NAMANGAN TUMANI VA MIRISHKOR QISHLOG‘I TARIXI
Rustamjon QobuljonovUBS universiteti “Tarix” mutaxassisligi magistranti2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 191–194
Annotatsiya
Ushbu maqolada Namangan tumani hamda Mirishkor qishlog‘i tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, toponimikasi va bugungi kundagi taraqqiyoti haqida fikr- mulohazalar keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaИСТОРИЯ НАМАНГАНСКОГО РАЙОНА И СЕЛА МИРИШКОР
В статье излагаются мнения об истории Наманганского района и села Миришкор, этапах его развития, топонимике и современном развитии.
inglizchaHISTORY OF NAMANGAN DISTRICT AND MIRISHKOR VILLAGE
This article presents opinions on the history of Namangan district and the village of Mirishkor, its stages of development, toponymy, and current development.
Kalit so‘zlar
- Namangan
- Mirishkor
- tuman
- Toshbuloq
- xo‘jalik
- Norin
- qishloq
- Amiri Shikor
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
NAMANGAN TUMANI VA MIRISHKOR QISHLOG’I TARIXI
ИСТОРИЯ НАМАНГАНСКОГО РАЙОНА И СЕЛА МИРИШКОР
HISTORY OF NAMANGAN DISTRICT AND MIRISHKOR VILLAGE
Rustamjon Qobuljonov UBS universiteti “Tarix” mutaxassisligi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.16919922 Annotatsiya: Ushbu maqolada Namangan tumani hamda Mirishkor qishlog’i tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, toponimikasi va bugungi kundagi taraqqiyoti haqida fikrmulohazalar keltirilgan. Аннотация: В статье представлены мнения об истории Наманганского района и села Миришкор, этапах его развития, топонимике и современном развитии. Abstract: The article presents opinions on the history of Namangan district and Mirishkor village, stages of its development, toponymy and modern development.
Kalit so’z iboralar: Namangan, Mirishkor, tuman, Toshbuloq, xo’jalik, Norin, qishloq, Amiri shikor. Ключевые слова: Наманган, Миришкор, район, Тошбулок, хутор, Нарын, село, Амири Шикор. Keywords: Namangan, Mirishkor, district, Toshbulok, farmstead, Naryn, village, Amiri Shikor.
Namangan viloyati o’zining sertarmoq xo’jaligi, aholisi, hunarmandchiligi va tarixi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, Namangan viloyati O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi ma’muriy birlik hisoblanib, 1941-yil 11-martda tashkil etilgan. U 1960-yil 25-yanvarda Andijon va Farg’ona viloyatlari tarkibiga qo’shib yuborilgan hamda 1967-yil 18-dekabrda yana qaytatdan tashkil etilgan. Yangi o’zlashtirgan yerlar hisobiga Namangan viloyati hududi XX asr 50– 80-yillarida yana kengaygan. Hozirgi kunda Namangan viloyatining umumiy yer maydoni 7.44 ming km tashkil etadi, aholisi soni 3 milliondan ortiq. Viloyat tarkibida 11 ta tuman mavjud (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, To’raqo’rg’on, Uychi, Uchqo’rg’on, Chortoq, Chust va Yangiqo’rg’on) tumanlaridan iborat. Ushbu maqolada viloyat tarkibidagi Namangan tumani tarixiga alohida to’xtalamiz. Mazkur tuman 1926-yil 29-sentabrda Namangan uyezdi tarkibida tashkil etilgan va 1941-yilga kelganda Namangan viloyati tarkibiga kiritilgan [1; B. 13.]. Dastlabki paytda tumanga shaharning Degrezlik, Chuqurko’cha, Labbaytog’a va Isfarxon hududlarining bir qismi, shuningdek, hozirgi temiryo’l stansiyasidan to Paxtalikko’l, Qizilko’prik hamda Qorapolvongacha bo’lgan hududlar kirgan. Tuman hududining sharqiy tomoni hozirgi Uychi tumanining Qizilravot qishlog’idan boshlanib, g’arbiy tarafi Qurama va Shahandgacha bo’lgan hududlar kirgan. Namangan tumani tashkil etilgan yilda hattoki Yo’ldosh Oxunboboyev ham ishtirok etib, nutq so’zlagan edi. Tumangan rahbarlik qilish
