RAMZLAR BILAN BOG‘LIQ QARASHLAR – TARIXIY VA ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA
Shakhnoza Khusanboyevna RakhimovaUrganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 157–161
Annotatsiya
Ushbu maqolada dunyo xalqlarida “ramz” tushunchasi, uning diniy va dunyoviy talqinlariga oid tadqiqotlar tahlil qilingan. Maqolada muallif asosiy e‘tiborni jahon va o‘zbek olimlarining turli xil ramzlar (asosan, ranglar)ga oid ilmiy izlanishlarini tahlil qilish, unga doir tegishli xulosalarga qaratgan.
Boshqa tillarda
ruschaСООБРАЖЕНИЯ, СВЯЗАННЫЕ С СИМВОЛАМИ – В ИСТОРИКО-ЭТНОГРАФИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЯХ
В данной статье анализируются исследования понятия «символ» у народов мира, его религиозные и светские интерпретации. В статье автор остановился на анализе научных исследований мировых и узбекских учёных по различным символам (в основном, цветам) и соответствующих выводах.
inglizchaVIEWS ON SYMBOLS – IN HISTORICAL AND ETHNOGRAPHIC RESEARCH
This article analyzes the research on the concept of "symbol" among the peoples of the world, its religious and secular interpretations. In the article, the author focuses on the analysis of scientific research by world and Uzbek scientists on various symbols (mainly colors), and the relevant conclusions.
Kalit so‘zlar
- ramzlar
- timsollar
- oq rang
- qora rang
- marosimlar
- urf-odatlar
- dinlar
- e‘tiqodlar
- Markaziy Osiyo
- O‘zbekiston
- jahon xalqlari
- Farg‘ona vodiysi
- o‘zbeklar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
RAMZLAR BILAN BOG‘LIQ QARASHLAR – TARIXIY VA ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA
СООБРАЖЕНИЯ, СВЯЗАННЫЕ С СИМВОЛАМИ – В ИСТОРИКОЭТНОГРАФИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЯХ
VIEWS ON SYMBOLS – IN HISTORICAL AND ETHNOGRAPHIC RESEARCH
Shaxnoza Xusanboyevna Raximova, Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi E:mail. mirzohidmamajonov26@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] https://doi.org/10.5281/zenodo.16919541 Annotatsiya Ushbu maqolada dunyo xalqlarida “ramz” tushunchasi, uning diniy va dunyoviy talqinlariga oid tadqiqotlar tahlil qilingan. Maqolada muallif asosiy e’tiborni jahon va o‘zbek olimlarining turli xil ramzlar (asosan, ranglar)ga oid ilmiy izlanishlarini tahlil qilish, unga doir tegishli xulosalarga qaratgan. Kalit so‘z va iboralar Ramzlar, timsollar, oq rang, qora rang, marosimalr, urf-odatlar, dinlar, e’tiqodlar, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston, jahon xalqlari, Farg‘ona vodiysi, o‘zbeklar. Аннотация В данной статье анализируются исследования понятия «символ» у народов мира, его религиозные и светские интерпретации. В статье автор остановился на анализе научных исследований мировых и узбекских учёных по различным символам (в основном, цветам) и соответствующих выводах. Ключевые слова и фразы Символы, символы, белый цвет, черный цвет, ритуалы, обычаи, религии, верования, Средняя Азия, Узбекистан, народы мира, Ферганская долина, узбеки. Annotation This article analyzes the research on the concept of "symbol" among the peoples of the world, its religious and secular interpretations. In the article, the author focuses on the analysis of scientific research by world and Uzbek scientists on various symbols (mainly colors), and the relevant conclusions. Keywords and phrases Symbols, emblems, white color, black color, rituals, traditions, religions, beliefs, Central Asia, Uzbekistan, peoples of the world, Fergana Valley, Uzbeks.
