Asosiy mazmunga o‘tish

O‘Z DAVRIDA XONDAN KEYIN TURGAN SHAXS

Bakhtiyor Rejavalievich KhalmuratovNamangan davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 1Sahifa 162–166

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xonliklari, sovet davri va mustaqillik yillarida muhim kasblardan biri bo‘lgan miroblik haqida so‘z boradi. Maqolada muallif asosiy e‘tiborni “mirob” so‘zi, uning etimologiyasi, ushbu kasbga oid sir-asrorlar, XIX–XXI asrlarda O‘zbekistonda miroblar faoliyatida yuz bergan o‘zgarishlarga qaratgan.

Boshqa tillarda

ruschaЧЕЛОВЕК, КОТОРЫЙ СТОЯЛ ПОСЛЕ ХОНА В СВОЮ ЭПОХУ

В данной статье рассказывается о мираб, который был одной из важных профессий в среднеазиатских ханствах, в советское время и в годы независимости. В статье автор остановился на слове «мироб», его этимологии, тайнах, связанных с этой профессией, изменениях, произошедших в деятельности мирабов в Узбекистане в XIX–XXI веках.

inglizchaTHE PERSON WHO RANKED AFTER THE KHAN IN HIS TIME

This article discusses the mirab profession, one of the important professions in the Central Asian khanates, the Soviet era, and the years of independence. In the article, the author focuses on the word "mirab", its etymology, the secrets of this profession, and the changes that occurred in the activities of mirabs in Uzbekistan in the 19th-21st centuries.

Kalit so‘zlar

  • O‘rta Osiyo
  • Farg‘ona vodiysi
  • sug‘orish tizimi
  • o‘zbek xalqi
  • mirob
  • suv resurslari
  • xonliklar davri
  • sovet davri
  • mustaqillik yillari
  • dehqonchilik
  • ekologik muammolar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

ЧЕЛОВЕК, КОТОРЫЙ СТОЯЛ ПОСЛЕ ХОНА В СВОЮ ЭПОХУ

THE PERSON WHO RANKED AFTER THE KHAN IN HIS TIME

Baxtiyor Rejavaliyevich Xalmuratov Namangan davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) [telefon raqami yashirilgan] E:mail. baxtiyor_m@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.16919561 Annotatsiya Ushbu maqolada Oʻrta Osiyo xonliklari, sovet davri va mustaqillik yillarida muhim kasblardan biri boʻlgan miroblik haqida soʻz boradi. Maqolada muallif asosiy eʼtiborni “mirob” soʻzi, uning etimologiyasi, ushbu kasbga oid sir-asrorlar, XIX–XXI asrlarda Oʻzbekistonda miroblar faoliyatida yuz bergan oʻzgarishlarga qaratgan. Kalit soʻz va iboralar: Oʻrta Osiyo, Fargʻona vodiysi, sugʻorish tizimi, oʻzbek xalqi, mirob, suv resurslari, xonliklar davri, sovet davri, mustaqillik yillari, dehqonchilik, ekologik muammolar. Аннотация В данной статье рассказывается о мираб, который был одной из важных профессий в среднеазиатских ханствах, в советское время и в годы независимости. В статье автор остановился на слове «мироб», его этимологии, тайнах, связанных с этой профессией, изменениях, произошедших в деятельности мирабов в Узбекистане в XIX– XXI веках. Ключевые слова и фразы: Средняя Азия, Ферганская долина, ирригационная система, узбекский народ, мираб, водные ресурсы, ханский период, советский период, годы независимости, земледелие, экологические проблемы. Annotation This article discusses the mirab profession, one of the important professions in the Central Asian khanates, the Soviet era, and the years of independence. In the article, the author focuses on the word "mirab", its etymology, the secrets of this profession, and the changes that occurred in the activities of mirabs in Uzbekistan in the 19th-21st centuries. Keywords and phrases: Central Asia, Fergana Valley, irrigation system, Uzbek people, mirab, water resources, khanate period, Soviet period, years of independence, agriculture, environmental problems.

