Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XORAZMSHOHLAR VA NAYMANLARNING FARG‘ONA VODIYSI UCHUN OLIB BORGAN KURASHLARI (XIII ASR BOSHLARI)

    Tohirjon Qodiralievich Qazokov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada xorazmshohlar va naymanlar davlatlari o‘rtasida Farg‘ona vodiysini egallash uchun olib borilgan kurashlari bayon etilgan. Farg‘ona vodiysining mo‘g‘ul davlati tarkibiga qo‘shib olinishi va uning sabablari birlamchi manbalar asosida tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON DUNGANLARI ZAMONAVIY JARAYONLAR FONIDA: OILA, NIKOH VA ETNOMADANIY UZVIYLIK

    Ortikov Yosin Abdulbokievich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqola O‘zbekistonda yashaydigan dungan diasporasining etnomadaniy identikligini saqlash mexanizmlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, oila va nikoh amaliyotining ularning madaniy o‘zligini saqlashdagi roli, endogam va ekzogam nikohlarning hududiy tafovutlari tahlil qilinadi. Toshkent, Andijon kabi mintaqalarda dunganlarning nikoh amaliyotidagi farqlar, shuningdek, gansu va shensilik guruhlarining integratsiya darajasi qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada dunganlarning zamonaviy sharoitga qaramay, o‘z an‘analarini saqlab qolishining ijtimoiy-madaniy omillari ko‘rib chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FARG‘ONA VODIYSI DIZAYN TARIXI AN‘ANALARI

    Ruzinov Bakhtiyor Askarovich, Askarov Behzodbek Bakhtiyor oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    O‘zbekistonning gavhari deb atalmish Farg‘ona vodiysi hududi o‘zining qadimiy shaharlari, bepoyon dalalari, me‘moriy obidalari, go‘zal bog‘lardagi shirin - shakar mevalari, Chust pichoq va do‘ppilari, Marg‘ilon do‘ppilari, Shahrixon pichoqlari, ipakli matolari atlasi, adrasi, shoyi, beqasamlari kabi hunarmandchilik mahsulotlari bilan mashhurdir. Qadimgi arxeologik yodgorliklardan topilgan turli hunarmandchilik namunalari an‘analarini davom ettirayotgan kulolchilik maktablari, me‘moriy bezaklar uchun koshinlar, mozaika va boshqa kulolchilik maxsulotlarini yaratilmoqda. Ushbu yaratilayotgan uy-ro‘zg‘or anjomlari qadimiy ashyolarni dizaynini o‘sha qadimgi davridayoq o‘ta kuchli insoniyat o‘zi uchun qulay sharoitlar yaratishiga bog‘liqdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FARG‘ONA VODIYSIDA BIRINCHI JAHON URUSHI HARBIY ASIRLARI

    Jaxongir Ilhomovich Tojiboev · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada Birinchi jahon urushi yillarida Farg‘onada vodiysi shaharlaridagi harbiy lagerlariga avstro-venger va nemis zobitlari va askarlarining olib kelinishi bayon etilgan, Shuningdek, tadqiqotda harbiy asirlarning Farg‘ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma‘rifiy hayotidagi ishtiroki masalalari atroflicha tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NAMANGAN TUMANI VA MIRISHKOR QISHLOG‘I TARIXI

    Rustamjon Qobuljonov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Namangan tumani hamda Mirishkor qishlog‘i tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, toponimikasi va bugungi kundagi taraqqiyoti haqida fikr- mulohazalar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    CHUST TUMANI ETNOTURISTIK SALOHIYATINI OSHIRISHDA PICHOQCHILIK VA DO‘PPICHILIKNING O‘RNI

    Toychiyev Ismail Mahmudjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Chust tumani etnoturistik salohiyatini oshirishga turtki bo‘luvchi pichoqchilik va do‘ppichilik hunarlari tahlil qilingan. Bu hunarmandchilik turlari orqali tumanda etnoturizmni rivojlantirish mumkinligi ham aytib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FARG‘ONA VODIYSI VA MARKAZIY TYANSHAN O‘LKALARI ETNOMADANIY ALOQALARI

    Nurmatov Akramjon · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi va Markaziy Tyanshan o‘lkalari o‘rtasidagi etnomadaniy aloqalarni o‘rganishga bag‘ishlanib, ushbu aloqalarning shakllanish jarayonlari, etnografiya, turmush tarzi, urf-odatlar, til va diniy an‘analardagi o‘xshashlik va farqlar tahlil qilingan. Shuningdek, qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi madaniy ta‘sirlashuv, migratsiya jarayonlari va turli davrlardagi siyosiy voqealarning etnomadaniy munosabatlarga ta‘siri ko‘rib chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ТРАДИЦИОННОЕ КОВРОТКАЧЕСТВО КЫРГЫЗОВ – ОДИН ИЗ ВАЖНЕЙШИХ ЭЛЕМЕНТОВ КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

