FARG‘ONA VODIYSI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARINING DAVLATCHILIK TARIXIDAGI O‘RNI (CHUST YODGORLIGI MISOLIDA)
Beknazarov Borillo ErkinboyevichO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy Arxeologiya Markazi doktoranti2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 39–43
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi va vodiydagi arxeolgik yodgorliklar, ulardan qazish ishlari davomida topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari, xususan, Chust yodgorligi, bu madaniyatga tegishli hunarmandlar ustaxonalari qoldiqlari,turarjooylar qoldiqlari,Chustda hunarmandchilik va kulolchilik rivoji, mudofaa devorlari qoldiqlari va me‘morchilik, binokorlik haqidagi ma‘lumotlar jamlangan.
Boshqa tillarda
ruschaМЕСТО АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ ПАМЯТНИКОВ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В ИСТОРИИ ГОСУДАРСТВА (НА ПРИМЕРЕ ПАМЯТНИКА ЧУСТ)
В статье обобщены сведения о Ферганской долине и археологических памятниках долины, памятниках материальной культуры, найденных при раскопках, в частности, Чустском памятнике, остатках ремесленных мастерских, относящихся к этой культуре, остатках поселений, развитии ремесел и гончарного дела в Чусте, остатках оборонительных стен, архитектуре и строительстве.
inglizchaTHE PLACE OF THE ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS OF THE FERGANA VALLEY IN THE HISTORY OF STATE (ON THE EXAMPLE OF THE CHUST MONUMENT)
This article summarizes information about the Fergana Valley and archaeological monuments in the valley, the monuments of material culture found during excavations, in particular, the Chust monument, the remains of artisan workshops belonging to this culture, the remains of settlements, the development of crafts and pottery in Chust, the remains of defensive walls, and architecture and construction.
Kalit so‘zlar
- Farg‘ona vodiysi
- arxeologik topilma
- moddiy madaniyat yodgorliklari
- hunarmandchilik
- binokorlik
- hunarmandchilik ustaxonalari
- turarjoylar
- mudofaa devorlari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
4. Спришевский В.И. Раскопки Чустского поселения эпохы бронзы в 1957 году // Изв. АН.УзССР.-№6.-Ташкент. 1958. 5. Спришевский В.И. Оборонительные сооружения эпохы бронзы на территории Узбекистана // СА.1972.-№3. 6. Оболдуева Т.Г. Раскопки 1960 года на городище Эйлатон // КСИА.-М., 1962.Вып.91.с.28-47; Он же. О датировке стен Эйлатон // СА.1981.-№4. С. 186-195; Кудратов С.С. Поселения левобережья р. Нарын в Фергане (III в.до.н.э.-V в.н.э.) Автореф.дисс...канд.ист.наук.-СПб. 1992.25.с., Кудратов С.С. Фарғона тарихида Эйлатон маданияти // Фарғона водийси тарихининг долзарб муаммолари. Респуб.илмий-амалий конф.мат. Фарғона. 2000. Б. 36-40. 7. Горбунова Н.Г., Козенкова В.И. Поселение Сым-тепе // АСТЭ.-М., 1974. с. 92- 104. 8. Матбабаев Б.Х. К открытию древнего поселения Эйлатонской культуры на территории Андижана // Цивилизации Центральной Азии: земледельцы и скотоводы, традиции и современность. Мат. Меж.конф. Самарканд-Бишкек. 2002. 9. Оболдуева Т.Г. Раскопки 1960 года на городище Эйлатон // КСИА.-М., 1962. Вып.91. с. 28-47. 10. Оболдуева Т.Г. О датировке стен Эйлатон // СА.1981.-№4. С. 186-195. 11. Горбунова Н.Г., Козенкова В.И. Поселение Сым-тепе // АСТЭ.-М., 1974. с. 92- 104.
