EKOLOGIK MADANIYATGA OID XORIJIY MANBA VA ADABIYOTLAR TAHLILI.
Bekhzod Barkamalovich IskhakovtrNamangan davlat texnika universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 166–170
Annotatsiya
Maqolada Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining an‘anaviy ekologik tarixi, tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni asrash bilan bog‘liq an‘analari, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishga oid xorijiy tadqiqotlar ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaАНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНЫХ ИСТОЧНИКОВ И ЛИТЕРАТУРЫ ПО ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЕ.
В статье анализируется традиционная экологическая история узбеков Ферганской долины, рациональное использование природы, традиции, связанные с охраной природы, а также зарубежные исследования по охране природы на основе научных источников.
inglizchaANALYSIS OF FOREIGN SOURCES AND LITERATURE ON ECOLOGICAL CULTURE.
The article analyzes the traditional ecological history of the Uzbek of the Fergana Valley, their traditions related to the rational use of nature conservation, as wel as foreign studies on nature protection based on scientific sourses.
Kalit so‘zlar
- ekologik madaniyat
- atrof-muhit
- ekologik qarashlar
- tarixiy-etnografik materiallar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
EKOLOGIK MADANIYATGA OID XORIJIY MANBA VA ADABIYOTLAR TAHLILI.
ANALYSIS OF FOREIGN SOURCES AND LITERATURE ON ECOLOGICAL CULTURE.
АНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНЫХ ИСТОЧНИКОВ И ЛИТЕРАТУРЫ ПО ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЕ.
Bexzod Barkamalovich Isxakov Namangan davlat texnika universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti. behzodisxakov2782886@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16919573 Аnnotatsiya. Maqolada Fargʼona vodiysi o‘zbeklarining anʼanaviy ekologik tarixi, tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni asrash bilan bogʼliq anʼanalari, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishga oid xorijiy tadqiqotlar ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan. Abstract. The article analyzes the traditional ecological history of the Uzbek of the Fergana Valley, their traditions related to the rational use of nature conservation, as wel as foreign studies on nature protection based on scientific sourses. Аннотация. В статье анализируется традиционная экологическая история узбеков Ферганской долины, рациональное использование природы, традиции, связанные с охраной природы, а также зарубежные исследования по охране природы на основе научных источников. Калит сўзлар. Экологик маданият, атроф-муҳит, экологик қарашлар, тарихий-этнографик материаллар. Key words. Ecological culture, environment, ecological views, historical ethnographic materials. Ключевые слова. Экологическая культура, окружающая среда, экологические взгляды, историкоэтнографические материалы.
Odam biosotsial mavjudot sifatida oʻzining ham jismoniy, ham maʼnaviy ehtiyojlarini doimiy holda qondirishga urinadi. Odam tabiat bilan munosabatda yakka oʻzi emas, balki oʻz xalqi, yaʼni oʻzi mansub boʻlgan etnos tarkibida munosabatga kirishadi. Bundan kelib chiqadiki, ekologik madaniyat – xalqning tabiiy muhitga moslashishi hamda hayot faoliyatining asosiy mexanizmi hisoblanadi. Modomiki shunday ekan, tabiiy ravishda ekologik madaniyat ham etnik jihatdan oʻziga xoslikka ega. Bu yoʻnalishda olib boriladigan tadqiqotlar tarixiy davrlarda yuz bergan ekologik inqirozlar sabablarini oʻrganish bilan bir qatorda, insoniyat hamda tabiat oʻrtasidagi qarama-qarshilikning eng asosiy negizlari hamda evolyutsiyasi haqidagi tarixiy bilimlarga ega boʻlish imkoniyatini ham berdi. Global ekologik muammolar yuzasidan olib borilgan tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar izlanishlar orasida, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, tarixiy bilimlar muhim rol oʻynay boshladi. Bu holat esa, birinchi navbatda, “Tabiat–jamiyat” tizimidagi munosabatlarning (xususan, qarama-qarshiliklarning) negizi va evolyutsiyasi tarixiy tadqiqotlar obyektiga aylanib ketganligi bilan ham izohlanadi.
Buyuk ingliz tarixchisi A. Toynbi oʻz tadqiqotlarida insonning tabiatga taʼsiri haqida fikr yuritar ekan, Britaniya Fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi prezidenti A. Eving tomonidan ilgari surilgan quyidagi fikrlarni keltirib, sanoat bergan neʼmatlar insonning hayotini qiziqarli, toʻliqroq, yanada boyroq hamda qulayroq qilishi bilan birga, salbiy holatlarning ham manbasiga aylanganligi, xususan, sanoat orqali insoniyat tabiat ustidan hukmronlikni egallagan bir davrning oʻzida odob-axloq masalasida hali ham barkamollikka yetishmaganligini, maʼnaviy yuksalishda orqada qolib ketganligi tufayli oʻzini boshqarish sanʼatini tuzukroq egallamasdan turib, Ona tabiatning ustidan hukmronlikka ega boʻlib olganligini taʼkidlaydi [1].
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib sayyoramizdagi ekologik muammolarning haddan tashqari keskinlashishi, 60-yillardan boshlab tarix fanining bir qator tabiiy fanlar bilan oʻzaro aloqadorligining faollashib ketishiga katta turtki berdi.
XXI asr boʻsagʻasida xorijlik atrof-muhit tarixini jiddiy oʻrgangan tadqiqotchilardan A. Meyn, M. Rangarajan, S. Ravvi Rajan, M. Redklif, D. Vorster, V. Kronon, A. Krosbi, D. Xades va boshqalarning ilmiy ishlarida tarixiy tadqiqotlar yangicha yoʻnalishining metodologik asoslari yanada rivojlantirildi [2].
Umuman olganda, XXI asr boʻsagʻasida gʻarblik tadqiqotchilar saʼy-harakatlari tufayli ekologiya tarixi boʻyicha katta xorijiy tarixshunoslik ilmiy manbalar shakllangan edi. Bundan farqli ravishda sobiq Ittifoqda ekologiya tarixi boʻyicha izlanishlar ancha orqada qolib ketgan edi. Hattoki, atrof-muhit muammosi sovet jamoatchiligi hayotining ajralmas bir qismiga aylangan sharoitlarda ham tarixiy fanlar sohasida ekologiya tarixining istiqboli noaniq tarzda qolgandi. Buning asosiy sabablaridan biri boʻlsa iqtisodiy hamda siyosiy manfaatlar tabiatni asrash masalalaridan hamon anchagina ustun tarzda turishida edi.
Masalaning yana bir eʼtiborli jihati esa, koʻpgina tarixiy tadqiqotlarda ekologik jihatlaram ancha-muncha namoyon boʻlsa-da, ularga ikkinchi darajali masala sifatida, goʻyoki tabiat tarixiy tadqiqotlar obyektidan tashqaridagi bir voqelik, deb qaraldi.
Global ekologik inqiroz orqali insoniyat kelajagiga tahdid solinishi zamonaviy tarixiy bilimlarga oʻziga xos talablarni qoʻymoqda. Aynan ekologik muammolarning kelib chiqishi asosi va negizlarini oʻrganish – tarixchilardan ilgari turli ilmiy yoʻnalishlarning oʻrganish obyekti boʻlgan har qanday faktlar va hodisalarni har tomonlama tahlil qilishni talab qilmoqda. Bu borada atrof-muhit muammosiga turli-tuman yondashuvlar yuzaga keldi va ekologiya tarixining predmeti, metodi va vazifalari xususida bir qator masalalar ham oʻrtaga tashlandi.
Xorijlik olim D. Vorster boʻlsa ekologiya tarixining asosiy maqsadi biofizik dunyo tomonidan insoniyatning tarixi va gʻoyalariga taʼsir qiluvchi bir qator asosiy omillarni jiddiy tadqiq qilishdan iborat, deya qayd etgan edi [3].
Rossiyalik tadqiqotchilar V. Alekseyev, D. Gavrilovlar ekologiya tarixining eng asosiy maqsadi qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha inson hamda atrof-muhitning oʻzaro taʼsirini oʻrganish, ekologik inqiroz va tanglik, tabiiy ekosistemalar muvozanatini aynan inson tomonidan buzilishining ijtimoiy sabablarini aniqlash, va umuman olganda, tabiatga antropogen taʼsir jarayonlari va uning oqibatlari tarixini ilmiy tadqiq qilishdan iborat ekanligini taʼkidlaganlar[4].
Tabiiy fanlarga doir bilimlarni tarixiy tadqiqotlarga jalb qilinishi, tarixchilar uchun oʻtmishni boshqacha pozitsiyadan turib ham kuzatish imkoniyatini yaratib berdi. Shundan xulosa qilish mumkinki, ekologiyaning tarixga taʼsiri muqarrar holat, ammo tarix fani ham tabiatshunoslikka kam taʼsir qilmaydi. Chunki, aynan ekologik muammolarning kelib chiqishining asosiy manbasi insoniy madaniyatning darajasi bilan bevosita bogʻliq ekanligini esa faqatgina gumanitar fanlar asoslab tushuntira oladi. Mavjud ekologik muammolar insoniyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti bilan bogʻliq boʻlganligi uchun tabiiy fanlar mustaqil ravishda mana shu muammoning negizini unchalik darajada ham chuqurroq va teranroq anglay olmaydi.
Etnik ekologiyaga daxldor xorijiy adabiyotlar qatorida R. Balliyeva[5], Yu. Odum[6], V. Ogudin[7], V. Kozlov[8], A. N. Yamskov[9], V. Tishkov[10] va boshqalarning tadqiqotlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rossiyalik tadqiqotchi V. Ogudin “Strana Fergana” nomli asarida ekologik madaniyat muammolarini bartaraf etishda ziyoratgohlarning oʻziga xos vazifalariga eʼtiborini qaratgan. Olimning bu boradagi izlanishlari ziyoratgohlarni oʻrganishda yangi bir yoʻnalish ekanligini yaqqol koʻrsatmoqda. V. Ogudin mazkur tadqiqotida Fargʻona vodiysida yashovchi etnoslar turmush tarzida ziyoratgohlarning oʻziga xos oʻrni va uning xalq diniy-ekologik qarashlariga taʼsiri masalalariga atroflicha eʼtiborini qaratgan. Muallif Fargʻona vodiysi aholisi diniy-ekologik madaniyatini yanada jiddiy oʻrganish jarayonida oʻziga xos metodlardan unumli foydalanganligi bilan ilmiy tadqiqotga ham bevosita aloqadordir [11].
Kishilik jamiyati paydo boʻlgan davrdan to hozirga qadar inson oʻz tabiiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatga keskin taʼsir qilib, uni butkul oʻzgartirib yubordi. Keyingi ming yillar davomida esa inson mehnat faoliyati natijasida Yer shari yuzasi, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining keskin oʻzgarib ketganligi ham bunga misol boʻla oladi. Eʼtirof etish kerakki, insonning istiqbolni sira oʻylamasdan qilgan xatti-harakatlari tufayli tabiat behad ozor chekdi, koʻp narsalardan esa abadiy judo boʻldi.
Yuqoridagi fikrlarga xulosa qilsak, hozirgi davrda ekologiya masalasi juda ham dolzarbligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi esa ham iqtisodiy, ham siyosiy hayotdagi barqarorlik, umuman olganda, barcha davlatlar ekologik muammolarni tizimli hal qilish bilan bevosita chambarchas bogʻliq.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar19 ta adabiyot
- Тойнби А. Постижение истории. Сборник. / Пер. с англ. Е. Д. Жаркова. 2-е изд. – М, 2002.
- Main A. R. Ghosts of the Past: Where does Environmental History Begin? // Environment and History, February 1996. Vol. 2. number 1. – P. 97 – 11410.3197/096734096779522428
- Rangarajan M. Environmental History of South Asia: A Review Essay // Environment and History, June 1996. Vol. 2. Number 2. – P. 129 – 14410.3197/096734096779522347
- Ravi Rajan S. The Endes of Environmental History: Some Questions // Environment and History, June. – 1997. Vol. 3. N. 2. – P. 245 – 25410.3197/096734097779555908
- Redclift M. In Our Own Image: The Environment and History Society as Global Discourse // Environment and History, February 1995. Vol. 1. N. 1, – P. 111 – 12410.3197/096734095779522735
- Worster D. The Two Cultures Revisited: Environmental History and the Environmental Sciences // Environment and History, February 1996. Vol. 2. N.1. – P. 3 – 1410.3197/096734096779522446
- Worster D. The Two Cultures Revisited: Environmental History and the Environmental Sciences // Environment and History, 1996. Vol. 2. № 1.10.3197/096734096779522446
- Алексеев В. В, Гаврилов Д. В. Историческая экология на Урале // Урал: наука, экология / Инст. пром. экол. УрО РАН. – Екатеринбург, 1999.
- Баллиева Р. Этнические особенности природопользования каракалпаков / VI конгресс этнографов и антропологов России. – СПб, 2005.
- Одум Ю. Экология: В 2- х т. Т. 1. Пер. с англ. – М: Мир, 1986.
- Огудин В. Страна Фергана (эколого-религиоведческое исследование). - М. 2002. - 197 с.
- Ўша муаллиф: Экологическая функция религии // Этнографическое обозрение. 2001. - № 1.
- Козлов В. Многоаспектность этнической экологии // Этноэкологические исследования. Сборник статей к 80- летию со дня рождения В. И. Козлова. – М: Старый Сад, 2004.
- Ямсков А. Н. Экологические функции основных компонентов традиционной культуры // Этноэкологические исследования: Сб. статей к 80- летию со дня рождения В. И. Козлова. – М: Института этнологии и ант¬ро¬по-логии РАН, 2004.
- Тишков В. Системы жизнеобеспечения и историческая типология обществ // Реквием по этносу: Исследования по социально-культурной антропологии. – М, 2003.
- Огудин В. Страна Фергана (эколого-религиоведческое исследование). – М. 2002.
- Isxakov B. B. Environmental Culture in Family Rituals and Traditions. A Journal for New Zealand Herpetology Volume 12, Issue 03, 2023 ISSN NO 2230-5807.
- Isxakov B. B. Fargona vodiysi oʻzbeklarining an’anaviy ekologik madaniyati (tarixiy-etnologik tadqiqot). Tarix. fan. boʻyicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Fargona, 2023.
- Isxakov B. B. The ecologic conception of zaroastrizm connected with environment. Monografia pokonferencyjna. “Science, research, development”. № 13. V.02. Berlin.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011072
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/37
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 166–170
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08