Dunyo miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari etnomadaniy xususiyatlar va milliy marosimlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish masalasini nihoyatda dolzarb muammo sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayniqsa, XX asr so‘nggi choragidan boshlab jahonda milliy va diniy marosimlarni xalq madaniyatining fenomeni tarzida o‘rganishga alohida e’tibor qaratilib, mazkur yo‘nalishda bajarilgan ilmiy tadqiqotlar fandagi muhim mavzulardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Qadim davrlardan boshlab Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda turli dinlar, e’tiqodlar va kultlar keng tarqalgan bo‘lib, mazkur diniy dunyoqarashlarning negizida o‘ziga xos oilaviy marosimlar shakllangan Shu bois o‘zbek xalqi an’anaviy turmush tarzidagi ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlarini tadqiq qilish asnosida ruhiy olam, koinot, tabiat va inson to‘g‘risidagi qadimiy tasavvurlarga oid yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, mavzuni etnologik materiallar asosida o‘rganish o‘zbek xalqining etnomadaniyati borasidagi bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, ramz va u bilan bog‘liq an’anlar dunyo xalqlari misolida yaxshi o‘rganilgan [1, 128–132]. Lekin, hozirga qadar Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining ramzlar bilan bog‘liq madaniyati va an’analari alohida tadqiqot ob’yekti sifatida o‘rganilmagan. Lekin, shunga qaramay, muammoning ayrim jihatlari va Respublikaning turli mintaqalari misolida D. Mingboyeva, A. Ashirov, U. Abdullayev, M. Fayzullayeva va M. Qurbonova kabi tadqiqotchilar [2, 160] tomonidan tadqiq etilganligini alohida qayd etish joiz.
Odatda, ramzlar bilan bog‘liq qarashlar o‘ziga xos tarixga ega bo‘lib, ular ibtidoiy odamlarning tabiatni kuzatish, xo‘jalik mashg‘ulotlari va diniy tasavvurlarining rivojlanib borishi natijasida shakllangan. Asta-sekinlik bilan ramzlar insonlar ma’naviy va madaniy hayotining ajralmas qismiga aylana borgan. Tarixiy, filologik va etnografik tadqiqotlarda ramzlar bir nechta qismlarga bo‘lib o‘rganiladi:
2. Diniy amallar va marosimlar bilan bog‘liq ramzlar.
3. Moddiy madaniyatning tarkibiy qismlari (turar-joylar, an’anaviy kiyimlar va milliy taomlar)ga oid timsollar.
4. Ma’lum bir tabiat unsurlari bilan bog‘liq ramzlar.
5. Oilaviy marosim va an’analar bilan bog‘liq timsollar.
6. Xo‘jalik mashg‘ulotlariga oid ramzlar.
Ushbu maqolada mavzu ko‘lamining kengligi hisobga olinib, bunda faqat ranglar ramzi bilan bog‘liq tadqiqotlarga to‘xtalishni joiz deb bildik.
Ma’lumki, rang timsolining tub ma’nosi muayyan matnda ramziy “qo‘shimcha”lar vositasida o‘z ma’no ko‘lamini u yoki bu darajada kengaytiradi. Ba’zi holatlarda o‘zak ma’noga bevosita bog‘liq yangi poetik ma’nolar hosil bo‘ladi. Bunday holat xalq etnografiyasi va lirikasiga tegishli namunalarda yaqqol kuzatiladi. Shuning uchun mazkur qismga oid ma’lumotlarni I. Haqqul, D. Mingboyeva, M. Ro‘ziyeva, A Ashirov, B. Xalmuratov va boshqa mualliflarning maqola, dissertatsiya va monografiyalari [3, 36–45]da ko‘rish mumkin.
