Asosiy mazmunga o‘tish

QIRQXUJRA (CHILXUJRA) – ARXEOLOGIYA YODGORLIGIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOTLAR.

Nasriddinov Shukrullo NazrullaevichNamangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi.2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 32–35

Annotatsiya

Mazkur maqola Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Qirqxujra yodgorligida olib borilgan arxeologiya tadqiqotlari tarixiga bag‘ishlangan.

Boshqa tillarda

ruschaНАУЧНЫЕ АРХЕОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ НА ПАМЯТНИКЕ КИРКХУДЖРА (ЧИЛХУДЖРА).

Данная статья посвящена истории археологических исследований, проведённых на памятнике Киркхуджра, расположенном в Папском районе Наманганской области.

inglizchaQIRQXUJRA (CHILXUJRA) – SCIENTIFIC ARCHAEOLOGICAL RESEARCH CONDUCTED AT THE SITE

This article is dedicated to the history of archaeological research conducted at the Qirqxujra site, located in the Pop district of Namangan region.

Kalit so‘zlar

  • G‘ovosoy
  • Qirqxujra
  • Pop
  • ilk shahar
  • urbanizatsiya bosqichlari
  • spool topilmalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

QIRQXUJRA (CHILXUJRA) – ARXEOLOGIYA YODGORLIGIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOTLAR.

НАУЧНЫЕ АРХЕОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ НА ПАМЯТНИКЕ КИРКХУДЖРА (ЧИЛХУДЖРА).

QIRQXUJRA (CHILXUJRA) – SCIENTIFIC ARCHAEOLOGICAL RESEARCH CONDUCTED AT THE SITE

Nasriddinov Shukrullo Nazrullaevich Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi. e-mail: shukrullonasriddinov46@gmail.com Tel.[telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16870299

Annotatsiya. Mazkur maqola Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Qirqxujra yodgorligida olib borilgan arxeologiya tadqiqotlari tarixiga bag‘ishlangan. Аннотация Данная статья посвящена истории археологических исследований, проведённых на памятнике Киркхуджра, расположенном в Папском районе Наманганской области. Annotation This article is dedicated to the history of archaeological research conducted at the Qirqxujra site, located in the Pop district of Namangan region.

Kalit so‘zlar. G‘ovosoy, Qirqxujra, Pop, ilk shahar, urbanizatsiya bosqichlari, spool topilmalar. Ключевые слова Гавасай, Киркхуджра, Пап, ранний город, этапы урбанизации, керамические находки. Keywords G‘ovosoy, Qirqxujra, Pop, early city, stages of urbanization, ceramic findings.

Qirqxujra (Chilhujra) yodgorligi Namangan viloyati Pop tumanidagi Kelachi qishlog‘i yaqinida, Pop shahridan 2 km janubda Sirdaryoning о‘ng qirg‘og‘ida G‘ovasoyning quyi oqimida joylashgan (1-rasm). Hudud geografik jihatdan Farg‘ona vodiysining shimoli­g‘arbiy qismiga tо‘g‘ri keladi va shimoldan Chotqol ­ Qurama tog‘tizmasi bilan chegaradosh bо‘lib, undan G‘ovasoy havzasi tizimiga kiruvchi kо‘plab mavsumiy va doimiy suv oqimlari (soylar) oqib о‘tadi. Sirdaryoning о‘ng qirg‘og‘idagi adirliklarga tutashib ketuvchi bu hududlardagi deyarli barcha tepaliklarda qadimgi davrda insonlar istiqomat qilganligini bildiruvchi arxeologik moddiy manbalar topilgan. Ammo ularning kо‘pchiligi sel oqimlari, Sirdaryoning о‘z о‘zanini о‘zgartirishi, shuningdek insonlar tomonidan о‘zlashtirilishi tufayli turli darajada zarar kо‘rgan bо‘lsa, ayrimlari umuman buzilib ketgan.

