Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI – DUNYO NIGOHIDA (KO‘HNA AXSIKENT TIMSOLIDA)

Abduvohidova Rukhshona Doniyorbek qiziNamangan davlat universiteti, Tarix yo‘nalishi talabasi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 56–60

Annotatsiya

Ushbu maqolada “O‘zbekiston gavhari” deya e‘tirof etilgan Farg‘ona vodiysining arxeologik yodgorliklari, xususan, Axsikent yodgorligi, unda olib borgan arxeologik tadqiqotlar va uning natijalari haqida ma‘lumot beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaАРХЕОЛОГИЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ ФЕРГАНЫ – ВО ВЗГЛЯДЕ МИРА (НА ПРИМЕРЕ ДРЕВНЕГО АХСИКЕНТА)

В данной статье представлена ​​информация об археологических памятниках Ферганской долины, известных как «Жемчужина Узбекистана», в частности памятнике Аксикент, проведенных там археологических исследованиях и их результатах.

inglizchaTHE ARCHAEOLOGICAL HERITAGE OF FERGANA – IN THE EYES OF THE WORLD (ON THE EXAMPLE OF ANCIENT AKHSIKENT)

This article provides information on the Fergana Valley archeological monuments, particularly the archeological monument, which were recognized by "Gavkari of Uzbekistan, and the Axikent monument and its results.

Kalit so‘zlar

  • Axsikent
  • Davan
  • Syuan Szyan
  • A.N.Bernshtam
  • N.I.Veselovskiy
  • Yahyo G‘ulomov
  • A.Anorboyev
  • ark
  • shahriston
  • rabot
  • 70 gektar
  • madaniyat markazi
  • mustaqillik
  • direksiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

FARG‘ONA ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI – DUNYO NIGOHIDA (KO‘HNA AXSIKENT TIMSOLIDA)

THE ARCHAEOLOGICAL HERITAGE OF FERGANA – IN THE EYES OF THE WORLD (ON THE EXAMPLE OF ANCIENT AKHSIKENT)

АРХЕОЛОГИЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ ФЕРГАНЫ – ВО ВЗГЛЯДЕ МИРА (НА ПРИМЕРЕ ДРЕВНЕГО АХСИКЕНТА)

Abduvohidova Ruxshona Doniyorbek qizi Namangan davlat universiteti, Tarix yo‘nalishi talabasi E-mail: ruxshona01062005@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16871313

Annotatsiya. Ushbu maqolada “O‘zbekiston gavhari” deya e’tirof etilgan Farg‘ona vodiysining arxeologik yodgorliklari, xususan, Axsikent yodgorligi, unda olib borgan arxeologik tadqiqotlar va uning natijalari haqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar. Axsikent, Davan, Syuan Szyan, A.N.Bernshtam, N.I.Veselovskiy, Yahyo G‘ulomov ,A.Anorboyev, ark, shahriston, rabot, 70 gektar, madaniyat markazi, mustaqillik, direksiya. Аннотация. В данной статье представлена информация об археологических памятниках Ферганской долины, известных как «Жемчужина Узбекистана», в частности памятнике Аксикент, проведенных там археологических исследованиях и их результатах. Ключевые слова. Ахсикент, Даван, Суан Сзянь, А.Н. Бернштам, Н.И. Веселовский, Яхья Гуломов, А. Анорбоев, ковчег, Шахристон, Рабат, 70 га, культурный центр, независимость, дирекция. Annotation. This article provides information on the Fergana Valley archeological monuments, particularly the archeological monument, which were recognized by "Gavkari of Uzbekistan, and the Axikent monument and its results. Key words. Axikent, Dawan, Suan Szyan, A.N.Bernshtam, N.I.Veselovski, Yahya Gulyamov, A.Anorbayev, ark, shahristan, rabot, 70 hectares, cultural center, Independence, directive.

Axsi – Farg‘ona shaharlarining onasidir. Mirzo Muhammad Haydar. Farg‘ona – Markaziy Osiyodagi eng qadimiy madaniyat o‘choqlaridan biri. Farg‘ona vodiysi Sirdaryoning yuqori qismida joylashgan Pomir-Oloy va Tyanshan tog‘tizimlari bilan o‘ralgan. Faqat g‘arbda vodiy 9 km kengligida tor yo‘lak bo‘lib, Mirzacho‘l va Qayroqqum tekisligi orqali O‘rta Osiyoning boshqa hududi bilan bog‘langan. U sharqdan g‘arbga qarab nishab joylashgan va uzunligi 300-350 km.ni, kengligi 100-140 km.ni tashkil etadi. Farg‘ona vodiysi tabiatining go‘zalligi, tabiiy boyliklarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham uni “O‘zbekiston gavhari” deb ataydilar. Bu yerda inson

