. Горбунова Н.Г. Оборонительные сооружения на поселениях...
  10. Перегулова С. Я. Древняя Фергана по песьменным источникам и археологическим материалам // Изучения древнего и средневекового Кыргизистана.-Бишкек, 1998.
  11. Абулгазиева Б. Археологические памятники Мархаматского района Андижанской области // ИМКУ-Ташкент, 1992. Вып.26.с. 119-125; Она же. К исследованию фортификационных сооружений городов Ферганы эпохи античности // Марк . Ос. Урбанизация жараёнларининг пайдо бўлиши ва ривожланиш босқичлари. - Самарқанд. 1995.
  12. Ходжаниязов Г. История развития фортификации античного Хорезма // СА, 1981-№2.
  13. Заднепровский 70.А. Городище Биловур-тепе // КСИА.М., 1985. Вып. 184.
  14. Исаков А. И. Цитадель древнего Пенджиканта.- Душанбе. Дониш. 1977.
  15. Заднепровский Ю. А. Городище Биловур-тепе // КСИА.М., 1985. Вын. 184.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011045
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/6
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
28–32
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-08