Jumladan, taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul o‘zining maqolalaridan birida shunday yozadi: “Ayrim maqola va fikr-mulohazalar hisobga olinmaganda, o‘zbek mumtoz she’riyatida rang ramzlari va ma’nolari muammosi hali maxsus tadqiq qilingani yo‘q. Ranglar va ularning ramziy ma’no-mohiyatidan bahs yuritish oson emas, albatta. Chunki ranglar u yoki bu xalqning uni qurshab olgan olam, ijtimoiy-madaniy hayot, urf-odat, marosim, adabiyot va san’atga doir qadimiy qarashlari bilangina emas, balki, kosmogonik, mifologik, diniy-ilohiy tushuncha va tasavvurlari bilan ham bog‘lanib ketgan. Shuningdek, odamlarning dunyoqarashi, yashash sharoitlari, diniy hayot yo‘llarining o‘zgarishi bilan ranglarga munosabat, ko‘zlangan maqsadlar ham o‘zgarib, ba’zan butunlay yangilanib borgan. Masalan, qora rang va qorong‘ulik “Avesto”da oq – yorug‘likning ziddi o‘laroq, ta’rif va tavsif etilgani yaxshi ma’lum. Unda qorong‘ulikning yomonlik, yovuzlik sifatida boshlang‘ich quvvati – ilk manbai Axrimandir. Lekin, olis o‘tmishda oq rangga nisbatan ham shunga yaqin munosabatlar hokimlik qilgan. Ba’zi xalqlar, jumladan, turkiy qavmlarda ham oq rang motam, musibat, hatto qurg‘oqchilik alomati hisoblangan.
Ozarboyjonlik olim M. Saidovning yozishicha: “Oltoyliklarda oq rang – motam ramzidir. Manbalar Chinda yashagan turk tilli solorlar uchun oq rangning boshqa ma’nolar bilan bir qatorda, motam timsoli bo‘lganligidan ham xabar beradilar. Faqat turkiylarda emas, boshqa ayrim xalqlarda ham ko‘k va oq motam, qayg‘u ramzi sanalgan [4, 36–45]”.
Bundan tashqari, taniqli olima Dilrabo Mingboyeva o‘zining “Timsollar tilsimi” kitobida suv va uning rangi mavzusiga alohida to‘xtalib, ularning jahon dinlari taraqqqiyotida tutgan o‘rniga yuksak baho bergan. Uning yozishicha, dunyoning ko‘pgina xalqlarida suv ma’budlar irodasini o‘tkazuvchi, osmon bilan muloqotda vositachi, taqdir jarchisi hisoblanadi. Shu bois turli fol ochish tizimlarida suvda namoyon bo‘ladigan timsollarni talqin etish keng tarqalgan. Folbinlar suv yuzasiga qarab, kelajakni, o‘tmishni ko‘ra oladi deb hisoblangan. Bunday qadimiy holat shomonlarning billur sharlar, ya’ni jodu kristallaridan foydalanganini asoslab beradi. Suv yordamida fol ochish va kelajak haqida xabar berish amaliyoti qadimgi yevropa, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Sharqiy va Shimoliy Osiyo, Polineziyada tarqalgan. Skandinaviya xalqlarida suv taqdir ramzi sifatida qadrlangan [5, 56].
Folklorshunos M. Ro‘ziyeva ham ranglar mavzusini alohida dissertatsion tadqiqot sifatida o‘rgangan. Ushbu olima an’anaviy dunyoqarashlar tizimida ranglar bilan bog‘liq tasavvurlarning diniy va magik marosimlar jarayonidagi ko‘rinishlariga alohida e’tibor bergan. Tadqiqotchining qayd etishicha, marosimlarga rahbarlik qiladigan afsungarlar hamda tabiblar marosimni o‘tkazish uchun qo‘llanadigan narsalarni rangiga qarab tanlaganlar. Shomon marosimlaridan biri bo‘lgan badikxonlikda oq rang magik qudrat belgisi sifatida ifodalanadi. Badikda ranglar uyg‘unligi asosida kasalning darddan forig‘bo‘lishi darajasiga ko‘tarilgan [6, 48–50].
Etnolog B. Xalmuratovning bir qator ilmiy izlanishlarida ranglar bilan bog‘liq timsollar keng ko‘lamda tadqiq qilingan. Muallif o‘zining dissertatsiyasida “pari” kulti, uning ranglar ramzi bilan bog‘liqligi haqida alohida to‘xtalib, shunday yozadi: “Farg‘ona vodiysi aholisi orasida parilarning kiyinishiga doir o‘ziga xos tasavvurlar saqlanib qolgan. Jumladan, izboskanlik Mavluda baxshi: “Parilar juda chiroyli va uzun libos kiyadilar. Ertalab oppoq rangda, shom va tun mobaynida qora rangda. Ulardagi beg‘ubor ranglarni ta’riflash oson emas. Ularning chiroyiga til ojiz”, – deydi. Yoki dang‘aralik Dilorom folchining fikricha, parilar asosan, yosh qizlar kabi kiyinadi va buning natijasida odamlarga ilashishi oson bo‘ladi. Chunki, har qanday chiroyli kiyingan qiz parilarning diqqat markazida turadi. Axborotchi pari tekkan qizning satang, tinmay sochini yoyib, o‘z-o‘zidan o‘ynaydigan bo‘lib qolishini ta’kidladi. Bunday bemorlarning jinsiy xastaliklarga moyilligi kuchli bo‘ladi. Ushbu kasallikni davolash uchun o‘sha bemorni biror-bir hayvonni qurbonlik qilib, qonlash kerak bo‘ladi” [7, 54].
Mazkur tadqiqotchi o‘zining shomonlik e’tiqodiga oid tadqiqotida ranglarning ramziy funksiyalarini batafsil yoritib bergan: “Farg‘ona vodiysida momo ruhlari ranglar bilan ham bog‘lanadi. Bunda momo ruhlarga bag‘ishlangan marosimlarda yoqiladigan chiroqdan chiqqan olov va uning tutuni rangi e’tiborga olingan. Ya’ni, olov va tutunning oq, qora, qizil, sariq tusga kirishiga qarab momo ruhlar miqdori, xarakteri, xususiyati, nomi belgilangan. Ko‘k momo, Qora momo va Sariq momo yovuz ruhlar qatoriga kiritilgan. Ular ko‘proq odamlarni kasallikka chalintirib, ozor yetkazishga uringan. Sariq momo sariq sochli qiz yoki sariq tusli parranda ko‘rinishida ayollarga ilashishi to‘g‘risidagi qarashlar keng tarqalgan. Oq momo esa insonga homiy ruhlardan biri sanalib, u juda rahmdil va mehr-shafqatli hamda saxovatpesha ruh sifatida talqin qilingan. O‘z navbatida shuni qayd etish kerakki, Oq momo kulti vodiyning ba’zi bir hududlarida kindik kesuvchi doyalar piri sifatida e’zozlanadi” [8, 59].
Tarix fanlari doktori, professor Adhamjon Ashirov ham o‘zining bir qator tadqiqot va maqolalarida ranglar timsoli bilan bog‘liq xalq qarashlariga to‘xtalgan. Jumladan, mazkur muallif o‘z tadqiqotlaridan birida “qurbonlik” marosimi haqida so‘z yuritib, u bilan bog‘liq ramzlarga alohida to‘xtalgan. Uning yozishicha, qurbon qilinadigan hayvon yoki qush rangi yomonlik keltirgan ruh xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan. Agar kasallik sababchisi oq dev yoki oq pari bo‘lsa, oq qo‘y yoki echki, qora dev yoki momolar bo‘lsa, qora qo‘y, echki, agar sariq pari bo‘lsa, sariq qo‘y yoki parranda qurbon qilinishi kerak bo‘lgan. Odatda, qurbonlikka atalgan hayvon erkak kishi tomonidan ziyon yetkazgan momolar va ruhlarning nomi aytib so‘yiladi. Farg‘ona vodiysining aksariyat hududlarida asosan qora va sariq rangli qo‘y so‘yiladi. Qurbonlik sifatida so‘yilgan jonivorning qonidan bemorning tanasiga surtilgan va bu ruhlar uchun go‘yo oziq hisoblangan” [9, 44].
Jabbor Eshonqulning tadqiqotida shomon-baxshilarning ranglarga bo‘lgan munosabati, mifologik jihatlari, xalq og‘zaki ijodidagi talqini yoritib berilgan. Ushbu tadqiqotning yana bir muhim jihati shundaki, unda “baxshi” atamasi va shaxsiga keng o‘rin berilgan. Muallif baxshi nafaqat doston aytuvchi oqin, balki o‘z navbatida davolovchi tabib sifatida ham ahamiyatli ekanligiga alohida urg‘u bergan [10, 170].
Ranglar ramzi bilan bog‘liq qarashlar o‘zbek xalqi an’anaviy hunarmandchiligida ham muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, H. Ismoilovning qayd etishicha, XIX asr oxirlariga kelib kiyimlar qadimgi xususiyatlarini saqlab qolgan. O‘zbekistonning janubiy viloyatlari va Farg‘ona vodiysidagi aholi kiyadigan kiyimlarda umumiy o‘zbek kiyimlari shakliga yaqinlashish jarayoni kuchliligini kuzatish mumkin. Farg‘onada ko‘plab, xilma-xil gulli matolar to‘qilgan. Bunday matolarning rang-barang gulli bo‘lishi, gullarning bir-biriga mos-uyg‘un kelishi, shuningdek, yo‘l-yo‘llarining orasi kengroq bo‘yalishga ham ahamiyat berilgan. Yashil tusli yo‘l-yo‘l gullar, sariq, gulgun va siyohrang gullar bilan uyg‘un ravishda almashinib keladigan beqasam, ipak va nimshoyi gazmollar juda qadrlangan. Bunday jarayonlar yirik shaharlarga yaqin joylarda hamda savdo, hunarmandchilik taraqqiy qilgan qishloqlarda tezroq, uzoq chekka qishloqlarda sust brogan [11, 17]. Surxondaryoda erkaklarning olacha, yo‘l-yo‘l, beqasam choponlari keng tarqalgan bo‘lsa, Farg‘ona, Toshkentda sip mato, ya’ni qora, yashil, pushti, ko‘k rangli matolardan, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Zarafshon vodiysida yo‘l-yo‘l matolardan “olacha” choponlar keng tarqalgan edi [11, 20]. Umuman olganda, ranglar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun asrlar davomida olimlar tomonidan ranglar haqida ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va izlanishlar davom etmoqda. Rang ramzlar asrlar davomida shakllanib, tarixan xalqning qadimiy mif, turli e’tiqodiy dunyoqarashlariga borib bog‘lanadi. Barcha turdagi ranglarning tub ildizi xalqning u yoki bu mifologik tasavvur, e’tiqodiy qarashlarga bog‘liqdir.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Абашин С. Н. Ислам и культ святых в Средней Азии // Этнографические обозрение. – 2001. – № 3; Басилов В. Н. Культ святых в исламе. – М.: Мысль, 1970; O‘sha muallif: Басилов В. Н. Следы культа умирающего и воскресающего божества в христианской и мусульманской агиологии / Фольклор и историческая этнография. – М.: Наука, 1983; Горшунова О. В. Узбекская женщина: Социалный статус, семья, религия (по материалам Ферганской долины). – М.: Наука, 2006; Джаббаров И., Дресвянская Г. Духи, святые, боги Средней Азии. – Ташкент: Узбекистан, 1993; Литвинский Б. А. Зеркало в верованиях древних ферганцев // Советская этнография. – 1964. – № 3. 2. Мингбоева Д. Тимсоллар тилсими. – Тошкент, 2007; Аширов А. А. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари. – Тошкент, 2007; Абдуллаев У. С. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2005; Файзуллаева М. Ўзбек таомлари билан боғлиқ анъаналар (Сурхон воҳаси мисолида). – Тошкент: Янги нашр, 2010.; Қурбонова М. Б. Табаррук удумлар: бола ва кулча-нон / Бухоро Университети илмий ахборотлари. – 2002. – №3–4; Ўша муаллиф: Ритуальный хлеб бухарских иранцев / Этнографический источник / Материалы третьих Санкт-Петербургских этнографических чтений. – СПб., 2004. 3. Ҳаққул И. Қора ранг – муборак ранг / Занжирбанд шер қошида. – Тошкент, 1998. – Б. 36–45; O‘sha muallif: Яна қора ранг талқини ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2008. – №4. – Б. 18–24. 4. Ҳаққул И. Қора ранг – муборак ранг.... – Б. 36–45. 5. Мингбоева Д. Тимсоллар тилсими. – Тошкент, 2007. 6. Рўзиева М. Ранглар ҳақидаги халқ қарашлари // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2008. – №5. 7. Халмуратов Б. Р. Ўзбек халқи анъанавий турмуш тарзида шомонлик эътиқоди. Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2018.
8. Халмуратов Б. Р. Ўзбек халқи анъанавий турмуш тарзида шомонлик эътиқоди... – Б. 59. 9. Аширов А. А. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари.... 10. Жаббор Эшонқул. Фольклор: образ ва талқин. – Қарши: Насаф, 1999. 11. Исмоилов Ҳ. Анъанавий ўзбек кийимлари. – Тошкент, 1978.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar22 ta adabiyot
- Абашин С. Н. Ислам и культ святых в Средней Азии // Этнографические обозрение. – 2001. – № 3
- Басилов В. Н. Культ святых в исламе. – М.: Мысль, 1970
- O‘sha muallif: Басилов В. Н. Следы культа умирающего и воскресающего божества в христианской и мусульманской агиологии / Фольклор и историческая этнография. – М.: Наука, 1983
- Горшунова О. В. Узбекская женщина: Социалный статус, семья, религия (по материалам Ферганской долины). – М.: Наука, 2006
- Джаббаров И., Дресвянская Г. Духи, святые, боги Средней Азии. – Ташкент: Узбекистан, 1993
- Литвинский Б. А. Зеркало в верованиях древних ферганцев // Советская этнография. – 1964. – № 3.
- Мингбоева Д. Тимсоллар тилсими. – Тошкент, 2007
- Аширов А. А. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари. – Тошкент, 2007
- Абдуллаев У. С. Фарғона водийсида этнослараро жараёнлар. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2005
- Файзуллаева М. Ўзбек таомлари билан боғлиқ анъаналар (Сурхон воҳаси мисолида). – Тошкент: Янги нашр, 2010.
- Қурбонова М. Б. Табаррук удумлар: бола ва кулча-нон / Бухоро Университети илмий ахборотлари. – 2002. – №3–4
- Ўша муаллиф: Ритуальный хлеб бухарских иранцев / Этнографический источник / Материалы третьих Санкт-Петербургских этнографических чтений. – СПб., 2004.
- Ҳаққул И. Қора ранг - муборак ранг / Занжирбанд шер қошида. - Тошкент, 1998. - Б. 36-45
- O'sha muallif: Яна қора ранг талқини ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. - 2008. - №4. - Б. 18-24.
- Ҳаққул И. Қора ранг – муборак ранг.... – Б. 36–45.
- Мингбоева Д. Тимсоллар тилсими. – Тошкент, 2007.
- Рўзиева М. Ранглар ҳақидаги халқ қарашлари // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2008. – №5.
- Халмуратов Б. Р. Ўзбек халқи анъанавий турмуш тарзида шомонлик эътиқоди. Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2018.
- Халмуратов Б. Р. Ўзбек халқи анъанавий турмуш тарзида шомонлик эътиқоди... – Б. 59.
- Аширов А. А. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари....
- Жаббор Эшонқул. Фольклор: образ ва талқин. – Қарши: Насаф, 1999.
- Исмоилов Ҳ. Анъанавий ўзбек кийимлари. – Тошкент, 1978.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011070
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/34
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 157–161
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08