hayoti uchun barcha zarur tabiiy shart-sharoitlar mavjud: unumdor tuproq, qulay iqlim va suv resurslari mo‘l-ko‘l. Bularning barchasi qadim zamonlardanoq qishloq xo‘jaligi madaniyatining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan [6]. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar davri yirik o‘lkalarda biridir. Xitoy yozma manbalarida (Beyshi, Tanshu) Farg‘ona vodiysi hududi Lona (Polona) Boxan va Ninyuan nomlari bilan tilga olingan. Xitoylik sayyoh Syuan Szyan bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida Turk xoqonligi istilosigacha yagona hukmdor boshqaruviga ega bo‘lmasdan bir nechta mustaqil mulkliklardan tashkil topgan. Vodiyda ilk o‘rta asrlarga oid 250 dan ortiq arxeologik yodgorliklar qayd etilib, shundan 22 tasi shahar turidagi yodgorliklardir. Bu davrda Farg‘onada Koson, Axsikent, Quva, Andijon, O‘sh, O‘zgan, Qo‘qon kabi yirik shahar markazlari va Qo‘rg‘ontepa, Oqbura kabi boshqa shaharlar va shaharchalar mavjud bo‘lgan. Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar davri aholi manzilgohlari orasida Axsikent mavqeyi va ahamiyati jihatdan ikkinchi shahar hisoblanadi [1. – B. 258.]. Axsikent – qadimgi shahar xarobasi Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand qishlog‘i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan [2. – B. 119.]. Arxeolog A.N.Bernshtam shaharning shakllanishini Kushon davri bilan, taraqqiyotini esa VI-VII asrlar bilan belgilaydi. A.Anorboyev esa mil. avv. II asrning boshlarida shakllangan deb hisoblaydi. Shaharning ilk o‘rta asrlar davriga oid madaniy qatlamlari yaxshi o‘rganilmagan. Yozma manbalarda hukmdor qarorgohi bo‘lganligi qayd etilgan. U antik davrdan shakllana boshlagan. Ilk o‘rta asrlar davriga kelib mahalliy hukmdorlar markazi hisoblangan yirik shahar markazlaridan biriga aylangan. Manzilgoh shahriston va uning ichkarisida joylashgan ark qismlaridan iborat. Shaharning har ikkala qismi mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan va ularga tutashtirib qurilgan mudofaa burjlari ham kuchaytirilgan. Bu shahar rivojlangan o‘rta asrlar davri arab va fors mualliflari keltirgan manbalarda ark, madina va rabot qismlaridan iborat bo‘lgan, deb keltiriladi. Hozirgi paytda umumiy maydoni 27 ga. hududni egallagan trapetsiya shaklidagi shahriston va uning shimoli-g‘arbida joylashgan ark qismlarining o‘rni saqlanib qolgan. Keyingi yillarda bu yerda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog olim A. A. Anorboyevning tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, shahar rivojlangan o‘rta asrlar davrida yuksalib va uning maydoni bir necha barobar kengaytirilgan. Axsikent dastlab 70 gektardan iborat maydonni egallagan bo‘lib, uch qism; ark, shahriston (Axsi I a va Axsi I b), va keng rabotlardan iborat bo‘lgan [1. – B. 258-259.]. Axsikentning eng pastki madaniy qatlami mil. avv. III-II asrlarga oid. Qal’a paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan mustahkam mudofaa devoriga ega bo‘lgan. Devor balandligi 20 metrga yaqin bo‘lib, qalinligi 10 metr bo‘lgan, 5 ta darvozasi bo‘lib, uning atrofi chuqur xandaqlar bilan o‘ralgan. Shahriston 35 ga maydonni egallagan. Hozirda uning 25 ga hududi saqlanib qolgan. Shahriston ikki qism – ichki va tashqi qismdan iborat bo‘lgan. Ichki shahristonda 2 ta minora, tashqi shahriston devoridan 20 ga yaqin minora qoldiqlari topilgan. Milodning V-VII asrlarida shaharda aholi uylar 5-6 xonali qilib

