Asosiy mazmunga o‘tish

FARG‘ONA VODIYSI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI

Abduhamidov DoniyorbekNamangan davlat universiteti, Tarix yo‘nalishi talabasi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 47–50

Annotatsiya

Mazkur maqolada qadimiy va hamisha navqiron, “O‘rta Osiyo durdonasi” bo‘lgan Farg‘ona vodiysining bronza, temir va antik davrlarga oid yodgorliklari to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaАРХЕОЛОГИЧЕСКИЕ ПАМЯТНИКИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

В данной статье представлена информация об археологических памятниках Ферганской долины — древнего и вечно молодого региона, известного как «жемчужина Средней Азии». Рассматриваются памятники, относящиеся к бронзовому, железному и античному периодам.

inglizchaARCHAEOLOGICAL MONUMENTS OF THE FERGANA VALLEY

This article presents information about the archaeological monuments of the Fergana Valley — an ancient yet ever-young region known as the "Pearl of Central Asia." The focus is on sites dating back to the Bronze, Iron, and Antique periods.

Kalit so‘zlar

  • Farg‘ona vodiysi
  • ilk manzilgohlar
  • arxeologik yodgorliklar
  • Chust
  • Eylaton
  • Qovunchi
  • Mingtepa

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

FARGʻONA VODIYSI ARXEOLOGIK YODGORLIKLARI

ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS OF THE FERGANA VALLEY

АРХЕОЛОГИЧЕСКИЕ ПАМЯТНИКИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

Abduhamidov Doniyorbek Yodgorxo‘ja oʻgʻli Namangan davlat universiteti, Tarix yoʻnalishi talabasi tel [telefon raqami yashirilgan] e-mail: doniyorbekabdulhamidov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.16871062

Annotatsiya. Mazkur maqolada qadimiy va hamisha navqiron, “O‘rta Osiyo durdonasi” bo‘lgan Fargʻona vodiysining bronza, temir va antik davrlarga oid yodgorliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Kalit soʻzlar. Fargʻona vodiysi, ilk manzilgohlar, arxeologik yodgorliklar, Chust, Eylaton, Qovunchi, Mingtepa. Annotation. This article presents information about the archaeological monuments of the Fergana Valley — an ancient yet ever-young region known as the "Pearl of Central Asia." The focus is on sites dating back to the Bronze, Iron, and Antique periods. Keywords. Fergana Valley, early settlements, archaeological monuments, Chust, Eylaton, Qovunchi, Mingtepa. Аннотация. В данной статье представлена информация об археологических памятниках Ферганской долины — древнего и вечно молодого региона, известного как «жемчужина Средней Азии». Рассматриваются памятники, относящиеся к бронзовому, железному и античному периодам. Ключевые слова. Ферганская долина, ранние поселения, археологические памятники, Чуст, Эйлатон, Ковунчи, Мингтепа.

Fargona vodiysi nafaqat o‘zining go‘zal tabiati, baland tog‘lari, unumdor yerlari, mehnatkash xalqi balki, qadimiy tarixi, qadimiy va hamisha navqiron shaharlari, noyob arxeologik yodgorliklari bilan ham mashhur hisoblanadi. Ana shunday qadimiy yodgorliklardan biri Chust madaniyatidir.

Chust madaniyati qadimgi Fargʻonadagi ilk dehqonchilik madaniyati bo‘lib, qadimgi Fargʻonadagi ilk dehqonchilik madaniyati yodgorligi hisoblanadi. Bu madaniyatni yaratgan aholi dastlab chorvachilik bilan shugʻullangan, keyinchalik esa oʻtroq hayot tarziga oʻtishgan. Ularning ilk qishlogʻi 1951- yilda M.E.Vorones tomonidan Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalgan buloq yonidan topilgan. Arxeologlar bu yodgorlikka shartli ravishda Chust madaniyati nomini berganlar, chunki bu yodgorlikka yaqin yirik aholi punki Chust shahri bo‘lgan. Chust madaniyati soʻngi bronza va ilk temir davriga oid boʻlib, u miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri – I ming yillikning birinchi choragida shakllangan. Bugungi kungacha Fargʻona vodiysida Chust madaniyatiga mansub 80 dan ortiq yodgorlik topilgan. Shuningdek, uning izlari Namangan, Andijon, Samarqand hududlaridan ham topilgan. “Naqshinkor rangli sopol” madaniyatining koʻplab mehnat qurollari Chust madaniyatiga oʻxshashligi masalasi dastlab A. Asqarov tomonidan taʼkidlanib, ularning kelib chiqishini Chust madaniyati bilan bogʻlaydi. A.Asqarovning ta’kidlashicha, “Sopolli madaniyati o‘zining Bo‘ston bosqichida gullab-yashnab turgan kezlarda, Baqtriya sarhadlariga Qadimgi Farg‘onaning Chust madaniyati tipidagi etnik guruhlar kirib keladilar. Chustda M.E.Voronesdan keyin V.I.Sprishevskiy, B.Matboboyev, Yu.A.Zadneprovskiylar tadqiqot ishlarini olib bordilar. Tadqiqotlar Dalvarzintepa, Qoraqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Tergovchi, Yoztepa, Go‘rmiron, G‘ayrattepa, Chimboy, Ashqoltepa kabi yodgorliklarda olib borilgan. Ularda madaniy qatlam 1,5 – 3 metrgacha qalinlikda saqlanib qolgan, bu ham chust madaniyati aholisining o‘troq hayot kechirganligidan dalolat beradi [1. – B. 96-98.]. Chust madaniyatining ilk bosqichida aholisi yertoʻla va yarim yertoʻla uylarida yashagan. Ikkinchi bosqichda uy joylar yerning ustida paxsa va xom gʻishtdan qurila boshlaydi. Aholi kulolchilik, toʻqimachilik, bronza quyish ishlari bilan yaxshi tanish boʻlgan. Kulolchilik buyumlari qoʻlda yasalgan, sirtiga turli naqshlar chizilgan. Mis va bronzadan uy-roʻzgʻor anjomlari va qurol yarogʻlar yasalgan. Chust madaniyatining shakllanish masalasida mutaxassislar tomonidan turli xil fikrlar bildiriladi. Ahmadali Asqarov mahalliy Andronovo madaniyatiga mansub chorvador aholining o‘rtoqlanish natijasi deb hisoblangan boʻlsa V. I Sarianidi O‘rta Osiyoning janubidan kelgan aholisi asos solganligini aytgan. K. Sverchkov bu madaniyatning ildizini Sharqiy Turkistonning Tarim vohasi bilan bogʻlashga harakat qilgan. Vodiyning qadimiy yodgorliklaridan yana biri Eylaton madaniyatidir. Eylaton – bu madaniyatiga oid yodgorliklar orasida shu nomdagi manzilgoh yaxshi oʻrganilgan. Manzilgoh Qoradaryo boʻyida joylashgan umumiy maydoni 200 gektardan iborat. Manzilgoh ichki va tashqi qismdan iborat. Ichki qismi qudratli mudofaa tizimiga ega. Mudofaa devori kvadrat burjlar bilan kuchaytirilgan. Manzilgoh birinchi devoridan 500 m masofada unga parallel qilib qurilgan

ikkinchi devor joylashgan. Eylaton madaniyati xoʻjaligining asosini sugʻorma dehqonchilik tashkil etgan. Bu davrda temirdan yasalgan buyumlarning soni koʻpayadi. Ayrim mutaxassislar amurgiya saklarini Farg‘ona vodiysi hududiga joylashganligini qayd etadi. Ma’lumki, amurgiya saklari ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan. Yozma manbalarda amurgiya saklarining Roksanaka va Fosta shaharlari to‘g‘risida yashaganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Farg‘ona vodiysining Eylaton davriga oid yirik manzilgohlari ahamoniylar shaharsozligi usulida barpo etilib, ularni yozma manbalarda qayd etilgan shaharlar bilan qiyoslash mumkin [2. – B. 146 – 148.]. Qovunchi madaniyatining ilk bosqichida oʻtroq manzilgohlari shakllanib, miloddan avvalgi II asrdan asrdan oʻlkada shaharsozlik taraqqiyotining ikkinchi bosqichi boshlandi. Qovunchitepa, Kindiktepa, Shoshtepa va boshqa shaharlar shakllandi. Arxeolog olima M.I.Filanovichning fikricha, Shoshtepa meʼmoriy majmuasi Jetiasar madaniyati qurilishga oʻxshaydi. Qovunchi madaniyatining keyingi bosqichida Mingoʻrik yodgorligi oʻrnida aholi manzilgohi shakllanib, shahar markaziga aylanadi. Uning umumiy maydoni 35 gektardan iborat mudofaa devoriga ega manzilgoh ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan. Arkda saroy, harbiy zaxira ombori va boshqa imoratlarining oʻrni ochib oʻrganilgan. Imoratlarning devorlari turli mazmundagi rang tasvir namunalari bilan bezatilgan. Antik davrlariga oid yodgorliklar majmuasini Yu.A.Zadneprovskiy Shoʻrabasht va Marhamat davrlariga ajiratadi. N.G.Gorbunova, Fargʻona vodiysining Eylaton madaniyati oʻrnida vujudga kelgan yodgorliklarini Ko‘gayQorabuloq madaniyati nomi bilan yoritilgan. Shoʻrabasht manzilgohi antik davrga oid eng yirik manzilgoh hisoblanadi. Umumiy maydoni 70 gektar keladigan koʻhna shahar xarobasi daryodan tashqari uch tomoni mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Devor burjilar bilan kuchaytirilgan. Manzilgohning sharqida joylashgan Ark qismi ham alohida mudofaa devoriga ega.Bu manzilgohni Yu.A.Zadneprovskiy xitoy manbalarida qayd etilgan Yuchen shahri bilan qiyoslagan [3. – B. 217- 222.]. Fargʻona vodiysi va uning janubidagi togʻlik rayonlarda ham mezolit davriga oid makonlar ancha keng tarqalgan. Shular jumlasiga Fargʻona vodiysining janubidagi Qatron togʻining janubiy yon bagʻridan topilgan Obisher I va Obisher V gʻor makonlarini kiritish mumkin. Mingtepa arxeologik yodgorligi 40 gektar maydonni egallab, 52 ta katta kichik tepalik oʻrab olgan. 1986-yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti tomonidan ushbu yodgorlik majmuasini oʻrganishga kirishildi. Tekshirish guruhi rahbari, tarix fanlari nomzodi Boqijon Matboboyev, ilmiy maslahatchi Sayfiddin Jalilov dastlab, “Mingtepa”ning qoq o`rtasida joylashgan katta tepalik-shahar o`rdasining qoldig`i kovlanib o`rganildi

va jiddiy ilmiy xulosalarga sabab bo`ladigan talaygina arxeologik ashyolar topildi. Chust madaniyatiga mansub guldor sopol buyumlar topilgan. Chust tipidagi rangli sopol idishlar Oʻrta Osiyoning koʻp joylarida uchraydi. Sopol idishlar uy xoʻjaligida ishlatilgan [4. – B. 143-144].

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Egamberdiyeva N. A. Arxeologiya. Darslik. – T.: LESSON-PRESS" nashriyoti, 2023.
  2. Ibragimov R. Arxeologiya. – T.: Fan, 2022.
  3. Ibragimov R. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi. – Toshkent, 2020.
  4. Кабиров Ж., Сагдуллаев А. Ўрта Осиё археологияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011050
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/11
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
47–50
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25