FARG„ONA VODIYSI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARINING DAVLATCHILIK TARIXIDAGI O„RNI (CHUST YODGORLIGI MISOLIDA)
МЕСТО АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ ПАМЯТНИКОВ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В ИСТОРИИ ГОСУДАРСТВА (НА ПРИМЕРЕ ПАМЯТНИКА ЧУСТ)
THE PLACE OF THE ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS OF THE FERGANA VALLEY IN THE HISTORY OF STATE (ON THE EXAMPLE OF THE CHUST MONUMENT)
Beknazarov Borillo Erkinboyevich O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy Arxeologiya Markazi doktoranti email:borillobeknazarov@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya Ushbu maqolada Farg‗ona vodiysi va vodiydagi arxeolgik yodgorliklar, ulardan qazish ishlari davomida topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari, xususan, Chust yodgorligi, bu madaniyatga tegishli hunarmandlar ustaxonalari qoldiqlari,turarjooylar qoldiqlari,Chustda hunarmandchilik va kulolchilik rivoji, mudofaa devorlari qoldiqlari va me‘morchilik, binokorlik haqidagi ma‘lumotlar jamlangan. Аннотация В статье обобщены сведения о Ферганской долине и археологических памятниках долины, памятниках материальной культуры, найденных при раскопках, в частности, Чустском памятнике, остатках ремесленных мастерских, относящихся к этой
культуре, остатках поселений, развитии ремесел и гончарного дела в Чусте, остатках оборонительных стен, архитектуре и строительстве. Annotation This article summarizes information about the Fergana Valley and archaeological monuments in the valley, the monuments of material culture found during excavations, in particular, the Chust monument, the remains of artisan workshops belonging to this culture, the remains of settlements, the development of crafts and pottery in Chust, the remains of defensive walls, and architecture and construction. Kalit so‘zlar: Farg‗ona vodiysi, arxeologik topilma, moddiy madaniyat yodgorliklari, hunarmandchilik, binokorlik, hunarmandchilik ustaxonalari, turar joylar, mudofaa devorlari. Ключевые слова: Ферганская долина, археологические находки, памятники материальной культуры, ремесла, строительство, ремесленные мастерские, поселения, оборонительные стены. Keywords: Fergana Valley, archaeological finds, monuments of material culture, crafts, construction, craft workshops, settlements, defensive walls.
Uzoq yillar davomida Fargʻona vodiysining qadimgi davr xoʻjalik hayotini oʻrganishda Chust, Dalvarzin va Oʻsh (Qirgʻiziston) kabi yodgorliklar muhim arxeologik yodgorlik sifatida oʻrganib kelinmoqda. Bu yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar asosida Chust madaniyatining dehqon jamoalari turar joylari xususida ham koʻplab xulosalar olingan va Fargʻona vodiysi qadimgi davr xoʻjaligi hayotini tiklashda muhim manba boʻlib xizmat qilmoqda. Xususan, Bibiona (Chust) yodgorligi oʻrta Gʻovasoy vohasi Chust soy boʻyida joylashgan yodgorlik boʻlib, voha geografik jihatdan adirliklar va adir orti past tekisliklardan iborat.Bu adirliklarni bugungi kunda ham uchratish mumkin va Gʻovasoy daryosi shu adirliklarni yorib oʻtib Sirdaryo tomon keng vodiy hosil qilgan. Bu adirlilikning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 858 m ni hosil qiladi. Ushbu adirliklar neogen davrida shakllangan tabiiy lyuss tepaliklardir. Shuningdek, Gʻovasoyning oʻng sohili keng