qurilgan. Xona devorlari suvalgan va turli ranglar berilgan. Har xonadonda alohida yotoqxona, omborxona, oshxona, toza suv qudug‘i bo‘lgan. Yotoqxonalarda devor bo‘ylab keng supa, yerda esa sandalga o‘xshagan isitish o‘chog‘i bo‘lgan. VII-IX asrning boshlarida arab yilnomalarida Axsikent “Fraganik” deb beriladi. IX-X asrlar shaharning eng rivojlangan davri bo‘lgan. Bu davrda Axsikentda zarb qilingan mis tangalarning butun Somoniylar davlati hududiga tarqalgan. IX asr o‘rtalarida Axsikent shahristonining devorlari mudofaa holatini yo‘qota boshlagan, chunki markazlashgan davlat sharoitida devorga ehtiyoj bo‘lmagan. Shaharga 14-15 km masofadan, ya’ni, Kosonsoydan suv keltirilgan. Bosh vodoprovod qoldiqlari 1960-yilda topilgan, Ichki shahristonnining ikki joyidan yer osti vodoprovodi ochilgan. Ular X asrda bunyod etilgan. U aholiga 200 yildan ziyod xizmat qilgan. Arkning sharqiy tomonidan X-XII asrlarga oid jome masjidi topilgan. U to‘rtburchak shaklda bo‘lib, uning ichki qismida ayvon bo‘lgan. Hovlisida hovuz bo‘lib, hovuz qirg‘oqlari va masjid hovlisiga pishiq g‘ishtlar yotqizilgan. Tashqi shahristondan XI-XII asrlarga oid savdo do‘konlari, hunarmandchilik ustaxonalari, aholi turar joylari o‘rganilgan. Axsikent ustalari po‘latning egiluvchanligini oshirish usullarini yaxshi bilishgan, lekin uni qattiq sir saqlaganlar. U yerda yasalgan qilichlar mashhur bo‘lgan. Axsikentdan topilgan sirlangan sopol idishlar alohida diqqatga sazovordir. Ularning ba’zilarida kufiy yozuvidagi bitiklar bor, ba’zilarida afsonaviy va yirtqich hayvonlar, xonaki qushlarning rasmlari tasvirlangan. Axsikent hunarmandlari bu davrda sirli sopol idishlarni bezash va sirlashda o‘ziga xos maktab yaratdilar. Uning namunalari bugungi kunda Parijdagi Luvr muzeyida saqlanmoqda. Shahar raboti 350 ga dan ziyod bo‘lgan. U yerda tadqiqotlar matijasida badavlat insonarning uylari, bog‘lar, hunarmandlar mahallasi va hammom topilgan. XIII asrning 20-yillarida Axsikent mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilgan va shahar xarobaga aylantirilgan. Ustalari qul qilib, Mo‘g‘ulistonga olib ketilgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, Eski Axsi yodgorligidan 5-6 km shimoli-g‘arbda, hozirgi Yakkayigit qishlog‘i o‘rnida yangi shahar Yangi Axsiga asos solinadi [3. – B. 104-105.]. “Axsi” so‘zi savdo, olish-berish yoki qo‘rg‘on, qal’a ma’nolarini bildiradi, degan fikrlar uchrab turadi. Shuningdek, “Axsi” atamasi “Oqsuv” so‘zidan kelib chiqqan, degan ma’lumotlar ham mavjud [4. – B. 118.]. Mil. avv. IV asrdan qadimgi Xorazmda markazlashgan davlat tizimining mustahkamlanishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga imkon bergan. Shahar qurilishi, me’morchilik va hunarmandchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. Abu Rayxon Beruniy ma’lumotiga ko‘ra, bu davrda 300 dan ortiq shaharlar qurilgan. Ularning xarobalari bugungi kungacha saqlanib qolgan [3. – B. 105.]. O‘rta Osiyo tarixiga bag‘ishlangan qator ilmiy manbalarda, moziy Axsikent nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki butun Turkiston, jahon tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shaharlardan ekanligi xususida ham ma’lumotlar berib o‘tilgan.