uchun sessiya tashkil etilib, ijro kengashi tuzilgan va sho’rqo’rg’onlik batrak (dehqon) Hojimirza Bobonazarov rahbar etib saylangan. Namangan tumani markazi ko’p martoba o’zgargan, bunga sabab, hududiy bo’linishlar va tarixiy siyosiy jarayonlarning tez-tez o’zgarishidir. Chunonchi, 1953-yil 28-iyulda tuman markazi – G’alcha, 1957-yilda – Qumqo’g’on, 1962- yilda esa To’raqo’rg’on va Zadaryo (hozirgi Mingbuloq) tumanlari birlashtirilishi natijasida Jomashuyga ko’chirilgan. 1964-yilda Zadaryo (hozirgi Mingbuloq) tumani ajralib chiqqanidan so’ng Namangan tumani markazi To’raqo’rg’onga ko’chirilgan. Shuningdek, 1970-yil 7-dekabrdan tuman markazi Olvalizor, 1975- yildan e’tiboran Toshbuloq qishlog’iga ko’chirilgan. Hozirgi kunda tuman hududi sharqdan Uychi, Baliqchi, shimoldan Yangiqo’rg’on, g’arbdan To’raqo’rg’on, janubdan Mingbuloq tumanlari bilan chegaradoshdir. Shimoldan shimoliy Farg’ona kanali, janubdan esa Sirdaryo oqib o’tadi. Hozirda tumanning umumiy maydoni 249 kv.kmni tashkil etadi, chegarasining umumiy uzunligi esa 98,1 kmga teng. Aholi soni 2024-yilgi ma’lumotlarga ko’ra, 192,7 ming kishini tashkil etadi [5]. Tumanda 1 ta shaharcha (Toshbuloq), 69 ta mahalla fuqarolar yig’ini mavjud. Tuman markazi Toshbuloq shaharchasi. Tuman aholisining 48,7 foizini erkaklar, 51,3 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tumanda 15 yaqin turdagi millat vakillari istiqomat qiladi. Ularning 98,6 foizini o’zbeklar, qolganlarini esa tojik, qizg’iz, rus, tatar va boshqa millatlar tashkil etadi. Tuman aholisining o’rtacha zichligi 1 kv.kmda 849 kishiga teng. Namangan tumanining geografik holatiga to’xtaladigan bo’lsak, yer yuzasi tekislik, adir va do’ngliklardan iborat ekanligi va asosan o’zlashtirilgan dasht hududlari kiradi. Iqlimi esa asosan, quruq subtropik bo’lib, yozda issiq, yog’in kam (300–350 mm), qishda esa kun qisqa va sovuq bo’ladi. Vegitatsiya davri 236 kunni tashkil etadi. Yanvarning o’rtacha holati - 1 C, iyulniki esa + 27 C ga teng. Aholi asosan, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va tadbirkorlik bilan shug’ullanadi. Ushbu hudud dehqonchilik bilan shug’ullanish yetarli darajada suv bilan ta’minlangan. Tuman hududidan G’irvonsoy, Namangansoy va Kosonsoy soylari, Shimoliy Farg’ona, Katta Namangan hamda Yangiariq kanallari, sharqiy tomondan Norin daryosi, janubdan esa Sirdaryo oqib o’tadi. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i paxtachilik bo’lib, jami ekin maydonlarining 50 foiziga g’o’za ekiladi. Yetishtirilgan paxta xomashyosi Namangan 3-sonli paxta tozalash va “Mirishkor” MCHJ qo’shma korxonalarida qayta ishlanadi. Tumanda 13 ta xo’jalikda paxta yetishtiriladi, 315 ta fermer xo’jaligi 3730 gektar maydonda faoiliyat olib boradi. Bundan tashqari, aholi bog’dorchilik, g’allachilik, sabzavotchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Tumanda 5 ta xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Bular – “Mirishkor”, “Mirt textile”, “Toshbuloq teks” O’zbekiston va Rossiya hamkorligidagi “Golden silk”, V’yetnam hamda “Merrymed farm” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli qo’shma korxonalardir.
Qadimdan tumanda madaniy hayot ham ancha rivojlangan va ushbu jarayon mustaqillik yillarida yanada taraqqiy etib bordi. Jumladan, tumanda hozirgi kunda Bolalar musiqa maktabi, Barkamol avlod spot to’garaklari, markaziy kutubxona hamda uning 35 ta filiali va 12 ta madaniyat uylari mavjud. Shuningdek, 3 ta qishloq xo’jaligi, iqtisodiyot texnikumlari mavjud bo’lib, ularda 1700 nafar, 38 ta umumiy o’rta, 1 ta ixtisoslashtirilgan va 1 ta xususiy maktabda o’quvchilar ta’lim olib kelmoqda. Namangan tumani qishloqlari boshqa hududlari kabi o’zining qadimiy tarixiga ega bo’lib, ushbu aholi manzillari orasida Mirishkor qishlog’i ham alohida o’ringa ega. Ma’lumki, “Mirishkor” nomi faqatgina Namangan tumanida emas, balki boshqa hududlarda ham uchraydi. Xususan, Buxoro viloyatining Qorako’l va Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanlarida ham shunday nomdagi qishloqlar, Qashqadaryo viloyatida esa shunday nomdagi alohida tuman ham mavjud. “Mirishkor” atamasi to’g’risida turli fikrlar aholi orasida saqlanib qolgan. Ba’zilar o’z ishini puxta bilgan, mehnatkash dehqonlarga nisbat shunday istilohni qo’llaydilar. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, xonlar va amirlarning saroyida ularga xizmat qiladigan lavozimdagi insonlar mavjud bo’lgan. Ana shunday mansablardan biri Amiri shikor bo’lib, uning asosiy vazifasi hukmdorlarning ovga chiqishlarini tashkil etish, kerakli anjomlar bilan ta’minlash, ov vaqtiga qarab, unga yetarli oziq-ovqat, hayvonlar uchun esa yem-xashak jamg’arishdan iborat bo’lgan. O’z navbatida, ushbu atama turli tillardan olingan bo’lib, arabchada “boshliq, rahbar va farmon beruvchi”, “Shikor” so’zi esa forschada “ov” degan ma’noni bildiradi [7. B. 26.]. Ushbu lavozim egasining qo’l ostida o’nlab kishilar bo’lib, ular hukmdor ov qilishidan oldin maxsus joylarni nazorat ostiga olgan, chetdan hech kimni kiritmagan. Shuning uchun bunday joylarni doimiy ravishda nazorat qilish uchun Amiri shikor o’z odamlarini bunday yerlarga joylashtirgan, ular esa o’z oilalari bilan bu joylarga ko’chib kelgan. Ular yashaydigan joylar Amiri shikor joyi deb deb atalgan [3]. Keyinchalik ushbu so’z o’zgartirilib, qisqacha Amirning o’rniga “mir” tariqasida talaffuz etilgan va “Mirishkor”ga aylangan. Qolaversa, XVIII–XIX asrlarda hozirgi Farg’ona vodiysi hududida Qo’qon xonligi (1709–1876) hukmronlik qilgan. Aynan manbalarda Qo’qon xonlari, To’raqo’rg’on to’ra (hokim) va Axsikent podshohlari bu yerga kelib, ov qilganliklari haqida ma’lumotlar uchraydi, Shu tariqa, qishloq Mirishkor deb ataladigan bo’lgan [2]. Ushbu atamaning ba’zi manbalarda dehqonlarga nisbatan qo’llanilishining asosiy sababi, Amiri shikor ovga zo’r tayyorgarlik ko’rgan. Bundan hukmdorning ko’ngli to’lib, uni hammaning oldida uni maqtagan hamda taqdirlagan. Amiri shikor bilan borgan o’nlab xizmatchilar u yerlarda dehqonchilik bilan shug’ullangan, shu ma’noda ham oldin ekin o’smagan yerlarda hosil olgani uchun bunday kishilarga nisbatan “Mirishkor” atamasi ishlatilgan. Rossiya bosqinidan so’ng Qo’qon xonligi tugatilgan va endi bunday hududlarga hukmdorlarning kelishi ham to’xtab qolgan. Natijada, bunday yerlarda yashayotgan amirishikorlar va ularning xizmatkorlari ham ba’zilari ushbu hududni
tark etgan. Manbalarda bayon etilishicha, 1930-yil 17-fevralda sobiq Sovet hukumati tomonidan “Kollektivlashtirish va quloq xo’jaligini tugatish to’g’risida” qaror qabul qilingan. Mazkur jarayonlardan so’ng ko’plab quloq qilingan aholi o’z hududini tark etishga majbur bo’lgan. Aynan shu paytdan boshlab Mirishkor hududiga aholi turli hududlar, xususan, Pop, To’raqo’rg’on, Uchqo’rg’on, Chortoq va Namangan shahridan ko’chib kela boshlagan hamda yangi yerlarni o’zlashtirish jarayoni boshlangan [4]. Xususan, ma’lumotlarni to’plash davomida o’zimning bobom – Qobiljon ota Nishanovning aytishicha, ularning bobolari Nishonboy hoji Mo’minov bo’lganligi, hozirgi Namangan shahrida karvonsaroylarga egalik qilganligi, 1930–1940-yillarda quloq qilinib, ushbu hududga ko’chib kelganliklari to’grisida ma’lumot berildi. Mazkur suhbat jarayonida shunday ma’lumotga ega bo’lindiki, qishloqdan Shimoliy Farg’ona kanalining o’tganligi aholining tez fursatda yerlarni o’zlashtirishiga yordam berganligi to’g’risida fikr bildirildi. Hozirgi kunda Mirishkor qishlog’ida 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi [6]. Aholi asosan, qishloq xo’jaligi, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanadi. Qishloqda Mulla Sayfiddin Jome masjidi, “Musaffo iqlim” MCHJ, paxtani qayta ishlash zavodi, 25-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi, 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, ko’plab xususiy bog’chalar, kardiologiya shifoxonasi, ko’plab savdo do’konlari mavjud. Qishloq yoshlari oliy ta’limga kirish ko’rsatkichlari va oliy ma’lumotlilarni soni bo’yicha tumanda oldingi o’rinlarda turadi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, har bir hududning tarixi mavjud hisoblanadi, faqat shu tarixni oshkora, haqqoniy aniqlash va insonlarga tushuntirish tarixchilarning vazifasi hisoblanadi. Chunki, aynan tarixni o’rganish orqali undan xulosa chiqara olish metodikasi shakllanadi.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Abdulla Jabbor. Namangan viloyati tarixi. – Namangan, 2011. 2. Dala yozuvlari. Namangan viloyati Namangan tumani Mirishkor qishlog’i. 2025-yil. 3. Dala yozuvlari. Namangan viloyati Namangan tumani Mirishkor qishlog’i. 2025-yil. 4. Dala yozuvlari. Namangan viloyati Namangan tumani Mirishkor qishlog’i. 2025-yil. 5. Namangan viloyati hokimligi rasmiy sayti // namangan.uz. 2023-yil 9- iyun. 6. Namangan viloyati hokimligi rasmiy sayti // namangan.uz. 2023-yil 9- iyun. 7. Ҳайдаров М. Наманган вилояти. Қисқача тарихий-географик маълумотнома. – Тошкент, 2000.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Abdulla Jabbor. Namangan viloyati tarixi. – Namangan, 2011.
- Dala yozuvlari. Namangan viloyati Namangan tumani Mirishkor qishlog’i. 2025-yil.
- Dala yozuvlari. Namangan viloyati Namangan tumani Mirishkor qishlog’i. 2025-yil.
- Dala yozuvlari. Namangan viloyati Namangan tumani Mirishkor qishlog’i. 2025-yil.
- Namangan viloyati hokimligi rasmiy sayti // namangan.uz. 2023-yil 9-iyun.
- Namangan viloyati hokimligi rasmiy sayti // namangan.uz. 2023-yil 9-iyun.
- Ҳайдаров М. Наманган вилояти. Қисқача тарихий-географик маълумотнома. – Тошкент, 2000.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011077
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/42
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 191–194
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08