G‘ovasoy havzasidagi dastlabki tadqiqotlarni Yaxyo G‘ulomov boshchiligidagi Farg‘ona arxeologiya otryadi 1964 yildagi arxeologiya kuzatuvlar davrida olib bordilar. Tadqiqotlar davomida Shimoliy Farg‘ona xududidagi Pop tumanida joylashgan Qirqxujra (G‘arqiz arxeologiya yodgorligi deb nomlangan) va Munchoqtepa kabi antik davr shaharlari qoldiqlarida ham kuzatuv tadqiqotlarini olib bordilar [6: 28­35]. 1982 yilda shimoliy Farg‘ona hududidagi M. Isamiddinov boshchiligidagi arxeologik yodgorliklarni rо‘yxatga olish guruhi tomonidan Qirqxujra (G‘arqiztepa nomi bilan) yodgorligi qayd etilgan[6: 28­35]. Qirqxujra qadimgi shahar yodgorligida dastlab 1988 yilda antropolog SH. Abilov tadqiqot olib borgan va asosan antropologik topilmalarini о‘rgangan. Lekin uning tadqiqot materiallari maqola sifatida ilmiy jamoatchilikka xabar qilinmagan va nashr etilmagan[6: 31]. Shuningdek, 2012 yilda “Toshkent­Pop” temir yо‘l о‘tkazilishi munosabati bilan olib borilgan tadqiqotlar davomida ham yodgorlik Farg‘ona vodiysining qadimiy shahar markazlaridan biri ekanligi e’tirof etilgan [4: 24]. 2013 yilda A. Anarbayev rahbarligida Qirqxujra yodgorligining ark va shaxriston qismida dastlabki rejali qazish ishlari olib borildi [3: 23­36]. Tadqiqotlar shuni kо‘rsatdiki, Qirqxujra qadimiy shahari о‘zining eng dastlabki bosqichida mill. avv. VI asrda о‘z tarkibida qadimiy shaharga xos bо‘lgan barcha belgilarga: mustahkam qal’a, mudofaa devorlari va ibodatxona joylashgan shaxristondan iborat ekanligi ilmiy isbotlandi. Qirqhujra yodgorligi saqlangan qismining janubiy­sharqiy qismida shahar arki yaqqol ajralib turadi. Ark yuqori va quyi maydonlardan tashkil topib, qalinligi 11 metrdan ortiq ikki qatorlik mudofaa devori bilan о‘rab olingan. Shaharning birinchi shahristoni arkning shimoliy qismini egallagan bо‘lsa, ikkinchi shahriston ark va birinchi shahriston sharqiy tomonini egallagan. Bugungi kunda shahar arkida va ikkinchi shahristonda keng kо‘lamli tadqiqotlar olib borilmoqda. Ikkinchi shahristondagi tadqiqotlar asosan, shahriston markazini egallagan tepalikda olib borilib, mazkur joyda shaharning mahobatli diniy inshooti ochib о‘rganilgan. 2013 va 2021 yillarda ibodatxonada olib borilgan qazuv ishlari davomida tepalik ustini egallagan yuqori qatlamlardan er.avv. VI­IV asrlarga oid deb taxmin etilgan sopol idishlar namunalari yig‘ib olindi. Kulollik idishlarining dastlabki statistik tahlili ularning asosiy qismi qо‘lda tayyorlangan namunalardan iborat ekanligini kо‘rsatdi. 2013 yilda 2­shahristoning mazkur qismida olib borilgan arxeologik qazuv ishlari davomida markazda joylashgan tepalikda, zikkurat kо‘rinishidagi diniy inshoot qoldiqlari aniqlandi (2-rasm). Tadqiqotchilar tomonidan otashparastlar ibodatxonasi deb taxmin etilgan ushbu inshoot 45x20 m о‘lchamdagi, balandligi 9 m bо‘lgan tepalik kо‘rinishida bо‘lgan [2: 33]. 2­ shahristonning g‘arbiy qismi tadqiqotning dastlabki yillarida 1950 yillarda paxta maydonlarini о‘zlashtirish davrida buzib yuborilgan deb hisoblanib kelingandi. Ammo 2016 yilda yodgorlik atrofidi olib borilgan dala­qidiruv kuzatishlari (razvedka) davomida arkdan 1 km g‘arbda, Sobiq ittifoq davrida dala shiyponi

sifatida foydalanib kelingan tepalikda madaniy qatlamlar va qurilish qoldiqlari saqlanib qolinganligi aniqlandi. Garchi bugungi kunda ham bu hududda bog‘maydoni joylashgan bо‘lsada, tepalik atrofidan Qirqxujra yodgorligida yig‘ib olingan IV­III asrlarga oid sopollar kompleksiga xos sopol siniqlari yig‘ib olindi. Demakki aytishimiz mumkinki, bu qism madaniy qatlamlari qadim shaharning hududi IV­III asrlardayoq anchagina qatta maydonnni egallaganligini kо‘rsatmoqda [1: 55]. Qirqxujra arxeologik yodgorligida olib borilgan izlanishlar davomida kо‘p miqdorda sopol idishlar bо‘laklaridan iborat kulollik idishlari majmuasi yig‘ib olindi. Ushbu kulollik idishlari yodgorlikda kechgan hayot faoliyati davriy chegarasini belgilab berish bilan birgalikda bu еrda yashagan halqning turmush tarzi, madaniyati haqida ham ma’lumotlar beradi. Qirqhujra yodgorligida olib borilgan qazuv ishlari asosan shaharning mudofaa va diniy monumental inshootlari qoldiqlarida olib borilganligi sababli mazkur qazishmalardan olingan sopol namunalari tahlil etildi. Bunda e’tibor qaratishimiz kerakki, arxeologik tadqiqotlar tajribalaridan kelib chiqib fortifikatsiya inshootlarida sopol idishlari siniqlari kо‘p uchramasa, diniy monumental inshootlarda aksincha anchagina boydir. Bizga ma’lumki qadimgi davrga tegishli bо‘lgan sopol idishlarning asosiy qismi qо‘lda tayyorlangan. Qirqxujraning Ark (hukmdor saroyi) qismida olib borilgan 1­ tadqiqot obyektidagi qazishmalar davomida xronologik jihatdan mil.avv. VI­V asrlar bilan davrlashtiriladigan Eylaton tipiga xos qо‘lda ishlangan ikkita bezakli sopol idish parchasi aniqlangan [3: 31]. Eylaton madaniyatiga xos topilmalardan yana biri yodgorlikning shahriston qismida olib borilgan 2­ tadqiqot obyektidagi qazishmasidan sirtiga qizil­jigarrang tusli geometrik monoxrom naqsh tushirilgan qо‘lda ishlangan idish topilgan [3: 33]. Yodgorlikning shaxriston qismidagi 3­qazishma obyektidan aniqlangan sopol majmuasida ham qо‘lda yasalgan bezakli idishning qorin qismi parchasi mavjud. Idish parchasining har ikkala tomoni silliqlangan va sirtiga jigarrang tusdagi geometrik naqsh bilan bezatilgan. Gorizontal tarzda joylashgan teng tomonli uchburchaklar shtrix hosil qilgan. Uchburchaklar burchagi tepaga qaratib chizilgan va ularning о‘rtasidan yupqa chiziq о‘tkazilgan [2: 94]. Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biri hisoblanuvchi Qirqxujra shahri xarobalarida 2021 yilgi qazish mavsumida, uning ochiq tipdagi ibodatxonasidan yana bir eylaton tipiga xos idish parchasi aniqlandi. Uning ham sirtiga qizil­jigarrang tusli geometrik naqsh tushirilgan. Yodgorlikda olib borilgan tadqiqotlar va qо‘lga kiritilgan moddiy manbalarni о‘rgangan xolda Qirqxujra qadimgi shahar xarobalari bugungi kunga qadar qadimiy Farg‘onaning Eylatan­Oqtom madaniyatining yaxshi saqlangan yagona yodgorligi ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi (3- rasm). Arxeologik materiallar tahlili Qirqxujra о‘lkasida tо‘xtab qolgan shahar hayoti, ehtimol, g‘arbdan 1 km uzoqlikda joylashgan Balandtepa о‘lkasida qayta tiklanganligini aniqlashga imkon berdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI (REFERENCES): 3

1. Анарбаев А.А., Баратов С.Р., Саидов М., Археологические исследования городища Чилхуджра в 2013 году. // Археологические исследования в Узбекистане в 2013­2014 года. Самарканд. 2016. 2. Анарбаев А, Максудов Ф, Кубаев С, Насриддинов Ш. Чилхуджра (Киркхужра)­ руини древнего города северо­западной Ферганы //ИМКУ. Вып. 39. Самарканд, 2016. 3. Анарбаев А.А, Баратов С.Р, Саидов М, Кубаев Археологические исследования городища Чилхуджра в 2013// Археологические исследование 2013 году в Узбекистане 2013­2014 года. Вып.10. Самарканд. 2016. 4. Анарбаев А.А., Баратов С.Р., Буряков Й.Ф., Вульферт Э., Сайфуллаев Б. Археологические разведки и исследования Ангрен-Пап. //Археологические исследования в Узбекистан 2013­2014 года. Вып.10. Самарканд.2016. 5. Исамиддинов М.Х. Материали к своду памятники Наманганского области­ Самарканд, 1982. 6. Исамиддинов М.Х. Отчет Наманганского отряда 1983 г. // Архив ИА АН Республики Узбекистан ­ Самарканд, 1984.

1-Rasm. Qirqxujra yodgorligining umumiy ko‘rinishi.

2-Rasm. Ibodatxona joylashgan tepalikning umumiy ko‘rinishi.

3- Rasm. Yodgorlikda aniqlangan oziq ovqat saqlash xumlari.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar0 ta adabiyot

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011046
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/7
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
32–35
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25