tekisliklardan tashkil topgan boʻlib, bu yerda kichik buloq daryo suvlari mikro vohani tashkil etadi. Ushbu hududda dastlabki sugʻorma dehqonchilik manzilgohlari shakllangan edi. Bu tadqiqot maqsadi bu yodgorlik asosida vohaning qadimgi antropogen belgilari, turar-joy va qurilish qoldiqlarini arxeologik manbalar asosida tahlil qilishdan iborat.Yodgorlik bugungi kunda Namangan viloyatining Chust shahri shimolida joylashgan. Bu yodgorlik bugungi kunda 2.5 ga yaqin maydon saqlanib qolgan. Bu arxeologik tepalik dastlab 1950- yilda M.E.Vorones tomonidan topib tekshirilgan [4,21-23]. Keyingi yillarda yodgorlikda uzoq yillik qazishmalar boshlandi. Xususan V.I. Sprishevskiy, 1953-1961 yillarda, Yu.A.Zadneprovskiy 1974 yildan va 1982 yilda B.X. Matbaboevlar tomonidan qazishmalar olib borilgan [5,56]. Hozirda 2021-2024- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazining Chust arxeologik guruhi Abdulhamid Anorboyev va Sergey Ravshanovich Baratovlar boshchiligida yodgorlikda statsionar arxeologik tadqiqotlar olib bormoqdalar [2,76]. Keyingi yillarda olib borilgan bu tadqiqotlar Fargʻona vodiysining moddiy madaniyatini, shaharlashuvi va qadimda yuz bergan tabiiy ofatlarni oʻrganishda muhim tadqiqot deb hisoblash mumkin. 40
Bibiona yodgorlik turi va tuzilishi jihatidan shaharmonand manzilgoh hisoblanib, Fargʻonaning Chust madaniyati yodgorliklari sirasiga kiradi [2,19]. Bu madaniyatga bugunga qadar 80 dan ortiq yodgorliklar aniqlangan. Shu madaniyatga tegishli koʻplab yodgorliklar Fargʻona vodiysining shimoliy va sharqiy qismlarida keng tarqalgan va faqat 10 tasida qurilish va turar joy qoldiqlari aniqlangan [6,13]. Lekin faqat uchta yodgorlikda Chust, Dalvarzin va Oʻsh manzilgohlarida turar-joy va moddiy madaniyat yaxshi oʻrganilgan. Bu maqola asosan Bibiona yodgorligida turar-joylar joylashish va xom ashyo materiallari toʻxtalib oʻtilgan. Xususan Chust madaniyatga tegishli turar joy qoldiqlarini tadqiqotchilar 3 ta qurulish bosqichiga boʻlishgan. 1. Sinchli uylar. 2. Paxsa va gʻishtdan. 3. Yertoʻla shakldagi turar-joylar belgilangan [6,23]. Lekin turar-joy va mudofaa inshooting aynan bir turdagi xom ashyo yoki bir xom ashyo faqat bir davrga tegishli deb xulosa qilmaslik kerak. Sababi madaniyat egalari shu hududning tabiiy sharoitidan foydalangan holda qurilish xom ashyolaridan foydalangan. Bibiona yodgorligida ham uchala qurilish bosqichi va xom ashyolari aniqlangan. Shu qurilish rejasiga koʻra Bibiona yodgorligi ikki qismga boʻlinadi: [2,28]. 1. Shimoliy-gʻarbiy. 2. Sharqiy. Qurilish rejasiga koʻra shimoliy-gʻarbiy qism himoyalangan qism boʻlib mudofaa devori bilan oʻralgan. Devor yoysimon koʻrinishda boʻlib, yodgorlikning faqat 1.5 gektar maydonni oʻrab olgan. Shuningdek, mudofaa devori yodgorlikning dastlabki qurilish bosqichida emas keyingi davrda qurilgan. Misol uchun mudofaa devor tagidan madaniy qatlamlar aniqlangan. Shuningdek mudofaa devoriga ishlatilgan gʻisht oʻlchamlari keyingi turar-joy qurilishidagi gʻishtlar bilan oʻxshash oʻlchamda. (54-55X32, 54X32X8) Sharqiy qism yodgorlikning asosiy yashash qismi hisoblanadi va qurilishning barcha bosqichi shu qismdan aniqlangan. Avvalgi tadqiqotlarda yodgorlikdan jami 11 ta turar joy qoldiqlari aniqlangan. Shu turdagi yodgorliklar bilan solishtirganda, Dalvarzin yodgorligi 25 ta, Oʻsh yodgorligida 15 ta turar joy qoldigʻi oʻrganilgan [8,17]. Ayniqsa bu madaniyatga tegishli Dalvarzin yodgorligi maydoni 25 gektarni tashkil etadi va uchta tarkibiy qismga ajratiladi. Soʻngi yillardagi Bibiona yodgorligidagi turar-joy qismlari qayta oʻrganilib, Sprinshevskiy qazishmasining sharqiy qismida davom ettirilmoqda. Bu qazishma hozirda yodgorlikning oxirgi davrini oʻrganib, qazish ishlari 22,5x9,5 m maydonda tashkil etildi [8,28]. Qazishma davomida aylana shakldagi 9 metr atrofida turar-joy pol qismi ochib oʻrganildi. Tadqiqotchilar bu yashash joyni chashka shakliga qiyoslashadi. Turar-joy pol qismi uzoq vaqt foydalanilgan va qayta-qayta suvab chiqilgan. Ularning sathining sirtlari sariq va oq rangli yumshoq organik qatlamlar bilan qoplangan. Bu turar joy poli uzoq vaqt foydalanilgan. Turar joyning markazida diametri 240 sm boʻlgan dumaloq chuqur mavjud. Chuqur qattiq zichlab shakl berilgan. Bu kabi turar joylar avval ham aniqlangan va ularning markazida birnechta chuqurlar tozalangan. Bu chuqurlarni ayrimlari oʻchoq boʻlib xizmat qilgan [11,17]. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda ham turar joyning markaziy chuquridan 20 sm sharqda, oʻlchamlari 41
100x100 sm, balandligi 20 sm boʻlgan toʻrtburchaklar shaklidagi pol qoldiqlari va kul tozalangan. Uning oʻrtasida katta qozonning yuqori yarmidan yasalgan oʻchoq va uning sharqiy qismiga yaqin joyda sufa sathida joylashgan katta xumcha qozon qazilgan. Shu qazishma yon qismlaridan devor qoldiqlari ham aniqlandi. Bu devorlar xonadon devori sifatida qurilganligi maʼlum boʻldi. Bu devor oxirgi davrda qurilgan boʻlib, qalin madaniy qatlam ustiga qurilgan. Shuningdek turarjoyning shimoliy qismida yеrtoʻla aniqlandi. Shu madaniyatga tegishli soʻngi bronza davrining yеrtoʻlalarini bajargan vazifasiga koʻra ikki guruhga ajratish mumkin: [10,46]. 1.Yashashga moʻljallangan yеrtoʻlalar. 2. Ishlab chiqarish uchun qurilgan xoʻjalik yеrtoʻlalari. Qazishmadan topilgan yer toʻla shakliy jihatdan xoʻjalik yer toʻlasiga mos keladi. Shuningdek yodgorlikda yashashga moʻljallangan yertoʻlalar ham aniqlangan. Bu yertoʻlalar “piyolasimon” koʻrinishga ega, rejasi ovalsimon, shimoli-garbdan janubi-sharqqa karab choʻzilgan. Oʻlchamlari yuqori qismida 9,5x8,5, asosida 7,2x7,2 m, maydoni80 m2gacha yetadi. Devorlari bir oz qiyaroq va ustun oʻrinlari topilmagan. Stratigrafik jihatdan yertoʻla quyi qurilish davriga toʻgʻri keladi. Polda rejasi toʻrtburchak koʻrinishli oʻchoq atrofida koʻplab idish siniqlari qayd qilingan. Uning yaqinida sopoldan toʻrt oyoqli qalin “dasturxon”ning (“stolcha”) boʻlaklari topilgan. Bularning barchasi ushbu yertoʻla uy-joy sifatida foydalanilganini tasdiq etuvchi ashyoviy dalillardir. Yodgorlikda dastlabki qazish davrida aylana, tuxumsimon shakldagi chuqurliklar tozalangan. Kamdan kam holatda chuqurliklar shakli toʻrtburchak shaklda boʻlgan. Tadqiqotchi shu chuqurliklarning 163 tasi ochiq qadimgi chust madaniyati aholisining turar-joylari va xoʻjalik hayotiga aniqlik kirituvchi xulosalar beradi. Chuqurlikning diametri 0,5 dan 2,3 m gacha, chuqurligi 0,2 dan 1,6 m gacha. Yaqin vaqtgacha chuqurlarning maqsadi va ularning davr boʻyicha taqsimlanishi masalasi juda kam oʻrganilgan. Chuqurlarning aksariyati maishiy ehtiyojlar uchun va birinchi navbatda don va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun ishlatilgan. Bunday chuqurlarning yasalishi va shakli har xil boʻlib, ular maxsus loy aralashmasidan yasalgan va ularning qalinligi ham mahsulot shakliga bogʻliq boʻlgan. Bu yodgorlikda turar-joyning rejasi toʻrtburchak shaklga ega boʻlgan arxitektura qoldiqlari ham uchraydi. Turar-joy devorlari 5-10 sm balandlikda saqlanib, kengligi 35-40 smli madaniy qatlam ustiga qurilgan. Inshootning kirish eshigining kengligi 2 m boʻlib, polda kuygan toʻsinlar qoldiqlari topilgan.Bunday yogʻoch toʻsin izlari boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham aniqlangan va bu madaniyatning boshqa yodgorligi Dalvarzin yodgorligi toʻliqroq oʻrganilgan. Bibiona yodgorligi ham turar-joy qurilishi, xom ashyosi va hunarmandchilik buyumlarini yasalishi jihatidan boshqa shu kabi yodgorliklardan farq qilmaydi. Xulosa qilib aytganda, Bibiona yodgorligi Chust madaniyatining muhim yodgorligi boʻlib, bu yerda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi, Ayniqsa keyingi yillarda qayta boshlangan arxeologik tadqiqotlar Fargʻonaning eng qadimgi jamoalar hayot tarzi va xom ashyo manbalari oʻrganishga yordam bermoqda. Shuningdek, ulardan topilayotgan turar-joy 42
qoldiqlari, ularning shakllari va foydalangan arxetektura xom ashyo materiallari bilan qadimgi insonlarni qay darajada antropogen muhit bilan tanish boʻlganliklarini aniqlash muhim masala boʻlmoqda. Bu esa Fargʻona vodiysining qadimgi davr soʻngi bronza va ilk temir davrini oʻrganishda vodiyning shimoliy qismida joylashgan Gʻovasoy vohasi arxeologik yodgorligi muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI (REFERENCES) 1. Anorboyev A. Farg„onanning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o„rni – Toshkent: 2002,148 bet 2. Анарбаев А.А., Баратов С.Р. Новые археологические работы на поселении Чуст –Бибиона. // ИМКУ 42. Самарканд. 2022. С. 204 –226. 3. Анарбаев А.А., Баратов С.Р., Насриддинов Ш., Нажмиддинов А., Бекмирзаев И. //Археологические работы на поселении Чуст-Бибиона в 2022 году. Самарканд. 2023. С. 19. 4. АнарбаевА.А., Баратов С.Р., Насриддинов Ш., Нажмиддинов А., Бекмирзаев И., Пардаев М. // Археологические работы на поселении Чуст-Бибиона в 2023 году. Самарканд. 2024. 5. Воронец М.Э Археологические исследования Института истории и археологии и Музея истории АН УзССРна территории Ферганы в 1950 –1951 гг. // В кн.: Труды Музея истории УзССР. Вып. II. Ташкент, 1954. С. 53 –57). 6. Воронец М.Э. Археологическая рекогносцировка 1950 г. по Наманганской области. – Известия АН УзССР, 1951, № 5. С. 95. 7. Воронец М.Э. Археологические исследования Института истории и археологии и Музея истории АН УзССР на территории Ферганы в 1950-1951 гг. // В кн.: Труды Музея истории УзССР. Вып. II, 1954. С. 53 – 57). 8. Заднепровский Ю.А. Раскопки поселений чустской культуры Ферганы. // АО. 1974. М.: Наука, 1975. С. 449. 9. Заднепровский Ю.А. Чустская культура Ферганы и памятники раннежелезного века Средней Азии. Автореф. дисс… док. ист. наук. М, 1978. 52 с. 10. Заднепровский Ю.А., Матбабаев Б.Х. Основные итоги изучения Чустского поселения в Фергане (1950 – 1982). // ИМКУ. Вып 19. Ташкент, 1984. С. 46 – 71. 11. Заднепровский Ю.А., Чустская культура Ферганы и памятники раннежелезного века Средней Азии. Автореф. дисс. на соиск. уч. степени доктора исторических наук. М. 1978. С.17. 12. Матбабаев Б.Х. Исследование жилищ в памятниках Чустской культуры Ферганы // ИМКУ. Вып. 33. –Ташкент: Фан, 2002. –С. 46-60.