    Satybaldieva Chynykhan Topchubaevna., Akzhol kyzy Zhamilakan · Материалы международной научно-практической конференции по «АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ» · 2025

    Ushbu maqolada an‘anaviy jamiyatda vujudga kelgan qirg‘iz gilamdo‘zligi Markaziy Osiyo xalqlari gilamdo‘zligi tarixi va madaniyatining ajralmas qismi ekanligi haqida so‘z boradi. Bu hududda yashovchi xalqlarning madaniyati o‘zaro ta‘sirlar, umumiy etnik ildizlarning birligi, bu hududda asrlar davomida shakllangan badiiy-estetik ko‘rinish va an‘analar natijasida shakllangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    OILA VA NIKOH TUSHUNCHALARINING ILMIY-FALSAFIY, IJTIMOIY-HUQUQIY, TARIXIY TALQINI.

    Isakov Abdulvohid Qobilovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Maqolada oila va nikoh tushunchalariga falsafiy, ijtimoiy-huquqiy va tarixiy nuqtai nazardan yondashiladi. Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Oila kodeksi asosida oilaning jamiyatdagi o‘rni, nikohning huquqiy asoslari, uning ixtiyoriyligi, yoshga oid talablar hamda nikohga oid turli huquqiy cheklovlar tahlil qilinadi. Muallif o‘zbek oilasining urf-odatlari, axloqiy qadriyatlari, oiladagi o‘zaro munosabatlar va shaxsiy erkinliklar masalalariga alohida e‘tibor qaratadi. Shuningdek, islomiy fiqh manbalariga tayanilgan holda nikoh va oilaga oid an‘anaviy qarashlar ilmiy asosda yoritiladi. Xulosa sifatida, nikoh va oila jamiyatning barqarorligi va ma‘naviy taraqqiyotining asosiy instituti sifatida talqin etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    EKOLOGIK MADANIYATGA OID XORIJIY MANBA VA ADABIYOTLAR TAHLILI.

    Bekhzod Barkamalovich Iskhakovtr · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Maqolada Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining an‘anaviy ekologik tarixi, tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni asrash bilan bog‘liq an‘analari, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishga oid xorijiy tadqiqotlar ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘Z DAVRIDA XONDAN KEYIN TURGAN SHAXS

    Bakhtiyor Rejavalievich Khalmuratov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xonliklari, sovet davri va mustaqillik yillarida muhim kasblardan biri bo‘lgan miroblik haqida so‘z boradi. Maqolada muallif asosiy e‘tiborni “mirob” so‘zi, uning etimologiyasi, ushbu kasbga oid sir-asrorlar, XIX–XXI asrlarda O‘zbekistonda miroblar faoliyatida yuz bergan o‘zgarishlarga qaratgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    RAMZLAR BILAN BOG‘LIQ QARASHLAR – TARIXIY VA ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA

    Shakhnoza Khusanboyevna Rakhimova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada dunyo xalqlarida “ramz” tushunchasi, uning diniy va dunyoviy talqinlariga oid tadqiqotlar tahlil qilingan. Maqolada muallif asosiy e‘tiborni jahon va o‘zbek olimlarining turli xil ramzlar (asosan, ranglar)ga oid ilmiy izlanishlarini tahlil qilish, unga doir tegishli xulosalarga qaratgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKLARNING TAQVIMIY MAROSIMLARI: BAHORIY SAYILLAR

    Sarimsokov Abdilatip Abdirakhimovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada o‘zbeklarning yil taqvimi bilan bog‘liq urf-odat va marosimlari tarkibidagi bahor faslida o‘tkaziluvchi sayillar xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, bahoriy sayillarning turlari, kelib chiqish tarixi, o‘tkazilish muddatlari, tartibi, ishtirokchilari, sayil jarayoni, sayildan ko‘zlangan maqsad kabi masalalar yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘QCHILIK O‘YINLARI JIHOZLARIGA OID AYRIM MA‘LUMOTLAR

