FARG‘ONA VODIYSIDA TEMIRGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYALARI TARIXI
Makhmudov Abdukakkhor Burkhonjon ogluNamangan davlat texnika universiteti “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi dotsenti v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 78–84
Annotatsiya
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida qadimdan temirga ishlov berish texnologiyalari tarixi hususida ma‘lumotlar keltirilgan. Temirga ishlov berish texnologiyalari “Chust madaniyati”, Qorabuloq va Munchoqtepa arxeologik yodgorligi, Axsikent temirchilik markazlari misolida o‘rganilgan. Shuningdek Axsikent metallurg-temirchi ustalarining yuqori sifatli tigel po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida fikrlar berib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaИСТОРИЯ ТЕХНОЛОГИЙ ОБРАБОТКИ ЖЕЛЕЗА В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ
В данной статье представлены сведения о истории технологий обработки железа в Ферганской долине с древних времен. Технологии обработки железа изучены на примере "Чустской культуры", археологических памятников Карабулок и Мунчоктепа, а также кузнечных центров Ахсикента. Кроме того, изложены мнения о технологии производства высококачественной тигельной стали ахсикентскими металлургами-кузнецами.
inglizchaTHE HISTORY OF IRON PROCESSING TECHNOLOGIES IN THE FERGANA VALLEY
This article provides information on the history of iron processing technologies in the Fergana Valley since ancient times. The technologies of iron processing have been studied using examples from the "Chust culture," the archaeological sites of Qorabuloq and Munchoqtepa, as well as the blacksmithing centers of Axsikent. Additionally, opinions are presented on the technology of high-quality crucible steel production by the metallurgist-blacksmiths of Axsikent.
Kalit so‘zlar
- Temir
- temirchilik
- “Chust madaniyati”
- Buvonamozor
- Axsikent temirchilik markazi
- misgarlik
- degrezlik
- pichoqchilik
- tigel po‘lat
- damashq po‘lati
- temir eritish pechlari
- metalldan jangovar va mehnat qurollari tayyorlash
- qarag‘an va archa ko‘miri
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
FARG‘ONA VODIYSIDA TEMIRGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYALARI TARIXI
ИСТОРИЯ ТЕХНОЛОГИЙ ОБРАБОТКИ ЖЕЛЕЗА В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ
THE HISTORY OF IRON PROCESSING TECHNOLOGIES IN THE FERGANA VALLEY
Maxmudov Abduqaxxor Burxonjon o‘g‘li Namangan davlat texnika universiteti “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi dotsenti v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). e-mail: abduqahhormahmudovab2712@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16917614
Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida qadimdan temirga ishlov berish texnologiyalari tarixi hususida ma’lumotlar keltirilgan. Temirga ishlov berish texnologiyalari “Chust madaniyati”, Qorabuloq va Munchoqtepa arxeologik yodgorligi, Axsikent temirchilik markazlari misolida o‘rganilgan. Shuningdek Axsikent metallurg-temirchi ustalarining yuqori sifatli tigel poʻlat ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida fikrlar berib o‘tilgan. Аннотация. В данной статье представлены сведения о истории технологий обработки железа в Ферганской долине с древних времен. Технологии обработки железа изучены на примере "Чустской культуры", археологических памятников Карабулок и Мунчоктепа, а также кузнечных центров Ахсикента. Кроме того, изложены мнения о технологии производства высококачественной тигельной стали ахсикентскими металлургами-кузнецами. Abstract. This article provides information on the history of iron processing technologies in the Fergana Valley since ancient times. The technologies of iron processing have been studied using examples from the "Chust culture," the archaeological sites of Qorabuloq and Munchoqtepa, as well as the blacksmithing centers of Axsikent. Additionally, opinions are presented on the technology of high-quality crucible steel production by the metallurgist-blacksmiths of Axsikent. Калит сўзлар. Temir, temirchilik, “Chust madaniyati”, Buvonamozor, Axsikent temirchilik markazi, misgarlik, degrezlik, pichoqchilik, tigil poʻlat, damashq poʻlati, temir eritish pechlari, metalldan jangovar hamda mehnat qurollari tayyorlash, Qaragʻanda va archa (pista) koʻmir. Ключевые слова. Железо, кузнечное дело, "Чустская культура", Бувонамозор, Ахсикентский кузнечный центр, медное дело, токарное дело, ножеделие, тигельная сталь, дамасская сталь, печи для выплавки железа, изготовление боевого и рабочего инструмента из металла, карагандинский и можжевеловый (фисташковый) уголь. Key words. Iron, blacksmithing, "Chust culture," Buvonamozor, Axsikent blacksmithing center, coppersmithing, lathe work, knife-making, crucible steel, Damascus steel, iron smelting furnaces, manufacturing of weapons and labor tools from metal, Karaganda and juniper (pistachio) charcoal.
Maʼlumki, mustahkam temir olish va unga ishlov berish kasbi boʻlgan temirchilik Turon xalqlarining eng qadimiy hunarmandchilik turlaridan biri hisoblanadi. Tarixdan maʼlumki, ibtidoiy davrdayoq sof holda topiladigan, yaʼni meteorit temirdan foydalanilgan va bunga aynan temirni ilohiy deb qarashlariga dastlab meteoritlarda uchraganligi ham sabab boʻlgan. Buning natijasida temirdan yasalgan buyumlar ilohiylashtirilgan. Buni Qadimgi Sharq, Zarafshon, Qashqadaryo, Fargʻona va Chochdagi dehqonchilik markazlaridan topilgan qabrlardagi taqinchoqlar misolida ham koʻrish mumkin. Bundan tashqari, ushbu hududlarda temir va qalay konlari mavjud boʻlib, metallurgiya sohasini rivojlanishiga zamin yaratgan[1, 13]. Temirdan birinchi boʻlib Kichik Osiyodagi xettlar (miloddan avvalgi XIV – XIII asrlar), soʻngra qoʻshni mintaqalardagi Mesopotamiya, Eron va Kavkazorti xalqlari foydalangan[2, 81]. Temir buyumlarning tarqalishi asta-sekinlik bilan ortib borgan. Mehnat qurollari ishlab chiqarishda temirning kashf etilishi oʻsha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlarning asosi boʻlib xizmat qilgan. Temirning eritilishi va uning qayta ishlanishi metallurgiya tarixida yangi davrni ochib bergan hamda texnika bilan madaniyatning rivojlanishidagi “buyuk bosqich” vazifasini oʻtagan. Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston hududida temirchilik qishloq xoʻjaligi asboblari, turli xil oʻymakor mahsulotlar va tub aholisi milliy hunarmandchiligining ajralmas qismi sanalgan ketmon, tesha, oʻroq, bolta, chopqi, pichoqlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Bunday buyumlarni qadimgi aholi manzilgohlaridan topilgan metall qurollarida ham koʻrish mumkin. Shuningdek, Turonda eng qadimgi temir buyumlar qariyb 20 dan ortiq yodgorliklardan topib oʻrganilgan. Ushbu yodgorliklardan temirdan yasalgan pichoq, oʻroq, harbiy va xoʻjalik qurollari topib oʻrganilgan[3, 41]. Xususan, metall buyumlar tayyorlash qadimdan Fargʻona vodiysida ham rivojlangan boʻlib, buni arxeologik topilmalar[4, 81] va oʻrta asr manbalaridagi maʼlumotlar[5, 34] ham tasdiqlaydi. Xususan, ilk oʻrta asrlar yasalgan tangalar, devorga ishlangan suratlarda mehnat va jangovar qurollarni tasvirini koʻrish mumkin. Masalan, Munchoqtepa arxeologik manbalar orasida Fargʻonaning qoya toshlardagi suratlarida kamon tasvirini uchratish mumkin. Ushbu tasvirlar tushirilgan qoyatoshlardagi rasmlar xronologiyasi uzoq davrga ega boʻlib, miloddan avvalgi III ming yillikdan tortib to soʻnggi oʻrta asrlarigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Munchoqtepadan topilgan kamon va uning oʻq-yoylari mavjud maʼlumotlarni toʻldiradi. Bu orqali Turonda temir va unga ishlov berish orqali temir buyumlar ishlab chiqarish hamda qurolsozlik rivojlanganligini koʻrish mumkin[6, 160]. Fargʻona vodiysidan bronza va temir davrlariga oid ilk dehqonchilik madaniyatlaridan biri Chust hududidan aniqlangan boʻlib, u tarixga “Chust madaniyati” nomi bilan kirgan. Ushbu madaniyatga oid ilk manzilgoh 1951-yilda M. Vorones tomonidan Buvonamozor bulogʻi yonidan topilgan. Chust madaniyati soʻnggi bronza va ilk temir davriga oid boʻlib, miloddan avvalgi II ming yillik oxiri – I ming yillikning birinchi choragida shakllangan. Chust madaniyatida
temirchilik yaxshi rivojlanganligini arxeologik qazishmalar orqali topilgan oʻroq, pichoq, bigiz kabi aslahalarni yasashga moslangan qoliplardan ham koʻrish mumkin. Jumladan, Chust madaniyatining yuqori qatlamidan turli shaklga ega pichoqlar koʻplab topilgan[7,48]. Demak, Fargʻona vodiysida qadimdan metall konlari mavjud boʻlib, temir eritish pechlari, metalldan jangovar hamda mehnat qurollari tayyorlash, misgarlik, degrezlik, pichoqchilik kabi temirchilik tarmoqlari rivojlanganini oʻtkazilgan arxeologik va dala tadqiqotlari hamda yozma manbalardan bilish mumkin[8, 68]. Bundan tashqari bir necha yillar davomida Chust madaniyatida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida mazkur hududda metall quyadigan qoliplar topib oʻrganilgan. Bunda maxsus metall eritiladigan oʻchoqlarda Qurama va Fargʻona vodiysining shimoliy-gʻarbiy hududlarida joylashgan togʻkonlaridan rudalarni olib kelib qayta ishlangan[9, 28]. Xususan, Fargʻona vodiysida qadimdan Chust, Namangan, Axsikent, Andijon va Qoʻqon kabi temirchilik markazlarida temir hamda unga ishlov berish hunarmandchiligi keng rivojlangan. Mazkur hududlarda temirchilik taraqqiy etishi natijasida milliy hunarmandchilikning asosiy tarmogʻi biri hisoblangan pichoqchilik ham alohida tarmoq sifatida rivojlangan[10, 46]. Ilk oʻrta asrlarga kelib, ikki tomoni kesuvchi dudama qilichlarning ahamiyati pasayib, jangchilar bir tomoni kesadigan qilichlar bilan qurollantirila boshlangan. Shuningdek, temir plastiklardan uchli dubulgʻalar yasashga oʻtilgan. Otliq jangchilarning anjomlarida oʻzgarishlar yuz berib, ot uzangilari temirdan yasala boshlangan. Ushbu davrda qurol-yarogʻga ixtisoslashgan ustaxonalar Turonning Usturushona[11, 107], Choch va Fargʻona hududlarida mavjud boʻlgan. Oʻrta asrlardagi taniqli tilshunos olim Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit-turk” asarida metallurgiya bilan bogʻliq bir qator atamalar uchraydi. Masalan, boqir – qizil mis, qumuq–kumush, temur – temir, kona suvi – simob[12, 377] kabilarni misol keltirish mumkin. Metallurgiya bilan bogʻliq atamalar Abu Rayhon Beruniy asarlarida ham qayd etilgan. Jumladan, chodxin – quyma mis, sun altun – uzunligi bir barmoqdan bir gazgacha boʻlgan mustahkam oltin boʻlagi, som quyma – kumush[13, 432] kabilar. Fargʻona vodiysida metall konlari koʻpligi va unga ishlov berish rivojlanganligi toʻgʻrisida ham asosli maʼlumotlar mavjud boʻlib, bu haqda muallifi nomaʼlum boʻlgan “Hudud ul-olam” asarida ham ayrim maʼlumotlar keltirilgan[14, 63]. Unda Axsikent shahri toʻgʻrisida soʻz yuritilib, uni Fargʻona vodiysining yirik temirchilik markazi ekanligi taʼkidlangan. Shuningdek, “Hashart” (Yaksart) daryosi boʻyida kumush, oltin, simob va qimmatbaho tosh konlari mavjud boʻlganligi toʻgʻrisida ham muhim maʼlumotlar keltirgan[15, 125]. Fargʻona vodiysida temirchilikning yuqori darajada rivojlanishida mintaqaga yaqin hududda temir, koʻmir, oltin va kumush konlarining oʻsha davrda oʻzlashtirilganligi asosiy rol oʻynagan. Chunki, Qurama-Chotqol togʻtizmalarida qora va rangli metallarning mavjudligi, hozirgi Angren shahri atrofida ochiq koʻmir koni zaxiralari boʻlganligi, temirchilar oʻsha davrlardayoq metall qazib olish hamda qayta ishlov berish sir-asrorlarini egallaganligi, Axsikent metallurgiya sohasi tarixida oʻziga xos oʻringa ega ekanligini isbotlaydi. Ayniqsa, axsikentliklar