FARGʻONA VODIYSIDAGI DALVARZIN YODGORLIGI HIMOYA INSHOOTINING OʻRGANILISHI TAHLILLARI
ANALYSIS OF THE STUDY OF THE PROTECTIVE STRUCTURE OF THE DALVARZIN MONUMENT IN THE FERGANA VALLEY
АНАЛИЗ РЕЗУЛЬТАТОВ ИЗУЧЕНИЯ ЗАЩИТНОГО СООРУЖЕНИЯ ПАМЯТНИКА ДАЛЬВАРЗИН В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar12 ta adabiyot
- Anorboyev A. Farg‘onanning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni – Toshkent: 2002,148 bet
- Анарбаев А.А., Баратов С.Р. Новые археологические работы на поселении Чуст –Бибиона. // ИМКУ 42. Самарканд. 2022. С. 204 –226.
- Анарбаев А.А., Баратов С.Р., Насриддинов Ш., Нажмиддинов А., Бекмирзаев И. //Археологические работы на поселении Чуст-Бибиона в 2022 году. Самарканд. 2023. С. 19.
- АнарбаевА.А., Баратов С.Р., Насриддинов Ш., Нажмиддинов А., Бекмирзаев И., Пардаев М. // Археологические работы на поселении Чуст-Бибиона в 2023 году. Самарканд. 2024.
- Воронец М.Э Археологические исследования Института истории и археологии и Музея истории АН УзССРна территории Ферганы в 1950 –1951 гг. // В кн.: Труды Музея истории УзССР. Вып. II. Ташкент, 1954. С. 53 –57).
- Воронец М.Э. Археологическая рекогносцировка 1950 г. по Наманганской области. – Известия АН УзССР, 1951, № 5. С. 95.
- Воронец М.Э. Археологические исследования Института истории и археологии и Музея истории АН УзССР на территории Ферганы в 1950-1951 гг. // В кн.: Труды Музея истории УзССР. Вып. II, 1954. С. 53 – 57).
- Заднепровский Ю.А. Раскопки поселений чустской культуры Ферганы. // АО. 1974. М.: Наука, 1975. С. 449.
- Заднепровский Ю.А. Чустская культура Ферганы и памятники раннежелезного века Средней Азии. Автореф. дисс… док. ист. наук. М, 1978. 52 с.
- Заднепровский Ю.А., Матбабаев Б.Х. Основные итоги изучения Чустского поселения в Фергане (1950 – 1982). // ИМКУ. Вып 19. Ташкент, 1984. С. 46 – 71.
- Заднепровский Ю.А., Чустская культура Ферганы и памятники раннежелезного века Средней Азии. Автореф. дисс. на соиск. уч. степени доктора исторических наук. М. 1978. С.17.
- Матбабаев Б.Х. Исследование жилищ в памятниках Чустской культуры Ферганы // ИМКУ. Вып. 33. –Ташкент: Фан, 2002. –С. 46-60.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011048
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/9
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 39–43
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-14