    Ahrorbek Azamjonovich Azizov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Eng qadimgi qurollardan biri hisoblangan yoy va o‘q hamda u bilan bog‘liq turli xil jihozlar muhim ahamiyat kasb etgan. Ovchilik va keyinchalik harbiy ahamiyat kasb etgan o‘qchilik faoliyatini takomillashtirish uchun shakllantirilgan o‘yinlarda qo‘llash maqsadida maxsus jihozlar yaratilgan. Ushbu maqolada Turonning o‘qchilik o‘yinlarida qo‘llangan jihozlar va ularning qo‘llanish maqsad hamda vazifalari ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, o‘qchilik jihozlari hisoblangan yoy, o‘q, maxsus nishonlar, yuksak va boshqa vositalarning ahamiyati ochib berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XALQ O‘YINLARI IJTIMOIYLASHUVNING SAMARALI VOSITASI VA OMILI

    Salimjon Valiyevich Yuldoshev · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Mazkur maqolada bolalar o‘yinlari tarixi, yoshlarning ijtimoiy hayotining barcha sohalarida bir-birini tushunishga va o‘zaro yaqinlashishga, hamma uchun tushunarli umumiy tili bir-birlarini anglab olishlarida hamda ijtimoiylashuvida tarbiya vositasi, omili ekanligi ochib berilgan. Xalq o‘yinlari xo‘jalik hayoti bilan bog‘liqligi manbalar asosida etnografik aspektda yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    NAMANGAN VILOYATI QORAQALPOQLARIDA HUNARMANDCHILIK AN‘ANALARI

    Sarimsokov Abdilatip Abdirakhimovich, Nasirjonova Yulduz Takhirjon kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada Namangan viloyatida yashovchi qoraqalpoqlarga xos hunarmandchilik an‘analari tahlil qilingan. Muallif bunda asosiy e‘tiborni viloyatda yashovchi qoraqalpoqlarning geografik joylashuvi, kundalik hayoti, aynan mazkur etnosga xos hunarmandchilik turlari, uning bugungi kundagi ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan bo‘yrado‘zlikka qaratgan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ANALYSIS OF ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN ZOROASTRIANISM

    Bekhzod Barkamalovich Ishakov, Isaboyevna Karimboyeva · Materials of the International Scientific and Practical Conference on “RELEVANT PROBLEMS OF THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY” · 2025

    Maqolada “Avesto”dagi atrof-muhitni muhofaza qilish, inson va tabiat o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarni shakllantirish bilan bog‘liq dastlabki tushunchalar tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ISLOMDA EKOLOGIYA MASALALARI TALQINI

    Shavkatjon Tolanbayev · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan atrof-muhit muhofazasi va unga islom dinida bo‘lgan yondashuvlar aks etgan. Maqolada asosiy e‘tibor Qur‘oni Karimda keltirilgan tabiatni asrab-avaylashga doir ekologik qarashlar, ularning oyatlardagi talqini va o‘zbek xalqining tabiat unsurlariga bo‘lgan munosabati masalasiga qaratilgan. Tabiiyki, tabiatni muhofaza qilish muammosi butun olamdagi yuz millionlab musulmonlar va islom ulamolarini ham tashvishga solmoqda hamda ular ushbu muammolarni hal qilishda Qur‘oni Karim oyatlari va Hadisi shariflarning o‘rni kattadir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ISLOM DINI VA MAROSIMLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

    Ashirov Adhamjon Azimbayevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025

    Ushbu maqolada hozirgi zamonaviy jamiyatda islom dinining tutgan o‘rni, unga xos marosimlar tizimi, islomda “marosim” tushunchasiga bo‘lgan munosabat, o‘zbeklarning kundalik oilaviy hayotida “aqiqa” va “nikoh” to‘ylarining ahamiyatiga doir etnografik ma‘lumotlar aks etgan. Muallif maqolada asosiy e‘tiborni jadid allomalarining to‘y marosimlariga bo‘lgan munosabati, oilaviy marosimlar va ularga qilinadigan xarajatlarga doir tahliliy ma‘lumotlarga qaratgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    РЕЛИГИОЗНЫХ ВЗГЛЯДОВ, СВЯЗАННЫХ С ПОКРОВИТЕЛЯМИ РЕМЕСЕЛ НАСЕЛЕНИЯ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ

    Esonov Ziyodbek Yuldashevich · Материалы международной научно-практической конференции по «АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ» · 2025

    Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi aholisining hunarmandchilik homiy-pirlari bilan bog‘liq e‘tiqodiy qarashlari tarixi yoritib berilgan. Asosiy e‘tibor Farg‘ona vodisi aholisining hunarmandchilik tarmoqlaridagi homiy-pirlar tarkibini yoritib berishga qaratilgan. Bildirilgan fikr-mulohazalar tarixiy manbalar va tadqiqotchilar qarashlari bilan asoslangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya