CHUST TUMANI ETNOTURISTIK SALOHIYATINI OSHIRISHDA PICHOQCHILIK VA DO‘PPICHILIKNING O‘RNI
Toychiyev Ismail Mahmudjon ogluToshkent davlat sharqshunoslik universiteti https://ror.org/03d53xe412025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 185–190
Annotatsiya
Ushbu maqolada Chust tumani etnoturistik salohiyatini oshirishga turtki bo‘luvchi pichoqchilik va do‘ppichilik hunarlari tahlil qilingan. Bu hunarmandchilik turlari orqali tumanda etnoturizmni rivojlantirish mumkinligi ham aytib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРОЛЬ НОЖА И ГОЛОВНОЙ ПОВЯЗКИ В ПОВЫШЕНИИ ЭТНОТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА ЧУСТСКОГО РАЙОНА
В статье анализируются промыслы по изготовлению ножей и тюбетеек, способствующие повышению этнотуристического потенциала Чустского района. Также было отмечено, что посредством этих видов ремесел в районе можно развивать этнотуризм.
inglizchaTHE ROLE OF KNIFE AND HEADBANDAGE IN INCREASING THE ETHNOTURISTIC POTENTIAL OF CHUST DISTRICT
This article analyzes the crafts of knife-making and skull-making, which are an incentive to increase the ethno-tourism potential of the Chust district. It is also noted that these crafts can be used to develop ethno-tourism in the district.
Kalit so‘zlar
- Turizm
- etnoturizm
- Namangan viloyati
- Chust tumani
- pichoqchilik
- do‘ppichilik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
CHUST TUMANI ETNOTURISTIK SALOHIYATINI OSHIRISHDA PICHOQCHILIK VA DO‘PPICHILIKNING O‘RNI
THE ROLE OF KNIFE-MAKING AND SKULLCAP EMBROIDERY IN ENHANCING THE ETHNO-TOURISM POTENTIAL OF CHUST DISTRICT
РОЛЬ НОЖЕВОГО РЕМЕСЛА И ИЗГОТОВЛЕНИЯ ТЮБЕТЕЕК В ПОВЫШЕНИИ ЭТНОТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА ЧУСТСКОГО РАЙОНА
To‘ychiyev Ismoil Mahmudjon o‘g‘li Toshkent Davlat Sharqshunoslik Unversiteti ismoiltoychiyev08@gmail.com [telefon raqami yashirilgan] Ilmiy rahbar: PhD, dotsent Odilov B https://doi.org/10.5281/zenodo.16919919 Annotatsiya. Ushbu maqolada Chust tumani etnoturistik salohiyatini oshirishga turtki bo‘luvchi pichoqchilik va do‘ppichilik hunarlari tahlil qilingan. Bu hunarmandchilik turlari orqali tumanda etnoturizmni rivojlantirish mumkinligi ham aytib o‘tilgan. Аннотация. В статье анализируются промыслы по изготовлению ножей и тюбетеек, способствующие повышению этнотуристического потенциала Чустского района. Также было отмечено, что посредством этих видов ремесел в районе можно развивать этнотуризм. Abstract. This article analyzes the crafts of knife-making and skull-making, which are an incentive to increase the ethno-tourism potential of the Chust district. It is also noted that these crafts can be used to develop ethno-tourism in the district. Kalit so‘zlar. Turizm, etnoturizm, Namangan viloyati, Chust tumani, pichoqchilik, do‘ppichilik. Keywords. Tourism, ethnotourism, Namangan region, Chust district, knife making, skull making. Ключевые слова. Туризм, этнотуризм, Наманганская область, Чустский район, изготовление ножей, изготовление черепов.