qilich va pichoqlarni tayyorlash texnologiyasini yuqori darajada oʻzlashtirgan ediki, poʻlatga turli boshqa unsur-qorishmalarni qoʻshish yoʻli bilan pishiq, egiluvchan hamda sinmaydigan qilib tayyorlangan[16, 14]. Farg‘ona vodiysining temirchilik rivojlangan qadimiy markazlaridan biri Quva shahridir. Ushbu hudud to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi 2 ming yilliklarda Xitoy manbalarida uchraydi. Quvada qadimdan hunarmandchilikning temirchilik va shishasozlik kabi tarmoqlari taraqqiy etgan. Quvada o‘tkazilgan arxeologik tadqiotlar natijasida VIII asr boshlaridayoq tanga pullar ishlab chiqaradigan zarbxonalar bo‘lgan degan xulosaga kelingan. Bundan tashqari Quvaning VII – VIII asrlarga oid qatlamlarini o‘rganish jarayonida temirdan yasalgan pichoq, o‘roq, bog‘pichoqlar, ketmon namunalari topib o‘rganilgan. Ushbu mahsulotlar tarkibi o‘rganilganda ustalar po‘lat sifatini oshirishda kremniy, rux, marganes, alyuminiy kabi aralashmalardan keng foydalanganliklari aniqlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki Farg‘ona vodiysida Quva ham temirchilik markazi sifatida rivojlangan. Quva shahristonining sharqiy tomonida shisha va g‘arbiy qismida simob ko‘zacha ishlab chiqaradigan ustaxonalar ham topib o‘rganilgan. Quva shahrining ichkarisiga kirishdagi darvozaxona qoldiqlarini o‘rganish jarayonida unga tirkab qurilgan temirchilik ustoxanalari mavjudligi aniqlangan. Darvozaxonaning g‘arbiy tomonidagi temirchilik va temir eritish bilan bog‘liq topilmalar hududda temirga ishlov berish texnologiyalari rivojlanganidan dalolat beradi. Shuningdek mazkur arxeologig yodgorlikdan topilgan qilich va nayza qoldiqlari XII asrda temirchilikning alohida tarmog‘i qurolsozlik taraqqiy etganini isbotlaydi . Oʻrta asrlarga kelib, vodiyda temirchilik rivojlanganligini Axsikent misolida ham koʻrish mumkin. Ushbu davrda yuqori sifatli poʻlat olish va unga ishlov berishda Ohangaron, Qaragʻanda va archa (pista) koʻmirlardan keng foydalanilgan. Tangritogʻtizmalarida oʻsadigan togʻarcha gʻoʻlalarini olib kelib, maxsus qoʻralarda yoqilgan. Gʻoʻlalar choʻgʻholatiga kelganda, qoʻra ogʻzi somonli loy bilan suvalib 10–15 kun davomida saqlangan. Buning natijasida hosil qilingan choʻgʻlar kulga aylanishining oldi olingan. Keyinchalik haroratni oshirishda ushbu choʻgʻlardan foydalanilgan. Pista koʻmirdan qadimdan temirchilikda keng foydalanib kelingan. Hozirda ushbu usuldan foydalanish kamayib bormoqda[17, 82]. Temirga ishlov berishda Axsikent hunarmandlari yuqori mahoratga ega boʻlgan. Arxeologik tadqiqotlarga qaraganda, VII – XII asrlarda Axsikent metallurg-temirchi ustalari yuqori sifatli tigel poʻlat