Maʼlumi, kishilik jamiyati rivojlanishida suv eng zaruriy ehtiyoj manbai sifatida qadrlanib kelingan. Xalqimizda “Suv yoʻq joyda – hayot boʻlmaydi” degan fikr bejizga aytilmagan. Bu ayniqsa, Oʻrta Osiyo, xususan, Fargʻona vodiysining lalmikor sugʻorishga asoslangan hududlarida eng asosiy oʻrinlardan birini egallab kelgan. Ota-bobolarimiz qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib kelganligi uchun butun yil davomida yomgʻir yogʻishini intiqlik bilan kutganlar. Ushbu hududlarda yashagan xalqlar bahorning dastlabki kunlaridan boshlab yomgʻir yogʻishini orziqib kutganlar, suvga sigʻinib, uni muqaddaslashtirganlar va uni isrof qilmaslik uchun harakat qilganlar.

Tarixdan maʼlumki, asosan, dehqonchilik zaminida insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi markazlari paydo boʻlgan va rivojlangan. Bu borada qadimgi Sharqda dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi sugʻorma dehqonchilikka asoslangan. Shuning uchun mintaqada qadim davrlardan sugʻorma dehqonchilik asosiy xoʻjalik mashgʻulotlaridan biri hisoblangan. Buni yurtimiz tarixiga oid ilk yozma manbalar va arxeologik materiallar ham tasdiqlaydi [1, 26]. Oʻrta Osiyo zaminida anʼanaviy sugʻorma dehqonchilikning rivojlanish jarayonida boy tajriba jamgʻarilishi bilan birga ayrim vaziyatlarda qator muammolar va qiyinchiliklarni ham yuzaga keltirgan. Oʻz navbatida, ushbu muammolarning aksariyati huquqiy masalalarga borib taqalgan. Chunki, ekinzorlari va dalalari yonma-yon boʻlgan va bir ariq yoki daryodan suv ichadigan dehqonlar vaqti kelib oʻzaro munosabatlar doirasiga kirishi aniq boʻlgan holatdir. Ana shunda ular koʻpchilikning manfaatlariga taalluqli masalalarni birgalashib hal etganlar. Tarixdan maʼlumki, mazkur masalalar bilan bogʻliq turli tortishuvlar va bahslar ayrim hollarda koʻngilsiz voqealarga ham olib kelgan [2, 14–15]. Suvni toʻgʻri taqsimlash hamisha dolzarb vazifa boʻlib kelgan. Ushbu jarayonda miroblarning oʻrni katta boʻlib, ular oʻzlariga tegishli boʻlgan hududlardagi suv obyektlari nazoratini olib borganlar. Masalan, Buxoro va Qoʻqon xonliklarida ariqlarni tozalash hamda suvdan foydalanish tartiblarini nazorat qilib turuvchi miroblar, ariqaminlar va bosh miroblar mavjud boʻlgan boʻlsa, Xiva xonligida esa mirob eng yuqori lavozimlardan biri boʻlib, obroʻboʻyicha xondan keyingi oʻrinda turganligi uchun xalq orasida alohida hurmat-eʼtiborga ega boʻlgan [3, 17]. Bizning maqolamiz obyekti boʻlgan mirob atamasi forscha soʻzdan olingan boʻlib, “amir” – hukmron, boshqaruvchi degan maʼnoni anglatadi. Baʼzi bir manbalarda sugʻorish va suv taʼminoti boʻyicha nozir, sugʻorish ishlarini yurituvchi, sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs sifatida qayd etilgan [4, 600]. Hozirgi vaqtda “mirob” sugʻorish uchun suvni boshqaruvchi (nazoratchi) hisoblanadi. Mirob joylardagi qishloqlarni suv bilan taʼminlaydigan alohida kanallarga egalik qilgan. Oʻz navbatida, oʻsha qishloqlarda mirobcha (kichik mirob) va palmirob (chegaralovchi mirob) kabi mirobdan keyingi oʻrinda turuvchi lavozimlar ham boʻlgan. Qadimda Oʻrta Osiyo hududlarida miroblarga juda katta vakolatlar berilib, ular hukmdorning ishongan shaxslaridan biri boʻlgan. Miroblarning ruxsatisiz daryolar oʻzanini yoki suv oqimini, jamoatchilik fikrini inobatga olmay oʻzgartirish mumkin boʻlmagan. Mashhur tarixchi Yusuf Tavasiyning XII asrda yozilgan “Dono fikrlar xazinasi” kitobida yozilishicha, mashhur soʻfiy Ahmad Yassaviyning tarjimayi holi bilan bogʻliq ayanchli voqea yuz bergan. Suv nozirlari Ahmad Yassaviyning 15 yoshli oʻgʻlini toʻgʻonni beruxsat ochib, oʻz yeriga ariqdan suv olib kelganligi uchun boshini tanasidan judo qiladilar. Ushbu holni soʻfizm yoʻnalishlaridan birining asoschisi matonat bilan qabul qilgan va suv buyuk kishining avlodi boʻladimi yoki boshqa odam boʻladimi bir kishining mulki boʻlib qolmay, balki butun xalqning boyligi ekanligidan kelib chiqib, jamoatchilikning bunday qattiq qaroriga qarshilik qilmagan [5, 138].

Axborotchilarning fikricha, suv odamlarni birlashtiruvchi vosita hisoblanadi. Ilgari mahallalarda ariqqa suv kelsa, hech kim besoʻroq oʻz uyiga ochmagan. Har bir mirobning qoʻlida kaltak boʻlib, u bilan suvning sathi oʻlchangan, baʼzi paytlarda esa kaltak suvni toʻsuvchi vosita sifatida ham ishlatilgan.

Ilgari, aniqrogʻi XX asrning 50–70 yillarida agar suv kam boʻlib, qurgʻoqchilik boʻlsa, odamlar bunga qarshi turli xil urf-odat va marosimlarni oʻtkazganlar. Masalan, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani Kuymozor qishlogʻiga chiqib, oʻsha yerdagi qabriston atrofiga toʻplanib, qurbonlik qilishgan. Qurbonlik uchun asosan, mol soʻyilgan [6, 1].

Oʻzbekistonda tabiiy-geografik sharoit turlicha boʻlishi tufayli xilma-xil sunʼiy sugʻorish usullaridan foydalanilgan. Soy oqavasi, havza va hovuzlarda suv toʻplash, chigʻiriqlar yordamida chuqurdan suv chiqarish, kanal va ariqlar qazish orqali suv chiqarish qadimdan saqlanib qolgan. Masalan, Fargʻona vodiysida qadimdan murakkab sunʼiy sugʻorish usullari keng tarqalganligi, irrigatsiya ishlarining taraqqiy etganligi hamda miroblar mahoratiga Rossiya imperiyasi tadqiqotchilari A. Middendorf hamda V. I. Kushelevskiylar yuqori baho berganlar [7, 102].

Mahalliy aholi suv taqsimlovchi inshootni “shovva” deb atalib, uning bunday nomlanishiga suvning yuqoridan pastga shovullab tushishi sabab boʻlgan.

Axborotchilarning taʼkidlashicha, miroblik eng savobli kasblardan biri boʻlib, u doimo diqqat eʼtiborni talab qilgan. Uning ustiga kasbning aniq bir ish vaqti boʻlmagan. Mirob uchun eng qiyin vaziyat – bu suvning yoʻqligi yoki kamligidir [8, 2]. Axborotchilarning qayd etishicha, miroblik kasbining eng muhim jihati suvni qaysi tarafga yurishini bilish muhim. Bundan tashqari, har bir mirob hududning relyefi va uklonni yaxshi bilishi kerak. Miroblikka tanlashda shaxsning yurish, turishi, odamlarni eshitish qobiliyati, sabrli boʻlishi va muomalasiga katta eʼtibor berilgan. Shuningdek, har bir mirob suvni isrof qilmasligi shart boʻlgan. Agar shunday holat sodir boʻladigan boʻlsa, miroblar oʻz ustozlari va mahalliy rahbarlar tomonidan qattiq jazolangan. Oʻz oʻrnida boboning maʼlumotlariga koʻra, miroblarning piri Hazrat Ali boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, Hazrat Ali besh panjasi bilan yer yuziga suv chiqargan [9, 3].

Boshqa kasblarda boʻlgani kabi miroblikning oʻziga xos sirlari boʻlib, ular quyidagilardan iborat boʻlgan: ishni puxta qilish, suvni toʻgʻri taqsimlash, yaʼni ariq hajmiga qarab, kanal yoki ariqlar tepasida hech qachon spirtli ichimliklar ichmaslik, ish qurollarini va oʻziga tegishli suv obyekti boʻylarini doimo toza saqlash, suvning tezligi va hajmini toʻgʻri baholay bilish [10, 4].

Miroblarga sovet davrida katta vakolatlar berilgan. Masalan, suv tanqis boʻlgan paytlarda ularga suvni toʻgʻri taqsimlashda yuqoridan bosim oʻtkazilmagan. Agar shunday holat roʻy bersa, suv hech kimga berilmagan. Chora sifatida suvni qurib qolgan ariqlarga baliqlar va boshqa suv organizmlari yashab qolishlari uchun ochib yuborilgan [11, 5].

Axborotchilarning taʼkidlashicha, sovet davrida miroblarni ish haqi yuqori boʻlmagan. Shuning uchun miroblar orasida ishdan boʻyin tovlash holatlari tez-tez sodir boʻlib turgan. Sovet davrida har bir mirobning alohida sumkasi boʻlib, u “korzinka” deb atalgan. Korzinkada doimo pichoq, non, tuz, qalampir, piyoz, termosda choy boʻlgan. Chunki, u davrda miroblar uchun alohida ovqatlanish punktlari boʻlmaganligi uchun miroblar shunday qilishga majbur boʻlgan. Kanallarga qaraydigan miroblar “tuman miroblari”, ariqlarga qaraydiganlarni esa “gidrotexniklar” deb atalgan [12, 9].

Mustaqillik yillarida qishloq xoʻjaligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida miroblik sohasida ham quyidagi oʻzgarishlar sodir boʻldi: 1992-yildan boshlab Prezident Qarori bilan mustaqillik bayrami va Navroʻz bayramlari arafasida 1 oklad, yaʼni eng kam ish haqi miqdorida ustama belgilandi. Hozirgi kunda miroblarning oyligi 1.200.000 – 1.400.000 soʻmni tashkil etmoqda, Har bir kanal yoki ariqqa suv oʻlchagich qurildi, har bir kanal yoki ariqlar boʻyida “Miroblar uyi” qurildi, Ish oʻrinlari koʻpaydi. Bunga sovet davridagi kolxoz yoki sovxozlarning tugatilib, ularning oʻrnida fermer xoʻjaliklar tashkil etilganligi sabab boʻldi. Ovqatlanish punktlari tashkil etildi. Hozir mirob degan atama muomaladan chiqib ketmoqda. U “suv nazoratchisi” deb atalmoqda [13. 19].

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon va Fargʻona viloyati Dangʻara tumanlari hududlarida olib borilgan etnografik ekspeditsiyalar davomida keksa va tajribali miroblar mazkur kasbni yanada rivojlantirish uchun quyidagi tavsiyalarni berib oʻtishdi: kasb-hunar kollejlarida miroblik boʻyicha mutaxassislik yoʻnalishlarini ochish, miroblarning ish haqini yanada oshirish, yoshlarni suvga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish, rahbarlarning miroblarga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish [14, 21]. Miroblikka doir maqollar:

1.Hosilning onasi yer boʻlsa, otasi suvdir.

3. Otang mirob boʻlguncha, oʻzing suvboshi boʻl.

Yuqoridagi maʼlumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, barcha unsurlar singari suv ham doimo muqaddas boʻlib kelgan. Suv nafaqat chanqoqni qondiruvchi vosita, balki oʻz navbatida davolovchi vosita sifatida ham qadrlanib kelingan. Suvning poklik ramzi boʻlgani uchun insoniyat qadimdan tozalikka katta eʼtibor berib keladi. Suvning poklik va tiriklik ramzi ekanligi unga boʻlgan munosabatning yanada ijobiy tomonga oʻzgarishiga, yoshlar ongida ekologik madaniyatning shakllanishiga xizmat qiladi. Shuni taʼkidlash oʻrinliki, qachonki biz suvga, oʻzligimizni namoyon etuvchi koʻzgu sifatida qarasak, unda maʼlumot bir zumda zohir boʻladi va bizga koʻp narsalar borasida oʻylab koʻrishimiz, uning qadriga yetishimiz kerakligini uqtiradi. Ajdodlarimizning “suvga tupurma”, “suvni bulgʻama”, “suvni isrof qilma” kabi purmaʼno oʻgitlarini hech qachon esdan chiqarmaslik kerak. Ana shundagina hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri boʻlgan ekologik fojealarni oldini olishga oʻz hissasimizni qoʻshgan boʻlar edik.

Xulosa qilib shuni qayd etish mumkinki, oʻlkamizda sugʻorma dehqonchilikni tashkil etishda va uni rivojlantirishda, yer va suv munosabatlarida, ulardan oqilona foydalanish sohasida muayyan huquqlar tizimi ancha ilgaridanoq tashkil topgan. Ushbu shariat va odat koʻrsatmalari qonun-qoidalari koʻrinishida yozma va ogʻzaki holda xalq orasida maʼlum boʻlgan va amalda qoʻllanib kelingan. Mana shu jarayonda miroblarning oʻrni beqiyos boʻlganligi tarixiy manbalarda oʻz ifodasini topganligi ayni haqiqat.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 1. Бичурин Н. Я. Собраний сведения, о народах обитавших в Средней Азии в древний времена. Т.I–II. – М–Л., 1950 // Труды САГУ. – Вып VI. Археология Средней Азии. Т. IV. 1957. – С. 26.; Заднепровский Ю. Древнеземледельческая культура Ферганы. – М–Л., 1962. 2. Қодиров А. Ўзбекистон ирригацияси тарихидан лавҳалар. – Тошкент, 1998. 3. Юқоридаги асар... 4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Иккинчи жилд (Е–М). – Тошкент: ЎзМЭ, 2006. 5. Саидов А. Жаҳонда сув етишмовчилиги билан боғлиқ инқирозлар // Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. – 2010. – №2. 6. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Куймозор қишлоғи. 2021 йил. 7. Миддендорф А. Ф. Очерки Ферганской долини. – СПб., 1882; Кушелевский В. Материалы для медицинской географии и санитарного описания Ферганской области. – Новый Маргелан, 1890. 8. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Тумор қишлоғи. 2022 йил. 9. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Туркистон МФЙ. 2021 йил. 10. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Тумор қишлоғи. 2022 йил. 11. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Исвахон МФЙ. 2021 йил. 12. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Бойбучча қишлоғи. 2022 йил. 13. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Урганжи қишлоғи. 2022 йил. 14. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Туркистон МФЙ. 2021 йил.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Бичурин Н. Я. Собраний сведения, о народах обитавших в Средней Азии в древний времена. Т.I–II. – М–Л., 1950 // Труды САГУ. – Вып VI. Археология Средней Азии. Т. IV. 1957. – С. 26.; Заднепровский Ю. Древнеземледельческая культура Ферганы. – М–Л., 1962.
  2. Қодиров А. Ўзбекистон ирригацияси тарихидан лавҳалар. – Тошкент, 1998.
  3. Юқоридаги асар...
  4. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Иккинчи жилд (Е–М). – Тошкент: ЎзМЭ, 2006.
  5. Саидов А. Жаҳонда сув етишмовчилиги билан боғлиқ инқирозлар // Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. – 2010. – №2.
  6. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Куймозор қишлоғи. 2021 йил.
  7. Миддендорф А. Ф. Очерки Ферганской долини. – СПб., 1882; Кушелевский В. Материалы для медицинской географии и санитарного описания Ферганской области. – Новый Маргелан, 1890.
  8. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Тумор қишлоғи. 2022 йил.
  9. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Туркистон МФЙ. 2021 йил.
  10. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Тумор қишлоғи. 2022 йил.
  11. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Исвахон МФЙ. 2021 йил.
  12. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Бойбучча қишлоғи. 2022 йил.
  13. Дала ёзувлари. Фарғона вилояти Данғара тумани Урганжи қишлоғи. 2022 йил.
  14. Дала ёзувлари. Наманган вилояти Тўрақўрғон тумани Туркистон МФЙ. 2021 йил.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011071
Nashr sanasi
2025-08-27
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/36
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
162–166
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-08