Ko‘rib turibmizki mamlakatimizda tobora turizm rivojlanib bormoqda va yangi turlari paydo bo‘lmoqda. Mamlakatimizda etnoturizmni rivojlantirish uchun yaxshigina sharoitlar mavjud. Biz bu orqali jahon turistik oqimini o‘zimizga jalb qilishimiz ham mumkin. Hozirgi kunda turizmga konseptual ta’rif jahon turizm tashkiloti reglamentida berilgan bo‘lib, unda turizm deganda: “Odamlarning doimiy yashash joylaridan va ishlaydigan joydan vaqtincha, qisqa muddatda vaqtinchalik ko‘chishi, jumladan, kunduzgi safarlar va ekskursiyalarga chiqishi” tushuniladi. Texnik ta’rif esa, Holoueynning asarida berilgan: “Odamlarning sayohat paytidagi faoliyat turi yoki
ularning odatdagi yashash joyidan tashqaridagi joyda dam olish, ishbilarmonlik yoki boshqa maqsadlarda bir yildan kam bo‘lgan vaqt davomida to‘xtashi”[7]. Kamolov B.X Namangan viloyatining istiqbolida turizm va uning tarmoqlarini rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bosh maqsad qilib olish zarurligini yozadi: Xorijiy kredit va investitsiyalarni jalb qilish; Hunarmandlar uylarini barpo etish; Kadrlarnig malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; Transport logistikasi yo‘lga qo‘yish kabi chora-tadbirlar rejalari amalga oshirilishi [1, 98]. Yurtimizda turistik infratuzilmaning imkoniyatlarini kengaytirish uchun, albatta, sayyohlik ob’ektining mavjud holatini o‘rganish, uni baholash va istiqbol rejalari tuzish lozim. Namangan viloyati ham bundan mustasno emas, turizm sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida xalqaro sayyohlarning qiziqishlari va talablari darajasida qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish tizimini yaratish hamda yangi turistik xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha xorij investitsiyalari uchun loyihalar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bir qator ilmiy tadqiqotlar tahlili, jumladan R. Davidov, A.V. Drozdov, S.R. Erdavletov kabi olimlarning fikricha davlat miqyosida turizmni rivojlantirish uchun avvalambor muayyan bir ma’muriy yoki tabiiy birliklar doirasida ularning turistik imkoniyatlarini o‘rganish, baholash va rivojlantirish lozim [1, 10]. Ayni Namangan viloyati bugungi kunda etnoturizm rivojida asosiy o‘ringa ega viloyatlardan hisoblanadi. Ayniqsa mintaqaning do‘ppi va pichoqlari bugungi kunda brend darajasiga erishdi. Ular etnoturizm rivojida asosiy atribut vazifasini bajaradi. Etnoturizmni rivojlanishida va uning istiqbolida hunarmandchilik qadimiyligi bilan xarakterlanadi. Hunarmandchilik insonning dastlabki ishlab chiqarish faoliyati bilan bir vaqtda vujudga kelib, kishilik jamiyati rivojlanishida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqgan, turli ijtimoiy munosabatlar davrida texnika rivoji bilan bog‘liq holda takomillasha borgan sanoat ishlab chiqarish yo‘rig‘idir. Biroq, turizm taraqqiyotini viloyatning boshqa tumanlari kabi Chust tumanida ham rivojlantirish va yangi zamonaviy turlarini joriy etish zaruriyati mavjud [1, 104]. Bu borada tumanda yetarli atributlarning borligi, ayniqsa etnoturizmni rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoitlarning mavjudligi bu yerda turizmni rivojlantirishga imkon beradi. Tumanda saqlanib qolingan hunarmandchilikning pichoqchilik va do‘pichilik turlari hozirgi vaqtda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan, yerlik aholining moddiy ehtiyojlarini to‘ldirib kelmoqda. Bundan tashqari aholi bu hunar orqali badiiy hunarmanchilik namunalarini saqlab kelmoqda. Yana, e’tiborli jihati shundaki pichoqchilik va do‘pichilik namunalari chet el sayyohlarini o‘ziga jalb qilmoqda. Ular tumanga tashrif buyurib bevosita masulotlarni yasash jarayonida qatnashmoqda. Quyida pichoq va do‘pini yasalishiga alohida to‘xtalib o‘tamiz;
Tarixan miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladigan Chust pichoqlarini yasashda turli usullar qo‘llanadi, xususan sopini yasashda kiyik shoxlaridan ham foydalaniladi. Bu pichoqlar murakkab o‘ymakorlik naqshlari va turli xil ranglar bilan bezatilgan. Eng keng tarqalgan an’anaviy bezak naqshlari “bahor lolalari” va “paxta gullari” hisoblanadi. Pichoqlarning kengligi ko‘p hollarda 4-6 sm, uzunligi 18-25 sm orasida bo‘ladi. Sayyohlar yildan-yilga O‘zbekistonning Chust pichoqlariga katta qiziqish ko‘rsatishi bejiz emas, sababi, Chust pichog‘i – Namangan viloyatida vodiyning eng qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan Chust shahrida usta hunarmandlar tomonidan tayyorlangan pichoq turi hisoblanadi. Chust pichogʻi nafaqat chiroyli, balki gʻayrioddiy vazifalarni ham bajara oladi. Tig‘ini to‘g‘ri o‘tkirlasa, juda uzoq yillar xizmat qiladi [2]. O‘rta Osiyoda mil. avv. VIII asrda Bibiona qadamjosida mahalliy aholi pichoqchilik bilan shug‘ullanishgan. Mil. avv. VIII asrdan to XV asrga qadar Chustda asosiy ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik mahsuloti pichoq bo‘lgan. Shu sababli butun dunyoda Chust pichog‘i mashhur bo‘lgan. Chust milliy pichoqlari koʻhna va qadimiy boʻlib, qoʻl mehnati bilan tayyorlanganligi sababli dunyoning barcha mamlakatlarida xaridorgir mahsulot hisoblanadi. O‘rta asrlarda sayqallangan pichoq harbiy zodagonlarning jasorat va zodagonlik belgisi hisoblangan. Farg‘ona vodiysi eng qadimiy metallni qayta ishlash va temir qurol ishlab chiqarish markazlaridan biri bo‘lgan. Qo‘qon, Andijon va vodiyning boshqa shaharlaridan metall buyumlar Xurosondan Bog‘dodgacha keng foydalanilgan. Keyinchalik qurolsozlar pichoq ishlab chiqarishga katta e’tibor berishni boshlaganlar. Bugungi kunda Chust mahsulotlarining jozibadorligi ularning qulayligida, go‘zalligi esa soddaligida. Chust pichoqlari shu qadar mashhur va eng yuqori sifatli hisoblanadi. Bu haqida turli afsosonalar ham mavjud. Etnoturizm rivojida tashrif buyuruvchilarga oral history metodiddan foydalangan holda etnos bilan bog‘liq bo‘lgan afsonalarni albatta aytish lozim. Masalan, afsonalarga ko‘ra mahalliy hunarmandlar eng kuchli jangchilarning qonidan tomchilarni metallga qo‘shib qo‘yishgan. Ular pichoq jangchi kabi kuchli bo‘lishiga ishonishgan. Darhaqiqat, qazish ishlari paytida juda ko‘p pichoqlar, o‘q uchlari va qilichlar, aslida mukammal holda topilgan. Haqiqiy Chust pichog‘i doim sifatni go‘zallik bilan birlashtirishi mumkin bo‘lgan, zamonaviy dizaynerlar ham tashqi ko‘rinish va funktsionallikning yuqori estetik afzalliklariga etibor berishga intilishadi. Faqatgina “tolbargi pichog‘i” o‘tkir tig‘ga ega, u asosan hayvonlarni so‘yishda ishlatiladi. “To‘g‘ri pichoq” qadimdan ishlatilib kelinayotgan pichoq turi bo‘lib, pichoqchilikda pichoq tig‘ining uchi qayrilmay to‘g‘ri chiqqan bo‘ladi. “Hisori pichoq”, “echki pichoq” va “bodomcha pichoq” biroz bodom shaklidagi bukilish bilan tugaydi. Pichoqlarni Rossiyaga muntazam ravishda yetkazib berish o‘tgan asrning 70- yillarida, Chustda butun taniqli mahalliy hunarmandlar yig‘ilgan O‘zbekistondagi katta, pichoq ishlab chiqaradigan yagona zavod qurilishi bilan boshlangan. Shu bilan birga, Chust fabrikasining pichoqlari deyarli barcha yodgorlik do‘konlarida paydo bo‘ldi. Shunday qilib, ommaviy shuhrat qozongan Chust pichog‘i haqida
faqat hunarmandlar va kollektsionerlar biladigan va bundan tashqari mahalliy aholi ham keng foydalanadigan hunarmandchilik mahsulotiga aylandi. Chust shahrida pichoqchilik anʼanalari hali ham davom etib kelmoqda. Fargʻona vodiysida Chust asosiy pichoq tayyorlash joylaridan boʻlib, u boshqa pichoqchilik maktablaridan mutlaqo farq qiladi. 1932-yilda Chustda “Qizil kuch” nomli artel ochilib, unda pichoqlar ishlab chiqarila boshlanadi. Baʼzi ogʻir qoʻl mehnatlari stanoklarda bajarilgan. Ustalar pichoq tigʻlarini yasash uchun eski arralar va podshipniklardan foydalanganlar. Pichoq dastalari esa hayvon shoxlaridan va yogʻochlardan yasalgan. 1949-yildan boshlab artel tuman maishiy xizmat koʻrsatish kombinati deb yuritildi. Keyinchalik, 1970-yilda Chust shahrida pichoq ishlab chiqarish zavodi qurildi. Chust pichoqlarining dovrugʻi butun mamlakatga taraldi. Chust pichoqlari sobiq Ittifoq koʻrgazmalaridagina emas, balki Hindiston, Suriya, Polsha, Turkiya, Bolgariya, Vengriya, Belgiya, Shvetsiya va boshqa chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda ham munosib oʻrinlarni egalladi. 