ishlab chiqarish texnologiyasi sirlarini bilganlar. Axsikentda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida yirik metallurgiya ustaxonalari topilgan. Shulardan biri uzunligi 250 metr, eni 25 metr boʻlgan temirchilik ustaxonasidan 2 kgdan 10 kggacha ogʻirlikda poʻlat olishga moslangan tigillar topilgan[18, 171]. Bundan koʻrinib turibdiki, Axsikentda tigil orqali poʻlat olish uslubi uzoq yillar davomida oʻz samarasini bergan. Toza poʻlat olish uchun birinchi navbatda, boyitilgan temir xom-ashyosi zarur boʻlgan. Buni Axsikent ustalari Gʻovasoy, Pop va Ustrushonadagi Marsmanda togʻ-kon sanoati metallurglaridan olganlar. Axsikentga temir boʻlaklari vodiyning boshqa qishloqlarida yarim tayyor ishlangan holatda olib kelingan.
Boyitilgan temir mahsuloti Axsikent temirchi ustalari tomonidan maxsus texnologiya yordamida qayta ishlangan va mustahkam poʻlat olingan[19, 150]. Tayyor boʻlgan poʻlatdangina mustahkam qilich va pichoqlar yasalgan. Mustahkam poʻlatdan mehnat va jang qurollarini yasash ustadan yuksak tajriba va mahoratni talab qilgan. Ma’lumki mustahkam poʻlatdan qilichga, pichoq, xanjar kabi tigʻli mahsulot tayyorlash jarayonida tigʻqismida oʻziga xos naqshlar paydo boʻlgan. Ushbu naqshlar orqali poʻlat turini aniqlash mumkin boʻlgan. Oʻzida naqshlarni aks ettirgan poʻlatdan tayyorlangan tigʻli qurollar oʻta keskir boʻlishi bilan birga, moʻjizaviy sanʼat asari ham hisoblangan. Bunday qilich, xanjar va pichoqlarga dunyo bozorida talab yuqori boʻlgan. Bu kabi pichoq, xanjar va qilichlarning narxi qimmat boʻlganligi sababli, uni amaldorlar, podsho askarlari va boy-badavlat insonlargina egalik qilgan[20]. Har yili savdo karvonlari orqali Sharq va Yevropa qurol bozori sanalgan Damashqqa Axsikent temirchilik ustaxonalaridan oʻn tonnagacha poʻlat hamda besh mingdan ortiq qilich va pichoqlar olib ketilgan[21, 133]. Bundan koʻrinib turibdiki, Axsikentda metallga ishlov berish va qurol-yarogʻlar tayyorlash rivojlangan, bu esa koʻp mamlakatlarda katta qiziqish uygʻotgan. Axsikentning IX – XII asrlarga oid madaniy qatlamlarida bir nechta hunarmandchilik tarmoqlari nomi bilan ataladigan koʻchalar aniqlangan. Ushbu koʻchalar shaharning shimoliy va sharqiy darvozalari, shuningdek, markaziy bozor, temirchi, misgar, zargar, baqqol kabi kasb egalarining mahallalariga olib brogan[22, 15]. Bundan koʻrinib turibdiki, Axsikent, umuman olganda, Fargʻona vodiysida temirchilik alohida tarmoq sifatida taraqqiy etib borgan. Arxeologik izlanishlar davomida Axsikentning shahriston hududida temir va mis eritadigan pechlar, hunarmandlarning ustaxonalarida esa metall toblaydigan oʻchoqlar ham topib oʻrganilgan[23, 129]. Axsikent hunarmandchilik ustaxonalarida uy-roʻzgʻor ishlarida ishlatiladigan oddiy metall buyumlardan tortib, egiluvchanligi yuqori keskir qilich va xanjarlar yasalgan. Shu kabi qimmatbaho qurollardan biri dastasiga oltin suvi yuritilgan bir parchasi topib oʻrganilgan. Bunday qilich va xanjarlar maxsus egiluvchan poʻlatdan tayyorlangan. Axsikent temirchi ustalari oʻsha paytda poʻlatning egiluvchanligini oshiruvchi usullarni