Axsikent yurtimizdan yetishib chiqqan ko‘plab allomalarning kindik qoni to‘kilgan zamin hamdir. Xususan,Abul Qosim Mahmud ibn Muhammad As-So‘fiy Axsikatiy, “Zul fazoil” (“Fazilatlar sohibi”)nomi bilan shuhrat qozongan Abu Rishod Axsikatiy, “Zul manoqib” (“Maqtovga sazovor xislatlar egasi”) laqabini olgan Abul Vafo Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy, “Maliki shuaro” va “Amiri shuaro” darajasiga erishgan Abul Fazl Muhammad Tohir Asiriddin Abu Bakr bin Ahmad al-Axsikatiy al-Xo‘jandiy, Sayfiddin Axsikatiy, Mavlono Poyanda Oxun Axsikatiy, Muhammad Yusuf ibn Imomuddin Axsikatiy, Ibrohim ibn Yusuf bin Imomiddin Axsikatiylar diniy va dunyoviy ilmlar sohasida shuhrat qozonganlar. Tariximizning turli davrlarida poytaxt vazifasini o‘tagan Axsikentning eng ko‘hna davriga doir ma’lumotlarni asosan bizgacha saqlanib qolgan Xitoy manbalarida, shuningdek, bu yerda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijalari asosidagi xulosalardan olmiz. Shaharning Islom dini kirib kelganidan keyingi, ya’ni, o‘rta asrlar davri tarixini yoritishda asosan arab, fors hamda turkiy tilli manbalardan foydalanamiz. Balazuriy, Tabariy, al-Muqaddasiy, Yoqut ibn Hamaviy, ibn Havqal, ibn Xurdodbeh, Abu Zayd Ahmad ibn Sahl al-Balxiy, Istahriy va boshqalalrning asarlarida Axsikentning geografik joylashuv o‘rni, o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlat keltirilgan. Axsikentda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida bir qator rus sharqshunos va arxeolog olimlari, akademiklar – A.Middendorf va V.V.Bartold, professorlar – N.I.Veselovskiy hamda A.N.Bernshtam, tadqiqotchi-sharqshunoslar I.A.Kastanye, V.Nalivkin, N.P.Ostroumov, N.Pavlov va boshqalar tadqiqot olib borganlar. Axsikentning arxeologik jihatdan o‘rganilishi 1885-yildan boshlangan. Dastlab, Peterburg universitetining professori, taniqli arxeolog va sharqshunos N.I.Veselovskiy tadqiqot olib borgan. 1913-yilda I.A.Kastanye tomonidan navbatdagi qazishma va tadqiqot ishlari o‘tkazilgan. 1939-yilda Katta Farg‘ona kanali qurilishi davrida professor M.E.Masson bu yerda arxeologik razvetka ishlari bilan shug‘ullangan. 1960-yildan esa O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi Yahyo G‘ulomov boshchiligida mutaxassislar Axsikentda arxeologik qazishma ishlarini amalga oshiradilar. I.Axrorov, Y.Qosimov, A.Anorboyev va boshqa tadqiqotchi olimlar tomonidan 1967-1969, 1970-1974, 1980-1990 va undan keyingi yillarda arxeologik qazishmalar o‘tkazilgan va muhim ma’lumotlar, ashyoviy dalillar to‘plangan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori A.Anorboyev Axsikentda uzoq yillar davomida ilmiy tadqiqot va qazishma ishlarini olib borishi natijasi o‘laroq, ko‘plab ilmiy maqola va risolalar chop etildi. Olim, Eski Axsi manzilgohi qadimgi Xitoy tarixiy manbalarida ko‘rsatib o‘tilgan Davan (Farg‘ona) davlatining poytaxti bo‘lganligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. So‘nggi yillarda ushbu qadimuy yodgorlikka hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi ob’yektini muhofaza qilish va tadqiq etish

yodgorligi majmuasini tashkil etish to‘g‘risida” 831-sonli va Namangan viloyati hokimligining 2017-yil 31-oktabrdagi 761-sonli qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar asosida majmuani saqlash, uning ish faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida viloyat hokimligi muassisligida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi tashkil etilib, uning oldiga Axsikent tarixini yoritish, mazkur hududni xalqaro turizm makoniga aylantirish, Axsikentdan yetishib chiqqan olimlar hayot faoliyatini o‘rganish va ilmiy-badiiy meroslarini xalqqa yetkazish, dunyo muzeylari, kutubxonalarida saqlanayotgan Axsikentga doir osori-atiqalarni aniqlash kabi keng ko‘lamli vazifalar qo‘yildi [5. – B. 5-36.]. Xulosa qilib shuni qayd qilish mumkinki, Axsikent ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan shahar-davlat va poytaxtdir. Tarixiy-arxeologik topilmalar va tadqiqotlar chuqur bir moziydan darak bergani kabi “Axsikent” ham o‘tmishdan bizga sado beradi. Axsikentni o‘rganish jarayonida ajdodlarimiz qanday bo‘lgani va qanday mahoratga ega bo‘lganliklari haqida, hunarmadchilik, quruvchilik sohasida qay darajada xabardor bo‘lganliklari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Axsikent nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo olimlarini ham o‘ziga jalb etayotgan ko‘hna bir tarix zarvarog‘idir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Ibragimov R. Z. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. – T.: Asian Book House, 2020.
  2. Xolboyev Z., Alimov A. O‘zbekistonning arxeologiya yodgorliklari. – T.: Tafakkur qanoti, 2014.
  3. Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya. – T.: Fan va texnologiya, 2011.
  4. Madrahimov Z. Tarixiy toponimika. – T.: Navro‘z, 2018.
  5. Qozoqov T. Axsi – Farg‘ona shaharlarining onasi. – T.: Navro‘z, 2018.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011052
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/13
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
56–60
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25