1980-yili Nyu-Delida ochilgan III-Xalqaro Osiyo yarmarkasiga 10 xil Chust pichogʻi yuborilgan edi, bu yerda ham Chust pichoqlari boshqa hunarmandchilik mahsulotlari kabi yuqori baholangan. Chust pichog‘i ham boshqa milliy pichoqlar kabi uchta qismdan iborat: tigʻ, dasta, qin. Tigʻ- pichoq tigʻi, pichoqning gulbanddan yuqorigi, yaʼni kesadigan qismi. Qadimdan tigʻni oʻtkirlash va silliqlashga katta eʼtibor berilgan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi oʻygʻich qalamlar bilan bezatiladi. Milliy hunarmandchilikning noyob turi hisoblangan pichoq va uning turlari hozirgi kunda ham xaridorligi bilan ajralib turadi. Bu hunarmandlar tayyorlayotgan pichoq turlarini nafaqat tuman, viloyat, balki respublikamizning turli hududlaridan kelgan mehmonlar ham sovg‘a va uy-ro‘zg‘or buyumlari sifatida xarid qilishmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar ham Chust pichog‘ini O‘zbekistonning milliy ramzlaridan biri sifatida sovg‘a uchun sotib oladilar [1, 87]. Mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri bizda sharqona bozorning rivojlanganligidir. Bu ob’ektlar ham ko‘p jihatdan milliyligimizga xos bo‘lib, boshqa hududlardan kelgan turistlarni qiziqtirishi tabiiydir, bunday joylarni turistlar tomosha qilishiga tayyorlash kerak, ularni turistlik marshrutga kiritishni ham tashkil qilish zarur. Bozorlarning turistlik ob’ektlarga kiritilishi ikki jihatdan foydali [3, 21]. Birinchidan Chust pichoq bozori etnoturistik maskanga aylansa, ikkinchidan hunarmandlar daromad topadigan joyga aylanadi, bu esa har tomonlama qulay va foydali bo‘lishi aniq. Endi tumanning do‘ppichiligi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu hunar yerlik ayollarning asosiy yumushlaridan biridir. Necha yillarkim tuman ayollari do‘ppichilik bilan shug‘llanib kelmoqda. Chustda qadimdan do‘ppichilik hunari kengaytirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar o‘z o‘rniga ega. Ushbu shaharning do‘ppilari naqshlari va balandligi bilan boshqalarnikidan farq qiladi. Ular o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lgan turli xil naqshlarga ega. Chust do‘ppisi to‘q yashil shoyi yoki satindan karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida 4 ta qalampirsimon nusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4 tadan mehrob (yarim doira) shakli kashta bilan sidirg‘a qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor do‘ppining tepasi kizagidan
murabba shaklida bo‘rtib chiqadi (boshqa do‘ppilarning tepasi yarim doira shaklida bo‘ladi). Shakli koʻp jihatdan chust doʻppisiga oʻxshash boʻlgan margʻilon doʻppisi gullarining (nisbatan ingichka va uzun qalampir shaklining) sidirgʻa qoplanmasligi bilan farqlanadi [4, 53-57]. Namangan viloyat chevarlari tikkan Chust do‘ppilari naqshining keskinligi, graxlit bodom shakli va keskin qayrilgan uchlari bilan farqlanadi. Chustda “To‘y” do‘ppilari O‘zbekistonda keng tarqalgan turlaridan biridir. Kizakning naqshi ichidagi ostki naqsh bilan bog‘lanmagan, tavog‘musulmon mehroblaridan olingan naqsh bezagi bilan bezatilgan. Uning ma’nosi tahminan shunday: insonga osmondan ilohiy kuchlar yordam berishi, kayfiyatni o‘zgartirishi mumkin [5, 82- 86]. Chust do‘ppisi to‘rtburchak shaklga ega, lekin agar siz uni qatlasangiz, u tekis va juda qulay bo‘lib qoladi, uni cho‘ntagingizga solib olish ham mumkin. Naqshlar har ikki tomonining ustiga tikilgan bo‘lib, qalampir nusxalisi hayot, oilaviy farovonlik ramzi hisoblanadi va yomon ko‘zdan saqlaydi deb ba’zilar ishonishadi. Bosh do‘ppining pastki qismida har ikki tomondan to‘rttadan, o‘n oltita element kamar shaklida naqshlangan bo‘lib, boshning pastki qismiga qo‘llaniladi, bu hayot va o‘limning xususiyatini anglatadi. Afsonalarga ko‘ra, bu elementlar boylikni o‘ziga jalb qiladi va hayotiy energiya zahirasini beradi, ammo ularni oq vaznsiz bulutlar kabi tasavvur qilish ham mumkin. Ular qora yoki to‘q yashil matoga oq ipak ipda naqshlanadi. Ushbu komponentlar o‘zgarmaydi, ammo, kizak va jiyaklar ichidagi naqshlarga diqqat bilan qarasangiz, takrorlashni deyarli topolmaysiz. Har safar tikuvchilar hunarmandning moyilligiga mos keladigan va o‘ziga xos ramziy ma’noga ega bo‘lgan yangi naqsh hosil qiladi. Ko‘rib turibmizki do‘ppichilik tuman aholisi hayotining ajralmas qismi bo‘lib qolgan. Yerlik aholining jamiyki erkaklari do‘ppini faxr bilan kiyishadi. Bu orqali o‘zligini, milliy qadriyatlarini namoyon qiladi. Yoshlar oʻrtasida doʻppi kiyishni targʻib qilish maqsadida 2021-yil 8- dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov tashabbusi bilan madaniyat hodimlari odatiy ish kunida doʻppida yurishlari belgilandi [8]. Xalqimizda aytilganidek “bosh omon boʻlsa, doʻppi topiladi”. Ushbu tashabbuslar etnoturizmning odimlashuviga xususan, sayyohlarda xalqimizning etnografik holatini ochib beruvchi do‘ppi haqida atroflicha qiziqish uyg‘otishga hizmat qiladi. Bundan tashqari Chust do‘ppilaridan etnoturizmni rivojlantirishda foydalanish va turli ko‘ngilochar bog‘larda “Do‘ppi party” (“Do‘ppi kechasi”) larni o‘tkazib, sayyohlarga ham do‘ppilarimizdan ulashishimiz muhim hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda boy tarixga ega an’anaviy badiiy hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 28.11.2019 yildagi PQ- 4539-sonli O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori qabul qilindi. Bu qarorda mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam
ta’minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida bir qator vazifalar belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining respublika hududlarini hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirish va ularga hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotish uchun ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaatiga asosan o‘ziga biriktirilgan hududlardan boshqa hududlarda faoliyat yurituvchi hunarmandlar mahsulotlarini chet elda namoyish etish va sotishda ham har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishi belgilab qo‘yildi [6, 246-252]. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki Chust tumannida bunday hunarmandchilik turlaring mavjudligi avvalo yerlik aholini, keyin esa tuman iqtisodiy yuksalishiga ma’lum manoda turtki bo‘ladi. Ayniqsa tumanda etnoturizmning rivojlanishi mamlakatdagi ichki va tashqi sayohlar oqimini o‘ziga jalb qiladi. Bu esa mavjud turistik atributlarni rivojlantirishga asos bo‘ladi. Yana muhim jihati shundagi hozirgi vaqtda mamlakatdagi sayyohlik oqimi milliy an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar saqlanib qolingan hududlarga yo‘nalgan, bundan ko‘rinadiki Chust tumaniga ham bu oqimni jalb qilishga katagina imkoniyatlar mavjud.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Камолов Б. Х. Наманган вилоятида экотуризмнинг худудийлик, даврийлик ва комплекслик хусуснятлари. Тарих фан. док. дисс. Наманган, 2018.
- O‘zbekiston hunarmandchiligi va amaliy san'ati ensiklopediyasi.1-qism.- Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. 2016.
- Рузиев Ш.Р. Узбекистонда тарихий-маданий туризмни ривожлантиришнинг ташкилий-иктисодий механизмни такомиллаштириш. – Тошкент, 2019.
- Ikromova F.Y. Boshimda tursa o‘zbegim do‘ppisi // Science and innovation, 2022 № 4.
- Sattarova A. O'zbek millly do‘ppido‘zliks san’atining o‘ziga xos jihatlari va yosblar ma’naviyatida tutgan o‘rni // O‘zMU xabarlari 2023, № 1.
- Olimjonova M.F. Chust hunarmandchiligi // Proceedings of International Scientific Conference on Multdisciplinary Studies, 2023.
- World Tourism Organization (1993) Recommendations on Tourism Statics. WTO, Madrid Holloway, J.C. (1985) The Business of Tourism. MacDonald and Evans, Plymouth.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011076
- Nashr sanasi
- 2025-08-27
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/41
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 185–190
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-08