yaxshi bilganlar, lekin buni oʻta qattiq sir saqlaganlar. Axsikentning IX – XIII asrlarga oid qatlamlarini oʻrganish jarayonida maxsus tigellar topilgan va ushbu tigellar yordamida yuqori sifatli poʻlat eritib olingan[24, 171]. Tigel silindrsimon yoki kesik konus shaklidagi maxsus qurilma boʻlib, undan qiyin eriydigan metallar eritib olingan. Oʻsha davr uchun ushbu qurilma sifatli poʻlat olishda temirchilikning katta yutugʻi sanalgan[25, 371]. Temir olishdagi ushbu texnologiya sohani rivojlanishiga zamin yaratgan. Tayyor boʻlgan poʻlat tigelni sindirish orqali olingan. Bunday qimmatbaho uskunani sindirishga asosiy sabab, metall tayyor boʻlganda tigelni tubida qolgan, uning usti toshqol bilan qoplangan. Axsikentdan topib oʻrganilgan tigellar Beruniyning “Mineralogiya” nomli asarida tilga olinganlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan[26, 183]. Axsikent tigellarini maxsus oʻrganish ularning quyma va damashq poʻlatini ishlab chiqarish bilan bogʻliqligini aniqlashga imkon berdi. Axsikent tigillari
boʻyicha tadqiqot olib borgan A.Abdurazzaqov va M.Bezbarodovlar tigellarni yasashda togʻlardan keltirilgan issiqqa chidamli loylardan foydalanilganini taʼkidlagan. Mustahkam poʻlat olishda ishlatiladigan tigellar Navkent va Gʻovadan olib kelingan loydan yasalgan. Sifatli poʻlat tayyorlash tarixini tadqiq etgan rossiyalik metallurg va togʻ-kon sanoati muhandisi P.Anosov oʻrta asrlarda tayyorlangan eng sifatli taban, qora taban, xuroson, damashq kabi poʻlatlarni eng mustahkami, - deb taʼkidlagan edi. P.Anosovning “Damashq poʻlati” nomli asarida eng sifatli sanalgan taban va qora taban poʻlati Turonda ishlab chiqarilganligi bayon qilingan. XII asr oʻrtalariga kelib, bunday mustahkam poʻlat tayyorlash usuli yoʻqolib ketganligini taʼkidlagan[27, 8]. Oʻrta asrlarda Turonda salmon poʻlati va undan shu nom bilan yasalgan pichoq hamda qilichlar mashhur boʻlgan. Ushbu poʻlatdan tayyorlangan qilichlar tigʻida oʻziga xos yuqori sifatli naqshlar paydo boʻlgan. Eng muhimi, poʻlatga ishlov berilganda, hech qanday kimyoviy aralashma qoʻshilmagan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Turonda qayd etilgan eng sifatli salmon poʻlati Fargʻonadagi temirchilik markazlarida tayyorlangan taban va qora taban poʻlati bilan bogʻliqdir. Aynan ushbu davrda sifatli poʻlat olish sirini axsikentlik ustalar bilganlar.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR. (REFERENCES) 1. Бобоёров Ғ. Чоч тарихидан лавҳалар. – Тошкент: Янги нашр, 2010. – Б. 13. 2. Черноусов П.И., Мапельман В. М., Голубев О. В. Металлургия железа в истории цивилизации... – С. 81. 3. Сагдуллаев А. Қадимги Ўрта Осиё тарихи. – Тошкент: Университет, 2004. – Б. 41. 4. Массон М. Е. Из истории добычи меди в Средней Азии в связи с прошлым Алмалыка. – М–Л.: АН СССР, 1936. – С. 3; Заднепровский Ю. А. Древнеземледельческая культура Ферганы. Москва–Ленинг: Наука. – С. 81. 5. Папахристу О. А. Черная металллургия Северной Ферганы (По материалам археологического исследования городища Ахсикент IX – начало XIII вв.): Канд. дисс. – Москва, 1985. – С. 34. 6. Матбобоев Б. Ҳ. Қадимги Фарғонанинг илк ўрта асрлар даври маданияти (V – VIII асрлар археологик манбаларининг тарихий тахли асосида). Тарих фан. докт. дисс. – Самарқанд, 2009. – Б. 160. 7. Мингбоева Д. Тимсоллар тилсими... – Б. 48. 8. Қосимов Й. Қадимги Фарғона сирлари. – Наманган: Ударник, 1992. – Б. 68. 9. Рузанов В.Д. Кратко об основных итогах изучения металлла культур с лепной росписной керамикой эпохи бронзы ТашкентскоФерганского региона / Ўзбекистон пойтахти Тошкент – 2200 ёшда. – Тошкент, 2009. – С. 28. 10. Сверчков Л.М., Папахристу О.А. Традиции мастеров-ножевщиков Средней Азии // Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. – 1990. – №7. – С. 46.
11. Мақсудов Ф. А. Ўрта асрларда тоғли Уструшона кўчманчи маданияти. Тарих фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация. – Тошкент, 2020. – Б. 107. 12. Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит-турк. – Тошкент: Фан, 1967. – Б. 61, 260, 377. 13. Абу Райҳон Беруний. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 432. 14. Ганиев И. Н., Крахмаль К. А., Бондарь О. В. К истокам возникновения и развития горного дела в бассейне реки Ангрен / Археология и история Центральной Азии. – Самарканд, 2004. – С. 63. 15. Нурматова Г. Средневековый Ахсикент (IX–XII вв.) / Номаи донишгоҳ (Ученые записки). – 2010. – №7. – С. 125. 16. Исмоилов Ю., Рўзинов Б. Ахсикент – қадимги Фарғона пойтахти (илмий-оммабоп рисола). – Наманган, 2013. – Б. 14. 17. Dala yozuvlari. Namangan viloyati Chust tumani Gʻova qishlogʻi. 2023 yil; Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 7-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2004. – Б. 82. 18. Карабасов Ю., Черносов П., Коротченко Н., Голубев О. Металлургия и время. Энциклопедия. Т. 1.– Москва: МИСиС, 2011. – С. 171. 19. Папахристу О.А. Маркетинг в железопроизводящей промышленности среднего востока и опыт реконструкции черной тигельной металлургии Ахсикента в IХ – начале ХIII в. / Записки восточного отделения Российского археологически обшества (Зварао). – Санкт-Петербург, 2006. – C. 150. 20. https://yuz.uz/news/axsikent-qilichbozligi-tarixi-uzoq-tarixga-boribtaqaladi. 21. Нурматова Г. Средневековый Ахсикент (IX – XII вв.) // Ученые записки. – 2010. – №7. – С. 133. 22. Анарбаев А., Исломов Ў., Матбобоев Б. Ўзбекистон тарихида қадимги Фарғона. – Тошкент: Фан, 2001. – Б. 15. 23. Анарбаев А. Ахсикент – столица Древней Ферганы. – Ташкент: Tafakkur, 2013. – С. 129. 24. Карабасов Ю., Черносов П., Коротченко Н., Голубев О. Металлургия и время...– С. 171. 25. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 1-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2000. – Б. 371. 26. Анарбаев А. А. Ахсикент – в древности и средневековье (итоги и перспективы исследования) // СЭ. – 1988. – №1. – С. 183 27. Папахиристу О.А. Черная металлургия Северной Ферганы.... – С. 8.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar27 ta adabiyot
- Бобоёров Ғ. Чоч тарихидан лавҳалар. – Тошкент: Янги нашр, 2010. – Б. 13.
- Черноусов П.И., Мапельман В. М., Голубев О. В. Металлургия железа в истории цивилизации... – С. 81.
- Сагдуллаев А. Қадимги Ўрта Осиё тарихи. – Тошкент: Университет, 2004. – Б. 41.
- Массон М. Е. Из истории добычи меди в Средней Азии в связи с прошлым Алмалыка. – М–Л.: АН СССР, 1936. – С. 3; Заднепровский Ю. А. Древнеземледельческая культура Ферганы. Москва–Ленинг: Наука. – С. 81.
- Папахристу О. А. Черная металллургия Северной Ферганы (По материалам археологического исследования городища Ахсикент IX – начало XIII вв.): Канд. дисс. – Москва, 1985. – С. 34.
- Матбобоев Б. Ҳ. Қадимги Фарғонанинг илк ўрта асрлар даври маданияти (V – VIII асрлар археологик манбаларининг тарихий тахли асосида). Тарих фан. докт. дисс. – Самарқанд, 2009. – Б. 160.
- Мингбоева Д. Тимсоллар тилсими... – Б. 48.
- Қосимов Й. Қадимги Фарғона сирлари. – Наманган: Ударник, 1992. – Б. 68.
- Рузанов В.Д. Кратко об основных итогах изучения металлла культур с лепной росписной керамикой эпохи бронзы Ташкентско-Ферганского региона / Ўзбекистон пойтахти Тошкент – 2200 ёшда. – Тошкент, 2009. – С. 28.
- Сверчков Л.М., Папахристу О.А. Традиции мастеров-ножевщиков Средней Азии // Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. – 1990. – №7. – С. 46.
- Мақсудов Ф. А. Ўрта асрларда тоғли Уструшона кўчманчи маданияти. Тарих фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация. – Тошкент, 2020. – Б. 107.
- Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит-турк. – Тошкент: Фан, 1967. – Б. 61, 260, 377.
- Абу Райҳон Беруний. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 432.
- Ганиев И. Н., Крахмаль К. А., Бондарь О. В. К истокам возникновения и развития горного дела в бассейне реки Ангрен / Археология и история Центральной Азии. – Самарканд, 2004. – С. 63.
- Нурматова Г. Средневековый Ахсикент (IX–XII вв.) / Номаи донишгоҳ (Ученые записки). – 2010. – №7. – С. 125.
- Исмоилов Ю., Рўзинов Б. Ахсикент – қадимги Фарғона пойтахти (илмий-оммабоп рисола). – Наманган, 2013. – Б. 14.
- Dala yozuvlari. Namangan viloyati Chust tumani Gʻova qishlogʻi. 2023 yil; Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 7-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2004. – Б. 82.
- Карабасов Ю., Черносов П., Коротченко Н., Голубев О. Металлургия и время. Энциклопедия. Т. 1.– Москва: МИСиС, 2011. – С. 171.
- Папахристу О.А. Маркетинг в железопроизводящей промышленности среднего востока и опыт реконструкции черной тигельной металлургии Ахсикента в IХ – начале ХIII в. / Записки восточного отделения Российского археологически обшества (Зварао). – Санкт-Петербург, 2006. – C. 150.
- https://yuz.uz/news/axsikent-qilichbozligi-tarixi-uzoq-tarixga-borib-taqaladi.
- Нурматова Г. Средневековый Ахсикент (IX – XII вв.) // Ученые записки. – 2010. – №7. – С. 133.
- Анарбаев А., Исломов Ў., Матбобоев Б. Ўзбекистон тарихида қадимги Фарғона. – Тошкент: Фан, 2001. – Б. 15.
- Анарбаев А. Ахсикент – столица Древней Ферганы. – Ташкент: Tafakkur, 2013. – С. 129.
- Карабасов Ю., Черносов П., Коротченко Н., Голубев О. Металлургия и время...– С. 171.
- Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 1-жилд. – Тошкент: ЎзМЭ, 2000. – Б. 371.
- Анарбаев А. А. Ахсикент – в древности и средневековье (итоги и перспективы исследования) // СЭ. – 1988. – №1. – С. 183
- Папахиристу О.А. Черная металлургия Северной Ферганы.... – С. 8.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011056
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/17
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 78–84
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08